Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Aqlli odamlar yolg‘izlikka intilmaydilar, ular ahmoqlar yaratgan shovqindan qochishadi xolos.
Artur Shopengauyer
@kitob_ombori
QAYIN DARAXTI
Turmush o‘rtog‘ingizning oila a’zolarini nega qaynota, qaynona, qayin singil, qayin og‘a va hokazo deb atalishini hech ham o‘ylab ko‘rganmisiz?
Turkiylar qarindoshligini uchinchisi “QAYINDOSHLIK” deb atashgan. Qayin urug‘i erning yoki xotinning qarindoshlari bo‘lib, ushbu so‘zning etmologiyasi “qayin” daraxtiga nomi bilan bog‘liqdir.
Qadimgi Kam turk madaniyatida qayin daraxti (rus tilida бук) nihoyatda qimmatli va muhim daraxt hisoblangan. Bu daraxt dunyodagi eng tez moslashadigan, birlashib ketadigan daraxt turi bo‘lgani uchun O‘rta Osiyo kam (шаман) turklari bu so‘zni ikki oilaning birlashishi va qo‘shilishi ma’nosida ishlatishgan.
Qadimda turkiy xalqlarda oqqayin nikoh timsoli hisoblangan. Shundan kelib chiqib nikoh orqali qarindoshlik “qayin” deb atalgan. Shu sababli nikohdan keyin orttirilgan yaqinlarning nomlanishida “qayn” o‘zagidan yasalgan nomlar ko‘proq uchraydi.
Oltoylarda asl so‘zlar mana shu tarzda saqlangan:
Er yoki xotinning otasi – qaynada
Er yoki xotinning onasi – qaynene
Er yoki xotinning singlisi – qayn siyni
Er yoki xotinning opasi – qayneje
Er yoki xotinning akasi – qayag‘a
Er yoki xotinning ukasi – qayni
Unashtirilgan yoki nikohdagi erkak va ayol- qayliq.
@kitob_ombori
Yakshanba – suhbat kuni!
P.S: Sevgi masalasida tajribam ham ko'nikmam ham yo'q. Bu masalada yozmanglar.
Javoblar kommentariyada
Nima uchun kitob o‘qish kerak?
@kitob_ombori
Filmlar hech qachon kitoblar o‘rnini bosa olmaydi. Bu universal haqiqat. Biroq, kitob mazmunini qisqa va qiziqarli tarzda ochib berishga yordam beradigan bir qancha filmlar mavjudki, ba'zida odamlar ma'lum bir kitobni faqat film tufayligina o'qiydilar.
Sizga taqdim etayotgan kitoblar asosida suratga olingan filmlar insonni chuqur tafakkur qilishga undaydi.
Siz videodagi qaysi filmlarni ko‘rgansiz?
@kitob_ombori
O‘ZLIK BILAN YUZLASHISH.
Hamma "qanday odamligimni o‘zim bilaman" deydi. Ammo hamma ham o‘z o‘zligini to‘la anglab yetmagan.
Kimsiz? Qanaqa odamsiz?
Buni bilish uchun o‘zingiz bilan o‘zingiz yuzlashishingiz kerak. Chunki sizga qanday odam ekanligingizni "o‘zingiz" aniqlab beradi.
Deylik, men rostgo‘y odamman, yolg‘onni hazm qilolmayman deb da’vo qilyapsiz. Demak buni aniqlab ko‘rish kerak. O‘zingizni nazorat qiling: necha kun yolg‘on gapirmay ish bitira olasiz?
"Yolg‘on gapirishning o‘z xonasi bor" demang. Yolg‘onsiz ham ish bitirish mumkin. Buning uchun sizda kerakli hamma narsa bor. Ko‘zlaringizdagi ifodalar bilan fikringizni quvvatlashingiz mumkin. To‘g‘risini aytsangiz ham odamlar buni odatiy qabul qiladi.
Agar har safar tun oldidan ichingizdagi o‘zlik sen bugun ham rostgo‘ylardan bo‘lding deyayotgan bo‘lsa, demak chindan ham yolg‘ondan hazar qiladigan, sofdil odamsiz!
Bunday odamni mo‘minlarning eng muhim hislatiga erishibdi deyish mumkin. Chunki ko‘p ofat tildan keladi.
Agar siz o‘zingizni g‘iybatchi emasman deb hisoblasangiz, yana yuqoridagi amalni qo‘llang. Necha kun g‘iybat qilmasdan yashay olasiz?
Muhorabalarning eng qattig‘i insonning o‘zi bilan kechadi. O‘z-o‘zingizni nazorat qilishingiz oson emas. Ammo chekinmang. Bu tajribalardan so‘ng albatta ko‘p narsa yaxshi tarafga o‘zgaganini his qilasiz.
@kitob_ombori
Birinchi yil: "Agar meni tark etsang, oʻzimni oʻldiraman."
Ikkinchi yil: "Agar meni tark etsang, men azoblanaman. Lekin oxir-oqibat koʻnikaman."
Uchinchi yil: "Agar meni tark etsang, men buni shampan vinosi bilan nishonlayman."
F. Begbeder "Sevgi uch yil yashaydi"
@kitob_ombori
Go‘zallik degani nima? Go‘zallik ‒ 17 yoshli qizni mashhur qilib, sahnalarga chiqargan, suhbatlariga jurnalistlar oshiqqan, undan esa faqatgina puldorlar maishat uchun foydalanib, keyin esa bir chetga uloqtirib ketiladigan bo‘y-bastmi? Yoki erkaklarni o‘ziga rom etadigan qosh-ko‘zmi? Yoki bo‘lmasa, bu go‘zallik deganlari ayolni hurmatga sazovor qilgan, uni har holatda ham aziz qilgan onalik yoki buvilikmikin?!
@kitob_ombori
Yer yuzidan insonlar butunlay qirilib ketsa nima bo'ladi?
(Postni o'qish davomiyligi 2 daqiqa)
Umringizda bir marotaba bo‘lsa-da yer yuzidagi eng so‘nggi inson bo‘lib qolishni tasavvur qilib ko‘rganmisiz? Menimcha bo‘lgan. Menda ham mana shunday o‘ylar ko‘p bo‘lar edi. Balki yoshligimdan fantastika, sarguzasht va yoki koinotga qattiq qiziqqanim bunga sabab bo‘lgandir. O‘sha paytlarda miyamda ko‘plab savollar bo‘lar edi-ku ammo unga na maktabdagi o‘qituvchilarim, na atrofimdagi insonlar javob bera olishar edi. Balki shu sabab ensiklopedik kitoblarga qiziqqandirman. Hozir esa vaziyat tamoman boshqacha. So‘ragan savollaringizga odamlardan javob topolmasangiz, sun’iy intellektdan albatta javob olasiz.
Bugun yoshligimdan meni juda qiziqtirgan savolga birgalikda javob topamiz. Ya’ni: Yer yuzida birorta inson zoti qolmasa, sayyoramizda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
Yaxshilab joylashib oling, oldingizga choy yoki qahva damlab olib, butun diqqatingiz hamda tasavvuringizni maqolamga qarating.
1-ssenariy
2005-yilda amerikalik jurnalist Alan Vaysman Discover jurnalida "Odamlarsiz Yer" nomli maqolasini chop etdi. 2007-yilda esa, o‘zi intervyu olgan olimlar bilan suhbatlari asosida "Bizsiz dunyo" deb nomlangan kitobini nashr qildi.
"Nahotki dengizlar yana baliq bilan to‘lib-toshsa? Nahotki, beton shaharlarimiz daraxt ildizlari, suv va begona o‘tlarning kuchi ta’sirida changga aylanib ketsa? Izlarimiz yo‘q bo‘lib ketishi uchun qancha vaqt kerak bo‘larkan? Agar biz bunday savollarga javob bera olsak, o‘zimiz amalga oshirgan o‘zgarishlardan ko‘proq hayratlanarmidik yoki tabiatning bardoshliligidanmi?"
"Bu Vatan bizga necha-necha xinali Alilarning hadyasidir"
(Postni o'qish davomiyligi 2.5 daqiqa)
1915-yil. Chanoqqal’a.
Ustegman Farruqbey Chanoqqal’a jabhasiga yangi kelgan askarlarni ko‘zdan kechirib, qabul qilmoqda. Bu safar kelgan askarlarning ko‘pi hali bola yoshdagi askarlar edi. O‘n besh yosh atrofidagi bolalar.
Farruqbey askarlarni ko‘zdan kechirar ekan, sochining o‘rtasi sariqqa bo‘yalgan bir yigitcha e’tiborini tortdi. Uni yoniga chaqirdi.
– Isming nima?
– Ali, komandirim, – iymanib javob berdi yigitcha.
– Qayerliksan?
– To‘qatlik. To‘qatning Zira qishlog‘idanman.
– Yaxshi. O‘g‘lim, boshingdagi nima? Nega soching sariqqa bo‘yalgan?
– Jabhaga kelishimdan oldin onam sochimga xina surib qo‘ydi, komandirim. Negaligini bilmayman.
– Mayli, boraqol, xinali Ali, – dedi Farruqbey jilmayib.
Shu kundan boshlab Alining ismi atrofga "Xinali Ali" bo‘lib yoyildi. Do‘stlari uni "Xinali Ali" debgina qolmasdilar. Uning sochidagi xina doimiy gap-so‘zlarga mavzu bo‘ldi. Kim uning yonidan o‘tsa, sochidagi xina haqida bir narsa demay ketmasdi.
Xinali Ali qisqa vaqtda o‘zining yoqimli va jasur harakatlari bilan o‘rtoqlarining hurmatiga erishdi.
Bir kuni ota-onasiga maktub yozmoqchi bo‘ldi. Ammo u yozishni bilmasdi. Shuning uchun u aytib turdi, o‘rtoqlaridan biri yozdi.
"Sevikli onaginam, otaginam! Qo‘llaringizdan o‘paman. Men bu yerda juda yaxshi yuribman. Mendan xavotir olmang...", deb boshladi maktubini. Singlisi va ukasining ahvolini so‘radi. Bu yerdagi insonlar uni qattiq hurmat qilishlarini yozdirdi. Bir qancha so‘zlarni yozgandan so‘ng, ko‘nglidagi bir gapni maktubning oxiriga qo‘shib qo‘ydi:
"Onajonim! Kelayotganimda sochimga xina surtib qo‘ygan edingiz. Bu yerdagi qo‘mondonlarim va o‘rtoqlarim shu sochimdagi xinani gapiraverishadi, ustimdan kulishadi. Kim ko‘rsa, shu xinadan gap boshlaydi... Sizdan iltimos, ukam jabhaga ketayotganida unga bu ishingizni qilmang. Uni ham gapirib yurishmasin.... Onajonim. Qo‘llaringizdan o‘paman".
Gelibo‘luda janglar avjiga chiqdi. Inglizlar g‘alaba qozonish uchun bor kuchlari bilan jang qilishardi. Jang maydonida askarlarimiz bittadan, keyin beshtadan, o‘ntadan shahid bo‘lar edi. Yordam kuchlari kelishi kamaydi. Askarlarning soni tobora ozayib borar edi. Gelibo‘lu qo‘ldan ketay deb qoldi. Alining komandiri chorasiz edi. U iloji boricha, jang maydoniga bolalarni yubormaslikka harakat qilardi. Yigitchalar esa, komandirdan o‘zlarini jangga tashlashini o‘tina boshladilar. Tahlika aniq edi...
Bolalar talablarini qaytaraverganlaridan so‘ng, qo‘mondon ularni otash maydoniga yuborishga majbur bo‘ldi. Yigitchalar o‘lim aniq bo‘lgan jang maydoniga oshiqar edilar...
O‘sha kuni, natijasi – o‘limligi aniq bo‘lgan jabhaga ko‘ngilli bo‘lib, Ali bilan birga ketgan askarlardan birortasi qaytmadi... Hammalari shahid bo‘ldilar...
Bu hodisadan ko‘p o‘tmay, Xinali Aliga xat keldi. Xatni komandir oldi. Ovozini baland qilib maktubni o‘qiy boshladi. Shahid bo‘lmasidan sal avval Alining yozgan maktubiga otasi javob yozgan edi:
"O‘g‘lim! Aliyim! Nechuksan? Yaxshimisan? Ko‘zlaringdan o‘paman sening. Salomlarim bo‘lsin...Читать полностью…
Ali! Ho‘kizni sotdim. Yarim pulini senga jo‘natyapman. Qolgan yarmini yaqinda urushga boradigan ukangga beramiz. Hozir dalani ho‘kizning o‘rniga o‘zim haydayapman. Unchalik charchayotganim yo‘q. Sen bizni o‘ylama!.."
Ota uydagilardan, qarindoshlardan xabar yozganidan so‘ng, "onangning senga aytadigan gapi bor ekan", deya so‘zni Alining onasiga qoldirdi. Maktubning bundan buyog‘i Xinali Alining onasi tilidan yozilgan edi. Mushtipari shunday derdi:
"O‘g‘lim, Aliginam! Maktubingda do‘stlaring boshingdagi xinani ko‘p gap-so‘z qilishganini yozibsan. "Ukamga bu ishni qilmang", debsan. Ukangga ham shu ishni qildim. Sen tashvishlanma. Komandirlaringga va o‘rtoqlaringga ayt, ustingdan gap qilishmasin. Ular bilib qo‘yishsin. Bizning tomonlarda uch narsa uchun xina suriladi.
Xotini Sofiya bilan navbatdagi janjaldan so'ng, Sergey Yesenin unga quyidagicha xat qoldirgan ekan:
"Sonya. Seni xafa qilganim uchun meni kechir. Lekin bilib qo‘y, barcha janjalga o‘zing aybdorsan”.
@kitob_ombori
«Fidokor kishilar insoniyatga quyoshdek zarur. Ular jamiyatning eng hayotbaxsh qismidir.
Ular bu dunyoda bema’ni bahslar yurituvchilardan tashqari,
xom-xatala «asar»lar yaratuvchilardan tashqari,
keraksiz loyihalar bilan shug‘ullanuvchilardan tashqari,
bir tiyinga arzimaydigan dissertatsiyalar yoqlovchilardan tashqari,
axloqsiz, qorin to‘ydirish dardida yolg‘on gapiruvchi kishilar toifasidan tashqari,
boshqacha odamlar ham borligini, ya’ni jasoratga, e’tiqodga va aniq, foydali maqsadga ega bo‘lgan odamlar ham borligini hammaga ko‘rsatib, isbotlab turadilar».
Anton Chexov
@kitob_ombori
Shunday qilib, XXI asr tarixdagi eng "rasvo" davrmi yoki eng "yaxshi" davrmi degan savolga aniq javob berish qiyin. Har ikkala qarash ham o‘z o‘rnida to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Biroq, biz o‘z hayotimizni yaxshilash va kelajak avlodlar uchun yanada qulay sharoit yaratish yo‘lida ishlashda davom etishimiz kerak.
@kitob_ombori
Sovuq va yomg'irli havoda issiq choy ustida suhbatlashishlik kayfiyat
/channel/anonimnye_smss_bot?start=707734900
Aqlli odamlar:
Hamma narsani o‘zlariga olavermaydilar;
Gapirganlaridan ko‘ra ko‘p o‘qishadi;
Ular o‘rganishga moyilli;
Ular xatolarni tan olishadi;
Ular sobit fikrli emaslar. Ularning fikrlari o‘zgarishi mumkinligini bilishadi;
Ular tortishishdan qochmaydilar, lekin urushmaydilar;
Voqealarga boshqa tomondan qaragan holda yaxshiroq tushunishadi.
@kitob_ombori
Kitob o'qish nafaqat miya uchun, hayot uchun ham foydali bo'lishi mumkin.
Kunlarning birida shaxmat tarixchisi Garold Myurrey politsiyachi Fergus Pinchdan minnatdorchilik maktubi oladi.
Unda yozilishicha, Myurreyning cho'ntak kitobi ko'rinishida chiqqan "Shaxmat tarixi" asari politsiyachining hayotini saqlab qolgan.
Qanday qilib deysizmi? Gap shundaki, Pinch asarni bo'sh vaqtida o'qish uchun ko'krak cho'ntagida olib yurgan. Kunlarning birida jinoyatchilardan biri tomonidan otilgan o'qni ushbu kitob ushlab qolgan.
Pinchning yozishicha, o'q kitobning to'rtinchi bobi o'rtasigacha yetib borolgan ekan.
@kitob_ombori
Shakl-u shamoyili va mazmuni sodda, ammo ayni shu soddaligi bois hayot, do‘stlik, ayol, tabiat, turmush chizgilari, qadimiy xitoy falsafasiga oid naqllar va tushunchalarga boy maftunkor hikmatlar dilingizni oson egallaydi.
Bu hikmatlarning muallifi yozuvchi Chjan Chao 1650-yilda Sin sulolasi davrida Anxuey viloyatida tug‘ilgan. O‘z davrida unchalik mashhur bo‘lmagan bu faylasuf adib o‘z yozuvlaridek sodda hayot kechirgan. Deyarli biron bir mahkamada ishlamagan. Umrining asosiy qismini tabiatni va insonni kuzatish bilan o‘tkazgan. Uning biron bir asari o‘sha davrda 10 yil mobaynida 10000 kitob asosida saralanib tartib berilgan va Sin sulolasi davrining adabiyoti, tarixi, falsafasi, ilm-fani va san’atining qomusi bo‘lmish 36381 jilddan iborat o‘ziga xos majmua — «Siku syuanshu» to‘plamiga kiritilmagan ham. Ammo, oradan yillar o‘tib, aniqrog‘i XX asrga kelib, uning yozuvlari dunyoga tarqala boshladi. Ushbu hikmatlarning ayrim namunalar (asosan ayollarga bag‘ishlangan yozuvlar) Xurshid Davron tarjimasida 30 yilcha avval «Saodat» jurnalida chop etilgan edi.
Agar sizning yolg‘iz bir yaqin do‘stingiz bo‘lsa, qismatingizdan nolimang. Siz yolg‘iz emassiz, siz tufayli esa dunyoda bitta yolg‘iz odam soni kamayadi.
Kimki, ayolni xuddi chechaklarni sevgandek suysa, u o‘z his-tuyg‘ulari osmonida — yuksaklarda parvoz etajak. Kimki, chechaklarni xuddi ayollarni suygandek sevsa, u o‘z his-hayajonlari ummonining eng yangi, eng toza to‘lqinlarini kashf etajak.
Go‘zal ayol chiroyli chechakdan so‘zlar mohiyatini anglashi bilan ustundir. Chiroyli chechak go‘zal ayoldan o‘zining ifor manbai bo‘lishi bilan afzaldir. Ularni bir-biri bilan kelishtirish g‘oyat mushkul, shu sababdai ifor manbaidan har bir so‘zingni anglaydigan suhbatdosh a’loroqdir.
O‘n beshdan yigirma yoshgacha bo‘lgan qizlarning deyarli barchasi maftunkor ovoz egasidirlar, ammo ularni ko‘zdan kechirsangiz o‘sha zahoti, ularning qay biri barno-yu, qay biri xunukligini ilg‘ab olasiz. Demak, eshitish bilan ko‘rishning farqi bor ekan-da.
Go‘zal joriyangiz bo‘lganidan, sizni tushunadigan xotiningiz bo‘lgani a’loroqdir, oltin tog‘larga ega bo‘lguncha, ko‘ngil farog‘atingiz bo‘lgani afzaldir.
Ayollar o‘z go‘zalliklari bilan erkaklardan ustundir, Qushlar orasida esa narlari mokiyonlaridan go‘zalroqdir. Hayvonlar o‘rtasida esa bu farq deyarli sezilmaydi.
Qanchalik go‘zal deb hisoblamang, ayolni pardozdan keyin tomosha qilganingiz ma’qul.
Chjan Chao ”Teran uyqu soyalari” kitobidan
@kitob_ombori
2025-yilgi "Orzular roʻyxatim"ga qoʻshib qoʻydim.
P.S: Dildora yaqindagina shunga oʻxshash toʻplamni olgandi.
@kitob_ombori
⚡⚡⚡Xalqaro talabalar kuni muborak!
🔹️Barcha talabalik maqomiga erishgan va aslida ham talaba bo'lib o'qib kelayotgan azizlar bayramingiz muborak!!!
✅Abiturentlarimizga esa, faqat va faqat omadlar tilab, talaba bo'lish sharafi nasib etishini tilab olamiz.
🎉🎉🎉Bayramni yuqori kayfiyatda o'tkazing, o'qishlaringizda yuqori marralarni zabt eting!
@kitob_ombori
Hatto google translate'dan to‘g‘ri foydalanish uchun ham o‘zbek imlosida to‘g‘ri yozishni bilish kerak.
@kitob_ombori
Dunyodagi eng keng tarqalgan narsalar qatoriga nimalar kiradi?
1. Havo yaʼni azot va kislorod
2. Suv yaʼni Vodorod va kislorod
3. Internet yaʼni ijtimoiy tarmoqlar, sahifalar va bloglar
3-raqamdagisi shu darajada koʻpki, ularni ichida foydalisiga qaraganda befoydalari anchagina va bu son afsuski yildan-yilga ortib bormoqda. Umr esa anchagina qisqa. Undan maksimal unumli foydalanish ham bir sanʼat. Uni qanday foydali sarflashni bilmaganlar esa biladiganlardan maslahat olib, hayotiga tatbiq etishi kerak.
Men ham bugun maslahat beradigan odamlar safiga kirib qolganimni hisobga olib (yoshimga nisbatan aytamanda😂) @matbuotraisi sahifasini ulanib, oʻqib borishni tavsiya qilaman.
Nodirbek ukamiz ham oʻzim yuritadigan uslubda blog yuritadi. Sahifasi, postlari ancha rang-barang va muhimi aktual.
@matbuotraisi
P.S: Umringizni hiring-hiring video yoki "bugun bir narsalar bayrami ekan" deydigan joylarda sarf qilishlaringizni xohlamaymanda
Kitobni o'zini emas unga yozilgan taqrizni o'qish bu - huddi kinoni emas uning tizerini ko'rishdek gap.
Ikkala holatda ham na zavqni va na undagi falsafani tushuna olasan.
/channel/TeacherAzam/2344
“Bu dunyoda men bir yo‘lovchi,
Shodon menga qo‘l silki, erkam.
Xuddi shunday tinch, erkalovchi
Ziyo to‘kar kuz fasli Oy ham”.
©️Yesenin
Kelin bo‘layotgan qizga. "Ketsin, oilasiga, bolalariga qurbon bo‘lsin", deya...
Qurbonlik qilinadigan qo‘chqorga. "Ketsin, Allohga qurbon bo‘lsin", deya...
Askarlikka ketayotgan yigitlarga. "Ketsin... Vatanga qurbon bo‘lsin", deya...
Shvetsiyada hozir "Garri Potter" marafoni o‘tkazilmoqda. U yerda filmlardagi barcha musiqalar haqiqiy orkestr tomonidan ijro etilarkan. Tasavvur qildingizmi? Men tasavvur etib maza qivordim. Hayotda esa nima his qilishimni bilmayman(
🔥 - havas qildim
❤️ - men ham
@kitob_ombori
Dardlaringiz yoki muammolaringiz yechimi mana shu eshikdan kirganingizdan soʻng paydo boʻladi.
@kitob_ombori
#vertualsayohat
Eronga turfa xil rakurslardan nazar tashlaymiz.
@kitob_ombori
XXI asr tarixdagi eng rasvo davrmi?
(Maqolani o'qish davomiyligi 2.5 daqiqa)
Hozirgi kunda XXI asr haqida ikki qarash keng tarqalgan: biri XXI asrni yashash uchun eng yaxshi davr deb biladi, boshqasi esa oxirgi paytlardagi siyosiy va iqlimiy muammolar sabab bu davrni yashash uchun eng yomon davr deb hisoblaydi. Bugun ana shu mavzu haqida qisqacha fikr yuritmoqchiman.
Hammamizda biron marta bo‘lsa ham o‘tmishga sayohat qilish, o‘sha davrlarda yashashni orzu qilish tuyg‘usi bo‘lgan. Kimdir Temuriylarning muhtasham asrida yashashni xohlar, kimdir Sanoat inqilobi davrida yoki Da Vinci bilan bir asrda bo‘lishni istar, yana kimdir Geografik kashfiyotlar davrida Amerikani "qayta ochish"ni xayol qilgan. Hatto, Sovetlar davrini yodga olib, o‘sha davrni qo‘msaydiganlar ham mavjud. Lekin, aslida, bu davrlar biz o‘ylaganimizdek yashash uchun qulay davrlar emas edi.
50-100 yil oldin insonlar hayoti qanday edi?
50–100 yil oldin insonlarning o‘rtacha yashash umri 50–60 yildan oshmasdi, undan ilgari esa bu raqam yanada past bo‘lgan. Chaqaloqlar o‘limi rekord darajada yuqori edi. O‘rta asrlarda bir oilada 10 ta farzand tug‘ilsa, faqat 5 tasi yashab qolgan bo‘lishi mumkin edi. Qolganlari chaqaloqlik davrida turli kasalliklar tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Hatto bu holat qirollik oilalarida, zodagonlar orasida ham uchrab turgan. Ko‘p shahzodalar 3-4 yoshida kasalliklardan vafot etar, natijada sulolalar bir-birini almashtirardi.
Tibbiyotdagi inqiloblar
Birgina Penitsillinning kashf qilinishi tufayli taxminan 2 milliard odamning hayoti saqlab qolindi. Shunday qilib, bizning davrimizda kasalliklar, ayniqsa, ilgari halokatli bo‘lgan Vabo, Ispan grippi, Qora vabo kabi kasalliklar bilan solishtirganda, COVID-19ning ta’siri nisbatan kichikroq deb hisoblanishi mumkin. Bu faqat tibbiyotdagi yutuqlar haqida gapirishimiz mumkin bo‘lgan misollarning bir qismidir.
Urushlar va tarixdagi qirilib ketgan oilalar
Urushlar ham tarixning achchiq sahifasidir. 20-asrda ikki jahon urushi ko‘plab insonlarning hayotini olib ketgan. Biroq, O‘rta asrlar, Mo‘g‘ullar bosqini, Kolonializm, quldorlik davri va inqiloblar davomida ham qancha oilalar vayron bo‘lib, minglab insonlar qirilib ketgan. Bu davrlar yashash uchun, ko‘plab insonlar uchun dahshatli edi.
Zamonaviy texnologiyalar va iqtisodiy o‘sish
Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar va internet insonlarga imkoniyatlarni yanada oshirdi. Endi, Da Vinci kabi buyuk ustozlarga shogird tushish shart emas, chunki internet orqali har qanday sohada bilim olish osonlashgan. Oldin faqat qirollarning kutubxonasida bo‘lgan kitoblarni hozir pdf variantlarida topish mumkin. Odamlar o‘zlarini rivojlantirish uchun onlayn kurslarga yozilishlari, kerakli ma’lumotlarga erishishlari mumkin.
Oziq-ovqat sanoatida ham sezilarli yutuqlar bor. Hozirgi o‘rtacha odamning nonushtasi, ehtimol, o‘rta asrlardagi eng badavlat qirollarning nonushtasidan ham yaxshiroqdir. Ammo, oziq-ovqat sanoatidagi ayrim muammolar mavjud bo‘lsa-da, ilgari yuz bergan ocharchilik kabi halokatli vaziyatlar endi ancha kam uchraydi. Masalan, SSSRdagi "Holodomor" (1932-33) voqealari davomida 5 milliondan ortiq odam ochlikdan vafot etgan.
Hozirgi muammolar va kelajakdagi xavf
Hozirgi kunda jamiyatda katta yutuqlar mavjud bo‘lsa-da, ular bilan birga siyosiy va iqlimiy inqirozlar kabi katta xavflar ham mavjud. Iqlim o‘zgarishi, ekologik inqirozlar, siyosiy beqarorlik, urushlar kabi masalalar jiddiy xavotirga sabab bo‘lmoqda. Ba’zi odamlar bu davrda yashashning nafaqat qiyin, balki o‘limga olib kelishi mumkinligini his qilishmoqda.
Xulosa
Misollar juda ko‘p va har bir davrning o‘ziga xos yutuqlari ham, salbiy tomonlari ham mavjud. Bugungi kunda bizda mavjud bo‘lgan "komfort" hayotimizni saqlab qolishimiz uchun juda ko‘p ishlashimiz kerak. Insoniyat tarixida hayotning qandaydir cheksiz va abadiy bo‘lishi hech qachon bo‘lmagan. Hozirgi davrda ham odamlar yaxshi hayotni yaratish uchun kurashmoqda, lekin siyosiy, iqtisodiy va ekologik muammolar jiddiy xavflarni keltirib chiqarishi mumkin.
Diqqat, matematiklar uchun mem!
Nega bunday boʻlganini izohlarda yozib qoldiring.
@kitob_ombori
Sahifamizga suyub, kuzatuvchi bo‘lib, tanqidchi bo‘lib, haqoratlovchi bo‘lib tashrif buyurganlarga rahmat aytaman. Boringizga shukur!
Biringizdan kuch olsak boshqangizdan sabr va hikmatni o‘rganamiz!
@kitob_ombori