Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
#iqtibos
Saraton balolardan sariq bo'ladi, balolar saratondan-da sariq bo'ladi.
✍ Tog‘ay Murod. "Otamdan qolgan dalalar"
📚 @kitoblar_apk
📚 "O‘zlikni anglash zavqi yoxud Sizni o‘zgartiradigan kitob"
✍️ Shavkat Razzoqov
👉 @kitoblar1
Kitoblar turkumi: Psixologik
Kitoblar tartib raqami: 161-180
📖 161. Chidash san’ati
📖 162. Bezovtalikdan xalos bo‘lish va yangi hayot boshlash sirlari
📖 163. Sabot ortidagi manzili
📖 164. Qanday qilib do‘st orttirish va odamlarga ta'sir ko‘rsatish mumkin
📖 165. O‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va Notiqlik san'ati
📖 166. O'z-o'ziga ishonch hosil qilish
📖 167. Do‘st bo‘lish yoxud olti qoida
📖 168. Muvaffaqiyat kaliti
📖 169. Baxtli bo‘lishning o‘nta siri
📖 170. Boy bo‘lishning o‘nta siri
📖 171. Dardingni sev
📖 172. Niyatning kuchi
📖 173. O‘lsang, kim yig‘laydi?
📖 174. O'z ustingda ishla
📖 175. Tentakning hayot tajribasi (1-kitob)
📖 176. Tentakning hayot tajribasi (2-kitob)
📖 177. Tentakning hayot tajribasi (3-kitob)
📖 178. Insonni o‘rganish ilmi
📖 179. Suhbatdoshni sirli boshqarish
📖 180. Imo ishoralar siri
Kitoblar turkumi: O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
Kitoblar tartib raqami: 181-200
📖 181. Alpomish
📖 182. Kuntug‘mish
📖 183. Rustamxon
📖 184. Ravshan
📖 185. Shahriyor
📖 186. Dalli
📖 187. Malikai ayyor
📖 188. Masposhsho
📖 189. Zulfizar
📖 190. Shirin bilan Shakar
📖 191. Go‘ro‘g‘li
📖 192. Go'ro'g'lining tug'ilishi
📖 193. Go'ro'g'lining bolaligi
📖 194. Go'ro'g'lining o'limi
📖 195. Yunus pari
📖 196. Gulnor pari
📖 197. Oysuluv
📖 198. Xoldorxon
📖 199. Avazxon
📖 200. Nurali
Kitoblar turkumi: Jahon adabiyoti klassikalari
Kitoblar tartib raqami: 201-220
📖 201. Buyuk Getsbi
📖 202. Sag'ri teri tilsimi
📖 203. Abadiyat qonuni
📖 204. Uliss
📖 205. Alvido, qurol
📖 206. Bovari xonim
📖 207. Gorio ota
📖 208. Oy va sariq chaqa
📖 209. Chol va dengiz
📖 210. Begona
📖 211. Vabo
📖 212. Yolg‘izlikning yuz yili
📖 213. Buzrukning kuzi
📖 214. Oshkora qotillik qissasi
📖 215. Parma ibodatxonasi
📖 216. Gobsek
📖 217. Uch qalb
📖 218. Oydin vodiy
📖 219. Muhabbat va matonat
📖 220. Oq so‘yloq
Kitoblar turkumi: Zamonaviy o‘zbek adabiyoti
Kitoblar tartib raqami: 221-240
📖 221. Muvozanat
📖 222. Isyon va itoat
📖 223. Sabo va Samandar
📖 224. Boqiy darbadar
📖 225. Genetik
📖 226. Bilga Xoqon
📖 227. Ozod
📖 228. Alisher Navoiy
📖 229. Hazrati Xizr izidan
📖 230. Galatepaga qaytish
📖 231. Urush odamlari
📖 232. Qora kitob
📖 233. Imom Moturidiy
📖 234. Jaziramadagi odamlar
📖 235. Sunbulaning ilk shanbasi
📖 236. Sho'rodan qolgan odamlar
📖 237. Ko'ngil ozodadur...
📖 238. Donishmand Sizif
📖 239. Jinlar bazmi yoxud katta o‘yin
📖 240. Murtad
#Dunyo_adabiyoti
🔘 Dunyo adabiyoti: Sofokl
Mana, oradan 2500 yilga yaqin vaqt o‘tdiki, qadimgi yunon fojianavisi, inson og‘riqlari, iztiroblari, g‘alayon va ojizliklarining buyuk tasvirchisi Sofokl qalamiga mansub asarlar hali-hanuz o‘z qiymatini yo‘qotmay, yozilgan paytlarda qanday hayajon qo‘zg‘agan bo‘lsa, hozir ham shunday hayratlarga sabab bo‘lmoqda, o‘sha davrda mazkur asarlar nechog‘lik ahamiyatli bo‘lsa, bugungi kunda ham shunday bo‘lib qolmoqda.
Sofokl asarlari vaqt yengolmaydigan, vaqt supurib tashlolmaydigan asarlar sirasiga kiradi. Aksincha, vaqt, asrlar, davrlar qanchalik olishsa, bu asarlar shunchalik ulug‘vorlashadiki, bunday xususiyatga jahon adabiyotida kamdan-kam asarlar sazovor.
📚 @kitoblar_apk
🟥🟥🟥 TIL SERTIFIKATI TEZ FURSATDA ZARURMI?
- Meta-Ta’lim | Turk tili markazida har bir darajani atigi 249.000 so’mdan o’rganing!
————————————————
Bakalavr, Magistratura va Doktaranturaga kirish imkoniyatini beruvchi TURK TILI Milliy sertifikat uchun tayyorlov boshlandi!
Hoziroq ro’yxatdan o’ting va chegirmalarga ega bo’ling😊
————————————————
👩🏻🏫 Menejerga bog’lanish
📞 (55)5006050
➖META-TA’LIM | Turk tili markazi
————————————————
Telegram Facebook javohir.sharopov?_t=8UwLWkxFoDR&_r=1">Tik-tok You-tube Instagram
O‘z ustingizda ishlash va rivojlanish uchun maxsus kitoblar to‘plami.
Читать полностью…Iqtidorli yoshlar uchun grantlar
⚡️10-11-sinfdagilar uchun ajoyib imkoniyat. Agarda siz kuchli bilim va iqtidor sohibi boʻlsangiz JIU sizni qidirmoqda.
JIU'da quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ingliz va yapon tillarida sifatli taʼlim olishingiz mumkin:
➖ IT
➖ Moliya
➖ Biznes Boshqaruvi
➖ Turizm
➖ Pedagogika
📣 28-oktyabr kuni JIU 1 yoshga toʻlishi munosabati BEPUL imtihon oʻtkazadi va bu imtihonda GRANT yutib olishingiz mumkin .
✅ Hoziroq ariza qoldiring va imtihonda qatnashib grant sohibi boʻling!
https://jiuuz.info/46UePds
#iqtibos
Oqar suvdan miya to'ladi. Oqar suvdan miya ravshan tortadi. Oqar suvda jon bor-da.
✍ Tog‘ay Murod. "Otamdan qolgan dalalar"
📚 @kitoblar_apk
👤 Jim Ron
📓 "Aql vitaminlari"
Bu kitob har qanday kompaniya, firma va tashkilotlarning biznesmen va rahbarlari uchun mo‘ljallangan. Mazkur qo‘llanma biznesmen uchun qiziqarli, shuningdek, endigina tadbirkorlikni rejalashtirayotgan insonlarga ham kerakli hisoblanadi.
Amerikalik mashhur biznes-faylasuf, chet el bestselleri Jim Ron maslahatlari kichik, yakka tartibdagi ishlab chiqarishdan tortib, to ulkan masshtabdagi transnasional korporasiya rahbarlarigacha juda zarurdir. Bu ko‘rsatmalar umumiy bo‘lgani uchun undan nafaqat tadbirkorlar, balki oddiy kishilar ham o‘zlariga kerakli hayotiy saboqni olishlari ko‘zda tutilgan.
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
Bo'laman degich el, bir-birini botirim deydi, bo'lmayman degich el, bir-birini etini yeydi.
✍ Tog‘ay Murod. "Otamdan qolgan dalalar"
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
O‘rtoq Lenin Turkistonni O‘zbakiya deb ataymiz, deb edilar. O‘rtoq Lenin so‘zi so‘z, gapi gap! Bilasanmi, o‘rtoq Lenin nima uchun Turkistonni yo‘q qilib, O‘zbakiya deb atamoqchi edi? Turkiston — turkiy xalqlar ota yurti. Shundan turkiy tuzemetslar otalari yurti Turkiston uchun qo‘llariga qurol olmoqda. Turkiy tuzemetslar otalari yurti Turkiston uchun jonlarini tikmoqda. Ana shu Turkistonni yo‘q qilib tashlasak, turkiy xalqlar qaysi otlik ota yurt uchun jihod qiladilar!
✍ Tog‘ay Murod. "Otamdan qolgan dalalar"
📚 @kitoblar_apk
👤 Piter Kelder
📓 «Tiklanish debochasi»
Tibet lamalarining qadimgi amaliyoti. Yoshartirish sir asrorlari.
1994-yilda «Sofiya» nashriyoti Svami Shivanandaning «Iogaterapiya»
kitobi bilan birga Piter Kelderning «Tiklanish debochasi» kitobini chop qildi.
Tiraj bir zumda tarqalib ketdi. Hamda ikki yil davomida aynan Peter Kelderning kitobini qaytadan nashr qildirish to‘g‘risida ko‘plab iltimoslar yozildi.
Ushbu kitobda aks ettirilgan mashqlar shu qadar samarali bo‘lib chiqdiki, bu kitob mamlakatdagi ko‘pgina maktablarga o‘quv qo‘llanmasi sifatida tavsiya qilindi.
Shunday qilib, amaliyotda biznesmendan toki nafaqaxo‘rgacha foydali bo‘lgan bu kichik kitobni chiqarish fikri namoyon bo‘ldi.
"Tiklanish debochasi" kitobida nafaqat Tibet lamalarining vaqt oqimini o‘zgartiruvchi shaxsiy kuchni oshirish uchun tana salomatligini va yoshligini saqlovchi va tiklovchi kitob bo‘lib qolmasdan qiziqarli badiiy asar ham bo‘lib qoldi.
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
O‘zbak qayerda tavallud topadi — ana o‘sha yerda o‘ladi! O‘zbak o‘z el-yurtida o‘ladi! O‘zbak o‘z o‘lan-to‘shagida o‘ladi! O‘zbak — ana shunday o‘zbak!
✍ Tog‘ay Murod. "Otamdan qolgan dalalar"
📚 @kitoblar_apk
📓 "Life management yoki muvaffaqiyat sirlari"
📚 @kitoblar_apk
#Bir_kitob_haqida
📖 Mahatma Gandi: "Mening hayotim
Sosiologlarning hisob-kitoblariga qaraganda, XX asrning birinchi shahsi Albert Eynshteyn bo‘lsa, ikkinchi shaxsi Mahatma Gandi ekan. Bu bejiz emas albatta. Mahatma Gandi o‘zining kechinmalarga boy hayoti bilan Hindiston xalqi uchungina emas, butun dunyo xalqlari uchun namuna bo‘lib qoldi. Hind xalqining asriy mustamlakachilik zulmidan abadiy xalos bo‘lishi aynan mana shu g‘oyaviy rahbar, davlat va siyosiy arbobning fidokorona va jangovar hatti-harakatlari bilan bevosita bog‘liq edi. Ayniqsa, uning "ahimsa" - kuch ishlatmaslik siyosati jahondagi ozodlik harakatlari uchun ibrat hisoblanadi.
"Mening hayotim" - tarjimai hol kitobi. Ammo u faqat muallif hayotigagina chizgilar bermaydi, balki tarjimai hol bahonasida Gandi o‘zining butun dunyoqarashlarini, hayotda ko‘zlagan maqsadlarini oshkora va xolisona ifodalab beradi. Bundan tashqari, mustamlakachilikday siyosatning naqadar jirkanchligini, uning alohida xalqlar emas, umuman jahon xalqlari boshiga beqiyos musibatlar solishini har jihatdan asoslab, fosh etadi. Ingliz mustamlakachilarini Hindistonday katta mamlakatdan haydab chiqarish oson ish emasdi, buning uchun sermillat hind xalqining vatanparvar kuchlarini bir yoqadan yuosh chiqarib kurashga boshlash zarur edi. Bu vazifani o‘z hindu diniga sodiq Mahatma Gandi uddaladi.
"Mening hayotim" mazmun boyligi bois o‘ziga xos kichik qomusni eslatadi. Unda tilga olingan hindu urf-odatlari, boshqa dinlarga oid ta’rif va sharhlar kitobxon dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi tayin. Har bir millatning shakllanishi, albatta, birinchi galda uning farzandlari qalbidagi Vatanparvarlik tuyg‘usiga tayanadi. Bu jihatdan Mahatma Gandining hayot yo‘li eng yaxshi misoldir. Kitob ravon, tushunarli tilda yozilgan bo‘lib, kitobxon uchun anglashilishi qiyin bo‘lgan o‘rinlar deyarli uchramaydi.
"Mening hayotim" kitobining o‘zbek tilida nashr etilishi, o‘ylaymizki, o‘zbek madaniy hayotida o‘ziga yarasha voqea bo‘lib qoladi va uning barcha kitob shaydolari uchun maqbul bo‘lishiga ishonamiz.
Kitobning elektron shakli shu yerda
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
Qayerda xushhavo tabiat bo‘ladi — o‘sha yer o‘ris uchun yurt bo‘ladi. Qayerda qorni to‘yadi — o‘sha yer o‘ris uchun yurt bo‘ladi. O‘ris — ana shunday o‘ris.
✍ Tog‘ay Murod. "Otamdan qolgan dalalar"
📚 @kitoblar_apk
#Bir_kitob_haqida
«Otamdan qolgan dalalar» – o‘z yurtida yelkasi oftob ko‘rmagan dehqon fojiasi
O‘z vaqtida mustamlakachilarning qonxo‘rliklari, dorilangan dalada zaharlangan bolalar, paxta terayotib jo‘yakda tug‘gan ayollar, mehnat-u azoblardan boshqasini ko‘rmay o‘zini yoqqan juvonlar, «o‘zbeklar ishi»da qurbon bo‘lgan minglab begunoh jonlar haqida eshitganmiz, o‘qiganmiz.
Shunday ko‘plab og‘riqli nuqtalarni iste’dodli yozuvchi Tog‘ay Murod ro‘yi-rost, qo‘rqmasdan, hayiqmasdan, sodda xalq tilida qalamga oladi. Serquyosh yurtda yelkasi oftob ko‘rmay yashagan, mehmon desa borini sarf qilgan, bolasidan qizg‘anib, mehmonga tutgan tanti xalq haqida o‘pkasi to‘lib-to‘lib yozadi.
Yozuvchi «Otamdan qolgan dalalar» asari boshiga quyidagilarni bitadi: «BMTning a’zosi mustaqil O‘zbekiston uchun bitdim. Ko‘nglimda el-yurtim yo‘lida nimaiki dardim bor ushbu romanimda to‘kib soldim». Roman markazida Dehqonqul obrazi turadi va bosh qahramon tilidan so‘zlab beriladi. Dehqonqul hikoyasini o‘z sarguzashtlaridan emas, balki ancha naridan – bobosi Jamoliddin ketmon, otasi surxoni Aqrabdan boshlaydi. Chunki ota-bobosi tarixini eslamay, bilmay turib Dehqonqulning xarakteri va qismatini to‘la-to‘kis anglay olmaymiz.
Bobosi Jaloliddin ketmon oqpodsho istilosi chog‘ida u tug‘ma mehnatkash, iymon-e’tiqodi butun shaxs. Zulmga qarshi beixtiyor olomon safida bo‘ladi. Oxiri xo‘rlikka chiday olmay yurti Farg‘onani tashlab, bosh olib ketadi.
Otasi surxoni Aqrab qizil imperiya tashkil topishi guvohi hamda qo‘li gul bog‘bon. Shu bilan birga, Aqrabda ona vatan, fuqarolik tuyg‘usi baland, yurt mustaqilligi, ozodligi uchun jangga kiradi. Matonat bilan yovni lol qoldirib, o‘z yurtida jon beradi. Asarda Aqrab obrazi orqali yurtimizda mustabid tuzumga qarshi olib borilgan bosmachilik harakatlari ochib beriladi.
Dehqonqul obrazi – sho‘rolar davri odami. Unga ota-bobolaridan faqatgina mehnatkashlik xislatigina meros bo‘lib qolgan edi. Otasi va bobosiga xos yursevarlik, erksevarlik, insoniy g‘urur, o‘zlikni anglash hissi unga butunlay begona edi. Sotsiolistik tuzumda voyaga yetgan Dehqonqul o‘ziga xos manqurt bir kimsa bo‘lib, faqat sadoqat bilangina mehnat qilishni biladi. U dehqonchilikni miridan-sirigacha o‘rgangan, har bir niholning dardini biladigan mohir dehqon, lekin yaqinlarining ahvolini sezmaydigan, his qilmaydigan shaxsdir.
Mash’al brigadir bo‘la turib qo‘li qisqaligidan, mototsikl olishga qurbi yetmaganidan, ayolining oddiy iltimoslarini bajarolmaganidan iztirobga tushmaydi. Kengashdagi o‘rni ham aniq – to‘rdagilar qarsak chalsa qarsak chaladi, oyoqqa tursa, oyoqqa turadi. Bozordan olgan 2 dona xurmo uchun yetim o‘g‘lining og‘zi-burnini qonga belaydi. Shunchalik mute va manqurt bo‘lib yetishadiki, qamoqqa olib ketishayotganda ham dala ishi, paxta terimini o‘ylaydi. Bu esa haqiqiy ma’noda sotsial tuzumning achchiq mevasi edi.
Paxta jo‘yagida uxlab qolishi sabab zaharlanib, vafot etgan 5-sinf o‘quvchisi Ziyod va uning o‘limiga shunchaki qaragan maktab direktori haqida o‘qigan kitobxon g‘azablanmay qolmaydi.
Ammo eng ayanchlisi, Dehqonqulning ayoli homiladorlik davrida qirmizi olmani faqatgina orzu qila olishi mumkinligi, kunduzi ishdan bo‘shamay, yarim kechasi non yopishi, umrida mehnatdan boshqasini ko‘rmagan, arzimas tilaklarigada yetolmagan juvonning o‘z joniga qasd qilishi, ya’ni o‘zini yoqib yuborishi haqiqiy fojia edi.
Aynan shu voqea orqali millat ayollari xarakteri va ularning fidoyiligi, ammo bu fidoyiliklari qadrlanmasligi, rag‘batlantirilmasligi ko‘rsatib berilgan. Ayolni o‘ziga tiriklay o‘t qo‘yishgacha olib borib, yana bu katta fojiani yashirishga uringan, bu yo‘lda hatto bechora ayolni aqldan ozganga chiqarganlar la’natlangan. Asli shunday manqurt kimsalar ham o‘zbek edi.
Millatning ayni fojiasi ham shu «o‘zingdan chiqqan balo»larning ko‘pligida edi-da. Ular mustamlaka tuzumning qo‘g‘irchog‘iga aylanib, o‘z qondoshi, jondoshi bo‘lmish o‘zbeklarga zulm qildi.
Asar orqali Tog‘ay Murod haqiqiy ma’noda o‘zbek xalqiga haykal qo‘yadi…
Gulasal Qodirova, kitobxon
Kitobning elektron shakli shu yerda
📚 @kitoblar_apk
✍ Bodo Shefer
📓 "G‘oliblar qonuni"
Yevropaning birinchi raqamli moliyaviy maslahatchisi Bodo Sheferning "G‘oliblik qonuniyatlari" kitobi.
Hayotda farovon turmush asoslarini barpo qilish yoki noshudlik orqasidan qashshoq yashash-shaxsan o‘zingizga bog‘liq ekanligi ruhiy-falsafiy tarzda sodda bayon etiladi. Ushbu kitob hayotda muzaffar bo‘lishni xohlaganlar uchun yozilgan.
📚 @kitoblar_apk
Har bir kitobxon o‘qishi shart bo‘lgan jahon adabiyoti durdonalarini yuklab oling. Top-35
01. Anna Karenina
02. Telba
03. Farengeyt bo‘yicha 451 daraja
04. Usta va Margarita
05. Andisha va g‘urur
06. Jarayon
07. Aka-uka Karamazovlar
08. Yolg‘izlikning yuz yili
09. Kichkina shahzoda
10. G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
11. Cho‘qintirgan ota
12. Martin Iden
13. Dorian Grey portreti
14. Choliqushi
15. Asrni qaritgan kun
16. Abadiyat qonuni
17. Qizil va qora
18. Buyuk Getsbi
19. Tirilish
20. Uch og‘ayni
21. Robinzon Kruzo
22. Begona
23. Uliss
24. Bovari xonim
25. Yevgeniy Onegin
26. Gorio ota
27. Otalar va bolalar
28. Cho‘l bo‘risi
29. Alvido qurol
30. Azizim
31. Iqrornoma
32. Uch mushketyor
33. Qimorboz
34. Buzrukning kuzi
35. Chol va dengiz
#iqtibos
Kofir deyin desam — bari o‘zbak bo‘zbolalar. O‘zbak deyin desam — bari kofirlar yo‘lidan yuribdi. Musulmon bo‘lib — musulmon emas, kofir bo‘p — kofir emas. Bundaychikinlarni kim deydi? Xunasa deydi-da!
✍ Tog‘ay Murod. "Otamdan qolgan dalalar"
📚 @kitoblar_apk
✍️ Kim Kiyosaki
📓 "Boy ayol"
Robert Kiyosaki: Mening nazarimda Kim zamonaviy ayollarning namunasi:
quvnoq, yaxshi do‘st, chiroyli, aqlli va boy. Pul va sarmoyadorlik haqida gap ketsa, ishoning, u nima deyayotganini yaxshi biladi. To‘gri, u qachonlardir hech narsani bilmasdi, ammo u ko‘z oldimda shogirdlikdan ekspertga aylandi. U boshqalarga o‘rgatayotganini o‘zi ham amalda qiladi. Men bu kitobga so‘zboshini chuqur ehtirom bilan - eng yaqin do‘stim, ish yuzasidan hamkorim va rafiqam uchun yozdim.
📚 @kitoblar_apk
#Dunyo_adabiyoti
🔘 Dunyo adabiyoti: Marina Svetayeva
Svetayeva Marina Ivanovna (1892.26.11, Moskva — 1941.31.. Tatariston) rus shoirasi. Moskva universiteti professori. Lozanna va Freyfurgdagi musiqa maktabi va katolik pansionda, Yaltadagi qizlar gimnaziyasida o‘qigan. Oktyabr to‘ntarishini qabul qilmay, 1922-yilda Pragaga, 1925-yilda esa Parijga ko‘chib borgan. Muhojirlikda muhtojlik va vatansizlik azobini boshidan kechirgan. Svetayeva 2-jahon urushi boshlanishi bilan SSSRga qaytib kelgan (1939). Ammo ko‘p o‘tmay, ruhiy iztiroblar orqasida o‘z joniga qasd qilgan. Dastlabki she’riy to‘plamlari — «Oqshom albomi» (1910) va «Sehrli fonar» (1912). 1916 yilga kelib, Svetayeva ijodining asosiy mavzui — muhabbat, Rossiya, she’riyat mavzui uzil-kesil shakllanadi. Svetayevaning 20-yillar avvaliga oid she’rlari oq gvardiyachilarning muhojirlikda nashr etilgan jurnallarida e’lon qilinadi.
Svetayeva she’riyati musiqiyligi, tovushning she’r musiqiy qurilmasidagi katta o‘rni va ahamiyati bilan ajraladi.
📚 @kitoblar_apk
📓 "Orzular qanotida"
Siz o‘zingiz haqingizda qanday fikrdasiz? Atrofingizdagi odamlar bilan munosabatlaringiz qay darajada? Nimalarga qodirsiz-u, hali nimalarni
o‘rganishingiz kerak deb o‘ylaysiz?
Agar siz yuqoridagi savollarga javob izlayotgan bo‘lsangiz, u holda ushbu kitobni o‘qib chiqing, risoladan o‘rin olgan testlar sizning ko‘pgina savollaringizga javob bera oladi, deb umid qilamiz.
📚 @kitoblar_apk
Mana, Endi ingliz tilini bemalol noldan o‘rgansangiz bo‘ladi. Hammasi shu yerdan boshlanadi:
Читать полностью…#Kitobdan_parcha
«Hozir besh million ishsiz aholi, inflyatsiya va mag‘lubiyat zahmati hukmron, chunki bungacha bizda shu qadar yaxshi ko‘radigan milliy hukumat bor edi: Chunki o‘sha hukumat buyuklik vasvasasiga berilib ketdi va urushni boshladi!
Chunki aynan o‘sha hukumat bu urushni boy berdi: Biz esa endi loyga botib o‘tiribmiz. Chunki hukumat siz shu qadar hurmat qiladigan mundir kiygan qo‘g‘irchoqlar va ahmoqlardan iborat edi; Vaziyatni o‘nglash uchun ularni qaytarish emas, balki mutlaqo yaqin yo‘latmaslik kerak, aks holda, ular bizni yana urush chohiga itarishadi va bu gal go‘ng orasida qolib ketamiz. Siz va sizning hamfikrlaringiz, ilgari yaxshi yashaganmiz, hozir yomon yashayapmiz, demak, avvalgi hukumatni qaytarish kerak, deb ta’kidlaysizlar. Aslida esa hozir yomon yashayapmiz, chunki bungacha bizda avvalgi hukumat bor edi, demak, uni asfalasofilinga yuborish kerak: Tushunarlimi?»
✍ Remark. "Qora haykal" kitobidan
📚 @kitoblar_apk
✍ Adam Jekson
📓 "Boy bo‘lishning o‘nta siri"
Biz oltmish besh yoshga yetganimizda to'qson foizdan ko‘pimiz yo hech vaqoga
yaramaydigan yoxud barbod bo‘lib tugagandek ko'rinamiz. Sakkiz foiz erkaklar va ikki foiz ayollarnigina moliyaviy jihatdan mustaqil deb atash mumkin bo‘lgani holda faqat bir foizgina aholini boy desa bo'ladi. Buning sababi nimada? O'sha bir foiz kishilarga boshqalar bilmaydigan yana nima narsalar ma'lum? Ular boshqalardan ko'ra aqlliroqmi? Ma'lumoti tuzukroqmi? Ko'proq mehnat qiladilarmi? Yoki ular taqdirning erkatoylari bo‘lgan oddiy baxtiyor insonlarmi?
Agar boylik hamma intiladigan shunday bir noyob narsa bo'lsa, nima uchun unga erishish yuzdan bir kishigagina nasib etadi? Nima uchun kishilar garchi o'z orzularini amalga oshirishga ojiz bo‘lsalar-da, buning uchun shunchalik ko‘p kuch va hissiyotlarini sarflaydilar? Kunlardan bir kun men ajoyib qariyani uchratdim. U menga Haqiqiy Boylikning barcha sir-sinoatini ochib berdi.
📚 @kitoblar_apk