Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
📣 Tinglamasangiz bo‘lmaydi
🎚️ Shakar — ommaviy narkotik
🎚️ Erkaklik inqirozi — Zamonaviy erkaklar kuchsizligi
🎚️ Shaxsiy hikoyam: Hayotimni o'zgartirgan kasb
🎚️ Maqsad izlaganlar: Shaxsiy masʼuliyat kuchi
🎚️ Raqamli Qullar. Nosog'lom jamiyat.
🎚️ Miya qanday ishlaydi?
"Finlyandiya ta'lim mo‘jizasi" kitobi haqida
📚 @kitoblar_apk
“Puankare” kitobi muallifi, yozuvchi Abduqayum Yo‘ldoshev ijodini fantastika janridan boshlagan. Keyinchalik yozuvchi bu yo‘nalishdan uzoqlashib, realistik asarlar yoza boshladi.
Bu haqida yozuvchining suhbatlaridan birida shunday deydi:
“Fantastika ajoyib janr-da. Xayolotning cheksiz parvozi. O‘qib ham, yozib ham rohatlanadi kishi.
Aniq fanlarga qiziqishim sabablimi, yoshligimdan ilmiy fantastik asarlarni ko‘proq o‘qirdim. Aytaylik, “Jahongir”, “Odam amfibiya”, “Professor Douelning boshi”, “Ko‘rinmas odam” va hokazo. Keyinroq ancha-muncha fantastik asarlarni o‘zbekchaga o‘girdim ham. Fantastik asarlarimdan iborat ikkita kitobim chiqdi.
Biz adabiyotga kirib kelgan davrlar fantastikaga qiziqish kuchli edi-da. Yozuvchilar uyushmasida alohida to‘garak ham bor edi, shunga qatnab turardim.
Ayniqsa, ilmiy fantastikani yaxshi ko‘raman. Jahon tarixida ko‘plab olimlarning buyuk kashfiyotlariga aynan fantastik asarlarda qalamga olingan ilmiy-texnik yangiliklar sabab bo‘lganligini ham unutmaylik.
Yana bir misol. Xitoy keyingi o‘n besh yilda ta’lim tizimiga aynan fantastik asarlarni ko‘proq o‘qitish tajribasini kiritdi. Bu qanday ko‘lamdor samaralarga olib kelganligini hammamiz ko‘rib-bilib turibmiz.
O‘zimga kelsak, o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida hayot shu qadar mo‘l-ko‘l ajoyib-g‘aroyib, mantiqli-mantiqsiz, aql bovar qilmas, hatto fantast yozuvchilarning xayoliga kelmagan voqeliklarni qalashtirib tashladiki, ularni realistik usulda tasvirlashdan boshqa yo‘l qolmadi”.
📚 @kitoblar_apk
#bilasizmi
Birinchi kitobi nashr etilgandan keyin Harper Li deyarli hech qanday intervyu bermagan va jamoat hayotida juda kam ishtirok etgan.
📚 @kitoblar_apk
“Kecha va kunduz” romanining birinchi so‘zlarini o‘qishim bilan uning o‘zbek tiliga xos usuli meni o‘ziga afsun qilib qo‘ydi. Xuddi buyuk bobosi Navoiydek Cho‘lpon o‘zbek tilining o‘ziga xos ifoda qilish imkoniyatlarini to‘la tarzda kashf etadi.
“Kecha va kunduz” romanining o‘zbekcha lakunalaridan foydalanib, ko‘zga tashlanadigan istioralaridan biri mana bu:
“Oy hali chiqmagan; faqat kechaning qorong‘isiga o‘chakishgan sanoqsiz yulduzlar tepada turib mash’allarini yondirganlar, xuddi peshona oldida ko‘ringan eng yorug‘ bir yulduz, piyoz to‘g‘rab yotgan kelinchakning ko‘zlariday, pirpirab yonardi”.
Albatta, boshqa xalqlarda ham piyoz to‘g‘rash ko‘z yoshlariga sabab bo‘lishi ma’lum, ammo bu istiora o‘zbek oilalaridagi munosabatlarni ochib beradi va shu zahotiyoq Markaziy Osiyodagi madaniy hayotning o‘ziga xos jihatini ifodalaydi.
© Kristofer Fort
Ma'lumot uchun, Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani 2019-yilda Michigan universiteti aspiranti Kristofer Fort tarjimasida ingliz tilida nashrdan chiqqan.
📚 @kitoblar_apk
Bir sinfdosh qizimizning tug‘ilgan kuni yaqinlashdi. Undan nima olib berishni so‘radik. "Rosa reklama qilyapti – hali biror marta "Snikers" degan shokoladni yemaganman", – dedi u uyalibgina.
20 kishidan yig‘ilgan xalfana pulga atigi bitta "Snikers" keldi deng! (u kezlar juda qimmat bo‘lardi bu arzanda shokolad...)
Bir oylardan keyin kaminaning tavallud kuni keldi. Kitoblarni tanladim. Bitta "Snikers"ning puliga markazdagi kitob univermagidan 15 ta kitob oldim.
📘 «Kitob haqida kitob»
📚 @kitoblar_apk
0.2 SPEAK UP COURSE.
Bepul online speaking kursga start berildi.Kursga qo'shilish uchun quydagi silka orqali qo'shilib olamiza.
‼️‼️
Eslatma faqat 50 ta oʻquvchi qabul qilinadi. 7 Yanvardan kurs boshlanadi.
Tezroq qoʻshilib olamiza
👇👇👇👇👇👇
/channel/+yr1fm9_GQZtjZjg6
/channel/+yr1fm9_GQZtjZjg6
/channel/+yr1fm9_GQZtjZjg6
/channel/+yr1fm9_GQZtjZjg6
🤯 Dangasalikdan butunlay qutulib, maqsadlarga temir intizom bilan erishish usullarini BEPUL o'rganing
Eslab qolish bo'yicha Rossiya rekordchisi va miyani rivojlantirish bo'yicha 11 yillik tajribaga ega ekspert — Davronbek Turdievdan BEPUL onlayn vebinar!
🎯 Bu usullar orqali 40 000 dan ortiq insonlar o'z maqsadlariga erishib, hayotlarini butunlay o'zgartirishdi.
Aynan 24-25-26-dekabr kunlari soat 20:00 da barcha sirlar BEPUL o'rgatiladi!
Havolani bosib yopiq kanalga ulanishga ulguring chunki vaqt va joylar soni cheklangan.
👉 Hoziroq BEPUL qo'shilishga ulguring
👉 Hoziroq BEPUL qo'shilishga ulguring
👉 Hoziroq BEPUL qo'shilishga ulguring
💖Mana o‘sha audio kitoblar:
💽 Ummu Gulsum
💽 Qalblar tizgini
💽 Olim yetishtirgan onalar
💽 Dor ostidagi odam
💽 Alvido, Vatan!
💽 Izlash
💽 Imomning maneken qizi
💽 Alfido
💽 Sohilsiz dengiz
💽 Nasroniy atirguli
💽 Bu ummatning qizi
💽 Ichindagi ichindadur
💽 O‘gay ona
💽 Til ofatlari
💽 Qiyomat va oxirat
💽 Halol luqma
💽 Jannatga taklifnoma
💽 O‘zini qidirgan odam
💽 Ey Farzand
💽 Qaynona
💽 Bir vijdon uyg‘onur
💽 Iskanja
💽 Vijdon azobi
💽 Hech bir uchrashuv tasodif emas
💽 Devona
💽 Saodat asri qissalari
💽 Yashamoq sokinlik istar
💽 Ey qizim
💽 So‘nggi to‘fon
💽 Qalb iffati
Agar siz Ingliz tilini Beginnerdan to Multilevel/IELTS darajasigacha bo’lgan davrda sizga doimiy amaliy yordam bera oladigan ustoz izlayotgan bo’lsangiz, sizga Asadbek Teacher kanalini tavsiya qilamiz!
Kunlik videodarslar, lug’atlarga asoslangan postlar va eng asosiysi haftalik jonli darslar sizga bu jarayonda eng yaxshi yordamchi bo’ladi!
Hoziroq Ingliz tiliga sayohatingizni mana shu yerda boshlang:
/channel/+jZO5rD1PlEI4NzVl
/channel/+jZO5rD1PlEI4NzVl
/channel/+jZO5rD1PlEI4NzVl
📖 Garsiyaga maktub
📌... Bugungi kunda bizga shunday Rouen ismli rahbarlar, fuqarolar va eng muhimi, yoshlar juda kerak. Bunday insonlar jamiyatimizda mavjud. Biroq bunday insonlarni ko‘paytirish lozim.
📌 Taraqqiyot – ana shunday odamlarni axtarishning davomli va mashaqqatli jarayoni. Bunday odamlar nimaiki istasalar, shunga erishadilar. Bunday odamlar har bir shaharda, har bir qishloqda, har bir ishxonada, har bir ustaxonada, har bir do‘konda, har bir korxonada kerak. Bunday odamlar dunyoga kerak. Garsiyaga maktubni eltib berishga qodir odamlar…
🔖 Ushbu ocherk ilk bor 1899-yil «Philistine» jurnalida nashr etildi. Muallif — Elbert Xabbard. Asar dunyo bo‘yicha 40 mln.dan ortiq nusxada chop etilgan.
🔷 "Garsiyaga maktub" bizga nima haqida gapirmoqchi... Mulohaza qilish va xulosa uchun yaxshi imkoniyat! Birgalikda, oila davrasida tomosha qilamiz va yaqinlarimizga ulashamiz.
📚 @kitoblar_apk
🤯 Dangasalikdan butunlay qutulib, maqsadlarga temir intizom bilan erishish usullarini BEPUL o'rganing
Eslab qolish bo'yicha Rossiya rekordchisi va miyani rivojlantirish bo'yicha 11 yillik tajribaga ega ekspert — Davronbek Turdievdan BEPUL onlayn vebinar!
🎯 Bu usullar orqali 40 000 dan ortiq insonlar o'z maqsadlariga erishib, hayotlarini butunlay o'zgartirishdi.
Aynan 24-25-26-dekabr kunlari soat 20:00 da barcha sirlar BEPUL o'rgatiladi!
Havolani bosib yopiq kanalga ulanishga ulguring chunki vaqt va joylar soni cheklangan.
👉 Hoziroq BEPUL qo'shilishga ulguring
👉 Hoziroq BEPUL qo'shilishga ulguring
👉 Hoziroq BEPUL qo'shilishga ulguring
📣 Audio kitoblarning bir faylga jamlangan to‘liq shaklini izlayapsizmi? Mana ular: ⤵️
💿 Qur’oni Karim (O’zbek tilida ma’nolar tarjimasi)
💿 Payg‘ambarlar tarixi
💿 Tarixi Muhammadiy
💿 Ilm olish sirlari
💿 Amir Temur saltanati
💿 Qiyomat va oxirat
💿 Mahzun bo‘lma
💿 Riyozus solihiyn
💿 Ulamolar nazdida vaqtning qadri
💿 Hazrat Umar
💿 Alkimyogar
💿 Million dollarlik xatolar
💿 Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar
💿 O‘tkan kunlar
💿 Mehrobdan chayon
💿 Chunki sen Allohsan...
💿 Munabbihot
💿 Halqa
💿 Jangchi
💿 Turmush o‘rtog‘imning tengi yo‘q
💿 O‘kinma
💿 Jannat vasfi
💿 Turkiston qayg‘usi
💿 Oq nilufarlar yurtida
💿 Jarayon
💿 Men: Bas qil, ey nafs!
💿 Sir: Oshiqlar o‘lmas
💿 Ey qizim
💿 To'siqlarga qaramay sevdik
💿 Yashash fursati
💿 Partiyaning oltinlari
💿 Mungli ko‘zlar
💿 O‘nta negr bolasi
💿 Ajal ta'qibi
💿 Izlash
💿 Hazrat imom al-Buxoriy
💿 Otamdan qolgan dalalar
💿 Tanishishni unutibmiz
💿 Imomning maneken qizi
💿 Iblis va Prim xonim
💿 O‘gay ona
💿 Halol luqma
💿 Gonkongdan kelgan tobut
💿 Ikki karra ikki — besh
💿 Kaktuslar ham gullaydi
💿 Oybegim mening
💿 Buyuk boburiylar tarixi
💿 Devona
💿 Alpomish
💿 Millioner singari fikrlashni o'rganing
💿 Boburnoma
💿 Jumali
💿 Portobello jodugari
💿 Daftar hoshiyasidagi bitiklar
💿 O‘lsang kim yig‘laydi
💿 Sarafan Marketing
💿 Jimjitlik
💿 Morrining seshanba darslari
💿 Quloq oshiq bo‘larkan ko‘zdan avval
💿 Mafiya a'zosining iqrori
💿 Oshxonadagi qotillik
💿 Ravshan
💿 Bir vijdon uyg‘onur
💿 So‘nggi to‘fon
💿 Hazrati Uvays Qaraniy
💿 Odamiylik mulki
💿 Peshonamdagi nur
💿 Dor ostidagi odam
💿 Voy, onajonim!
💿 Dunyoning ishlari
💿 Vido cho‘qqisi
💿 Temur tuzuklari
💿 Dunyoni anglash kitobi
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirish odatini mutolaa zavqiga qanday qilib o‘zgartirsa bo‘ladi?
Qarshilikni kamaytiring. Ijtimoiy tarmoqlardagi postlarni o‘qishdek kitob o‘qishdan zavq olishimiz psixologik jihatdan qiyinroq. Kitobni ochganimizda qandaydir katta majburiyatni o‘z zimmamizga olamiz, chunki bu uzoq va uni o‘qishga ham ko‘p vaqt ketadi. Ammo o‘zingizni ko‘ndirishingiz mumkin. Buning uchun o‘zingizga kichik qismlarda kitob o‘qishga ruxsat bering.
Qo‘zg‘atuvchi sababni almashtiring. Har safar ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish istagi paydo bo‘lganda kitobni qo‘lga oling. Yangi boshlanuvchilar uchun bosma kitob yaxshiroqdir. Elektron qurilmada o‘qish paytida juda ko‘p chalg‘ituvchi signallar bo‘lishi mumkin. Agar telefoningizdan o‘qishga to‘g‘ri kelsa, barcha ijtimoiy tarmoq va messenjerlar ko‘rinmas rejimga o‘tkazing. Kitob ilovalarini esa smartfon ekranida ko‘z tushadigan qilib joylang.
Faoliyatni o‘zgartiring. Mutolaa qiling! Kerakli sahifani oching va o‘qishni boshlang. Kitobni majburiyat degan fikrdan xalos bo‘lishga harakat qiling. Dastlab qisqa bo‘limlarga ega bo‘lgan kitobdan boshlang.
📚 @kitoblar_apk
📚 Siz izlagan (audio) kitoblar:
💽 Qaytganimda uyda bo‘l
💽 MEN: Bas qil, ey nafs!
💽 SIR: Oshiqlar o‘lmas
💽 LOL: Har shaharning o‘z egasi bor...
💽 Muvaffaqiyatga erishishning 200 ta siri
💽 Sevgi san'ati
💽 Magnit ayol yoxud erkaklarni esdan og'dirish san'ati
💽 Zulmat ostonasidagi muhabbat
💽 Yolg‘izlikning yuz yili
💽 Andisha va G‘urur
📣 Arab tilini o‘rganuvchilar uchun maxsus mundarija
😎Videodarslar:
💖 "Boshlang‘ich arab tili" (35 ta dars)
💖 "Boshlang‘ich arab tili darslari" (30 ta dars)
💖 Arab harflarining yozilishi (5 ta dars)
💖 Arab alifbosining harflar talaffuzi (17 ta dars)
💖 Muallimi Soniy (72 ta dars)
💖 Arab tili fonetikasi (10 ta dars)
💖 Arab tili fonetikasi - maxsus darslar (4 ta dars)
💖 Arab tili grammatikasi (0dan boshlab) (11 ta dars)
💖 Alifbo 1: Alifbo kitobi
💖 Alifbo 2: O‘qish kitobi
💖 Alifbo 3: Arab grammatikasida fe'llar
😎Kitoblar:
💖 Arab tilini o‘rganishga oid elektron kitoblar ro‘yxati
😎So‘zlashgich:
💖 Arabcha so'zlashishdagi mashhur iboralar
😎Maqolalar:
💖 Arab tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar uchun foydali maqolalar
😎Multfilmlar:
💖 Arab tilingizni mustahkamlash va rivojlantirish uchun multfilm
😎Test namunalari:
💖 Arab tili: Chet tilini bilish darajasi testi bo‘yicha test namunalari
😎Tavsiya va maslahatlar:
💖 Arab tilini o‘rganishga oid tavsiya va tushuntirishlar
Assalomu alaykum
📚Ingliz tili va Rus tilidan milliy sertifikat topshiruvchilar diqqatiga
Siz ustama uchun,yoki o'qishga kirish uchun sertifikat olishni xoxlaysizmi?
✅️Sertifikat haqida to'liq ma'lumot olishni, tasdiqlangan test namunalari va ularning tahlillarini ko'rishni,imtihonda qanaqa mavzulardan savollar tushishi va qaysi kitoblar bilan shug'ullanish kerakligini,eng samarali tezkor test yechish usullari va sirlarini bilishni xoxlasanggiz
Sizni 3 kunlik marafonimizga taklif qilamiz:
/channel/+sopv7fdxvplmZmZi
Ingliz tili
/channel/+6o4DXRUF75ZkMWVi
Rus tili
📚 Milliardlarni lol qilgan kitoblar
📚 Bir nafasda oʻqiladigan TOP-7 ta kitob
📚 Dunyo bo'yicha eng sevib o'qiladigan asarlar TOP-15
📚 «XX asrning eng yaxshi 100 ta kitobi»
📚 Ekranga olib chiqilgan eng yaxshi badiiy asarlar o‘ntaligi
📚 Mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar (40 ta)
📚 Bir nafasda oʻqiladigan TOP-7 ta kitob
📚 Eng ko‘p nusxada sotilgan kitoblar
📚 Dunyo tan olgan 5 roman
📖Mazmunga boy, hajmi 1 qatorlik 15 ta eng qisqa hikoyalar
➡️ IELTS'ga tayyorlanuvchilar uchun o‘sha mashhur kitobning barcha qismi
⚡️ Islom psixologiyasi (Ilmun nafs)
🇹🇷 Turk adabiyoti ixlosmandlari uchun maxsus audio kitoblar
📚 Jahon adabiyoti durdonalarini turk tilida mutolaa qiling
📚 MUSTAQIL OʻQISH UCHUN TAVSIYA ETILGAN BADIIY ASARLAR (40ta)
▶️ Arab tilingizni mustahkamlash va rivojlantirish uchun multfilmlar
➡️ "Shaytonning askarlari"
➡️ "Ey qizim" (Audiokitob)
➡️ "Sohilsiz dengiz" (Audiokitob)
⚡️ "Qur'on bilan tanishuv"
🫰Hech boʻlmasa bir marta tinglashingiz kerak boʻlgan suhbatlar
#Bir_kitob_haqida
Baxtiyor Abdug'afur domlaning 20-asr boshlarida Turkiston Hurriyati va dini uchun kurashgan qo‘rboshi Muhammad Aminbek (Madaminbek) hayoti haqidagi tarixiy romanini o‘qib tugatdim.
Romandagi voqealar sho‘ro imperiyasi qulashi va hokimiyat bolsheviklarga o‘tish oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Sobiq sho‘ro hududarida boshbodoqlik hukm suradi. Andijon, Farg'ona va Namangan hududlarida bolsheviklar va arman dashnoqlari aholino qatliom qiladi. Shunda er yigitlar katta qo‘rboshilar ostida to‘planib ularga qarshi kurashadilar.
Mashhur mard qo‘rboshilar Mulla Ergash, Shermuhammadbek, Xolxo‘ja va boshqalar. Madaminbekning tashabbusi bilan qurultoy tuzib birlashishadi. O‘zlariga Mulla Ergashni bosh qilishadi. Ozroq vaqt o‘tgacha qo‘rboshilar o‘rtasida ixtiloflar yuzaga kelib, Madaminbek qo‘rboshilarning amiri bo‘ladi.
Madaminbekning maqsadi barcha birlashtirish edi. U hatto bolsheviklarga qarshi sho‘ro askarlari bilan ham ittifoq tuzadi. Shu masala yuzasidan ham Madaminbek va Shermuhammadbek o'rtasiga nizo tushadi. Shermuhammadbek sho‘rolar bilan ittifoqqa rozi bo'lmaydi.
Sho‘rolar, ba‘zi qo‘rboshilar va rus krestyanlarining xoinligi tufayli katta g‘alabalarga sari qadam qo‘yayotgan Madaminbek avval Jalolobodga, keyin esa Ergashtom (hozirgi Irkeshtom) hududlarigacha chekinadi. U yerda u inglizlardan qurol sotib oladi, Buxoro amiri va Afg'on xoni elchilari bilan muzokaralar olib borgan holda ulardan yordam olishga harakat qiladi.
Madaminbek barcha qo‘rboshilarni yana yig‘adi va gina-adovatlarni unutishga chiqaradi. Ular endi hududlarga bo‘linishadi, lekin bolsheviklar katta armiya bilan har bir qal'aga hujumga o‘tib barchani shoshiradi. Shu zaylda bolsheviklar tomonidan sulh taklif qilinadi, qulay shart-sharoitlar bilan Madaminbek sulhga ko‘nadi, lekin Shermuhammadbek bu sulhga qarshi chiqadi. Shunga qaramay sulh tuziladi.
Keyin esa Madaminbek do‘sti Shermuhammadbek oldiga murosa uchun yo‘lga chiqqanda xoin sho‘rolarning tuzog‘iga tushadi va o'ldiriladi. Turkiston er o‘g‘loni shu holda vafot etadi.
Badiiy obrazlarga ozroq to‘xtab o‘tmoqchiman Madaminbek mening tasavvurimda mard, tartibli va kuchli rahbar sifatida taasurot uyg‘otdi. Maqsudbek esa sadoqat timosilini o‘zida namoyon qilgan doimo Madaminbek bilan birga bo‘ladi. Maqsudbekning to‘g‘asi Ismoil To‘ra ziyoli inson Turkistonning mustaqil bo‘lishi uchun o‘limiga qadar orzu qiladi. Ismoil To‘raning "Tarixi Mujohidon" asarini o‘qigim keldi, chunki u kitob aynan o‘sha davrdagi barcha voqealarni o‘z ichiga olgan adashmasam.
✍🏻 Mahmudjon Tohirov
📚 @kitoblar_apk
#Rivojlanish
🎚 Bir kunda bir bet kitob o'qing!
🎚 Dunyo va oxirat
🎚 Har bir musulmonning hayoti rejalangan bo'lishi kerak
🎚 Har qanday muammoning yechimi ilm
🎚 Ixlos va muhabbat
🎚 Ishni nimadan boshlash kerak?
🎚 Maqsad yoki mehnat qaysi kuchliroq?
🎚 Maqsadingiz bo‘lmasa maqsadi borlarga xizmat qilasiz
🎚 Moliyaviy savodxonlik
🎚 Mustahkam xotira
🎚 Nega o‘qishga xohish yo‘q?
🎚 Nima uchun erta turish kerak?
🎚 Odatlar zanjirini tuzish
🎚 Real hayotga qayting
🎚 Taym menejment — Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash
🎚 Tez o'qish sirlari
🎚 O‘zbek menejmenti yohud samarali boshqaruv usullari
🎚 O‘zingizni aldamang
🎚 Chet tillarini qanday o'rganamiz
👤 Chingiz Aytmatov
📓 "Sarvqomat dilbarim"
Chingiz Aytmatovning ushbu qissasida tom ma'noda hayotiy-maishiy haqiqat va muammolar tasvirlanadi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Asar qahramonlari - Ilyos, Asal, Xadicha, Boytemi Jontoylarning har birining o'ziga xos fe'l-atvori hozirgi kunda ham zamondoshlarimizning qaysidir birlarida takrorlanadi. Asal bilan Ilyos asar boshida tasodifan uchrashib, taqdir taqazosi bilan o'zaro turmush qurishadi. Lekin negadir Ilyos o'z muqaddas oilasiga xiyonat qiladi...
Nima uchun? Asal nega Ilyosni kechirmadi?
Jontoy nega Ilyosga hasadgo'ylik bilan qarardi? Ilyos uzoq yillardan keyin farzandini topganda unga nega otasi ekanligini aytolmay qiynaladi? Boytemir Ilyos va Asal taqdirida qanday rol o'ynaydi?
Asarni o'qish davomida bu savollarga javob topasiz.
📚 @kitoblar_apk
#Bir_kitob_haqida
✳️ Jek London — "Martin Iden"
"Cheklangan fikrlilargina cheklanganlikni faqat boshqalarda ko‘rishadi".
Martin Iden — Amerika orzusi, ko'zlangan maqsad va muvafaqqiyatga erishish yo'li qanchalar murakkab bo'lishini tasvirlab berilgan o'ta realistik roman. Uni ikkita katta qismga bo'lish mumkin: asar protagonistining mashhurlikka erishguniga qadar va undan keyin hayotiga.
Adabiyotni sevuvchilarning bari ozgina bo'lsa ham Martin Idendir. Yoshlikda mashhur yozuvchi bo'lishni, o'zi sevib o'qigan adiblar qatoridan joy olishni istamagan kitob shaydosi kam bo'lsa kerak. Asar voqealari shunchalik oddiy va bir paytning o'zida shunchalik ta'sirliki, undagi reallikdan inson seskanib ketadi.
"Martin Iden" - qisman avtobiografik asar, lekin unda biz nafaqat Jek London siymosini, balki shon-shuhrat va tanilishga intilgan, hayotda qo'ygan maqsadiga erishishga bel bog'lagan barcha kishilarning umumiy kartinasini ko'ramiz. Martin Iden oddiy dengizchi yigit bo'lib, juda omi va qo'pol edi, bir kuni uning toleyiga Ruf ismli badavlat oila qizini sevib qoliosh yoziladi. Ammo unda qizga yetish uchun sevgisidan bo'lak hech narsa yo'q edi. U na adabiyotni, na ilmni tushunar - Ruf va uning tabaqasi odamlarining bilimli ekanligidan hayratga tushardi. Oqibatda, u qizga yetish uchun ilmini oshirishga bel bog'laydi. Uyqusidan voz kechib kitoblar o'qiydi, ilm o'rganadi, izlanadi. Bir kun kelib Rufga teng bo'lishga intiladi. U yozuvchi bo'lib, boyib ketishni, shu orqali Ruf bilan umr kechirishni maqsad qiladi. Ammo afsuskim bunga o'zidan boshqa hech kim ishonmaydi..
Martin Iden - beqiyos darajada irodali shaxs, hatto ba'zi kitob o'rtalarini o'qirkanman, uning matonatidan hayratga tushganim ham rost. Qanday qilib bunday tezlikda yuksak darajaga chiqish mumkin? Bunga sabab sevgimidi yoki baxtli bo'lishga bo'lgan ishtiyoq? Bilmadim, buni har kimning o'ziga qoldiraman.
U boshida omadsizlikka uchraydi: pulsiz, och nahor qoladi. Eng alamlisi sevgilisi Ruf unga tegishga rozi bo'lmaydi, uni tushunmasligini va hech qachon yozuvchi bo'la olmasligini ta'kidlab, uni tark etadi. Nihoyat mashaqqatli mehnat evaziga tirishqoqlik bilan baxtga erishganida esa hammasi o'zgaradi. Martin o'zi bilan og'ir kunida ham birga bo'lganlarni saxiylik bilan taqdirlaydi, uni tark etgan dushmanlari ham unga peshvoz chiqishadi. Endi boy-badavlat va mashhur bo'lganida hatto Ruf ham qaytib keladi. Savol, Martin endi baxtlimidi? U axir o'zi istagan hamma narsaga erishgandiku? Yo'q, u aslida o'sha eng boshidagi Martin Idenligicha, asarlarini jurnallar qaytarib yuborgandagi Idenligicha qolgandi, shunchaki yagona farq - endi u ommaga mashhur "trend"dagi shaxs edi xolos. Axir, o'zi aytganidek, "meni hurmat qila boshlagan odamlar bosilgan asarlarim haqida lom-lim demadilar, ularga buning qizig'i yo'q edi". Hayotiy haqiqat, shunday emasmi?
Martin Iden - jamiyat aslida buyuklikni va haqiqiy iste'dodni anglay olish darajasida emasligini, uni va unga o'xshagan talantlarni faqat ozchilik qabul qilishini tushunib yetganda, o'zi bir paytlar ixlos qilgan yuqori tabaqa kishilarining ko'pi ham aslida yaramas va tor fikrli ekanligini anglaganda o'zining maqsad marrasini yo'qotib qo'yadi. "Eljernonga atalgan gullar"da aqli noqisroq Charli buyuk aql sohibiga aylanganda qanday baxtsiz bo'lgan bo'lsa, Martin ham shu ahvolga tushadi. Ularning yagona farqi - Charli yana oldinga holiga qaytib, sal bo'lsa ham, o'z baxtini qaytara olgan bo'lsa, afsuski Martin Idenga bunday imkon berilmaydi.
Bu kitob haqida soatlab fikrlash mumkin. Bu hayolga kelgan ilk fikrlar edi, xolos. Hali yana suhbatlashamiz. O'zi, so'nggi bora, "Buyuk Getsbi"ni o'qiganimda "no happy end" yakundan ta'sirlangandim. Men Martin o'zi bilan Lizzini ham birga sayohatga olib ketishini qanchalar istagandim. Shunda hikoya bunday yakun topmasmidi? Ammo u bunday qila olmasdi. Iden o'zi ta'kidlaganidek, hayotda mudroq sayyora bo‘lgandan ko‘ra, yorqin va oniy meteorit bo‘lgan afzal.
Zero, meteoritning butun go'zaliigi va buyukligi ham uning o'sha oniyligida emasmi?
Yoqimli mutolaa!
📚 @kitoblar_apk
Ingliz tilini qanday o‘rgansam ekan deb yuribsizmi?
Yechim shu yerda 🫰
#Kitobxon_fikri
#Bir_kitob_haqida
📗Murod Muhammad Do'st — "Lolazor"
"Shunday bir xotira qolsaki, eslaganda zo'riqish sezilmasa, xotiraki ko'ngillarning tub-tublariga singib ketsa, qonga o'tsa, tnada jon yanglig' titrab tursa!...
Keyin.. abadul abad qolsang! Odamlarning dilida, tilida - birday to'kis, birday fozilu adolatli bo'lib qolsang! Saodat shu emasmi?"
XX asrning eng shov-shuvli o'zbek romanlaridan biri. Lekin nega? Kitobni o'qib, shunga javob izlagandek bo'ldim.
"Lolazor" romani — sobiq Sovet davridagi o'zbek jamiyatidan hikoya qiladi. Bosh qahramon Nazar Yaxshiboyev - o'zi Bulduruq qishlog'idan chiqqan yoshi o'tib qolgan publitsist va yozuvchi. O'z qishloqdosh do'sti Xorun Kalonov bilan uzoq hayot yo'lini birga bosib o'tishgan. Undan farqli Xorun mamlakat rahbari darajasiga ko'tariladi va unga orqavarotdan "Oshno" deb laqab beriladi. Kitobda shuningdek, Oshnoning xotini Muyassar va Yaxshiboyevniki Muxsina ham asosiy rol o'ynaydi. Shuningdek, qissanavis personaj yozuvchi Saidqul Mardonov obrazi ham bor.
Xo'sh, kitob katta davrni o'z ichiga olsa ham, u bir mavzu atrofida aylanadi: "Hokimiyat". Barcha nimadur undirish payida. Nazar Yaxshiboyev esa butun umr Oshno tomonida bo'lib, u yoqtirgan insonlarni maqtab, istamaganlarni urib, turli siyosiy jirkanch o'yinlarni olib boradi. U paytda gazeta va radio/Tvning siyosiy qurollardan biri edi. Misol uchun, paxta terimi qahramoni sifatida tanlangan oddiy pistafurush qiz Qurbonoy bir lahzada butun mamlakatga mashhur etilib, keyinchalik o'zim bir tonna paxta teraman deb homilador holida dalada ishlagani va umrining so'ngida shunchaki propaganda qurboni bo'lganini (Ismi bekorga tanlanmagan) kuzatish mumkin.
Ateistik targ'ibot kuchaytirilgan, iymonsizlik avj olgan davrlar. Mullalar va ularning farzandlari qoralangan, savdogar va tadbirkor odamlar ta'qib qilib, yo'q qilingan paytlar. Odamlar hatto yuziga fotiha tortmagan, otasi o'lsa janoza o'qimagan. Endi sizga savol, Xudodan qo'rqmaydigan odam nimadan qo'rqishi mumkin? Sovetcha yashash, shaxsga sig'inish, o'z maqsadi yo'lidan hech narsadan qaytmaydigan insonlar to'dasi... Kommunizm odamlar uchun dinga aylanishi kerak edi va shunday ham bo'ldi.
Yaxshiboyev va boshqalar hammani tanqid qilishi mumkin, lekin tepani emas. Shu yerda Oruellning iqtibosi juda o'rinli: "Barcha hayvonlar teng, lekin ba'zilari tengroqdir". Tanqi qilganlar ham jur'atli bo'lgani uchunmas, balki "jur'at qilishga ruxsat berilgani" uchun shunday qilishardi. Tepaning soyasiga salom berishib, kechagina oddiy muharrirning jiyani, Oshnoning xotini Muyassarga endi oltindan haykal qo'yishardi. Nazarga yaxshi ko'rinish uchun hatto unga qo'shni palataga kasal bo'lib kelishardi. Xullas, pastkashlik, yaloqxo'rlik va ta'magirlik illatlari yaqqol ochib berilgan. Nazarning xotini va bolalari ham merosdan umidvorligi, hech qanday sevgi-mehr yo'qligini ham shu bilan izohlash mumkin.
Xo'sh, Oshno kimning prototipi? Nazarimda u ayni bir inson emas, balki barcha sovet rahbarlari qorishmasi. Rostanam nima farqi bor, u Oxunboboyevmi, Sharof Rashidovmi, Usmonxo'jayev yoki Rafiq Nishonov? Barchasi Oshnoning u yoki bu qarorida hamfikr bo'lishgan. Murod Muhammad Do'st o'zi ham vaqtida Islom Karimov yonida ishlagan, qarorlar qanday qabul qilinishidan xabardor. Lekin vaqtida siyosatdan ketgan. Shu uchun bunday narsalarni u yaxshi bilgan deb o'ylayman.
Kitobda yaxshi personaj yo'q. Nazar ham, Oshno ham, ularning xotinlari ham jirkanch insonlar. "Inson, kim bo'lishidan qat'i nazar, hokimiyat tepasiga kelarkan, u dastlab olijanoblik va fidoyilikni maqsad qiladi..." Ha, shundaykuya, lekin Oshno obrazida biz hokimiyat insonni naqadar o'zgartirib yuborishini ko'rishimiz mumkin. Asosli tanqidning yo'qligi, ko'p bilan kengashmaslik va kaltabinlik oqibatida Orolni quritgan, insonlarni dalada azoblagan, amalga oshirib bo'lmas rejalar tuzganlar kimlar edi? Savollar ko'p, javoblar esa yo'q.
Bu qirlarda kun kelib gullar ochiladimi? Bu Bulduruq bir kun kelib Lolazor bo'ladimi? Bilmadim. Lekin yozuvchi bizga umid qoldiradi... Ungacha Lolazor faqat qalbimizda yashaydi.
📚 @kitoblar_apk
Rauf Parfi:
“San’atning vazifasi insonga o‘limni
anglatishdir… Inson doimo o‘lim bilan yonma-yon yuradi. Toshbaqa kosasini bir umr ortib yurganidek, o‘z o‘limini doimo ko‘tarib yurishga mahkum. Menimcha, o‘z o‘limini ko‘tarib yurgan odam Allohga, O‘ziga, birovga xiyonat qilmaydi. Xiyonat yolg‘onlardan tug‘iladi”.
“Suhbatdosh” gazetasi, 1999-yil
📚 @kitoblar_apk
#Bir_kitob_haqida
ISMOIL GASPRALI: DORUR-ROHAT MUSULMONLARI
Anchadan beri bunday mazza qilib uzilmay kitob o'qimayotgan edim.
Ismoil Gaspirali haqida maktabda tarix darsligida o'qiganman. Uni "jadidlarning otasi" ya'ni jadid harakatining boshchisi sifatida taniyman.
Kitob 4 qismdan iborat birinchi qism "Ustozi muazzam" ya'ni Ismoil Gaspirali hayoti haqida. Uning jadidchilik musulmonlarga yangi dunyoni tanitish yo'lidagi sa'y-harakatlar yoritilgan. Unda biz Ismoil Gaspiralini o'z zamonasida ko'pchilik anglab yetmagan masalalalarni fahmlab buni insonlarga anglatish yo'lidagi mashaqqatlari yoritilgan.
Kitobning ikkinchi qismi Farangiston maktublari deb nomlanadi. Ismoil Gaspirali bunda Mulla Abbos ismli asl Toshkentlik bo'lgan kishining ziyorat maqsadida Yevropaning turli maskanlariga safari, u yerdagi hayot haqida o'ylari bitilgan.
Kitobning uchinchi qismi "Dorur-Rohat musulmonlari" deb nomalandi. Bundagi eng kulminatsion holat Mulla Abbosni Shayx Jalol bilan uchrashuv bo'ladi. Shayx Jalol Mulla Abbosga Andalus diyorlarini sayr qilishni maslahat beradi. Qahramonimiz Andalusiyaga safar qila turib, qadimgi maskanni Dorus-Saodatni topib uyerdagi hayot bilan tanishadi. Bu qismda ozroq fantastika ishaltilgan. Menimcha Ismoil Gaspirali bu orqali o'z oruzisdagi ideal jamiyatni tasvirlagandir.
Toʻrtinchi qism "Ovrupa madaniyatiga betarafona nazar". Bu yerda Ismoil Gaspirali Yevropaga taqlidda ko'r-ko'ronalikdan saqlanish kerakligi. Ularda ilm-fanni o'rganish kerakligini, ularning ba'zi xunuk jihatlarini aytib bu masalada ularga taqlid qilishdan ogoh etadi.
📚 @kitoblar_apk
Kanalimizga qo’shiling va pul ishlang:
Kanalimizdagi postlarga bosgan har bir reaksiyangiz uchun pul ishlang.
Har kuni soat 21:00 da g’oliblarni aniqlaymiz va pul yutuqlarini topshiramiz.
Kanalimizga qo’shiling:
/channel/+D6pbPB0DCXo3NDE6
/channel/+D6pbPB0DCXo3NDE6
💖 Turk tilini eng sara film va seriallar orqali o‘rganish imkoniyati endi sizda bor [a'zo bo‘lish]
Читать полностью…