Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
Malcolm X qamoqda o‘tirganda o‘qishga qattiq beriladi. Qamoqning hatto universitetlar havasi keladigan boy kutubxonasidagi kitoblarni birvoshdan "yeb chiqadi". Tarix, falsafa, huquq, adabiyot, siyosatshunoslik, psixologiya sohalarida ko‘p o‘qiydi. Hatto qalin lug‘atlarni yodlab tashlaydi. Kuniga 15 soatlab o‘qiydi.
Uning hayotini va faoliyatini yaqindan o‘rgangan kishilar fikricha u mavjud tuzum uchun katta xavfga aylanadi. Uning nutqidagi mantiqiy izchillik, kuchli joziba, hujjatining quvvati tinglovchilarni o‘ziga rom etadi.
Undagi shijoat, axloqiy halollik, kurashuvchanlik mazlumlarga ilhom bag‘ishlaydi. Undagi betakror xislatlardan biri kelajakni tasavvur qila olish, boradigan manzilini aniq bilish ---- VISION --- edi. Liderlar uchun eng muhim xislat ham shu aslida. Menejerlar shunchaki boshqaradi, liderlar esa ortidan ergashtiradi.
Afsuski, hozirgacha Malcolm X darajasida xarizmatik, aniq nigoh bilan kelajak sari yetaklay oladigan musulmon lider chiqmadi. Uning hayotida biz uchun ko‘p saboq va ibratlar bor.
"Agar oqtanlilar bilan kurashish bo‘lmaganda, ertayu kech kitoblarga sho‘ng‘ib yashar edim". ©
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
KITOBGA MEHR
Johiz kichkina bolaligida non va baliq sotar, keyin foydasiga kitobchilar do‘konini ijaraga olar va u yerdagi kitoblarni o‘qish uchun o‘sha yerda tunar edi. ©
@zehniyat_uz
#Dunyo_adabiyoti
🔘 Dunyo adabiyoti: Chingiz Aytmatov
Chingiz Aytmatov asarlari:
📖 "Oq kema"
📖 "Bolaligim"
📖 "Birinchi muallim"
📖 "Sarvqomat dilbarim"
📖 "Qiyomat"
📖 "Asrga tatigulik kun"
📖 "Jamila"
📖 "Oxirzamon nishonlari"
📖 "Somon yo‘li"
📖 "Bo‘tako‘z"
📖 "Chingizxonning oq buluti"
📖 "Alvido, Gulsari"
📖 "Sohil yoqalab chopayotgan olapar"
📖 "Erta qaytgan turnalar"
📖 "Cho'qqida qolgan ovchining ohi-zori"
📖 "Qulayotgan tog‘lar"
📖 "Hikoyalar"
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
Nega kichik o‘zgarishlar katta natijalarga olib keladi?
Ma’lum bir hal qiluvchi daqiqaga ortiqcha baho berib, har kuni oz-ozdan rivojlanib borishga yetarlicha baho bera olmaslik mumkin. Juda ko‘p hollarda ulkan natijalarga erishish uchun ulkan ishlarni amalga oshirish kerak deya o‘zimizni ishontiramiz. Ortiqcha vazndan qutulish, yangi biznesga asos solish, kitob yozish, chempionlikka erishish yoki boshqa maqsad bo‘lsin, hammani lol qoldiradigan, tog‘ni tolqon qilib yuborgudek ulkan ishlarni qilishga va el og‘ziga tushishga o‘zimizni majburlaymiz.
Bu orada esa bir foizli yaxshilanishlarga unchalik ahamiyat berilmaydi, ba’zan ular hatto sezilmaydi ham. Aslida esa aynan kichik o‘zgarishlar ko‘proq foyda keltiradi, ayniqsa, uzoq muddatli maqsadlarda. Mittigina o‘zgarish vaqt o‘tishi bilan qanday natijalarga olib kelishiga aql bovar qilmaydi. Bu fikrni matematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin: agar siz har kuni bir foizdan yaxshilanib borsangiz, bir yildan so‘ng yil boshidagiga nisbatan o‘ttiz yetti barobar o‘sish kuzatiladi. Aksincha, agar har kuni bir foizdan yomonlashib borsangiz, yil oxirida deyarli nolga tushib qolasiz. Kichik g‘alaba yoki mag‘lubiyat bilan boshlangan jarayon oxir-oqibatda ulkan farqqa sabab bo‘lishi mumkin.
📔 Jeyms Klir: Atom odatlar
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
Bizni pul topish uchun juda ko‘p mehnat qilish kerak, degan tushuncha bilan katta qilishgan. Ko‘pincha shunday ham bo‘ladi, lekin muvaffaqiyatning chinakam siri — tavakkal qilishga o‘rganishdir. Siz hech qachon qilmagan ishingizni bajarishingizga, boshqalar sizni tan olishiga majburlashingizga, ahmoq bo‘lib ko‘rinishdan qo‘rqmasligingizga to‘g‘ri keladi. O‘zingizda nafaqat pul ishlab topish istagini uyg‘otishingiz, balki buni o‘zingizga ravo ko‘rishingiz kerak bo‘ladi.
📓 Jen Sinsero: "Nolimang"
📚 @kitoblar_apk
Nega aynan Yaponiya o'qishingiz kerak?
1. Dunyo tan olgan ta'lim standarti;
2. Dunyoning 3-eng boy davlati;
3. O'qish mobaynida ishlash imkoniyati (soatiga $7-$9).
🧐 Nega aynan JLC orqali?
- 2000 dan ziyod muvaffaqiyatli yuborilgan talabalar;
- 9 yillik tajriba.
💪 Kun chiqar mamlakat sizga ko'p imkoniyatlar eshigini ochadi.
Agar siz ham Yaponiyada o'qishni xohlasangiz pastdagi havola orqali ro'yxatdan o'ting 🔽
https://forms.gle/RopYND4zBxbwu7fNA
#Video
📹 Bitmas xazina: Koʻrsatuvining navbatdagi mehmoni — Karim Bahriyev
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
Odam bolalikdan yaxshilik va go’zallik kurtaklarisiz hayotga qadam qo’ymasligi kerak, avlodlarni ham yaxshilik va go’zallik kurtaklarisiz hayotga yo’llab bo’lmaydi.
✍ Fyodor Dostoevskiy
📚 @kitoblar_apk
Bootcamp Grafik dizayn kursining afzalligi nimada?
— ma'lum shartlar asosida ish taklif qilamiz yoki pulingizni 100% qaytarib beramiz;
— 5,000,000 so'mgacha pul mukofoti;
— 5,000,000 so'mgacha ingliz tili kursi uchun vaucher;
— 24/7 kun-u tun ishlaydigan bepul kovorking;
— har hafta soha bo'yicha musobaqalar va master-klasslar.
Agar Grafik dizayn sohasini «Najot Ta'lim»ning Chimboy filialida, chuqurlashtirilgan holatda o'rganishni istasangiz, hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'ting.
👉Ro'yxatdan o‘ting
📓 "Hazrati Muhammad (s.a.v.) hadislari Lev Tolstoy saylanmasida"
✍ Lev Tolstoy
Mazkur kitobga kirgan hadislar ulug‘ rus adibi Lev Tolstoy tomonidan saylab olingan va 1909-yili nashr etilgan bo‘lib, u ulug‘ rus yozuvchisining ma’naviy-axloqiy qarashlarining ko‘zgusi bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur risolaga Tolstoyning «Iqrornoma» asaridan turk noshirlari tomonidan saylab olingan ayrim qismlari ham kiritilgan.
Shuningdek, Lev Tolstoyning mavzuga doir maktublaridan namunalar ham ushbu kitobchadan o‘rin olgan.
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
Kitoblar ehtirossiz, biroq sadoqatli do’stdir.
✍ Gyugo
📚 @kitoblar_apk
📖 Kitoblar to‘plami
📕 Rabindranat Tagor. Nur va Soyalar (Hikoya)
📕 Ernest Heminguey. Chol va dengiz (qissa)
📕 Ahmat Azam. Hali hayot bor (Qissa)
📕 Chingiz Aytmatov. Oq kema (Qissa)
📕 Toxir Malik. Davron (Qissa)
📚 @kitoblar_apk
Eng qizig‘i nimada, bilasizmi? Asarni hikoya qilayotgan «men» – Anton Lavrentevich haqida hech qayerda ma'lumot uchramaydi. U voqealarda ishtirok etadi, lekin ularning rivojiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi. Faqatgina kitobxonning qo‘lidan yetaklab yurib, hikoya qiladi, syujyet xaritasini chizib beradi.
«Iblis»larning xulq-atvorida paradoksal holatni kuzatish mumkin: ular uchiga chiqqan ateist, Xudoni hech qanday ko‘rinishda tan olmaydi. Ularda Xudoni rad etish hissi shunchalar kuchliki, shu o‘yning o‘zi ularning ilohga qanchalar bog‘liqligini ko‘rsatadi.
«Mening ilohim bu — mening mayllarim. Men maylim izmiga ko‘ra ish tutaman», — deydi Krillov. Lekin u Xudoga bo‘lgan ishonch hayotiy zarurat ekanligini ham e'tirof etadi.
Zero, «Xudoni inkor qilgan odam Xudoga kashishdan ham ko‘proq ishonadi».
Asar kulminatsiyasi – Verxovenskiy o‘z maqsadini «qon bilan mustahkamlashi» uchun sobiq talaba Shatovning o‘ldirilishi kerakli harakat edi. U chakana g‘oyalarni targ‘ib qilmayotganini shu orqali isbotlamoqchi bo‘ladi. «Hali yana ko‘p Shatovlar bo‘ladi»...
Dunyo jamiyatida doim mavjud bo‘lgan va yana tug‘ilishi haqiqatdan uzoq bo‘lmagan mazkur «iblis sindromini» asarni o‘zbek tiliga o‘girgan Ibrohim G‘ofurov shunday izohlaydi:
«Yo‘q, bu maxsus rus og‘rig‘i, rus kasali emas. Bu kasal o‘sha paytda ham, hozir ham keng yoyilgan. Dostoyevskiy faqat bu ong og‘rig‘ini uning rus o‘chog‘iga qarab tasvirlagan va jahon uchun shafqatsiz xulosa chiqargan. Bu xulosa tirik haqiqat va doimo harakatda...».
© Kitobxon
Kitobning elektron shakli shu yerda
📚 @kitoblar_apk
#Bir_kitob_haqida
«Uch og‘ayni» romani rus tilida birinchi marta chop etilishi bilanoq katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, kitob ketma-ket millionlab nusxada nashr etildi. Shunda ham talabni qondirib bo‘lmadi. Odamlar romanni bir-birlaridan so‘rab olib o‘qishga kirishdilar. Kutilmaganda rasmiy doiralar, kommunistik mafkura himoyachilarining paytavasiga qurt tushib qoldi. Ular Remarkni g‘oyasizlikda ayblab, uning ijodiga shiddat bilan tosh ota boshladilar. Hatto «remarkchilik» degan mash’um atama ham paydo bo‘ldi. Bu sharpa O‘zbekistonga ham yetib keldi. Ayrim tanqidchi va yozuvchilarimiz, bizga Remark asarlari kerak emas, bu asarlar kommunizm qurayotgan yoshlarimizni yo‘ldan ozdiradi, deb g‘avg‘o ko‘tara boshladilar. Shu tufayli uning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishga hech kim jur’at etmadi. Oradan qirq yil vaqt o‘tdi. Mana, nihoyat, shu kunlarga ham yetib keldik. Tarixning qudratli va qaysar charxpalagi o‘z ishini qildi... Endi, sizga taqdim etilayotgan «Uch og‘ayni» romaniga kelsak, asar qahramonlari jamiyatda biror lavozim yoki nufuzga ega bo‘lmagan «mayda» odamlar. Ammo ularning ham faylasuf olimlar va nazariyotchilarnikiga o‘xshamaydigan o‘z falsafalari va o‘z mantiqlari bor. Qizig‘i shundaki, biz ularning fikr-mulohazalari yoki xatti-harakatlariga e’tiroz bildirolmaymiz, aksincha, asarni o‘qish jarayonida jamiyat chetga surib tashlagan bu oddiy odamlarga hurmatimiz ortib boradi.
Kitobning elektron shakli shu yerda
📚 @kitoblar_apk
📱 "Qabrdan maktub" (to‘plam)
Kitob mundarijasi:
- Qabrdan maktub
- Islom hazorasining hususiyatlari
- Hazoraning tarixidagi asarlari
- Insoniylik manzaralari
- Irqiy tenglik
- Diniy bag'rikenglik
- Poklik islomdadir
- Ilmiy majlis va anjumanlar
- Hususiy va umumiy kutubxonalar
- Hayriya muassasalari.
📚 @kitoblar_apk
Dam olish onlari zehniyatimizni rivojlantiramiz:
🎬 Cho‘qintirgan ota (1-2-3)
🎬 Muhabbat oyatlari (1-2)
🎬 Hayot mamot
🎬 "Qashqirlar makoni: Gladio"
🎬 Virus
🎬 Uoll Strit Bo‘risi
🎬 Samo farzandlari
🎬 Quyosh bolalari (2020)
🎬 "Garovdagi qiz"
🎬 Xo‘p janob
🎬 Xatiko: Eng sodiq do‘st
🎬 "Risolat"
🎬 "Titanik"
🎬 "Kichkina tabib"
🎬 "Samarqandu Buxoroning qonli kechmishi"
🎬 "Joker"
🎬 "Shamolni jilovlagan bola"
🎬 "Murtadlar"
🎬 "Muhammad Allohning elchisi"
🎬 "Yangi Dunyo"
🎬 "Romeo va Julietta"
🎬 "Yangi politsiyachilar tarixi"
🎬 "Ertadan keyin"
🎬 "1917"
🎬 "Ford Ferrariga qarshi"
🎬 "Kitob o‘g‘risi"
🎬 "Uyda yolg‘iz" (1-2-3-4-5-6)
🎬 "Garri Potter" (1-2-3-4-5-6-7-8)
🎬 "O‘nta negr bolasi"
🎬 "Dunyo bo‘ylab 80 kun"
🎬 "Minari"
🎬 "Stiv Jobs"
🎬 "Javohir politsiyachi"
🎬 "Olimpning qulashi"
🎬 "Kakku Uyasi Uzra Parvoz"
🎬 "Uvays al Qaroniy hazratlari"
🎬 "Kichkintoy sayrga chiqdi"
🎬 "Platforma"
🎬 "Twilight | Сумерки" (1—5)
🎬 "Sen bilan uchrashguncha"
🎬 "Buyuk Getsbi"
🎬 "Interstellar"
🎬 "Umar Muxtor" (Sahro Arsloni)
🎬 "Vijdon amri"
🎬 "Otamdan qolgan dalalar"
🎬 "Gladiator"
🎬 "Wednesday" (serial)
🎬 "Dunyoning tugashi"
🎬 "Mo‘jiza" (1-2)
🎬 "Bishriy Hofiy"
🎬 "Logan"
🎬 "Oddiy askar Rayanning qaytishi"
🎬 "G‘urur va andisha"
🎬 "Hasan Basriy"
🎬 "Qochish rejasi"
🎬 "Sherlok" (serial)
🎬 "Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza"
🎬 "Robiya"
🎬 "Eltuvchi" (1-4)
🎬 "Pahlavonlarni bo‘ysundirgan Jek"
🎬 "Yashil kitob"
🎬 "Daniyalik kelin"
🎬 "Indiana Jons" (1-4)
🎬 "Sen mening uyimsan"
🎬 "Avatar"
🎬 "Dastlabki kod"
🎬 "Podolsk kursantlari"
🎬 "Shindler ro‘yxati"
🎬 "Yaxshi, Yomon va yovuz"
🎬 "Ayla: Urush qizi"
🎬 Ilohiy ishq
🎬 "Qo'lingdan kelsa tutib ol"
🎬 "Qochqin"
🎬 "Niqob"
🎬 "Chernobil" (serial)
🎬 "Shamollarda qolgan hislarim"
🎬 "Otam va o‘g‘lim"
🎬 "Farengeyt bo'yicha 451"
🎬 "Maymunlar sayyorasi" (1-3)
🎬 "Botmagan quyosh"
🎬 "Qirol nutqi"
🎬 "Qora quti"
🎬 "Mavritaniyalik"
🎬 "Imom Abu Iso Muhammad Termiziy"
🎬 "Zakovatli Uill Xanting"
🎬 "Bir paytlar Gollivudda"
🎬 "Katta askar"
🎬 "Sevastopol mudofaasi"
🎬 "Aviator"
🎬 "Jek va loviya poyasi"
🎬 "Imom Al-Buxoriy"
🎬 "Karta, Pul va ikki miltiq"
🎬 "So'nggi legion"
🎬 "Novda"
🎬 "La'natlanganlar oroli"
🎬 "Muxojir"
🎬 "Aloqa"
🎬 "Oydin kecha"
🎬 "Zanjir" (serial)
🎬 "Maxsus topshiriq"
🎬 "Kutubxonachi" (1-2)
🎬 "Zamin Farzandi"
🎬 "Marslik"
🎬 "Hasad"
🎬 "Baxt ortidan quvib"
🎬 "Forrest Gamp"
🎬 "Karib dengizi qaroqchilari" (1-5)
🎬 "12 yil qullikda"
🎬 "Oydin kecha"
🎬 "Baxt kimyogari"
🎬 "Kar va ko‘r"
🎬 "Hayot go‘zal"
🎬 "Hidoyat yo‘li"
🎬 "Osmondagi bolalar" (1-3)
🎬 "Muqaddima"
🎬 "Shoushenkdan qochish"
🎬 "Jangchilar klubi"
🎬 "Taqdir o‘yini" (serial)
🎬 "Eng yaxshi taklif"
🎬 "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q"
🎬 "Ko‘rinmas mehmon"
Qaysi tilni professional tarzda o‘rganmoqchisiz? Tanlang, a'zo bo‘ling va mukammallashtiring:
Читать полностью…- To‘g‘ri savol berishni o‘rganishni istarmidingiz?
- Savol berish qoidalarini bilishni-chi?
- Savollarning qanday turlari borligi haqida ma'lumotga ega bo‘lishga nima deysiz?
HA yoki YO‘Q?
"Ha" bo‘lsa mini ma'ruza+seminarda ishtirok etish uchun tezda ro‘yxatdan o‘tib hayotingizda yana bir yangi ko‘nikmaga ega bo‘ling.
"Yo‘q" bo‘lsa har doimgidek davom etavering, biroq to‘g‘ri savol berish bu-yarim javob ekanligini unitmang.
Dars rejasi:
- To‘g‘ri savol bu- qanday savol?
- Nima uchun kerakli savolni berish juda muhim?
- To'g'ri savol berish orqali nimaga erishasiz?
- Savollarning turlari;
Va, albatta amaliy ko‘nikma uchun savol javoblar qismida «sharing is caring» ham bo‘ladi
SAVOL BERISH QOBILIYATI AQLLI VA ZUKKO INSONNING ZARURIY FAZILATLARIDAN BIRI EKANLIGIGA ISHONUVCHILARNI zoom platformasi orqali bo‘ladigan mini ma'ruza- seminarimga taklif qilaman.
Dars sifati tushmasligi uchun dastlabki ro‘yxatdan o‘tgan 10 ta ishtirokchini qabul qilaolaman.
Batafsil⤵️
@kashtanli_uy
Mutolaa rejasi nima uchun kerak va u qanday qilib tuziladi?
Kitoblarni tartiblashtiring, ana o‘shanda ularni o‘qishdan ko‘proq foyda va zavq olasiz.
Sizda bir haftalik reja, mashqlar va moliya rejasi, balki dam olish rejasi ham bordir. Ularning bari muhim narsani yoddan chiqarmaslik, vaqt va resursdan samarali foydalanishda yordam beradi. Kitob o‘qish borasida ham ana shunday ro‘yxatni yuritish lozim.
Mutolaa rejasi nima?
Siz o‘qishni istagan kitoblarning mavzular bo‘yicha saralangan ro‘yxati. Uning yordamida bir kitobdan boshqasiga tartibsiz sakramaysiz. Biror narsa o‘qish istagi paydo bo‘lsa, mavzulardan biriga murojaat qilasiz va o‘qilmagan kitoblardan keyingisini tanlaysiz. Bu bo‘limga bir muallifning barcha kitoblari, muayyan janrdagi va bitta katta sohadagi kitoblar ham kiritilishi mumkin.
Uning foydasi nimadan iborat?
1. Uzluksiz ta'lim olishga yordam beradi
Ta'lim attestat yoki diplom olish bilan yakunlanmaydi. Nafaqat ko‘ngilni yozish, balki biror nima o‘rganish uchun ham mutolaa qiling. Reja mashg‘ulotlarning shaxsiy jadvalini tuzish va biror sohani o‘zlashtirishda yordam beradi.
2. Mutolaani tartibga soladi
Albatta, mutolaa xursandchilik va huzur keltirishi lozim. Kitoblar ro‘yxati mutolaani rejalashtirilgan majburiyatga aylantirish uchun tuzilmaydi. U bor-yo‘g‘i doimiy ravishda o‘qishga yordam beradi. Ko‘plab qiziq kitoblardan iborat reja sizni mutolaa uchun vaqt topishga majbur qiladi. Agar hozirda kitob o‘qish uchun vaqt topolmayotgan bo‘lsangiz, buning uchun dastlab kuniga 30 daqiqa vaqt ajratishga harakat qiling.
Vazifalar ro‘yxati ish va majburiyatlarga diqqatni qaratishga yordam bergani kabi kitoblar ro‘yxati ham mutolaaga ko‘proq e'tibor berish va o‘qib tugatilgan kitoblarni ro‘yxatdan o‘chirib tashlash imkonini beradi.
3. Kitoblarni oxirigacha o‘qishga ishtiyoq uyg‘otadi
Agar o‘qiyotgan kitobingiz yoqmayotgan bo‘lsa, o‘zingizni majburlamang. Biroq ayrim vaqtlarda sizda katta taassurot uyg‘otmayotgan kitobni ham oxirigacha o‘qish kerak. Rejaga amal qilish istagi kitobni o‘qib tugatishda yordam berishi mumkin.
4. Tanlovni qisqartiradi
Ayrim vaqtlarda keyingi kitob qaysi bo‘lishini o‘ylab ham mutolaa ishtiyoqi so‘nadi. Kutubxonalar va do‘konlardagi keng tanlov aks ta'sir ko‘rsatadi. Barini o‘qigingiz keladi. Biroq biror qarorga kelguncha xohish yo‘qoladi. Sizda reja bo‘lsa, tanlashga hojat qolmaydi – ro‘yxatdagi keyingi kitobni o‘qishni boshlaysiz.
5. Muayyan sohada mohir usta bo‘lishda yordam beradi
Umumiy bilimlar bilan birga biror sohani ipidan ignasigacha bilish naqadar yaxshi. Bu o‘z-o‘zidan qoniqqanlik hissini uyg‘otadi. Biror ishni yaxshi bilish usullaridan biri – u haqida ko‘p o‘qish. Karera va qiziqishlaringiz bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan sohani tanlang. Asta-sekin bilimlaringizni oshirib borasiz.
6. Qoniqish hissini uyg‘otadi
O‘ylagan ishimizni bajarganda biror narsaga erishganimizni his qilamiz. Aynan nima rejalashtirilgani ahamiyatsiz: og‘ir mashg‘ulot, bir necha kilogramga ozish yoki muayyan miqdordagi kitoblarni o‘qish. Ro‘yxatdagi o‘qib tugatilgan kitoblarni o‘chirayotib vaqtni bekorga sarf qilmaganingizni his etasiz.
Mutolaa ro‘yxati qanday tuziladi: bir necha fikrlar
O‘ta oddiy ro‘yxat tuzmang. Odatiy janrlardan biroz chetga chiqing.
Mutolaa ro‘yxatini to‘ldirishni boshlang.
Quyidagilarga ahamiyat bering:
• Mashhur yozuvchilarning tavsiyalari. Masalan, Xeminguey, Nabokov, Xayao Miyadzaki ro‘yxatlarini ko‘zdan kechiring.
Mukofot olgan kitoblar. Masalan, Pulittser mukofoti olgan kitoblar bilan tanishib chiqing.
• Yetuk shaxslar ro‘yxatidagi kitoblarni o‘qing. Masalan, Stiv Jobs, Bill Geyts va Ilon Maskning maslahatlari.
• Sevimli muallifning barcha kitoblari. Agar sizga Tolstoy, Dikkens yoki boshqa istalgan muallif yoqsa, u nima yozganini o‘qib chiqing. Hatto xronologik ketma-ketlikdan foydalansa ham bo‘ladi.
• Bir xil kategoriyadagi kitoblar. Masalan, mamlakatingizdagi rahbarlarning biografiyalari. Yoki tarixiy voqea haqidagi kitoblar.
📚 @kitoblar_apk
Maxsus audio kitoblar:
Keraklisini tanlang va tinglang:
🔘 Saodat asri qissalari
🔘 Alif
🔘 Choliqushi
🔘 Molxona
🔘 Iroda tarbiyasi
🔘 Ferrari sotgan rohib
🔘 Halqa
🔘 Hech bir uchrashuv tasodif emas
🔘 Jannatga taklifnoma
🔘 Alfido
🔘 Iskanja
🔘 Izlash
🔘 Nasroniy atirguli
🔘 Yashash fursati
🔘 To‘siqlarga qaramay sevdik
🔘 Yulduzlar aybdor
🔘 O‘lsang kim yig‘laydi
🔘 Unvonsiz lider
🔘 Peshonamdagi nur
🔘 Qaytganimda uyda bo‘l
Ingliz tilini qanday o‘rgansam ekan deb yuribsizmi? Yechim shu yerda:
Читать полностью…#Hikoya
Eski choriq haqida hikoya
Kunlarning birida keksa bir shayx bir shogirdi bilan dalalardan o‘tib ketayotgan edi. Ular bir ariqning chetida turgan bir juft eski choriqqa ko‘zlari tushdi. Shayx: “Shu eski choriqdan nima xulosa chiqarasan?” – deb savol berdi.
Talaba poyabzalga qarab javob berdi: “Ehtimol, bu yaqin atrofdagi dalalarda ishlaydigan bir kambag‘alning chorig‘i bo‘lsa kerak. U yaqinda o‘z ishini tugatib, chorig‘i uchun kelsa kerak”.
– Ehtimol sen haqdirsan, – dedi shayx.
Shunda talaba o‘z ustoziga kulimsirab: “Ustoz, keling biz bir hiyla ishlatib, bu oyoq kiyimlarini yashirib qo‘yamiz. U qaytib kelganida, chorig‘ini topolmaydi va holatning unga qanday ta’sir etishini ko‘ramiz», dedi.
Olim unga shunday javob berib: “Biz boshqalarning qayg‘usini tomosha qilamizmi? Shogirdim, agar sen uning poyabzaliga pul solib qo‘ysang, bu kambag‘al kishini suyuntiradi. Ana o‘sha holatning unga ta’sirini ko‘raylik”, dedi.
Talabaga bu taklif ma’qul tushib, cho‘ntagidagi oltin-kumush tangalarini eski choriqqa solib qo‘ydi. So‘ng u ustozi bilan kambag‘al odamning bunga munosabatini ko‘rish uchun butalar ortiga yashirinishdi. Biroz vaqt o‘tgach, dehqon ishini tugatib poyabzalini olishga keldi.
U bir poy chorig‘ini olib kiymoqchi edi ichidagi pullarga oyog‘i tegib qayta yechdi. Narigi poy poyabzalda ham tangalarni topgach, tush emasmikin deb ko‘zlarini ishqadi. Chor-atrofga qarab o‘zidan boshqani topolmagach tiz cho‘kib Allohga duo qila boshladi.
Uning ikki qo‘li tepaga ko‘tarilgan, ko‘zlaridan shashqator yosh oqar, og‘zidan duo takrorlanar edi:
– Ey Rabbim, Parvardigorim! Ayolimning kasalligi, bolalarimning ochligi, uyimda non yo‘qligi Senga ayonligini bilardim. Allohim, bu Sen yuborgan rizqni menga olib kelgan odamni Jannating bilan siylagin! Uning gunohlaridan kechgin, uni afv et!..»
U uzoq duo qildi va uyiga ketdi.
Talaba juda ta’sirlangan, ko‘zlari yoshga to‘lgan edi. Shunda shayx: “Agar poyabzalini yashirganingda bundan ko‘ra baxtliroq bo‘lardingmi?” – deb savol qildi. So‘ng yana qo‘shimcha qilib: “Qanday xulosa chiqarish ham bir iqtidordir”, dedi.
Yoqub Umar tarjimasi.
📚 @kitoblar_apk
Jahon adabiyoti klassikalarini biz bilan tinglang:
Читать полностью…Har bir ayol (erkak) oʻqishi kerak boʻlgan kitoblar:
Читать полностью…📚 Har bir kitobxon o‘qishi shart bo‘lgan TOP-50 jahon adabiyoti durdonalari
✅ Bepul yuklab oling
01. Anna Karenina
02. Telba
03. Farengeyt bo‘yicha 451 daraja
04. Usta va Margarita
05. Andisha va g‘urur
06. Jarayon
07. Aka-uka Karamazovlar
08. Yolg‘izlikning yuz yili
09. Kichkina shahzoda
10. G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
11. Jinoyat va Jazo
12. Martin Iden
13. Dorian Grey portreti
14. Choliqushi
15. Asrni qaritgan kun
16. Abadiyat qonuni
17. Qizil va qora
18. Buyuk Getsbi
19. Tirilish
20. Uch og‘ayni
21. Robinzon Kruzo
22. Begona
23. Uliss
24. Bovari xonim
25. Yevgeniy Onegin
26. Gorio ota
27. Otalar va bolalar
28. Cho‘l bo‘risi
29. Alvido qurol
30. Azizim
31. Iqrornoma
32. Uch mushketyor
33. Qimorboz
34. Buzrukning kuzi
35. Chol va dengiz
36. Alkimyogar
37. Koinot oqimlari
38. Tom tog‘aning tog‘asi
39. Don Kixot
40. Qo‘rqinchli Tehron
41. Chol va dengiz
42. Mushuklar saltanati
43. Cho‘qintirgan ota
44. Yo‘l-yo‘l poyjoma kiygan bolakay
45. Tinch Don
46. Zamonamiz qahramoni
47. Yovvoyi yo‘rg‘a
48. Avliyo Sergiy
49. Yashik odam
50. Shamol ortidan yugurib
#Bir_kitob_haqida
«Iblis sindromi»ga Dostoyevskiy tashxisi
«Iblislar» asari nafaqat rus, balki jahon adabiyotining «o‘qilishi kerak bo‘lgan» asarlar ro‘yxatiga kiritilgan. Nega? Bu savolga javob izlab, mutolaani boshladim.
Ikkita «semizgina» kitobdan iborat asar dastlab o‘ta zerikarlidek tuyuladi. Rus adabiyotining 19-asrdagi ruhi, shuningdek, Dostoyevskiyning dastxati yaqqol seziladi: ruhiyati o‘ta yupqalashib qolgan personajlar, «oh-voh»li suhbatlar, kulrang-qora bo‘yoqlarda chizilgan syujyet, tushkunlik kayfiyati.
Lekin asar tarixiy ahamiyatga ega, unda 19-asrdagi inqilob oqimining dastlabki to‘lqinlari tasvirlangan. Rus intelligensiyasi orasidagi radikal harakatlar, siyosiy fikrlar qarama-qarshiligi aks etgan.
Asar fabulasiga asos bo‘lib, 1869 yilda sodir bo‘lgan hodisa – talaba Ivanovning Nechayev tomonidan o‘ldirilishi xizmat qilgan.
Sergey Nechayev XIX asr revolyutsioneri, nigilist. «Xalq jazosi» (Narodnaya Rasprava) radikal oqimi yetakchisi. U jamiyatdagi tartib-qoidalarni buzishga harakat qilgan, atrofidagilarni ham shunga da'vat etgan. Kichik guruhlar tuzib, tartibsizlik keltirib chiqarishga harakat qilgan. Uning g‘oyalari keyinchalik nechayevchilik harakati orqali yoyiladi.
«Har qanday davlatchilik shaklini va davlatchilik an'analarini tag-tomiri bilan yo‘qotib yubora oladigan inqilobgina xalqqa yordam beradi», — degan edi Nechayev.
Asarning markaziy personaji Petr Stepanovich Verxovenskiy Sergey Nechayev prototipi asosida gavdalanadi. U «dohiyona qobiliyatlar egasi». U aslida nechtaligi o‘zidan boshqa hech kimga ma'lum bo‘lmagan beshlik dastalar tuzib, «Yerni o‘z o‘qidan chiqarishga» intiladi. Dasta a'zolari Liputin, Virginskiy, Lyamshin, Tolkachenka, Shigalevning (real hayotda Nechayev, Uspenskiy, Pryjov, Kuznetsov va Nikolayev) har biri g‘oyaning asl mohiyatini teran anglamasa-da, uning amalga oshishi uchun jahd qiladi.
Verxovenskiy, Shatov, Krillov va Stavrogin personajlari eng ziddiyatli shaxslar. Ularga harakatning qanday kechishi muhim emasdek tuyuladi, lekin barchasi o‘sha g‘oya uchun xizmat qiladi.
Stavroginda jamiyatga beparvolik hissi hukmron. Shatovda esa butkul apatiya – atrofga befarqlik. Krillov esa g‘irt mizantrop – u jamiyatdan nafratlanadi, bu tuzumdan xalos bo‘lish yo‘li sifatida o‘limni ko‘radi. Bularning barchasi asardagi «iblis sindromi»ning alohida simptomlari».
Asarda tasvirlangan radikal harakatning butun mohiyati «beshlik» a'zolaridan birining nutqida namoyon bo‘ladi: «bulardan ko‘zlangan maqsad, ijtimoiy asablarni muntazam larzaga solish, jamiyat va uning barcha tizimlarini muntazam izdan chiqarish edi, hammani sarosimaga solish va barcha narsalarni bo‘tqaga aylantirish edi.
Liqirlab omonat bo‘lib qolgan, bitta hukmron yo‘lchi g‘oyaga cheksiz tashna jamiyatni birdan qo‘lga olish, beshlik dastalar tarmog‘iga tayangan holda isyon bayrog‘ini ko‘tarish edi».
«Iblislar» Dostoyevskiyning siyosiy ruhdagi asarlaridan biri. Rus adiblarining an'anasini munosib davom ettirgan holda muallif polemikani kiritadi – siyosat, ijtimoiy hayot, adabiyot haqida jonli bahs-munozaralar asosiy voqealar fonida kechadi.
«Jinoyat va jazo», «Kambag‘allar» asarlarida voqealar mohiyati, personajlarning ruhiyati asosan ichki monologlarda aks etadi, «Iblislar»da esa muallif ayni maqsadga qahramonlarni muloqotga olib kirib, dialoglar hosil qilish orqali erishadi.
Asarning ahamiyatli nuqtalaridan biri – undagi ayollar obrazi. Varvara Petrovna, Darya Pavlovna, Lizaveta Nikolayevna va Mariya Lebyadkina – ular voqealar rivojiga ta'sir ko‘rsatmaydi, umumiy syujyetga daxl qilmaydi.
Lekin protogonistlar – asar markaziy qahramonlarining xulqi, xarakteri aynan ayollar bilan bo‘lgan suhbatlarda, ularning qarshisidagi harakatlarida bor bo‘yicha namoyon bo‘ladi. Nikolay Vsevolodovichning Darya Pavlovnaga qarata aytgan «faqat sizning oldingizdagina men o‘zim haqimda so‘zlay oldim», degan so‘zlari ham buni isbotlaydi.
Assalomu alaykum va rohmatulloh birodarlar
Mana shu yoqimtoy mushukcha kabi
QURON eshitib orom olishni istasangiz
"🕋 for [QURʼAN] lovers 🕋" nomli kanalimizga qoʻshilib olasiz degan umiddaman 😊 zora ozgina vaqtimizni boʻlsa ham KALOMULLOHni tinglab oʻtkazsak qalbimiz yumshab, iymonimiz ziyoda boʻlsa.
Ustiga bosing 👇
/channel/QURON_olamiga_sayohat
Yaqinlaringizga ham KALOMULLOHGA atalgan moʻjaz kanalimizni ulashib qoʻying.