Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Friderix Vilgelm Nitsshe;
Otasi vafot etganida yig’lamadi.
Vagner unga atab o’n yillab kitob yozganini eshitganida yig’lamadi.
Rafiqasi uni tark etganida, Salomeyedan rad javobi olganida ham yig’lamadi.
Ammo, Nitsshe qamchilangan bir ot bolasini ko’rgach, unga “men sening ahvolingni tushunaman.” “Ona, men bir ahmoqman.” degancha, uni quchoqlab ko’zlariga yosh oldi. Shu voqeadan so’ng, u aqlidan ayrildi.
Nitsshe hayotni boshqalarga qaraganda teranroq his etgan. Ushbu falsafiy hayot yo’lining siri shunda:
Og’riqni his qilyapsan, demak, tiriksan.
Birovning og’rig’ini his qilyapsanmi, demak, INSONSAN
Yig’layapsanmi, demak, tushunyapsan…
@kitob_ombori
#religion
1. Yaratgan Robbing nomi bilan o‘qi.
2. U insonni alaqdan yaratdi.
3. O‘qi! Robbing karamlilarning karamlisidir.
4. U qalam bilan ilm o‘rgatgandir.
5. U insonga bilmagan narsasini o‘rgatdi.
Alaq surasi
@kitob_ombori
Ichingizda o‘qiganingizda ichki ovoz eshitasizmi?
Biz har bir jumlani talaffuz qilmay o‘qiganimizda, tezroq o‘qiymiz.
O‘qishni endi o‘rganayotgan kichkintoylar dastlab ovoz chiqarib o‘qiy boshlaydilar.
O‘qishni endi o‘rganayotganda yoki umuman, murakkab mavzudagi biror kitobni mutolaa qilayotganda, baland ovozda o‘qish, uning mazmunini yaxshiroq anglashga yordam beradi.
Negaki, baland ovozda o‘qiganingizda, siz o‘zingizni tinglaysiz.
O‘qishingiz ravonlashganda, “pichirlab o‘qish” ga o‘tasiz. Endi jumlalarni o‘zingiz uchun pichirlab, lablaringizni qimirlatib talaffuz qilasiz. Tez o‘qish ko‘nikmasi shakllanganidan so‘ng, ichingizda o‘qiy boshlaysiz.
Kichkintoylar ko‘pincha biror murakkab vazifa ustida bosh qotirayotganda, o‘zi bilan o‘zi suhbat qurishadi. Rus psixologi Lev Vygotskiy bu holatga “pinhona so‘zlashuv” deb nom bergan. Faqatgina bolalar o‘zi bilan o‘zi suhbatlashmaydi. Chang yutkichni sozlayotgan katta yoshdagi biror insonni kuzatsangiz, xuddi shunday holatga guvoh bo‘lishingiz mumkin.
Bola ravon fikrlashni boshlaganida, o‘zi bilan ovoz chiqarib suhbatlashishdan, ichida suhbatlashishga o‘tadi. Bunday ichki suhbat “subvokalizatsiya” deb ataladi.
Mutolaa qobiliyatingiz yaxshilanib borgani sayin, ichingizda o‘qish oson va qulay tuyiladi. Har bir jumlani talaffuz qilishga ehtiyoj sezmaganingizdan keyin, yanada tezroq mutolaa qila boshlaysiz. Mutolaa chog‘ida o‘qib bo‘lingan qatoringizdan qiyinchiliksiz qayta ko‘z yugurtira olasiz. Hatto, o‘zingizga yaxshi tanish bo‘lgan so‘zlarni o‘qimay tashlab keta olasiz.
Ichingizda o‘qish ancha qulay, chunki bu diqqatingizni eng muhim narsaga qaratishga imkon beradi. Va bu jarayonda sizning subvokalizatsiyangiz ishga tushadi.
Subvokalizatsiyani rivojlantirish
Mutolaa vaqtida ichki ovozni eshitish g‘ayritabiiy hodisa emas. Bir tadqiqotda aniqlanishicha, 5 nafar insondan to‘rttasi biror-bir kitobni sukut bilan o‘qiyotganda, ko‘p hollarda yoki har doim ichki ovoz eshitishini ta’kidlashgan.
Buni qarangki, ichki ovoz ham bir-biridan farq qilishi mumkin ekan. Siz eshitayotgan ichki ovoz sizga tegishli bo‘lmasligi mumkin: u sizning ovozingizga shunchaki o‘xshab ketishi mumkin. Yoki u butunlay o‘zgacha tondagi ovoz bo‘lishi mumkin.
Katta yoshdagi kitobxonlar orasida o‘tkazilgan tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, ichingizda eshitayotgan ovoz sizning qanday kitob o‘qiyotganingizga qarab o‘zgarishi mumkin ekan. Misol uchun, kitob qahramoniga tegishli biror jumlani o‘qiganingizda, siz uning ovozini eshitasiz.
Shunday ekan, kitobga bor vujudingiz bilan sho‘ng‘iganingizda, boshingizda har xil ovozlar eshitishni boshlasangiz, qo‘rqib ketmang. Bu faqat professional kitobxonlargagina nasib qiladi!
Manbaa
@kitob_ombori
Muhimi kitoblar. iPhone topiladi😄
@kitob_ombori
Men o'larman, yozganlarim ortda qolar,
Shoyad uni kimdir o'qib, ibrat olar.
#video
@kitob_ombori
Yuqoridagi ma'lumotlar auditoriyani o‘rganish uchun kerak. Shunga qarab ko‘pchilikka mos va kerakli ma'lumotlar tashlayman.
Samalyotni barqaror uchishi uchun radar kerak bo‘lganidek, kanalimizni ham manfaatli bo‘lishi uchun sizlarni holatingizni aniqlashtirishim kerak.
Shu sabab o‘zingizga mosini bosib qo‘yavering, qarindosh🌝
Haqiqiy erkakning fazilatlari ro'yxatida birinchi o'rinda "va'da qilgan narsamni albatta bajaraman" degan jumla bo'lishi kerak.
@kitob_ombori
Agar yigit oltmish yil yashasa,
umrining yarmini tun yoʻq qiladi.
Qolgan yarmini esa oʻng va soʻlga qarab,
gʻaflatda qayerga sarf qilganini bilmaydi.
Qolgan oʻsha yarmining uchdan birida orzu va qiziqishlar hamda oila boqish uchun kasb korga mashgʻul boʻladi.
Qolgan umrini betoblik, qarilik, gʻam,
safar va koʻchish bilan mashgʻul boʻladi.
Kishi qismatini ushbu tarzda oʻtkazib,
uzoq umr koʻrishni sevishi ayni johillikdir.
Bu gaplar televizor va uyali telefonlar yoʻq boʻlgan davrda aytilgan.
Hozir qanday boʻlishi mumkin?!
@kitob_ombori
Bizda mutolaada shu kitob.
Sizchi? Nima o‘qiyapsiz?
Endi kim postlar kommentariyasiga o‘zbek imlosida to‘g‘ri yozmasa bloklayman! desam kommentga yozadiganlar qolmasa kerak-a? 😅
Читать полностью…Ayollarni baxtli qilishning 15 usuli yoki boʻlmasam xursand qilishning faloncha uslubi deya keraksiz va boʻlmagʻur
kitoblar yozishdi.
Men sizga bir soʻz bilan ochiqlayman: samimiy boʻling yetadi..)
@kitob_ombori
Boborahim Mashrab haqida bir joyda o‘qib qolgandim. U kishi avliyo bo‘lgan. Har bir yozgan baytlarida Allohga munojot qiladi. Bir g‘azalida
"Oxir sanga mahram bo‘lay,
Devona qildi ishq mani" desa, boshqa bir baytida "Mashrabi moʻtabar o‘zum" deb Allohga erkalik qiladi.
Aytishlaricha, bir kuni unga Xo‘ja Xizr duch kelibdi. Hazrati Xizr shoirga: "tila tilagingni" desa, Mashrab: "men bilan Allohning o‘rtasida dallol kerak emas", deb javob bergan ekan.
@kitob_ombori
Kitobsiz notiq bo‘laman degan odam adashadi.
Kitobsiz kopirayter bo‘laman degan odam adashadi.
Kitobsiz SMM menejeri bo‘laman degan odam adashadi.
Kitob o‘qimasdan zamonaviy kasblarni egallay olaman degan odam adashadi!
P.S: kitob o‘qishni yoqtirmaydigan va katta summalarga kurs sotib olayotgan tanishlarga yuboring
@kitob_ombori
📢 Mana, dekabr oyi ham kirib keldi. Har oy boshida, an'anamizga ko'ra, yangi mushtariylarni o'z safimiz bilan tanishtirish uchun tavsiyalarimizni berib boramiz.
O'zbek blogosferasidagi eng mashhur bookblogerlar, tarjimon va zamonaviy fikrlaydigan yoshlar kanallariga ulaning. Ularda siz shaxsiy mulohazalar va dunyoqarashlar, badiiy va ilmiy-ommabop asarlar yuzasidan ajoyib tahlillarni bilib borasiz.
Quyidagi havola orqali barcha kanallarga ulanishingiz mumkin:
👉 Ulanish uchun BOSING!
#psychology
Tushlar qanday paydo bo’ladi?
Odamlar uzoq vaqtlardan buyon tushlarning qanday paydo bo’lishi haqida bosh qotirishadi. Ochig’ini aytganda, olimlar hali hamon u haqida aniq bir fikrga kelishmagan. Ammo, ba’zi qarashlar ham yo‘q emas.
Tush, xuddi, uxlayotgan vaqtingizda tasavvur qobiliyatlaringizni ishlatishga o’xshaydi. Demak, tush tasavvurlarimizning hosilasi deb bemalol ayta olamiz. Bizning tasavvurlarimiz qanchalik qudratli kuchga ega ekanligini o’zingiz ham yaxshi bilasiz: yoqtirgan taomingizni tasavvur qilib ko’ring, darhol og’zingiz ho’llana boshlaydi.
Uyquga ketish jarayonini go’yoki kompyuterni “sleep mode" rejimida qoldirishga o’xshaydi. Kompyuter butunlay o’chib qolgani yo’q, u shunchaki avvalgidek kuch bilan ishlamayapti. Biz uxlayotganimizda dam olishimiz va shu orqali o’z kuchimizni tejashimiz mumkin, biroq biz faoliyatdan butunlay to’xtab qolmaymiz.
Uyqu vaqtida ham miya ishlayveradi, faqat qattiqroq ishlamaydi. Uyg’oqligimizda qarorlar qabul qilishimizga ko’maklashuvchi miya qismi-chi? U ishlashdan to’xtaydi. Ayni ana shu vaqtda tasavvurimiz jilovni o’z qo’liga olish uchun “uyg’onadi”.
Biz nega tush ko’ramiz?
Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, odamlar ko’radigan tushlarning aksariyat qismi kundalik hayotimizga taalluqli bo’lgan narsalar ekan.
Yoki biz o’zimiz uchun muhim bo’lgan narsalar haqida tush ko’ramiz(misol uchun, yaqinda bo’ladigan bayram haqida)
Hayvonlarning tushlari ham bundan mustasno emas. Mushuklar o’z tushlarida, odatda, biror narsani quvayotganini ko’rishar ekan, chunki bu jonzotlar uyg’oqligida ham ko’proq shu ish bilan shug’ullanish haqida o’ylashadi.
Olimlarning izlanishlari shuni ko’rsatdiki, odam tush ko’rganida ma’lumotni uzoq muddatli xotiraga saqlab qo’yar ekan. Shuning uchun ham, tushlar uyg’oqlik paytida olingan ma’lumotlarni yaxshiroq eslab qolishimizga yordam beradi.
Muammolarni hal qilish
Boshqa bir guruh olimlarning fikrlariga qaraganda, biz biror muammoni yechish ustida bosh qotirayotganimizda, tushlar bu paytda bizga yordamlashishi mumkin.
Misol uchun, siz velosiped yoki skuter haydashni o’rgana boshladingiz. Tushingizda haydashning turli yo’llarini sinab ko’rish paytida muvozanatingizni saqlashga va yiqilib tushmaslikka harakat qilayotgan bo’lishingiz mumkin. Bu go’yoki uxlayotgan paytda mashq qilishga o’xshaydi. Uyg’onganingizdan so’ng esa, sizda bu borada muayyan tasavvur yoki ko’nikmalar hosil bo’lgan bo’ladi.
Biroq, biz nega g’aroyib tushlarni ham boshdan kechiramiz? Bunday tushlarni ko’rishimizga sabab, uyqu holatidagi miyaning o’zi uchun yot bo’lgan fikrlarni tahlil qilishga urinishidir.
Qo’rqinchli tushlarni ko’rishimizga sabab ham aynan miyaning qo’rqinchli voqealarni qaytadan jonlantirish orqali, ularni tahlil qilishga urinishi bo’lishi mumkin.
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, agar ayrim insonlar o’zlari ko’radigan yomon tushlarni uyqudan oldin tasavvurlariga keltirib, ularga turli nihoyalar yozishni “mashq qilishsa", ularga hattoki qo’rqinchli tushlar ham unchalik qo’rqinchli bo’lib tuyilmas ekan.
Ba’zi insonlar tush inson ongini band qiladi va shu tariqa tananing miriqib dam olishiga imkon yaratadi, degan fikrni ilgari surishadi.
Rostini aytganda, tushlar qanday paydo bo’lishini hech kim aniq bilmaydi. Ehtimol, tushlarning paydo bo’lishiga aniq javob sizning tushlaringizda ayon bo’lar.
Siz odatda qanday tushlar ko'rasiz?
Manba
@kitob_ombori
Hammasi sizning qanday qarashingizga bog’liq!
@kitob_ombori
Adabiyot darsida bir kursdoshim realizm va romantizmni farqini so‘radi. Ustoz savolga akdemik tarzda javob berdi. Ammo talaba baribir unchalik tushunmaganini aytdi. Ustoz kim bu talabaga tushunarli tarzda tushuntirib bera oladi deb auditoriyadan so‘radi. O‘sha payt xayolimga Rasul Hamzatovni "Mening Dog‘istonim" asaridagi jumla keldi:
"Realizm bu burgutni burgut deb ifodalash.
Romantizm esa tovuqni burgut deb ta'rif etishdir" deb javob berdim va bitta beshtni naqt qildim😁
@kitob_ombori
#Tavsiya
Adabiyot va tarix ixlosmandlari uchun ajoyib maskan. Kanalda kamyob hodisaga, ya'ni ilm va ijod uyg‘unligiga guvoh bo‘lasiz.
Marhamat: @Maktub_Gazeta
O‘RGAN STUDENT!
Jeyms Rivz degan yozuvchi bitta roman yozadi, ammo uni hech kim sotib olmasdi. Yozuvchi kitobini reklama qilishga qaror qilib, gazetalarga e’lon joylashtirdi: "Yosh milliarder erkak uylanish uchun yozuvchi Jeyms Rivz romanidagi bosh qahramonga o‘xshab ketadigan qiz bilan tanishishni istaydi".
Bir kundan keyin yozuvchi romani bitta ham qolmasdan sotilib ketgan ekan!
@kitob_ombori
Eng ko‘p qaysi nashriyotni kitoblarini sotib olgansiz?
Читать полностью…«Buyurtma post» 😉
O‘qishdan kelsam ishxonada chiroq o‘chgani sabab bollar kitob o‘qib o‘tirishibdi.
Shunda o‘ylab qoldim. Balki elektrosetdagilar chiroqni aynan xalqimizni telefon, tv, internetdan chalg‘ishsin, vaqtlarini, umrlarini bekor uvol qilmasdan kitob o‘qishsin deb atayin o‘chirishsa kerak.
P.S: yaxshi gumonda bo‘lorish kerak. Bir kun ishlamasak ishlamabmizda. Biz bilan kimni nima ishi bor
@kitob_ombori
Ba'zan kitobga kirib yashagim keladi.
U yerda baxtliroq bo'lsa kerak odamlar...
@kitob_ombori
Bilasizlar kanalda juda kam reklama qo‘yaman. Sabab, auditoriya ya'ni sizlar tufayli. O‘zim ham hadeb kuniga oldinma keyin havola qo‘yadigan kanallarda uzoq turmayman.
Ammo saviyali va maqsadli blog yuritadiganlarni doimiy kuzatib boraman hamda bunday blog egalarini hurmat qilaman. Bugun sizlarga ham o‘zim doimiy kuzatadigan blogni tavsiya etmoqchiman.
@quyoshtaraflarda
Mendan "postlarni, g‘oyalarni qayerdan olasiz? Manbaa bering!" deydiganlar shu yerdamisizlar? 😅Mana sizlarga manbaa
P.S: 1000 dan oshiraylik auditoriyasini
Ruhlari bir-biriga bogʻliq insonlar boʻladi.
Ularning koʻngli masofa qabul qilmaydi...
"Musulmonlarning o‘z ijtimoiy tarmog‘i bo‘lishi kerak", "musulmonlar birlashishi kerak", "olimlar xalqni uyg‘otishi kerak", "shu saytning o‘zbekchasini qilish kerak", "musulmonlar buning muqobilini chiqarishi kerak".
Shunga o‘xshagan "kerak"larni aytuvchilar juda ko‘payib ketdi. "Kerak" degandan keyin, o‘zi ham shuni qilishi va juda bo‘lmaganda hissa qo‘shishi kerak-da. "Kerak" deyishni hamma biladi va hamma eplaydi. Ammo "kerak"ni voqelikka aylantirish ham kerak. Bu esa erkaklarning ishi.
Shayx hazratlari rahimahulloh biror kishi ana shunday "kerak"lar haqida gapirganda, o‘sha kerakli ishni gapirganning zimmasiga yuklar va bajartirar edilar. Zero Alloh ham shunday o‘zgartirishlarni avvalo odamlarning o‘ziga yuklar va o‘zlari(nafslari)dan boshlashga buyuradi: "Albatta, to bir qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini o‘zgartirmas" ("Ra’d" surasi, 11-oyat).
@MubashshirAhmad
@kitob_ombori
NASRULLOH MUIN NAJAFOBODIY ― Eronning eng mashhur forsiyzabon xonandasi. Uning qo‘shiqlarini Eron, Afg‘oniston, Tojikiston, O‘zbekiston, Turkiya... Birlashgan Arab mamlakatlari, Amerika va Yevropada sevib tinglaydilar...
Muinning tiniq va shirali ovozi, ko‘ngilga xush yoqadigan nolasi, hech kimga o‘xshamagan raviyasi va nihoyat, qo‘shiq uchun matn tanlashdagi talabchanligi uning jahoniy shuhratini ta’minlagani shubhasiz. Uning ijrosida "Oshiqona" qo‘shig‘ini eshiting.
She’r muallifi eronlik shoira Furo‘g‘ Farruxzod.
@kitob_ombori
Bu post «jirafalar» uchun emas
Stendap nima ekanligini bu kanaldagi hamma bilsa kerak.
Bu intellektual kulgu. Ya'ni undagi hazillarni tushunish uchun IQ darajangiz normadan sal balandroq bo‘lishi kerak. Shunda oson yetib boradi.
Xullas, ertaga bizni yaqin do‘stlarimizdan biri kitobxon, stendapchi Abu Bakr Fozilov «Anomal yil yakuni» nomli konsert beryapti. Nomidan bilinib turibdiki, unda ko‘tariladigan mavzular oldindan «kutilmagan» (nimaga ishora qilganimni tushundizlar a? 😁)
O‘zim Toshkentda bo‘lganimda hammangizga bosh bo‘lib, birgalashib borar edim. Ammo ishonamanki meni yo‘qligimni bildirmasdan men uchun ham kulib kelasizlar.
Bilet yo‘g‘u menda degan xayol o‘tgan bo‘lsa, manetga kirib tugab qolmasdan tezroq oldi qatorlardan joy ovolinglar.
/channel/sahnastandup_bot?start=65538e72dc1cb_uz
Ha aytgancha, mendan do‘stimni kitob o‘qishga qanday qiziqtisam bo‘ladi deb so‘raydiganlarga tavsiya! Shu stendapga o‘sha o‘rtog‘izni ovoling. Ishonoring konsertdan keyin sizdan o‘qishga kitob so‘rab tashlaydi🤓
Joying tayin, choying ham.
Kelsang birga kitoblar oʻqiymiz, inshaAllah)
@kitob_ombori
#mood
Qish ilm olib, kitob o'qish uchun eng ideal paytdir,
Kun qisqa, tunlari uzoq va barakali. Bekorga "Qish mo'minning bahoridir" deyilmagan. Ilm olishga ko'proq jiddu jahd qiling!
@kitob_ombori