kitoblar_apk | Unsorted

Telegram-канал kitoblar_apk - Mobil kutubxona

12942

Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139

Subscribe to a channel

Mobil kutubxona

#iqtibos

Kitob ruhiyat davolovchisidir.

✍Yapon xalq maqoli

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Video
💿 “O‘tkan kunlar”ga qaytib… yoxud Abdulla Qodiriyning so‘nggi istagi

Birinchi o‘zbek romani – «O‘tkan kunlar» mazmun boyligi, milliylikning noyob tasviri va hissiy ta’siri jihatdan adabiyotimizdagi shoh asarlar qatorida turadi. Uning favqulodda muvaffaqiyati esa, tabiiyki, o‘zbek xalqining buyuk farzandi Abdulla Qodiriy shaxsi bilan bog‘liq.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Har bir ayol (erkak) oʻqishi kerak boʻlgan kitoblar:

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Kitob_taqdimoti
📢 3 ta siyosiy kitoblar taqdimoti

Taqdimotda siyosatshunoslar Kamoliddin Robbimov, Hamid Sodiq va Suhrob Boʻronov bilan "Manipulyativ diktatorlar", "Kuchsizlar kuchi" va "Yumshoq kuch" asarlari haqida qizgʻin suhbat boʻlib oʻtdi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📓 "Ong osti sirlari"
👤 Ozoda Turmuxamedova

Insoniyat borliqdagi barcha mavjudotlardan ongli hayoti bilan farq qiladi. Ong orqali fikrlaydi, borliqni anglaydi. Ongning imkoniyatlari juda cheksiz. Uni o‘stirib borish orqali juda ko‘plab yutuqlarga erishish mumkun.
Psixologiyada ong osti degan tushuncha ham borki, inson hayotida uning roli qanchalik muhim ekanligini hamma ham tushunavermaydi. E’tiboringizga havola etilayotgan kitobda ongning cheksiz imkoniyatlari, uni shakllantirish usullari haqida batafsil to‘xtalgan hamda mavzular hayotiy misollar asosida yoritib berilgan.


📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🗣️ 1000ta so’z bilan speaking qilish.

Jonli ochiq dars English Focus YouTube kanalida bo’ladi

15-sentabr soat 20:00da
Qatnashish BEPUL

Batafsil ssilka shu kanalda beriladi:👉 @englishfocusuz

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Dunyo_adabiyoti
🔘 Dunyo adabiyoti. Karlos Fuentes

Karlos Fuentes – Meksika yozuvchisi. Galiley mukofoti sovrindori (2000). “Bahavo o‘lka”, «Toza vijdon», «Muqaddas dargoh», «Gidraning boshi», «Olisdagi oila», «Diana yoki yolg‘iz ovchi ayol» va boshqa ko‘plab roman, qissa, drama, hikoyalarning muallifi. XX asrning atoqli adiblaridan biri. Asarlari juda ko‘p tillarga tarjima qilingan. Jumladan, «Artemio Krusning o‘limi» asari o‘zbek tiliga o‘girilgan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📓 "Men va pul"
✍️ Saidmurod Davlatov

Kitob pul sizga ishlashi, siz pulga ishlamasligingiz uchun nima qilish kerakligini tushunishga yordam beradi. Kitob yana fikringizni o‘zgartiradi, pul ishlashning har xil yo‘llarini ko‘rsatadi, kamroq vaqt sarflab ko‘proq pul topishga qobiliyatli qiladi. Moliyaviy erkin bo‘lish yo‘lini ochadi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#iqtibos

Kitoblarni ikki guruhga ajratish mumkin: kun kitobi va barcha kunlarning kitobi.

✍ Jon Ruskin

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Endi Speaking'ni yorvorasiz:

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📓 "Savdogarlar ustozi"
✍️ Ahadquli Xolmuhammad o‘g‘li

Ushbu risolada Imom A’zamning shogirdi Abdulloh ibn Muborakning tijorat bilan bog‘liq faoliyatib halolligi, taqvosi va o‘gitlari yoritib berilgan. Risolani o‘qigan har bir kitobxon Abdulloh timsolida savdo-sotiq ishlarida rostgo‘y va diyonatli bir kishining siymosi bilan yuzlashadi hamda o‘ziga tegishli xulosa chiqaradi degan umiddamiz.
Risolada quyidagi jihatlarga jiddiy e’tibor qaratilgan:
- Savdoda halol bo‘lmoq;
- o‘z vaqtida sotilgan molni qaytarib berish yoki qaytarib olishni bilish;
- birovning molini zo‘ravonlik bilan tortib olish;
- agar molga xarom aralashgan bo‘lsa, uning chorasini ko‘rish;
- savdoda yolg‘on qasam ichishdan ehtiyot bo‘lish kerak;
- nimani sotish joyizu, nimani sotish xarom ekanini bilmoq lozim;
- ribo(sudxo‘rlik)dan saqlanish lozim;
- tarozidan urib qolishdan ehtiyot bo‘lish;
- "najsh" qilmaslik - tovar(mahsulot)ning bahosini sun’iy ko‘tarish.


📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#iqtibos

Kitoblarning dushmanlari ham insonlarnikiga oʻxshashdir: olov, suv, vaqt va ichidagilar.

✍ Pol Valeri

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

✍ Tog'ay Murod
📓 "Oydinda yurgan odamlar"

Tog'ay Murodning 1980-yili chop etilgan «Oydinda yurgan odamlar» qissasi adibninggina emas, o‘zbek milliy adabiyotining noyob namunasi hisoblanadi. Bu asar yozuvchining eng dilbar va muallifning о‘z sо‘zi bilan aytganda, ,,ne kunlarni kо‘rmagan”, eng murakkab taqdirli qissasidir. Bu kitob О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi mukofoti bilan taqdirlangan. Ushbu qissa nomini о‘qishingiz bilanoq sizni allaqanday sirli-sehrli oydin kecha bag‘riga oladi. Ichingizga ajib bir nur о‘rmalab kiradi. Dil-dilingizni yoritib yuboradi. Qissa qahramonlari Qoplon va Oymomo farzand orzu-ilinjida kun, oy, yillarni bir-biriga ulab yashashadi. Hali tug’ilmagan bolaning bobosi, momosi bo‘lib zurriyotni, bir-birlarini ardoqlashadi. Tog‘ay Murod chol kampir hayotini g‘oyat nozik, g‘oyat shoirona tasvirlaydi. Chol-kampirning о‘zaro mehr-muhabbatini qо‘shiqdek kuylab beradi.

Kitob haqida

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Bir_kitob_haqida

📖 "Anna Frank kundaligi".

Adabiyotning kundalik yoki memuar janri – qahramonning ichki kechinmalarini xronologik tarzda va detallar bilan ko‘rsata olishi tufayli – tarixiy voqealarni tiklash kabi jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, ba’zi kundaliklar ovozini baralla eshittira olmagan insonlarning taqdiri sassizlik domiga singib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. 

Taniqli yozuvchi Yan Parandovskiy yozuvchilik iqtidorini ayniqsa urush vaqtida kundaliklar orqali ifoda etishning ahamiyati haqida shunday deydi:  “... shavqatsiz va mudhish urush ko‘pgina mamlakatlarda odamlarni qo‘lga qalam olib, boshidan kechganlarni yozishga majbur qildi. Do‘zaxni boshidan oxirigacha kesib o‘tgan odam yana qaytadan o‘zining odatdagi sukut halqasiga biqinib ololmasdi. Hatto bolalar ham qo‘llariga qalam oldilar. Masalan, o‘n to‘rt yoshli Anna Frank shunday qildi – uning Gollandiyada yashaganida boshidan kechirgan dahshatli yillari haqidagi kundaliklar qizaloqning yozuvchilik iste’dodi borligidan dalolat beradi. Bizda Polshada David Rubinovich degan yosh bola ko‘rimsiz daftarlarga istilo davrining dahshatli kunlarini yozib chiqqan ekan. Bu yozuvlar kishini yanada qattiqroq larzaga soluvchi shahodatnomalar bo‘ldi. Ular til-zabondan mahrum qilingan, urib-tepkilab, unut bo‘lishga mahkum etilgan millionlab odamlarning sadosi bo‘ldi”.  

Xabaringiz bo‘lsa, har yili 27 yanvar kuni Xalqaro Xolokost qurbonlarini xotirlash kuni sifatida yodga olinadi. 14 yoshli qizaloq Anna Frankning kundaligi Xolokostda qurbon bo‘lgan 6 million yahudiylarning eng yorqin ovozlaridan biri bo‘lib yangraydi. Anna oilasi bilan ikki yil davomida Gollandiyaning Amsterdam shahrida chordoqda berkinib yashagan, lekin ularni kimdir “sotgan” va fashistlar oilani topib, Osvensim (Aushvis-Birkenau) lageriga jo‘natishgan. Aynan shu sababdan Annaning kundaligi kutilmaganda uzilib qoladi. Anna Osvensimdan opasi Margo bilan Bergen-Belzen lageriga o‘tkazilgan va g‘alabaga yaqin, ya’ni 1945 yilning fevralida vafot etgan. Anna yoqtirgan Piter ham g‘alaba kunlarida vafot etgan.   

Annaning kundaligini fashistlar ag‘dar-to‘ntar qilgan chordoqda oilaga ikki yil davomida berkinishga yordam berganlardan biri bo‘lmish Miyep Giz ismli ayol topib olgan va lagerdan tirik qaytgan yagona oila a’zosi, ya’ni Annaning otasi bilan birgalikda kundalikning nashr etilishi uchun katta hissa qo‘shgan. Xilari Suenk bosh rolni ijro etgan “Ozodlik yozuvchilari” (Freedom Writers) filmini ko‘rgan bo‘lsangiz, u yerda o‘qituvchi va o‘quvchilar pul yig‘ib, Miyep Gizni Amerikaga taklif qilishadi. O‘quvchilar bilan uchrashuvda Miyep ularga aytadi: “Har biringiz kichik amallar va yo‘llar bilan bo‘lsa ham, qorong‘u xonada chiroq yoqa olasiz”. Bularning bari – bo‘lgan voqea.    

Xolokostni rad etuvchilar ushbu kundalik haqiqiy emasligi haqida ko‘p jar solishgan, lekin kundalik tarixchilar tomonidan juda ko‘p o‘rganilgan. 1958 yilda afsonaviy “nasistlarni ovlovchi” Simon Vizental kundalik haqiqiy ekanligining dalolati sifatida oilani hibsga olgan eses ofiserini topgan. Amsterdam markazidagi jajji chordoq hozirda Gollandiyaning eng mashhur muzeylari qatoriga qiradi.

Osvensim lagerida jami 1 million 100 ming odam o‘ldirilgan, ularning orasida fashistlar “untermensh” (noodam) deb tahqirlagan va ommaviy ravishda qirgan ozchilik guruhlariga tegishli insonlar, ya’ni “Iyegova guvohlari” diniy oqimi, lo‘lilar, LGBT vakillari va boshqalar bor. Osvensimda Sovet asirlari, jumladan kamida 100 ta o‘zbekistonlik ham bo‘lgan. Osvensimni ozod qilishda esa 39 millatdan iborat 1-Ukraina frontining 60-armiyasi ishtirok etgan, uning tarkibida 838 nafar o‘zbekistonlik bor edi. 

Anna Frankning kundaliklari dunyoda eng ko‘p o‘qilgan, hamda tarjima qilingan asarlardan bo‘lib, qator mamlakatlar maktablarida Ikkinchi jahon urushi, hamda fashizm va diskriminasiyaning salbiy oqibatlaridan voqif etish maqsadida o‘rganiladi.

Kitobni tinglash

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#iqtibos

Kitoblar ovozsiz muallimlardir.

✍ Peter Gille

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Zehniyatingiz uchun audio kitoblar:

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📓 "Rework"
✍ Djeyson Frayd

Bu kitobning mohiyati - agar biror narsa qilishni xohlasangiz, uni oling va bajaring, sizga ko‘p pul yoki bilim kerak yemas, kichikdan boshlang va olg‘a boring, rivojlaning. Kitobda hamma narsani puxta bajarish bilan birga, tadbirkorning ishini soddalashtirish va pulni tejash bo‘yicha maslahatlar juda ko‘p. Kitob juda sodda va tushunarli yozilgan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#iqtibos

Aqlli qoʻshning yoʻq boʻlsa, kitob bilan suhbat qur.

✍ Ozarboyjon xalq maqoli

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Dam olish onlari zehniyatimizni rivojlantiramiz:

🎬 Cho‘qintirgan ota (1-2-3)
🎬 Muhabbat oyatlari (1-2)
🎬 Hayot mamot
🎬 "Qashqirlar makoni: Gladio"
🎬 Virus
🎬 Uoll Strit Bo‘risi
🎬 Samo farzandlari
🎬 Quyosh bolalari (2020)
🎬 "Garovdagi qiz"
🎬 Xo‘p janob
🎬 Xatiko: Eng sodiq do‘st
🎬 "Risolat"
🎬 "Titanik"
🎬 "Kichkina tabib"
🎬 "Samarqandu Buxoroning qonli kechmishi"
🎬 "Joker"
🎬 "Shamolni jilovlagan bola"
🎬 "Murtadlar"
🎬 "Muhammad Allohning elchisi"
🎬 "Yangi Dunyo"
🎬 "Romeo va Julietta"
🎬 "Yangi politsiyachilar tarixi"
🎬 "Ertadan keyin"
🎬 "1917"
🎬 "Ford Ferrariga qarshi"
🎬 "Kitob o‘g‘risi"
🎬 "Uyda yolg‘iz" (1-2-3-4-5-6)
🎬 "Garri Potter" (1-2-3-4-5-6-7-8)
🎬 "O‘nta negr bolasi"
🎬 "Dunyo bo‘ylab 80 kun"
🎬 "Minari"
🎬 "Stiv Jobs"
🎬 "Javohir politsiyachi"
🎬 "Olimpning qulashi"
🎬 "Kakku Uyasi Uzra Parvoz"
🎬 "Uvays al Qaroniy hazratlari"
🎬 "Kichkintoy sayrga chiqdi"
🎬 "Platforma"
🎬 "Twilight | Сумерки" (1—5)
🎬 "Sen bilan uchrashguncha"
🎬 "Buyuk Getsbi"
🎬 "Interstellar"
🎬 "Umar Muxtor" (Sahro Arsloni)
🎬 "Vijdon amri"
🎬 "Otamdan qolgan dalalar"
🎬 "Gladiator"
🎬 "Wednesday" (serial)
🎬 "Dunyoning tugashi"
🎬 "Mo‘jiza" (1-2)
🎬 "Bishriy Hofiy"
🎬 "Logan"
🎬 "Oddiy askar Rayanning qaytishi"
🎬 "G‘urur va andisha"
🎬 "Hasan Basriy"
🎬 "Qochish rejasi"
🎬 "Sherlok" (serial)
🎬 "Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza"
🎬 "Robiya"
🎬 "Eltuvchi" (1-4)
🎬 "Pahlavonlarni bo‘ysundirgan Jek"
🎬 "Yashil kitob"
🎬 "Daniyalik kelin"
🎬 "Indiana Jons" (1-4)
🎬 "Sen mening uyimsan"
🎬 "Avatar"
🎬 "Dastlabki kod"
🎬 "Podolsk kursantlari"
🎬 "Shindler ro‘yxati"
🎬 "Yaxshi, Yomon va yovuz"
🎬 "Ayla: Urush qizi"
🎬 Ibrohim ibn Adham hazratlari (Ilohiy ishq)
🎬 "Qo'lingdan kelsa tutib ol"
🎬 "Qochqin"
🎬 "Niqob"
🎬 "Chernobil" (serial)
🎬 "Shamollarda qolgan hislarim"
🎬 "Otam va o‘g‘lim"
🎬 "Farengeyt bo'yicha 451"
🎬 "Maymunlar sayyorasi" (1-3)
🎬 "Botmagan quyosh"

Читать полностью…

Mobil kutubxona

BOLANI MUTOLAAGA O‘RGATISHNING 6 QOIDASI

1. O‘zingiz kitob o‘qing. Siz qanchalik ko‘p kitob o‘qib, uni turmush o‘rtog‘ingiz bilan muhokama qilsangiz, farzandingizning kitoblarga qiziqishi ortishi ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. Ya’ni qush uyasida ko‘rganini qiladi.

2. Kitob bozori bilan qiziqing va uyingizda yangi chiqqan kitoblar paydo bo‘lib turishini ta’minlang. Kitob do‘konlarini aylanib chiqing, internet saylariga murojaat eting. Hozir tanlov imkoniyati keng!

3. Farzandingizni gazeta-jurnallarga obuna qiling. Ular kitoblardek katta va vahimali ko‘rinmaydi, sahifalari rangli suratlar bilan bezatilgan bo‘ladi. Shu sababli bola uni o‘qishga osonroq kirishadi. Bundan tashqari bolalar har hafta yoki oy yangilik kutishni boshlaydilar.

4. Kitoblarga bag‘ishlangan tadbirlarga qatnashing. Masalan, kitob ko‘rgazmalari, yangi nashr taqdimoti. Bolangiz bu tadbirlarga siz bilan bormasa ham, u yerdan olgan taassurotlaringizni jon deb tinglaydi.

5. Maktab dasturini boyiting. Farzandingiz maktab dasturi bo‘yicha o‘qishi lozim bo‘lgan asar va uning muallifi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar topib, aytib bering. Shu asarning sahna variantini tomosha qilish uchun teatrga olib boring.

6. Birga vaqt o‘tkazing. Ba’zida farzandingizning bo‘yi bo‘yingizdan baland bo‘lsa ham, unga e’tibor kerak. Agar bola yetarli darajada katta bo‘lsa, u bilan birga biron kitobni mutolaa qilib, keyin shu haqida fikr almashing. Bu o‘smirni nafaqat kitob o‘qishga jalb etish, balki u bilan til topish uchun ham yaxshi imkoniyatdir.

✍ Shahnoza To‘raxo‘jayeva

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#iqtibos

Kitoblar yoqib yuborilgan joyda odamlar ham yondirilajak.

✍ Haynrix Hayne

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Mana o‘sha siz izlagan audio kitoblar:

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Koreys tilini noldan o‘rganing:

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Dunyo_adabiyoti
🔘 Dunyo adabiyoti. Yaroslav Gashek

Mashhur chex yozuvchisi Yaroslav Gashek 1883-yili Pragada tug‘ilgan. Uning ijodida ijtimoiy satira asosiy o‘rinni egallaydi. U o‘zidan 1500 dan ortiq hikoya, feleton va boshqa asarlarni qoldirgan.«Qotil sud oldida» (1907), «Shaxtadagi falokat» (1908) hajviy asarlari mashhur. Birinchi jahon urushi arafasida «Shovvoz askar Shveyk va boshqa ajoyib voqealar» (1911) hikoyalar to‘plami unga katta shuhrat keltiradi.
«Shovvoz askar Shveykning jahon urushidagi sarguzashtlari» hajviy-realistik romani (1921—23, asar tugallanmay qolgan) urushga va milliy zulmga qarshi yozilgan. Unda xalqning og‘ir turmushi yorqin obrazlarda aks ettirilgan. Bu asar ko‘plab xorijiy tillarga, shuningdek «Shovvoz Shveykning boshidan kechirganlari» nomi bilan o‘zbek tiliga tarjima qilingan (1971).

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📓 "Qoidalarsiz biznes"

Yangi biznes boshlagan va hatto ancha yilldardan beri biznes bilan shug'ullanib kelayotganlar uchun ham foydali qo‘llanma.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#RASMIY

DOKTORANTURA, MAGISTRATURA VA BAKALAVR IMTIXONLARI UCHUN CHET TILI SERTIFIKATI 📃 KERAKMI? UNDA BU IMKONIYAT AYNAN SIZ UCHUN!

3 yillik tajribaga asoslangan sifatli MULTI LEVEL kursiga yana bir bor qabul ochildi. Natija kafolatlanadi. Siz ham sertifikat ololasiz📈🎉

Batafsil ma'lumot, namunaviy dars va erishilgan natijalar bilan quyidagi linkda 👇👇👇 tanishishingiz mumkin👌

@multilevelaugust @multilevelaugust
@multilevelaugust @multilevelaugust
@multilevelaugust @multilevelaugust

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Dunyo_adabiyoti
🔘 Dunyo adabiyoti. Fridrix Dyurrenmatt

Fridrix Dyurrenmatt Shveytsariya yozuvchisi. 1921-yilda ruhoniy oilasida tug‘ilgan. «Buyuk Romul», «Keksa xonimning tashrifi», «Fiziklar» kabi sahna asarlari, «Tunnel», «Avariya», «Sudya va uning jallodi», «Shubha», «Va’da» kabi hikoya va romanlari bilan tanilgan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🎧 Ingliz tilini eshitib o‘rganing

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Янгилик

“Суюкли Пайғамбаримиз билан 365 кун” китоби сотувда.

Ушбу китоб  Пайғамбаримиз Муҳаммад (соллаллоҳу алайҳи васаллам) ҳаётларини содда, қисқа, қизиқарли услубда таништиради. Китобни ўқиш мобайнида суюкли Пайғамбаримиз ва саҳобаларнинг муборак ҳаётлари билан танишасиз.

Китоб:

- "Ixlos" китоблар дўконида
+998909090070
етказиб бериш хизмати мавжуд
- "Azon" китоблар дўконида
tel:+998998535550
етказиб бериш хизмати мавжуд
- "Qamar" китоблар дўконида
tel:+998998454400
етказиб бериш хизмати мавжуд
- "iBook" китоблар дўконида
tel:+998881181199
- Чорсу китоб расталарида сотувда.

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Dunyo_adabiyoti
🔘 Dunyo adabiyoti. Rabindranat Tagor

Rabindranat Tagor asarlari:
📖 "Xonadon va Jahon"
📖 "Halokat"
📖 "Nur va soyalar"

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…
Subscribe to a channel