kitoblar_apk | Unsorted

Telegram-канал kitoblar_apk - Mobil kutubxona

12942

Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139

Subscribe to a channel

Mobil kutubxona

Odamlar chinakamiga ishongan nimaiki bo‘lsa, u haqiqat bo‘lmog‘i kerak; u har xil yo‘sinda ifodalanmog‘i mumkin, biroq u yolg‘on bo‘lmog‘i mumkin emas, shuning uchun ham mabodo u menga yolg‘on bo‘lib tuyulsa, buning ma’nosi shundan iboratki, uni men anglamabman.

Lev Tolstoy

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Amerikada har yili tahminan 250 000 kishi tibbiy xatolardan o'lmoqda. Ularning 127 mingi kasalxonalarda yanglish dori berilishidan yoki dorilarning yon ta'siri oqibatida vafot etmoqda. Boshqa joylarda ayni sababdan o'layotganlar haqida esa statistika yo'q, ammo ularning soni yana - da ko'p. Dorilarning yon ta'siridan kasallanganlar soni ham aniqlangan emas. Tajribalar shuni ko'rsatmoqdaki, barcha kasalliklarning negizi dorilardir.
Ko'pchilik dorilar, suyak iligi degeneratsiyasiga, buning oqibatida suyak iligi ozligi va og'ir anemiyalarga; jigar yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, qisirlik va boshqa ko'plab kasalliklarga sabab bo'ladi. Gormon muvozanatsizligi, DNK dagi o'zgarishlar, immunitet tizimining ishdan chiqishiga yo'l ochadi, natijada to'qimalarni qisman yoki butunlay zaharlaydi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Bir_kitob_haqida

📖 Bugun bomdod o'qidingizmi? (Rog'ib Sirjoniy)

Bir odam oqshom vaqti zavq-shavq bilan Alloh taoloning dinini yoyish va mustahkamlash haqidagi xayollaridan so‘z ochib qoldi. «Musulmonlar qachon Alloh taolo ular uchun murod qilgan mavqega qaytadi?!» deb taajjub aralash, yig‘ilganlarga savol bera boshladi. «Nimaga musulmonlar boshqalarga ergashmoqda? Nima uchun dunyoni dindan ustun qo‘yishmoqda? Nima uchun dushmanlari bilan do‘st tutinishmoqda? Nima uchun!? Nimaga!?» deya savollarni yog‘dirib tashladi.

O‘zining chiroyli nutqi bilan yana bir qator savollarni o‘rtaga tashladi. O‘ziga quloq tutganlarning yelkasiga ulkan vazifalarni yuklab tashladi. Tahlil, muqoyasa va xulosalarini batafsil bayon qildi. Ertasiga bomdod namozida uni namozxonlar safidan topa olmadim. O‘zimga o‘zim: «Har qalay biror ishi chikib, kela olmagan bo‘lsa kerak», dedim. Kelasi kuni u yana namozda yo‘q edi. Undan xavotir ola boshladim. Nima bo‘lganini bilishga oshiqdim. Unga rostdan ham biror kor-hol bo‘lgan bo‘lsa-chi, deya andishalandim.

Uni qidira-qidira, axiri topdim. Shoshgancha «Nima bo‘ldi, tinchlikmi? Yaxshilikkami? Seni bomdod namozida uchratmadim?» deb so‘radim. Menga bemalol va hech xijolat chekmay: «Meni maʼzur ko‘rasan, birodarim. Alloh taolo meni ham, seni ham mag‘firat qilsin. Mening vaziyatim og‘ir. Ishim erta kunda boshlanadi. Kechasi juda kech uxlayman. Alloh taolo kechirguvchi Zot!» deb javob berdi.

Uning so‘zlari qarshisida dong qotdim. Hayratda qoldim. O‘zimga o‘zim savol berdim: «Qanday qilib Alloh azza va jallaning farzlaridan biriga beparvolik qilgan holda Allohning dinini mustahkamlashni orzu qilish mumkin!?» Qalbimda bir g‘alayon his qila boshladim. Nafasim siqilib, tomog‘im bo‘g‘ildi. Nimadir qilishni istadim. Nima qilsam ekan, deya mana shu kitobni qalamga oldim.

O‘zimga, sizlarga va qolgan barcha musulmonlarga Alloh taolodan hidoyat so‘rayman, dinimizni aziz va mustahkam qilsin. U bunga qodir bo‘lgan Zotdir.
- Muallif


🎧 Kitobni tinglash

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

G'aflatda aql bilan "Jon - jon" deydiganlar jonning qanday qilib chiqqanini va qayerga ketganini bilisharmikin? Agar dunyo odamga o'xshab yashaladigan joy bo'lganda edi, Qodir otasiga o'xshab, aynan otasiga o'xshab yashagan bo'lardi. Bu dunyoni vahshiy o'rmonga aylantirganlar shubxasiz, bu dunyoning eng vahshiy jonzotlari insonlardir. Bu dunyoda inson bo'lib yashashni istaganlar ayovsiz eziladilar. Bundaylarni qonxo'rlar yutib yuboradilar. Bunday dunyoda milliardlab inson bilan birga yo oyoq ostida qolishga, yo ezilishga, yo tepalikka chiqish uchun kurashib yashaysan...Qodir 2- yo'lni tanladi...

"Barcha sevgilarning qiblasi Ollohdir"

📖 Devona

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#tavsiya

📖 Iymon va huzun (Said Chamlicha)

📝 "G'amgin bo'lsang, namozni qazo qilganing uchun, tahajjudga turolmayotganing uchun, birovga ozor berganing uchun, nafl ro'zalar tutolmayotganing uchun g'amgin bo'l".

📌 XXI asr — depressiyalar, stresslar asri. Texnologiyalar bilan olam tez suratda rivojlanayotgan, barcha muvaffaqiyatga erishishni ko'zlab orqa-oldiga qaramay yugurayotgan bir paytda, ba'zi insonlarda o'z-o'zidan qoniqmaslik, o'zini past sanash va buning natijasida g'am-g'ussaga berilish, noshukrlik holatlari ko'paygandan ko'paydi.

📌 Va tan olib aytish kerakki, biz o'z qadriyatlarimizdan ancha uzoqlashdik. Rizqning Allohdan ekanligini, qancha chiranmaylik nasibamizdan o'zgasi bizga kelmasligini unutib qo'ydik. Bu unutish natijasida esa o'zimizga katta jabr qildik...

📝 "Insonning ozgina narsaga juda xursand yoki xafa bo'lishi uning qalbi zaif ekanligidan dalolat".

📌 Ha, atrofni kuzatsangiz ko'pchiligimiz ba'zan g'am-anduhga muxlislik qilamiz. Arzimagan narsalardan fojea yasashga, boshimizdagi kichik musibatni tragediyaga aylantirishga urinamiz. Ko'pchiligimiz go'yo, dunyoning butun tashvishi boshimizda-yu, bunga esa hech qanday chora yo'qdek tutamiz o'zimizni. Agar chindan ham hayotingiz g'am-anduxli, tashvishli bo'lsa, demak sizni Yaratgan bilan munosabatingiz yaxshi emas. Zero, qalbida Alloh va unga muhabbat bo'lgan kimsaga hech qanday qayg'u rahna sololmaydi, unutmang. Qayg'u bo'lganda ham u faqatgina oxirat qayg'usi bo'lishi mumkin.

📌 "Iymon va huzun" kitobi dardingizga chorani, qalbingizga halovatni, hayotingizga nurni qayerdan olish kerakligi haqida sizga bir vositachi o'laroq yo'lboshchi bo'la oladi. O'zligimizni anglash, qadriyatlarimizni tiklash, tariximizni o'rganish bilangina hayotimizni o'z yo'liga tushishi mumkinligini bizga eslatadi. Hayotimizdagi har qoqilish, har yiqilish kelgusida ravon harakatlanishimiz uchun yuborilgan sinovlar ekanligini, ularga nisbatan fojea ko'zi bilan emas, hikmat nazari bilan boqishimizni uqtiradi.

📌 Xulosam. Xohlaymizmi, yo'qmi, aksarimiz huddi shunday, g'am-anduh asirimiz va bunga har birimizning asosimiz ham yetarlichadir. Ammo bular uchun yechim bitta, davo — yagona. Uni taning va Unga tavakkul qiling. Bu qandaydir balandparvoz gaplar emas, ayni haqiqat! Biroz chetga chiqib, tafakkur qiling, o'z-o'zingizga savol bilan yo'naling. U bilan munosabatim O'zi xohlagandekmi, amallarim O'zi rozi bo'ladigandekmi, U menda rozimi, men Uni rozi qilish uchun nimadir qildimmi?! Savollar bisyor, asosiysi bu savollar uchun bizdagi javoblardir. Umuman olganda, taffakkurga undaydigan kitob.

Tavsiya)

© Siddiqa Hasan

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#iqtibos

Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil bo‘lsa, holati o‘zgaradi, holati o‘zgarsa, aʼzolarning amali o‘zgaradi. Bas, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga tobeʼdir. Ilmga bor-yo‘g‘ingni bermaguningcha, ilm senga biror narsa bermaydi.

©️ Abu Homid G'azzoliy

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Ingliz tili bo'yicha ajoyib materiallar manbasi🔽🔽🔽

ENGLISH WITH ADAM

Video darslar
Idiomalar
Speaking samplelar
Writing darslari
Articles
Kinolar
Inglizcha musiqalar
Collocations
Useful tips
Grammar
Podcast (videosi bilan)

HAMMASI BITTA KANALDA🚛🔽

➡️ENGLISH WITH ADAM👈

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Янги уйга кучиш арафасида ховлини тартибга солиш ишлари купайиб кетганлиги сабабли уйга МАРДИКОР олиб келиб, ишларни бажаришни ният қилдим ва мардикор бозорига, мардикор ёллаш учун бордим...
Одам кўп, ҳамма маркдикор бозорга ТИРИКЧИЛИК мақсадида чиққанлар ўзини таклиф килган. Шуларнинг орасида бир одам турар эди. Кўринишидан яхши кийинган, сиртдан эътибор бериб қараганда эса кўринишидан умуман мардикорга ўхшамайди...
Билмайман нима, ўша одамнинг олдига Бориб қандай қилиб “сиз ҳам ишлайсизми” деб сўраганимни ўзим ҳам билмай қолибман.У киши эса “ха, мен ҳам ишлайман”~ деди ва мен у кишини ишга таклиф қилдим. Биз ўша киши билан уйга келдик, ишларни келишиб олдик...
Ёлланган киши ўзаро келишилган ишини бажаришга киришди. Иш хажми камида 4 кунлик бўлсада, у 2 кун ичида белгиланган ишларни ниҳоясига етказди.,.
Иш давомида у кишидан қаерлик эканлигини ва аниқ яшаш манзилини сўрадим. Мақсад эса, келажакда яна бошқа шу каби ишлар чиқса ёллаш эди. У киши ўзининг <<МАНЗИЛИНИ>> берди...
Орадан бир қанча вақт ўтди. Уйимда яна мардикор ёлланадиган иш чиқиб қолди. Шунда мен ўша кишини -> ЭСЛАБ ва ўзи берган манзил бўйича излаб бордим. Астағфируллох, қайси кўз билан кўрайки…

Читать полностью…

Mobil kutubxona

​Hayvonlarning hayotini bilasan qizim, Yeydi, ichadi, shu taqlid kun oʻtkazadi. Bir boʻlak suyak yoki boshqa ovqat qoldigʻi uchun bir-birlari bilan urishadi. Bizda shunga oʻxshash hayot kechirayotganlar ozmi? Bir parcha matox yoki yer uchun suyak talashgan koʻppakni eslatadiganlar... Manfaati uchun eng yaxshi doʻstini sotib yuboradiganlar.

"Halol luqma"
Rauf Jilasun

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

...Imomi A'zam Abu Hanifaning qo'shnilaridan biri rofiziy (shialardan) edi. U o'zining ikki hachirini Abu Bakr va Umar deb nomladi. Bir kuni bir hachir rofiziyni tepib qornini yorib yubordi. Imomi A'zam Rahmatullohi alayhga bu xabar yetganida u kishi: "Nomi Umar bo'lgani tepgan bo'lsa kerak. Bu nomning ta'siri ana shunday bo'lishi tabiiy"-dedilar
Surishtirilgach, haqiqatda ham gap o'z tasdig'ini topdi.
Hazrat Ashraf Ali Tahonaviy aytdilarki, Alloh taolo nomlar, lafzlar va so'zlarga ham ajib ta'sirlar joylab qo'ygan. Bir yigitni ota-onasi Kalimulloh deb nomlagan bo'lib, u yigit ko'pincha bemor bo'lib yurar edi. Men uning ismini Salimulloh deb o'zgartirdim. O'sha vaqtdan boshlab u tuzala boshladi. Chunki Kalimning ma'nosi majruh va yaradordir.

📖 "Majolisi Hakimul - Umma"
Tarjimon: Yorqinjon Fozilov

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Солиҳлардан бири гўшт пишираётган кишининг ёнидан ўтаётиб йиғлаб юборди.
У киши:
― Нима учун йиғлаяпсиз, гўштга муҳтожмисиз?, ― деди.
Солиҳ киши:
―"Йўқ, Мен одам боласининг ҳолига йиғлаяпман. Ҳайвон ўтга ўлик ҳолда киряпти, одам боласи эса тирик ҳолда киради", - деб жавоб берди.


Абу Ҳозим роҳимаҳуллоҳ семиз қўйнинг гўштини сотиб турган қассобнинг ёнидан ўтиб қолдилар.
Қассоб:
― Эй Абу Ҳозим! гўштдан олинг, жуда яхши гўшт, деди.
Абу Ҳозим:
― Ёнимда дирҳамим йўқ, дедилар.
Қассоб:
― Пулини кейин берсангиз ҳам майли, деди.
Шунда у зот:
―Мен учун сизга кейин бергандан кўра нафсимга кейин берганим яхшироқдир, ― деб жавоб бердилар.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

TOBE’IN

Xalifa Hishom ibn Abdulmalik baytullohga haj qilgani keldi. U haramga kirgach dedi:
- Menga sahobalardan biror kishini chaqiringlar!
Unga "sahobalar o‘tib ketgan" deyishdi. U so‘radi:
- Tobe’inlardanchi?
Unga Tovus Yamoniy rohimahullohni chaqirib berishdi.
Tovus kelib xalifaning xuzuriga kirgach, kovushini yechib xalifaning gilami ustiga qo‘ydi. Xalifaga "amirul moʻminin" deb salom bermadi. Uning kunyasini ham aytmadi. Indamasdan kelib xalifaning iznisiz uning yoniga o‘tirdi va dedi:
- Qalaysan, ey Hishom?
Hishom bu muomaladan qattiq g‘azablandi. Hattoki Tovus rohimahullohni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Shunda a’yonlaridan biri:
- Siz Allohning haramidasiz, Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning haramlaridasiz. Bu yerda bu ish bo‘lmaydi, dedi.
Xalifa yumshab so‘radi:
- Ey Tovus! Nega bunday qilding?
- Nima qilibman?
- Kovushingni gilamimni ustiga qo‘yding, menga "amirul moʻminin" deb murojaat qilib salom bermading, kunyam ila zikr qilmading, mening ruxsatimsiz yonimga kelib o‘tirding va "qalaysan ey Hishom?", deding!
Tovus Yamoniy dedi:
- Kovushimni gilaming ustiga yechganimga kelsak, men har kuni Robbimning huzurida besh marta kovushimni yechib qo‘yaman. Biror marta menga itob qilgani yo‘q. "Amirul moʻminin" deb salom bermaganimga sabab, seni barcha musulmonlar amir deb e’tirof qilmaydi. Men yolg‘onchi bo‘lib qolishdan qo‘rqdim. Kunyang bilan chaqirmaganimga sabab, Alloh barcha payg‘ambarlariga kunyasi bilan emas, "Ey Dovud", "Ey Muso", "Ey Iyso" deb ismi bilan xitob qiladi. Dushmanlarini esa "Abu Lahab" deb kunyasi ila zikr qiladi. Sening yoningga o‘tirganimga kelsak, Ali roziyollohu anhudan rivoyat qilinadi, u zot aytadi:
"Kim do‘zax ahlini ko‘rmoqchi bo‘lsa, o‘zi o‘tirib olib odamlarni atrofida tik turg‘izib qo‘ygan kishiga qarasin!".

Shunda Hishom dedi:
- Menga nasihat qil!
Tovus dedi:
- Men Ali roziyollohu anhudan eshitganman. U zot shunday degan edi:
"Jahannamda hachirday keladigan ilonlar va chayonlar bor. Ular xalqiga adolat qilmagan amirni chaqishadi!".
Tovus rohimahulloh shunday deb chiqib ketdi.

"Qalblardan so‘rang" kitobidan

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

....Inson yoki hayvon jasadiga avval hashorat va pashshalar keladi. Ular o'zlariga oid rizqni tugatib, jasadni navbatdagi borliqlar uchun hozirlab ketishadi. Qurtlar ayni shaklda o'z rizqlarini yeb, jasadni bakteriyalarga qoldirishadi. Oxirgi ishni bakteriyalar qiladi va ulardan faqat suyaklar, soch va tirnoqlar qoladi. Shu shaklda yer yuzi jasad va o'lik organizmlardan tozalanadi. Zamonaviy inson taom, ichimliklar va pardoz-andoz vositalaridagi saqlovchi moddalar va kimyoviy dorilar bilan o'zini mo'miyolab tashlagan. Shu bois, so'nggi yillarda Yevropadagi ba'zi qabristonlardagi jasadlar chirimay yotibdi. Chunki hashorat, pashshalar, qurtlar va bakteriyalar jasadlarni chiritmay, tuproqqa aralashtirmay qo'yishgan.

"Dard va Davo" kitobidan

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun o’zingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda sevgi va marhamat solib qo’ygani (ham) Uning oyat belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir”
“Rum” surasi 21-oyat

Oyati karimada “Sokinlik topishingiz uchun orangizga sevgi va marhamat solib qo’ydik” deyilmoqda. Men buni Allohning nikohlanayotgan kishilar uchun to'yonasi deb o’ylayman. “Nikohda hikmat bor” deganlari shu bo’lsa kerak. Yani nikohlanayotgan juftga do’stu birodarlar, qarindoshlar sovg’a salom berar ekan, Robbimiz ham nikoh hadyasi sifatida “sevgi va rahmat” ni tuhfa qiladi.

📖Sema Marashli, ''Sevmoq shunchalar go‘zal''

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Sog’lom ozish qiyin emas!

👩‍⚕ Kamina 7 yillik tajribaga ega Endokrinolog- diyetolog Go’zal Biysenbaevnaman. Shu kungacha 1000 lab qizlarga ozish ilmini o’rgatib ,o’z vaznlarini boshqarishlariga yordam beryapman.
Qolaversa gormonal o’zgarishlarga yechim berib go’zal va betakror bo’lishlariga o’z hissamni qo’shyapman.


Juda ko’pchilik insonlar o’zlarini ochlik, qat’iy diyetalar va og’ir jismoniy mashqlar orqali tanasini qiynashadi, buyam yetmagandek bu “ tajriba”laridan keyin 2 X baravar semirishadi!

☺️ Siz bu muommolarga kanalimdagi 100dan ortiq bepul darsliklardan foydalanib yechim topasiz!
🎁 Kamiga dastlab qo’shilgan 500ta qizga “ Ozish fishkalari” nomli kursimni BEPUL taqdim etaman!
Bunday imkoniyatni qo’ldan chiqarmang!

Tezda kanalga o’tib oling.

/channel/+N7kFgDzGrQ01MDJi
/channel/+N7kFgDzGrQ01MDJi
/channel/+N7kFgDzGrQ01MDJi

Читать полностью…

Mobil kutubxona

"Muhtojga bergan dirhaming muhtojdan avval Allohga yetib boradi" degan gapni eshitganimdan beri ehsonga beradigan tangalarimni artib tozalab beradigan bo'ldim...

✍️Zulfiqor Naqshbandiy "Ilohiy ishq"

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Kanal bilan tanishib chiqish uchun xarita🗺

>> Men kimman?
>>Shizofreniya qanday kasallik? Oddiy tilda
>> 2024-yil tashxislar girdobi
>> Psixozdagi odamni kimdir qutqarishi kerak
>> Shizofreniklar xavflimi?
>> Shizofreniya kasalligi erta tashxis qo'yilib tuzalib dasturchi kabi kasblarni egallashi mumkinmi?
>> Sen bilan gaplashganimda shizofrenikka o‘xshamaysan
>> Antipsixotik dorilarni yon ta'siri
>> Bahorni ta'sirimi?
>>Paranoik fikrlash nima?
>> Disossatsiya nima?
>> ADHD nima?
>> shaxsiyat parchalanishi (DID) nima?
>>Stereotiplarga o'ralashib qolgan psixolog.
>> O'smirlikning tushunarsiz erasi va ADHD bilan yashash

Teglar:
#Q_A - Savol Javob
#shizikchasiga - shizofreniya haqida shaxsiy tajribam
#psixiatriya - psixiatriyaga oid ilmiy manbaalarga asoslaangan postlar
#brbalo - ichki kechinmalar
#weex_tavsiya - kino kitob serial musiqa tavsiyalari

Kanalga ulanish - @sanchoweex

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Рус тили нолдан. Maktab ta’tillarini foyda bilan o‘tkazing! Ruscha eng kerakli so`zlar.
Biz kuniga atigi 5 ta so'z o'rganamiz.
Bizning maqsadimiz: 700 so'z!
Interaktiv o’yinlar, videolar va testlar. 💕

/channel/beshta_ruscha_soz/8
https://youtu.be/TxaWkcaNfgI

Читать полностью…

Mobil kutubxona

"...Ovqatlanishimga ketadigan vaqtni imkonim boricha qisqa qilaman, hatto oralarida chaynash farqi bo'lgani sababli mutolaa yoki hali idrok etolmagan biror narsani yozishga ko'proq vaqt bo'lishi uchun non o'rniga talqonni suv bilan ho'llab ichib qo'ya qolaman. Albatta, oqil kishilar nazdida qo'lga kiritiladigan narsalarning eng ulug'i ulamolar ijmosiga ko'ra, vaqtdir. Vaqt - fursatlaridan foydalanib qolinadigan o'ljadir. Mas'uliyatlar ko'p, vaqtlar esa qisqadir".

📖"Ulamolar nazdida vaqtning qadri"

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Yaxshi kitob har doim muallifiga qaraganda aqlli bo‘ladi. U ko‘pincha muallif hatto bilmagan narsalar haqida gapiradi.

✍️ Umberto

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Niqobli dunyo

Amerikaga kelganim ilk kunni hech unuta olmayman. Chikago aeroportidan chiqar chiqmas tilanchilarga ro‘paro kelgandim. Avvaliga ko‘zlarimga ishonmadim, Amerikadek joyda ham tilanchi bo‘larkanmi?

Ba'zi istisnolarni hisobga olmaganda boylarning orzulari bo‘lmaydi.

📖 Ishqqa yengilmayman
✍️ Omina Shenliko‘g‘li

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Ko‘p-kitob-tez-o‘qish vasvasasi

“Avvallari kitob oz, ilm ko‘p edi. Hozir kitoblar ko‘p, ilm kamayib ketgan” Ibn Javziy


“Yoshlik paytimizda diniy kitob juda oz bo‘lardi, o‘qiyotib “tez tugab qolmasa edi”, deb o‘qirdik. Endi esa kitob ko‘p, qandaydir barakasi yo‘qdek” Bir akamiz gapi.

“Ko‘p ma’lumotni bilish aqlga o‘rgatmaydi” Geraklit

“Ko‘p o‘qish nafaqat befoyda, (chunki o‘qish jarayonida kishi begona fikrlarni olib, chala o‘zlashtiradi, holbuki o‘zi shunga aqli bilan yetishi mumkin edi) balki aql uchun zarardir, chunki bu ish uni zaiflashtiradi, g‘oyalarni o‘zining boshidan emas tashqi manbalardan yig‘ishga o‘rgatib qo‘yadi”. Artur Shopengauer

--------
Tamrqolarda qiziq bir faollikni kuzatish mumin: yoshlar o‘qimoqchi bo‘lgan kitoblar uzun ro‘yxatini reja qilib qo‘yib, haftasiga, oyiga nechta kitob o‘qish uchun normativ chegara qo‘ishyapti. Eng qizig‘i, o‘qigan kitoblari hisobotini ham berib qo‘yishyapti.

Kitob o‘qishni sportlashtirishga o‘xshaydi. Aqliy faoliyat turlarning ayrimlari sport turiga aylangani rost, lekin ular orasida ko‘p kitob o‘qish turini topa olmaysiz. Negadir bizda shunday yondashuv urchib ketdi.

“Men kitobni o‘qimayman, men kitobni yeyman! Mana qaranglar qancha kitobni tushririb qo‘ydim bir yilda! Falonchi milliarder shuncha kitob o‘qirkan, pismadonchi daho shuncha kitob o‘qib tashlar ekan! Boyib ketomqchimisan? Aqlli bo‘l! Aqlli bo‘lmoqchimisan? Kitob o‘qi, ko‘p kitob o‘qi... jumladan kitoblarimni sotib ol! Bugun chegirmali narxda sotilyapti!”

Bu yutubda amerikalik va rossiyalik infoqalloblarning uchraydigan reklamasidan edi.

Endi shu uslub ziyoli yoshlarimizga yuqibti.

Albatta katta miqdorda o‘qish bilim va tushunchalarni boyitish EHTIMOLLIGIni oshiradi basharti o‘qish sifatli bo‘lsa. Miqdor sifatga o‘tish degan qonuniyat ishlab qolishi uchun maqsad ko‘p o‘qish emas sifatli, tushunib o‘qishga intilish kerak. Va bunda kitoblar soni va o‘qish tezligining ahamiyati birinchi o‘rinda emas.

Agar kitob (nafaqat kitob, maqola bo‘lishi mumkin) o‘qishga jiddiy kirsangiz stolingizda taqriban 2-3 kitob bo‘ladi. Birini yillab o‘qib tugatmay davom etasiz, bir qismini o‘qib oylab hazm qilasiz.. Boshqasini bir-ikki o‘tirishda tugatib qo‘yasiz. Yana boshqasini boshlab, oxiriga yetkazmay tashlab qo‘yasiz – va bu o‘z o‘zidan ayb emas!

Bir-ikki kitob o‘qib uni juda yaxshi tushungan aql yil mobaynida 100 ta kitobni yutib yuborgandan kuchliroq, boyroq bo‘ladi.

Tarmoqlarda ketayotgan kitobxonlikka targ‘ib kitob o‘qishni yoshlar orasida modaga aylantirishga qaratilgan. Modaning muammmosi shuki, bugun moda bo‘lgan narsa ertagayoq eskiradi. Yuzaki targ‘ibot odamlarning me’dasi bilan o‘ynashib qo‘yadi. Me’daga urib ketsa boshqa hech qaysi tashviqot bilan qiziqtira olmaysiz. Shu oddiy narsalarni tushunmaganlar kitob o‘qib unchalik uqimayotganliklarini ko‘rsatib qo‘ydi.

“Ko‘p o‘qish” juda nisbiy tushunchaliginiyam aytib o‘tish kerak. Kimgadir, qaysidir holat uchun, maqsad va imkoniyatlarga qarab bo‘ladi. Bir yilda 500 ta birinchi sinf bolalari uchun chiqarilgan kitobni o‘qigan bilan shu davrda Kvant fizikasiga bag‘shlangan 70 betlik monografiyasini o‘qib tushungan odam bilan barobar emas. Albatta bu bo‘rtirilgan misol.

Lekin “shu yili o‘qishim kerak bo‘lgan kitoblarim ro‘yxati”ni ko‘z ko‘z qilayotganlar bu kitoblar qanchalik potensiali, maqsadi, imkoniyati, tushuncha holati haqida umuman ma’lumot bermaydi. O‘zini motivatsiya qilish uchun foydali ish bo‘lishi mumkin. Ammo boshqa odam uchun miqdor motivatsiya bo‘lishi uzoqqa bormaydi.

Men ko‘p emas oz o‘qinglar demayotibman, kitob o‘qishga rag‘batni so‘ndirish niyatim ham yo‘q. Aytmoqchi bo‘lganim o‘qishga bo‘lgan rag‘batingiz butun umr uchun so‘nishga yetaklaydigan tushunchalardan uzoq bo‘ling.

O‘qish uchun o‘qimang, uqish uchun, o‘zgarish uchun, mustaqil fikrlay oladigan va o‘z fikrlaringizni tushuna oladigan bo‘lish uchun o‘qing. Shunda o‘z-o‘zidan sifatli o‘qish miqdorning ortishiga tabiiy yetaklab keladi.

✍️Jamshid Muslimov

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

😴 Ҳеч иш қилгингиз келмаяптими?
🛏️ Доим ухлашни хоҳлайсизми?
⏰ Шунча ухласангиз ҳам, уйқудан тўймаяпсизми?..
😩 Доимий чарчоқни ҳис қиласизми?..

Балки, бу оддий чарчоқ эмас — бу дангасаликдир!
Орзу бор, лекин унга қараб қадам йўқ.
Иш режа бор, лекин бошлашга куч йўқ.
Ҳар куни янги ҳаёт бошлашни ният қиласиз…
...лекин эрталаб яна “бугун эмас, эртага” деб ухлаб қоласиз.

Шундай давом этаверсинми? Йўқ!
Биз бу ҳолатга чек қўямиз! 💪


🔔 10-июндан бошлаб "Дангасаликни енгиш" марафони бошланади!

Психологик машқлар ва кунлик назорат орқали сиз ўзингизнинг янги версиянгизни яратишни бошлайсиз.


Бу марафонда сизга:

✅ Дангасаликни енгиш учун энг ажойиб амалиётларни бериб бораман.

📍 Қатнашиш бепул. Фақат ҳаракат талаб этилади.

🚪 Каналга уланиш👇👇👇

@Ilmli_ayollar_jamoasi
@Ilmli_ayollar_jamoasi
@Ilmli_ayollar_jamoasi

Читать полностью…

Mobil kutubxona

❗️DIQQAT, imtihon yaqin!
Bitiruvchi va abituriyentlar ushbu BEPUL onlayn testda qatnashishlari SHART!

🏆 Pul yutugʻi: 1.000.000 so'm!
4.5 Milliardli olimpiada yo'llanmasi

Yakshanba 8-iyun, UMFT Universiteti homiyligida Mandat.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL 15-onlayn BLOK test tashkil etilmoqda!


📆 Test vaqti: 8-iyun (09:00–23:59)
💳Ishtirok etish narxi: BEPUL
👉 Ro'yxatdan o'tish shart!

2025-yilgi kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun!

Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Biologiya + Ona tili va adabiyoti
👉 Chet tili + Ona tili va adabiyoti
👉 Fizika + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili va adabiyoti
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Kimyo + Matematika
👉 Matematika + Ona tili va adabiyoti
👉 Ona tili va adabiyoti + Matematika
👉 Tarix + Chet tili
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Matematika
👉 Tarix + Ona tili va adabiyoti
👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH;


🔤🔤🔤🔤 Universiteti - 4.5 mlrdlik olimpiada, BEPUL ta'lim, 2000$ oylik maosh, +2 yil Koreyada sifatli taʼlim!


👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish

🔖Test yakunida 1.5 MLN soʻmgacha sertifikat va Universitetga imtihonsiz kirish imkoniyati hamda test tahlili beriladi!

Читать полностью…

Mobil kutubxona

• Бошлиқ фойдаланади
• Лидер ривожлантиради

• Бошлиқ буйруқ беради
• Лидер илтимос қилади

• Бошлиқ айблайди ва жазо беради
• Лидер бошқа йўлларни кўрсатади

• Бошлиқнинг кучи қўрқув ва босимда
• Лидернинг кучи ҳурмат ва ҳамкорликда

• Бошлиқ "Мен" дейди
• Лидер эса "Биз" дейди

• Бошлиқ қўрқитади
• Лидер ишонч беради

Сиз лидер бўлинг, бошлиқ эмас...

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📣Azizlarim, ona tili va adabiyot fanidan Milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlanyapsizmi?

Esse borasida-chi?

Bu jurnalistik - janr. Uni jurnalistdan o'rganishga nima deysiz?

Chumchuq so'ysa ham, qassob so'ysin
😀.

Jurnalist-filolog Sofiya Maxmudovada esse kurslarida tahsil olgan, 87% talabgorlarning natijalari 60+ dan yuqori va katta qismi 65+...shunchaki raqamlar emas!
😊 37 ta sertifikat.
Tanishing
👇
/channel/Filasofiya_SMT

Siz ham natijalilardan biri bo'ling
👍 Biz shunchaki sababchilar, qolgani Qodirga oson🤲

Oylik to'lov, sizni hayratga solishi aniq
😳 69 000

Murojaat uchun:
👇

/channel/ona_tiliSofiyaMT

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Ustoz, nega? Nega biz bu narsalarni shu kungacha kashf qilolmadik? Nega muallimlarimiz bu ma'naviy olamning bitmas-tuganmas zavqlarini, huzurini aytishmadi?...
Ming afsus behuda o'tgan YOShLIGIMGA... Ming afsus...

Oilaning, jamiyat va davlatning tartib-intizomi, insonlarning taslimiyati va oxiratga bo'lgan imoniga bog'liq ekan. Qilgan xatolarining eng kichigiga ham qattiq javob berishiga imon keltiradigan inson kimga ham zarar bersin? Qaysi qonunni chetlab o'tar yoki qaysi qoidani buzar edi? Kimga ziyon yetkazib, kimning qonini to'kadi?...
Agar biron-bir jamiyatda zulm, nohaqliklar, nizo va behalovatlik mavjud bo'lsa, demak, u yerdagi insonlar ALLOHGA QULLIGINI, dunyoga nima uchun kelganini va oxiratda barcha ishi uchun javob berishini unutib qo'yishgan. Inson va jamiyatni bundanda boshqa usulda nazorat qilish mumkinmi?...
Buni o'z hayotimga nazar solib juda yaxshi tushunib turibman. Eng katta nazorat va osoyishtalikni saqlovchi narsa insonning ichki boshqaruvi va taqiqlovchi vijdonidir...

"Iqror" kitobidan

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Koreys tilini sevib oʻrganasiz. Qaytaraman, 📌sevib oʻrganasiz! Oʻqituvchi Nafisa bunga kafolat beradi. Koreys tili oʻrganuvchilari uchun yangi 0 dan guruh ochilyapti. 🔍

Va bu
kimlar uchun:

🖇️
Bu yil Bakalavr magistraturaga Koreya Universitetlariga kirishni hohlayapti-yu, lekin til sertifikati yoʻq. Va aynan Koreys tili sizga yechim boʻla oladi.

🖇️
O’zbekiston-Koreya hamkorligidagi Universitetlarda oʻqishni davom ettirmoqchi boʻlganlar uchun;

🖇️
Oʻqituvchilikka salohiyati borlar yaxshilab oʻrganib, daraja olganidan soʻng dars berishi, daromadga chiqishi ham mumkin…

Bu roʻyxatni sanab tugata olmaymiz. Zero, bir til–bir imkoniyat dunyosi. Nima uchun aynan Nafisa da oʻqishingiz kerak?

📍Tezlashtirilgan dastur orqali 3 oyda imtihonga tayyorlaydi.

📍Talabchan oʻqituvchi. 3 marta darsga sababsiz kirmagan va vazifa qilmagan oʻquvchi guruhdan chiqariladi.

📍Har daraja oxirida imtihon oʻtkaziladi. 🔍

📍Darslar oʻqituvchi qizning muallifligidagi taqdimotlar asosida kreativniy’ oʻtiladi.

📍Haftada 3kun. Qoʻshimcha kunda takrorlash boʻladi. Haftaning se, pay, shanba kunlari. ⏰ 18:00 da

Kursga yozilish va qoʻshimcha savollar
uchun
@Nafisa_abdullayeva ga yozing.

❗️Ikkilanishlarga nuqta qoʻying va 3 oyda yangi til oʻrganing!

Kanalda qiziqarli malumotlar berib boriladi:
/channel/Nafisa_Semm

Читать полностью…

Mobil kutubxona

- Ayol tuproqqa oʻxshaydi, sen hosil olishni bilsang boʻlgani, demoqchimisiz?
- Men demayapman, Alloh deyapti. Erkak birinchi qadamni qoʻyadi, ayol hosil beradi. Qolaversa ayol bitta bermaydi, birga oʻn, birga yuz, birga ming beradi. Sen unga atirgul koʻchati eksang, u senga dasta-dasta gul beradi, sen unga bir shirin soʻz aytsang u senga yuz shirin soʻz aytadi. Aksincha boʻlsa aksincha...

Dushmanga oʻzining quroli bilan oʻq uzish mumkin, lekin u sening dushmaning emas, umr yoʻldoshing, turmush oʻrtogʻing. Uning hatosiga undan koʻra kattaroq hato bilan javob berma!

Eng chiroyli ayol ham ogʻzidan chiqadigan soʻzlar bilan xunuklashishi , eng xunuk ayol ham ogʻzidan chiqqan soʻzlar bilan goʻzallashishi mumkin...

📖 Sema Marashli
"To'ydan keyin ham muhabbat bo'lsin"


📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

...Ibn Sino ertalab non yeganlarga go'shtni kechqurun yeyishni tavsiya qilardi. Non va go'sht orasida vaqt shunchalik uzun bo'lishi kerak. Go'sht bilan nonni birga yeyish zarur bo'lsa, avval nonni go'sht suviga botirib, yeyish va shundan so'nggina go'sht yeyish lozim. Taomdan keyin suv ichilsa, suv ichaklarga o'ta olmaydi, oshqozonning kengayishiga, qiynalishiga sabab bo'ladi. Taom orasida suv ichish to'g'ri emas, chunki ovqat yeb suv ichgan, taomni yaxshi chaynamaydi. Yetarlicha chaynalmagan taom oshqozonga, ichaklarga va taloqqa zarar beradi.

''Dard va davo'' kitobidan

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…
Subscribe to a channel