kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

Bu hayotda yashashning faqat ikkita usuli bor. Birinchisi, hech qanday mo'jiza sodir bo'lmaydigandek. Ikkinchisi, go'yo dunyodagi hamma narsa mo'jizadek.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Odri Hyubernning ekrandagi birgina tabassumi "Oscar"ga loyiq.

Qo‘shiq muallifi — Frank Sinatra

Edited by: Bobur Murodov
December presents

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yoshingiz ulg‘aygan paytda yigitlik va yoshlik vaqtingizdagidan ko‘ra tashvishingiz ko‘proq va zaifhol bo‘lasiz.

Ba’zilar kelajakda mashg‘ulotlardan forig‘ bo‘lib, halal beradigan har xil narsalardan qutulaman, o‘sha paytda yigitlik kunlaridan ko‘ra bo‘sh vaqtlarim ko‘proq bo‘ladi, deb xayol qiladilar. Lekin hurmatli do‘stim, mushohada qilingan voqelik buning aksidir. Sizga keksalik yoshiga yetib, uni bilgan kishining xabarini aytib beraman: yoshingiz ulg‘aygan sari mas’uliyatingiz ham ulg‘ayib boradi. Tashvishlaringiz ko‘payib, vaqt tobora cheklanib boradi. Toqatingiz oldingidan ko‘ra kamayib boradi. Qarilikda vaqt tor va jism zaif bo‘ladi. Sog‘lik kam va tetiklik oz bo‘ladi. Qilish kerak bo‘lgan ishlaru mashg‘ulotlar ko‘p va qat’iy bo‘ladi! Shuning uchun fursat borida umr soatlariga shoshilavering. Noma’lum va yashirin narsaga osilmang. Har bir vaqt o‘ziga tegishli mashg‘ulotlari, vazifalari va tasodiflari bilan liq to‘ladir. Bunga xursandchilik kunlarning kamligi va qiyin kunlarning ko‘p bo‘lishi haqidagi gap bilan ham ishora qilganlar:

يقولون إن الدهر يومان كله
فيوم مسرات و يوم مكاره
و ما صدقوا و الدهر يوم مسرة
و ايام مكروه كثير البدائه

Odamlar aytarlar zamon ikki kun
Bir kuni shodligu, bir kuni qiyin.

Rostin aytishmabdi, aslida zamon,
Shodligi bir kunu, ko‘p kuni qiyin.


Abdul Fattoh Abu G‘uddaning "Ulamolar nazdida vaqtning qadri" kitobidan

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

​“Fozil odamlar shahri”da shunday keladi:

Qalb, boshqa bir tana a'zosidan buyruq olmaydigan "Amir" bir a'zodir. Undan so'ng miya keladi. Miya ham "Amir" a'zodir.

Ammo uning "Amirligi" boshqaruvchi emas Ijro etuvchidir. U qalbni buyruqlariga bo'ysunadi va boshqa aʼzolarni boshqaradi.

Chunki miyaning o'zi qalbga xizmat qiladi, o'z o'zidan boshqa aʼzolar ham qalbga xizmat qiladilar.

Ulamolar aytganidek, ilm oʻrganish uchun ham, oʻrgatish uchun ham, tarbiyalanish, tarbiyalash uchun ham, avvalo, qalb islohi kerak!

@matbuotraisi

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Baxtingiz balki oyogʻingiz ostidadur😅

Taqdir uchrashtiraman desa hayotingiz bitta arzimaydigan salfetka sabab oʻzgarib ketishi ham mumkin

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Rivoyat horam edishn

"Taxtlar o'yini"

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Romeo va Juletta fenomeni

Ota-onalar bosimining oʼspirinlarga zararli taʼsirining yorqin namunasi «Romeo va Juletta fenomeni» deb nomlangan hodisadir. Maʼlumki, Romeo Montekka va Juletta Kapuletning — Shekspir bayon etgan fojia qahramonlarining muhabbati oʼlimga mahkum qilindi, chunki ularning oilalari oʼrtasida uzoq vaqtdan beri adovat hukm surgan. Ularni ajratishga qaratilgan barcha urinishlarga qarshi turib, oʼspirinlar oʼz joniga qasd qilishdi va shu bilan oʼzlarining taqdirlarini abadiy birlashtirib, oʼzlarining erkin irodasini namoyish etishdi.

Tuygʼularning keskinligi va bu juftlikning harakatlari dinamikasi har doim tomoshabinlar va kitobxonlarda hayrat va tushunmovchiklarni keltirib chiqargan. Qanday qilib bu yosh juftlikdagi sevgi tuygʼulari bunday tez surʼatda oʼzini fido qilar darajada boʼlishi mumkin?

Romantiklar juda kam uchraydigan mukammal sevgi haqida gapirishadi. Аmmo sotsiologlar va olimlar ota-onalarning aralashuvi va natijada paydo boʼlgan psixologik reaktivlikning ahamiyatiga ishora qiladilar. Ehtimol, Romeo va Julettaning ishtiyoqi shunchalik kuchli boʼlmagandir, ehtimol bu har gal kattaroq va kuchliroq toʼsiqlar qoʼyilishining oqibatidir. Аgar yoshlarning ixtiyorlarini oʼzlariga qoʼyilganida, ehtimolki, ularning olovli muhabbatlari sovishi mumkin edi.

Robert Chaldinining «Taʼsir psixologiyasi» kitobidan

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Maktab oʻquvchilarining suhbatini eshitsam shu yoshimda men uyalib ketaman. Beshta soʻzining toʻrttasi soʻkinish. Bu jahl ustida soʻkish emas, ularga soʻkinish soʻzlari odatiy holat boʻlib qolgan. Soʻkinmasdan gapira olishmaydi.

Universitet talabalarini kuzataman. Oddiy axloq qoidalarini bilmaydi. Odamlar oldida tupuradi. Koʻchaga axlat tashlaydi. Kattalarni va bir-birini hurmat qilmaydi.

Vaynerlarni kuzatdim instagramdan. Millionlagan auditoriyaga ega vaynerlar 18 + mavzularda bemalol vayn olishyapti, xohlagancha soʻkinishyapti. Oʻsha millionlab kuzatuvchilar ularga havas qilmoqda.

Juma namozidan chiqayotgan odamlarni kuzataman. Hech kimni hurmat qilmay yoʻlni toʻldirib yurishadi. Mashinalarini toʻgʻri kelgan joyga qoʻyishadi. Sal gapga yoqangga yopishishadi.

Odamlarga qarayman. Hamma asabiy. Hech kimning bir gapdan qolgisi yoʻq. Hech kim oʻzidagi qusurni koʻrmaydi. Hamma oʻzini aqlli va haq deb hisoblaydi. Yaqin-yaqingacha odamlar oʻzidan aqllini hurmat qilardi, qaysidir mavzularga aqli yetmasligini tan olishdan uyalmasdi.

Maʼnaviyat soʻzining siyqasini chiqarishdi. Milliylik, oʻzbekchilik deganda qoloqlikni tushunadigan boʻldik. Dinni esa faqat shaklini oldik. Axloqi eʼtiborsiz qoldirildi. Bu jamiyatda yashash borgan sari hamma uchun qiyinlashib boradi.

Shularni oʻylab, sharq didaktik adabiyotidan koʻproq oʻqib, hammaga kerakli va foydali qismlari haqida yozib borishga qaror qildim. Bitta odamga bitta narsani oʻrgata olsam bu ham bir yutuq. Millat tanazzulining oldini olishga haliyam imkon bor deb oʻylayman negadir...

@salimov_blogi

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bir kuni ertalab 9:26 da men o‘zimdan boshqa hech kimni seva olmasligimni tushunib yetdim.

Frederik Begbeder "Windows on the world"

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Zamonaviy turk adabiyoti haqida mutaxassis fikri.

Manba: Sigma podcast

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

“Bir-biringizni seving.
Judolik ogohlantirishsiz keladi.
Bir-biringizdan hol-ahvol soʻrab turing.
Chunki hech kim oxirgi soʻzlashuv, soʻngi bor diydor qachon ekanini bilmaydi.
Oʻzaro koʻngillaringizni koʻtaringlar.
Keyin afsus, degan bilan ketganni ortga qaytarib boʻlmaydi.
Yodingizda tuting, hayotlik chogʻida shirin soʻz aytmoq, mayyit peshonasini oʻpmoqdan koʻra yaxshiroqdir.“

Aliy Tantoviy

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kitoblarni tezroq va ko‘proq o‘qish usullari

Har bir kitobning o‘z olami, o‘z haqiqatlari bo‘ladi. Kitobxonda esa kerakli adabiyotni saralab, ko‘proq kitob o‘qish borasida doimo muammolar uchrab turadi. Quyida sizning e’tiboringizga mutolaada ko‘proq ma’lumotlarni eslab qolish va albatta undan zavq olishda yordam beradigan tavsiyalarni havola etamiz.

Kitobni yakunlashingiz shart emas

Balki kitob qiziqarli bo‘lib chiqmagandir? U holda qimmatli vaqtni sarf etishdan ne ma’no? Yaxshisi boshqa qiziqroq kitob mutolaasini boshlagan ma’qul. Ikkinchi sabab asosan non-fikshen janridagi ilmiy-ommabop kitoblarga tegishli. Ba’zida kitobning muayyan jihatlariga qiziqasiz, biroq ichingizdagi boshqa bir ovoz barini o‘qishga majburlaydi. Unga quloq solmang. Keraklisini o‘qing. Vaqtni behuda sarflamang.

Ma’lumotni o‘zlashtiring

Ma’lumotni o‘zlashtirishni o‘rganing. Uning ustida ishlang. Bilib olgan faktlaringiz haqida o‘ylang. Do‘stlaringiz bilan muhokama qiling. O‘z ijtimoiy tarmoqlaringizda bu haqida yozing. Ma’lumotga qancha ko‘p vaqt sarflasangiz, u xotirangizda uzoq vaqtga o‘rin topish ehtimoli ortadi.

Parchalarni qaytadan o‘qing

Bu ko‘pincha non-fikshen kitoblarga tegishli. Agar biror ma’lumotni yodda qoldirishni istasangiz, kitobni o‘qib bo‘lgach, ertasi kuni eng muhim joylarini qaytadan o‘qish tavsiya etiladi. Ma’lumotni qayta o‘zlashtirish bilan birga bu o‘qilganlarni yaxshiroq eslab qolishda yordam beradi.

Mutolaaga instrument kabi munosabatda bo‘ling

Mutolaa ma’lumotni o‘zlashtirishning boshqa usullari kabi bizga bilim va ko‘nikma olishda zarur. Buni anglasangiz, mutolaa jarayoniga xotirjamlik bilan munosabatda bo‘lasiz.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kunni tugatdingiz. Endi buni unuting. Siz qoʻlingizdan kelganini qildingiz

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Masofa qo'yishni o'rganing.
Yaxshi inson bo'lish hammani ko'ngliga qarash degan ma'noni anglatmaydi.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ayvazovskiyning taqiqlangan asari

Buyuk rus-arman rassomi, marinist Ivan Ayvazovskiy chizgan bir asar rus hukumati tomonidan hanuz taqiqlangan ijod namunalari ro‘yxatida turadi. Asarda zo‘ravonlik, pornografiya yoki boshqa qonun bilan man qilingan holatlari mavjud emas. Suratda rus qishlog‘iga bayroq ko‘tarib, kirib kelayotgan oziq ovqat ortilgan chana tasvirlangan. Shunchaki chana. Qizig‘i esa bayroq. Chana uzra hilpirab turgan Amerika qo‘shma shtatlari bayrog‘i.

Ayvazovskiyning kartinasida 19 asr so‘nggida Rossiyada ro‘y bergan ocharchilik davrida amerikaliklarning rus xalqiga qilgan gumanitar yordami muhrlangan. Sovetlar davrida milliy g‘oya sifatida anti-amerikachilik ruhiyati singdirilganida rassomning ushbu mashxur xaqiqati xalaqit qilmasligi sabab uni taqiqlab tashlashgan. Suratning nusxasini saqlash yoki tarqatish og‘ir jinoyat hisoblangan.

Butun bir tarixiy xaqiqat unutilgan. Amerikaning ARA insonparvarlik tashkiloti tomonidan qilingan buyuk yaxshilik unutildi. Ular esa oz emas ko‘p emas 20 million aholini qutqarib qolishgandi. Tarixchilarning qayd etishicha bir kemadan Amerikadan kelgan don-boshoqlar tushirilgan bo‘lsa, boshqa kemada bug‘doy va grechka eksport uchun yuklangan. Hukumat ocharchilikdan qirilib ketayotgan xalqni qutqarish o‘rniga armiyasi uchun qurol sotib olish maqsadida boshqa davlatlarga bug‘doy sotgan.

Amerika rus xalqiga faqat o‘shandagina yordam bermagan. Ba’zilar AQSHning 90 yillarda Rossiyaga ko‘plab gumanitar yordamlar qilganini eslasa kerak. Biroq shu yaqin tarix ham unutildi. Millionlab ruslarni o‘limdan qutqargan amerikoslarni yomon ko‘rish, jangovar potensialdan maqtanish va urush ruhiyatini ilohiylashtirish ideologiyasi qaytdi. Bu g‘oyaviy narko-zanjirga ko‘pchilik o‘tirg‘izildi. Xalq yaxshilikni unutdi. Hukumat tarixni kitoblardan o‘chirdi. Gʻarbni yoqtirmaslik milliy identifikasiyaga aylandi.

Faqat Rossiya emas, MDHdagi ruslar ta’siridagi barcha mamlakatlar aholisi ham ushbu g‘oyani qabul qildi. Hali ham qabul qilmoqda. Otalarimiz ongida dualizm kuchaydi. O‘zingiz so‘rab ko‘ring. Ular uchun Putin - krasavchik, AQSH - yovuz. Rossiya urushda barchani yengadi, AQSH demokratiyasi esa faqat geylik degani. Va bu ruhiyat avloddan avlodga o‘tib kelmoqda.

Birgina Ayvazovskiyning mazkur surati uzoqlarda unutilgan tarixdan guvohlik bermoqda. Xalqlarning qisqa muddatli xotirasidan guvohlik bermoqda. Ular qanchalik xotirasini yo‘qota olishini bildirmoqda. Tarixni qanday qilib o‘zgartirilishi, o‘zlashtirilishi mumkinligi haqida so‘zlamoqda. Tarixning bunday zo‘rlanishiga o‘zimizda ham misollar ko‘p. Bir kun ularga ham to‘xtalamiz.

#sanat

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Xayr, agar ko‘risholmasak...

Halima Xudoyberdiyeva satri.

Xayr, agar ko‘risholmasak,
Xayr, qayda bo‘lsang, omon bo‘l.
Bir ishq edi, begunoh, murg‘ak,
Bir yo‘l edi, gunoh to‘la yo‘l!

Xayr...
Agar ko‘risholmasak,
Sen umrbod sog‘inmay yasha.
Istamasdim kulgu bo‘lishing,
Men soppa-sog‘ telbaga o‘xshab.

Xayr...
Agar ko‘risholmasak,
Bir she’r bo‘ldik...
Yozildik...
Bo‘ldi!
Biz bu she’rni o‘qimay qo‘ysak,
Bu she’r emas, shoiri o‘ldi!

Xayr...
Agar ko‘risholmasak,
Bilsang, koyib toldim o‘zimni.
Tushlarimda yuzingni ko‘rsam,
Ko‘rmay, ochib oldim ko‘zimni!

Xayr...
Agar ko‘risholmasak,
Maktublarim yodimga qo‘sh, yoq!
Bir kun ko‘rib qolsa haloling!
Qo‘llaringni tutmasin titroq!

Xayr...
Bizga yo‘q endi diydor,
Qiyomatga qo‘ydik sho‘rlikni.
Ko‘zlar ochiq yashaymizda, yor,
Bo‘ynimizga olib ko‘rlikni!

Malika Tavfiq

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yoʻlda yurib qaysi kitoblarni tugatgansizlar?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Vanihoyat Mustafo Mahmudning "Muhabbat madrasasi yoxud muhabbatning 55 muammosi" kitobini kitobsevarlar hukmiga havola etamiz🔥🎉
Kitobdan muallifning "Shayton uyimizda yashaydi" asari ham joy olgan.

Qattiq muqova, 286 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yig‘laganimizda ko‘zimizni yumamiz
Orzu qilganimizda ko‘zimizni yumamiz
O‘ylaganimizda ko‘zimizni yumamiz
Quchoqlaganimizda ko‘zimizni yumamiz
Chunki, hayotdagi go‘zal narsalarni ko‘z bilan emas, qalbimiz bilan his qilamiz.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bugun taksida kunlik mutolaa rejamni to’ldira turib, bu rejaning qachon rutin holiga kelganini esladim.

O’n olti yoshmidim, bilmadim. Qisqasi, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf haqida bir video ko’rdim. U odamning kunda yuz bet o’qishgani borasida gapirilayotgandi. Ikki yillar o’tgach, TV’da ishlagan mahalim Xayrulla Hamidov aka bilan bitta xonada o’tirardik. Suhbatlarimizdan birida ham ular Shayxning bu odatini ko’p alqashgandi. Bobom ham bu odamni hurmat qilganini bilgach, ular haqida ma’lumot to’play boshladim.

O’sha paytlar Freyd haqida endi o’rganish boshlangan, psixoanaliz esa asosiy qiziqishimga aylangandi. Shunda Shayxga (uzr, hazrat qo’shimchasi menga biroz erish tuyuladi) Freyd haqida berilgan savolni o’qidim. U kishi esa hech qanday diniy gaplarsiz Freydning ko’p nazariyasi bugunga kelib eskirgani va yaroqsiz holga kelganini tushuntirib berishgandi.

Aynan shu va yuqoridagi yuz betlik mutolaa odati menga boshqacha ta’sir qilgan va men ham kuniga kamida ellik bet o’qishni odat tusiga kiritgandim.
Bugun ko’pchilik menga ko’p o’qish toliqtirishi, miyamga dam berishim kerakligini aytadi. Vaholanki, aslida kunning eng jozib soatlari shu men uchun. Tashqi dunyo holdan toydiradi.

Gap bunda ham emas. Bugun Freydni ilmiy taraflama rad qilish tugul nechta diniy avtoritet u haqida bemalol gapiroladi? Uni kofir yo johil demay holis fikr bildiroladi?
Dindor emasman. Hatto, biroz ochiq aytadigan bo’lsam, din bilan aloqam yo’q. Biroq, Shayxni doim hurmat qilganman. Shunday ulamolar ko’paysa, menimcha hech kim qarshilik qilmasa kerak.

O’zingiz uchun diniy ideal izlayotgan paytingiz, yagona ishi lgbt yo boshqa haqida vasvasa bilan ma’viza o’qiydiganlarni emas, to’g’ridan to’g’ri shayxni tanlashingiz foydadan holi emas, menimcha. Chunki, dunyoviylikdan uzilmay, dogmalarsiz, faqat bilmoq va o’rganmoq bilan Tangriga yaqinlashuvni shu odam o’rgatoladi chamamda.

Mirzohid

@bobil_kutubxonasi

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

"Imomning maneken qizi" yoki "Qaynotasidan homilador kelin"?

Ijtimoiy tarmoqda zamonaviy turk ommaviy adabiyoti tanqid qilindi. Tanqidning ortidagi asl sabablar haqida emas, bu post. Keling, yoshlar nimaga Omina Shenliko‘g‘lini o‘qiyapti, degan savolni beraylik.

Aslida savolni boshqacha ham bersa bo‘ladi: Boshqa kimni o‘qisin?!

Darhaqiqat, bugun o‘zbek adabiyoti ayanchli ahvolda. Zamonaviy ommabop o‘zbek adabiyoti. XX asr o‘zbek adabiyoti, garchi qadriyatlari, muammolari va mavzulari bugun uchun eskirgan bo‘lsada, o‘z davrida gulladi, kamolotga yetishdi deyish mumkin. Birgina O‘tkir Hoshimovning asarlarini olsangiz, bir necha yilda o‘qib tugatishingiz mumkin. Biroq, bu asarlar men va mendan kattalar uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin.

Adabiyot zamon bilan hamnafas hamda dolzarb bo‘lishi kerak. Bugungi yoshlar "O‘rtoq Melis Muradovichga Moskovdan shoshilinch telegramma keldi", degan matnni biz o‘ylagandek tushunmasligi aniq.

Bugun "O‘tkan kunlar", "Mehrobdan chayon", "Farg‘ona tong otkuncha" yoki "Ufq" asarlari o‘rtamiyona yoshlar o‘qiydigan kitob emas, balki tarix va til bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lgandagina ma’naviy ozuqa olsa bo‘ladigan klassik asarlarga aylanib bo‘lgan. Buni to‘g‘ri tushunish kerak.

Masalan, O‘tkan kunlardagi qora chopon va qipchoqlar o‘rtasidagi nizolarni oling. Ular kim va bugunga qanchalik aloqasi bor? Bugun qipchoqlar ham, xo‘jalar ham, qoralar ham, o‘zbeklar ham o‘zaro aralashib, bir millat bo‘lib ketdi. Bugungi o‘quvchi Qodiriyning dardini tushunmaydi.

Xo‘sh, yosh o‘quvchi nimani tushunadi? Albatta, zamonaga mos, uning hayoti, quvonchi va dardlarini aks ettirgan mavzularni tushunadi. O‘quvchini qirq yillik "Paxtakor" mavzusidagi intermediya bilan kitob o‘qishga qiziqtirib bo‘lmaydi. Balki bundan intermediyalar ularni tushunadigan, loyihalarni qo‘llaydigan rahbarlar uchun mos kelar, biroq yoshlar uchun emas.

Shunda avval boshdagi savolni qayta beramiz: Yoshlar unda nimani o‘qisin?

Bugungi ziyolilar, adabiyotshunoslar, yozuvchilar uyushmasidagilar ana shu haqda o‘ylashi, shu talabga mos taklif berishi kerak. Shundagina, turk zamonaviy adabiyotiga osilish mumkin.

Ikkinchidan, zamonaviy turk ommabop adabiyotini yanada ommalashtirayotgan narsa bu qadriyat tushunchasidir. Biz yoshlarga taklif qiladigan asarlarimiz ularning qadriyatiga mos bo‘lsagina ommalashadi, o‘shandagina odamlar uni o‘qiydi.

Xo‘sh, qadriyatlarimizga mos adabiyotimiz bormi o‘zi? Bu alohida og‘riqli savol.

Toki biz zamon bilan hamnafas, biroq qadriyatlarimizga mos badiiy asarlar taklif qilmas ekanmiz, yoshlar yoki "Imomning maneken qizi" asarini o‘qiydi yoki "Qaynotasidan homilador kelin" nomli kinoni ko‘rishiga to‘g‘ri keladi.

© Said Komil Muhammad Karim

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yana xazonlar, yana o'sha kuz yomg'irlar
Tinmay eslatar seni bu sog'inchli kunlar...

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ўзини хурмат қилган одамлар қайтиб Инбазарга яқинлашмаслиги керак. Онгли истеъмолчи бўлинг. Кўча разборка ва қон, инсонларнинг қадри топталиши устига қурилган бизнесларни гуллатишга хисса қўшманг. Бугун чиққан видеолардан кейинги фикр бу.

Эпизод-1
Эпизод-2
Эпизод-3

Кеча бошлиғини узрини кўриб, ўзимни братларимга айтгандим, самимий гапирипти, бунақа бошлиқларгаям тиррақи бузоқча ҳечам керакмасда аслида, ортиқча бош оғриқ дегандим уларга. Улар эса ишонишмаганди. Улар хақ экан.

Ўша бошлиқни ўзи қурган тизим экан бу зўравонликлар. Кеча калтаклаган йигит ҳам шу системани тарбиясини кўрган системний бола холос.

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ҳам бу эпизодларни эътиборсиз қолдирмасликлари керак.

🧠@nurbekalimov

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

#Таъзия
“Жанозамни булбул ўқисин” шеъри муаллифи вафот этди

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, таниқли шоира Бибисора Туробова бугун, 15-сентябр куни 72 ёшида вафот этди.

Марҳума оила аъзолари ва яқинларига таъзия билдирамиз.

Кўзимда ёш,
Сўзимда ёш,
Кўнглимда ёш,
Одамизод бу дунёдан ўтиб борар...

/channel/usmon_azim

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

📚 IT BILIMI VA KITOBLAR BILAN KELAJAGINGIZNI QURING 💻
——————————————
Kitoblar bilimning asosi, IT esa kelajakni asosi! 🧠💡

🤔 Siz ham IT sohasiga qadam qo'yishni o'ylayapsizmi? Biz sizni "Birga Kod Yozamiz" mavzusidagi bepul online vebinarimizga taklif qilamiz! 

📆 Sana: 14 Sentabr
Vaqt: 18:00
👨‍💻 Vebinarda siz dasturlashning Frontend va Backend tushunchalarini o‘rganasiz
🎯 HTML / CSS / JavaScript da o‘z loyihangizni yaratishni boshlaysiz!

📖 Kitoblarni sevuvchilar uchun ham IT bilimlari orttirish – bu kelajakda o‘z o‘rnini topish uchun ajoyibimkoniyat. Ayniqsa, bu sohaga endi qadam qo‘yayotganlar uchun.

🔥Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

👋Vebinarda Uchrashguncha - /channel/onlinepdpuz?livestream
———————————————————————
PDP Online da sizni qiziqishingizni ko'nikmalarga, ko'nikmalaringizni esa kasbga aylantiraylik. 💻🚀


*Reklama asosida

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

#tabassum

O‘QIMISHLI QARGʻA

Qarg‘a og‘zida bir bo‘lak pishloq bilan daraxt shoxiga qo‘nibdi. Buni ko‘rgan tulki darhol daraxt tagiga kelibdi-da boshini yuqori ko‘tarib:

— Og‘am olaqarg‘a, xush ovozingizni juda sog‘indim. Bir qo‘shiq kuylab bering, iltimos, debdi.

Qarg‘a esa og‘zidagi pishloqni yeb bo‘lib javob beribdi:

—"Men u ertakni o‘qiganman, do‘stim. Sen kitob o‘qishni yoqtirmaydigan, maqtanishni xush ko‘radigan, o‘zingga o‘xshagan birorta laqmani top" degan ekan.

Qarg‘adan o‘rnak oling birodar va birodarkalar😄

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

…Odamlar, qadrlang bir-biringizni, 
Gul ham, muhabbat ham tirikka kerak...

© Saida Zunnunova

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bir rassom go‘zal rasm chizdi. Va uni ko‘pchilik yig‘iladigan joyga qo‘yib, sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Rasmni qo‘yib, tepasiga yozib qo‘ydi: “Kimda-kim bu rasmda ozgina bo‘lsada kamchilik ko‘rsa, ustiga qizil qalam bilan belgi qo‘ysin!”.

Kechqurun kelib qarasa, rasm qizil bo‘yoqqa to‘lib ketibdi. U ustozi oldiga borib rasmdan voz kechmoqchiligini aytadi.
- Yo‘q. - dedi ustozi unga. -Sen yaxshisi iborani o‘zgartir: kim rasmda kamchilik ko‘rsa, uni tuzatsin, deb yozib qo‘y.

Rassom ustozining aytganini bajardi. Buni qarangki, oradan bir necha kun o‘tsa ham, rasmga hech kim yaqinlashmadi.
- Ko‘rdingmi, - deb kuldi rassomning ustozi. - Bu hayotda hamma narsadan xato topadiganlar ko‘p, biroq shu xatoni tuzatadigan, isloh etadiganlar juda kam.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ot suv ichadigan joydan suv iching. Chunki otlar hech qachon yomon suvni ichmaydi. Yotog'ingizni mushuk yotadigan joyga to'shang. Qurtlar tekkan mevalarni yeng. Hasharotlar qo'nadigan qo'ziqorinlarni tanlang. Ko'rsichqon qazigan joyga daraxt eking. Ilon isinadigan joyga uy quring. Issiqda qushlar uya qiladigan joydan quduq qazing. Qushlar orom olgan paytda uxlab, ular uyg‘onganda uyg‘oning. Shunda kunning oltin doniga ega bo'lasiz. Ko'proq ko'katlarni iste'mol qiling. Shunda sizda kuchli oyoqlar va baquvvat yurak bo'ladi. Tez-tez suzing. Quruqlikda o'zingizni suvdagi baliq kabi his qilasiz. Oyog'ingizga emas, tez-tez osmonga qarang, shunda fikrlaringiz tiniq va yengil bo'ladi. Boshqalar bilan baham ko'ring. Gapirishdan ko'ra sukut saqlovchi bo'ling. Shunda sukunat qalbinggizga joylashadi va ruhingiz dono hamda xotirjam bo'ladi. Va eng muhimi, ushbu kanalni do'stlaringizga ham ulashing va har bir postga like bosing)

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Hayotidan norozi biror insonni baxti boʻlganini koʻrmadim.
Hammasi barbod boʻlgan paytda ham oʻsha holatiga shukr qilib, uni boricha qabul qilganlarni esa masrurlikda koʻrdim.

Oʻzidan ijobiy energiya taratadigan, shukronalik, umid hissidan asli voz kechmaydigan va orzu qilishdan hech ham charchamaydigan insonlarga koʻproq intiling.

@kitob_ombori

Читать полностью…
Subscribe to a channel