Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Turkiyaning kosmonavtika shirkatining nomi FERGANI (Fargʻoniy) bo‘ldi va kecha SpaceX raketasi koʻmagida ilk suniy yo‘ldoshini fazoga uchirdi.
Asliyatimizga qaytish va uni avvalgi obroʻsini tiklashda bizdan koʻra 3000 km narida yashovchi qardoshlarimiz tashabbus koʻrsatmoqda.
Biz turkiymiz, asliyatimiz, qadriyatimiz va tilimiz, ancha-muncha yevropaliklardan koʻra qadimiyroq hamda sharafliroqdir.
@kitob_ombori
Musiqani eshitib his qilgan, oʻylagan narsalaringizni kattagina post qilib yozishingiz uchun
Читать полностью…Sizga maslahat kerak bo‘lsa, hamma yordam berishga tayyor. Sizga yordam kerak bo‘lsa, hamma maslahat berishga tayyor.
Chaplin
@kitob_ombori
Uzilib zil bo'ldi ko'nglimning choki,
Hozir alam bilan bitayapman bayt.
Mensiz ahvolingga yig'laymi, yoki
Sensiz ahvolimga kuyayinmi ayt?
Mashriqlardan kutib olgali bongni
Dunyo saf tortadi xushro'y shaharda.
Men hali o'nglolmay bu telba oyni,
Quyosh charaqlaydi tong-la saharda.
Xo'sh, men nima qilay bundayin tongni!?
Sensiz kirib kelar tundayin tongni!?
Sening noming bilan oqajak bu qon,
Ollashib bormoqda o'ylagan sarim.
Ko'zlarim qa'rida egizak vulqon
Izhor qila boshlar bor qayg'ularim:
Sensiz on — asrlar o'tganga o'xshar,
Yer meni o'ziga yutganga o'xshar.
Sen tomon o'tmoqqa imkonim bor-u,
O'rtada ajdaho yotganga o'xshar.
Nima bo'ldi menga? — Xayol jontalash,
Majnun belbog'ining yirtig'i menda?!
Farhod ko'tarolmay qolgan qo'sh bardosh
Menga, faqat menga! Ortig'i menga!
Juldur kiyimlarga sanchiq tikanak,
Mening nomim endi: Mangu telbavor!
Pokiza dunyoga qarayman g'amnok:
Bunda ul sho'rlikning nima aybi bor!?
Oh, Sensiz yashashlik azobi g'alat,
Bo'rtib chiqqanmi-yey yelkamda tog'lar.
So'ngsiz nigohingni men tomon qarat,
Cho'llagan yuzimda uyg'onsin bog'lar.
Ayt, meni qutqarsin ilohiy amr,
Sokin tunlariga qaytar yurakni.
Vujudim binosi so'raydi ta'mir.
Kechiktirma, yo Rabb, o'zing darakni.
Buni araz degil va yoki gina,
Mayli, bo'lari shu — holim parishon.
Sening ovozingni eshitibgina
Yana bu dunyoga qaytaman, ishon!
So'rovim, tilovim, shugina borim:
Dunyo-yu duningga qaytib qo'y meni...
Hech qursa... hech qursa, yo Rabb,
Ko'rib turganingni aytib qo'y meni...
Xayrulla Hamidov
@kitob_ombori
🇺🇿 Barcha aka-ukalarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklayman!
Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz doimo xotirjamlikda yashasin.
🫡 🫡
Depressiyani romantizatsiyalashtirmang!
"Kunduzgi quyosh nuri men uchun go'yoki Zevsni nayzasi kabi edi. Bir xonadan ikkinchi xonaga o'tishni go'yoki chemodanga yuklarni yuklab, zagrat pasport olib 3-4 ta reysda uchish kabi tasavvur qilar edim. Oqshom paytida uyim yaqinidagi qirg‘oq bo‘ylab yurib, suvga uzoq tikilib turardim. Tanam g‘am-anduhlar qutisiga o‘xshardi.
Suvga tushish, uni chuqurroq joyigacha borib, cho'kish qanday bo'lishini tasavvur qilar edim. Ammo buning o'rniga go'yo qutidek bo'lgan uyimga qaytardim. Eshik men uchun yorug‘lik kirishiga to‘sqinlik qiladigan to'siqqa aylangandi. Men nonushta paytida finjonga qahva yoki choy emas balki pivo quyardim. Sadizm haqidagi filmni komediya deb bilardim. Meni hammom polida, oshxona polida, yotoqxona polida, televizor oldida hiqillab yig‘layotgan holatda ko'rish odatiy holga aylangandi."
Biz radikallar bilan rivojlangan mamlakat qurolmaymiz. Bizga ochiq fikrli, o‘zini, bilimlarini savol ostiga qo‘ya oladigan, so‘nggi haqiqatga davo qilmaydigan, izlanishdan to‘xtamaydigan, o‘z ustida ishlaydigan, haqiqatni aytishdan qo‘rqmaydigan intellektual elita kerak.
@kitob_ombori
Tomas Edison mingdan ortiq omadsiz tajribalardan keyingina lampochkani ixtiro qildi.
Bizning maktablarda esa xatolar uchun urishadilar. Aynan shuning uchun bizda kambag‘allar ko‘p. Ular xato qilishdan yoki omadsizlikdan qo‘rqadilar.
Robert T.Kiyosaki - Rich kid smart kid
@kitob_ombori
Shu o'rinda aytib o'tay: kitob qomusiy bilimlarni beradi. Bu diniy kitob emas. Asosan tahliliy kitob. Agar siz Mamkalakatlar tanazzuli sabablari, Factfullness, Sapiens kabi non-fishn kitoblarni o'qishni yoqtirsangiz o'qisangiz foydasi bor va qiziq. Qiziqishlaringiz yuqoridagi ta'riflarga mos bo'lmasa bir o'ylab ko'ring
Читать полностью…Shu o'rinda o'ylashingiz mumkin... nega G'azo haqida jon kuydirib yozmagansiz deb. Yozganman bu haqida, instagramdan voqelikni ichidan yoritayotganlarni kuzataman. Ammo u yerdagi ahvolni hech kim noto'g'ri yoritmayapti. U yerdagi voqelikni hamma chuqur his qilib tushunyapti. Hech kim G'azoliklar o'zi shunga loyiq edi deyishmayapti. O'lim tilashmayapti. Hamma bilib turgan haqiqatni yozgandan kimga nima naf? Ammo jamoa ikkiga bo'linganda fikr va raddiya berishni lozim topdim.
Aslida to'xtalishimga sabab ham bor. GreenCard orqali AQSHga ketgan va hozirda Los Anjelesda istiqomat qilayotgan bir qancha do'stlarimiz bor. Bu voqealar boshlanganda ulardan hol ahvol so'ragandim. Bir do'stimiz Sartaroshlik bilan shug'ullanadi. Yong'in ularning saloni joylashgan dahaga ham yetib borgan. Ish joylariga katta talofat yetibdi. Ichidan nima o'tganini o'zi biladi. Qancha umr, qancha vaqt va mehnati ketgan. To'g'ri sug'urtasi bor ammo u pullarni olguncha qanday yashaydi? O'z biznesini yana qanchada qayta yo'lga qo'ya oladi? Xo'sh, u odamni urushga aloqasi bormidi? Yoki aybi amerikada yashaganimidi?
Issiq va komfort uyingizda o'tirib olib, ideal shaxs yasab olgan ba'zi bir kumir odamlarni gaplarini hech qanday tafakkur qilmasdan qabul qilib uni fikrlaridan boshqa fikrlilarni ayblash uchun odam qay darajada johil bo'lish kerak?
Iltimos, dinni internet domlalardan masofaviy turib, motivatsiyangiz bir kelganda o'rganmang. Ilmni asl manabaalardan o'rganing, bir ahli solih, ilmli, ahloqli inson topib ustoz qiling.
Birovning da'vosini o'zingizning da'voingiz qilib ko'rsatmang.
Dinning asosida ahloq, insoniylik yotadi.
“Jek, sen dunyoning eng yolgʻiz insonisan”, – degandi opasi Eliza. – Qalbing izlaganini hecham topolmadi".
Uning butun dunyoga yetadigan muhabbati bor edi, biroq bunga arziydigan kishi yoʻq edi.
Tasavvur qiling, bir kun uyqudan uygʻondingiz va telefoningizni qidirasiz ammo topa olmaysiz. Onangiz uygʻotadi, negadir ovozi boshqacha. Ancha yillar avvalgidek. Keyin oʻzi kiradi. Onangiz yosharib ketgan va sizni maktabga kecha qolayotganingizni aytadi. Siz bugungacha yashagan umringiz, hayotingizda erishgan hamma narsalar aslida tushda boʻlgan!
Читать полностью…#parcha
«Ba’zilar uchun shaxmat shunchaki yoqimli mashg‘ulot, vaqt o‘tkazish yo‘li, boshqalar uchun esa – muhim hayotiy ehtiyoj, hatto kasallik ham. Lekin vaqti-vaqti bilan shaxmat hayotining mazmuni bo‘lgan insonlar ham paydo bo‘ladi. Kutilmaganda biz yosh bo‘lishiga qaramay, dunyoning eng qiyin o‘yinlaridan birida aqlni shoshiradigan ustalikni namoyon qilgan, buyuk iqtidorga ega bo‘lgan bolakay haqida eshitamiz. Lekin bu o‘g‘il bola emas, qiz bola – yosh, oddiygina, qo‘ng‘ir ko‘zli, qo‘ng‘irsoch, ko‘k ko‘ylakli qizaloq bo‘lsa-chi?! Bunaqasi hali hech qachon bo‘lmagandi, ammo yaqinda hayratlanarli hodisalar ketma-ket – Kentukki shtati Leksington shahrida, Sinsinnati, Charlston, Atlanta, Mayami va Nyu-Yorkda sodir bo‘la boshladi. Erkaklar egallagan shaxmat dunyosidagi muhim musobaqalarda Kentukki shtati Leksington shahri Ferfild o‘rta maktabining o‘n to‘rt yoshli o‘quvchisiga munosib raqibini topish amrimahol bo‘lib qoldi. U ko‘zlari yonib turadigan kamtarin, tarbiyali va ayni damda shafqatsiz...»
Uolter Teviz-Qirolichaning yurishi
@kitob_ombori
Agar uylanmoqchi bo'lsangiz, metroda/avtobusda kitob o'qib ketadigan qizni oling.
Tegsa albatta)
Ko'rib kelib, izohlariga Kitoblar omboridan keldik bro. Ishlarga omad deb kelinglar.
Duo qilaman))
https://youtu.be/dXMXW_lIaVg?si=M-NUpPSuKTWy9Nzo
Butun bir qudratli davlatlar ittifoqi, kichik bir shaharni taslim qila olmadi. Ular tinmay aytadigan "Alloh eng yaxshi vakildir" duolari qabul boʻldi. Qalb ogʻriqlari nihoyat barham topadi. Ammo unda 47000 halok boʻlgan insonlar qoldirgan katta chandiqlar butun umr qolajak.
Читать полностью…Qachonki Remark o'qiganingda...
@remarkdan_qaydlar
Kuchlilarni sevishmaydi – ular juda noqulay odamlar. Ularni boshqarib bo‘lmaydi.
Ular o‘zlariga quloq solishadi, o‘z qadrini bilishadi.
Ularning botinida langar bor, langarki, u orqali halol yashash hamda hech nimaga qaramay baxtli bo‘la olish istagida sobit bo‘la oladilar.
Ildizlari mustahkam va zaminga shu qadar chuqur kirganki, sug‘urib olish yoki uzib tashlash mumkin emas. Xuddi ularning metin irodasi, g‘ururi, axloqi va o‘ziga ishonchini yo‘q qilib bo‘lmaganidek.
Kuchlilar har qanday haqiqatga, taqdirning zarbalariga, xiyonatga va o‘z hislari to‘fonlariga yolg‘iz dosh berishga qodir.
Ular og‘riqdan qo‘rqmaydi, chunki o‘z qalbidagi savashni yashab o‘tib va buning do‘zaxiy otashiga dosh berib, jarohatlarini hikmatga aylantira oladi, shu sababli qalblarini go‘zallik va nafosat tark etmaydi.
Kuchlilar birovning yo‘liga chiqib sadaqa so‘ramaydi, baxtni bozorga solmaydi, muhabbat tilanmaydi – biroq Yaratgan ularga ishqni ravo ko‘rsa, uni buyuk ne’mat deb qabul qiladi va sevgililarini (va ularning sirlarini) hech qachon sotmaydi.
Halol yashaydilar, vijdonan ish qiladilar, o‘tmishlarini – anduh va mukofotlarini ko‘zko‘zlamaydilar, boshqalarga qanday yashashni o‘rgatmaydilar, faqat o‘z qalblari bilan mashg‘ul bo‘ladilar.
Hayotiga o‘zi mas’ul, uni birovning yelkasiga ortmaydi, o‘z aytmishlari va qilmishlarining mas’uliyatini zimmadan soqit qilmaydi, yiqilsa faqat o‘zini ayblaydi, xatolardan xulosa qiladi xolos. Kuchlilar bekorchi afsuslar qilmaydi, foydali xulosalar chiqaradi.
Ular farosatli – aldash va o‘zlariga yot narsalarni (agar o‘zlari istamasalar) singdirish mumkin emas. Hech qachon va hech qanday shart evaziga!
Va ular ketishni biladi. Bir marta va butunlay. Kuchlilarning hislari, tabiati va sabrini sinashga urinmang – o‘zingiz sinasiz.
@kitob_ombori
#eslatma #foyda
⚡️"Muqaddima"ni o'qishga shoshilmang
⚡️Ibn Xaldunning "Muqaddima" asarini yaxshi tushunish va to‘g‘ri talqin qilish uchun,uni o'qishdan avval bir nechta fanlarni o‘rganish zarur yoki yetarlicha tushunchaga ega bo'lish juda muhim. Agar o'quvchida mana shu ilmlar yetarli bo'lmasa kitob "aks ta'sir kuchi" qonunida ishlab notog'ri tushunchaga olib kelishi mumkin.
Quyida bu uchun muhim bo‘lgan fanlar ro‘yxati keltirilgan:
1. Tarixshunoslik va tarix falsafasi
Ibn Xaldun tarixni voqealardan iborat hodisalar yig‘indisi emas, balki ularning sabab va oqibatlarini tahlil qiluvchi ilm sifatida ko‘radi.
Tarix falsafasi va tarixiy metodologiyani o‘rganish, uning tarixga yangicha yondashuvini tushunishga yordam beradi.
2. Ijtimoiy fanlar (sotsiologiya)
Ibn Xaldun ijtimoiy hayotni chuqur tahlil qilgan. U sotsiologiya tamoyillarini asarlarida nazariy jihatdan bayon etgan.
Jamiyat tuzilishi, qabilachilik, shahar madaniyati va davlat shakllanishi kabi masalalarni tushunish muhimdir.
3. Islomiy ilm-fanlar
Fiqh va shariat ilmlari: Uning asarida davlat boshqaruvi va qonunlar bilan bog‘liq masalalar chuqur bahs qilingan.
Ilmul kalom (islom falsafasi): Ibn Xaldunning diniy-falsafiy qarashlarini anglash uchun kerak. Ilmul kalom uchun esa mantiq ilmi zarur.
4. Falsafa va islom falsafasi
Ibn Xaldunning asarida falsafiy tafakkur va nazariyalar (masalan, Aristotel, Forobiy va Ibn Sino kabi faylasuflarning ta’siri) sezilib turadi. Falsafiy tushunchalarni bilish asarni yaxshi tahlil qilishga yordam beradi.
5. Iqtisodiy bilimlar
U iqtisodiy faoliyat, mehnat taqsimoti, boylik va jamiyat rivojlanishini chuqur tahlil qilgan. Bu esa zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi asoslarini o‘rganish uning g‘oyalarini yaxshi tushunishga yordam beradi.
6. Geografik ilmlar haqida tushuncha
Ibn Xaldun jamiyat rivojlanishida geografik omillarning ta’sirini muhim deb bilgan. Shuning uchun uning bu jihatini to‘g‘ri tushunish uchun geografiya fanidan xabardor bo‘lish kerak.
7. Psixologiya va inson xulq-atvori
Ibn Xaldun jamiyat va inson xulqining ichki sabablarini o‘rganadi. Shuning uchun inson psixologiyasini tushunish ham muhimdir.
*"Muqaddima"*ni tushunib o‘qish uchun yuqoridagi kabi keng qamrovli bilimlar kerak bo‘lsa-da, asosan tarix, sotsiologiya, iqtisodiyot, falsafa va islomiy fanlarga asosiy e’tibor qaratish lozim. Shu fanlar bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish Ibn Xaldunning g‘oyalarini mukammal tushunish va zamonaviy dunyoda ulardan foydalanish imkonini beradi.
"Muqaddima" kitobidan arab tilida yetuk olim, muhaddis, faqih Muhammad Mujiyr al-Xotiy tomonidan olib borilayotgan dars:
Biz kitobni o'qimang demayabmiz, avval mutaxasislar o'qib xulosa berishsin, keyin yuqoridagi kabi dars yoki shunga o'xsash kitobni tushunishga yaqinlashtiruvchi davralar tashkil qilinsa,keyin kirishsangiz juda afazal demoqchimiz.Ungacha vaqtni va zehnni kerakli o'ringa sarflab turing.
Bunaqa yuqori saviyadagi asar shunchaki oson tushuniladigan bir roman kabi yozilmaydi.Shuyam esdan chiqmasin..
Manba: Xushnudbek Xolmuhammad
@kitob_ombori
Reklama orqali kanalga kirganlar: qisqa iqtiboslar ko'p ekan. Uzundan-uzun kitob sifat postlar yozmas ekan.
Kanalda avvaldan borlar: becharalar, hali bironta longread o'qib ko'rishmagan. Ruhiy azoblanishini bilishmayapti.
Kuzatishimcha hozir odamlardan ayniqsa yoshlardan ahvolini so'rasangiz "depressiyadaman" yoki "depressiyada edim" kabi gaplarni aytish odat tusiga kiribdi. Ammo ular bu so'zni ma'nosini bilishadimi? Yoki haqiqatdan ham depressiyani his qilishganmi? Kafolat beramanki yo'q! Bu so'zni aytish shunchaki modaga aylanib qoldi. Bilishmaydiki asl depressiya bu - kasallik! Bo'lganda ham og'ir ruhiy dard. U bir ikki kun davom etmaydi. Bu dard insonlarni uzoq yillar taqib qilishi mumkin. Uning asoratlari og'ir hamda agar vaqtida chora topilmasa fojiaviy yakunlanadi.
Mavzu sizga qiziqmi?
Agar rostdan qiziq bo'lsa - 🔥bosing!
Fikrlashamiz
Radikalizm insoniyat uchun ulkan xavfdir. Uning har qanday ko‘rinishi, milliy, diniy yoki siyosiy bo‘lsin, atrofdagilarning hayotiga yomon ta’sir qiladi, izdan chiqaradi, ba’zida minglab qurbonlar ham beradi.
Radikalizm:
- shaxs yoki guruh o‘z dunyoqarashiga, fikrlariga, hayot tarziga, prinsiplariga to‘g‘ri kelmaydigan har qanday tushunchani rad etishi,
- o‘z yo‘lini eng to‘g‘ri yo‘l deb bilib, qolganlarni adashganlar deb bilish;
- o‘zgacha fikrlaydiganlarga nisbatan nafrat;
- kerak bo‘lsa ularni majburlabda o‘z yo‘lidan yurgizishni xohlash.
Radikalizm demokratiya va tolerantlik g‘oyalarining butunlay qarama-qarshisidir chunki asosiy muammo ular boshqalarning erkini keskin cheklashi yoki shunga harakat qilishidadir.
Bizda so‘nggi yillarda radikalizm so‘zi asosan dindorlarga nisbatan qo‘llanildi. Lekin, aslida radikalizmning turlari ko‘p va uning har qanday shakli jamiyat uchun xavfli. Radikal dindorlar xavfli bo‘lgandek, radikal ateistlar, radikal feministlar, radikal millatparastlar, radikal kommunistlar va boshqa radikallar ham birdek xavfli.
Rivojlangan mamlakatlar matbuotida radikal guruhlar haqida ko‘proq yoritilgani uchun bu muammo ko‘proq ularga xosdek ko‘rinadi. Lekin, radikalizm ko‘proq uchinchi dunyo mamlakatlariga xos xususiyatdir. Masalan, dunyoda eng millatparastlik yoki milliy radikalizm rivojlangan mamlakat Hindiston hisoblanadi.
Bizda asosiy milliy g‘oyaga aylantirilgan "ma’naviyat g‘oyasi" atrofida ham ma’lum radikal shaxslar shakllanib ulgurdi. Ularning bir qismi sobiq radikal kommunistlar bo‘lsa, so‘nggi yillarda ma’naviyat g‘oyasiga boshi bilan sho‘ng‘igan yangi undanda radikal yosh ma’naviyatchilar yetishib chiqdi. Endi biz ular bilan yashashga, hayotimizda ularning ta’sirini sezib turishga majburmiz. Avvalroq, kaltapaypoq masalasi ham mana shu "radikal ma’naviyatizm"ning ko‘rinishidir. Radikal ma’naviyatchilar sizning qanaqa yashashingiz, fikrlashingiz, kiyinishingiz, so‘zlashingiz, hatto to‘shakda qanaqa aloqa qilishingiz ustidan hukm o‘qishga o‘zini haqli deb biladi.
Odatda radikal shaxslar toqatsiz bo‘lganligi uchun ularni o‘zgartirish, muammoni yechish yillar, ba’zida asrlar talab qiladi. Ular bilan bahslashib dunyoqarashini o‘zgartirish, ularni erkin fikrlashga majburlash imkoni deyarli yo‘q. Chunki sog‘lom fikr aytilgan holatda ularning psixologik quroli sizning oilangiz, turmush o‘rtog‘ingiz, farzandlaringiz yoki shaxsiyatingizga hujum bilan boshlanadi va odatda eng qabih psixologik qurollarni qo‘llashadi. Ularda skeptik dunyoqarash yo‘qligi sababli umumlashtirishni juda yaxshi ko‘rishadi. Har bir kaltapaypoq kiygan odam gomoseksual, soqol qo‘ygan odam terrorist, tizzadan balandroq kiyim kiygan ayol foxisha, qaysidir diniy dunyoqarashni savol ostiga qo‘ygan odam din dushmani kabi umumlashtirishlar radikallarning aksariga xos xususiyatdir. Ular bilan qanchalik bahs qilib, ularga qanchalik qarshilik ko‘rsatsangiz, ular shunchalik radikallashib borishadi chunki ular hayotni o‘z dogmasi o‘lchovlari bilangina ko‘roladilar.
Ko‘pincha radikallar o‘ziga ishongan, baxtli odamlardek ko‘rinadi. Aslida ular o‘zgalarga nisbatan nafrat bilan yashaydigan, ruhiy tomondan juda kuchsiz odamlar bo‘lishadi. Radikallarga xos xususiyatlardan biri skeptik yoki tahliliy ongning mavjud emasligi, o‘z dogmasiga to‘g‘ri keladigan har qanday ma’lumotni hech qanday tahlilsiz, savollarsiz mutlaqo haqiqat sifatida qabul qilishdir. Shu uchun ham radikal insonlarni manipulyasiya qilish, o‘zidan chiqarish, ulardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanish juda oson.
Tolerantlik, ochiq fikrlilik bu ziyoli, bilimli, keng dunyoqarashga ega qatlamga tegishli xususiyatlar bo‘lib, radikallardagi ichki ojizlik, shaxs sifatida shakllanishidagi muammolar bu xususiyatlarni o‘zlarida shakllantirish imkonini bermaydi.
Xullas, radikalizmning har qanday ko‘rinish jamiyat uchun xavflidir. Ma’lum bir radikal guruhlarning jamiyatda ta’siri oshib ketishi boshqa qatlamlarning huquqi va erki cheklanishiga olib keladi.
@kitob_ombori
Bu kitob bugun bilan erta o‘rtasida mavjud bo‘lgan osuda oraliq haqida. Bu kitob bir avlod bilan ikkinchi avlod o‘rtasida uzilib qolgan ko‘prik haqida. Bu kitob bir vaqtlar jigarbandlarini mindirib, o‘ynatib yurgan, ammo hozirda bukchaygan yelkalar haqida. Bu kitob farzandlarini jajji qo‘lchalaridan tutib olib, bir zamonlar alla aytib, jim qolgan lablar haqida o‘kinch bilan yozilgan.
Zamon o‘zgardi. Hayot ham o‘zgardi. Bizning yoshimizdagi tengdoshlar bilishadi. Bugungi kunda o‘tmish sarqiti deb hisoblangan odatlarimizning hammasiga biz ishonardik. Onalar oyog‘i ostida jannatni ko‘rardik. Endi odamlar juda dono, yoshlarimiz juda iqtidorli, o‘ta qobiliyatli bo‘pketishgan. Ular uchun erishilgan har qanday yutuq, go‘yoki pillapoyadan ko‘tarilgandek ko‘tarilaverishsa... Bordi-yu yo‘llarida nafi yo‘q narsa uchrasa, uydagi keraksiz bo‘lgan stulmi, singan idish-tovoq, eskirgan kiyim-kechak, sarg‘ayib ketgan gazet kabi shu zahoti axlatxonaga oborib tashlashadi.
Lekin... hayot aslo pillapoyamas. Hayotni unga qiyoslab bo‘lmaydi. Mening fikrimcha, hayot ulkan bir daraxt misoli. Uning tomiri esa ota-ona hisoblanadi. Daraxt har qancha katta bo‘lmasin, agar tomiri kesilsa, tamom! U ortiq ko‘karmaydi, qurib bitadi.
Endi oddiy bir savol bilan sizlarga murojaat qilsam. Ota o‘z farzandining quvonchi, kamoli uchun topganini sarf qiladi-yu, lekin o‘sha farzandga padarining ko‘zlaridan nur ketgan chog‘ida unga suyanchiq bo‘lish og‘irlik qilarkan. Nimaga ota bolasining ilk qadam tashlashiga ko‘mak beradi-yu, ammo belidan quvvati ketganda nima uchun farzandigamas, hassaga tayanadi? Bir umr o‘z bolalariga shodlik ulashgan ota-onani ne sababdan qon yig‘lashdek zulmga duchor qiladi? Bizga mehr ko‘rsatisholmas ekan, mehrimizni tortib olish huquqini ayting, kim berdi? Ular kim bo‘ptiki, parvardigor muhabbat rishtasi ila birlashtirgan ota-onasini bir-birlaridan ayirib, alohida yashashga majbur qilishadi? Nahot inson Xudodan shuning uchun farzand so‘rasa? Qaytar dunyo derlar. Bizning boshga tushgan savdo ertaga albatta ularning ham boshlariga tushadi. Ular ham bir kun keksayib shu savolni berishadi.
Keyin yana bir gap: Bizning tashvishimizni qilmang. Agar biz bolalarimizni tarbiyalab voyaga yetkazgan ekanmiz, o‘qitgan, oilali qilolgan ekanmiz, o‘zimizniyam boqib olamiz. Hech kimsaga muhtoj yerimiz yo‘q.
Men taqdirdan minnatdorman. Shuning uchun minnatdormanki, u menga ajoyib jufti halol nasib etdi. Shu ayol hayot yo‘limni yoritdi. Har qanday qiyinchiliklarga bardosh berdi. Men bu ayol qarshisida bosh egaman.
"Bogʻbon" filmidan monolog
@kitob_ombori
"Amerikaga Xudoni balosi urdi!"
"Qanday go'zal yonyaptiya!"
"Bu kunidan battar bo'lsin, jazosini olyapti. Yanada ko'proq joyi yonsin!"
Bu ayni paytda o'zbek internet segmentidagi o'zbeklarning Los Anjelesdagi o'rmon yong'inlariga munosabati.
Ularning nazarida hamma amerikaliklar mana shunday jazoga va qarg'ishga loyiq. Ular butun dunyo bo'ylab qilgan urushlariga tovon to'lashmoqda!
Ammo ular anglashmaydiki, Amerikada taxminan 3.5 milliondan 4 milliongacha musulmon yashaydi, ular AQSh aholisining taxminan 1-1.5 foizini tashkil qiladi. ularning katta qismi Kaliforniya va Texas kabi shtatlarda ko‘proq jamlangan.
O'rmon yong'inlari avj olgan Los Anjelesda taxminan 500.000 musulmon yashaydi...
Amerikaliklarning 60-70% aholisi urushga mutlaqo qarshi. Buning ifodasi o'laroq 2024-yilda G'azo terroriga qarshi butun amerikadagi talabalar katta protestlar uyishtirishdi. Ular siyosatchilardan bu xunrezlikni moliyalashtirishni to'xtatishni, falastinliklarni qo'llab-quvvatlashni talab etishdi. Bu protestlar deyarli bir oy davom etdi va butun mamlakatni qamrab oldi.
Bu ma'lumotlarni nega yozyapman?
Bugun siz o'lim va balolar tilayotgan odamlar siz va men qatori shunchaki oddiy yashayotgan insonlardir. Ba'zi bir sanoqli manfur insonlar qilgan ishlari tufayli butun bir xalqqa, mamlakatga balo tilash hech bir ilohiy dinda ham insoniy ahloqqa ham to'g'ri kelmaydi.
Har kimning gapiga chippa-chin ishonmang. Xudo bergan aqlingizni ishlatib, tafakkur qilib yashang!
Nima uchun Martin Iden asari odamlarni bu darajada oʻziga maftun etib qoʻyadi?
Nima sababdan kitob bu darajada taʼsirli va odamni hislarini junbushga keltiradi deb oʻylaysiz?
Bu savollarga javobni kitob muallifi Jek Londonning shaxsiy hayoti bilan bogʻlash mumkin. U kambag‘allikda ulg‘aygan, turli og‘ir ishlarni bajargan va hayotda o‘z o‘rnini topish uchun qattiq hamda tinimsiz mehnat qilgan. Bu tajribalar asarda Martin Iden obrazi orqali o‘z ifodasini topgan. Asarni oʻqigan insonlar bu xarakterni hayotiy va ilhomlantiruvchi deb bilishadi, chunki u ko‘pchilikning o‘z orzulari sari kurashini oʻzida aks ettiradi.
Bugun, 12-yanvar, Jek Londonning tavallud topgan kuni.
Yozuvchi xotirasiga hurmat - 🫡
Finlyandiyada HeRo nomli "доставка"chi kichik yuk mashinalari ishga tushirildi.
Mashina 300kg gacha boʻlgan yuklarni tashishga moʻljallangan.
Ushbu mashinalar 25km/s tezlikda harakatlanadi.
Kitob tashishga rosa mos mashina ekan😅
@kitob_ombori
Tilga hurmatsizlik oqibati
Ostonadagi Qazaq Coffee qahvaxonasi qozoq tiliga hurmatsizlik koʻrsatgani tufayli kasodga uchrabdi.
Maʼlum qilinishicha, mijoz qahvaxonaning ijtimoiy tarmoq sahifalaridan biriga unga xodimlar qozoq tilidagi menyu taqdim etishdan bosh tortgani haqida izoh qoldirgan. Muassasa vakili esa xodimlar qozoq tilida soʻzlashi shart emasligini aytib javob qoldirgan. Bu esa jamoatchilikda keskin norozilik uygʻotgan va boykot sabab kafe zararga kirib ketgan.
Albatta, bitta ishbilarmonning bankrot boʻlishi quvonarli hodisa emas. Lekin davlat tiliga bunday munosabatning oqibati ham boʻlishi kerak. Bu – boshqalar uchun ibrat.
Qozoq qoʻshnilar tilga munosabatda ancha gʻururli ekan.
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ oriftolib">YouTube
Bilasanmi, keksayish bu faqatgina so‘lish degani emas. Bu o‘sish degani. Ajaling yaqinlashayotgani yomon, albatta, ammo o‘lim muqarrarligini anglab yetishing va shu sababli
ham mazmunliroq hayot kechirishing – keksayishning ijobiy tomoni.
– To‘g‘ri, — dedim men. – Lekin keksayish shuncha afzalliklarga ega bo‘lsa, nega odamlar doim
“Qaniydi, yoshligimga qaytib qolsam!” deydi? Kimningdir “Oltmish besh yosh bo‘lib qolsam edi!” deganini hech eshitmaysiz.
U jilmaydi.
– Bilasanmi, bu nimadan darak beradi? O‘z hayotidan qoniqmaslik. Behuda kechgan umr.
Mazmuni topilmagan hayot. Sababi, agar sen hayoting mazmunini topgan bo‘lsang, ortga qayting kelmaydi. Olg‘a intilging keladi. Yanada ko‘prog‘ini ko‘rishni, kattaroq ishlarni amalga
oshirishni xohlaysan. Oltmish besh yoshingni orziqib kutasan. Quloq sol. Sen bir narsani
tushunishing kerak. Barcha yoshlar buni bilishi kerak. Agar nuqul keksayishga qarshi kurashish bilan band bo‘lsang, bir umr baxtsizligingcha qolaverasan, chunki keksalikdan qochib qutula
olmaysan. Ha, yana bir gap, Mich, — u ovozini pastlatdi. – Haqiqat shuki, sen ham oxir-oqibat o‘lasan.
Men bosh irg‘atdim.
– O‘zingni nimalar deb ovutishingdan qat’iy nazar.
– Bilaman.
– Biroq, umid qilamanki, — dedi u, – ungacha hali juda, juda ko‘p vaqt bor.
Mich Elbom "Morrining seshanba darslari"
@kitob_ombori
O‘qishdan boshqa jiddiy ishingiz bo‘lmagan talabalik davrida oyiga 3 ta kitob o‘qimayapsizmi? Demak, siz sohangiz sari chuqurlashmayotgan ekansiz!
Alisher Umirdinov "Talaba do‘stimga 78+ tavsiya" kitobidan
@kitob_ombori