kitoblar_apk | Unsorted

Telegram-канал kitoblar_apk - Mobil kutubxona

12942

Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139

Subscribe to a channel

Mobil kutubxona

🥳 Diqqat!!! Kitob sevarlar uchun ajoyib yangilik!

Meros loyihasi tomonidan  «Ramazon» hadiyasi.

"Ajdodlarimizdan bizga qolgan eng buyuk meros ilmdir" shiori ostida 14-kunlik  "BUYUK MEROS " ilmiy, amaliy marafoniga START bermoqda.

🎗️ Marafonda  2 ta kitob tanlab mutolaa qilinadi va shu kitoblar yuzasidan savollarga javob topgan 16 nafar  kitobxonlarga yuqoridagi kitoblar hadiya qilinadi. Marafonda barcha qatnashishi mumkin.


Bu mavsumda sizga qo'shimcha sovg'a sifatida quyidagi darslar o'tib beriladi:
➡️ Aniq maqsad qo'yish;
➡️ Nutqdagi kamchiliklarni to'g'rilash va qo'rquvni yengish;
➡️ Nafs tarbiyasi;
➡️ Shukronalik sirlari;
➡️ Dangasalikni yengish;

⚡️ Marafonda qatnashish shartlari:
10 ta yaqin do'stlaringizga shu postni yuboring va suratga olib qabuldagi adminimizga tashlaysiz.

Marafon Ramazon oyida start oladi.

Batafsil m'lumot: t.me/Meros_sahifasi

Ro'yhatdan o'tish uchun: buyuk meros

#реклама

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Ingliz tilini qanday o‘rgansam ekan deb yuribsizmi? Yechim shu yerda 🫰

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Kitobxon_fikri

​​Harper Lining "Mazaxchini o‘ldirish" kitobini tamomladim. Ochig‘i bu kitobni o‘qish menga oson bo‘lmadi. Chunki kitob boshida negadir meni o‘ziga jalb qilmadi, ozroq mutolaadan keyingina kitobning asosiy g‘oyalarini tushunishni boshladim.

Umuman kitob motivlariga qisqacha to‘xtalib o‘tsam. Kitobda ko‘tarilgan muammolar doimiy aktual bo‘lgan irqchilik, jamiyatga qarshi inson, adolat bolalar tabiyasi, o‘z e’tiqodini himoya qilish uchun to‘lanadigan "narx" va boshqalar. Umuman bu kabi muammolarni boshqa adabiyotlarda ham ko‘rishimiz mumkin.

Mazkur kitobning ajralib turuvchi jihati o‘quvchi Attikus Finchning jiddiy va xavfli kurashi haqida olti yoshli qiz Skaut prizmasi orqali tanishadi. O‘quvchilar voqelarga jajji qiz nigohi orqali zo‘ravonlik, o‘lim, iztirob va shafqatsizliklarni boshqa rakursdan qarash imkoniyati mavjud.

Kitobni albatta o‘qib ko‘rish kerak deb o‘ylayman.

©️Tohirov Mahmudjon

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

💖Mana o‘sha audio kitoblar:

💽 Ummu Gulsum
💽 Qalblar tizgini
💽 Olim yetishtirgan onalar
💽 Dor ostidagi odam
💽 Alvido, Vatan!
💽 Izlash
💽 Imomning maneken qizi
💽 Alfido
💽 Sohilsiz dengiz
💽 Nasroniy atirguli
💽 Bu ummatning qizi
💽 Ichindagi ichindadur
💽 O‘gay ona
💽 Til ofatlari
💽 Qiyomat va oxirat
💽 Halol luqma
💽 Jannatga taklifnoma
💽 O‘zini qidirgan odam
💽 Ey Farzand
💽 Qaynona
💽 Bir vijdon uyg‘onur
💽 Iskanja
💽 Vijdon azobi
💽 Hech bir uchrashuv tasodif emas
💽 Devona
💽 Saodat asri qissalari
💽 Yashamoq sokinlik istar
💽 Ey qizim
💽 So‘nggi to‘fon
💽 Qalb iffati
💽 Men Robiya

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Kitobxon_fikri
#Bir_kitob_haqida

"Atrof to‘la ahmoqlar" Tomas Erikson

Boshqalar bilan munosabatga kirishar ekanmiz har qancha xushxulq bo‘lsak ham qachondir biron muammoga duch kelamiz. O‘shanda sizga kimdir aqlli, kimdirlar esa g‘irt ahmoq bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Bir kishi o‘z yaqinlari, tanishlari bilan boshqacha bo‘lgani holda, ko‘chada va ishda umuman boshqa odamga aylanadi. Durustgina do‘stingiz bittasi bilan urushib qolganida haqiqiy lavaga aylanishi, boshqasi esa har qanday tushunmovchilikni chetlab o‘tishi mumkin. Bir paytda boshlangan ishlar turli kishilarda turfa natija bilan boshqa vaqtlarda tugaydi. Odamlar boshqa-boshqa xarakterli bo‘lsa-da, bir-biriga o‘xshash yoki judayam har-xildirlar.

Xo‘sh bunday vaziyatda qanday yo‘l tutmoq mumkin? Atrof to‘la ahmoqlar qurshovida jon saqlasa bo‘ladimi? Kitob bizga ayni mana shu muammolar haqida gapirib beradi. Odamlar nima uchun o'zlarini har xil tutishi, siz o‘zingiz bilan o‘xshash fikrlmagan yoki boshqacha qadam bosgan odamni g‘irt ahmoq deb o‘ylashingiz sababini ochiqlaydi. Bu narsa kishilarning biron muomma bilan kesishishida yoki stresli vaziyatlarda o‘zini qanday tutishida ko‘rinadi.

Masalan, shunday tanishingiz alabatta bor: butun dunyodagi yangiliklardan xabardor, kim qachon tug‘ulgan, kimning mushugi qanday ovqat yeydi, oylik qachon tushadi-yu, ob-havo ma‘lumotlarining qanday bo‘lishigacha biladi. Boshqasi esa judayam qiziqqon: va‘dangizni vaqtida bajarmasangiz, ishingizda imillaydigan bo‘lsangiz boshingizdan do‘l yog‘diradi. Biri esa judayam indamas va pismiq: ichida olov yonib tursa ham, o‘zini xotirjam va beparvo tutadi. Yoningizda e'tiroz qilmasa-da, siz ketgandan keyin g‘iybat qilishni xush ko‘radi. Kimdir esa barcha jarayonni yaxshilab kuzatib turadi: biron chalkashlik chiqarsangiz xatoyingizni faktlar bilan ispodlaydi. Yoki judayam tartibsiz va haddan ortiq toza stollar ko‘p narsani bildirish imkoniyatiga ega.

Bu holatlar odamlarning ahmoq yoki aqlli ekanligini uchun emas, shunchaki ularning turli temperamentlarga oidligi sabab yuz beradi. Muallif bu xarakter tiplarini ranglarga bo‘lib chiqqan. Hamma qaysidir rangga kirishi yoki ularning kombinatsiyasidan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Kitobni o‘qigan kishi yuqoridagi savollarga bemalol javob topa oladi. O‘zidagi kamchiliklar, yutuqlar, atrofdagi insonlar haqida yanayam ko‘p narsani bilib oladi. Kishilar bilan munosabati, ularni tushunishi yanayam yaxshilanadi. Biron vaziyatda turfa xarakter tiplariga mos ravishda qaror qilishni o'rganadi.

Kitob bir qarashda oddiy ma‘lumotlar bilan yozilgan bo‘lsa ham, muallif judayam qiziqarli uslub qo'llagan. Yumorga boy sarlavhalar, gaplarni o‘qirkansiz to'xtalish yoki biron zerikish paydo bo‘lmaydi. Har bir bo‘lim va rang uchun ajratilgan bir xil sahifalar, keltirilgan hayotiy misollar mutolaaga yanayam zavq bag‘shlaydi.
Oxirgi marta qachon maza qilib kitob o‘qiganim yodimda yo‘q payt qarshimdan chiqqan bu topilma mutolaaga qayta, shu bilan birga katta shavq bilan qaytishimga sabab bo‘ldi.
Kitob yaqinda YAA nashriyotidan chiqdi. Dizayn, sifat, o‘qilishga qulay shrifti judayam ajoyib. O‘qib chiqishingizni qattiq tavsiya qilaman.©

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📣 Arab tilini sevuvchilar uchun ajoyib yangilik

FAQAT AYOLLAR UCHUN


(Barcha yoshdagilar uchun)

Siz ishlaysizmi? Yoki o'qiysizmi? Yoki uyda bo'lasiz-u farzandlardan ortib tayin vaqt ajratishga qiynalasizmi?  Unday bo'lsa bu kurs aynan siz uchun.🔥

🧑‍💻Kurslarimizda:
✔️ Arab tilida o'qishni noldan boshlab oʻrganasiz

📆Darslarimiz haftada 2 kun. Kuni va vaqti tolibalar bilan maslahatlashiladi

🎞Dars shakli: onlayn
Darsni ko'p yillik tajribali ustoza o‘tadilar.

💰toʻlovlari: oyiga
Arab tili 150 ming

⤵️Ro'yxatdan o'tishga shoshiling!
20-FEVRALDAN DARSLARIMIZ BOSHLANADI

👉 MUROJAAT UCHUN:
/channel/+whl6Tt7JUE5hMDMy

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📚 Hatto, Elon Mask ham haftasiga bitta kitob o'qiydi! Biz-chi?!

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Bir_kitob_haqida

Bekzod O‘ktam: Butparastlikdan qutultiradigan bir roman haqida

Murod Chovush “hech” narsa yozib, 60 betlik roman bilan ham adabiyotda qolish mumkinligini isbotlab berdi. Uning “Hech” asariga adabiyotshunos Mahmud Sa’diy “Men bunga o‘xshash ijodiy izlanishni o‘zbek adabiyotida boshqa uchratmaganman”, deya ta’rif bergan bo‘lsa, yozuvchi Nazar Eshonqul “...ifoda usulidan tortib tilga, voqelikka, insonga, makonga, zamonga, mavjud tafakkur va tasavvur qoliplariga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra zamonaviy adabiyotimizda dunyo badiiy mushohadasi silsilalari, xususan, Prust, V.Vulf, Bekket, Ionesko, M.Puig, Murakami bilan bo‘ylashmoqchi bo‘lgan o‘ziga xos tajribalardan biridir” deydi.

“Hech” – o‘z nomi bilan hech narsa haqida, aytarli voqea, syujet yo‘q, qahramonlar ham xayol surayaptimi, tush ko‘rayaptimi, o‘zi bilanmi, boshqa birov bilan gaplashyaptimi, ora-orada qabridan chiqib o‘tirgan bir pari bilanmi, uyda suvarak bilan suhbat qurib qolinadimi-yey, dabdurustdan bilib bo‘lmaydi. Asardagi ko‘p yaxshi fikrlar yangi emasdek, yangi fikrlar esa yaxshi emasdek ham tasavvur uyg‘otadi.

Olmoshsiz dialoglar berib ketilaveradi, “men” gapirayaptimi, “senmi” yo “u”, birdaniga bilib ololmaysiz. Ammo ozgina diqqat qilinsa, kim nima deyayotgani oydinlashadi va matnga ortiqcha to‘n kiydirishga hojat yo‘qligi anglashiladi. Ko‘p kitoblarda ko‘rib ko‘zimiz o‘rgangan-da, “Falonchi qo‘lini ko‘tarib, undoq dedi”, “Pistonchi burnini jiyirib bundoq dedi”... Yozuvchi qanday voqea yuz berayotgani, qahramonlari nimani o‘ylayotganini shunday “chaynab” tashlaydiki, o‘quvchining ozgina bo‘lsin fikrlashiga imkon va ehtiyoj qolmaydi. Bunday asarlarda faqat tafsilotlar bilan tanishasiz, voqealarni ko‘rasiz.

“Hech” esa kishini o‘ylashga, mushohada yuritishga undaydi. U bekorchilikdan, yo bo‘lmasa ishdan qaytib, 4–5 varaq kitob o‘qib qo‘yay, degan xayolda qo‘lga olinadigan asar emas. Lekin aytib qo‘yay, ramzni, g‘oya va maqsadni anglamagan o‘quvchining hafsalasi pir bo‘lishi tayin.
Odam bu dunyoga nima uchun keladi? Yashashdan maqsad nima va ayrimlarning hayoti tussiz ko‘rinish olishiga sabab ne? Hayot haqida mudom tafakkur qiladigan odamga bu dunyoda yashash shunchalar og‘irmi va hech narsa haqida o‘ylamaydigan, butun tashvishi yeb-ichish atrofida aylanadigan kishiga shunchalar osonmi?

Murod Chovush shu paytgacha “Hech”dan tashqari uning davomi bo‘lgan va hajman uncha katta bo‘lmagan “Qora dengiz” asarini va ijtimoiy tarmoqlarda ayrim bitiklarini e’lon qildi, xolos. Shularning o‘ziyoq uni katta yozuvchi sifatida tanitdi. Bir vaqtlar hukmron tuzumni alqab tom-tom kitoblar yozgan va unutilishga mahkum ijodkorlardan ko‘ra, kichik kitob bilan badiiyat olamida o‘z mustahkam o‘rniga ega bo‘lish har holda oddiy hodisa emas.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Kitobxon_fikri

​​"Aziz Nesin hikoyalari men uchun bolaligim hikoyasidir"

​​Bolaligimda tuman kutubxonasining bir necha ming kitobini oʻqib chiqqanman. U paytda na bir bukblogerlar, na bir yoʻl koʻrsatuvchi odam bor edi. Adabiyot darslarida nima qilganimiz esimda yoʻgʻu, har holda kitob haqida gaplashmaganimiz aniq. Juda koʻp kitobni tushunmasdan oʻqib tashlayverganman, shu bois yodimdan koʻtarilgan. Biroq Aziz Nesin yodimda qolgan.

Uning bolalar haqidagi hikoyalari qandaydir shoʻx, quvnoq, samimiy ruhda yozilgandi. Oʻsha hikoyalardagi bolalar atrofimdagilarga juda oʻxshardi. Ularning oʻylari, oʻyinlari tanish edi. Balki shu uchun ham yodimda qolib ketgandir.

Ulgʻaygach esa Aziz Nesinning boshqa qirralarini kashf qildim. Endi u bolalar haqida yozadigan tasavvurimdagi xarizmatik amaki emas, isyonkor shaxs edi. Turkiya koʻchalarida minglab olomon uni oʻldirish uchun koʻchaga chiqqandi oʻz zamonida. Aziz Nesin jamiyat yuziga koʻzgu tutgandi, odamlarga esa koʻzgudagi qiyofalari yoqmagandi.

Uning hikoyalari yumorga boy. Shu bilan birga tag ma'noda achchiq istehzo sezilib turadi. Kitob doʻkonlarida kitoblarini baʼzan koʻrib turardim. "Akademnashr"dan yaqinda hikoyalari nashr qilinibdi Aziz Nesin hikoyalari men uchun bolaligim hikoyasidir.

Ilhom Salimov

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📔"Kitoblar bizning hayotimizni butunlay boshqa o‘zanga burib yubordi..."

Farida Afro‘z

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Aziz Nesin (1915-1995)

▪️ Asl ismi Mahmud Nusrat.

▪️ «Shunday bo’ldi, bunday bo’lmaydi» avtobiografik qissasi, «Aziznoma» hajviy she’rlar va «Mamlakatlardan birida» hajviy hikoyalar to’plamlari mavjud.

▪️ O’zbekistonda bo’lib o’tgan Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining Toshkent anjumanlari ishtirokchisi (1965).

▪️ Aziz Nesin: «Mening hajvdan maqsadim - o‘zim yashayotgan jamiyat va davrni aniq ko‘rsatib berishdan, inson bolasining beo‘xshov va hissiz rasmiy hujjatlarga kirolmaydigan yurak tepishini bayon etishdan iborat».

▪️ L. Lench: «Siz boshdan to tirnog‘ingizning uchiga qadar turksiz, xuddi shu milliy xalqchil o‘ziga xoslik sizning yorqin iste’dodimizning eng kuchli jihatidir».

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📣 Audio kitoblarning bir faylga jamlangan to‘liq shaklini izlayapsizmi? Mana ular: ⤵️

💿 Qur’oni Karim (O’zbek tilida ma’nolar tarjimasi)
💿 Payg‘ambarlar tarixi
💿 Tarixi Muhammadiy
💿 Ilm olish sirlari
💿 Amir Temur saltanati
💿 Qiyomat va oxirat
💿 Mahzun bo‘lma
💿 Riyozus solihiyn
💿 Ulamolar nazdida vaqtning qadri
💿 Hazrat Umar
💿 Alkimyogar
💿 Million dollarlik xatolar
💿 Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar
💿 O‘tkan kunlar
💿 Mehrobdan chayon
💿 Chunki sen Allohsan...
💿 Munabbihot
💿 Halqa
💿 Jangchi
💿 Turmush o‘rtog‘imning tengi yo‘q
💿 O‘kinma
💿 Jannat vasfi
💿 Turkiston qayg‘usi
💿 Oq nilufarlar yurtida
💿 Jarayon
💿 Men: Bas qil, ey nafs!
💿 Sir: Oshiqlar o‘lmas
💿 Ey qizim
💿 To'siqlarga qaramay sevdik
💿 Yashash fursati
💿 Partiyaning oltinlari
💿 Mungli ko‘zlar
💿 O‘nta negr bolasi
💿 Ajal ta'qibi
💿 Izlash
💿 Hazrat imom al-Buxoriy
💿 Otamdan qolgan dalalar
💿 Tanishishni unutibmiz
💿 Imomning maneken qizi
💿 Iblis va Prim xonim
💿 O‘gay ona
💿 Halol luqma
💿 Gonkongdan kelgan tobut
💿 Ikki karra ikki — besh
💿 Kaktuslar ham gullaydi
💿 Oybegim mening
💿 Buyuk boburiylar tarixi
💿 Devona
💿 Alpomish
💿 Millioner singari fikrlashni o'rganing
💿 Boburnoma
💿 Jumali
💿 Portobello jodugari
💿 Daftar hoshiyasidagi bitiklar
💿 O‘lsang kim yig‘laydi
💿 Sarafan Marketing
💿 Jimjitlik
💿 Morrining seshanba darslari
💿 Quloq oshiq bo‘larkan ko‘zdan avval
💿 Mafiya a'zosining iqrori
💿 Oshxonadagi qotillik
💿 Ravshan
💿 Bir vijdon uyg‘onur
💿 So‘nggi to‘fon
💿 Hazrati Uvays Qaraniy
💿 Odamiylik mulki
💿 Peshonamdagi nur
💿 Dor ostidagi odam
💿 Voy, onajonim!
💿 Dunyoning ishlari
💿 Vido cho‘qqisi
💿 Temur tuzuklari
💿 Dunyoni anglash kitobi

Читать полностью…

Mobil kutubxona

⤵️Ko'z yoshlarga g'arq qilgan asar...

📖 Yuy Xuan: "YASHAMOQ"

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📣 Audio kitoblarning bir faylga jamlangan to‘liq shaklini izlayapsizmi? Mana ular: ⤵️

💿 Qur’oni Karim (O’zbek tilida ma’nolar tarjimasi)
💿 Payg‘ambarlar tarixi
💿 Tarixi Muhammadiy
💿 Ilm olish sirlari
💿 Amir Temur saltanati
💿 Qiyomat va oxirat
💿 Mahzun bo‘lma
💿 Riyozus solihiyn
💿 Ulamolar nazdida vaqtning qadri
💿 Hazrat Umar
💿 Alkimyogar
💿 Million dollarlik xatolar
💿 Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar
💿 O‘tkan kunlar
💿 Mehrobdan chayon
💿 Chunki sen Allohsan...
💿 Munabbihot
💿 Halqa
💿 Jangchi
💿 Turmush o‘rtog‘imning tengi yo‘q
💿 O‘kinma
💿 Jannat vasfi
💿 Turkiston qayg‘usi
💿 Oq nilufarlar yurtida
💿 Jarayon
💿 Men: Bas qil, ey nafs!
💿 Sir: Oshiqlar o‘lmas
💿 Ey qizim
💿 To'siqlarga qaramay sevdik
💿 Yashash fursati
💿 Partiyaning oltinlari
💿 Mungli ko‘zlar
💿 O‘nta negr bolasi
💿 Ajal ta'qibi
💿 Izlash
💿 Hazrat imom al-Buxoriy
💿 Otamdan qolgan dalalar
💿 Tanishishni unutibmiz
💿 Imomning maneken qizi
💿 Iblis va Prim xonim
💿 O‘gay ona
💿 Halol luqma
💿 Gonkongdan kelgan tobut
💿 Ikki karra ikki — besh
💿 Kaktuslar ham gullaydi
💿 Oybegim mening
💿 Buyuk boburiylar tarixi
💿 Devona
💿 Alpomish
💿 Millioner singari fikrlashni o'rganing
💿 Boburnoma
💿 Jumali
💿 Portobello jodugari
💿 Daftar hoshiyasidagi bitiklar
💿 O‘lsang kim yig‘laydi
💿 Sarafan Marketing
💿 Jimjitlik
💿 Morrining seshanba darslari
💿 Quloq oshiq bo‘larkan ko‘zdan avval
💿 Mafiya a'zosining iqrori
💿 Oshxonadagi qotillik
💿 Ravshan
💿 Bir vijdon uyg‘onur
💿 So‘nggi to‘fon
💿 Hazrati Uvays Qaraniy
💿 Odamiylik mulki
💿 Peshonamdagi nur
💿 Dor ostidagi odam
💿 Voy, onajonim!
💿 Dunyoning ishlari
💿 Vido cho‘qqisi
💿 Temur tuzuklari
💿 Dunyoni anglash kitobi

Читать полностью…

Mobil kutubxona

SIGIRGA MUSIQA CHALIB BERMOQ

Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonda Gong Min I ismli bir sozanda bo‘lgan ekan, u chin (qonun)ni nihoyatda yaxshi, ta’sirchan qilib chalarkan. Bir kuni sozini olib sayr qilib yursa, bir daryo yoqasidagi yaylovda boshini ko‘tarmay o‘tlab yurgan sigirni ko‘rib qolibdi.

Daryo suvlari sharqirab oqar, cho‘pon yigit chalayotgan nay sadolari atrofga taralar, tevarak atrof ajib manzara kasb etgan ekan. Bundan juda ham ta’sirlangan sozanda sigirga qarab zavq bilan kuy chala boshlabdi. U astoydil chalar, kuy ham nihoyatda yoqimli ekan. Ammo sigir umuman e’tibor qilmas, pinagini buzmasdan boshini ko‘tarmay hamon o‘tlab yurar, xuddi kishi qalbini titratib yuboradigan musiqani eshitmayotgandek ekan.

Sigirning beparvoligini ko‘rgan sozanda g‘oyatda darg‘azab bo‘libdi. Yaqin oradan o‘tib ketayotgan bir kishi unga tushuntirib debdi: «Chalganlaring yoqimsiz emas, sigir sen chalgan musiqani tushunmaydi! Hech zamonda sigirga ham nag‘ma qiladilarmi?»

Hozir xitoyliklar bu iborani tinglovchi ikkinchi tomon nima deyayotganini tushunmagan yoki so‘zlovchi eshituvchini ko‘rmay, to‘g‘ri tanlay olmagan holatlar ustidan kinoya qilib keltiradilar. O‘zimizda «eshakning qulog‘iga nag‘ma chalmoq», «eshakning qulog‘iga azon aytmoq», «devorga gapirmoq» iboralari ishlatiladi.

📘 Sariq ajdar o‘gitlari

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🎬 "Kitob yozishning "mazasi" kitob oʻqishdan oʻn karra totliroq boʻladi!"

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📘 Andrey Platonov: Jon

O‘zbek o‘quvchisi, agar chin ma’noda kitob qurti bo‘lmasa, Andrey Platonov ijodi bilan tanish emas. Platonov nafaqat o‘zbek o‘quvchilari orasida, rus adabiy dunyosida ham haligacha chuqur o‘rganilmagan.

20-asr rus adabiyotida so‘zi va adabiy qarashlari tufayli Stalinning dahshatli tanqidlariga ro‘para kelgan va barcha davrlarning eng battol qonxo‘ridan o‘lim yorlig‘ini olmay qolgan ikki yozuvchidan biri bu Platonov. Albatta jabr chekmay qolish degani nisbiy, Stalin o‘z o‘ljalari bilan o‘ynashadigan chiyabo‘rilar singari qurbonini holi qo‘ygan bo‘lib, yo uning xotini, yo farzandi yo otasi boshini kundaga qo‘yib o‘ynashgan, bundan zavqlangan. Platonovning chekiga farzandi, jigarbandini Stalin turmalarida azobga tortilishini, xor etilishini ko‘rish, buning azobini tortish tushgan.

Shu ma’noda Platonovning aksar asarlarida turli ko‘rinishlarda Stalin obrazi gavdalanadi. Qo‘rqinchli, haybatli, bemehr, sovuq va qahrli.

©️

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Nima uchun asaringiz nomini "Hech" deb nomlagansiz?

Murod Chovush: — "Hech" nomini Rauf Parfi tanlagan. Men "Hech narsa haqida bu kitob," - deb ustozga ko‘rsatganman. U: "Bir fransuz shoiri hech narsa haqida yozgan, bu "Hech" bo‘ladi," - deb keskin aytgan. Keyin bilsam, Rauf akaning "Sukunat" nomli kitobida “Hech narsadan boshlangan dunyo, hech narsani tan olmas go‘yo,” - degan go‘zal misralar bor ekan. O‘shanda, men Rauf akaga "aql" o‘rgatmoqchi bo‘lganman "Siz tushunmaysiz," deb. Shunaqa gaplar.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📘 Turkistonda jadidchilik

Turkistonliklar orasida birinchi bo‘lib Behbudiy Gaspralining til birligi g‘oyasini keng targ‘ib qildi va quvvatladi. Behbudiy bu masala yuzasidan Turkiston shaharlarida o‘ziga xos so‘rovnoma va tajriba ham o‘tkazdi. Behbudiy o‘zining sotsiologik tadqiqoti davomida umuman gazeta o‘qimagan, boshqa turkiy xalqlar tilidan xabari yo‘q oddiy odamlarga turli gazetalarni o‘qitib eshittirdi va shu yo‘sinda Turkistonning turli hududlaridan gazetalarning “tili” bo‘yicha fikrlarni jamladi, umumiy xulosa berdi.

Behbudiy o‘tkazgan tajriba va so‘rovnomasi asosida turkistonliklar uchun Gaspralining “Tarjimon” gazetasi, sibirlik, asli buxorolik tujjorning avlodidan bo‘lgan, XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Abdurashid qozi nomi bilan tanilgan Abdurashid Ibrohimovning “Mirʼot” jurnali hamda “Ulfat” gazetasining tili ko‘proq tushunarli degan xulosaga keldi. Va «chorak asrdan beri millatimizga til, qalami, qalb quvvati bilan xizmat qilgan, yangi matbuotimiz raisi ham otasi janob Ismoilbek hazratlariga til bobida ergashmoq Rossiyadagi hamma muharrirlarga lozim» ekanligini tavsiya qildi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#iqtibos

Vaysaqilik qobiliyat emas, odam oʻz baxtsizligini yashirish uchun qiladigan niqob. Odamzod qancha vaysasa, bilingki, u shuncha baxtsizdir.


📘 "Qora kitob", Nazar Eshonqul

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🇬🇧 General English darajangizni  oshirmoqchimisiz ?

Sizlarga har kuni Grammatika va Vocabulary bo‘yicha video darsliklar tashlanadigan foydali kanalni tavsiya qilmoqchiman 👇

↪️Agar siz Ingiliz tilini o‘rganayotgan bo‘lsangiz;
↪️Grammatika va Vocabulary darajangizni ochirishni istasangiz;
☑️Bu kanal sizga albatta yordam beradi!

➡️ t.me/AzizabonuAsatullayeva
➡️ t.me/AzizabonuAsatullayeva

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📚 Hozirda shu kitoblar ko‘p so‘ralyapti. Shu sababli ularni bitta ro‘yxatga jamladik:

1️⃣. Izlash
2️⃣. Dunyoni anglash kitobi
3️⃣. MEN: Bas qil, ey nafs!
4️⃣. SIR: Oshiqlar o‘lmas
5️⃣. LOL: Har shaharning o‘z egasi bor...
6️⃣. Hech bir uchrashuv tasodif emas
7️⃣. Kaktuslar ham gullaydi
8️⃣. Qalb iffati
9️⃣. Qaytganimda uyda bo‘l
1️⃣0️⃣. Duo taqdirni o‘zgartiradi
. Bir olima qiz bor edi

Читать полностью…

Mobil kutubxona

РУС ТИЛИ онлайн курс

Фан устозлари ва умумий гурухларда


☑️🙊🛎Бошлангич гурух шаклида 200 минг (21:00 да нольдан янги гурух очиляпти ва 2 та укувчига жой бор)

☑️🔴Иш фаолиятингиз ва рус синфларда дарс бериш учун разговорныйга таййорлов ва ривожлантириш гурухлари

✔️🤝 Даражангизга мос гурух доим бор, гурух очилишини кутмайсиз

☑️ 🔴Грамматика+ разговорныйга каратилган осонлаштирилган курс

✔️🔴 Нольдан В2 даражасига обчикиш

🔴 Дарслар жонли ва хафтасига 3 кун булади.

Админ. @TchLova

👇👇👇👇👇
/channel/+BWeBi7B1M8ZlOWEy

Читать полностью…

Mobil kutubxona

👉 Endi Rus tilini yorvorasiz.
Qanday shaklda o‘rganishni o‘zingiz tanlang:
▶️ Audiokurs
🎵 Videokurs
📺 Filmlar
📚 Kitoblar
🗂 Lug‘atlar (3000 so‘z)
🖥 Grammatika

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🇹🇷Turk tilini mazza qilib o‘rganing:
Tanlash sizdan👇

▶️ Audiokurs orqali o‘rganish
🎥 Videokurs orqali o‘rganish
🎬 Film va seriallar orqali o‘rganish
🖥 Foto lug‘atlar orqali o‘rganish
📖 So‘zlashgich orqali o‘rganish
🗂 Tizimli o‘rganish
🔼Maydalab o‘rganish
😀 Qo‘shiqlar orqali o‘rganish
💿 Multfilmlar orqali o‘rganish
😀 Audiokitoblar orqali o‘rganish
📚 Kitoblar orqali o‘rganish
🗂 So‘z boyligini keskin oshirish
💬 «So'zlashuv» darslari

Читать полностью…

Mobil kutubxona

✍ Shayx Ali Tantoviy
📖 "Islomni tanishtirish"

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📹 🚨3 daqiqada o’quvchilaringizni darsga qiziqtirib qo’yishni xohlaysizmi?

🎁Tug’ilgan kun enerjayzer” metodimni Sevimli Ustoz bo’lishni xohlaganlar uchun sovg’a qilmoqchiman.

Bu metod orqali:

🔺 Sinf xonada o'quvchilar soni ko'p bo'lsa ham samarali dars tashkil qilaolasiz

🔺 Shovqinli sinfni 3 daqiqada tinchlantirib darsingizni qiziqarli qilib o'taolasiz

Tug’ilgan kun enerjayzer” metodni ko'rish uchun quyidagi havolani bosing
👉/channel/Xidoyatovadilafruzbot?start=tel1001

Ha aytgancha, o'qituvchilar uchun 10-11-12-fevral kunlari "SEVIMli USTOZ" nomli BEPUL marafon tashkil qilayapman bu marafonimga ham ro'yxatdan o'tib qo'ying quyidagi havola orqali
👉/channel/Xidoyatovadilafruzbot?start=tel1001

Читать полностью…

Mobil kutubxona

💖 Rizqni ko'paytirishning 35 siri kitobi mazmuni

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🥲 Китобга пул йўқми?

Энди бу муаммо эмас!

PDF kitoblar базасида 1 миллион китоб бор! Топиш жудаям осон ва қулай! Қолаверса, ҳаммаси БEПУЛ!

🔎 Ҳозирда энг кўп излаяпти:

1. Муқаддима;
2. Бир олима қиз бор эди;
3. Афв эт Аллоҳим;
4. Ичимиздаги шайтон;
5. Тафсири ҳилол;
6. Мен: бас қил, эй нафс;
7. Сир;
8. Қуръон мўъжизалари;
9. Иброҳим алайҳиссалом қиссаси;
10. Араб тили грамматикаси;
11. Рамазон кундалиги.


Юқоридаги китобларнинг барчаси ва миллионлаб китобларни қуйидаги бот орқали юклаб олинг!

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Yozuvchi Harper Lini do‘stlari qo‘llab yuborishadi

Do‘stlari unga romanini yozishi uchun yetarli sharoitni qilib berishadi. Li o‘rta maktabni tugatgach, Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tdi va 1950-yillarda aviakompaniya xodimi bo‘lib ishladi.

Yangi yil bayramida do‘stlari unga katta pul berishadi. Kitob ustida ishlashi va bir yil hech narsani o‘ylamay yashashi uchun yetarli pul edi.

"Biz sizga ishonamiz, deyishdi faqat. Men ularni tushkunlikka tushirmaslik uchun qo‘limdan kelgan bor imkoniyatni ishga soldim", deb yozadi Nell.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…
Subscribe to a channel