kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

Hayotning har lahzasi go‘zal

 Tun pardasi ochilar asta,
Chiqib kelar sahnaga quyosh.
Kelinchakdek bo‘lib orasta,
Gul salomdan ko‘taradi bosh.
Hovli go‘yo yuvilgan chinni,
Yo‘llar go‘yo artilgan oynak.
Qutlash uchun yangi bu kunni,
El oyoqqa turar jonsarak…
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Qaymoq isi yayratar tanni,
Dasturxonda issiq kulchalar.
Suv bosgandek qaqroq o‘zanni
Odamlarga to‘lar ko‘chalar.
Asli hatto go‘dak emizmoq
Barobardir og‘ir yumushga.
Oshiqarlar, yuraklar qaynoq,
Birov ishga, birov o‘qishga…
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Duch keladi yuzlab chehralar,
Ko‘pin qaytib ko‘rmoqlik mahol.
Ular dilga yaqin naqadar,
Shuning o‘zi tuganmas iqbol.
Barchinoylar nigohida sir,
Alpomishlar ko‘zida yashin.
Yoshlik qaytar qalbga sochib nur,
Eslaysan ilk sevgi otashin…
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Bir mahallar berishgan salom,
Endi esa olishar alik.
Tillarida duo, xush kalom,
Saodatdir hatto keksalik.
Kulib turgan munchoqko‘z bola
«Tinchlik» so‘zin solar yodingga.
Sochlaringdan erib oq tola
Intilasan yana oldinga…
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Bu yurtda alp chinorlar o‘sar,
Ko‘k gumbazlar o‘ngu so‘lingda.
Bir azaga kirib o‘tsang gar,
So‘ng o‘nta to‘y uchrar yo‘lingda.
Goh birovlar tanishar ilk bor,
Goh yig‘ilar eski ulfatlar.
Odamzotga dunyo bo‘lmas tor
To mavjuddir shirin suhbatlar…
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Bosh ko‘tarmas kimdir ishidan,
Kimdir o‘ylar ulug‘ bir reja.
Yana sirli orom qushiday
Qo‘na boshlar yurtimga kecha.
Bugunidan el ko‘ngli to‘lib,
Ertangi kun uchun to‘plar dosh.
Anvar shoir charchog‘i bo‘lib
Tog‘ ortiga yonboshlar quyosh…
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat…

Anvar Obidjon

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Vaqtlararo sayohat bilan bog'liq paradoks. Ilk bora Nataniel Shaxnerning 1933-yilda nashr etilgan "Ajdodlar ovozi" hikoyasida, Rene Barjavelning 1943-yilda nashr etilgan "Beparvo sayohatchi" kitobida hamda 1930-40-yillarda nashr etilgan boshqa bir qator asarlarda tasvirlangan.

"Beparvo sayohatchi" romani syujetiga ko'ra, qahramonlardan biri vaqt mashinasidan foydalanib, o'tmishga qaytadi hamda u yerda o'zining hali buvisi bilan uchrashmagan bobosini o'ldiradi. Natijada ushbu qahramonning ota-onasidan biri va sayohatchining o'zi o'zgargan kelajakda dunyoga kelmaydi. Bu esa o'z-o'zidan o'sha qahramonning keyinchalik vaqt bo'ylab sayohat qila olmasligiga va bobosini o'ldirmasligiga olib kelardi. Bobo tirik bo'lgach, u tug'iladi va yana vaqt bo'ylab sayohat qilib, bobosini o'ldirishi mumkin.

Shu tariqa o'ziga xos mantiqiy paradoks yuzaga keladi

Bu paradoks asosida olmonlar NETFLIX bilan hamkorlikda "Dark" serialini suratga olishgan.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Shaxsiy kechinmalar tushunchasi ham ancha keng. Kimdir buning oddiy koʻrinishlarida tushkunlikka tushgan paytdagi holatlarni tushunsa, boshqa bir insonning shaxsiy kechinmalari biror tilni mukammal oʻrganish orqali hammani lol qoldirishdan iborat boʻlishi va kecha-yu kunduz mana shu xayollar bilan yurishi ham mumkin. Bunga musiqaning nima aloqasi bor demoqchimisiz? Tabiiyki, yangi til oʻrganishda boʻsh vaqtlarni ham shu bilan bogʻliq mashgʻulotlarga toʻldirish talab etiladi, ana shu mashqlar boshida esa oʻsha tildagi qoʻshiqni tinglash turishi tabiiy holat. 

Avtobus bekatda, doʻstimizni kutish paytida zerikmaslik, vaqt oʻtishini jimgina kutmasdan musiqa tinglash holati koʻpchilikka tanish. Uchinchi sabab aynan shuni izohlaydi. Ammo vaqtini “oʻldirish”ni ixtiyor qilganlar boʻsh boʻlmagan vaqtlardan ham boʻsh vaqt yasab, shunchaki musiqa tinglashga daqiqalarini qurbon qilishadi va bu alohida mavzu.

Ijtimoiy va shaxslararo aloqani taʼminlashda ham musiqaning oʻrni katta. Masalan, maʼlum ijtimoiy guruh bilan til topishishda ular yoqtirib tinglaydigan qoʻshiqni bilish, ular sevgan bastakor ijodiga befarqlik boʻlmaslik ancha qoʻl keladi. Va bu masalaning yana bir ijtimoiy ahamiyati boshqalarga manzur boʻlgan qoʻshiqlarni kamsitmaslikda ham namoyon boʻladi.

Sabablar turlicha, ammo musiqa tinglashni nega hamma birdek yoqtiradi? Bu millat, makon, zamon tanlamaydi, nima uchun? Masalan, Shopen, Betxoven, Motsart singari buyuk bastakorlar ijodini barcha millat va elat vakillari sevib tinglaydi. Buning sababi nimada? Shu savolga javob topishga uringan amerikalik shoir Henri Uodsvort Longfello bo‘lib, u 1835-yilda Yevropaga qilgan safari chogʻida shunday savolga javob beradi: “Musiqa — insoniyatning umumbashariy tilidir”. Yaʼni qoʻshiq emas, musiqa, kuy, ohangning oʻzi maʼlum tilda jarang sochmaydi. Badiiy adabiyot namunalaridek tarjimaga ham muhtoj emas. Mana shu omil musiqaning umumbashariy ahamiyat kasb etishini taʼminlagan.

Musiqiy idrok buzilishi va amusiya

Yuqorida miyaning maʼlum qismi musiqa tinglashga javobgar ekanini taʼkidladik. Miyaning mana shu qismiga yetkazilgan jarohat musiqiy idrok buzilishiga olib kelishi mumkin. Deylik, eshitish qobigʻi zararlandi. Bu bilan quloqlar musiqani tinglashi mumkin, ammo jarayon shu yerda tugamaydi, miyaga tovushlar yetib borishi va uning qayta ishlanishiga javobgar qism faoliyatida uzilishlar boʻlgani uchun bunday insonlarda musiqiy idrok buziladi. Ular nima eshitayotganini bilmaydi, his etmaydi. Bemor holatining ogʻir qiyinligiga qarab, jarayon turlicha kechishi mumkin. Masalan, kimdir ohang qanday musiqa asbobidan taralayotganini ajrata olmasa, boshqa kimsa uning turining, yana kimdir ritmning farqiga bormaydi.

Amusiya soʻzining tibbiy izohi quyidagicha: 

Amusiya — musiqiy ohanglarni taniy olmaslik yoki ularni takrorlay olmaslik. U tugʻma boʻlishi yoki hayot davomida (miya shikastlanishi natijasida) paydo boʻlishi mumkin.

Amusia a- + -musia soʻzidan tuzilgan boʻlib, soʻzma-soʻz tarjimada musiqaning yoʻqligi maʼnosini bildiradi. Bundan tashqari, odatda “ohangdagi karlik” deb ham ataladi.

Mantiqan oʻylab koʻrilsa, amusiklar uchun musiqa shovqindan boshqa narsa emas va bu ularni qiziqtirmaydi. Biroq buni inkor qiluvchi tadqiqotlar ham topildi. Izlanuvchilar tugʻma amusik boʻlgan kishilardan qanday va qay maqsadlarda musiqadan foydalanishlari haqida soʻrashgan. Javob beruvchilarning uchdan bir qismiga yaqini musiqani oddiy odamlar bilan bir xil miqdor va ruhiy sabablarga koʻra tinglashi ma’lum bo‘lgan. Demak, ilmda ziddiyatli fikrlar koʻp va har qanday unsur oʻzining ziddi bilan ahamiyatlidir. 

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

🤓 Bugun 12-noyabr ko‘zoynakli insonlar kunimish.

Ko‘zoynak taqadigan insonlar do‘stlari ichida eng aqllisi bo‘lib ko‘rinar ekan, shuningdek ko‘zoynak odamni yuzidagi kamchiliklarni berkitib uni chiroyliroq ko‘rsatadi.

Tepadagi izohlarni hech biriga qoʻshilmayman.
Bu ochkidan voz kechish uchun 3-qulogʻimdan voz kechishiga tayyorman

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ertalab kefir sotib olish uchun magazinga kirdim. Kefir olib kassaga yaqinlashdim, kassir savolga ko‘mib tashladi: «Aksiya bo‘yicha tovar olasizmi?», «Paket kerakmi?», «Tabassum-chi?». Kassir ayolning oxirgi savolini tushunmay angrayib qaradim va beixtiyor tabassum qildim. Ayol esa menga dedi: «Yaxshi. Sotildi». Kunni shunday ajoyib boshlab bergani uchun o‘sha ayoldan minnatdorman.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yana avtobusdagi voqealar haqida

Uyga ketyapman. Kech soat 10. Yomg‘ir yog‘yapti. Pulim faqat avtobusgagina yetadi, men non ham sotib olishim kerak. Kayfiyatim juda yomon. Ichimda hayotning go‘zalligi haqida qo‘shiq aytib ketyapman. Bekatda bir qari amaki turgan ekan. Yomg‘irda ivib ketibdi, uning yoniga borib boshi ustiga soyabonimni tutdim. Avtobusi kelgach, qariya ketdi. Bir er-xotin keldi. Ularga ham soyabonimni tutdim. Ular ham men ketadigan avtobusga o‘tirishdi. E'tirozimga qaramay, men uchun ham yo‘lkira to‘lashdi. Yo‘lkiramning puliga uyga non sotib oldim. Jilmayib qo‘ydim. Hayot qanchalar go‘zal!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

✍️ Xemingueyning so‘nggi kunlari tarixi

O‘limidan bir necha yil oldin Ernest Xeminguey Kubadagi uyini tark etib, AQShga qaytadi. U yerda uni ta’qib qilinish vasvasasi va tushkunlikdan davolash uchun ruhiy kasalxonaga yotqizishadi. Yozuvchiga FQB agentlari uni doimiy kuzatayotgandek tuyulardi (aytgancha, oxir-oqibat bu haqiqat bo‘lib chiqqan!).

Bir necha marta elektr bilan davolashdan so‘ng Xeminguey ijod qilish qobiliyatini yo‘qotadi, biroq tushkun kayfiyati saqlanib qoladi.

Kasalxonadan chiqqach, Xeminguey hatto xat ham qoldirmay, o‘z uyida sevimli miltig‘idan o‘zini otib, halok bo'ladi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bugun mana shu odam bilan kun boʻyi birgalikda vaqt oʻtkazdik.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bir kuni Orxon amakidan so‘radim: "Hayotdagi eng yoqimli tuyg‘u qaysi?" U javob berdi:
"Seni kutishayotgan uyga qaytish."

Elchin Safarli

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

***
Holingizda ma’yuslik mo‘l ―
Kim uchun bu g‘am ― aza?
Mana sizga pokiza qo‘l,
Mana sizga qalb ― toza.

Yuragimning horg‘in vazni
Dunyoga, sizga ayon.
Ba’zan bahor, ba’zan hazin
Kuz bahrida namoyon.

Buncha nafis, buncha rostsiz ―
Chiroyingiz ― botartib.
Yuragimda tiniq yoshsiz,
Yillar qo‘yolmas artib.

Bu parishon holingizda
O, ketasiz qaytmasdan.
Ruxsat bering, yoningizda
Yuray ― bir so‘z aytmasdan.

Qor kechadi yalangyurak
Ko‘chalar qish ― ketguncha.
Ayting, necha umr kerak
Biz manzilga yetguncha?

Usmon Azim

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Muhim qadam!

Yetarli darajada harakat qilmasdan turib, yaxshi natija kutish... bu shunchaki ahmoqlik! Vazminlik bilan o‘ylab tashlangan muhim qadamlargina hayotimizga ijobiy o‘zgarishlarni olib kelishi mumkin...

@iqtibos_official

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Mark Sukerberg 19 yoshida Facebookni yaratgan.

Stiv Jobs 20 yoshida ilk Macintosh kompyuterini yaratgan va Applega asos solgan.

Bill Geyts esa 21 yoshida Mircosoft kompaniyasiga tamal toshini qo'ygan.

Senga esa allaqchon kech bo'ldi.
Qilayotgan ishingni davom ettiraver.


@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

"Kitoblar ombori" kanalini ashaddiy muxlislari kanaldagi har bir postni chiqishini mana shunday kutishadi deb tasavvur qilaman😄

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

📊 Statistikaga koʻra, telefon ekranidagi rasm inson xarakterini ifodalashi aniqlangan.

Masalan:
Gullar rasmi — xotirjamlik, kulgan hayvonlar — begʻuborlik, abstrakt (noaniq) tasvirlar esa jiddiy xarakter egasini anglatadi. Oʻz rasmini qoʻyadiganlar esa oʻzini sevuvchilar ekani aytilgan. 😅

Siz telefoningiz ekraniga qanday rasmni qoʻygansiz? Izohlarda yozib/rasm qoldiring. 🙂

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

#Yangi_nashr

БОБУРШОҲ ВА НАПОЛЕОН
(Тарихий-қиёсий эссе)

© Рустамжон Умматов
© «Янги аср авлоди», 2024

Тонг қоласиз: барча инсон бир хилда, волидаларнинг буюк азоби – тўлғоқ билан туғилади. Бу – ҳақ, даҳолар таваллуди ҳам шундай, лекин улар туғилмайдилар, даҳолар дунёга келадилар. Нега? Негаки, уларга ўз замонлари, ўз маконлари торлик қилади, даҳолар ҳатто дунёга сиғмайдилар...


Китобни ўқиганлар борми?

P.S. Қаттиқ муқова, 464 бет.

Манба: @Maktub_Gazeta

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Shu videoni bir vaqtlar har kuni ertalab "Yoshlar" telekanalida takror qoʻyardi...
Haqiqatda ajoyib va yoqimli kayfiyat beruvchi sheʼr.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Aleksandr Dyuma "Uch mushketyor" asarini gazetalardan birida turkum maqolalar sifatida nashr qilgan.

Noshir bilan kelishuvga ko'ra yozuvchi maqolaning har bir qatori uchun haq olardi. Shu tufayli Dyuma ayyorlik qiladi hamda asarga Atosning xizmatkori Grimo obrazini kiritadi.

Ushbu xizmatkor nihoyatda kamgap, ammo juda ham ko'p dialoglarda qatnashar va odatda suhbatdoshiga faqat bir bo'g'inli so'zlar bilan javob berardi. Grimoning eng ko'p ishlatgan so'zlari esa "ha" va "yo'q" bo'lgan.

Asarning davomi bo'lgan "Yigirma yildan so'ng" kitobi noshiri esa asardagi har bir so'z uchun pul to'lashini bildiradi.

Shundan keyin nima bo'lgan deysizmi? Juda ham oddiy. Endi Grimo nihoyatda kirishuvchan va ezma odamga aylanadi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Nega ko‘pchilik musiqa tinglashni yoqtiradi? 
(Maqolani o'qish davomiyligi 7 daqiqa)

Nega musiqa tinglash koʻpchilikka birdek yoqadi? Tanlov turlicha boʻlishi mumkin, ammo inson u yoki bu turdagi musiqadan zavq oladi: raqs tushadi, birga xirgoyi qiladi, yigʻlaydi, oʻyga toladi, xotiralar ummoniga shoʻngʻiydi… Zamon, makon kabi tushunchalarni pisand qilmaydigan bu sanʼatning ommabopligiga sabab nima? Musiqiy lazzatdan mahrum insonlar ham mavjud ekanini bilasizmi? Bu maqola shular haqida.

Musiqani qabul qilishga miyaning qaysi qismi javobgar?

Har kuni musiqa tinglaymiz. “Yoʻq, men har kuni bunday qilmayman”, deya inkor qilishga biroz shoshildingiz. Har kuni qulogʻimizga musiqiy tovushlar beixtiyor kiradi. U mahallada boʻlayotgan toʻydan, qoʻshnimiz eshitayotgan qoʻshiqdan, avtobusdagi mini televizorlardan taralishi mumkin. Har kuni musiqa tinglasak ham musiqa oʻzi nima degan savolga tugal javob berishda biroz kalovlanib qolamiz, bilamiz, ammo ifodalay olmaymiz. Shu paytda bizga Vikipediya yordam beradi. 

Musiqa (yunoncha “μουσική” — ilhom parilari san’ati) — tovush sanʼatidir; musiqiy asarga nisbatan ham musiqa atamasi qoʻllanishi mumkin.


Musiqiy asarlarni miyamizga kelgan mehmonlar deb faraz qilsak, miyadagi qaysi qism ularga mezbonlikni oʻz zimmasiga oladi?

Miyaning eshitish qobigʻi bu organning biz eshitish tizimi orqali oladigan barcha maʼlumotlarni, yaʼni quloqlar koʻtaradigan tovushlarni qayta ishlashga masʼul qismidir, deya maʼlumot bermoqda uz.warbletoncouncil.org. Shu bilan birgalikda manba eshitish nervi funksiyalarining ahamiyatini ham alohida taʼkidlaydi va asab tizimi eshitish uchun juda muhim ekanini qayd etadi.

Chindan ham dono xalqimiz “Har xastalikning boshi asab”, deb adashmagan. Buni ilmiy dalillar ham takror-takror isbotlagan. Shifokorlar quloq ogʻrishi, quloq yaxshi eshitmay qolishi kabi shikoyatlar bilan borgan bemorlarga bir qancha tashqi omillar bilan bogʻliq savollar berib, “yoʻq” javobini olgach “Qattiq asabiylashganmidingiz?” deb soʻrashi ham bejizga emas. 

Yoki juda qattiq stressda boʻlgan odam ancha-muncha baland shovqinlarni ham eshitmay qolishi ham mumkin. Bunga sabab ham miyaning “mezbon”i tushkunlik vaziyatida tovushlarni aniq qabul qila olmayotgani va ularni sintez qila olmay qolgani bilan bogʻliq. 

Olimlar Blad va Zatorre musiqadan etimiz jimirlab ketishi mobaynida miyada qanday jarayonlar roʻy berishini oʻrganishdi. Olimlar bir kompozitsiyadan sinovdagilarning hayajonlanishi uchun foydalanishdi, nazorat uchun qolganlarda neytral stimuldan foydalanildi. Sinaluvchilar tadqiqotchilarga musiqa tinglagandan keyingi holatlari haqida ma’lumot berib turdi. Soʻngra tadqiqotchilar miyaning musiqaga boʻlgan turli reaksiyalaridagi faollik belgilarini solishtirib ko‘rdi.

Ma’lum boʻlishicha, musiqa yuzaga keltirgan hayajon miyaning mindalina, insular boʻlak va talamus kabi lazzatlanish hamda boshqa ragʻbat tizimlari bilan bogʻliq harakatlar (masalan, ozuqaviy yoki jinsiy) ta’siriga javob beruvchi hududlariga bogʻliq ekan. Bu xuddi “giyohvand modda, rok-n-roll” tartibida ishlovchi oʻziga xos tuzilmaga oʻxshaydi.

Nega hamma musiqa tinglashni yoqtiradi?


cognitiontoday.com saytida eʼlon qilingan “Musiqaning ahamiyati: qachon va qanday maqsadda musiqa tinglaymiz?” nomli maqolada musiqa tinglashga umumiy sabablar safida quyidagilar sanaladi:

— zavqlanish;— shaxsiy kechinmalar;— shunchaki zerikmaslik, vaqt oʻtkazish;— ijtimoiy/shaxslararo aloqa.

Zavqning ham ikki xil koʻrinishi bor. Psixologlarning taʼkidlashicha, ogʻriqdan, darddan, oʻzidagi qiynoqlardan zavqlanuvchi insonlar ham yoʻq emas. Shunday odamlar musiqadan zavqlanish masalasidagi bizning elementar tushunchalarimizni parchalab tashlaydi. Ammo qanday koʻrinishda boʻlmasin, yakunda zavq bu — zavq.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Juda ko‘p ambivalentlik haqida gapiraman. Bugun shunga sal izoh berib ketay.

Ambivalentlik

Ambivalentlik (lotincha ambo — ikkalasi + Valentia — kuch): insonning biror narsaga ikki tomonlama munosabati. Ko‘pincha, biz bitta obyekt uchun odam bir vaqtda ikkita qarama-qarshi his-tuyg‘ularni boshdan kechirishi haqida gapiramiz. Bu termin shveytsariyalik psixiatr Eygen Bleyler tomonidan foydalanishga kiritilgan. U ambivalentlikni shizofreniyaning asosiy belgilaridan biri, deb hisoblagan.

Bleylerning fikricha, ambivalentlik 3 turga bo‘linadi. Birinchi tur — hissiy ambivalentlik (эмоциональная амбивалентность). Bu shaxsga, obyektga, hodisaga nisbatan bir vaqtning o‘zida tuyiladigan ichki ziddiyatli hissiy holat. Bunga yorqin misol qilib, bir insonning boshqasiga nisbatan tuyadigan rashk hissini olishimiz mumkin. Bir paytning o‘zida unda nafrat (juda qo‘pol darajasi emas) va mehr tuyg‘ulari bo‘ladi. Ambivalentlikning ikkinchi turi — ixtiyoriy (u ham motivatsion sanaladi). Bunda odam doim ikki qarama-qarshi qaror orasida arosatda yuradi va qay birini tanlashni bilmasdan, yakunda qaror qabul qilishdan bosh tortishiga olib keladi.

So‘nggi tip — intellektual ambivalentlik (интеллектуальная амбивалентность). Bunday holatda inson tafakkuri diametral qarama-qarshi va bir-biriga zid fikrlarning almashinishi bilan tavsiflanadi.

Qisqacha qilib aytganda, bir vaqtning o‘zida ikkita bir-biriga zid hislarni tuyishingiz ambivalentlik deyiladi. Masalan, judayam chanqagan paytingizda oldingizdan iliq suv chiqdi. Majbur ichasiz, iliqligi yoqimsiz tuyulsa-da, chanqog‘iz sal bo‘lsa ham bosilishini his qilasiz.

@marufjonblogi

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Televizor/ijtimoiy tarmoqlar sababli ayollar serial yoki video qahramonlaridek erkak bilan yashashni istaydi. Bunday odam topilmaganidan keyin erni serial yoki o'sha ssenariy asosida suratga olingan video qahramoniga o‘xshatishga harakter qilishadi. Oqibati hafsalasining pir bo‘lishi bilan yakunlanyapti: xonadonda ayollar baxtsiz, erkaklar xafa....

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bir kuni avtobusda o‘tirgandim va avtobusimiz temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashdi. Oldimizda bir nechta mashinalar turar, qizil chiroq yoniq edi. Poyezd keladigan bo‘lsa bir necha daqiqa kutishimizga to‘g‘ri kelardi. Kutishni esa yomon ko‘raman.
Ammo yashil chiroq yondi va avtobusimiz joyidan siljidi. Xayriyat, dedim ichimda. Ammo shu payt orqamda o‘tirgan ayolning o‘g‘ilchasiga gapirgan ovozi eshitildi: “Afsus, bugun poyezdni ko‘ra olmadik”.  
Bu o‘sha vaziyat uchun ajoyib gap bo‘lgandi. Hayotda boridan zavqlanib yashashga nima yetsin?

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

🗓 11-noyabr rus yozuvchisi F. Dostoyevskiy (1821-1881) tavallud topgan kun.

📚 Asarlari:

📚“Kambag'allar” (1846)
📚“Qiyofadosh” (1846)
📚 “Oydin tunlar” (1848)
📚 “Stepanchikov qishlog‘i va uning aholisi” (1859)
📚 “Xo‘rlanganlar va haqoratlanganlar” (1861)
📚 “O‘lik uydan maktublar” (1861—62)
📚 “Jinoyat va jazo” (1866)
📚“ Telba” (1868)
📚 “Iblislar” (1871—72)
📚 “O‘smir” (1875)
📚 “Aka-uka Karamazovlar” (1879—80) va b.


@dostoyevskiydan_qaydlar

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Hayotingdagi quyosh botgani uchun ko'z-yosh to'kadigan bo'lsang, unda yoshlaring osmondagi yulduzlarni ko'rishga halal beradi.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

O‘zing xulosa qil.

1. "Kitob o‘qisam uyqim keladi" - deganingda, kitob o‘qiydigan va o‘qimaydigan do‘stlaringni dunyoqarashini taqqosla.

2. "Uyga borib hammasini qazo qilib o‘qib olaman" - deganingda, taqvodor do‘sting va o‘zingga o‘xshagan do‘stingni qalbidagi sakiynatni o‘zlaridan so‘rab ko‘r.

3. "Bugun charchadim, ertadan kunda to‘rt bet o‘qishni yo‘lga qo‘yaman" - deganingda, muntazam ravishda Furqonni o‘qib boradigan va o‘qimaydigan tanishingni yuzidagi nurning farqiga boq.

4. Dars qilib charchab, "Rosa zerikdimda shu dars qilishdan" - deganingda, yoshligida ilm olgan va yoshligini o‘yin kulguda o‘tkazgan tanishlaringni hozirgi holatiga boq.

5. Beshinchisini izohlarda yozib qoldir.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kanalga qo'shilish kerak edi odamlar😬

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

1 yilda necha kun bor?

Shu savolni istalgan kishidan so‘rasangiz 99,9% odam 365 kun deb javob beradi. Maqola mazmuni esa, bizda aslida necha kun mavjudligini ochib berishga harakat qiladi.

Ro‘yxat — hayotda nimagadir erishmoqchi bo‘lganlar uchun va ulardagi mavjud bo‘lgan foydali ish koeffitsiyentini oldindan aniqlab olish uchun maxsus tuzildi.

Bir yilda 365 kun bor deb hisoblasak, shundan 122 kun uyqu vaqti. O‘rta hisobda 8 soat.

— Bizda 243 kun qoldi.

Har bir kishi ta’lim yoki ishga borish uchun yo‘l yuradi. 1 kunda 1 soatini yo‘l yurishga sarflaydi va bu 1 yilda 15 kun degani.

— Bizda 228 kun qoldi.

Kun davomida jami 2 soat taomlanishga sarflanadi desak, 1 yilda 30 kun ovqatlandik.

— Bizda 198 kun qoldi.

Hammom va unga taalluqli bo‘lgan ishlar uchun 1 yilda minimum 8 kun sarflanadi.

— Bizda 190 kun qoldi.

Inson insoniy jamiyatda yashaydi, Demak suhbatlashish bor narsa, hech kim butun umrini ishga yoki ilmga bag‘ishlay olmaydi. Demak, mavzudan tashqari jonli suhbatlar uchun 1 soatdan ketib qoldi. 1 yilda 15 kun.

— Bizda 175 kun qoldi.

Kiyim va ust-boshlaringizni kimdir olib bermasa kerak? O‘zingizga mos kiyimlarni tanlash uchun, bozor yoki do‘kon aylanish va xarid ishlariga 1 yilda 2 kun ketdi.

— Bizda 173 kun qoldi.

Ish va ta’limdan tashqari telefon qo‘ng‘iroqlarga javob berishga kuniga 4 daqiqadan sarflasak, 1 yilda 1 kun ketib qoldi (bu hisob normal odamlar uchun, kompotlar bundan mustasno).

— Bizda 172 kun qoldi.

Innovatsion jamiyatda internet bormagan joy qolmadi, uzoqdagi do‘st va tanishlarimiz bilan ijtimoiy tarmoq yoki messenjerlar orqali, 1 yilda o‘rta hisobda 14 kun lenta ko‘rish va gaplashishga sarflaymiz (bu hisob normal odamlar uchun, kompotlar bundan mustasno).

— Bizda 158 kun qoldi.

Soch oldirish sartaroshxona (yoki salon) ishlariga 1 yilda 2 kun sarflanadi.

— Bizda 156 kun qoldi.

Hozirgi kunda smartfonsiz yashashni tasavvur qilish qiyin, smartfonda hech qanday amaliyotsiz, unga shunchaki qarab qo‘yish, kunni yoki soatni aniqlash hamda oylik to‘lovlarini to‘lashga jami 1 yilda 1 kun vaqtimiz ketadi.

— Bizda 155 kun qoldi.

Issiq jonning istimasi bor, inson bir yilda o‘rta hisobda 5 kun kasallikni boshidan o‘tkazadi (mutlaq sog‘lom odamlar nazarda tutilgan, surunkali kasallar ko‘proq sarflaydi).

— Bizda 150 kun qoldi.

Mentalitetimizdagi juda "foydali" urf-odatlar sababidan, to‘y-hashamlar, kutilmagan xursandchiliklar sababidan 1 yilimizdan 6 kunni yo‘qotamiz.

— Bizda 144 kun qoldi.

Shu jumladan do‘stlar bilan choyxona davrasida 1 yilda 11 kun.

— Bizda 133 kun qoldi.

Ko‘ngilsizliklar, Fors-major holatlari, kayfiyat tushishi, qisqa vaqtli tushkunlik sabablaridan, 1 yilda 15 kunni yo‘qotamiz.

— Bizda 118 kun qoldi.

Davlat tomonidan berilgan rasman dam olish kunlari, (1-yanvar, 8-mart, 21-mart, 9-may, 2 ta hayit bayrami, 1-sentyabr, 1-oktyabr, 8-dekabr. Jami 9 kun.

— Bizda 109 kun qoldi.

Kim ham o‘z tug‘ilgan kunida mashaqqatni istardi? Yana 1 kun havoga uchdi.

— Bizda 108 kun qoldi.

Bir yilda 365 kun bor deb o‘ylayotganlar endi xayol qilayotganlarini tushungan bo‘lsa shu 365 kundan 52 kun yakshanba. Ya’ni dam olish kunidagi foydasiz ish koeffitsiyenti 25 kun deb olsak.

— Bizda 83 kun qoldi.

Foydasiz ilm. Ha, aynan foydasiz ilm bizning umrimizning ko‘p qismini yeb yuboradi. Ishga va ta’limga taalluqli bo‘lmagan keraksiz yangiliklar, keraksiz ma’lumotlar (futbol yangiliklari, san’atkorlar hayotini o‘rganish), hayoti davomida qo‘llamaydigan bilimlar. Na ishiga na diniga foyda keltirmaydigan bilimlar, sotib olmaydigan narsa (buyum, uy, mashina, texnika)lar haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqish hokazo foydasiz bilimlar uchun 18 kun sarf bo‘lib ketadi.

— Bizda 65 kun qoldi.

Manba

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Do'stlar, mana bu komiksni bir vaqtlar o'zim va kanal uchun qo'yib borar edim. Shuni to'liq tarjima qilib qo'yganman. Xo'sh, siz pul to'lab bu kitobni to'lig'ini o'qishni xohlarmidingiz?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

🪨 Atrofimizda sodir boʻlayotgan hodisalar sababini bilish — ajoyib! Formulalardan farqli oʻlaroq ilmiy-ommabop kitoblar sizga tabiiy jarayonlarning asl mohiyati haqida sodda va qiziqarli usulda hikoya qiladi.

📚 Siz ilmiy-ommabop yoʻnalishdagi yana qanday asarlarni tavsiya qilgan boʻlardingiz? Izohlarda yozib qoldiring.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yulduzlarga qarash - iqtisodni yaxshilamas, urushlarni to‘xtatmas yoki muskullaringni ishirmas, hatto munosabating va hayoting bilan qanday qaror qilishinga ham foydasi tegmas. Lekin bu sen va sening muammolaring naqadar kichikligi hamda cheksiz koinotning bir parchasi ekanligingni eslashinga yordam beradi.

"Ko‘zgudagi aksim"

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Barchaga xayr do'stlar. Yo'limiz shu yergacha ekan. Men tg kanal yuritishdan ketmoqchiman.

Sabab, kam reaksiya, odam sonini ko'paymasligi, uzun postlarga izohlar yozilmasligi va yana har xil sabablar.

Qarorimni o'zgartirishim ehtimoli bor, agar...

Читать полностью…
Subscribe to a channel