kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

Kitob o'qishga endi sizlar menga motivatsiya beringlarchi? 4 yil men maslahat berdim)

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Keling, suhbatlashamiz!

1000KITOB ning 2024-yildagi 50 kitobi tarjimalari tugab, Loyihaning birinchi bosqichi yakunlanishiga oz qoldi. 2025-yil uchun ham rejalar tuzilgan.

Kitoblar qachon chiqadi? Kelgusi rejalar qanday? Hozir-chi, aynan nima qilinyapti?

20-dekabr kuni Yoshlar ijod saroyida jonli uchrashuv o‘tkazmoqchimiz. Kelib, shu kabi savollaringizning barchasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Loyiha tashkilotchilaridan javob olishingiz mumkin. Uchrashuvda hamkor nashriyotlar ham o‘z yarmarkalari bilan qatnashadi.

Ishtirok etish uchun quyida ro‘yxatdan o‘ting:

📝 Ro‘yxatdan o‘tish

📆 20.12.2024
⏰ 11:00
📍 Yoshlar ijod saroyi

Telegram | Facebook | Instagram | 1000kitob">YouTube | X

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kuchli odamlar biroz qo‘pol, be'mani, nina sanchishni yaxshi ko‘radigan va ko‘p jilmayadigan kishilar bo‘lishadi

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

BookClubimiz bor. Odam bir paytlar ko'p edi. Keyin ancha sustlashdi. Hozirga kelib 10 kishiga yaqin odam qolgan. Shu guruhga odam qo'shmoqchiman. Tartibi u guruhda bir necha kitoblar tanlanadi va ma'lum bir paytgacha o'qib taqriz yoziladi. So'ng muhokamasi bo'ladi. O'qimaganlar "sibir" qilinadi. Guruh ancha qiziq. Unda faqatgina yotib olib kitob o'qilmaydi. Turli xil topic'larda turli hil mavzular bor. Eng muhimi networking va intizom shakllanadi. Yana ko'proq maqtagan bo'lar edim-ku ochig'i erindim.
Guruhga qo'shilgan bo'larmidingiz?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

🚂 "Poyezd kechikishi tarixni o‘zgartirishi mumkinmi?"

J.K. Roulingning "Garri Potter" kitobi shunchaki ertak kitob yoki sehrgarlik haqida emas, balki hayotdagi eng og‘ir lahzalarda ham orzulardan voz kechmaslik haqida.

1990-yil. Jonna kutayotgan poyezd ma'lum sabablarga ko'ra kechikadi. Aynan o‘sha lahzada yosh ingliz tili o'qituvchisida kichik ko‘zoynakli sehrgar bola haqidagi kitob go'yasi paydo bo‘ladi. Bu Rouling uchun oddiy hikoyacha emas edi. Bu og'ir hayot yo‘lida tirgak bo‘ladigan maqsad ham edi.

Onasining vafoti, muvaffaqiyatsiz nikoh, yolg‘iz onalik va og‘ir moliyaviy qiyinchiliklar...

Ammo u tushkunlikka tushmadi, aksincha, har qanday vaziyatda, hatto sovuq kafe burchaklarida ham yozishda davom etdi.

Va nihoyat, 1997-yilda katta qiyinchiliklar, tortishuvlar, rad etilishlardan so'ng "Garri Potter va falsafa toshi" kitobi nashr etildi.
Bu nafaqat kitob edi, balki, sabr, matonat va ertangi kunga bo‘lgan cheksiz ishonch mevasi ham edi. Roulingning hayot tarixi shuni isbotlaydiki, hatto eng kichik g‘oyalar ham dunyoni o‘zgartirishga qodir.

Manba: Hayotimdagi bir yil (ITV, 2007).

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Shayx Oiz al-Qorniy ayollar haqida yozgan eng chiroyli iboralardan:

Ayol − qahva kabidir, agar unga e’tibor bermay, beparvo bo‘lsangiz, muzlab, sovib qoladi, hattoki sizga bo‘lgan
his-tuyg‘ularida ham.

Ayol agar yaxshi ko‘rgan kimsasi oldida jim bo‘lib qolsa, uning ichidagi aytolmay qolgan barcha
so‘zlari ko‘z yoshi shaklida oqib keladi!

Ayol avvaliga sizga yaqinlashishdan qo‘rqadi, ammo oxirida esa siz undan uzoqlashsangiz, yig‘lay boshlaydi. Uni juda kamchilik tushuna oladi!

Ayol sizdan ortiqcha narsa talab qilmaydi, u faqatgina
sizdan o‘z singlingiz uchun siz orzu qilgan kuyov kabi bo‘lishingizni istaydi, xolos..

Agar o‘zingiz bilan e’tibor, parvarish xaltasini ko‘tarib
olmagan bo‘lsangiz, ayol kishining qalb eshigini taqqillata ko‘rmang!

Ayol yo juda katta makrdir, yoki buyuk muhabbatdir!
Xohlaganingizni tanlab oling, ey erkaklar! Agar unga nisbatan makr
ishlatsangiz, sizga ham makr bilan javob beradi. Agar uni yaxshi
ko‘rsangiz uning chinakam sohibiga aylanasiz!

Ayol o‘zi betob holida dardingizga darmon bo‘ladi, o‘zi xazin holida sizga tasalli beradi, charchagan
holida kechalari uxlamay chiqadi, o‘zi tanimagan kimsa uchun ham xafa bo‘ladi, to‘yi
kuni ham yig‘laydi…

Unga ozgina yumshoqlik bilan lutf qiling!

Ayol har qancha katta yoshda bo‘lmasin, u sizdan doimo farzandingizga qilgan muomalani kutadi.

Ayol qanchalik badjahl bo‘lmasin, u hech qachon mehr-shafqatdan xoli bo‘lmaydi.

Ayol otasiz farzand o‘stira oladi, ammo erkak kishi onasiz farzand o‘stira olmaydi.
Shuning uchun ham ayol muqaddasdir!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Qaysi asarni ichida yashashni xohlar edingiz?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ha, shu kunlarda Harry Potterni ko'ryapman.

"Alanga kubogi" eng sevimli qismim. Ammo aynan mana shu qismdan so'ng sehrgarlar dunyosidan baxt hamda tinchlik yo'qoladi. Qora sehrgar yana qaytadi. Uning qaytishi doimgidek o'lim bilan boshlanadi...

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Sizni oxirgi boʻlib koʻrgan qaysi film yigʻlatdi?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

IJARA

Gazetda o‘qidim hayotimiz zo‘r,
Radio bong urdi maosh oshibdi.
Televizorni yoqsam hammasi yaxshi
Vatan xizmatingga yurak oshiqdi.

Yo erta tug‘ildim, yoki juda kech,
Sababi negadur baxtim kulmaydi.
Ijaraga to‘lab oylik yarmini
Yashashni yaxshi deb yozib bo‘lmaydi.

Senda musofirman, senda fuqaro,
Senda ruhim asir, iskanjada tan.
"O‘lan to‘shagim" deb yozaman ammo
Senda ijarada yashayman vatan.

Noshud deb atama, nonko‘r demagin,
Shoirim desang bas xursandman meni.
Har oy puling to‘lab, ko‘chishga tayyor
Ijara uyimday sevaman seni.

Navoiylik Alisher

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Harry Potter va afsunlar toshi

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Men uning yonida so‘zlarini tinglar va yuzlariga termulgancha kulib turib o‘ylar edim: Ayolni sevish va kambag‘al bo‘lish naqadar ayanchli!

"Uch ogʻayni" Robert

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Imom Buxoriy 16 yoshga to‘lganida Movarounnahrdagi barcha muhaddislardan hadis eshitib bo‘lgan edi va Arabiston yarimoroliga muhaddislardan hadis eshitish uchun safar qilib kelgandi. 18 yoshga to‘lganida esa u “Tarixul kabir” asarini yozdi. Ushbu kitob kishilar (hadis roviylarining tarjimai holi) haqida bitilgan ahli sunnaning eng ko‘zga ko‘ringan kitoblaridan biri. Ushbu asar keyinchalik 600 ming sahih hadis asosida bitiladigan asarga zamin bo‘lgan.
Endi savol shulki, bugungi yoshlarimiz bu yoshda nimalarni amalga oshirishdi?

Ehson Faqih.

Izoh: Imom Buxoriyning “Tarixul kabir” kitobi sahobalar, tobe’iynlar va o‘z ustozlarigacha bo‘lgan hadis roviylarining tarjimai holini jamlagan kitobdir. Imom Buxoriyning o‘zi bu kitobni boshlashi haqida gapirib bergan. U kishi: “Men haj qilib bo‘lganimda, akam onamni olib uyga qaytdi. Men hadis o‘rganish uchun qoldim. O‘n sakkiz yoshga to‘lganimda, “Qazoya as-sahoba va at-tobe’iyn va aqoviluhum” kitobini yozdim. O‘sha payt Ubaydulloh ibn Musoning davri edi. Men “Tarix” kitobimni oydin kechalarda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrlari yonida yozgandim. “Tarix” kitobimdagi har bir ismning qissasi bordir. Lekin, men kitobni uzun qilib yuborishni xohlamaganim uchun qissalarni keltirmadim”. Ibn Rajab Hanbaliy: “Imom Buxoriyning ko‘plab kitoblari bor. U kishi o‘zining “Sahihul Buxoriy” va “Tarixul kabir” kitoblarini yozishi bilan barcha insonlardan o‘zib ketdi”, degan.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

"Qancha kam bilsang, shuncha yaxshi uxlaysan"- deydi Gorkiy.
Bunga Sartr - "Uxlasang oqshom tugaydi, uxlamasang sen"- deya izoh beradi.
So‘nggi nuqtani Freyd qo‘yadi: "Ko‘p uxlash qochishdir, uxlamaslik esa tutilish."

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Odam dardini aytish va davosini topish bir narsa emasligini anglab yetsa, bolaligi tugaydi.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

«Sen o‘jarsan, qaysarsan!» degani,«sen aslida ahmoqsan» degan so‘zni qog‘ozga o‘ralgan varianti.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

🇸🇦 18-dekabr - "Xalqaro arab tili" kuni

Arab tili bugungi kunda dunyoda eng keng tarqalgan va eng talabgir tillardan hisoblanadi. Bu talab borgan sari o‘sib bormoqda. Arab tili dunyodagi 350 millionga yaqin  kishining ona tilisi hisoblanadi. U Osiyo va Afrikadagi 22 davlatning rasmiy tili hisoblanadi.

Arab tilida ko‘p so‘zlashuvchi aholi Saudiya Arabistoni, Iroq, Quvayt, Suriya, Misr, Iordaniya va Livan davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, arab tili jahondagi Islom diniga e’tiqod qiluvchi 1 milliarddan ortiq insonlar uchun e’tiborli va hurmatli tildir.

Dunyoda bugun "Xalqaro arab tili" kuni  sifatida keng nishonlanadi. Turli tadbirlar, uchrashuvlar va konkurslar tashkil etiladi.

Tarixga nazar solsak, 1973-yili 18-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi arab tilini tashkilotning rasmiy tillari tarkibiga kiritish bo‘yicha rezolyusiya qabul qilgan. 

2012-yilga kelib, UNESCOning 190-ijroiya kengashi sessiyasida Marokash, Saudiya Arabistoni va Liviyaning taklifiga binoan ushbu sanani "Xalqaro arab tili" kuni sifatida nishonlash tayin qilingan. Arab tili Birlashgan Millatlar Tashkilotining 6 ta rasmiy tili – ingliz, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarining biridir.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

O’qiyman, lekin hech narsa esimda qolmaydi deyuvchilarga Karl Gustav Yung shunday javob beradi:

Ikki kishini tasavvur qiling: Biri mingtalab kitob mutolaa qilsin, ikkinchisi esa hech narsa o’qimasin. Minglab kitoblarni o’qib chiqqan odam o’qiganlarini butunlay unutib yuborgan taqdirda ham, qo’liga bittayam kitob olmagan insondan farq qiladi. Chunki, o’qiganlarimizning bari ong ostimizda saqlanib qoladi.

@pslog

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Stendap-komik do‘stimiz Abu Bakr Fozilov yangi yil oldidan kayfiyatingizni yana-da ko‘tarishni maqsad qilgan.

O‘zbek stendapida o‘ziga xos o‘rniga ega bo‘lgan Abu Bakr 26-dekabr kuni 19:00 da navbatdagi konsert dasturini namoyish etadi. Manzil: Bog'ibo'ston 186 (Impact.T markazi).

Chiptalarni esa @abubakrfozilov ning o‘ziga yozib, xarid qilsangiz bo‘ladi. Chipta narxi — 100 ming so‘m.

Aytgancha, 20-dekabrgacha 25% chegirma!

Xullas, ajoyib insonning ajoyib konsertiga marhamat qiling. Undan oldin esa Abu Bakr ishtirokidagi quyidagi konsert va chiqishlarni tomosha qilsangiz bo‘ladi:

1. Xay mayli stand up #2 (34:19 — 43:30 gacha Abu Bakrning chiqishi)

2. Xay mayli stand-up (20:47 — 29:12 gacha Abu Bakrning chiqishi)

3. Abu Bakr Fozilov — START stand-up konsert dasturi

4. Kulgu qancha turadi? | Elmurod Haqnazarov, Qobil Karimberdiyev, Abu Bakr Fozilov | BUSOQQA

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Agar biz o‘n sakkiz yoshda bilgan hamma narsani tug‘ilganda anglaganimizda, ehtimol besh yoshda o‘zimizni o‘ldirardik.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Alber Kamyuning "Begona" qissasi g'oyasi va Kamyu uslubi

"Jamiyatimizda onasining dafn marosimida yig‘lamagan odam o‘limga mahkum bo‘lish xavfi bor...".

Ushbu ibora Kamyuning "Begona" qissasining asosiy g'oyasini o'zida mujassam etadi.

Keling, muallifning uslubiga murojaat qilaylik. Ushbu qissada Kamyu qisqa, aniq jumlalardan foydalanadi. Nutq birinchi shaxs tilidan hikoya qilinadi. Muallif kitobdagi g‘oya va ma’nolarni ta’kidlash uchun o‘tgan zamondan foydalanadi. Asarda birinchi shaxs tilidan foydalanish o'quvchilarga o'zlarini bosh qahramonning o'rniga qo'yish va o'zlarini Merso bilan yaqinroq tanishish imkonini beradi.

Fransuz yozuvchisining uslubi quruq va xolisdir. Bu uslub adabiyotda adabiy timsolga aylangan. Ushbu uslub o'sha davrning boshqa mualliflari ijodida ham katta ta'sir ko'rsatgan. Adabiyotshunos olimlar va tanqidchilar yozuvchi uslubidagi mantiqiylik, sovuqqonlik va tartib-intizomni qayd etib, yozuvchi uslubini “yangi klassisizm” deb atashgan.

Bundan tashqari asarda muallif uslubining nozik jihatlari muhim o'rin tutadi. Matn ta'riflar va hikoyalar aralashmasidir. Hikoya juda ixcham va neytral. Misol uchun, Merso uchun nima haqida gapirish muhim emas: ertalabki ichilgan qahva yoki bir odamni o'ldirganligi... Kamyu mohirlik bilan absurd muhitini yaratadi. Absurdlik qahramonlarning harakatlarida va ichki dunyosida namoyon bo'ladi.

Siz bu qissani o'qiganmsiz? Fikrlaringiz va xulosalaringiz qanday?

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Испаниянинг дунёга машҳур “Манго" кийим-кечак дизайни ва савдо компанияси асосчиси, ушбу мамлакатнинг энг бадавлат кишиларидан бири 71 ёшли Исак Андик кеча Каталонияда оиласи билан саёҳат қилаётганда тоғли ҳудудда 150 метр баландликдан қулаб тушиб, вафот этган.

Андиклар оиласининг бойлиги 4,5 миллиард долларга баҳоланмоқда. Шунча пулу шунча давлатинг билан ажалга қара! Албатта, Яратганнинг иродаси бу.

Шунинг учун, озгина пул билан дунё кезиб, ўзингиз истаган вақтда туриб ухласангиз, ўзингиз истаган нарсани қилиб яшасангиз дунёнинг энг бадавлат одами ўзингиздир! Биринчи қорда, ташқарига чиқиб бу куннинг кайфини суринг. Ҳар бир лаҳзадан фойдаланинг!

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

you could never obliviate this memory from us...

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Inson qanday hayvon?

"Inson - gapiradigan hayvondir." Rene Dekart

"Inson - kurashuvchan hayvondir."
Immanuel Kant

"Inson - sistematik hayvondir." Fridrix Hegel

"Inson - ochiqchasiga hayvondir."
Fridrix Nitshshe

"Inson - charchasa ham uxlamaydigan hayvondir."
Men

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Did borasida bahslashib bo'lmaydi))

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

14-dekabr – Bepul yetkazib berish kuni

Bepul yetkazib berish kuniga 2008-yilda Coupon Sherpa va FreeShipping.org kompaniyalari asoschilari Lyuk va Meyzi Noulz tomonidan asos solingan. Bu kunda onlayn do‘konlar buyurtmalarni o‘z xaridorlariga bepul yetkazib beradi.

P.S: Qaysidir kitob doʻkonlarini belgilamoqchi edim-ku, oʻzlari ham bilishar deb oʻyladim 😅

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Menga eng yoqqan ayol obraz Patrisiya Xolman ekan

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kuni kecha kutubxonamizga yangi "jangchilar" kelib qoʻshilishdi. Yaqin orada ular bilan ham kurashni boshlasak ajab emas))

Colleen Hooverʼni Nurali joʻnatibdi (baraka toping, rahmat uka). Yangilik boʻldi bu kitob. Hech ham oʻylamasdim kun kelib Colleen Hooverʼni kimdir menga sovgʻa qiladi deb)
Lekin opa gʻarb kitobxonlari orasida ancha mashhur. Oʻqishlik yozuvchi.

Ikkinchi rasmdagi kitoblar Pir nashr tomonidan hadiya qilindi. Erkin Aʼzamning "Gonoluluga elchi" kitobi haqida ancha avval eshitgandim. Qiziqqandim, ammo sotib olishga hech imkoniyat topa olmayotgandim. Kitobda yozuvchining hikoyalari, qissalari oʻrin olgan. Kuchli va teran yozuvchi. Kitobdan katta narsa kutayapman.

"Uzoq tuzoqlar" kitobi va uning yozuvchisi haqida ochigʻi birinchi bor eshitdim. Dam olish kunlarida mana shu kitobni "yengmoqchiman";)

Bu rasmlarni koʻrib sizning ham menga sovgʻalar bergingiz kelib ketdi-a?😑

Oʻzimni manzilimni bilmasangiz ham botʼni bilasiz. Soʻrasangiz daqiqalar ichida manzil va pochta boʻlimlari manzilini joʻnatib qoʻyaman😃

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Men kichik suhbatlarni yoqtirmayman. Men sen bilan atomlar, oʻlim, oʻzga sayyoraliklar, sehr, aql-idrok, hayotning maʼnosi, olisdagi gallaktikalar haqida, sen aytgan yolgʻonlar, sening kamchiliklaring, yoqtirgan hidlaring, oʻqigan kitoblaring, bolaliging, ishonchsizlik va qoʻrquvlaring, seni tunlari qanday fikrlar uxlashga qoʻymasligi haqida suhbatlashishni xohlayman. Menga teran, gʻalati fikrlaydigan, his-tuygʻu bilan gapiradigan odamlar yoqadi.
Men shunchaki "nima gap"lar boʻlganini bilishni xohlamayman.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

"Qoʻlga oʻrgatgan"laringiz oldida hamisha javobgarligingizni unutmang!

@kitob_ombori

Читать полностью…
Subscribe to a channel