kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

Kato Lomb, mutaxassisligi kimyogar bo‘lishiga qaramay, dunyodagi ilk sinxron tarjimonlardan biri bo‘lgan va 8 ta tilga tez va ravon tarjima qila olgan. Jami 16 ta tilni tushungan va shuncha tilda ishlagan. U yashagan davrda ovoz yozilgan audiodisklar, skayp yoki til maktablari bo‘lmaganini ham e’tiborga olish kerak.

Gʻaroyib jihati shundaki, Lomb tillarning ko‘pchiligini mustaqil (yaʼni self-study) o‘zlashtirgan. Bu jarayonda u xorijiy tildagi darslik va badiiy adabiyotlar bilan ishlagan. Uning yondashuvi asosini - «tilga to‘liq sho‘ng‘ish» tamoyili tashkil etadi.

Kato Lomb tilni o‘rganish uchun samarali qoidalarni yozgan va o‘zining «Men tillarni qanday oʻrganaman» kitobida bayon qilgan. Xorijiy tillarni o‘rganayotganlar uchun mazkur qoidalar haqida o‘qish qiziq bo‘ladi:

1. Til bilan har kuni shug‘ullanish lozim. Vaqt yetishmaganida mutolaa yoki yangi jumlalarni takrorlash uchun hech bo‘lmaganda 10-15 daqiqa ajrating. Tongda shug‘ullanish ayniqsa samarali.

2. Agar tilni o‘rganish istagi juda tez kuchsizlansa, mashg‘ulotlarning shaxsiy algoritmini o‘ylab toping. Masalan, biroz mashg‘ulot, keyin esa – biroz musiqa, sayr uchun ozgina tanaffus. O‘qib-o‘rganishni tashlab qo‘ymang.

3. Nutq yoki asarning tugal parchasi – biz uchun hamma narsa. Hech qachon alohida so‘zlarni o‘rganmang, matndan maksimum darajada foydalaning. Masalan, «strong wind» iborasini yodda saqlagan bo‘lsangiz, so‘zlardan biri xotirada avtomatik tarzda ikkinchisini chaqiradi.

4. Tayyor iboralarni yozib olish va nutqda ko‘proq qo‘llashga harakat qilish ayniqsa foydali.

5. Ko‘zingiz tushgan barcha narsalar – reklama, qo‘shiqdan parcha, dialog, gazeta maqolalari nomlarini tarjima qiling. Miya va xotira uchun foydali mashg‘ulot.

6. Kichik matn va dialoglarni yodlash foydali. Biroq yuz foiz to‘g‘ri yodlash kerak.

7. Foydalanish uchun tayyor bo‘lgan ibora va so‘z birikmalarini yozib yuring va xotirangizda birinchi shaxs nomidan saqlang.

8 Har qanday xorijiy tilni izolyasiya ko‘rinishida o‘rganib bo‘lmaydi. Qal’ani har tomondan ishg‘ol etgan ma’qul: film tomosha qiling, originaldagi adabiyot va gazetalarni o‘qing, internetda xorijliklar bilan muloqot qiling (Masalan, Kato Lomb rus tilini Gogolning «O‘lik qalblar» va katta lug‘atni o‘rganishdan boshlagan).

9. Xatolardan emas, to‘g‘rilanmagan xatolardan qo‘rqing. Hech qachon, hech narsani tekshirilmagan holda qoldirmang. Yaxshisi, ikki marta aniqlashtiring.

10. Hech nimaga qaramay, tilni o‘rganishingizga ishonchingiz komil bo‘lsin. Miqdor sifatga yetib oladigan vaqt keladi va til to‘sig‘i «sinadi».

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Musiqa bu alohida bir katta olam. U orqali insonlar his etgan ammo soʻzlar bilan ifodalash imkonsiz boʻlgan holatlarni his ettirishlari mumkin. Sizlarga kitob, kino, seriallar tavsiya qilganman. Endi esa oʻzim uchun eng sevimli boʻlgan filmlarga ishlangan soundtrackʼlarni ham tavsiya qilmoqchiman.

Hans Zimmer - Interstellar
John Williams - Shindler roʻyxati
The Danish National symphony - Taxtlar oʻyini
Leo Twins - Ertugʻrul

Hozir yodimga kelganlari shu. Sizda ham qoʻshimcha boʻlsa yozishingiz mumkin.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yozuvchilar Uyushmasi raislari

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining barcha raislari ro‘yxatini ancha izladim. Ammo hech bir kitobda yoki saytda berilmagan ekan. Keyin esa turli manbalardan izlanib, ro‘yxatni to‘liq tuzishga erishdim.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 1934-yilda Yozuvchilarning II qurultoyida tashkil etilgan. Uyushmaning birinchi raisi qilib adabiyotshunos Rahmat Majidiy saylangan.

Sovet davridagi raislar:

Rahmat Majidiy – 1934-1936
Qurbon Beregin - 1936-1937
Xolmat Qurbonov - 1937-1938
Hamid Olimjon – 1939-1944
Oybek – 1944-1949
Sharof Rashidov – 1949-1950
Uyg‘un – 1951-1954
Abdulla Qahhor – 1954-1956
Bahrom Rahmonov – 1956-1958
Komil Yashin – 1958-1980
Sarvar Azimov – 1980-1985
O‘lmas Umarbekov – 1985-1987
Odil Yoqubov – 1987-1991

Mustaqillik davridagi raislar:


Jamol Kamol – 1991-1996
Abdulla Oripov – 1996-2009
Bobur Alimov – 2009-2013
Muhammad Ali – 2013-2018
Sirojiddin Sayyid – 2018-yildan beri rais lavozimida.

@timur_books

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yigitlar kitob oʻqishda qizlardan qolib ketadi degan stereotipni yoʻq qilish kerak.

Aka-uka, oshna-ogʻaynilarni kanalga taklif etinglar 😄

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kitob o'qib turibsizlarmi yoki reels, podcast ko'rib kunni kech qilyapsizlarmi?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Men uchun orzudagi kun!

1. Uyg‘onaman.
2. Kitob o‘qiyman.
3. Nonushta qilaman.
4. Kitob o‘qiyman.
5. Tushlik qilaman.
6. Kitob o‘qiyman.
7. Kechki ovqatni yeyman.
8. Kitob o‘qiyman.
9. Uxlayman.

Ha, ha, ha, yoqmay o‘lsin.
Bunaqa kun o‘tkazsang qorinni kim boqadi?

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Anonimda qo'shiqlarga ham taqriz yozmaysizmi deb so'rashgandi. O'shanda "qo'shiqlarga ham taqriz yozsa bo'ladimi" deb so'raganlar bo'lgandi. Qo'shiqlarga taqriz emas-ku ularni kelib chiqish tarixi haqida yozsa bo'ladi.
Kanalga bir ikki marta yozganman ham. Masalan, Qashqirlar makoni" seriali orqali mashhur bo'lgan "Halil Ibrohim" qo'shig'i, Qog'oz bino seriali orqali tanish bo'lgan "Bella Chiao" yoki "Ievan polkka" bularga misol bo'la oladi.

Bugun esa uzoq sharqda, aniqrog'i Koreyada mashhur bo'lgan bir qo'shiq tarixi haqida post yozaman.
Bu ham juda mashhur qo'shiq bo'lib, o'zbeklarning ham sevimli seriali, butun dunyoga yanada mashhur bo'lgan.
Menimcha bu qo'shiqni siz ham albatta eshitgansiz.

Sizningcha u qaysi qo'shiq bo'lishi mumkin?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bugungi oʻtgan kuningizni 3 ta soʻz bilan ifodalab bering

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Qarasam ancha zerikib qoldingizlar shu sabab bir nimalar topib keldim.

Bormasangiz butun umr oʻzingizni kechira olmay yurasizlar

https://forms.gle/dN6PrXGknHe5vzEK6

Joy yetmay qolmasligi uchun mono tepadagini toʻldirib qoʻyinglar

Ko'chada adashib qoladiganlar uchun manzil: Пешқадам мактаби
Uzumbog' 9-tor ko'chasi, 4
https://yandex.uz/maps/org/166147044352?si=ppcc2gzce65xvfgxy95en9x73g

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

- Abdurahmon aka, kvant fizikasi nima oʻzi?
Men:

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

@remarkdan_qaydlar
@kafkadan_qaydlar
@dostoyevskiydan_qaydlar
@tolstoydan_qaydlar
@kamyudan_qaydlar
@nitsshedan_qaydlar
@aziznesindan_qaydlar

Qo‘llab yuborasizlar✊

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Hech qachon ajralib turish kerak emas. Jinnilar orasida yashagan taqdiringda ham, "telba" bo‘lishni o‘rganishing zarur.

Aleksandr Dyuma

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Mahrga kitob so'rashdan ham yaxshirog'i kitobxon yigit tanlash, chunki uning uyi shundoq ham kitoblarga to'la bo'ladi...

P.S
: deb yozibdi bir qiz

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Do‘stlik haqida men eshitgan eng go‘zal hayotiy hikoyalar

1-hikoya

Kecha mening tug'ilgan kunim edi. Men bayramni nishonlash uchun ko'p do'stlarimni mehmonga taklif qildim. Ularning deyarli hammasi keldi, lekin eng yaqin do'stimdan tashqari. Aytilgan vaqtdan yarim soat, bir soat, bir yarim soat o‘tdi hamki ammo undan hamon darak yo‘q. Men tashvishlana boshladim va unga qo'ng'iroq qildim. Ammo u qo‘ng‘iroqlarimga javob bermadi. Biroz vaqt o‘tib eshik qo'ng'irog'i jiringladi. 

Men darhol eshikni ochdim. Eshik oldida pardozlari shuvalib ketgan, kiyimlari yomg'irdan jiqqa ho'l bo‘lgan do‘stim menga tabassum bilan turar edi. Qo'lida esa katta va ho'l asfalt bo‘lagi. U uni menga: "Bu sening eng yoqtirgan iforing ediya? Tug‘ilgan kuning bilan dugonajon" deya menga uni uzatdi. Ehtimol, bu mening hayotimdagi eng yaxshi sovg'adir.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

...Bugun boshqa yozmayman, negadir ishonchsiz ko‘rina boshladi...

Felisiyaga maktublar, 01/10/1913, 30

@kafkadan_qaydlar

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

#Ёзиш_сирлари
#Нобель_маърузаси

“Нега ёзасиз?” Билганингиздек, биз ёзувчиларга энг кўп бериладиган савол шу. Қалб амр этгани учун ёзаман! Ҳамма қатори бошқа бир иш қила олмаганим учун ёзаман. Мен ёзгандек китоблар ёзилсин, ўқий, деб ёзаман. Ҳаммадан қаттиқ аразлаганим учун ёзаман. Хонада ёлғиз қолиб, кун бўйи ёзишни жуда хоҳлаганим учун ёзаман.

Мен, бошқалар – барчамиз Истанбулда, Туркияда қандай ҳаёт кечирганимизни, кечираётганимизни бутун дунё билсин, деб ёзаман. Қоғоз, қалам, сиёҳ ҳидини яхши кўрганим учун ёзаман. Адабиётга, роман санъатига ҳамма нарсадан ортиқ ишонганим учун ёзаман. Бу ишга кўникканим ва ружу қўйганим учун ёзаман. Унутилишдан қўрққаним учун ёзаман. Эришган шуҳрат ва эътибордан мамнунлигим учун ёзаман. Ёлғиз қолиш учун ёзаман.

Ёзганларимнинг ўқилишини ёқтирганим учун ёзаман. Бошлаб қўйган романни, мақолани ва саҳифани тугатиб қўяқолай, деб ёзаман. Ҳамма мендан шуни кутаяпти, деб ёзаман. Кутубхоналарнинг ёпилиб кетмаслигига, китобларимнинг жовонларда терилиб туришига болаларча ишонганим учун ёзаман.

Ҳаёт, дунё, барчаси ғоятда гўзал ва ҳайратланарли бўлгани учун ёзаман. Ҳаётнинг бор гўзаллиги ва бойлигини сўзларга кўчириш завқли бўлгани учун ёзаман. Ҳикоя баён қилиш учун эмас, яратиш учун ёзаман. Доимо борадиган жой бўла туриб, у ер рўёдек – ҳеч боролмайман, деган туйғудан халос бўлиш учун ёзаман. Ҳеч ҳам бахтли бўла олмаганим учун ёзаман. Бахтли бўлиш учун ёзаман.


https://telegra.ph/Orhan-Pamuk-02-02

@sevara_alijonova

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Men tirikman.
Hammasi yaxshi.
Kechagi soʻrovnomadan soʻng bir qancha (945 ta!) norozilarning menga nisbatan "tahdidlar"idan eson-omon chiqib oldim😁

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Sergeli tarafga metroda ketyapman.
Kim shu tarafdagi metroda?
Kitob bermoqchiman

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Men ham sevgilim bilan trend video oldim

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Eng qo‘rqinchli tanlov.

Inson miyasi doimo yashab qolishga, ya’ni o‘zi yashab turgan tanani saqlab qolish uchun ishlaydi. Qandaydir xatar sezsa, darhol tanani to‘xtatishga, biror ish qilmaslikka chorlaydi. Bu holatda tananing boshqaruvchisi miya emas, ko‘proq qo‘rquv bo‘ladi.

Ana shunday paytda tanlov qilishga to‘g‘ri kelsa, eng qo‘rqinchli tanlovni qabul qiling, chunki miya boshqa iloji yo‘q ekan, ishlash kerak ekan deb o‘zini majburlashdan boshqa yo‘l topa olmaydi. Bu esa sizning o‘sishga, rivojlanishga olib keladi.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

"Yoqimsiz bashara": Tolstoy o‘zining tashqi ko‘rinishidan qanday aziyat chekkan?

Lev Tolstoy yoshligida o‘zining tashqi ko'rinishidan uyalgan va ko‘pincha: "Men chiroyli bo‘lmasam-da, aqlliman," degan o'ziga tasalli bergan.

Bu yondashuv uni bir oz tinchlantirardi, biroq nikoh haqida gap ketganda, tashqi ko‘rinishi borasidagi shubhalar yana o‘zini namoyon qilardi.

U kundaligiga bir necha bor: "Basharang xunuk, uylanish haqida o‘ylama," deb yozgan edi.

Tolstoy uylanishga qaror qilish vaqti kelganda, bo‘lajak rafiqasiga quyidagicha xat yozgan:

"Men nihoyatda yoqimsiz odamman"

🔥 - u kelishgan

@tolstoydan_qaydlar

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

ChatGPT bilan qiziq suhbat boʻldi

Siz ham shunaqa soʻrab javobini izohlarda yozing

Cooperʼga qoʻshilaman. Uning obrazida doimo oʻz orzularimni koʻraman. Uning qarashlari, oilasiga nisbatan munosabatlari menda doimo katta taassurot qoldirgan.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ular dindan gapirganlar lekin aslo din orqali kun ko'rmaganlar

Hozir Muhammad Amin Yildirimning «Savdogar sahobalar yoxud saodat asrida tijorat» nomli kitobni o'qiyapman. Kitob menga g'oyatda manzur bo'lyapti. Ushbu asarda shar'iyat bo'yicha tijorat qilish, bozor munosabatlari, musulmon savdogarning ahloqi, o'zini tutishi, tijoratda qilishi va qilmasligi kerak bo'lgan ishlar muhtasar bayon qilingan. Bundan tashqari payg'ambarlarning ham tirikchilik uchun o'zlariga kasb topib, o'sha kasbi sabab rizqlanganini quyidagi parchadan bilib olish mumkin:

«Dovud alayhissalom oddiy kiyimlar kiyib, ko‘chaga chiqib, yurt aylanardilar. Qayerga borsalar, oddiy xalqdan «Dovud qanday odam?» deb so‘rardilar. Bir kuni Jabroil alayhissalom bir yosh yigit qiyofasida Dovud alayhissalom bilan uchrashib qoldi. Dovud alayhissalom undan ham «Ey yigit! Dovud qanday odam?» deb so‘radilar. Jabroil: «Dovud yaxshi inson. Lekin bir kamchiligi bor», dedi. Dovud alayhissalom qiziqib, «Qanday kamchilik ekan?» deb so‘radilar. Yigit: «Tirikchiligini davlat xazinasidan ko‘ryapti. Holbuki, insonlarning eng xayrlisi - o‘zi mehnat qilib topgan insondir», dedi. Shundan keyin Dovud alayhissalom mehrobga ko‘zlarida yosh bilan qaytdilar, so‘ng Alloh taologa yig‘lab, «Allohim, menga xazinaga muhtoj qilmaydigan tirikchilik yo‘lini o‘rgatgin!» deb, yolvorib duo qildilar. Alloh taolo u zotga temirni yumshoq qilib qo‘ydi, sovut yasashni o‘rgatdi. Dovud alayhissalomning qo‘lidagi temir boshqalarning qo‘lidagi xamirdek bo‘lib qoldi.

Yuborilgan payg‘ambarlarning barchasi o‘z qo‘llari bilan kasb-kor qilganlari, bu borada hech kimning qo‘liga qarab qolmaganlari uchun ham ularning so‘zlari ta’sirliroq bo‘lgan. Insoniyatning bobokaloni, birinchi payg‘ambar bo‘lgan Odam alayhissalom ham dehqonchilik qilganlar. Idris alayhissalom podshoh, yagona hokim bo‘lsalar ham, tikuvchilik qilganlar, u zot birinchi bo‘lib kiyim tikib kiygan insondirlar. Tikish paytida ham Allohning zikridan g‘ofil bo‘lmaganlar. Nuh alayhissalom duradgor edilar, u zot birinchi bo‘lib kema yasaganlar. Hud alayhissalom va Solih alayhissalom tijoratchi, Ibrohim alayhissalom ziroatchi, Ismoil alayhissalom ovchi, Ishoq alayhissalom, Ya’qub alayhissalom, Shuayb alayhissalom va Muso alayhissalomlar cho‘pon bo‘lganlar. Shu o‘rinda Iyso alayhissalomning onasi eshib bergan iplarni sotganlarini ham unutmaslik lozim.


@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bittasi bilan yaqinda koinot haqida gaplashib qolgandim. Mavzu: Bizni koinotdagi manzilimiz qayerda?

Agar kun kelib o'zga sayyoralar bo'ylab Interstellarga yo'lga chiqsangiz va o'zga sayyoraliklar bilan ko'rishib qolsangiz, ularni uyingizga taklif qilish uchun manzilingizni quyidagicha tushuntirasiz:

Kit baliq to'plami majmuasi, Laniakeya, Sunbula to'plami, mahalliy gallaktikalar guruhi, Somon yo'li gallaktikasi, Orion kamari, Quyosh tizimi, Yer sayyorasi.

Keyinchalik materiya, qit'a, mamlakat, oʻrtasidagi shahar, mahalla, uy manzil yoki pochta indeksingizni aytishingiz mumkin.

P.S: Nomlarga hushyor bo'ling. Agar adashsangiz, oʻzga sayyoralik doʻstingiz bir necha yuz ming yorug'lik yil uzoqlikka adashib ketib qolishi mumkin😄

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Men javobini topishga qiynaladigan eng murakkab savol:

"Shu kitobni pdf varianti bormi?"

Undan koʻra kvant fizikasi haqida soʻranglar. Shunga javob berish osonroq.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Qaysi kitobni marketing (reklama) sabab sotib olib afsuslandingiz?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

― Odamlar qanday xayrlashadi, Jeyn?
― Ular koʻrishguncha deyishadi yoki oʻziga yoqqan boshqa soʻzlarni aytishadi.
― U xolda ayting ularni.
― Koʻrishguncha, janob Rochester. Tez orada koʻrishamiz
― Men-chi, nima deyishim kerak?
― Ma'qul boʻlsa siz ham shuni ayting ser.
― Ko‘rishguncha, Jeyn. Tez orada ko‘rishamiz. Boʻldimi?
― Ha.
― Menga esa bunday xayrlashish zerikarli, quruq va samimiy emasdek tuyulyapti. Balki qoʻllarimizni siqib qo‘yarmiz? Yo‘ bu ham meni qoniqtirmagan boʻlardi. Demak, menga o‘sha „Koʻrishguncha“ngizdan boshqa hech nima aytmoqchi emasmisiz, Jeyn?
― Shuni oʻzi yetarli, ser. Ba'zida birgina soʻz koʻp so‘zlardan iliqroq eshtiladi.
― Balki. Lekin bu shunchalar sovuq va quruq eshitilyaptiki... Koʻrishguncha.

Sharlotta Bronte "Jeyn Eyr"

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Baxtlimisiz? Jim boʻling!
Bekamu-koʻst yashayapsizmi? Jim boʻling!
Boyib kettingizmi? Duolaringiz va orzularingizdagi hayotda yashayapsizmi? Jim boʻling!

Hadislarda keladi: Inson goʻzal narsalarni buzgʻunchisidir.

Hayotingizning goʻzal lahzalaridan bahramand boʻlib, yaratganga shukr qilib yashang!
Boshqalarga buni koʻrsatish, maqtanish shart emas!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Xayol, xayol… Yolg‘iz xayol go‘zaldir,
Haqiqatning ko‘zlaridan qo‘rqaman.
Xayoldagi yulduzlarkim, amaldir,
Olovimni alar uchun yoqaman.

Cho‘lpon

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

“Maqtanish yoki nolish emas, bu bizning har kunlik sumkamiz. Yevropada talabalarining odatiy sumkasi shunday ko’rinadi. Hamisha daftar-kitobga to’la. Bu yerda kichik, hech narsa sig’maydigan, nomigagina sumka bo’lgan, masalan “bananka” taqib yurgan talabani ko’rmaysiz. Kutubxonalar, talabalar o’qishi uchun maxsus o’quv binolarida bo’sh joy zo’rg’a topasiz. Parta yetmasa, yerda o’tirib ham vazifa qilishadi.

Afsuski, bizda hali hamon buning teskarisi. Qancha talabalarni ko’rdim, faqat bir yoki ikkita daftar bilan o’quv yilini yakunlagan.

Bu yerda talabalar qanday kiyinishga, nima kiyishga qiziqmaydi. Juda boy oiladan bo’lgan talabalar ham shu eski oyoq kiyim, eski rusumdagi telefon, 10 yillik rugzak bilan yuradi.

Afsuski, bizda odatda eng so’nggi texnika, kiyim bo’yicha kim o’zar qilishadi.

Bu yerda telefon, kiyim yoki mashina bilan emas, bilimingiz bilangina odamlarni hayratlantira olasiz. Faqat va faqat bilim bilan”.

Akbar Ibragimov

@mirzo_zominiy

Читать полностью…
Subscribe to a channel