kitoblar_apk | Unsorted

Telegram-канал kitoblar_apk - Mobil kutubxona

12942

Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139

Subscribe to a channel

Mobil kutubxona

#Kitobxon_fikri

Platonovning "Jon" asari antiutopik asarlarga yaqin. Butun qavm g'aflat uyqusida yotgan mahal bir yoshgina qizaloq ularni uyg'otishga urinadi. Kattalarning mudroq holatini yo'qotish uchun yangi qonlarning ko'zlari chaqnab turishi muhim ekan.

Asar nega Jon? Uning ma'nosi nima? Jon - Amudaryo-yu Ustyurtning ovloq chetlarini o'zlariga makon qilib olgan, bu dunyodan nasibasi tobora qirqilayotgan mayda urug' va qabilalar nomi. Aniqrog'i, ular o'zlarini shunday nomlashga o'rganishgan. Bu nomni ularga o'z davrida mumsik boylar qo'yishgan. Ularni jonidan bo'lak yo'qotadigan bisoti yo'q. Chindanam shunaqa.

Asar sizni g'aflat uyqusida qolmaslikka, umid bilan yashashga undaydi. ©

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#review

📍Xandaq
🧓🏻Andrey Platonov

Sovet Ittifoqi tugaganidan keyin qayta kashf etilgan eng muhim rus yozuvchilaridan biri bu shubhasiz Platonovdir. Platonov "Xandaq" nomli qissasini 1930-yilda yozib tugallaydi, biroq asar 1987-yilga kelibgina nashr etiladi. Chunki asarda Sovet Ittifoqi bunyod etishga urinayotgan tizim tanqid ostiga olingan edi.

Platonov o‘z asarida ilk bor syurallizm janrini qo‘llay olgan rus yozuvchisidir. Buni biz qissadagi bosqonchi-ayiq obrazidan bilishimiz mumkin. Bundan tashqari, Platonov o‘z tengqurlarini farqli ravishda rus tiliga bo‘ysunmadi, balki tilni o‘ziga bo‘ysundirdi. U asarlarida, xususan "Xandaq" qissasida inversiya orqali absurd falsafani shu qadar yashirib tashladiki, bu jumboqni yechmoqlik ulkan bir tajriba talab etardi. Bu haqida rus-amerikan esseisti Iosif Brodskiy shunday deydi:

Platonov asarlarida o‘z shaxsiyati atrofida o‘ralashib qolgan alohida kimsalar emas, balki yuksak tuyg‘ulardan mutlaqo benasib avom-olomon absurd falsafasining ifodachisi sifatida maydonga chiqadi va shu bois ham mazkur falsafa oshig‘ich ishonarli hamda koʻlam jihatidan toqat qilib bo‘lmas darajaga yetadi. O‘z «alter ego»sining tabiiy fojialarini bayon qilgan Kafka, Joys yoki Bekketdan farqli tarzda, Platonov o‘z zabonining qurboniga aylangan millat haqida, toʻgʻrirog‘i, fiktiv olam yaratishga qodir boʻlgan-u oqibatda mazkur soxta olamga lisoniy qaramlikda mubtalo qolgan tilning aynan o‘zi haqida siz-u bizga g‘aroyib hikoyalar so‘zlaydi.


Roman syujeti Sovet Ittifoqining ilk davrida yashovchi bir guruh ishchilar atrofida qurilgan. Ular mamlakat proletarlari uchun ulkan uy quriladigan yirik poydevor chuqurini qazishga harakat qiladilar. Ishchilar har kuni qazishadi, lekin asta-sekin o‘z ishlarining ma'nosini tushunishni to‘xtatadilar. Ulkan poydevor chuquri ularning barcha jismoniy va ruhiy energiyasini so‘rib oladi.

Ular kun sayin o‘zlariga kapitalizm va kommunizm haqida savollarni o‘rtaga tashlashadi, shu bilan birga sotsializmni ulug‘lashadi ham. Qahramonlarning bunday o‘zgaruvchan fe'li, yozuvchi Platonov shaxsiyatiga ko‘zgu tutadi. Chunki Platonovning ham Sovet Ittifoqidan umidlari katta bo‘lgan, ammo ular bergan qop-qop va'dalar amalga oshmasligini ham oldindan seza olgan. Balki shuning uchundir Xakslining "Ajib Yangi Dunyo" va Jorj Oruellning "1984" asariga qiyoslashar bu qissasni.

Brodskiy fikricha Platov asarlarini boshqa tillarga tarjima qilish imkonsiz va bu o‘sha tilni biluvchilar uchun baxtdir. Ammo bizning baxtsizligimizga, shukrki, Sharifjon Ahmad bor, mutarjim Platonovni o‘zbekchada gapirtira oldi, uning murakkab grammatika ortiga berkitgan ekzistensialistik g‘oyalar ochib tashladi. Buning uchun tarjimonga alohida tashakkurlar bildiraman. Asarni sovet tizimi va modern uslubiga qiziquvchilar uchun tavsiya qilaman. Barchaga yoqimli mutolaa tilab, hurmat va ehtirom ila S.N.K

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#tavsiya #ramazon

📖 Qimmatli kitob – qimmatli imkoniyat!

Hadis ilmi – eng muhim bilimlardan biri. Shunday bo‘lsa-da, ishonchli va tushunarli manbalar topish hamisha oson emas. "Hadis va Hayot" kitoblar to‘plami esa bu borada katta yordamchi bo‘la oladi. Ushbu to‘plam:

Hadislarni hayotiy misollar bilan tushuntiradi
Har bir mavzu oson va tushunarli bayon qilingan
Amalda qo‘llash uchun foydali tavsiyalar berilgan

🤩 Ajoyib yangilik shundaki, bu qimmatli kitoblar hozir bir konkursda sovrin sifatida taqdim etilmoqda! Bundan tashqari, noutbuk, telefon va boshqa qimmatbaho sovrinlar ham bor.

Agar bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermoqchi bo‘lmasangiz, konkurs haqida batafsil ma’lumotni shu yerda topishingiz mumkin:
👉 Ramazon konkurs bot

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Бахт сари йўл: Хакикий бахт калити сиз билан!!!

Аллоҳ буюрган йўлдан бориб, икки дунё саодатига эришишни истайсизми? Унда сизни 23-март куни бўлиб ўтадиган "Аллоҳ берган бахт калити" семинарига таклиф қиламан!
Бу семинар сизга ҳаётдаги ҳақиқий бахт сирларини очиб беради. Аслида бахтли яшаш мушкул эмас – фақат унинг калитини топиш керак!
Семинарда иштирок этиш мутлако бепул.

Семинарда катнашиш учун ушбу каналга утинг👇👇👇

/channel/Ilmli_ayollar_jamoasi
/channel/Ilmli_ayollar_jamoasi
/channel/Ilmli_ayollar_jamoasi

Ушбу каналга а'зо булганиздан сунг семинарда катнашаман деб личкамга ёзинг:👇

@psixolog_91

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Bugun ko‘pchilik o‘zini rivojlantirishni, ko‘proq kitob o‘qishni, hayotini tartibga solishni istaydi.

Ammo ijtimoiy tarmoqlar, telefondagi uzluksiz xabarlar, vaqtsiz serqatnovliklar bunga imkon bermaydi.

Natijada odamlar boshlagan ishini oxiriga yetkaza olmaydi, ichki hotirjamlikni yo‘qotadi.

Agar siz ham kitob o‘qishga, o‘sishga, va har kuni o‘zingizni biroz bo‘lsa-da yaxshilashga intilayotgan bo‘lsangiz, @AkbarNosirov_Shaxsiyblog ga qo‘shiling.

Oʻzingiz uchun kerakli fikr oladigan joy.

/channel/AkbarNosirov_Shaxsiyblog

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Xalqimiz hayotida urchib yotgan irim-sirimlarning ba’zilari shu darajada kulgili va absurdki, nahot es-hushi joyida boʻlgan odam shu ishni qiladi deya hayron qolasiz. Irim-sirimlarimizning esa turi koʻp, har bir holat uchun, albatta, besh-oltita misol topiladi.

Bu yerda aynan bepusht oilalar uchun oʻylab topilgan irim-sirimlar bilan tanishasiz. Ular dinimizda qattiq qoralangan!

1. Tugʻuruqxonadan chiqqan ayolning ikki oyogʻi orasidan oʻrmalab oʻtish.
2. Qora yosh xoʻrozning qonini er-xotin badaniga surtib kuf-suflash va 3 kunga xoʻrozning ichak-chovoqlarini bepusht ayol qorniga bogʻlab qoʻyish.
3. Eshakning tezagini kuydirib erning qovugʻiga qoʻyish.
4. Ikki bora egizak koʻrgan ayolning ishtonini kiyish.
5. Koʻp tuqqan ayolning platsentasiga ishtonsiz oʻtirish.
6. Joy almashtirish.
7. Homilador ayol tishlab qoʻygan yegulikni yeyish.
8. Tuqqan ayol bepusht ayolning dumbasiga tepishi.
9. Boʻriga goʻsht yedirib, uning goʻshtini yeyish.
10. Tugʻuruqxonadan chiqqan ayol uchun toʻshalgan poyandozni farzand umidida olib saqlab yurish.
11. Avliyo zotlarning ziyoratiga borib, roʻmolchaga dam soldirish va uni tugun qilib uyiga olib kelish. Homilador boʻlgach, tugunni yana oʻsha joyga olib borib yechtirish.
12. Avliyo va allomalarning qabrini farzand soʻrab supurish.
13. Uch chorshanba davomida mushkulkushod marosimini qildirish.
14. Bachadonning «rashki»ni qoʻzgʻatib homilani paydo qilish maqsadida tugʻmayotgan ayolni uydan haydash.
15. Beshik tuvagidan, chaqaloq yoʻrgagidan shirinlik olib yeyish.
16. Beshikning bosh tarafidagi yostiq tagiga pichoq, oyna, taroq, mus’haf qoʻyish, isiriq, qalampir, munchoq osish.
17. To homilador boʻlguncha duo yozilgan tumorni koʻkragiga taqib yurish.
18. Olov yoqib, ustidan sakrash.
19. Daraxtlarga latta bogʻlash.
20. Yovvoyi mushukning qulogʻidan chuchvara pishirib ayolga yedirish.

Bu va boshqa bema’ni irim-sirimlarga duch kelib qolsangiz, ularni bajarishdan oldin tafakkur qiling, Allohni eslang.

📘 "Siz ham ona bo'lasiz" kitobidan

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

💖Mana o‘sha audio kitoblar:

💽 Ummu Gulsum
💽 Qalblar tizgini
💽 Olim yetishtirgan onalar
💽 Dor ostidagi odam
💽 Alvido, Vatan!
💽 Izlash
💽 Imomning maneken qizi
💽 Alfido
💽 Sohilsiz dengiz
💽 Nasroniy atirguli
💽 Bu ummatning qizi
💽 Ichindagi ichindadur
💽 O‘gay ona
💽 Til ofatlari
💽 Qiyomat va oxirat
💽 Halol luqma
💽 Jannatga taklifnoma
💽 O‘zini qidirgan odam
💽 Ey Farzand
💽 Qaynona
💽 Bir vijdon uyg‘onur
💽 Iskanja
💽 Vijdon azobi
💽 Hech bir uchrashuv tasodif emas
💽 Devona
💽 Saodat asri qissalari
💽 Yashamoq sokinlik istar
💽 Ey qizim
💽 So‘nggi to‘fon
💽 Qalb iffati
💽 Duo taqdirni o‘zgartiradi
💽 Men Robiya

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“Kecha va kunduz” romanida xalq va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga molik bo‘lgan barcha ziddiyatlar, adibning bor orzulari ifodalangan. Unda mehnatkash xalqning, xususan, xotin-qizlarning og‘ir kulfat-u, mashaqqatlarga to‘liq hayoti jonli voqealar, yorqin obrazlar vositasida ta’sirli va ishonarli tasvirlangan. Asardagi asosiy ijobiy qahramonlardan biri bo‘lgan go‘zal va xushovoz, sodda va huquqsiz Zebi timsoli fikrimizni dalillaydi.

Muallif Zebi taqdirida, Razzoq so‘fi va Qurbonbibi taqdirida butun bir xalqning davrga xos fojiali hayotini yaqqol ko‘rsatib beradi. Cho‘lpon asarning boshidan oxirigacha Zebi xarakteridagi samimiyatni, ochiqlikni eng muhim belgi sifatida ko‘rsatadi.

Zebida o‘zbek ayollariga xos sifatlar jamlangan bo‘lib, u poklik, tozalik, go‘zallik va navqironlik timsoli hisoblanadi. Uning ko‘nglida atrofidagilarga, dugonalariga, bahorga, hamma-hamma narsaga muhabbat bor. U hali hayotning achchiq-chuchugini ko‘rmagan. Uning murg‘ak qalbi dunyoda razolat va qabihlik, yomonlik va yovuzlik borligini sig‘dira olmaydi.

📘 Cho‘lpon: Kecha va kunduz


📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Sa'dullo Quronov:

“Yosh kitobxonlar Erkin Malik degan yozuvchini “Shaytonvachchaning nayranglari” nomli seriali kitoblar orqali yaxshi tanishadi. Yaqindagina “Akademnashr” nashriyotida chop etilgan “Chumolilar saltanati” asari ham ijodkorning oldingi asarlaridan kam shuhrat qozonmaydi deb oʻylayman. Erkin Malikning kitoblarini qoʻlga olgan oʻquvchi, avvalo, sodda va ravon badiiy tildan zavqlanadi. Qolaversa, uning asarlari bolalarni islom maʼrifati bilan kamol topishiga hissa qoʻshadi. Tavsiya qilaman”.

G‘iyosiddin Yusuf:
"Erkin Malik domlaning "Chumolilar saltanati" nomli kitobini o'qidim. Bolalar uchun qiziqarli, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan kitob ekan. Domla chumolilar hayoti misolida bolalarda shakllanishi kerak bo'lgan go'zal xulqlarni o'rgatishga harakat qilganlar. Shunchalar kirishib o'qiganingizdan, asar qahramonlari yaqin bo'lib qolganidan bitta chumoli vafot etsa ham achinasiz. Bu yozuvchining mahoratini ko'rsatadi, albatta".


📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

​​“Shohsanam” romani – visolsiz muhabbat to‘g‘risida. Ma’lumki, bu haqda ochundagi barcha milliy adabiyotlarda ham juda ko‘p yozilgan. Ko‘p qo‘l urilgan mavzudagi ushbu romanning o‘ziga xosligini ta’minlagan omil unda ko‘pchilikka o‘xshaydigan odamlarning boshqa bitiklardagiga o‘xshamaydigan qismatini o‘ziga xos yo‘sinda tasvirlanganidir.

“Shohsanam” romanidagi Mahmud, Shohsanam, Umaro, Safar, Ma’mura, Oydinoy, Temir, Amirjon, Haydarov singari har bir obraz faqat o‘zigagina xos bo‘lgan minazga ega shaxsiyatlar sifatida aks ettirilgan. To‘g‘ri, romanda Rahimzoda, Farmon, Kozim singari o‘z shaxsiyatidan ko‘ra ijtimoiy tuzumga xos xususiyatlarni ifodalash maqsadida tasvirga tortilgan personajlar ham yo‘q emas.

Romandagi qolgan timsollarning bari faqat o‘z shaxsiyatlarining vakili sifatida namoyon bo‘lgani bilan e’tiborni tortadi. Yuksak ma’naviyatli shaxslar sifatida o‘zlarini anglashga urinayotgan Mahmud, Shohsanam, Ma’mura, Temir, Amirjon, Umaro singari obrazlarni ilmiy til bilan monoman, ya’ni yolg‘iz va betakror qahramonlar deyish mumkin. Bu timsollar asarning boshidan oxiriga qadar turlanavermaydigan tabiatga ega shaxslar sifatida tasvirlanadi.

Qozoqboy YO‘LDOSH,
pedagogika fanlari doktori, professor

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🇬🇧 General English darajangizni  oshirmoqchimisiz ?

Sizlarga har kuni Grammatika va Vocabulary bo‘yicha video darsliklar tashlanadigan foydali kanalni tavsiya qilmoqchiman 👇

↪️Agar siz Ingiliz tilini o‘rganayotgan bo‘lsangiz;
↪️Grammatika va Vocabulary darajangizni ochirishni istasangiz;
☑️Bu kanal sizga albatta yordam beradi!

➡️ t.me/AzizabonuAsatullayeva
➡️ t.me/AzizabonuAsatullayeva

Читать полностью…

Mobil kutubxona

​​Xulio Kortasarda uning ko‘plab matnlarida bo‘lgani kabi real voqelik ko‘pincha noreal olam bilan yonma-yon yashaydi. Uning yozganlarida noreal voqelik haqiqiy hayot bilan o‘zaro uyg‘un tasvirlanadi. Bu Lotin Amerikasi sehrli realizmining muayyan elementlaridan biridir.

“Ishg‘ol qilingan uy” hikoyasini olaylik. Unda roviy, singlisi Irena, ularning kundalik tashvishlari hikoya markazida turadi. Bular haqiqiy hayot voqeligi o‘laroq tasvirlansa, ularning uyini egallab olgan va uyning qonuniy egalarini haydab chiqarmoqchi bo‘layotgan noma’lum odamlar noreal voqelikning mahsulidir. Chunki ularning jismonan mavjudligi noma’lum. Bosh qahramonlar ularni faqat eshitishadi. Biror marta ko‘rib qolishmaydi. Roviy yigit ham, Irena ham bu “bosqinchilar” bilan hech qachon yuzma-yuz uchrashmagan.

Shu joyda butunlay boshqacha talqinga zarurat tug‘iladi: balki "bosqinchilar" umuman mavjud bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Ya’ni, ehtimol aka va singil umumiy bahona topib, bu uydan qochish uchun ularni o‘zlari o‘ylab topishgandir.

Yana bir talqin: “Ishg‘ol qilingan uy” hikoyasi XX asr o‘rtalaridagi Argentinaning siyosiy va ijtimoiy qiyofasi bo‘lishi mumkin. Bu talqin uchun Argentinaning Kortasar yashagan davridagi ijtimoiy-siyosiy manzara bilan qiziqib ko‘rgan ma’qul. Kortasarning o‘zi, Xuan Domingo Peron davrida har qanday odam besabab va bosim ostida o‘z uyidan haydab chiqarilishi mumkinligini aytgan ekan. Ayni shu motiv “Ishg‘ol qilingan uy” hikoyasining o‘zagi, uning markaziy leytmotividir.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📣Ingliz tilini qanday o‘rganish siz uchun qulay bo‘lsa shunday o‘rganing. Sizni qulayiga yo‘naltirish bizdan. Tanlang:

▶️ Audio so‘zlashgich orqali o‘rganish
Videokurs orqali o‘rganish
📚 Kitoblar orqali o‘rganish
💖 Audiokitoblar orqali o‘rganish
⚡️ Lug‘atlar orqali o‘rganish
Grammatika orqali o‘rganish
🎬 Filmlar orqali o‘rganish
🎤 Qo‘shiqlar orqali o‘rganish
IELTS'ga tayyorlanish
😎 CEFR'ga tayyorlanish
💬 Speaking'ni o‘stirish

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Odamlar kitoblar kabi: harflar ayni, mundarijasi turli.


Gi de Mopassan

Bobokalonlarimiz kitob topishga qiynalar edilar: hozir esa biz kitob tanlashga qiynalamiz. Mutolaa
uchun juda ziyrak bo‘lmoq kerak.
Lebbok

Qo‘lga tushganini emas, obdan tanlab – saralab o‘qing. Did va tafakkuringizni tarbiyalang.


Turgenev

Kitoblar bizning eng so‘nggi do‘stlarimizdir, ular bizni aldamaydi, hamisha yonimizda turadi va keksayganimizda ham malomat qilmaydi.


Fage

Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stlardir.


Gyugo

Ochganingda huzurlanib, yopganingda ruhan boyligingni his etgan kitobgina yaxshi kitobdir.


Olkott

Yaxshi kutubxona – buyuk xazina.


Vissarion Belinskiy

—————————

Manba: «Kitob haqida kitob»

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Pul topiladi, lekin or topilmaydi. Orni bir marta boy berdingmi, tamom. Yuzingga tuproq sochilgani shu emasmi? Ularning mol-dunyo tashvishi, qandaydir kreslolardan bo‘lak g‘ami yo‘q. Sen bilan men bunaqa orzu-havasga tupurganmiz. Bizga zavq kerak, Asror uka! Zavq kerak. Bizning kuylashdan boshqa muddaomiz, sozdan o‘zga manzilimiz yo‘q. Qachondir eng baland pardaga chiqamiz-u, shundan so‘ng havosi qo‘yib yuborilgan pufakday bo‘shashib qolamiz. O‘sha parda bizning eng so‘nggi nuqtamiz bo‘ladi...

📘 Xurshid Abdurashid: Dardisar

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“Kecha va kunduz” romanining ikkinchi kitobi haqida ham turli-­tuman fikrlar yuradi. Kimdir yozilgan deydi, kimdir ikkinchi kitobning yozilmaganini tasdiqlovchi “dalil”larni keltiradi. Romanning birinchi qismi “Sharq yulduzi” jurnalida bosilayotgan kezlarda esa ikkinchi kitobning qo‘lyozmasi Samarqand qishloqlaridan birida yashayotgan cho‘lponxon kishilarning uyidan topildi, degan mish­mish ham tarqalgan.

Cho‘lponning Vahob Rashidov degan yosh zamondoshi esa Naim Karimovga “Kunduz” qismining yozila boshlaganini, hatto Cho‘lpon bilan Moskvada yashagan vaqtida adibning ikkinchi kitobdagi ayrim epizodlarni unga o‘qib berganini aytib bergan. “Bu parchalarga qaraganda, — degan u, — Miryoqub Moskvadan Bog‘chasaroyga yo‘l olib, u yerda I.Gasprinskiy bilan tanishadi va uning ta’sirida jadidchilik g‘oyalari bilan shug‘ullanadi”.

Endi aniqki, romanning “Kunduz” deb atalgan qismi yozila boshlangan. Tintuv paytida olib ketilgan ashyolar orasida “tugallanmagan asar” sifatida ro‘yxatga kiritilgan qo‘lyozma, N.Karimovning aytishicha, “Kecha va kunduz”ning ikkinchi, tugallanmagan qismidir.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📘 Harper Li. Mazaxchini o‘ldirish

Insonlar hatto o‘zlari sezmagan holda bir-birini tahqirlashadi, mana, nimaga yig‘lash kerak. Oq tanlilar qora tanlilarni tahqirlashadi, ular ham odam-ku deb o‘ylab ham ko‘rishmaydi, mana nima uchun yig‘lash kerak.

O‘ylab qarasam men uchun eng yaxshi asarlar bolalar tilidan yoki bolalarga atab yozilgan asarlar ekan. Masalan, “Azizim, po‘rtaxol”, “Rangin qushcha”, “Sariq sevni minib”, Janni Rodari asarlari yoki “Mazaxchini o‘ldirish”...

Asar jasur, fikridan osonlikcha qaytmaydigan va bolalarga xos favqulodda aqlli qizcha Skaut tilidan hikoya qilinadi. U otasi, akasi Jem va xizmatkori Kelpurniya bilan Amerikaning janubidagi Meykomb shaharchasida tinch-osoyishta yashardi. Qizaloq va akasining o‘z olamlari, o‘yinlari, kitoblari, yoqtirgan va yoqtirmagan odamlari bor edi.

Hech kim ota-onasini tanlay olmaydi. Lekin kelajakda insonning tarbiyasi, intellekti qanday bo‘lishi ota-onaga juda ham bog‘liq. Bu borada Skaut va Jemga omad kulib boqqandi. Otalari Attikus advokat bo‘lish bilan birga eng yaxshi dada ham edi – bolalari bilan o‘ynar, kitob o‘qib berar, sabr bilan ko‘p narsalarni tushuntirar va eng muhimi yolg‘on gapirmasdi.

Bola tarbiyasida muhim narsalar ko‘p. Asosiylaridan biri esa ota-onaning o‘zlari o‘rnak bo‘lmay turib boladan nimanidir talab qilmasligi. Chunki bu bolaga nisbatan adolatsizlik. Attikus ham bugun o‘zi sudda qora tanli insonni himoya qilmasa, kelajakda farzandlaridan irqiy ayirmachilik qilmaslikni so‘rashga o‘zini haqsiz hisoblardi.

Qora tanlilarning asrlar bo‘yi oqlardan faqatgina tanasining rangi tufayli chekkan azoblarini barchamiz bilamiz. Ularni qul qilib sotish, paxta plantatsiyalarida uzluksiz ishlashga majburlash, eng jirkanch narsalarni ularga qildirish...
Shuncha mehnati evaziga ham jonining sariq chaqalik qadri bo‘lmasligi, butun yer kurrasida ijtimoiy ahamiyat kasb etmasligi, har qanday davlat imtiyozi ularga taalluqli bo‘lmasligi...
Bularning bari insoniyatning yuzidagi ketmas dog‘dir.

Harper Li asarida qora tanlilarga qilingan adolatsizlikning birgina parchasini ko‘rsatish orqali odamning tanasining rangi hech narsani hal qilmasligini, ularni inson sifatida ushlab turadigan boshqa kattaroq – rahm-shafqat, mehr-muhabbat, axloq kabi me’zonlar borligini ilgari suradi. Va bularni bola tilidan samimiy aytgani asarning qiymatini oshirgan.

Shubhasiz, “Mazaxchini o‘ldirish” olgan mukofotlariga arziydi, qolaversa irqiy ayirmachilikdan tashqari ham ko‘plab mavzularni qamraydi. Bilaman, hayot qisqa. Uni bema’ni asarlar mutolaasiga sarflab bo‘lmaydi. Lekin siz bu kitobni bir marta bo‘lsa ham o‘qishingiz kerak. Ehtimol, oxirida menga o‘xshab Skaut va Jemni quchoqlab qo‘ygingiz, janob Attikus bilan suhbatlashgingiz kelib qolar. Nega aynan “Mazaxchini o‘ldirish” deb nomlanganini ham o‘qish davomida bilib olasiz)

Mutolaadan charchamang!

Mohichehra A’zam

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Nazar Eshonqulning “Qora kitob” qissasida tagiga chizib o’qiladigan satrlar

▪️Zo’rlik kishida hamisha noxushlik uyg’otadi. Zo’rlikni, o’limni sevish va unga o’zlikni baxshida qilish uchun odam aqldan ozishdan tashqari yana bir narsaga ega bo’lishi kerak: iblisning yuragiga…

▪️Faqat u xudbinligini ziyolinamo sukut bilan yashirib yuradi.

▪️Men o’zimni quruq maqtashlarini sezib turaman, bu mening g’azabimni qo’zg’aydi, g’azabni yashirish uchun kibrona jilmayib qo’yaman.

▪️Minglab, yuz minglab odamlarga nisbatan o’zingning kuchli va farqli ekaningni anglashning o’ziyoq kishiga saodat bag’ishlaydi.

▪️Inson o’zini to’la kashf qilmagani tufayli ham ojizdir.

▪️Har qanday go’zallik ortida vahshiylik yashiringan bo’ladi, go’zallik vahshiylikning yuvosh ko’rinishidir… Mana bu gul qanday nafis deyishingiz bilan ko’nglingizda shu gulni uzib olish istagi paydo bo’ladi.

▪️Kitob meni qanchalar telba qildi, qanchalar jununvash qildi, u meni bolalikning tor ko’chalaridan aql-­idrokning cho’qqilari sari yetaklab o’tdi.

▪️O’lim bema’nilik emas, taqsirim, o’lim ma’no… O’layotgan odam o’z umrining necha pulga arzishini bilib o’ladi.

▪️Odam birdan tushkun bo’lib qolmaydi, u eng oxirgi imkoniyatgacha kutadi va u ham boy berilgach, tushkunlik sahrosiga yo’l oladi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📖 Kitob O’qiganda Zerikmaslik Uchun Nima Qilish Kerak?📖

📗 Kitoblarning janrlari va ba’zi mashhur yozuvchilar, ularning asarlari bilan qiziqib ko‘ring.
☺️Kitob o‘qishni sevadigan do‘stlar topib, ulardan maslahat so‘rang. O‘zingizga yoqmaydigan mavzularda o‘qishga o‘zingizni majbur qilmang! Masalan, kim uchundir fantastika o‘ta qiziq, oddiy mavzular haqida o‘qish uchun kitob titkilash shartmasdek. Boshqalar esa hayotiy mavzular, pul topish, munosabatlar, psixologiya, yana kimlar shunchaki aforizmlarni o‘qib chiqishni yoqtiradi. Janrlar ichida albatta sizga yoqadigani bor, ishoning!

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Cho’lponni Fitratnikida ko’rib yurib, uning yana bir xislatini bilib oldim — u ham musiqani juda-juda yaxshi ko’rar ekan. Shashmaqom sadolari yangraganda Cho’lpon sel bo’lib, butun vujudi quloqqa aylanganday, bir maromda chayqalib o’tirib tinglardi. Qulog’i musiqada-yu, hayollari junbushga kelib, nimalarnidir ko’z oldiga keltirayotgani sezilib turardi. U eshitgan kuylarini yurak-yurakdan juda chuqur his qilardi. Buni komil ishonch bilan aytayotganimning boisi bor.

Ba’zan shunday bo’lardiki, Cho’lpon bir kuyni berilib tinglab, undan bag’oyat mutaassir bo’lib, chiqib ketardi-da, ikki-uch kundan keyin shu kuyga moslab she’r yozib kelardi.

Mutal Burhonov

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“Odam bolasini surunkali uzoq qiynash mumkin emas. Xiva xonlari esa buning fahmiga borishmagan. Uzoq qiynasang – tezda o‘lib qoladi, aslida, sekin-asta, oz-ozdan azoblab borish kerak, ora-sira nafas rostlab, ozroq o‘ziga kelib olganidan keyin yana qiynoqqa solish kerak, shu tariqa uni azob-u uqubatlarga asta ko‘niktira borilsa yaxshi...”

📖 Andrey Platonov: Jon

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

2025 TEST: Savollar Oshkor Bo'ldi – Tayyorlanib Oling! 🎯

📚 Abituryent do'stim, ota-onangiz oldida yuzingiz yorug' bo'ladigan bo'ldi!

🔥 "PDP University"ning 2025-yilgi imtihon savollari ochiq manbada paydo bo'ldi.

✨ Omad kutilmagan paytda keladi, siz esa uni tutib oling!

⏳ Vaqtni boy bermang — savollarga ega chiqish uchun havola orqali o'ting!

🤫 Lekin shov-shuv ko'tarmang, hech kimga aytmang!

Hoziroq ro'yxatdan o'ting👇🏻

/channel/+QEYrsIjUaZg0MDAy

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Sizda 5⃣ kun ichida KOMPYUTER yoki SMARTFON yutib olish imkoniyati bor!

🥳 Fayzbook nashriyoti "FAYZLI RAMAZON" konkursiga start beradi!

Uyingizdan chiqmasdan turib:

- Noutbuk;
- Smartfon;
- Maishiy texnika
- Vaucherlar yutib olishingiz mumkin!

G'oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

⚡️- yo'l: TEST G‘OLIBLARI!

✍️ 5 kun davomida 20 tadan test yechib, eng yuqori natija ko‘rsatganlar g'olib bo'ladi.

⚡️
- yo‘l: REFERAL G‘OLIBLARI!

👥 Eng ko'p do'stlarini taklif qilgan ishtirokchilar g'olib deb topiladi

⌛️ Shoshiling! Konkurs tez orada boshlanadi, imkoniyatni boy bermang!👇

/channel/fayzbook_bot?start=1CMBHiNKQUNgTRPXuzGTgc

Читать полностью…

Mobil kutubxona

BIR QUSHCHA DERAZAM YONIDA
O‘tirar parishon va g‘arib.
Yig‘laydi, ko‘zlari yonadi,
Ko‘zlari ikkita marvarid.
Bir ajib navoga o‘xshaydi,
Shoirga o‘xshaydi bir hassos.
Miskin soz chalmoqqa u shaydir,
Dardiga bordir-ku bir asos.
Men unga qarayman ohista,
Men qushcha holiga yig‘layman,
Va lekin bilmayman ne istar,
Bilmayman, hech qachon bilmayman...

1966

©️ RAUF PARFI

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Hech qaysi turk adibi mana shu oʻtgan oʻttiz yil orasida Istanbul timsolidagi Turkiyaning eng mayda detallariga qadar yozuvchiga xos ustalik bilan tasvirlamagan. Uning ijodida qisqa hikoya janri yetakchilik qilardi. Oʻylab qolaman, yuqorida taʼkidlab oʻtganimiz qahramonlar hayotini bir-biriga uzviy bogʻlagan holda ikir-chikirlariga qadar kichik bir hikoyada mukammal ifodalay olish… axir juda murakkab-ku! Ha, shunday, biroq Aziz Nesin har bir narsaga soʻzga qaragandek qarar va aynan SOʻZni koʻrardi.

Oʻrxon Pamuq

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

"Agar farzandingiz mana shu 3 ta asarni o’qisa, aniq kitobga mehr qo’yadi va axloqi go’zallashadi".

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🇷🇺 RUS TILI dan online kursga qabul boshlandi

Demak kurs haqida:

❓Kimlar uchun: Rus tilini tushunib gapira olmayotgan, yoki umuman tushunmaydigan, grammatikasida muammo bo'layotgan, ishi, o‘qishi, farzandlari uchun o‘rganmoqchi bo'lganlarga.



🔹️Kurs davomiyligi 4-5 oy (darajaga qarab)
🔹️Darslar zoom da yoki telegram chatda bo'ladi.
🔹️Kurs uchun tayyorlangan materiallaridan foydalanib o'tiladi
🔹️Haftada 3 kun, vaqti kelishiladi
🔹️Guruh va individual tarzda o‘tiladi

Darsda nimalarni o'rganamiz❗️

🔸️ Rus tilida muloqot qilishni
🔸️ Grammatikani
🔸️ Tinglab tushunishni
🔸️ Talaffuzni yaxshilashni
🔸️ So'z boyligini oshirasiz


🔻Darslar qattiq nazorat qilinadi❗️

📲 Kursga yozilish va batafsil ma'lumot uchun : @ziyodarustili

🔸️ Darslar shu yo'nalishda ofline va online dars berib kelayotgan tajribali o'qituvchi tomonidan olib boriladi.
✅ Probniy bepul dars bor.

💰Kurs narxi hozirda:
Gruppa 4 kishilik 250 ming
2 kishilik 350 ming
Individual 500 ming

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Hayot u haqda yozish uchun emas, balki uni yashab o‘tish uchun berilganini men yoddan chiqarmaslikka harakat qildim. Tabiat menga nimani ravo ko‘rgan bo‘lsa, barchasini sinab ko‘rishga urindim. Ijodga esa, o‘zimning birdan-bir maqsadim deb emas, insoniyatga xos boshqa faoliyat turlari bilan uyg‘unlikda olib boriladigan bir soha sifatida qaradim.

©️ Somerset Moem

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

PO-RUSSKI V SETI tomonidan RUS TILI ONLINE ÕRGANISH UCHUN SKIDKA

150 MING

🛎🛎/channel/+BWeBi7B1M8ZlOWEy

❤️ AYOL-QIZLAR UCHUN KURS SOVĜA QILING. 😊

💐 A-A1- daraja. Talaffuz qoidalari va sifat, son, ravish

💐 A1-A2- daraja. 700 ta sõz boyligi va padejlar, vaqt kun soat qoidalari

💐 A2-B1 guruh 1000 ta sõz boyligi va fe'llar umumiy qoidasi

💐✅ DARSLAR JONLI HAFTASIGA 3 KUN va razgovor chiqarishga qaratilgan

💐 BAYRAM SOVĜASI SIFATODA 100 ming CHEGIRMA narxida. 8- mart sõzini yozing va chegirmada to'lov qiling


ADMIN : @TchLova.
Promokod: 📌📌📌 8-mart

👆👆👆sõzini yozing va chegirmada to'lov qiling. To'lov oldindan va 9.03.25-gacha davom etadi

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📖 "Насиб Китоби" – Ҳар kimning qismati o‘z sahifasida bitilgan…
Har bir insonning hayoti – ochilmagan bir kitob.

Siz qaysi sahifadasiz? Yangi bilimlar, chuqur fikrlar va haqiqat sari yo‘lga chiqishga tayyormisiz?


Bu yerda sizni kutmoqda:
📚 Ibratli hikoyalar
📜 Hayotiy va ma’naviy hikmatlar
🌿 Ruhiy motivatsiya
🎨 Ma’noli tasvirlar

Harflar orqali haqiqatni toping. Fikrlar orqali o‘zingizni kashf qiling.


📍 Kanalga qo‘shiling:
👇
@nasib_kitobi
@nasib_kitobi
@nasib_kitobi


Obuna bo'ling manfaatli bo'ladi😊
👆

Читать полностью…
Subscribe to a channel