kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

Yolg‘izlik boshlanar bundan buyog‘i,
           qochib qutulmassan, odam bolasi.
Oylarni, yillarni tutsang bo‘yingga,
Soylarni, cho‘llarni tutsang bo‘yingga,
           o‘lchab yetolmassan, odam bolasi.

Endi ko‘plar bilan oram sovugan,
            ko‘plar omadimga sevinmas endi.
Yigirma uch yoshimda meni sevganlar
             o‘ttiz uch yoshimda sevolmas endi.

Men, axir, na cho‘lman, 
                                  na yo‘l,
                                             na ko‘cha,
Axir, hammaniki bo‘la olmayman.
Meni sevganlar deb o‘la-o‘lguncha Yigirma uch yoshimda qola olmayman.

Qanchalik so‘zlar bor so‘zimdan jasur,
                 endi chaqirmoqqa nafasim yo‘qdir.
Endi bu dunyoda o‘zimdan jasur
                    so‘zlarni yozmoqqa havasim yo‘qdir.

Yig‘ini bas qildi, tindi she’rim ham,
                   qaridi misralar, so‘zlar men bilan.
Do‘stlar yoshligicha qolar she’rimda,
                     qarimoq istamas do‘stlar men bilan.

Ilohim, qarilik shunday ekan-da,
                      do‘stlardan jimgina uzilar odam.
Umr loyqalangan suvday ekan-da,
                      ozaygani sari tozarar odam.

Ichimu tashimning zangi yuvilar,
               satrlar ko‘karar bu oq varoqda.
Uzoqdir yurak-la qo‘lning orasi,
              xayriyat, o‘lmadim shu oraliqda.

So‘zlar yuragimdan qo‘limga yetdi,
                     biroz sarg‘aydi va so‘ldi, na iloj.
Biroz jasurligi, sho‘xligi yitdi,
                    gina qilmasinlar, yo‘l-da, na iloj.

Endi bolta kesmas aqlim kesganni,
                    tiriklik totini bilaman endi.
Bu ko‘hna dunyoda har nafasimni
                    daraxtdan mevaday teraman yendi.

So‘ng nafas dunyoda har nedan shirin,
                      shoir ham qariydi, o‘lar – bilaman.
So‘zidan qon xidi kelgan shoirning
                     og‘zidan sut hidi kelar – bilaman.

Bu dunyo bir qaynar qozondir, illo,
                     so‘ndirmas o‘tini na qor, na yomg‘ir.
Bu dunyodan ketish osondir, ammo
                        dunyo-la chiqishib yashamoq og‘ir...

ROMIZ RAVSHAN
(Ozarbayjon)

Abdulkarim BAHRIDDIN tarjimasi

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Hozirda X (Twitter)dagi hamjamiyatimizda BookClub ochganmiz. Qo'yarga-qo'ymay meni moderator qilib qo'yishdi. X'da umuman tanimagan, bilmagan odamlarim ko'p bo'lgani uchun dastlab hammaga mos tushadigan kitob tanlashga ikkilandim. Niyohat o'ylab-o'ylab Mixail Bulgakovning "Ityurak" fantastik qissasini tanlashga ahd qildik. Xo'sh nima uchun aynan bu asar tanlandi? Bu kitobni qanday ahamiyatga molik joyi bor? Keling, ushbu asar haqida sizga bir qancha qiziqarli ma'lumotlar berib o'taman.

Mixail Bulgakovning "Ityurak" asari (Собачье сердце) - sovet davri ijtimoiy hayotining muhim jihatlarini o‘tkir satira orqali ochib beruvchi fantastik qissa sanaladi. Unda sovet jamiyatining ko‘p qatlamlarini, xususan, inqilobdan keyingi davrda o‘zgarayotgan axloqiy va ijtimoiy me’yorlarni o‘tkir tanqid ostiga oladi.

Bulgakov qissani 1925-yilda yozgan, lekin asar o‘sha davrning siyosiy qarashlariga zid bo‘lgani sababli bir necha o‘n yil davomida ta’qiqlangan. Va faqat 1987-yilda, Sovet Ittifoqida "qayta qurish" davri boshlangandan keyin nashr etilgan.

Asarning bosh qahramoni bu “Sharik” laqabli kuchuk. Unda atrofdagi voqealarni baholash qudrati bor. U it holida hayvonlardek qorni bilan odamlarni baholar va faqat “ Sharik”laqabi unga mosmasligini aytardi. Yana olim Preobrajenskiy o‘zining tadqiqoti uchun uni tanlaydi. Bu tadqiqot insonning gipofiz bezini itga ko‘chirib o‘tqazish orqali insonga aylanishini tahlil qilinadi. Bu tajriba ilmiy fantastika jihatidan kutilmagan tadqiqotdek ko‘rinsa, falsafa tomonidan esa u oddiy emas, balki sovetcha mafkura natijasida yaratilgan maxluqsifat “dohiylar”ni ko‘rsatmoqchi bo‘lgandek. O‘z huquqlari uchun kurashuvchi Sharikovning kimlarnidir fikri bilan isyon qilishi esa kommunizmning maqsadi bo‘lgan bir xil jamiyatdagi bir xil fikrlovchi odamlarni yaratganiga satirik jihatdan kulganday.

Buni ko‘plab adabiyotshunoslarning Preobrajenskiyning Lenin deb qarashi va uning tarbiyasini olgan va hatto Leninni ham yo‘q qilishni ham xohlagan “ Sharikov” – Stalin bo‘lganligi aytiladi.
Chunki Stalin inson qilishi mumkin bo‘lmagan qatag‘onlar, dushmanlariga qarshi qattiq terror va xalqini qo‘rquvda turib turgani ham isbot. Ammo yozuvchi asarda Stalinni o‘zini qanchalik yaxshi ko‘rsatmoqchi bo‘lsa-da, baribir hayvonlikka boruvchi bir maxluqdek tasvirlaydi. Masalan, oddiy kavush yechadigan joyning inqilobdagi holati bilan o‘zining huquqini sharaflagan, ammo kambag‘allardan jirkangan Lenin obrazini ham ko‘rsatgandek.

Eh, tilim qursin. Berilib ketish yomonda. O'zi qisqagina info bermoqchi edim. Qiziqib ketib ancha narsa yozib qo'yibman. Xullas, asarni albatta o'qing. Audiosi, pdf varianti ham bor. Lekin mendan ikkalasini ham so'ramang. Topib bera olmayman. O'zingiz qiynalib qidirib topib, o'qing.

Nima kitob o'qishni maslahat berasiz deydigan do'stlaringizni postni dadil jo'natib, ulardan bir haftaga qutiling😅

Postni oxirigacha o'qimaganlar 🔥 bosinglar!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ko‘p narsani o‘qigan, bilgan insonni umid qilish hissi kamayib ketadi. U o‘z bilimlariga tayanib uzoqni ko‘ra olishi, tahminiy kelajakni «bashorat» qila olishi mumkin. Afsuski ko‘p «bashorat» lar ijobiy bo‘lmaydi. Buni o‘ylab u siqiladi, jahli chiqadi, g‘am-alam uni o‘z zabtiga oladi. Ko‘pincha umrni yeydi bunday «bilag‘on»lik. U omad degan narsaga unchalik ishonmaydi. Chunki, biladiki, omad qandaydir mo‘jizaviy narsa emas, u qilingan ishlar natijasidir. Har holda u shunday o‘ylaydi.
Bu hislat albatta sof e'tiqotli bir ziyoliga tegishli. O‘z shaxsiy manfaatlarini o‘ylagan «aqlli» esa o‘z aqlidan faqatgina o‘zi manfaatdor bo‘lish uchun foydalanadi. O‘zidan ko‘ra soddaroq, oddiyroq bo‘lgan odamlarni o‘ziga «ishlatadi».

Nisbatan oddiyroq insonni esa bu hayotda yashashi oson. U doimo umid qiladi, chegarasiz hayollarda, orzular ichida yashaydi. Mo‘jizalarga, kutilmagan muvaffaqiyatlarga ishonib hayot kechiradi va ko‘p holatlarda uni kuta-kuta vafot etadi. Umuman olganda u aqllidan ko‘ra baxtliroq yashaydi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Dinga kuchli ehtiyojni his qilganimda, ko‘chaga chiqib yulduzlarni chizaman.

Van Gog

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Abdurrahmon Saqqof o‘zining "Hind yog‘ochi" nomli ajoyib kitobida keltiradi:

"Ayriliqdan faqatgina oliyjanob nafslargina ta’sirlanadi. E’tibor bersangiz, eshak bilan otni bir zamon birga bog‘lab qo‘ysangiz va so‘ngra ularni ajratsangiz eshakka bu ta’sir qilmaydi. Ammo ot bir qancha vaqt bu ayriliqdan ta’sirlanib bezovta bo‘lib yuradi. Firoq unga yomon botadi. Shunday ekan, do‘stligingizga yengil qaraydiganlardan ajablanmang. Siz bilan oson ajralib ketadiganlarga e’tibor qilmang. Odamlar ichida ham eshak kabi insonlar bisyor!".

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Dostoyevskiy va Kafkani taniganimdan keyin, mening "tinchgina hayot"im buzildi.

Agar tushkunlik kerak bo‘lsa - Dostoyevskiyni, qayg‘u va og‘riq kerak bo‘lsa - Kafkani o‘qing.(Tushunib o‘qing!) Yolg‘izlikni xohlasangiz har ikkovini sevib ko‘ring. O‘shanda bilinadi ular qanchalik "xavfli" ekani..

Yaxshisi o‘qimang!

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ayni paytda:

Yozuvchilardan: Dostoyevskiy
Kitoblardan: Oʻlik uydan maktublar
Qoʻshiqchilardan: Adele
Qoʻshiqlardan: Violâ
Rassomlardan: Dali
Rasmlardan: Uyqu
Rejissorlardan: Tarantino
Kinolardan: Harry Potter
Seriallardan: Arkeyn
Aktrisalardan: Jennifer Konelli
Aktyorlardan: Tom Kruz

Shular meni qiziqtiryaptikan.
Sizdachi?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

/channel/boost/kitob_ombori

Yana 37 ta ovoz kerak ekan.
Buni amalga oshishiga uncha koʻzim yetmayapti-ku ammo baribir sinab koʻrmoqchiman.
Balki nimadir chiqib qolar

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bugun boshqacha sovuq a? 🥶

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Nima kitob o'qiyapsizlar?

Menda: Dostoyevskiyning "O'lik uydan maktublar"i

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Gap charchoqda emas...

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Esse nima?

Esse (fransuzcha "essai" so‘zidan olingan bo'lib, "urinish" yoki "tajriba" degan ma'noni anglatadi) — muallifning o‘z fikrlari, mulohazalari va his-tuyg‘ularini ifodalashga qaratilgan badiiy-publitsistik janr. Esselar odatda muayyan mavzuga erkin va subyektiv yondashuv asosida yoziladi.

Esse qat’iy kompozitsion qoidalarga bo‘ysunmaydi. Muallif o‘z fikrlarini erkin shaklda ifodalashi mumkin. U mavzuga o‘z nuqtai nazaridan qaraydi va shaxsiy his-tuyg‘ularini ifodalaydi. Esse doim subyektivdir.

Esse mavzuni chuqur tahlil qilish emas, balki o‘quvchini muallifning fikriga qiziqtirish uchun yoziladi. Unda rasmiylik yoki og‘ir terminologiya kam bo‘ladi. Esse tili odatda sodda, lekin badiiy va ta’sirchan bo'ladi. U ko‘pincha qisqa yoziladi va doim bir mavzuni yoritadi.

Bu janr qiziqmi? Siz kimlarning qanday esselarini o'qigansiz?

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yaqinda Jonathan Haidtning "The Anxious Generation: How the Great Rewiring of Childhood Is Causing an Epidemic of Mental Illness" (2024) asari nashrdan chiqdi. Kitobda yozuvchi zamonaviy bolalikning o‘zgarishi va uning o‘smirlar ruhiy salomatligiga ta’sirini chuqur tahlil qiladi. Muallif smartfonlar va ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi, shuningdek, ota-onalarning haddan tashqari bolalariga himoyachilik qilishlari ularning mustaqil o‘yin va ijtimoiy hayotdagi imkoniyatlarini cheklab, ularning ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlaydi.

Haidtning tadqiqotlari 2010-yillarning boshlaridan boshlab o‘smirlar orasida depressiya, xavotir, o‘z-o‘ziga zarar yetkazish va o‘z joniga qasd qilish holatlarining keskin oshganini ko‘rsatadi. U bunga sabab sifatida bolalikning "o‘yin asosidagi" davridan "telefon asosidagi" davriga o‘tishini ko‘rsatadi.

Muallif bolalarning mustaqil o‘yin va ijtimoiy tajribalar orqali rivojlanishi kerakligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, smartfonlar va ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi bolalarning tabiiy rivojlanish jarayonlarini buzib, ularni ruhiy kasalliklarga moyil qiladi.

Haidt ota-onalarni bolalarning texnologiyadan foydalanishini cheklashga, maktablarni esa smartfonlardan foydalanishni taqiqlashga chaqiradi. U, shuningdek, bolalarga mustaqil o‘yin va ijtimoiy tajribalar uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratishni tavsiya etadi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

- Sen nimani orzu qilasan?
- Plashim bo‘lishini.
- Plashni nima qilasan?
- Yaqinda qish keladi, mening esa kiyishga plashim yo‘q.
- (o‘zining plashsini yechib) Mana buni ol-da, bundan keyin buyuk narsalarni orzu qil!

“Kuryer” filmidan

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kayp✌️

Dostoyevskiyni qishda oʻqish kerak deyishardi

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

"Oneginning Tatyanaga maktubi"

— Aleksandr Pushkin, "Yevgeniy Onegin"
Dublyajda Sanjar Sa'dullayev o'qidi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Siz maxluq emasmisiz? 🌚

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Men, axir, na cho‘lman,
Na yo‘l,
Na ko‘cha.
Birdek hammaniki bo‘la olmayman.
Meni sevganlar deb, o‘la o‘lguncha
Yigirma yoshimda qola olmayman...

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Birinchi o‘n kitobni o‘qib bo‘lgach, o‘zingizni dunyodagi eng dono insondek his qilasiz va har qanday faylasuf yoki mutaxassisga qarshi chiqishga tayyorman deb o‘ylaysiz!

Ellik kitobdan so‘ng, sigaret chekishni boshlaysiz, kundalik tartibni va qahvani sevib qolasiz, va kafelarda yolg‘iz stollarni tanlashni boshlaysiz.

Yuzta kitobdan so‘ng, jiddiy kitoblar bilan past saviyadagi kitoblarni ajratishni o‘rganasiz ... qo‘lingizga qalam olib, eslatmalar yozasiz, hatto qo‘llaringizga yozishingiz mumkin, yoki ehtimol eslatmalar uchun daftar sotib olasiz, charm sumka va shifokorga o‘xshab qalin ko‘zoynak taqib yurishni boshlaysiz. Har holda, juda sokin insonga aylanasiz.

Ikki yuz ellik kitobdan so‘ng, odamlar bilan aloqani yanada ko‘proq uzasiz...mashhur qo‘shiqlar yoki ommabop dasturlar sizga yoqmaydi, o‘zingizning alohida dunyongizda yashaysiz va o‘zingiz kabi bir aqldan ozgan odamni topish uchun aqldan ozgandek izlay boshlaysiz!

Uch yuz ellik kitobdan so‘ng, o‘tmishda qanchalik ahmoq bo‘lganingizni tushunasiz va hali ham faqat birozgina narsalarni bilayotganingizdan o‘zingizni yanada ahmoqroq his qilasiz!

To‘rt yuz kitobdan so‘ng, yuragingizning kuchli urishini his qilasiz va o‘zingizga o‘xshagan bir ayolni sevib qolasiz, ehtimol uni kutubxonada yoki milliy muzeyda topasiz, yoki uni kitob sahifalari orasida adashgan holda ko‘rasiz!
Besh yuz kitobdan so‘ng, oynaga qarab, o‘zingizdan fahrlana boshlaysiz va yozishni boshlaysiz, va bu esa endi boshqa bir hikoya...

Facebookdan

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Aleksandr Pushkinning "Yevgeniy Onegin" asaridan

Tatyananing Oneginga maktubi.

🎙Zulhumor Mo'minova o'qigan.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

O'ylasam yurakni vahima bosar,
O'ylar juda og'ir, juda ham og'ir.
Ketsam, qismatimga qaro qor yog'ar,
Qolsam, yuragimga yog'moqda yomg'ir.

Na to'xtar na yo'lga boshlaydi tana,
Ruhim ham negadir na shod na g'amgin.
Qolsam uvolingga qolaman yana,
Ketsam, savolingda qolaman tag'in.

Nechun olqagancha oh-zorlaringni,
Malomat yog'ilar bilmasdan tinim?
Nechun men suyaman ozorlaringni,
Nechun men suyaman, suymaydi jinim?..

Meni tushunmadi bu yerda hech kim,
Men ham anglamadim hech kimni, ammo,
Qolsam, nechun shayton hiringlaydi jim,
Ketay desam, nechun yo'l bermas Xudo?...

©Odil Ikrom

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

#info

"Qora haykal" romanidagi
Lyudvig Bodmer personaji Erix Mariya Remarkning hayoti bilan juda koʻp umumiyliklarga ega. Misol uchun, ikkalasi ham Birinchi jahon urushidan keyin qisqa vaqt boshlangʻich maktab oʻqituvchisi boʻlishgan, qabr toshlarini sotgan va kasalxonada organ chalgan. Xayoliy Verdenbryuk shahri koʻp jihatdan Remark tugʻilgan va yoshlik vaqtlarini oʻtkazgan Osnabryuk shahriga mos keladi. Lyudvig oʻzini shoir sifatida ham sinab koʻradi, shoirlar klubiga aʼzo boʻladi.
Tilman Vestfalen Lyudvig Bodmer va Remark oʻrtasidagi yanada koʻproq oʻxshashliklarni sanab oʻtadi va yozuvchining oʻzi ushbu avtobiografik taqqoslashlarning kitob izohida eslatib oʻtishini xohlashini taʼkidlaydi.

"Qora haykal" men eng sevib oʻqigan va boshqalar ham umri davomida bir marta boʻlsada albatta oʻqishi shart boʻlgan kitoblardan biri sanaladi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Tushunish: 0
His etish: 10000

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kuchlilar sevishmaydi, ular juda noqulay odamlar. Gap shundaki, ularni boshqarib bo‘lmaydi.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yosh boʻlib puling kam boʻlganda borishing mumkin boʻlgan joylar roʻyxati: 🌅🗽🏖🗺

1. Ishxona
2. Ishxona
3. Ishxona

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Dunyo miqyosidagi olim Rossiya fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Nobel mukofoti laureati, akademik Sergey Petrovich Kapisa (1928-2012) hikoyasi.

Bu voqea 1960-yillarda bo‘lgan edi. Biz bir guruh fizik-yadrochi olimlar, fan doktorlari, akademiklar Qora dengiz bo‘ylariga dam olishga bordik. Yo‘l-yo‘lakay bir necha butilka plastmassa qopqoqli sharobdan ovoldik. Dam olishga qulay plyajni topdik. Lekin, o‘zimiz bilan butilkaning qopqog‘ini ochadigan birontayam moslama olmagan ekanmiz. Butilkaning qopqog‘ini faqat pichoq bilan kesib ochish mumkin edi. Biz ko‘mak istab atrofga boqdik, shunda bizdan sal nariroqda bomjga o‘xshash bir yoshi katta erkak turganini ko‘rdik. Biz uning oldiga borib "Shu butilkalarni ochishga yordam bera olmaysizmi?" deb so‘radik, shunda u, ochamiz albatta, nega endi ochmas ekanmiz?! deb javob berdi-da hamyonidan gugurt chiqarib yoqdi, butilkaning probkasini qizdirdi va qo‘li bilan qopqoqni yulib ochdi. So‘ng bizning angrayib turganimizni ko‘rib "Maktabda o‘zi fizika o‘qiganmisizlar mishiqilar?" deb ochilgan butilkani bizga uzatdi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Mahrga $150.000 lik Gelik, shahar markazidan kvartira berdi degan xabarlar aylanyapti. Bu kabi video xabarlarni ko'payishi jamiyat uchun va ayniqsa turmush qurish yoshidagilar uchun juda salbiy holat.

Bunday videolarni hayp qilinishi bu kabi be'mani trendlarni ko'payishiga, ommalashuviga sabab bo'ladi. Reklamalar hamda chiroyli sahlanalashtirilgan videolar ta'siriga tushib, soxta chiroyli hayotni orzu qiladigan va kuyovbollardan qurbi yetsa-yetmasa shunday narsalarni talab qildiganlar ko'payadi.

Shaxsiy hayotini bo'lajak juftini fahm-farosatiga, dunyoqarashiga, ahloqiga, oilasiga emas faqatgina moddiyatiga, statusiga qarab quradiganlarni katta qismi baxtsizlikda yashaydilar. Oila bu avvalo ikki tarafning o'zaro mehri, moddiy narsalardan holi sevgisi ustiga qurilishi kerak.

Albatta bular mening shaxsiy fikrlarim.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Boya tumanda uyga peshkom qaytayapman. Sergeli Turon metrodagi chorraha tomon borishim kerak. Toʻsatdan chaqnashni koʻrdim. Osmonga qaradim, chaqmoq chaqadimi deyman. Chaqmoq chaqqan boʻlsa ovozi qani deyman. Oʻylanib ketayapman yana bir narsa yorishdi. Ketma-ket ikki marta. Hayolimda, miyamda chaqnash boʻlyapti yoki koʻzlarim charchabdi shekilli deb oʻzimdan havotirga tusha boshladim. Yana chaqnaydi, uje muammo oʻzimda shekilli, gallyutsinatsiya boshlandi deb vahima qila boshladim. Svetaforni oldiga keldim. Bularni oʻylab oʻzimni yomon his qila boshladim. Birdan koʻzimni oldida yana chaqnash ammo bu safar yorqinroq. Svetaforda turgan shofyor menga qarab signal chaladi. Men esa bilmadim negadir toʻxtab turibman. Svetaforda toʻxtab turganlardan biri derazadan boshini chiqarib "E uka, oʻtmesmi tez-tez, anovi tepadagi fotoradar jarima urib yotibdiyu. Sizni deb qoidani buzib qoʻyaman hozir" deb turgandi Chiq chiq degan ovoz eshitildi. Qarasam chaqnash tepadagi fotoradardan ekan. Eee onangni bolasi, sen iplosni deb sal qolsa oʻzimni oʻzim jinniga chiqarib qoʻyishimga oz qoldiya deb xursand boʻlib kettim. Ono shopirni ahvolini bilmadim lekin😁

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kitobga oshiqlik meni mubtalo qildi, birdaniga oʻnlab kitoblarni sotib
olishga majbur qildi,
bu tufayli esa moliyaviy
qiyinchiliklarga yoʻliqdim.
Bu xuddi bir erkak oʻzining
aqli va xushini “shafqatsizlarcha”
egallagan ayolga moli va holini
sarflashga oʻxshaydi.

Ammo bu (kitobga) oshiqlik sizni bir qancha kun va tun taomdan mahrum qilishi mumkin, lekin butun umringiz davomida aqliy va hissiy oziqlantiruvchi, doimo suyanishingiz mumkin boʻlgan va sizni umidsizlikka gʻarq qilmaydigan boylikka aylanadi.

Ibrohim Jabra

Manba

@kitob_ombori

Читать полностью…
Subscribe to a channel