Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Oxirgi marta o'qigan qaysi kitobingiz noodatiy bo'ldi?
Читать полностью…Qaysi rassomning dunyosiga tashrif buyurishni xohlaysiz?
#art
@kitob_ombori
Men bu kunlarni 28 yilu 5 oy va 15 kun kuttim)
sizlarga ham tezroq nasib etsin
O‘rgimchak o‘ljasini qalin ipiga o‘rmab chirmab, ichiga og‘zidagi maxsus bezlaridan suyuqlik yuboradi. Ipli g‘umbak ichida hashorat o‘lja tanasi suyulib kerakli moddalarga parchalanib ozuqa atalaga aylanadi. Bir so‘z bilan hazm qilish jarayoni tashqarida ro‘y beradi. Tayyor bo‘lgan bio-ozuqani o‘rgimchak so‘rib olib organizmiga oson o‘zlashtiradi.
Ziyoli odam o‘rgimchakka o‘xshab o‘qiyotgan narsasini yutib yubormay puxta taxlil bilan qaraydi, tafakkuri bilan muolaja qiladi. Puxta hazm qilgan fikrlarnigina o‘z fikrlariga olishi mumkin. Hazm qilinmay o‘qilgan kitoblar, eshitilgan ma’ruzalar kishini ko‘r ko‘rona ishonuvchan qilib qo‘yadi. Yoki yutib yuborilgan g‘oyalar bilan bo‘kib, zaharlanib, umuman boshqa fikr qarashlarni tushuna olmaydigan qilib qo‘yadi.
@kitob_ombori
O‘zbekiston xalq yozuvchisi
Ne’mat Aminovning "Temirchidan qolgan tillolar" nomli kitobi bor. Unda yozuvchi otasi, temirchi Amin bobodan eshitganlarini yozgan. Undan ayrimlarini ilingimiz keldi.
***
— Otaxon, mana, to‘qson olti yoshga kiribsiz, sizningcha, uzoq yashashning siri nimada?
— Nima deydi?
— Uzoq yashashning siri nimada, deb so‘rayaptilar.
— Ha-a… sirini bilmayman. Parvardigor mani yo‘q joydan bunyod etdi: qo‘l berdi, oyoq berdi, ko‘z berdi, quloq berdi, rizqu ro‘z berdi, pokdomon xotin nasib etdi, aqli komil farzandlarni berdi. Bir umr shukr qilib yashadim. Uzoq umr berdi, uning sirini ham o‘zi biladi-da, muxbir bacham. Eng oliy sirdon Yaratganning o‘zi.
* * *
To‘qson oltiga kirdim. Ko‘zim xira, qulog‘im eshitmaydi, oyoqlarimda darmon yo‘q. Bilmadim, bir kuni qarisam, nima bo‘larkanman?
* * *
— Ne’mat!
— Labbay, ota?
— Nechaga kirding?
— Ellik beshga.
— Ona qorni bilan ellik oltiga-da? Demak, kamida ellik yillik gapni aqling olsa kerak. Endi ayt-chi, mani biror marta araq ichganimni ko‘rganmisan?
— Yo‘q.
— Yomon yo‘lga yurganimni yoki birovni haqini yeganimni ko‘rganmisan?
— Yo‘q.
— Unda nega araq ichasan?
— Ko‘p ichmayman-ku, ota… Endi, kecha mehmonlar bilan jinday…
— Xudoyu payg‘ambar harom qilgan narsani nega ichasan? Axir, araqning o‘zi ko‘zachaga qamalgan jin-ku! Yana jinday deydi-ya…
* * *
Esingda bo‘lsin, ko‘pam «E, xudo», «E, Olloh» deyishga odatlanma. «E» da iddao bor. Parvardigorga murojaat qilmoqchi bo‘lsang «Yo, Xudo!», «Yo, Olloh!» de. Shunisi tuzukroq…
* * *
Bu dunyoga kelib, uch narsadan hazar qildim: birinchisi — tillo, ikkinchisi—miltig‘u tapponcha, uchunchisi—qadah. Shu uchalasini qo‘limga olmadim.
* * *
Temirchi bo‘lib pichoq yasamadim, qurol yasamadim. O‘rog‘u kashkord yasadim— odamlar bug‘doy o‘rsin deb. Ketmonu bel peshladim — dehqonlar ariq qazib, suv tarasin deb. Ko‘-o‘p kapgir yasadim. Yana-chi, asov otlarni taqaladim — jonivorlarning tuyoqqinalari og‘rimasin, deb.
* * *
— Usto bobo, qulog‘ingiz og‘irmi, deyman?
— Yo‘q, jo‘ra, kar!
* * *
Bir bola yig‘lab turgan edi, borib yupatmoqchi bo‘ldim.
— Ha, nima bo‘ldi?
— Onam urdi!
— To‘xta, qayoqqa ketayapsan?
— Onamga! — dedi bola.
Ko‘rdinglarmi, ursayam, so‘ksayam, bu dunyoda har kimning onasi bo‘lsin ekan.
* * *
— Ne’mat, bu, san gapirgan kishilar qo‘l ostingda, a ishlaydimi?
— Ha.
— Sanga bir gapni aytaman. Esingda tut. Boshliq degan o‘z jamoasining ko‘rpasi bo‘lishi kerak. Yaxshisini ham, yomonini ham ko‘rpa bo‘lib ustini yopsin.
* * *
— Komandirovkaga nima ish bilan kelding?
— Shofirkonda uch xotinli bir kishi bor emish, shu haqida felyeton yozish kerak ekan.
— Yozma! Nima qilasan u sho‘rlikni yana sharmanda qilib? Xudo o‘zi jazosini berib qo‘yibdi-ku! O‘yloyapsanmi uch xotinning g‘ish-g‘ishasini…
* * *
Tavba, tish bo‘lganda go‘sht bo‘lmasa, go‘sht bo‘lganda — tish.
* * *
Havo bulut bo‘lsa, ikki kishi gunohkor bo‘larkan.Chunki bittasi: "Yomg‘ir yog‘adi", desa, ikkinchisi: "Yo‘q, yomg‘ir yog‘maydi", deydi. Gumroh bandalar-da, "Xudo biladi”, desa-ku bo‘ladi.
* * *
Yuzma-yuz kelganda sandan attayi salom kutgan takabbur kishiga albatta salom ber, bir yering kamayib qolmaydi.
* * *
Zinhor bu yolg‘onchi dunyoda o‘likdan jon, gadoydan sadaqa, xasisdan nasiba, tovuqdan sut so‘ramanglar.
@kitob_ombori
"Maks va mushuklar" — braziliyalik yozuvchi va shifokor Moasir Sklyar tomonidan 1981-yilda yozilgan roman.
Roman syujetiga ko'ra, 1912-yilda Berlinda tug‘ilgan Maks Shmidt ismli yigit fashistlar hokimiyat tepasiga kelganidan keyin mamlakatdan qochib ketadi va kemada Braziliyaga yo'l oladi.
Biroq, yo'lda sug'urta pulini olish uchun kapitan kemani cho'ktirib yuboradi. Natijada Maks kichik qayiqda yaguar bilan yolg'iz qolib ketadi.
Asar syujeti sizga nimadirni eslatib yubormayaptimi???
To'g'ri topdingiz, kanadalik mashxur yozuvchi Yan Martell o'zining "Pi hayoti" asarini yozishda aynan ushbu asardan ilhomlangan.
Asarga qaytsak. Maks Yaguar och qolib ketmasligi uchun unga baliq tutib, yediradi. U yaguar bilan do'stlashmoqchi bo'ladi, biroq yirtqichdan xavfsirab unga tashlanadi va xushini yo'qotadi. U xushiga kelganida o'zini kemada ko'radi. Kemadagilardan yaguar haqida so'raganida esa dengizcchilar Maksni hayolparast deb atashadi.
Braziliyaga yetib borgan Maks kunlarning birida natsistlar kiyimidagi odamga duch keladi. Shundan keyin u tog'ga qochib ketadi va uylanib, baxtli hayot kechira boshlaydi. Biroq, o'sha natsist ham uning yoniga ko'chib keladi. Natijada Maks uni o'ldirib qo'yadi va 5 yil qamalib chiqadi.
@kitob_ombori
Vey, Anjandagi kitob doʻkonidagi akalar bilan koʻrishib keldim.
Meni koʻrib huddi Hizrni koʻrgandek xursand boʻlishdi. Anjanlik akaxonlar baribir yomon gapga ustada. Nimaga kelmay qoʻydiz, qayerlarda ishlab yuribsiz, chet ellarda yuribsizmi deb rosa gapdan olishdi.
Meni ham koʻnglim boʻshda. Bir dunyo kitoblar sotib olib, qaytishda peshkom qolib kettim😄
Tirik gazetalar 📰
Bir qarashda bu sigaret ishlab chiqaruvchi oddiy Kuba fabrikasi. O'rtada stolda o'tirib gazeta o'qiyotgan erkakdan boshqa barcha ish bilan mashg'ul. Lekin bu erkak boshliq ham emas.
U holda u kim?
Radio va gramplastinkalar bo'lmagan vaqtlarda fabrikalarda maxsus odamlar tayinlangan. Ular ishchilarga uzoq vaqt bir maromdagi ishdan zerikib aqldan ozmasliklari uchun gazeta yoki kitoblar o'qib berib turishgan.
@kitob_ombori
Sokinlik
Qaygadir yo‘qolgan ko‘ngil xohishi,
Azob libosini kiymagandekman.
Mening kayfiyatim juda ham yaxshi-
Hech kimni hech qachon suymagandekman.
Yashayapman bugun tanti zo‘r bo‘lib,
Uxlayapman sokin, xayol surmasdan-
Muhabbatning ko‘zi ko‘ppa ko‘r bo‘lib,
Yonimdan o‘tgandek meni ko‘rmasdan.
Ey to‘pori dardlar, menga-chi tegmang,
Endi yoqmas menga yurak shovqini.
Shu bugun tushunib qolgandekman-ey
SEVMAY yashamoqning ajib zavqini!
Xayrulla Hamidov
@kitob_ombori
Tarix shunchaki sanalar va voqealar to‘plami emas. U murakkab jarayonlar, jamiyatlarning o‘sishi va tanazzuli ortidagi qonuniyatlar majmuasi. Ibn Xaldunning “Muqaddima” asari ana shu qonuniyatlarni o‘rganish va tushunish uchun yozilgan nodir asarlardan biri.
Men bu kitobni o‘qiyotganimda, Ibn Xaldunning tarixga bo‘lgan yondashuvi an’anaviy rivoyatlar va quruq faktlardan ko‘ra chuqurroq ekanini sezdim. U insoniyat taraqqiyotini tushuntirish uchun iqtisod, sotsiologiya, siyosat va hatto psixologiyadan foydalanadi. Uning “asabiyya” tushunchasi – jamiyatlarni birlashtiruvchi ichki kuch haqida bo‘lib, bu g‘oya hozirgi kunda ham dolzarb. Qaysidir ma’noda, u millatlar, davlatlar va sivilizatsiyalar qanday paydo bo‘lib, nega inqirozga yuz tutishini oldindan anglagandek.
Kitobning eng muhim jihati – tarixiy jarayonlarga chuqur ilmiy yondashuvi. Kitobda ibn Xaldun faqat tarixiy faktlarnigina qayd etmagan, balki ularning sabablarini izlaydi, jamiyatlarning rivojlanish bosqichlarini tahlil qiladi. Uning fikricha, har bir davlat kuchayib, taraqqiyotning cho‘qqisiga chiqadi, keyin esa asta-sekin zaiflashib, parchalanadi. Bu fikrni u o‘z davrining real misollari bilan isbotlaydi.
Ko‘pchilik tarixni o‘tmish haqida hikoya sifatida qabul qiladi. Lekin “Muqaddima” tarix – kelajakni tushunish uchun kalit ekanini anglatadi. Chunki bugungi jamiyatlar ham, aslida, ibn Xaldun ta’riflagan o‘zgarishlarni boshdan kechiryapti.
Agar siz tarixga odatdagidan boshqacha nigoh bilan qarashni istasangiz, “Muqaddima” aynan sizga kerak bo‘lgan kitob. Bu nafaqat o‘tmishni tushunishga, balki kelajakni oldindan ko‘rishga yordam beradigan asar.
@kitob_ombori
***
Endi tikonlimi bu erka yo‘llar,
Yo yo‘l tugadimi — endi qaytishmi?
Gullagan sevgidan qoldimi cho‘llar,
Endi begonaday «xayr» aytishmi?
Oh, qachon aldashga o‘rganasan sen,
Yuzingda kulgu—yu, labingda titroq.
Men uchun o‘rtanmay o‘rtanasan sen…
Qo‘rqma, tillarimda qolmadi so‘roq.
Ne qilay? Yurakdan bo‘shadi tanim,
Najot ko‘nishdami, najot — o‘lishda?
Azizim? Azizim! azizim manim,
Ayt, qachon ulgurding jonim bo‘lishga?
Usmon Azim
@kitob_ombori
Ginnes rekordlar kitobi qanday paydo bo'lgan?
Bugungi kunda deyarli hamma Ginnes rekordlar kitobi haqida eshitgan. Ushbu kitob eng ko'p sotiladigan kitoblardan biri (Bibliyadan keyin) hisoblanadi. Ushbu g'oyaning noyob muvaffaqiyat tarixi Ginnes pivosini ishlab chiqaruvchilardan biri Xyu Biverga tegishli.
1951-yilda «Voksford» kompaniyasi mahalliy ovchilar uchun tashkil etgan kechki ovqatga «Ginnes»ning boshqaruvchi-direktori Xyu Biver ham tashrif buyuradi. Qiziqqon Xyu mehmonlardan biri bilan tilla rang rjanka dunyodagi eng tez uchadigan qush ekanligi borasida tortishib qoladi. Baxs qanday yakunlanganligi noma’lum, lekin bu masala oradan bir qancha vaqt o‘tib, yana ko‘tariladi. Bu safar tilla rang rjanka tezroq uchadimi yoki Shotlandiya kakligi degan masala muhokama mavzusiga aylanadi.
Ana o‘shanda janob Biver bunday jumboqlarni hal etish uchun maxsus ma’lumotnoma bo‘lishi kerak degan qarorga keladi. Negaki, odamlar rasmiy biror manbaga ega bo‘lmay turib soatlab va besamar baxslashaverishlari mumkin. Oxir-oqibat tomonlar o‘z fikrini ma’qullagancha qolaveradi.
Kompaniya rahbari o‘ziga xos bunday ma’lumotnomalar Ginnes kompaniyasi tomonidan tarqatilsa, yomon bo‘lmasdi, degan xayolga boradi. Pivo ensiklopediyasi ustida ishlash Norris va Rossi Makuirterlarga topshiriladi. Ko‘p sonli faktlar to‘planib, saralanadi va har biri mutaxassis tasdig‘idan o‘tkaziladi. Bularning hammasi uchun bir yil vaqt kerak bo‘lgan. 1955-yil 27-avgustda birinchi marta 198 sahifali nashr dunyo yuzini ko‘radi. Keyinroq u «Ginnes rekordlari kitobi» nomini oladi. Birinchi bor kitob bosish sohasida olamshumul roman yoki detektiv asar emas, balki oddiy ensiklopedik ma’lumotnoma dovrug‘ qozonadi. Qizig’i, dunyodagi eng koʻp oʻgʻirlanadigan kitob sifatida ushbu kitob "Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritilgan — u har yili 2700 marta oʻgʻirlanar ekan.
@kitob_ombori
U haqida bir hikoya yozdim. To'la Unga bag'ishlangan
E'lon qilishga ikkilanyapman.
🔥- bosing og'a, o'qiymiz
❤️🔥 - Uni kimligi qiziq
Kechroq, biror musiqa bilan qo'yaman😅
Postlarga yosh cheklovi qoʻysammi deyapman. Yoki sizlar har bir postni oʻqib tushunayapsizlarmi?
Siz eng tushunmagan, noaniq post qaysi boʻlgan?
14-fevral kuni prezidentimizning Yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tganidan xabaringiz bor. Uchrashuvda ko'p yangiliklar, takliflar berildi. Ular qatorida bizga aloqasi bor qismi ham bor ekanligini meni alohida diqqatimni tortdi.
Endilikda ilmiy, intellektual yo'nalishlarda kontent qiladiganlarga yoshlar ishlari agentligi tomonidan 100 million so'mgacha grantlar ajratilar ekan. Bu degani, endi miyada pishigan ammo moddiy muammo tufayli ortga surilib kelayotgan ilmiy-ommabop video kontentlarni suratga olish imkoniyati paydo bo'ldi!
Lekin hali bu grantni olish uchun nima qilish kerak, uning shartlari qanday ekanligi borasida yo'riqnoma mavjud emas. Yaqinda chiqib qolsa ajab emas.
Agar sizda ham media sohasida qiziqish bo'lsa, sifatli kontentlar suratga olish uchun g'oyalar bo'lsa albatta bu grantni olishga harakat qiling. Men ham harakat qilaman nasib qilsa)
@kitob_ombori
Rizq haqidagi tushunchangiz sizni, rizq faqat mol-mulk va farzandlardan iborat, degan yanglish fikrga olib bormasin. Eng go‘zal rizq - ruhning osoyishtaligi, aqlning ravshanligi, tananing sihat-salomatligi, qalbning pokligi va fikrning sog‘lomligidir. Yana rizqlarning eng xayrlisi onaning duosi, otaning roziligi, sadoqatli do‘stning hamrohligi hisoblanadi.
Abul Farj
@kitob_ombori
Amazon Kindle nima?
Amazon Kindle – bu Amazon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan elektron kitob o‘qish qurilmalari va mobil ilovalar tarmog‘i bo‘lib, foydalanuvchilarga raqamli kitoblarni o‘qish imkonini beradi. Kindle qurilmalari e-ink (elektron siyoh) texnologiyasidan foydalanadi, bu esa uzoq vaqt o‘qishda ham ko‘zni charchatmaydi va haqiqiy qog‘ozga yaqin o'qish jarayonini yaratadi.
Amazon Kindle xususiyatlari
– Oddiy LED yoki LCD ekranlardan farqli ravishda, bu texnologiya qog‘ozga o‘xshash ko‘rinishni yaratadi va ko‘z uchun qulaylik ta’minlaydi.
– Kindle’ning ayrim modellari maxsus LED yoritish tizimiga ega bo‘lib, qorong‘ida ham kitob o‘qish imkonini beradi.
– Kindle bir martalik quvvat bilan haftalar davomida ishlashi mumkin.
– Kindle oddiy kitoblarga qaraganda ancha yengil bo‘lib, sayohat va tashish uchun juda qulay.
– Kindle AZW, MOBI, PDF, TXT, DOCX, va EPUB formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
– Millionlab kitoblarga oson kirish imkoniyati mavjud, jumladan bepul klassik kitoblar ham bor.
– Kitob o‘qishda muhim joylarni ajratib qo‘yish va izohlar yozish imkoniyati mavjud.
– Kindle turli o‘lchamdagi shriftlarni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa uni hamma uchun mos qiladi.
– Kindle Audible bilan ham ishlaydi, bu esa audiokitoblarni tinglash imkonini beradi (ba’zi modellar uchun).
– Qo‘shimcha haq evaziga reklamasiz versiyalarni xarid qilish mumkin.
Amazon Kindle qanday foyda keltiradi?
– Bitta Kindle minglab kitoblarni sig‘dira oladi, bu esa jismoniy kitoblar uchun joy topish muammosini hal qiladi.
– Qurilma ko‘zni charchatmaydi, oddiy ekranlarga qaraganda ko‘proq tabiiy ko‘rinishga ega.
– Kindle’ni sumkada osongina olib yurish mumkin, bu esa kitobxonlar uchun katta qulaylik yaratadi.
– Raqamli kitoblar qog‘ozni tejaydi va tabiatni himoya qilishga hissa qo‘shadi.
– Kindle’da turli tillardagi kitoblarni topish va o‘qish mumkin.
– Raqamli kitoblar bo‘yicha eslatmalar va turli imkoniyatlar muntazam o‘qishni rag‘batlantiradi.
Amazon Kindle turlari
Kindle Basic – Eng oddiy va arzon modeli, minimal funksiyalar bilan.
Kindle Paperwhite (meniki mana shundan) – Yorug‘lik sozlamalari, yuqori aniqlikdagi ekran va suvga chidamli dizayndagi model.
Kindle Oasis – Premium model, eng yuqori sifatli ekran, metall dizayn va avtomatik yorug‘lik moslamasiga ega.
Kindle Scribe – Qalam bilan yozish imkoniyatiga ega Kindle, bu esa qo‘lyozma eslatmalar uchun juda qulay.
Narxlari qanday?
1. Kindle Basic (2024-yil modeli)
Ekran: 6 dyuym, 300 ppi aniqlikda, yoritilgan displey
Xotira: 16 GB
Batareya: Bir zaryadda haftalar davomida ishlash imkoniyati
Narxi: $109.99
2. Kindle Paperwhite (2024-yil modeli)
Ekran: 7 dyuym, 300 ppi aniqlikda, yoritilgan displey
Xotira: 16 GB
Batareya: Bir zaryadda uch oygacha ishlash imkoniyati
Narxi: $159.99
Kindle Paperwhite kattaroq ekran, yuqori kontrast va uzoqroq batareya muddati bilan ajralib turadi. Shuningdek, suvga chidamli dizaynga ega.
3. Kindle Colorsoft Signature Edition
Ekran: 7 dyuym, rangli E-Ink displey
Xotira: 32 GB
Batareya: Bir zaryadda sakkiz haftagacha ishlash imkoniyati
Narxi: $279.99
Bu model Amazonning birinchi rangli e-o'quvchisi bo'lib, komikslar, jurnallar va rangli kontentni o'qish uchun mo'ljallangan. Avtomatik yoritish sozlamalari va simsiz zaryadlash imkoniyatiga ega.
4. Kindle Scribe (2024-yil modeli)
Ekran: 10.2 dyuym, 300 ppi aniqlikda
Xotira: 16 GB, 32 GB yoki 64 GB variantlari
Batareya: Bir zaryadda haftalar davomida ishlash imkoniyati
Narxi: $399.99 dan boshlanadi
Kindle Scribe yozish va eslatmalar olish uchun mo'ljallangan bo'lib, yangi Premium Pen bilan birga keladi. PDF fayllar va kitoblar ustida to'g'ridan-to'g'ri yozish imkonini beradi.
Eslatma: Narxlar va xususiyatlar vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin. Eng so'nggi ma'lumotlar uchun Amazon rasmiy veb-saytini tekshirishni tavsiya etaman.
@kitob_ombori
Asri saodat davridagi kishilar, undan keyingi davrda yashagan tobe’in va taba’a tobe’inlar nazdida, sunnatni puxta bilmagan kishi haqiqiy erkak sanalmasdi.
Abdurahmon Raf’at Posho "Tobe’inlar hayoti" kitobidan
@kitob_ombori
Odatiy yakshanba tongi. Uyg‘onasiz, telefoningizga qo‘l cho‘zasiz va soniyalar ichida tugamas yangiliklar oqimi bo‘ylab sho'ng'iy boshlaysiz.
Institutdagi kursdoshingiz yangi mashina olibdi. Sinfdoshingiz chet elga sayohatga boribdi. Hamkasbingiz uyida non yopibdi. Yana bir tanishingiz sevgilisi bilan ajralishibdi. Va bularning hammasi ijtimoiy tarmoqlarda hammaning ko'z o'ngida ulashilmoqda.
Ko‘p o‘tmay, o‘zingiz ham ular qatoriga qo‘shilasiz. Ertalabki qalin tuman, mavsumiy tushkunlik haqida post joylaysiz. Sizni ezib tashlagan hayotiy muammolar haqida va hokazo....
Sezmagan holda, birinchi piyola choyingizni ichmasdan turib, hayotingizdagi odamlar bilan bobo-buvingiz bir oyda almashganidan ko‘ra ko‘proq shaxsiy ma’lumotlarni almashib bo‘lasiz....
Axborotning uzluksiz qabul qilish va ulashish, hayotimizdagi voqeliklarni tinmay baham ko‘rish shunchalik odatiy holga aylandiki, endi buni deyarli sezmaymiz ham. Bu zararsiz xatti-harakatdek tuyuladi. Biroq biz endigina tushuna boshlayotgan psixologik, ijtimoiy va hissiy salbiy oqibatlar mavjud.
Eng qadimgi g‘or rasmlaridan tortib ajdodlarimizning og‘zaki hikoya qilish an’analarigacha, biz doimo tajribalarimizni boshqalar bilan bo‘lishish yo‘llarini topganmiz. Ijtimoiy tarmoqlar bu intilishni misli ko‘rilmagan darajaga olib chiqdi. Ekranga bir necha marta bosish orqali biz o‘z fikrlarimiz, his-tuyg‘ularimiz va tajribalarimizni yuzlab, hatto minglab odamlarga bir zumda ulashishimiz mumkin. Bu bir necha o‘n yil avval deyarli ilohiy qudratdek bo‘lib tuyulardi.
Mashhur iborada aytganidek, katta qudrat katta mas’uliyatni talab qiladi. Ochig‘ini aytganda, ko‘pchiligimiz bu mas’uliyatni ko‘tara olmaymiz. Biz o‘zimizni azoblaymiz, ruhiy tushkunlikka tushamiz va bu holatdan chiqolmay qolamiz. Qanday va qachon to‘xtashni bilmaymiz.
Raqamli davr boshlanishidan oldin maxfiylik tabiiy holat edi. Axborot almashish kuch talab qilardi - xat yozish, qo‘ng‘iroq qilish yoki yuzma-yuz suhbatlashish kerak edi. Endi esa maxfiylikni saqlash uchun harakat qilish kerak. Biz ongli ravishda ulashmaslikni tanlashimiz, post qilish vasvasasiga qarshi turishimiz, fikr va tajribalarimizni o‘zimiz uchun saqlashimiz lozim.
Ulashish odatiy holga aylanganda, biz o‘ylamasdan ulashamiz va tarmoqlarimizni uzluksiz axborot oqimi bilan to‘ldiramiz. Ba’zilari zararsiz, albatta. Ammo ko‘p hollarda tarmoqlar orqali biz ommaga eng og'ir lahzalarimiz, qo‘rquvlarimizni ham bildirib qo'yamiz.
Munosabatlar noto‘g‘ri talqin qilingan tvitlar tufayli buziladi yoki butunlay tugaydi. Oqibati o‘ylanmagan postlar tufayli obro‘yimizga putur yetadi. Bular shunchaki taxminlar emas - bu haddan tashqari ko‘p post yozish qurboni bo‘lgan ko‘plab odamlarning haqiqiy hayotidir.
Xavf-xatarlar faqat tashqi dunyodan emas. Doimo obunachilaringiz uchun kontent qilib, tajribalarimizni ommaviy ulashish uchun saralab, o‘zimiz bilan aloqani yo‘qotamiz.
Oxirgi marta qachon mazmunli tajriba olganingizni o‘ylab ko‘ring. Hatto eslab qolishni istagan lahzani. Keling, 1-sentabrdagi mushakbozlikni olaylik. Darhol telefoningizga yopishib, uni ulashishga intilganmidingiz? O‘sha ulashish paytida voqeaning o‘zini to‘liq his qildingizmi? Yoki allaqachon uni obunachilaringizga qanday taqdim etish haqida o‘ylayotgan edingizmi?
Tajribalarimizni ularning asl qiymati uchun emas, balki faqat ulashish mumkinligi uchun qadrlaymiz. Hayotimizni o‘zimizga qanday his qilishimizga emas, balki boshqalarga qanday ko‘rinishiga qarab baholaymiz...
@kitob_ombori
Codex Gigas - Iblis Injili
Kodeks Gigas Iblis Injili sifatida tanilgan, dunyodagi eng katta va eng sirli qo'lyozma. XIII asrda lotin tilida yozilgan qoʻlyozma uzunligi bir metrga yaqin boʻlib, og'irligi 75 kg ni tashkil qiladi.
Nega "Iblis Injili" deb ataladi?
Bu qo‘lyozma "Iblis Injili" deb atalishiga sabab, uning 290-betida joylashgan katta iblis rasmi. Afsonaga ko‘ra, qo‘lyozmani monarx bir kecha davomida iblisning yordami bilan yozib chiqqan. U jazodan qutulish uchun bunday kelishuvga borgan va buning evaziga iblisning ulkan suratini chizgan.
Ammo tadqiqotchilarning fikriga ko'ra bunday kitobni kamida 25 yil davomida yozish mumkin.
Bugungi kunda qo'lyozma Shvetsiya Milliy kutubxonasida (Stokgolm) saqlanadi va o'rganish uchun to'liq raqamlashtirilgan.
@kitob_ombori
- «Urush tugadi. Biz tirikmiz. Omadli ekanmiz. Menga turmushga chiq».
Men yig'lab yuboray dedim. Baqirgim, unga tarsaki tushurgim keldi.
-Turmush? Hozir-a? Mana shularning orasida-ya? Qora moy va qora kuya ichida-ya... Sen menga boq... Qay ahvoldaligimga qara... Sen avval meni ayol qil: gul hadya qil, menga parvona bo'l, chiroyli so'zlarni ayt. Men shuni istayman! Shuni kutaman!
Sal qoldi uni urib yuborishimga... Tarsaki tushirmoqchi edim... Biroq uning bir yuzi kuygan, qontalash edi. Qarasam: u hammasini o'zi tushundi, uning yuzidan yosh yumaladi. Jarohati hali bitmagan, yuzidan tomchi-tomchi ko'zyosh oqardi... O'z og'zimdan chiqayotgan so'zlarga o'zim ishongim kelmasdi: «Ha, senga turmushga chiqaman».
Svetlana Alekseyevich
"Urushning ayoldan yiroq qiyofasi"
@kitob_ombori
Anjan baribir boshqachada ❤️
Kitob doʻkonlari ayniqsa
Kanallarim safi yana bittaga koʻpaydi.
Oʻzim koʻrganlar va yoqqanlarni yuboraman.
P.S: kinotavsiya qiling deydiganlar sizlar uchun maxsus ))
@kino_sarhad
Tug‘ilish. O‘lim. O‘rtasida Umr. Qazoyi qadar bo‘lib O‘limning taxminiy muddati aniq bo‘lib qolsa, deylik doktor aytsaki Otangizning shuncha umri qoldi, deya… to o‘sha muddat kelguncha bu vaqtning kelishiga qarshi, uni kechiktirish uchun azobli mujodala berasiz. Ko‘pchilik o‘ylaydiki, ana shu muddat - so‘nggi nafasgacha bo‘lgan mujodala eng og‘ir davr deb. Aslida unday emas. Hayot uchun kurash jarayoni muddatida chekilgan iztiroblar eng og‘iri emas. Eng og‘iri o‘sha mudhish kun kelgandan so‘ng, o‘lim sodir bo‘lgandan keyin boshlanadi. Eng yaqiningizning yo‘qligiga umrbod ko‘nikishga harakat qilib yashaysiz. Ming uning yo‘qligini anglang, his qiling aslo ko‘nikolmaysiz! Hech qachon bunga ko‘nikib yashab ketolmaysiz. Bu dunyo shunaqa. Bu dunyoning achchiq qonunlari shunaqa...
Sayyid Abdulaziz Yusuf _ "Sangtarosh iztiroblari" kitobidan.
Mening psixologim bir kuni Vinni-Pux va Puchuqvoyning o‘rmonda yurishgani tasvirlangan suratni ko‘rsatdi. Uning ostida shunday so‘zlar bor edi:
— Tasavvur qil, Pux, daraxt birdan ustimizga ag‘darilib tushsa bormi? — dedi Puchuqvoy.
— Kel, yaxshisi, daraxt ag‘darilib tushmaydi, deb tasavvur qilamiz, — dedi Pux bir oz o‘ylanib turgach”.
Men har safar og‘ir vaziyatda qolganimda shu so‘zlarni eslayman. Bu so‘zlar tinchlanishimga va yaxshilab mulohaza yuritishimga yordam beradi.
@kitob_ombori
Menimcha, bu insoniyat tarixidagi eng muhim fotosurat. Bu 1990-yilda Voyager 1 zondi tomonidan 6 milliard km masofadan olingan Yer sayyorasining surati. Keyinchalik, ushbu fotosuratdan ilhomlanib, fizik Karl Sagan shunday yozgan:
“Bu nuqtaga yana bir nazar tashlang. U o‘sha yerda. U bizning uyimiz. U bizmiz. Siz sevgan har bir inson, siz bilgan har bir kishi, siz eshitgan har bir kishi, mavjud bo‘lgan har bir inson unda o‘z hayotini o‘tkazdi. Azob-uqubatlar, minglab dinlar, mafkuralar va iqtisodiy ta’limotlar, har bir ovchi va terimchi, har bir qahramon va qo‘rqoq, har bir sivilizatsiya yaratuvchisi va vayron qiluvchisi, har bir shoh va dehqon, har bir kishi. Bu erda sevishgan juftliklar, har bir ona va ota, har bir yorqin bola, ixtirochi va sayohatchi, har bir axloq o‘qituvchisi, har bir yolg‘on siyosatchi, har bir "super yulduz", har bir "eng buyuk rahbar", bizning urug‘imiz, tarixidagi har bir avliyo va gunohkor yashagan. Mana shu quyosh nurida akslangan tashlandiq joyda...
Yer ulkan kosmik maydondagi juda kichik sahnadir. Unda sarkardalar va imperatorlar shon-shuhrat va zafar ilinjida qisqa muddat qum donasiga ega bo‘lishlari uchun to‘kilgan qon daryolari haqida o‘ylab ko‘ring. Bu nuqtaning bir burchagida yashovchilarning boshqa burchakning zo‘rg‘a kun ko‘rayotgan aholisiga qilgan cheksiz shafqatsizligi haqida o‘ylab ko‘ring. Ular o‘rtasida qanchalik tez-tez kelishmovchiliklar paydo bo‘lishi, ular bir-birlarini o‘ldirishga intilishlari, nafratlari qanchalik issiq ekanligi haqida fikrlang.
Bizning turishimiz, tasavvurimizdagi ahamiyatimiz, koinotdagi imtiyozli maqomimiz haqidagi illyuziya - bularning barchasi mana shu rangpar yorug‘lik nuqtasida ro‘y beradi. Bizning sayyoramiz - bu kosmik cheksizlikdagi yolg‘iz chang zarrasi. Bu ulkan bo‘shliqda bizni jaholatdan qutqarish uchun kimdir yordamga kelishiga ishora yo‘q.
Yer hozirgacha hayotni qo‘llab-quvvatlashga qodir bo‘lgan yagona dunyodir. Boshqa boradigan joyimiz yo‘q - hech bo‘lmaganda yaqin kelajakda. Unda vaqtincha hozir bo‘la olamiz xolos. Mustamlaka qilishga qodir emasmiz. Xohlaysizmi yo‘qmi, shu Yer endi bizning uyimiz.
Aytishlaricha, astronomiya kamtarlikni shakllantiradi va xarakterni mustahkamlaydi. Ahmoqona takabburligimizning shu mitti dunyomizning bu rasmidan ko‘ra, ahmoqona yaxshiroq namoyishi bo‘lmasa kerak. O‘ylaymanki, bu bizning mas’uliyatimizni oshiradi, bir-birimizga mehr-oqibatli bo‘lish, yagona uyimiz – rangpar ko‘k nuqtani asrab-avaylashdek burchimizni eslatib turadi”.
@kitob_ombori
To‘satdan har bir sahifam sen haqingda bo‘lib qoldi
Bu qanday sodir bo‘lganiga men ham hayronman.
Men hech qachon bunday bo‘lishini xohlamaganman. O‘y-xayollarim sen bilan band bo‘lishini, kunlarim g‘amgin o‘tishini, tunlarim sen tufayli notinch bo‘lishini hech qachon istamaganman.
Lekin shunday bo‘ldi.
Bu shunchalik sekin, shunchalik to‘satdan sodir bo‘ldiki, anglab yetgunimcha, hayotimning har bir sahifasi sen haqingda bo‘lib qoldi.
Sening ovozingni eshitishni istaydigan, sening yoningda bo‘lishni xohlaydigan bo‘lib qoldim. Sen mening xayolimga shivirlab kirib kelding va to‘satdan butun ongimni egallab olding.
Har bir qo‘shiq menga seni eslatadigan bo‘lib qoldi. Sen yonimda bo‘lmasang, har bir lahza ma’nosiz tuyulardi. Go‘yo butun dunyoyim o‘zgarib, hamma narsa sening atrofingda aylanayotgandek edi.
Kundalik hayotimda: tish tozalayotganda, ko‘chada sayr qilayotganda, derazadan tashqariga qarayotganda ham seni o‘ylardim. Ismingning sadosi xotiramda yurak urishi kabi doimiy va shafqatsiz jaranglardi.
Men bunga qarshi kurashishga harakat qildim. O‘zimga "Bu shunchaki o‘tkinchi holat, oddiy ehtiros", dedim.
Ammo...
Qarshilik ko‘rsatganim sari bu tuyg‘u kuchayib borardi.
Sen men tark etolmaydigan hikoyaga, uyg‘onishni istamaydigan tushga aylanding. Sen haqingda yozishni boshladim, hech qachon ovoz chiqarib aytolmagan fikrlarimni, his-tuyg‘ularimni sahifalarga to‘ka boshladim.
Har bir so‘z sening bir bo‘laging edi.
Bu sahifalar aytilmagan so‘zlar, amalga oshmagan istaklar bilan to‘la edi.
Baxtli yakuni bo‘lmagan sevgi qissasiga, shunchaki intihosiz sog‘inch va sukut boblarini yoza boshladim. Sen borligini bilmagan hikoyaning bosh qahramoni eding.
Sen hech men haqimda o‘ylaganmisan, ismim xayolingga kelganmi?
Men seni qanday ko‘rgan bo‘lsam, sen ham meni shunday ko‘rganmisan? Sen ham men his qilgandek tuyg‘uni his qilganmisan? Yoki men hayotingdagi shunchaki ikkinchi darajali qahramon bo‘lib, tez unutiladigan insonmanmi?
To‘satdan har bir sahifa sen haqingda bo‘lib qoldi va men bundan nafratlanardim.
Menga hukmronlik qilishingni, butun ongimni egallab olishingni yomon ko‘rardim. Baxtim sening tabassumingga, nigohingga, so‘zingga bog‘liqligidan nafratlanardim.
Men bu sahifalarni yirtib tashlamoqchi, tarixni qayta yozmoqchi, sendan oldingi holatimga qaytish yo‘lini topmoqchi edim.
Ammo haqiqat shundaki, avvalgi holatimga qaytishga ishonchim yo‘q. Chunki kimdir hayotingizning bir qismiga aylansa, yuragingizga o‘rnashsa, uni o‘chirib tashlash deyarli imkonsiz.
Sen voqealar rivojining kutilmagan burilishi eding, hamma narsani o‘zgartirib yubording, men hech qachon kutmagan burilish nuqtasi eding. Endi esa, qanchalik urinmayin, sen mening butun borlig‘imning markaziga aylanmagan davrga qayta olmayman.
Men ishtirok etishni so‘ramagan hikoya ichida adashib qoldim.
To‘satdan har bir sahifa sen haqingda bo‘lib qoldi va men endi qanday qilib yozishni to‘xtatishni bilmayman.
@kitob_ombori
Bu fotosurat haddan ziyod shaxsiy erkinlikning yomon tomoni va suiiste’mol qilinishiga juda yaxshi namunadir.
Suratda bir bo‘lak pirog olgan odam o‘zining ulushini oldi.
Ha, to‘g‘ri, balki u o‘ziga tegishlisini olgandir, ortig‘ini olmagandir, lekin o‘z ulushini olish chog‘ida boshqalarning o‘z ulushini olishini qiyinlashtirdi.
Bu hatto adolatsizlikka ham yo‘l ochmoqda.
Agar biz o‘z erkinligimizdan foydalangan holda boshqalarga zarar yetkazayotgan bo‘lsak va adolatsizlikka sabab bo‘lsak, bu shaxsiy erkinlikni suiiste’mol qilishdir.
“Adolat arifmetik emas, geometrikdir”. Platon.
@kitob_ombori
Insonlarning asosiy qismi ma’rifatni kitob o‘qish orqali oladi.
So‘ngra kitob o‘qishdan ham yuqoriga ko‘tarilib odamlarni o‘qiy boshlaydi.
So‘ngra odamlarni o‘qishdan ham yuqoriga ko‘tarilib hayotni o‘qiy boshlaydi.
So‘ngra hayotni o‘qishdan ham yuqoriga ko‘tarilib o‘limni o‘qiydi!
@kitob_ombori
"Agar kitob sotib olishga pul sarflamaganida edi..."
Nurali pullar ichida siqilib o'tirgan bo'lar edi😄
@kitob_ombori