Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Gastronomga kirib, nimalar sotilayotganini ko‘ray deb to‘xtadim. Shunda bir odam yonga kelib, nimadir gapira boshladi. Men esa rus tilini umuman tushunmasdim. U esa menga qarab, bir barmog‘ini ko‘rsatib: "rubl, rubl!" deydi.
Men tushundimki, unga bir rubl kerak ekan. Berdim. U qo‘li bilan to‘xta belgisini ko‘rsatib, nimagadir ketdi va tezda qaytib kelib, qo‘lida bir shisha araq ko‘tarib olgan. Menga ishora qilib, ortidan ergashishni aytdi. Do‘kondan chiqib, bir uyning podyezdiga kirdik. U yerda uni boshqa bir odam kutib o‘tirgan ekan.
Boshqasi qo‘l cho‘ntag‘idan stakan chiqardi, u esa araqni butun mahorati bilan to‘kib-chatqazmasdan stakanga quydi. Stakanni ko‘tarib, salom berishga o‘xshash bir ishora qildi va uni bir qo‘lda to‘kib ichdi. Keyin stakanni yana to‘ldirib, menga tutqazdi. Men ham uning yo‘lidan bordim. Keyinchalik uchinchi odamga quydi, u ham ichdi.
Shundan so‘ng yana bir barmog‘ini ko‘rsatib: "rubl!" deydi.
Men unga yana berdim. U qaytadan podyezdan chiqib ketdi va 3 daqiqa ichida yana bir shisha araq bilan qaytib keldi. Hamma narsani yana takrorladik va do‘stlardek xayrlashdik.
Ko‘chaga chiqdim. Hushim biroz og‘irlashgan. Yo‘l bo‘yiga o‘tirdim. Shunda militsiya xodimi yonga kelib, nimadir gapira boshladi. Axir, sizlarda yo‘l yoqasida o‘tirish mumkin emas ko‘rinadi.
Men o‘rnimdan turdim va rus tilidagi yagona iborani aytdim:
— Men amerikalik yozuvchiman...
U menga qarab, katta kuldi va birdan meni quchoqlab: "Heminguey!" deb qichqirdi.
Sizning mamlakatingiz militsionerlari Hemingueyni o‘qigan yagona yurt...
Jon Steynbek,
SSSRga safar xotiralaridan,
1963 yil.
Manba: Facebookdagi Jahon tarixi va jug'rofiyasi guruhidanЧитать полностью…
Help!
Hidden figures filmini oʻzbekchasini qidiryapman.
Topishga yordam berib yuboringlar
P.S: rahmat tashlab berishdi
Asarni qay darajada tushunganingizni tekshirmoqchi bo‘lsangiz, uni syujetini maksimal darajada qisqartirib aytib bering. U 3 ta so‘z va 4 nuqtadan ortiq bo‘lmagan gapdan iborat bo‘lsin.
Masalan mana bunday shaklda:
"Talabaga pul kerak. U kampirni o‘ldirdi. Tavba qildi. Uni qamoqqa tashlashdi".
Qolganlar esa asar nomini topishadi.
Go!
@kitob_ombori
Mashhur oshpaz Pol Bokyuz bir kuni shunday degan edi:
"Hayot - bu biz ’baxt’ deb ataydigan taomlarni tayyorlaydigan kichkina oshxonadir. Bu oshxonada biz o‘zimiz bosh oshpazmiz va taomlarimizga qanday masalliqlarni qo‘shishni faqat o‘zimiz hal qilamiz. Shuni esda tutish kerakki, hamma uchun bir xil retsept yo‘q, shuning uchun ijod qiling, yangi narsalarni sinab ko‘ring. Balki, shunda, oxir-oqibat, sizni mukofot kutib turgan bo‘ladi."
Mana shu postni tashlagan kunim hayolimga rasmdagi insonlarni hayotlari, avtobiografik postlar yozishni o'ylagan edim. Izohlardan ko'rdimki, suratdagi insonlarni 50% taniydiganlar juda kam ekan. Aslida bu juda yomon. Ayni paytda hayotimizda qo'llayotgan juda ko'p texnologiyalar yuqoridagi insonlar sabab paydo bo'lgan.
Nasib qilsa vaqtim bo'lganda hafsala qilib birin-ketin bu insonlar haqida qiziqarli, foydali ma'lumotlarni yozib boraman.
Qo'shimcha talab va takliflar bo'lsa ularga ham ochiqman.
P.S: Bularga qo'shimcha ravishda musulmon olamidagi ilm ahllarini ham albatta qo'shib ketaman.
Doktor Hausdan sizni ruhlantiruvchi nutqlar!
Eng yaxshisini kuting, eng yomoniga tayyor turing, boshqalar nima deb o'ylashiga ahamiyat bermang va o'zingiz eng yaxshi deb hisoblagan narsani qiling!
***
Seni qiziqtirmaydigan narsalarni eslab qolish qiyin.
***
Agar odamlar bilan munosabatlaringizni buzilishini xohlamasangiz, ularni yolg'on gapirishlariga to'sqinlik qilmang.
***
Agar hech kim sizni yomon ko'rmayotgan bo‘lsa, demak siz noto'g'ri ish qilyapsiz.
***
Qarama-qarshi fikrlar to‘qnashishi ijodkorlikning kalitidir.
***
Hayotingizda eshitadigan uchta katta yolg'on bor:
1. Men sizni sevaman;
2. Biz abadiy birga bo'lamiz;
3. Kelajakda senga algebra albatta kerak bo'ladi.
***
Eng muvaffaqiyatli nikohlar yolg'onga asoslangan.
***
Biz yo'qolib ketish xavfi ostida turgan turmiz. Biz viski ichib, ajoyib mashinalarni haydab, yo'q bo'lib ketamiz!
#serialdan
@kitob_ombori
XX asrda Amerikada qatl etilgan eng yosh odam kichik Jorj Stinnidir.
14 yoshida bola elektr stulda o‘ldirilgan.
Sud kunidan to o‘lim kunigacha kichkina bolaning qo‘lida Injil bor edi. Har daqiqada bola o‘zining aybsizligini da’vo qilardi.
U ikki oq tanli qizni o‘ldirishda ayblangan. O‘lganlardan biri Betti, 11 yoshda, ikkinchisi Meri, 7 yoshda edi. Ikki baxtsizning jasadi o‘z uylari yonidan topilgan.
O‘sha paytdagi barcha sudyalar oq tanli edi. Sud jarayoni atigi 2 soat davom etdi. Sud jarayonidan atigi 10 daqiqa o‘tgach, hukm e’lon qilindi va bolakay o‘lim jazosiga hukm qilinadi Uning ota onasiga o‘lim bilan tahdid qilishadi. Ularga sud zalida o‘g‘liga hech qanday sovg‘a berishga ruxsat berishmagan. Keyinchalik ular shahardan chiqarib yuborilgan.
Jorj Stinni o‘limidan oldin 81 kun qamoqda o‘tiradi. Bu vaqtda unga hatto ota-onasi bilan uchrashishga ham ruhsat berilmagan. Stini o‘z tug‘ilgan shahridan 80 kilometr uzoqlikdagi bir kishilik kamerada saqlangan.
Jorj Stinni boshiga 5380 volt elektr toki qo‘llash orqali qatl etilgan.
Uning o‘limidan 70 yil o‘tgach, Janubiy Karolina sudyasi Jorj Stinni aybsiz deb topdi. Ikki qizni o‘ldirgan temir bo‘lagining og‘irligi 19 kg dan oshiq bo‘lgan ekan. 14 yoshida Stinni uchun bu bo‘lakni ko‘tarishning iloji bo‘lmagan. Bu temir bilan bilan esa yosh bola bo‘lib halokatli zarba berish juda qiyinligi isbotlanadi.
Stinni butunlay aybsiz bo‘lib chiqadi. Butun sud jarayoni u qora tanli bo‘lgani uchun unga qarshi ishlagan va unga aybdorlik tamgasi yopishtirilgan.
Ushbu voqeadan ilhomlangan Stiven King o‘zining "Yashil Maskan" (Green mile) kitobini yozgan.
@kitob_ombori
Dunyoda anglab bo‘lmaydigan narsaning o‘zi yo‘q – anglashni istamaydigan odamlar bor;
tushunib bo‘lmaydigan narsaning o‘zi yo‘q – tushunishni istamaydigan odamlar bor;
ko‘zga ko‘rinmaydigan narsaning o‘zi yo‘q – ko‘rishni istamaydigan odamlar bor.
Shu singari, odam bolasiga nasib etmaydigan bilim ham yo‘q – bilimdagi nasibasini rad etadigan odamlar bor..
@kitob_ombori
Hikmatlarga to'la iqtiboslar, ruhlantiruvchi va ko'ngilga yaqin bitiklar, turli xil mavzulardagi qiziqarli postlar bilan o'z ma'naviy olamini boyitmoqchi bo'lganlar uchun xolis tavsiya qilaman. Yuzlagan kanallardan ko'ra manfaatliroq.
/channel/rrwisdom
#kamina_haqqinda
Haddan tashqari nozikta’b, ko‘ngilchan kishilarning xususiyati:
1. Ijodkorlikka xos fikrlar.
2. Yaxshi tinglovchi.
3. Ichki dunyosi boy
4. Yaxshigina kuzatuvchilik qobiliyati
5. Aytilmaganlarni ham his qiladi.
6. Tez xafa bo‘ladi.
7. His-tuyg‘ularini nazorat qilishda qiynaladi.
8. Boshqalarning quvvatini his qiladi.
9. Boshqalarning behuzurligini o‘z boshidan o‘tkazganday bo‘ladi.
10. Uddaburro, epchil, chaqqon
11. Ruhiyatni o‘qiy oladi.
12. Qobiliyatli
Shunday inson bo‘lsangiz quyidagilarga e’tibor bering:
1. To‘g‘ri kishilar bilan munosabatda bo‘ling.
2. Gavjumlik, shovin-surondan uzoq bo‘ling.
3. Ijodkorligingizni ifodalaydigan hobbingiz bo‘lsin.
4. Quvvatingizni tuproqda ishlab tozlanib turing.
5. Ibodat va tafakkurga vaqt ajrating.
Manba
@kitob_ombori
Oʻzingizni kamsitmang
Inson nafaqat kuchi va qobiliyatlari, balki kamchiliklari, nuqsonlari va zaif tomonlari bilan ham bir butundir. Hech birimiz mukammal emasmiz. Hammamizning ijobiy va salbiy tomonlarimiz, kamchilik va xatolarimiz bor. Eng muhimi, oʻzimizni borimizcha qabul qilishimizdir.
Oʻzingizda qandaydir xato yoki aybni koʻrsangiz, oʻzingizga jahl qilmang, oʻzingizdan uzoqlashmang. Oʻzingizni boringizcha qabul qiling, chunki qabul qilish chiroyli tarzda davolash va shifo usulidir. Qabul qilishni odat qilganingizda oʻzingizni koʻproq baxtli va xotirjam his qilasiz.
Aslida, biz hammamiz darz ketgan chelaklarmiz. Hindistonda bir xizmatkor yigit boʻyniga osgan tayoqning ikki uchiga ikkita katta chelak bilan suv tashir ekan. Chelaklardan birining yorilgan joyi bor ekan. Suv toʻldirilgan butun chelakdan daryodan uygacha boʻlgan uzun yoʻl davomida umuman suv toʻkilmas, darz ketgan chelakda esa suv yarimlab qolarkan. Bu holat ancha vaqtgacha davom etibdi.
Xizmatkor yigit har safar xoʻjayinining uyiga bir yarim chelak suv olib borishga muvaffaq boʻlarkan. Butun chelak oʻzining muvaffaqiyati va mustahkamligi bilan faxrlansa, darz ketgan chelak oʻz vazifasining faqat yarmini bajarayotganidan uyalarkan. Shu yoʻsinda oradan ikki yil oʻtibdi.
Kunlarning birida daryoning boʻyida darz ketgan chelak xizmatkor yigitga qarab shunday debdi:
-Men oʻzimdan uyalaman, buning uchun sendan kechirim soʻramoqchiman.
-Nima uchun? soʻrabdi yigit, - Nimadan uyalasan?
Yoriq chelak javob beribdi:
Ikki yildan beri yorigʻimdan suv sizib chiqqani bois vazifamning yarminigina bajara olaman, xolos. Mening aybim tufayli sen shuncha mehnat qilsang ham, mehnatingga yarasha mukofot ololmaysan. Xizmatkor jilmaygancha darz ketgan chelakka javob beribdi:
- Xoʻjayinning uyiga qaytayotganimizda yoʻl chetidagi gullarga eʼtibor berishingni istardim.
Yoriq chelak xoʻjayinning uyi tomon eltadigan yoʻl chekkasida quyosh nuriga intilib boʻy choʻzgan bir qator turfa xil gullarni koʻz oldiga keltirdi. Oʻsha gullar uning ham eʼtiborini tortganini va ularni juda yoqtirib qolganini esladi; lekin yoʻl oxirida yana suvining yarmini yoʻqotganiga achinib, xizmatkor yigitdan yana uzr soʻradi...
Yigit chelakka bir zum tikilib qaragancha soʻradi:
- Yoʻlning faqat sen tomonida gullar borligini va narigi mustahkam chelakning tomonida hech qanday gul yoʻqligini payqaganmisan? Buning sababi men sening qusuringni bilishim va undan juda yaxshi foydalanishimda... Yoʻlning sen tomonga toʻgʻri keladigan qismiga gul urugʻlaridan ekdim va har kuni daryodan qaytarkanmiz, sen ularni sugʻording. Ikki yildan beri men oʻsha goʻzal gullardan terib, xoʻjayinning dasturxonini bezamoqdaman. Agar sening bunday kamchiliging boʻlmaganida, ular oʻz uyida bunday goʻzallikni koʻrib, dillari yayramasdi.
Darhaqiqat, biz hammamiz yoriq chelaklarmiz, Hammamizning oʻz kamchiliklarimiz bor. Kamchiliklarimiz tufayli oʻzimizdan gʻazablanib yoki oʻzimizdan yuz oʻgirishning oʻrniga biz ularni qabul qilishimiz va ulardan toʻgʻri saboq chiqarishimiz kerak. Eng muhimi, oʻzimizni past baholamasligimiz lozim. Boshqalarning koʻziga kamchilikdek koʻringan narsa, ehtimol, bizning moʻjizamizdir. Biz bunga shunday koʻz bilan qarashimiz darkor.
@kitob_ombori
Xitoyda “PotterPhone” chiqarildi!
Oppo “sehrli” Reno 12F modelini millennialarning sevimli ertagi uslubida taqdim etdi. To‘plamda: Hogvarts maktabi gerbi tushirilgan g‘ilof, sehrli tayoqchaga o‘xshash stilus, oltin snitch shaklidagi brelok, SIM-karta uchun “Ajal tuhfasi” ignasi va hatto Hogwarts maktubi mavjud.
Sehrli gadjetning texnikasi ham kuchli: 6,67 dyuymli OLED-ekran FullHD, 120 Gts chastotada, MediaTek Dimensity 6300 chipi, 12 GB operativ xotira, 256 GB ichki xotira, 5000 mA·soat batareya va 50 hamda 32 MP kameralar.
Siz ushbu telefonni sotib olgan bo'lar edingizmi?
@kitob_ombori
Shimoliy Koreya maktab bolalariga mo'ljallangan darsliklarda "KXDRning oliy rahbari, partiya, armiya va xalqning yetakchisi" Kim Chen In avtomobil boshqarishni atigi uch yoshida o'rganganganligi yozilgan. Yana aytilishicha, u to'qqiz yoshida chet el kompaniyasi ijrochi direktoriga qarshi yaxtalar poygasida g'olib chiqqan.
Kim Chen In "nima bo'lishidan qat'iy nazar" g'alaba qozonardi. Shuningdek, kitobda uning otasi Kim Chen Ir o'zining birinchi bouling o'yinidayoq mumkin bo'lgan 300 ochkodan 300 ochkoni qo'lga kiritgani, klyushkani qo'lga olishi bilanoq, jahon rekordini o'rnatgani qayd qilingan.
Shunchaki, O'zbekiston futbol terma jamoasi va Shimoliy Koreya terma jamoasi o'yinini ko'rib bu ma'lumotlar esga kelib qoldi.
@kitob_ombori
O‘rgimchak o‘ljasini qalin ipiga o‘rmab chirmab, ichiga og‘zidagi maxsus bezlaridan suyuqlik yuboradi. Ipli g‘umbak ichida hashorat o‘lja tanasi suyulib kerakli moddalarga parchalanib ozuqa atalaga aylanadi. Bir so‘z bilan hazm qilish jarayoni tashqarida ro‘y beradi. Tayyor bo‘lgan bio-ozuqani o‘rgimchak so‘rib olib organizmiga oson o‘zlashtiradi.
Ziyoli odam o‘rgimchakka o‘xshab o‘qiyotgan narsasini yutib yubormay puxta taxlil bilan qaraydi, tafakkuri bilan muolaja qiladi. Puxta hazm qilgan fikrlarnigina o‘z fikrlariga olishi mumkin. Hazm qilinmay o‘qilgan kitoblar, eshitilgan ma’ruzalar kishini ko‘r ko‘rona ishonuvchan qilib qo‘yadi. Yoki yutib yuborilgan g‘oyalar bilan bo‘kib, zaharlanib, umuman boshqa fikr qarashlarni tushuna olmaydigan qilib qo‘yadi.
@kitob_ombori
Kitob o‘qish umrni uzaytiradimi?
Kitob oʻqish aqliy salohiyatimizni kuchaytirib, tasavvurimizni boyitishini hammamiz bilamiz. Bu maroqli mashgʻulot salomatlikka ham ijobiy taʼsir etadi.
AQShning Yel universiteti olimlari mutolaa va inson umri davomiyligi bogʻliqligi boʻyicha tadqiqot oʻtkazdi. 12 yil davom etgan ushbu ilmiy-tekshirish ishida uch ming olti yuzga yaqin keksa yoshdagi erkak va ayollar qatnashdi. Ular orasida ashaddiy kitobsevarlar ham, kitobni qoʻliga faqat uy yigʻishtirganda oladiganlar ham bor edi.
Aniqlanishicha, mutolaani sevadigan va bu ish bilan muntazam shugʻullanadiganlar boshqalarga nisbatan 2 yil koʻproq umr koʻrar ekan. Haftasiga 3,5 soatini va undan koʻproq vaqtini oʻqishga sarflaydigan keksalarda oʻlim xavfi yaqin 12 yilda boshqa qariyalarga nisbatan 20 foizga kam boʻladi.
“Kuniga atigi yarim soat mutola qilish umringiz uzoq boʻlishiga katta taʼsir koʻrsatadi”,
Hidden figures/Zakovat egalari
Har yili kamida bir marotaba shu filmni koʻraman. Filmda NASAda ishlaydigan uchta qora tanli ayol — Katherine Johnson, Dorothy Vaughan va Mary Jackson haqida hikoya qiladi. Ularning har biri o'z sohasida olamshumul yutuqlarni qo'lga kiritib, 1960-yillarda AQShning SSSR bilan kosmik poygasida muhim rol o'ynashgan.
Filmda bu ayollar ilm-fan va matematika sohalaridagi katta yutuqlarga erishganlar, lekin ular jamiyatdagi irqiy va jinsiy diskriminatsiya bilan ham kurashishgan.
Katherine Johnson — olim va matematik, u Merkuriy parvozi va Apollon 11 ning Oyga borishi kabi misli ko'rilmagan kosmik missiyalarni hisoblashda katta yordam bergan.
Dorothy Vaughan — dasturchi va NASAdagi birinchi qora tanli ayol bo'lib, kompyuterlarni boshqarishning yangi usullarini oʻrgangan va o'rgatgan.
Mary Jackson esa aerodinamik muhandis bo'lib, u koinotni zabt etish yo'lidagi eng yirik qadamlarni tashlagan ayollardan biri hisoblanadi.
Film real voqealarga asoslangan.
#kino
@kitob_ombori
Advokat va shifokor bo‘lgan yigitlar bir qizni sevib qolishdi.
Shifokor qizga har kuni gul sovg‘a qilardi.
Advokat esa har kuni unga olma sovg‘a qilardi.
Bir kuni qiz advokatga "shifokor oshig‘im har kuni menga qizil atirgul sovg‘a qiladi. Nega sen har kuni olma berasan" deb so‘rabdi.
Advokat:
-"Chunki har kuni olma yesang doktorga umuman ehtiyojing tushmaydi" degan ekan.
Qissadan xissa shuki, har kuni olma yeng!
@kitob_ombori
2. Koinotni o‘lchash va yulduzlarning sirli olamini o'rganishga yo‘l ochgan Henrietta Swan Leavitt nomini eshitganmisiz? Katta ehtimol bilan yo'q. Menimcha bu ayol haqida astrnomiya darsliklarimizda ham ma'lumotlar afsuski mavjud emas. Bu ayol ismini men ham yaqindagina eshitdim va insoniyatga juda katta ilmiy meros qoldigan bunday shaxsni avval tanimaganim uchun afsus qildim.
Henrietta erkaklar hukmronlik qilgan ilmiy maydonda cheklovlarga qaramay, koinotni o‘lchashda inqilob qilgan birinchi ayollardan biri edi. Uning ishi tufayli bugun olimlar koinotning va undagi barcha jismlarning orasidagi masofani o‘lchay oladilar.
Ushbu maqolada ilm-fanga katta hissa qo'shishda ayollarning o'rni erkaklarnikidan aslo kam emasligini isbotlay olgan daho olima haqida hikoya qilinadi.
#olima_ayollar
rubicon1/KVR6LznDQsZ" rel="nofollow">https://teletype.in/@rubicon1/KVR6LznDQsZ
@kitob_ombori
"To'y ko'ylagida ham laboratoriyada ishlagan olima"
Avtobiografiyalarni o‘qish badiiy va to‘qima adabiyotlarni o‘qishdan ko‘ra menga boshqacha zavq beradi.
Hozirda Mari Kyurining avtobiografiyasini o‘qiyapman va bu aqlli, matonatli va kamsuqumgina olima ayolning irodasiga qoyil qolyapman!
Mari Kyuri Sorbonna Universitetiga o‘qishga kiradi. Chunki uning Vatani Polshada o‘sha payt(XIX asr oxiri)da ayollarning universitetda o‘qishi taqiqlangan edi.
"O‘zga mamlakatda Mari pulni iqtisod qilish maqsadida, har qanday ob-havoda ham universitetga piyoda borib kelar edi. Qish kunlari esa kechki soat o‘ngacha, ya’ni yopilgunicha issiq va yorug‘ kutubxonada dars tayyorlar edi. Uyga faqat uxlash uchungina kelar edi. Eng asosiysi kam ovqat yer edi. Ochlikdan qiynalib qolganda dugonalari uning singlisiga xabar berar(singlisi ham Parijda o‘qib shu yerda yashar edi), singlisi kelib uni o‘z uyiga olib ketar, lekin Mari yana tezda o‘z yotog‘iga qaytar va eski hayotini davom ettirar edi.
Tez orada u 35 yoshli bo‘lajak umr yo‘ldoshi Pyer bilan tanishadi va bir necha yillik urinishlardan so‘ng Marining qo‘lini so‘raydi va turmush qurishga uni ko‘ndiradi.
To‘y kuniga qadar Marining bisotida yagona ko‘ylagi bor edi.
Dugonalaridan birining onasi kelinga to‘y libosini sovg‘a qilmoqchi ekanligini aytganda, Mari ko‘ylak to‘qroq rangda, ya’ni laboratoriyada ishlashga qulay bo‘lishini iltimos qiladi".
#olima_ayollar
@kitob_ombori
Kanalda qaysi mavzudagi postlar soni ko'payishini xohlar edingiz?
Читать полностью…Ayolning jamoliga hukmronlik qilishni istasangiz, unga ko‘zingiz bilan qaramang, aksincha aqlingiz bilan qarang. Ana shunda dekoratsiya ortidagi narsalarni ko‘ra olasiz.
Agar unga tuyg‘u va g‘arizangiz ila boqsangiz, birinchi qarashdayoq aqlingizni yo‘qotasiz. U sizga xuddi dengiz qa’ridan chiqib kelayotgan Venera kabi ko‘rinadi. Tuyg‘ular tumanligi ichidan haqiqatni ko‘rish amri mahol. Bunda hayvonot bog‘i jannatga, badbashara maymun farishtaga o‘xshab ko‘rinadi.
Ayol bu kitobdir. Uni avvalo aqlingiz bilan o‘qishingiz lozim. Uning g‘ilofiga qarashdan va mazmuni haqida bir qarorga kelishdan oldin sahifalarini varaqlab chiqishingiz kerak. Sizga yo‘l ko‘rsatadigan narsa oshiqning zavqi emas, tanqidchining zavqidir.
Shuning uchun ayol avvalo sizni aqlingizdan ayrilishingiz uchun o‘z zakovati ila oshiqqa aylantirib olmoqchi bo‘ladi. Aqlingizni yo‘qotsangiz haqiqatni ko‘rmaysiz. Ko‘rsangiz ham vaqt o‘tganidan keyin ko‘rasiz.
Haqiqatni ko‘rganlar faylasufga aylanishadi. Oqibatda ayolni unutib haqiqatga oshiq bo‘lishadi. Go‘zallik haqida, go‘zallik falsafasi haqida kitoblar yozadilar. Go‘zal ayollar haqidagi yozuvlarni unutadilar.
Hatto mana shu faylasufning ustidan kulish uchun ham ayolda hamisha sabab topiladi. Ayol har kuni qo‘ltig‘ida kitob bilan unga ro‘baro‘ bo‘laveradi...!
Mustafo Mahmud
"Shayton hukm qiladi" kitobidan.
@kitob_ombori
Amsterdamdagi The Offline Club gadjetlardan dam olish va zamonaviy hayotning shovqinidan uzilib qolishni istaganlar uchun maxsus tashkil etilgan joy. Ushbu klub tashrif buyuruvchilarni har xil 3 soatlik oflayn tadbirlarga jalb qiladi. Bu uchrashuvlar davomida telefonlar, noutbuklar va boshqa raqamli qurilmalardan foydalanish qat’iy taqiqlanadi. Maqsad – odamlarni real muloqotga undash va kunlik tashvishlardan xalos qilish.
Siz ham mana shunday joyda vaqt o'tkazgan bo'larmidingiz?
@kitob_ombori
Mashhur golland vrachi German Burxavening «Tibbiyot san’atining yagona va teran sirlari» nomli kitobi muallif o‘limidan so‘ng 1738-yili 10000 dollar oltinga auksionda sotilgan. Bejirim bezalgan va g‘iloflangan kitob ochilganida uning barcha sahifalari bo‘sh edi. Faqatgina ilk sahifasida shunday yozilgan edi:
«Boshingni sovuqda qoldirsang ham oyog‘ingni issiq tut. Shundagina sen eng zo‘r vrachlarni ham kambag‘al qilasan».
Mukammallikka intilish
Perfektionizm nima?
Perfektionizm – mukammal bo‘lishga intilishni ifodalovchi, ko‘p qirrali psixologik fenomen va shaxsiyat belgisi. Bu sifat insonni o‘ziga va atrofidagilarga nisbatan talabchan bo‘lishga undaydi. Har qanday murakkab psixologik hodisa kabi, perfektionizmning ham ijobiy va salbiy tomonlari mavjud.
Fenomenning ijobiy tomonlari perfektionisga xos bo‘lgan, quyidagi sifatlarda ko‘rinadi:
mehnatsevar;
o‘ziga tanqidiy yondashuvchi;
o‘ziga nisbatan talabchan;
o‘rganish va rivojlanishdan hech qachon to‘xtamaydi;
shaxs sifatida kamol topishga tirishadi;
kasbiy tajribalarini mukammallashtirib, san’at darajasiga olib chiqadi;
tan olinish, ehtirom va sharafga loyiq hayot yo‘lida ko‘plab marralarni zabt etadi.
Perfektionizmning salbiy tomonlari:
haddan tashqari talabchanlik;
o‘zni asossiz tanqid qilish;
o‘ziga past baho berish;
tanqidga nisbatan o‘ta ta’sirchanlik;
tajanglik, asabiylik, holdan toydiruvchi kayfiyat;
mahmadonalik va mijg‘ovlik;
erishilgan natijadan, agar u mukammal bo‘lmasa, qoniqmaslik;
erishsa bo‘ladigan maqsadlar qo‘yishni bilmaslik.
Perfektionizmning salbiy ta’sirlarini qanday yengish mumkin?
Kattalar o‘zlariga va boshqalarga maktabdagi bilimlari uchun olgan baholari kabi baholar qo‘yishda davom etadilar. Bu odatning qanchalar bema’ni ekaniga qaramay, odamni kimgadir yo nimagadir baho qo‘yish istagidan xalos qilish qiyin.
O‘zingiz uchun yangi qoidalar o‘rnatishingiz kerak:
1) har bir inson o‘ziga xos, shuning uchun darajalarga ajratilishi kerak emas;
2) haqiqiy muhabbat baholanishga muhtoj emas;
3) har qanday mehnat hurmatga loyiq.
Ikkinchidan maqsad va idealni farqlab olish kerak.
Ideal sizning maqsadingiz emas, ilhom olish uchun namuna bo‘lishi kerak. Qaysidir boshqa birovga aylanishdan ko‘ra, o‘z kamoloting sari rivojlanib borishga harkat qilgan durust. Hozirgi o‘zingizni kelajakdagi o‘zingiz bilan solishtiring.
Maqsadlar erishish mumkin bo‘lgan, aniq va ma’lum bir muddat bilan chegaralangan bo‘lishi kerak. Perfektionist o‘z maqsadiga erishadigan vaqtni aniqlab olgani yaxshi.
Uchinchidan, ijobiy kayfiyat va yondashuv. Natijaga erishgach, o‘zingizda faxr hissini tuyishingiz, mehnatingiz zoye ketmaganini anglashingiz zarur. Arzimagan yutuqdan ham mamnun bo‘la olish qobiliyati yangi maqsadlar tomon intilish va erishishga ilhomlantiradi.
Xatolar bo‘lishi tabiiy va, to‘g‘ri xulosalarga kelish uchun ham, ular zarur. Ular sabab kasbga bo‘lgan ishtiyoqni yo‘qotish va o‘zni ayblash yaramaydi.
To‘rtinchidan, dam olish va o‘zni bo‘sh qo‘yish. Organizmning yaxshi ishlashi va salomatligi uchun dam olish zarur. Keyinga qoldirish, bir muncha vaqt unutish, dolzarb muammolardan bir oz chalg‘ish qobiliyati sizga dam olish va o‘zni bo‘sh qo‘yishingiz va yangi maqsadlar uchun kuch yig‘ishingizga yordam beradi.
O‘zingizni hurmat qilganingiz kabi o‘z mehnatingizni ham qadrlashni o‘rganing!
@kitob_ombori
🤨 No‘noq daho?
Xans Kristian Andersen asarlarini tahrirlash uchun butun boshli musahhih(korrektor)lar jamoasi ishlagan. Gap shundaki, mashxur bolalar yozuvchisi imlo va tinish belgilariga umuman ahamiyat bermas edi.
• Asarlarining nuqsonsiz nashr etilishini istaganidan u, imlo xatolarini tuzatish uchun odamlarni yollashga majbur bo‘lgan.
Yodingizda bo'lsin, do'stlar: muammoga yechim yo‘li doimo bor bo‘lgan. Faqat sizda xohish bo'lsa kifoya!
@kitob_ombori
Men zamonaviy adabiyotga ishonmayman, demayman. Shunchaki, vaqt sinovidan o’tmagan asarlarga vaqtimni sarflagim kelmaydi. Hayot qisqa.
Xaruki Murakami
@kitob_ombori
Qorong'u tushdi.
Ish ishxonalarda qoldi.
Oshxonada qozon qaynagan.
Stolda achchiq-chuchuk.
Shiftda chiroq - kichkina quyosh porlaydi.
Gangur - gungir suhbat.
Kulgu yangraydi. Gangur-gungur...
Xatto telikka hech kim qaramas.
Uy baxt bilan to'la.
Baxtga hech kim etibor bermaydi.
Bu etiborsizlikdan negadir kattarar baxt.
Bu etiborsizlikdan negadir yana charaqlar.
Xullas, uy baxt bilan to'la.
Ammo uni hech kim ko'rmaydi.
Xuddi shunday!
Baxt yo'qligida ko'rinadi, xalos.
Yo'qligida esa tushlarga kiradigan baxtning
Surati esa mana bunday; qozon qaynayapti,
Shiftda esa mittigina quyosh.
Gangur - gungur, gangur - gungur...
Kulgi yangraydi.
(c) Usmon Azim
Ilm-fan rivojiga, insoniyat hayotini yengillashtirishga ulkan hissa qo‘shgan olim va olimalar
Siz kimlarni tanidingiz?
Soxta olimlarga, soxta domlalarga, soxta voizlarga aldanayotganlardan so‘rang-chi, umrlarida necha marta soxta dollarning farqiga bormay, aldanib qolgan ekanlar? Katta ehtimol bilan, biror marta aldanmaganlar. Chunki, u dollar-da! Dollarning soxtasi qanday bo‘lishi haqida o‘ziga yarasha ma’lumotlar bor. Qo‘llariga tutqazilganini qayta-qayta sinchiklab tekshirib oladilar. Ammo, etagiga yopishib topinayotganlari - miyalarni zaharlovchimi, miyalarni yuvundiga to‘ldiruvchimi, ahmoqlashtiruvchimi, omilashtiruvchimi, qullashtiruvchimi, bilmaydilar.
Soxta «kumir»lariga ozroq sinchkovlik bilan, bir parcha ko‘k qog‘ozga e’tibor berganchalik e’tibor berganlarida edi...
@kitob_ombori
Oskar Uayldning hayoti va fojiasi
(K. Paustovskiy, 1937-yil)
1895-yilning noyabr oyida mashhur ingliz yozuvchisi Oskar Uayld Londondan Redding qamoqxonasiga qo‘llari kishanlangan holda olib kelindi. U «axloqiy buzuqlik» aybi bilan bir necha yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Redding vokzalida uni ko‘rishga qiziqqan odamlar guruhi yig‘iladi. Hibsga olingan Uayld kamzul kiygan, qo‘riqchilar orasida sovuq yomg‘ir ostida turardi va hayotida birinchi marta yig‘lardi. Odamlar esa uning holiga kulishardi.
Shu paytgacha Uayld hech qachon ko‘z yoshini to‘kmagan, qiyinchiliklar ko‘rmagan odam edi-da axir. U Londonning mashhur dendi(olifta)si hech bir ish qilmaydigan bir gapdon-safsatabozi edi. U Pikadilli ko‘chasida quyosh charaqlagan paytida tuvaklarga gul ko‘chatlarini qadab chiqar edi. Zodagon (aristokrat) London ahli unga taqlid qilardi: Uning kabi kiyinishar, uning qiliqlarini takrorlashar, Uayld kabi qimmatbaho toshlarni sotib olishar edi.
Uayld Angliyaning ijtimoiy adolatsizligini ko‘rishni istamas edi. U bunday voqealarga duch kelganida o‘z vijdonini o‘zi o‘tkir paradokslar bilan yo‘q qilardi va kitoblar o‘qishga, she’rlar yozishga, qimmatli toshlar sotib olishga hamda rasmlar tomoshasiga berilardi.
Uning tabiatidagi sun’iylikka bo‘lgan muhabbat juda katta edi. U tabiatni o‘tkir va charchatuvchi deb o‘ylardi. U hayot bilan o‘yinchoq kabi o‘ynashar, hamma narsani faqat lazzatlanish vositasi sifatida ko‘rardi.
Uayld bir kuni Londondagi uyining oldida turgan bir gadoyni ko‘rib, uning eski kiyimlaridan asabiylashgan edi. U Londonning eng yaxshi tikuvchisini chaqirib, unga katta pulga bejirim kiyim tikishga buyuradi, lekin ularning ba’zi joylariga maxsus chiziqlar qildirdi. Endilikda o‘sha gadoy Oskar Uayldning estetik didiga mos tushardi.
...
Redding qamog‘ida Uayld adolatsizlik, qiyinchilik va haqiqiy do‘stlik nima ekanini tushundi. Kameradagi ayrimlardan ko‘rgan mehr va o‘ziga nisbatan ko‘rsatilgan yordam unga bu dunyodagi eng samimiy narsa bo‘lib ko‘rinadi.
U qamoqdan chiqqanidan so‘ng ijtimoiy adolatsizlikni qoralovchi ikki muhim maqolani yozdi. Bular Uayldning eng teran fikrli va haqiqiy shox asarlari edi.
Bir qancha vaqt o‘tib, Uayld Parijda qashshoqlikda, jamiyatning esidan chiqqan holda vafot etdi. Uning jasadi ortidan faqat o‘zi yashagan mahallasidagi qashshoqlar yurdilar, xolos. Biroq Oskar Uayldga o‘limidan keyin uni barhayot qiluvchi shon-shuhrat kelgan edi.
@kitob_ombori