Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Bularni ko'rib havas qilasan kishi. Indoneziyada bolalar ota-onalariga hurmatini mana shunday izhor qilishar ekan.
@kitob_ombori
#qiziq
RANGNOMA
Bir necha yil oldin rang-barang qalamlar to‘plamini xarid qilgandim. Qalamdon ichida ellikta qalam bor edi. Bu ellik xil rang degani. Aniq esimda, o‘shanda yigirmatagina rangnigina nomi bilan o‘zbek tilida sanay olgandim. Qolgan ranglar nomini boshqa tillarda bilsam ham, aynan ona tilimda atashni juda istadim va oldimdan chiqqan har bir rangni qayd etib bordim. Mana, nihoyat, ellikta rangdan iborat ranglar palitrasi (rangnoma)ning o‘zbekcha muqobili ham tayyor bo‘ldi.
Ranglar asli uchta: ko‘k, sariq va qizil ranglarining aralashmasidan hosil bo‘ladi. Ulardan ikkilamchi ranglar yashil, zarg‘aldoq va binafsha yaraladi. Shundan so‘ng o‘n ikki, o‘n ikki rangdan qirq sakkiz, qirq sakkiz rangdan ikki yuz ellik olti va undan uch mingdan oshiq biz kundalik hayotimizda ishlatadigan ranglar hosil bo‘ladi.
Rangnomani tuzish jarayonida ona tilimiz sofligi saqlanishiga eng ko‘p e'tibor qaratildi. Ko‘k, yashil, qizil, sariq, oq, qora va qo‘ng‘ir ranglar mutlaq sof turkiychadir. Shuningdek, allaqachon tilimizga o‘rnashgan arabiy kelib chiqgan ranglar: za’faron, yoqut, zabarjad, zumrad, firuza, po‘rtaxol, zaytun, safro va simob, hamda forsiydan kelib chiqgan ranglar: binafsha, gulxayri, lola (lolaro‘y), zarhal, lojuvard, ko‘knor va sabza ranglari ham ishlatildi.
Jumladan, binafsha, lavanda, gulxayri, lolaro‘y, za'faron kabi rang nomlari gul nomlaridan, yoqut, zarhal, zabarjad, nefrit, zumrad, firuza, lojuvard rang nomlari esa toshlar nomidan, po‘rtaxol, sabzi, zaytun, ko‘knor, novvotlar o‘simlik-yegulik nomlaridan, hamda safro va simob ranglarining nomi suyuqliklardan olindi.
Ta'kidlab o‘tmoq joizki, ol rangi "Devoni lug‘oti turk"da bir necha bor tilga olinadi. Uning asosidan zardoli, olxo‘ri, shaftoli va qaroli mevalarining nomi kelib chiqqanligiga ishoratlar bor. Shuningdek gulxayri rangi "Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi", sengur va qonolud ranglar esa "Alpomish" dostonida bir necha bor uchraydi. Zangori, nilgun, nilobi, lojuvard, niliy, alvon, qirmizi, lolaro‘y, safro, zarg‘aldoq va zarhal nomlari mumtoz adabiyotimiz durdonalarida bot-bot takrorlanadi.
Siyoh va mor ranglarining tanlanishida biroz chalkashlik bor. Bu so‘zlar usmoniy lahchasiga oid bo‘lib siyoh - to‘q binafshani emas, balki qora rangni bildiradi. Bunga sabab usmoniy davrida siyohning rangi qora bo‘lganligidadir. Bizda ham asli shunday bo‘lgan, biroq sovet davrida kirib kelgan pero ruchkalarning siyohi to‘q binafsha rang bo‘lganligi sababli, tilimiz va adabiyotimizga bu rang qorani emas, to‘q binafshani ifodalovchi bo‘lib kirib qolgan va shunday qolmog‘ini lobud deb topdik. Mor esa asli bo‘z singari turkiy ildizga ega ekanligi uchun tanlandi.
So‘z yakunida, bu ish hali boshlanishi ekanligini va bu rangnomadan (asosan) tarjimonlar bemalol foydalanishlari mumkinligini aytmoqchiman, chunki o‘zga lisondan ona tiliga evrilgan so‘zlar hamisha ham o‘z qolipini topmaydi. Bu rangnoma yosh tarjimonlarga bir mayoq o‘laroq xizmat qiladi degan umiddaman. Agar unda kamchiliklar ko‘rsangiz tortinmasdan ayting, juda quvonaman, shu bilan birga bu yerda yo‘q, lekin siz bilguvchi rangni ham eslab o‘tsangiz keyingi rangnomaga uning tuskodini aniqlab, albatta, joylashtiramiz.
Hurmat va ehtirom ila S.N.K
Baxtni ishlab chiqarmay turib iste’mol qilishga haqqimiz yo‘q.
Bernard Shou
@kitob_ombori
Ideal erkak ishlatadigan so‘zlar:
-Sen chiroylisan.
-Kel, sotib olamiz.
-Sevimli ishing bilan shug‘ullanaver.
-Xohlamasang — qilma.
-Hammasini o‘zim hal qilaman.
@kitob_ombori
#kitobsovgaqiling
14-fevral nafaqat Bobur Mirzoning tug‘ilgan kuni, balki zamonaviy bayram bo‘lmish – "Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni" hamdir. Ushbu bayram hali juda yosh bo‘lib 2012-yili AQSHda ommalashgan. Uni “Go‘zal bolalar kitoblari” veb-sayti asoschisi Emmi Broadmur ta’sis etgan.
Bir kuni Broadmurning o‘g‘li nima uchun odamlar bir-birlariga kitob sovg‘a qilishi uchun maxsus kun o‘ylab topishmagani haqida so‘raydi. Broadmur bu savolidan ilhomlanib shu bayramga asos soladi. Oxirgi yillarda butun jahon kitobxonlari orasida bu bayram ommalashib kelmoqda. Har yili ushbu bayramda ishtirok etayotganlar soni ortib borayotganini bookgivingday.com veb-sayti orqali kuzatib borish mumkin.
@kitob_ombori
Bu inson shunday sinchikovki, men sevgan yozuvchilar hamda men yaxshi ko'rgan janrdagi asarlarni bilib olib, o'zimga jo'natibdi. Didiga qoyil qolmasdan iloji yo'q.
@insonrang'ni tarjimon sifatida siz ham yaxshi taniysiz. U tarjima qilgan asarlardan bittasini bo'lsada menincha o'qigansizlar. Ammo shaxsini tanitishimni xohlamayapti.
Do'stim, sizga kattakon rahmat!
Sizdek do'stlarni Alloh hammaga nasib etsin
Yangi kitob-mitob olarman. Masalan, "Yashamoq"' va "Muqaddima"ni pro II versiyasini 😁
https://tirikchilik.uz/kitobombori
Yuksak gʻoyalar yaratish va orzular qilish, ularni amalga oshirish oʻzi qanday boʻlishini his qilmoqchi boʻlsang, biror yuksaklikka chiqib koʻr. Yuksaklik uyingning tomi, baland togʻ choʻqqisi, minoraning yoki osmonoʻpar binoning tepa qavati boʻlishi ham mumkin, muhimi senga pastlik koʻrinib tursin.
Xoʻsh, chiqdingmi? Unda birpas oldin hozirgi joyingni koʻzlab, pastda turgan oʻzing bilan hozirgi oʻzingni qiyoslab koʻr. Nimalar oʻzgargan? Chiqishing oson boʻlmadi, balki liftni uzoq kutgandirsan, balki krossovkang eskirib, yirtilib ketgandir yoki suv solingan termosing qoʻlingdan bexos tushib, qattiq chanqagandirsan, ochqab qolgandirsan, terlagandirsan, boshing ogʻriyotgandir. Lekin shularga qaramasdan, yoʻlingda toʻxtab qolmading-ku, toʻgʻrimi? SEN DAVOM ETDING. Zinapoya/lift/tutqich yoʻq ekan, deb fikringdan qaytmading. Zinapoya yoʻq bolsa, oʻzing so'qmoq hosil qilib ketaverding.
Endi hayotingga boq. Yaqin insoning bu dunyoni tark etgandir, kimlardir seni tark etishgandir yoki koʻnglingni sovutib, oʻzlaridan yiroqlashtirishgandir. Sening katta va kichik yoʻqotishlaring, qurbonliklaring va noqulayliklar seni toʻxtashga emas, yanada ishtiyoq bilan olgʻa qadam tashlashga boshlasin.
@insonrang
Insonlarga qachondan yoqmay qolishingizni aytaymi?
Ularga "ho‘p" deyishdan to'xtagan kuningizdan;
ularni ishini bitirib bermagan kuningizdan;
haqqingiz va qadringizni so‘ray boshlagan kuningizdan;
ularga boʻysunmay qoʻygan kuningizdan boshlab sizni yomon koʻra boshlashadi...
@kitob_ombori
Aqliy mehnat sirlari
Aqliy mehnatning misollari: qiyin kitob o‘qish, murakkab masala ustida ishlash va ma’nili matn yozish.
Oz odamlargina aqliy ishga osongina sho‘ng‘ib, jarayondan lazzat topa oladilar, natija esa ularga qo‘shimcha mukofotdek bo‘ladi. Ko‘pchilik esa bunga kirishadi-yu qandaydir ichki sovuq to‘siqqa urilib xafsalasini yo‘qotadi. Shu to‘siqlarni yengib o‘tish ba’zi sirlari bilan bo‘lishmoqchiman.
1. Aqliy ish qilishdan oldin taomingizga ahamiyat bering. Oqsilga boy, yengil hazm bo‘ladigan ozuqa miyaga hujayralari tez va samarali ishlashiga omil bo‘ladi. Baliq, yog‘sizroq go‘sht, tuxum, tvorog, bir oz yong‘oqlar, ko‘tara olsangiz sut – mana shular kabi. Shirinlik, xamir ovqatlar aqliy ishni sekinlashtiradi. Yaxshisi ularni mukofot tariqasida ish bitgach yegan yaxshi, mutlaqo voz kechvorish yaramaydi.
2. Jismoniy mashqqa kirishish oldidan a’zolarni qizdirib, cho‘zish harakatlari qilinadi. Xuddi shunday aqliy ishni boshlash oldin miya a’zolarini yaxshilab qizdirib olish kerak. Lekin qizdirish harakatlari, birinchidan, ishingiz mazmuniga aloqador bo‘lgani yaxshi; ikkinchidan, yengil iste’mol bo‘ladigan vizual kontent bo‘lmasin. Misol uchun biologiya bo‘yicha kitob o‘qiyotganingizda “qiziqishni uyg‘otish uchun” yengil yelpi mavzuga oid bo‘lsa ham video rolik ko‘rmang. Undan ko‘ra biologiyaga oid jurnal, kichik maqolalarini varaqlang, yoki kitobingizdagi ajratib yozilgan abzaslarni ko‘z yugurtirib chiqing. Asosiy narsa miyangizda savollar tug‘ilsin va o‘zingizcha javobni o‘ylab ko‘ring, o‘qish jarayonida miyangiz javobingizni tekshirib ko‘rishga urinadi. Qizitish yo‘llaridan biri bu. Video kontent esa tashqi hissiyot ichki hissiy ishtahani bo‘g‘ib qo‘yishi mumkin (shirinliklar kabi).
3. O‘pka, qon tomirlari va miya hujayralari yetarlik kislorod bilan to‘yinishini ta’minlang. Bilib qo‘ying, miyani zo‘riqtiradigan aqliy mehnat - biokimyoviy jarayon. Biokimyoviy jarayonni yonish desa bo‘ladi, kislorodsiz yondirish, kuydirib bosish mumkin emas. Nafas olish mashqlari juda ko‘p, birontasini tanlab qo‘llang. Yurish harakati ham kislorod bilan yaxshi ta’minlaydi. Suv ichish ham kislorod bilan to‘yinishga yordam beradi, umuman biokimyoviy jarayonlar suvli muhitda kechadi.
4. Ishga kirishishdan oldin chalg‘imaslikka ahd qilib 10, 20, 40, 60 minutdan iborat tanaffusli muddatlar belgilang. Samarasiz bo‘layotgan bo‘lsa ham shu 10 yoki 20 minutlik vaqt oxirigacha yetkazib o‘tiravering. Agar miya ishlab ketib, ilhom yoqangizdan tutganini his qilsangiz-u muddat tugagan bo‘lsa ham to‘xtash intizomini shakllantiring. Bir oz tanaffus qilib yangi muddatni boshlang. Internetda “Pomodorro” uslubi haqida qiziqib ko‘ring. Ishning eng qiziq joyida uzishdan qo‘rqmang! Bu haqda keyingi bandda.
5. Hech qachon charchab xolsizlanguncha, ko‘nglingizga tegib ketgunicha ishlamang! Shunday qilsangiz vazifangizga boshqa safar qaytish juda og‘ir kechadi. Charchoqning boshqa nomi - og‘riq. Miya og‘riqni yomon ko‘radi. Miya og‘riqni unutmaydi, ming xil bahona bilan aqliy ishga qaytishingizga to‘sqinlik qiladi. Yaxshisi ishtaha borida to‘xtang. Ertasi kuni uchun qaysi joyidan davom eitishni belgilab boshqa ishlaringizga ravona bo‘ling, masalan uxlang. Vaqti kelib yengilgina shu joyidan davom etib ketaverasiz. Bu nafaqat sinalgan uslub balki deyarli barcha yozuvchilar va olimlar muvaffaqiyatli mehnati siri! Bundan kuchliroq tavsiya topmaganman... Ishonishingiz uchun, eslang nima uchun odamlar uzundan uzun seriallarni kutib, sevib ko‘rishadi? Har bir seriya qiziq joyidan uziladi. Ming bir kecha ertaklaridagi Shahrizoda ham bu sirni yaxshi bilgan.
Bu haqda yana yozgim keldi-yu, ajratilgan taym tugab qoldi.
@kitob_ombori
Uch yoshligimda ota-onam polni bo‘yashgandi. Men buni bilmasdan, uni ustidan yugurib o'tgandim. Kichkina oyoqlarim polda iz qoldirgan edi. Yaqinda o'sha xonadagi divanni surib o‘sha mitti oyoq izlarimni ko‘rib qoldim. Ma’lum bo‘lishicha, ota-onam katta bo‘lganimda ko‘rishim uchun ataylab ularni bo‘yamasdan qoldirishgan ekan.
@kitob_ombori
Toʻgʻri savol bermoq, javobni yarmini anglatadi.
/channel/QuestionUZ_Robot?start=ac33a4388d6
Vaqt o‘tishi bilan hamma narsa o‘zgaradi. O‘zing sezmagan holatda eski odatlaringni yangilariga alishtirasan. Avval kiyib yurganlaring o‘rnini klassik kiyimlar egallaydi, bulardan boshqasi erish tuyula boshlaydi. Endi avval xayolingni egallagan axmoqona fikrlar o‘rnini o‘zingda mavjud bo‘lgan narsalarni rivojlantirish, 1 so‘mingni qanday 2 so‘m qilish haqidagi fikrlar egallaydi, g‘aroyib-a? Endi ijtimoiy tarmoqlarda yuzlab o‘qilmagan xabarlar javobsiz qolishni boshlaydi, ba'zan haftalab, ba'zan butunlay. Aslida seni ushlab turgan bir-ikki narsalarni hisobga olmasa, tarmoqlar butunlay sen uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.
O‘zingda bo‘lgan o‘zgarishlar sababli o‘zingdek fikrlamaydiganlar bilan suhbatlar sen uchun qiziq bo‘lmaydi yoki sen o‘sha suhbatdoshga shunchaki u senga umuman qiziq emasligini aytib qo‘ya qolasan. Endi seni ko‘proq oqibat va natijalar o‘ylantira boshlaydi. Atrofingda qanday shaxslar borligi haqida o‘yay boshlaysan. O‘ttizga-da kirib sevgi haqida kuyib-pishib gapirayotganlarni ko‘rib kulging qistaydi, aynan yoshi o‘ttizga qarab ketayotgan-u, ammo doim hayotidan noliydiganlardan ochiqcha irgana boshlaysan. O‘zgarasan. Endi senda soatlab instagramda reels ko‘rib o‘tirgani, mobil o‘yinlar o‘ynagani vaqt yo‘q. Endi yanada ko‘proq muvaffaqiyatga erishish uchun harakat qilasan. Endi o‘z qilgan ishlaringdan qoniqish hosil qila boshlaysan.
Hammasi o‘zgaradi.
@kitob_ombori
Bir yonda ManCityda Husanovni o'yini, bir yonda "Fonus" she'riy kechasi, yana boshqa tarafda Mirshakarni konserti bo'layotgan bir paytda, biz hammasiga qo'l siltagancha simfoniyaga bordik
Читать полностью…Kunni xursandchilik bilan tugatishga sababchi bo'lgan Qamar books'ga tashakkurlarim!
@kitob_ombori
Olomon ikkiyuzlamachi bo‘lmagan odamlarni yoqtirmaydi. Hamma narsada bir-biriga taqlid qiladigan soxta odamlarnigina tan oladi. Bu olomon o‘zini tutib olgan, o‘z huquqi uchun kurashadigan, erkinligini himoya qiladigan, oqibati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z ishini oxiriga yetkazib qiladigan hech bir kishini mensimagan.
@kitob_ombori
Har qanday narsani o'zlashtirishning kaliti - bu takrorlash deyishadi. Ammo ba'zan istisnolar ham mavjud.
Masalan, o'z joniga qasd qilishda.
@kitob_ombori
14-fevral kitob sovgʻa qilish kuni-ku oxmaqlar!
Читать полностью…Muammongiz nimada bilasizmi? Siz aqllisiz.
Juda ham aqlli!
Siz haddan tashqari ko‘p o'ylaysiz. Chunki ongingiz bir daqiqada million kilometr soat tezlikda harakatlanadi.
Siz ko‘p mahzun bo‘lasiz, chunki boshqalar kabi dunyoga aldanmagansiz.
Siz ko'pchilik bilan til topisha olmaysiz, chunki ular dunyoga siz kabi qarashmaydi.
Siz ba'zan o'zingizni soqov deb o'ylaysiz. Sababi hamma narsani bilmasligingizni biladigan darajada aqllisiz.
Muammo ham shunda. Ko‘p narsani bilasiz.
Aqlli odamlarda baxt dunyodagi eng kam uchraydigan hodisadir.
#smth
@kitob_ombori
Keyin u meni quchoqladi: quchoqlashni bilgan odam yaxshi odam.
Orxan Pamuk "Mening ismim qirmizi"
@kitob_ombori
ChatGPT dan Erix Mariya Remarkning "Uch o'gayni" asari qahramonlari Robert Lokamp va Patrisiya Xolmanni tog' sanatoriysi yonida tasvirlab berishini so'ragan edim. Tasavvurimga ancha yaqin.. Pat og'ir kasallikka chalingan bo'lsa ham o'zining maftunkorligini yo'qotmagan, Robert esa unga ham qalban, ham jismonan suyanch.
Asarni o'qiganmisiz?
@Oylarim_cheksiz
😢 Katta yo'qotish!
"Duolingo" Duo boyo‘g‘lisi vafot etgani haqida xabar berdi.
Hozirda rasmiylar uning o‘limi sababini tekshirmoqda, biz esa ular bilan doimiy aloqadamiz. Ehtimol, u siz darsni tugatishingizni yoki yana darsga qachon kirishingizni kutib jon bergandir. Buni rahmatli boyo'g'lini o'zigina biladi.
😅😅😅
@kitob_ombori
Yolg‘iz ovqatlan, yolg‘iz kinoga bor, yolg‘iz to‘yga, tug‘ilgan kunlarga bor. Yolg‘izlikdan lazzatlanishni o‘rgan. Shunda umringni yolg‘izlikdan qutulish uchun kimlarnidir kutishga sarflab yubormaysan.
Читать полностью…Bir safar kursdagi tanishlarim bilan darsdan kechroq chiqdik. Hammamizni kayfiyatimiz chog'. Og'ir hamda tuganmas imtihonlarni eson-omon topshirib olgan edik. Birgalikda ko‘chada kulishib ketayapmiz. Yoz kunlari, havo issiq. Odamlar uylarini derazalarini ochib qo'yishgan. Qulog'imizga kimnidir tug'ilgan kun bilan tabriklayotgan ovozi eshtildi. Bitta kursdosh qiz o'sha uy oldida to‘xtab, tabrikka jo'r bo'la boshladi. Keyin bizga ham qo'shilib aytishimizga majbur qildi. Men ham ming hijolat bilan ularga qo'shilib tabriklay boshladim. Birozdan so'ng ko'chadan o'tib ketayotgan ikkita juftlik ham bizga qo'shilib, ular ham tabriklay boshlashdi. Biroz o‘tgach, bir qiz quvonchdan ko‘zlari yoshlanib balkonga chiqdi. Qiz hech kim uni bunday samimiy tabriklmaganini aytdi va kutib turishimizni aytib zum o'tmay pastga tushdi. Qo'lida katta tort. Birgalikda skameykada o'sha tortni yedik. Uning tug'ilgan kuniga u aytgan "do'stlari" kelmagan, shu sabab uyidagilar qizni kayfiyatini ko'tarish uchun birgalikda uni tabriklashayotgan edikan. Bizni tabriklashimizni eshitib, avval ishonal olmay bir muddat o'rnidan ham tura olmay qolibdi. "Bu hayotimdagi eng unutilmas kunlardan biri" degan edi. Bu voqeani har eslaganimda hayotga, odamlarga bo'lgan ishonchim qayta tiklanadi. Hamma odamlar ham yomon emas deb o'zimga tasalli beraman.
@kitob_ombori
Biz bir kun tugʻilamiz. Bir kuni birinchi qadamimizni bosamiz, bir kuni sevib qolamiz, bir kuni baxtdan kulamiz yoki alamdan yigʻlaymiz. Bir kuni bizga yaqin boʻlgan insonlar bilan bir dasturxonda oʻtirib issiq choy ichib ularning suhbatlaridan bahramand boʻlamiz. Menimcha har bir inson "hayotdan ma'no nima? Baribir bir kun oʻlib ketsak" deb oʻylagan.
Kimdir hayot mazmunini pul deb oʻylaydi, kimdir bu oila deydi va yana kimdir rivojlanish yoki oʻz-oʻzini topish deb oʻylaydi va yana kimdir u umuman yoʻq deydi.
Hayot mazmuni aslida biz oʻylagan narsalar emas, biz ayni vaqtda bajarayotgan ishlarimiz. Har bir kun bu xotira. Biz oʻzimiz uchun quvonchli yoki gʻamgin xotiralarni yaratamiz.
Biz har bir kundan rohatlanishimiz kerak. Quvoning, xafa bo'ling, tabassum qiling, yig'lang, raqsga tushing, musiqa tinglang, jinnilik qiling. His-tuyg'ularni his qiling.
Choyingiz kabi tanangiz sovib qolmasidan oʻzingnizning goʻzal hikoyangizni, hayot mazmuningnizni yarating.
@kitob_ombori