kitoblar_olami_1211 | Unsorted

Telegram-канал kitoblar_olami_1211 - book

57

Subscribe to a channel

book

@aishabook da davom etyapmiz💞

Читать полностью…

book

Achinish... Men inson ruhiyatini faqatgina u bilan o'lchash mumkinligiga ishonaman. Ha, tubi ko'rinmaydigan quduqlarga otilgan toshning ovozi quduqning qanchalik chuqurligini ko'rsatsa, boshqalarning alami ham bizning yuraklarimizga tushganda chiqargan ovozi bizning insonligimiz darajasini ko'rsatadi.
•Iztirob

Читать полностью…

book

​​Hayotga va insonlarga toqat qilish uchun kitoblarga sho'ng'idim.

• "Kalbin kaderin olsun"

Читать полностью…

book

Agar Tangrim meni lattali qo‘g‘irchoq tarzida ko‘rib bir lahzagina men haqimda unutganda va menga ozgina hayot tiriklik onlarini tuhfa etganda edi, ayni paytda tilga olayotganlarim haqida ko‘proq xayol surgan bo‘lardim. Narsalarning qancha turishiga qarab emas, ma’no-mazmuniga qarab baholardim. Kamroq uxlagan, ko‘proq orzu qilib, yumuq ko‘zlarimda dunyoni kashf etardim. Yumuq ko‘zlar bilan kechayotgan har bir daqiqa – olamning boy berilayotgan oltmish soniyasidir. Kimlardir oyoqlarini yurishdan tiyganda men to‘xtovsiz qadam urgan, boshqalar uxlaganda uyg‘ongan, o‘zgalar gapirganda jim turib quloq solgan bo‘lardim. Va shokoladli muzqaymoqdan huzurlanib tamaddi qilardim.!
Agar Parvardigor menga bir ozgina hayot tuhfa etganida edi, odmi kiyingan, jismimnigina emas, ko‘nglimni ham to‘q qilib, ilk quyosh nurlari bilan birga o‘rnimdan turardim.

Yo Parvardigorim, agar mening yana jindakkina vaqtim bo‘lganida edi, nafratimni muzga kishanlab, quyoshning jamoli yuz ko‘rsatishini intiqib kutardim. Van Gog kabi yulduzlar soyasida rasm chizgan, Benedetti she’rlarini o‘qib orzu qilgan, Serra kuylari mening oyli Serenadamga aylanardi. Atirgullarning gulbarglaridagi alvon o‘pichlar va tikanaklardan tortayotgan og‘riqlarini terib olish uchun ko‘z yoshlarim bilan ularni cho‘miltirib qo‘yardim. 
Biru borim mening, men yana ozgina, bir ozgina yashashim mumkin bo‘lganda edi. Men sevgan insonlarimga ularni sevishimni aytishni kanda qilmagan bo‘lardim. Har bir erkak va har bir ayolga ularni sevishimga ishontirar, muhabbatning ichida muhabbat bilan nafas olardim. Odam qarigan sari sevishdan to‘xtaydi, degan fikrlar naqadar noto‘g‘ri ekanligini isbot qilardim: aksincha ular sevishdan to‘xtaganlari bois qariydilar! Go‘dakka qanot sovg‘a qilib, uni o‘zim parvoz qilishga o‘rgatardim. Qariyalarga esa o‘lim qarilik oqibatida emas, beparvolik sabab qadam ranjida qilishini aytardim. Axir juda ko‘p narsalarni men sizlardan o‘rgandim, odamalar. Angladimki, haqiqiy baxt bizni pastda kutayotganligini payqasak ham har birimiz tog‘ning qoq cho‘qqisida yashashga intilamiz.
Shuni tushundimki, qachonki, yangi tug‘ilgan chaqaloq otasining barmoqlarini o‘zining ushoqqina qo‘lchalari bilan ushlab olar ekan, bu butun bir umrga yetadi. Yana shuni tushundimki, har bir inson kimningdir oyoqqa turishi uchun boshqa bir cho‘qqidan pastga qarashga haqli. Axir men sizlardan juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, bulardan naf jindakkina, negaki ularni sandiqqa liq to‘latib, men ketib boryapman... 

Gabriel Garsia Markes. "Xayrlashuv maktubi" (Go'zal Begim tarjimasi)

Читать полностью…

book

​​​Agar boshqa millionlab yulduzlarda uchramaydigan bir gulni yaxshi ko‘rib qolsang, shuning o‘zi ham kifoya: osmonga boqqaning zamon o‘zingni baxtiyor his etasan. "Olislarda, qayerdadir mening ham gulim bor", - deb shivirlasang bas - ko‘ksing tog‘dek ko‘tarilib ketadi...
•Kichkina Shahzoda

Читать полностью…

book

Hech narsani yuragingga yaqin olma. Yaqin olsang, o’sha narsani asrab qolmoqchi bo’lasan. Bu dunyoda hech narsani mangu asrab bo’lmaydi.

📖Remark "Uch og’ayni"

Читать полностью…

book

​​Yashaganim,
Odamlarni ko'proq taniganim,
Bilganim
Va hatto ularga
Talpinganim sari
Yolg'izman,
Yolg'iz,
Tobora yolg'iz...

(c)Ulug'bek Hamdam

Читать полностью…

book

Mana buni yangi yil desa bo'ladi😇

Читать полностью…

book

​​- Sizlarni nima yaqinlashtirgan?
- Kitob

(c)KitobistoN

Читать полностью…

book

- O’lib qolsam nima qilasan ?
- Bu haqda o’ylama va boshqa gapirma.
- O’lib qolsam yig’laysanmi ?
- Boshqa narsa haqida gaplashaylik.
- Yig’lamaysanmi ?
- Yig’layman...
- Keyinchi, boshqa xotin olasanmi ?
- Yo’q
- Nimaga ?
- Chunki qalbimda faqat bittagina joy bor, ikkinchisi sig’maydi.
- Aldama.
- Aldamasligim uchun o’lma...
***
- Yig’lama.
- O’zing yig’latdingku.
- Uzr ham so’radim.
- Nima qipti ?
- Bo’ldi, o’tdi hammasi yig’lama.
- Yig’latgan sen, o’zing ovut.
- Nima xohlaysan ?
- Hech nima
- Dengizga boramiz va o’zing xohlagan 1 ta kitob sovg’a qilaman. Bo’ladimi ?
- Kam.
- 2 tachi ?
- Bu ham kam.
- 5 ta
- Yana
- Yur unda oldin kutubxonaga boramiz, xohlaganingcha tanla, faqat yig’lama..
- Mayli ko’ndirding, yig’lashdan to’xtadim. Boshqa yig’latma.
- Hop)

(c) “Kalbimin içi” kitobidan

Hech kimni yig’latmang, qimmatga tushib ketar ekansiz “D

(c)Someone

Читать полностью…

book

​​Ruhim – osmonniki, tanam – yerniki,
Qaysidir makonga bog‘langan ko‘nglim.
Jonim – armonniki, qonim – she’rniki,
Kimga atagansan o‘zimni, Tangrim?

Gullarning ishi yo‘q dil dodim bilan,
Faqat so‘zlarimga shaydo bir zumcha.
O‘zi, kimnikiman bor-budim bilan?
Kimga atalganman butunligimcha?

Behzod Fazliddin

Читать полностью…

book

​​Dunyodagi eng qisqa 15 ta hikoya.

1-hikoya "Hayrat"
U xotinining qotiliga sut ichirardi.

2-hikoya "Robiya"
Ey, Xudoyim, yaqinda tug‘iladigan ukam ham qiz bo‘lishini xohlardim. O‘shanda biz buvijonim bilan birga yashardik…

3-hikoya "Eng qisqa hikoya"
Haydovchi tamaki tutatdi va qancha yoqilg’i qolganini bilish uchun benzin bakiga egildi. Marhum atigi 23 yoshda edi.

4-hikoya "Qasd va xalos"
Jonimga qasd qilish uchun o’zimni pastga tashladim Keyin fikrimdan qaytdim.

5-hikoya "Taqdir"
Vaqtlararo sayohatchining dayoli: «Parol» nima edi-ya?

6-hikoya "E’lon"
Siniq derazaning sirtiga yozilgandi: Yangi oila qurganlar .

7-hikoya "Tarjimai hol"
Avvallari mening tekis yuzim, burma ko’ylagim bor edi, hozir esa… aksi.

8-hikoya "Umid"
“… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon to‘qnash kelmaymiz! Boshqa hech qachon ko‘zlarimiz ko‘zlarimizga tushmaydi…
Ko‘rishguncha…”

9-hikoya "Yolg’izlik"
Dunyodagi eng oxirgi inson xonasida o’tirgan edi. Eshik taqillab qoldi…

10-hikoya "Yotoqxona"
Yotoqxonamizdan ikki kishining ovozi eshitilardi. Men eshikni taqillatdim…

11-hikoya "Gunohkor"
U haqiqiy gunohkor edi. Chunki bir yuz yigirma to’rt ming suvoriydan yolg’iz ugina urushdan vataniga sog’-omon qaytdi.

12-hikoya "Optimist"
– Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qo‘shimcha bog‘ichga ega bo‘lishimni o‘ylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinchi poy haqida esa o‘ylamaslikka urinaman…

13-hikoya "6 so’zli hikoya"
Sotiladi. Chaqaloq tuflichasi. Biror marta kiyilmagan.

14-hikoya "Mas’uliyat"
Yetti bolaning kiyimlari og’irlik qilib uzilgan dor, uyidan bosh olib ketayotgan erkak oyoqlarini chalishtirib yiqitdi.

15-hikoya "Qo’rquv"
-Endi uxla, toychog’im,- ona shunday deb chiroqni o’chirdi. – Oyi! O’chirmang, iltimos. Qorong’ilikdan juda qo’rqaman! – dedi ko’zlari ojiz bolakay

Читать полностью…

book

Inson vujudini tark etgan Ruh qildan ham ingichka ko'prik ustidan o'tishga mahkum bo'ladi. Uning o'ng tomonida jannat, chap tomonida esa yer qa'riga eltuvchi yo'llar yastanib yotadi. Gunohkor o'ng qo'lida qilgan yaxshiligini, chap qo'lida gunohlarini ko'tarib ko'prikdan yuradi. Foniy dunyodagi qaysi ishining yuki og'ir kelsa, u shu tomonga qulaydi.

#mutoaladan

Читать полностью…

book

​​​​#mutoaladan

Nozimlardan biri Undan so'radi: Muruvvatli ustoz! Boqiy umrga musharraf bo'lish uchun ne qilmog'im darkor?
Iso unga dedi: nega meni Muruvvatli atading? Faqat Tangrigina Muruvvat sohibidir.
Luka "Injil"i 18:18-19

"Iblis va Prim xonim" Paulo Koelo

Читать полностью…

book

​​#mutoaladan

Kurrai zaminda har bir inson ma'lum sharoitda Yovuzlik qilishga moyil.

📖Paulo Koelo "Iblis va Prim xonim"

Читать полностью…

book

Kitob – mashg’ullik paytingda o’zi so’z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko’rinishing shart emas.
Kitob – senga laganbardorlik qilmaydigan o’rtoq, seni aldamaydigan do’st, malol kelmaydigan yo’ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo’ydir.

Ahmad ibn Ismoil

Читать полностью…

book

​​Ushbu yil inson-insonga qanchalik muhtoj ekanligini, yaqinlar yoxud boshqalarni qadrlashni, sog'lik qadrlini, yaqinlarni yo'qotib qo'yish hissi qanchalik qo'rqinchli ekanligini ko'rsatib berdi. Darsda ko'p vazifa berilganidan qay birini bajarishni o'ylab bosh og'rishlarni, o'qishdan kech chiqib uyga qaytishlarni sog'intirdi... Muhimi, kitoblarni oxirigacha sabr bilan o'qib chiqishni o'rgatdi. Mutolaaga nisbatan muhabbatim ortishiga ham aynan shu yil sabab bo'ldi 🌝

Ushbu yilda mutolaa qilgan kitoblarim ichidan o'zimga yoqgan top kitoblar ro'yxati:
1. "Puankare" Abduqayum Yo'ldosh
2."Ufq" Said Ahmad
3."Shamol ortidan yugurib" Xolid Husayniy
4. "Iztirob" Rashod Nuri Guntekin
5. "Dorian Greyning portreti " Oskar Uayld
6. "Zulmat ostonasidagi muhabbat" Stefani Mayer
7. "Farengeyt bo'yicha 451 daraja" Rey Bredberi
8. "Iblis va Prim xonim" Paulo Koelo

"Ba'zi kitoblarni shunchaki ta'tib ko'rish yetarli, boshqalarini bir zumda yutib yuborishni istaysiz va shunday kitoblar ham borki, ularni tushunish uchun uzoq chaynash va hazm qilish lozim."
(c) Frensis Bekon

Ushbu yilda mutolaa qilingan va sizga yoqgan asar qaysi?

Читать полностью…

book

لست أبالغ إذا قلت إن الكُتب أهدتني السعادة .

Kitoblar menga baxt berdi desam mubolag'a qilmagan bo'laman.

Kitob o'qish ajib his...
Bu hisni so'zlar ta'riflash mushkul:
Ruhingizni oziqlantiradigan, halovat beradigan, hayotdan bir muddatga chiqarib olib, zavqlantiradigan, qalbga sokinlik beradigan his...

Читать полностью…

book

​​Doim ham hammasi siz o'ylagandek bo'lavermaydi. Siz ko'proq sizni tushunishlariga muhtojsiz. Lekin kayfiyatingiz yo'qligida yaraga tuz sepgandek to'satdan hamma-hammasi teskari bo'la boshlaydi, balki aynan shu holatingizda barchasi yoqimsiz tuyular?!
Ammo, shu qadar nohaqliklardan to'yib ketsangiz ham, yolg'onlardan ezilsangiz ham, e'tiborsizlikdan charchasangiz ham ko'z yoshlaringizni ichga yuting, chehrangizni ma'yus holda ko'rishlariga aslo yo'l qo'ymang.
Ba'zan iztiroblaringizga g'ururingiz ham dosh berolmay qolishi mumkin. Ana shunda alam vujudingizni chulg'ab oladi. Endi bu dardga malham qo'yish balki yarani yanada kuchaytirar?! Yaxshisi tegmang, eslamang, unutishga harakat qiling, ehtimol shunda tuzaladi, lekin undan qolgan chandiqlar sizga buni bir umr eslatib turadi.
Dardlarni saqlash yurakka ham oson emas, ular ba'zan yurakni ezib tilingizga chiqishlikni istaydi. Kimgadir muhtoj bo'lasiz. Lekin ana shu vaqtda hech kim topilmaydi. Bo'ldi. Ular qalbni tilkalab, jarohatladi. Endi siz hech kimga ichingizdagilarni aytmaysiz, aytolmaysiz. Dardlaringiz endi dard emas, yara! Qalbingizdagi har bir yara, har bir aytilmagan alam sizni yaqinlaringizdan uzoqlashtiradi, ularga bo'lgan mehringizga rahna soladi! Va shunda yaqinlaringizni ham o'zingizdan sovutib qo'yasiz. Bu yana bir yarani keltirib chiqaradi, butunlay o'zingizni jarohatlab qo'yasiz, (qalbni...)
Muhimi siz umid gulingizni so'ndirmang.
Baxt bor, u mavjud. Aytamanku, uning jajji qo'lchalari bor. Uni ko'rish uchun hayotga porloq ko'zlaringiz bilan qarang.
Har bir kun,
har lahza
o'sha osmon
sukunat
cheksiz xayollar ichra qalbingizda mehr, vafo, sadoqat, umid gulini o'stiring

Siz Quyoshga o'xshang...
Quyoshdek bo'ling,
Nurdan nurli,
Qaynoq taftli,
Dilingizda quvonch shu'la sochsin,
Ruhingizda halovat bo'lsin,
Qalbingiz mehrdan nafas olsin,
Ko'zlaringiz baxtdan kulsin
Muqovangizdanda go‘zal mazmunli bo'ling)
Dard bermoqchi bo'lganlarni dardlarini iliq nurlaring bilan parchalang va ularni baxtga aylantiring.
Aslida haqiqiy baxt bu ---- "Siz!"

Читать полностью…

book

​​...ketish

Ba'zan yo'qolib qolganingni sezishmaydi, e'tibor berishmaydi ham, bu ketish emas g'ururni asrab qolish. Ko'nglingni og'ritib, sindirganlarida ketib qolganing, ketish emas arazlash. To'xtatib olib qolishlarini kutib ketsang, umid uzolmagansan demak. Va ba'zan senga eshikni ko'rsatib qo'yishadi, bunda sen chorasizlikdan ketasan. Ketishing kerakligini bilib turib ketmasang o'zingdan tonib, o'zingni xo'rlagan bo'lasan.
Ketding ham. Endi xayollaring yosh bolanikiga aylana boshlaydi: ichingda og'riq bor ammo uni tushuntirib bera olmaysan. Jim bo'lasan.
Oqibatda nima bo'ladi. Bir kun ich-ichingda "portlash yuz beradi". Bu og'riqlarni hammasi ich-ichingdan kemiradi. Bu vaziyatni eng yomon tomoni hamma narsa ko'zingga negativ bo'lib ko'rina boshlaydi...har kim...
Atrofingdagilar esa, o'zicha seni hayotingni muhokama qila boshlashadi. Shu vaziyatda ular buni o'z nazari bilan ko'radilar, aslida sen nimani his qilayotganing faqat oʻzingga ayon​​.

Sen baribir ketgansan. Axir boshqa yo'l qoldirishmagandiku. Lekin ming bitta yo'lni bosib kelsang ham seni o'ziga tortadigan manzil bo'ladi.
Sen ketdim deysan, kelajaging shu manzildan olis tushsin deysan. Qaytish yoki kelish haqida o'ylaganingda xayolingga keladigani ilk joy sening manziling.
Ishon, ketganingda garchi qayta qaytmasang-da, qaytishni bir lahza bo'lsin istaysan.
Yo'lda baxt bor. Yo'lda yurishda, yo'lda yashashda ham. Yo'lda qoladigan manzil bo'lmaydi, ammo boradigan bir yer bor.. Qachondir sen yetadigan bir qayerdir bor. Qayerdadir seni kutadigan kimdir mavjud, u bor...
Sen shuni bilasan:
Men ketgan, sen ketilgan, men tark etgan, sen tark etilgan
Aslida mening qalbim ketilgan(!)

​​​​Bilasanmi bugun bir narsadan umidim qoldi. Mo'jizalar. Ularga ishon! Istamaganlar ishonishmasin... Sen bir kuni mo'jiza yuz berishiga ishon. Bir kun mo'jiza emas umid bilan kutishning o'zi yoqimli ekanini tushunsang ham ishon. Nima sababdan xafa bo'lsang ham Robbing bilan gaplash... Axir, inson haqiqatga aylanmaydigan narsani orzu qilmaydi-ku. Yoningda bo'lmasam ham yodingdan chiqarma meni

Yuragingda nafratni saqlama... Qalbingni birov o'z hirsi bilan tamom qilishiga yoʻl qo'yma. Umidlaringni yaralashlariga izn berma... Lekin nima bo'lgan taqdirda ham oq rangingni qora bilan qorishtirishlariga yo'l qo'yma...

Sen ishon...kut...unutma(!)
Meni bil!
...

Читать полностью…

book

​​Siz baxtlisiz...
Aqldan ozib,
Men jimman.
Ishq - umrimga qafas.
Yuragimni ezgʻilab, bosib
Yillar oʻtdi, yillar...
Men emas!
Koʻzingizni qadaysiz koʻkka!
Boshingizdan aylanadi kun.
Kunlarimni berib yoʻqlikka,
Men yigʻladim balki siz uchun!..
Tushimda ham
oʻyladim sizni,
Izlab chiqdim tushlarimda ham.
Ozor ichra,
odamzor ichra
Yolgʻiz sizni qoʻmsadim, Odam!
Koʻzlarim koʻr boʻlguncha ichdim
Kir nafratning qora yodini.
Ming yil
zulm zulmatin kechdim
Unutay deb dil faryodini.

Yillar oʻtdi,
yillar...
Men emas!
Men qolganman oʻsha lahzada -
Nigohingiz "yalt" etib tushgan,
Soʻng yoʻqolgan mangu larzada...

Qoʻlingizga tutsa ham Olloh,
yuragimga chiqmaysiz ega,
Siz sevilib baxtlisiz,
Biroq...
Men baxtiyor emasman nega?

(c)Zebo Mirzo

Читать полностью…

book

​​Sokinlik... kimsasizlik... va butun olam)

Xuddi hushdan ketgan kabi
Xotirangdagi qachonlardir yo'qotib qo'ygan so'zingni bexos eslab unutgan kabi g'alati hislar aro.

Siz ... faqat o'zingiz...
O'ylar... Oxiri yo'q o'ylar. Xayollaringiz ham chalkashdir balki. Ehtimol ko'ngil nimagadir ehtiyoj sezar!
Shunchaki xayollarni erkiga qo'ysak, o'sha sokinlikda, kimsasizlikda hislaringizni bo'lishadigan insoningiz bo'lsa;
U shunday bo'lsaki,

-O'zidanda ko'proq sizga ishonadigan
-Hech qachon qo'lingizni qo'yib yubormaydigan...
- "Har qanday vaziyatda birgamiz" deya oladigan
-Shunchaki yoningizda bo'ladigan
-Dardlaringizni ham baxtlaringizni ham his qila oladigan
-Borligingiz uchun shukrlar aytadigan
-Sizni doimo duolarida eslaydigan
-Mayli soatlab dardlashmasa ham, kunlab ko'rishmasangiz ham, lekin hayotingizda unga muhtoj boʻlgan har lahzada yoningizda tura oladigan
-Hali so'zlamasligingizdan qalbingizdagilarni his qila oladigan
-Manfaatlarsiz yoningizda turadigan
-Shunchaki Siz bu 'Siz' ekanligingiz uchun yaxshi ko'radigan...
-Borar manzilingiz qolmaganda ham, dardingizni quchoqlagancha uning manziliga shoshib boraringiz faqatgina u bo'lsa

Uning bir nigohi,
Bir og'iz so'zining o'ziyoq kuch bersa va
shunday vaziyatda siz bilan tursaki, siz hech qachon o'zingizni yolg'iz his etmasangiz)

Siz uchun shundayi bo'lsa, siz ham unga o'zidek bo'la oling. Zero, munosabatga yarasha javob ololmaslik inson qalbini kemiradi(

Читать полностью…

book

​​​Nega kelmoqning ketmog'i bordir?
Nega qon yig'latar gohida taqdir?
Nega baxtimiz to'kis berilmas?
Nega omaddan ko'prik qurilmas?
Nega tonglarni zulmat egallar?
Nega orzuni armon tugallar?
Nega bu hayotda savollar bisyor?
Nega javoblar turmaydi tayyor?
Nega quyosh tafti kuydirar gohi?
Nega muhabbatning hijrondir oxiri?
Nega shunday yaralgan hayot?
Nega achchiq azobdan tug'ilar bayot?
Nega tog'larning boshida qorlar?
Nega yurakning tubida dog'lar?
Nega yomg'irlar o'xshar ko'z yoshga?
Nega alamlar kelar bu boshga?
Nega daryolar teskari oqmas?
Nega umrning bahori qaytmas?
Nega baxtni ulasholmayman?
Nega yulduzni ushlay olmayman?
Nega hayotga kelamiz bir bor?
Nega g'amlardan taqamiz tumor?
Nega shunday yaralgan olam?
Nega barchasiga ko'nadi odam..?

(c) Fotima Alibekova

Читать полностью…

book

"Анна Каренина" Толстой 📖
Rus tilida

#mutoaladagi_asar

Читать полностью…

book

Baxtli oilalarning hammasi bir-biriga o'xshaydi, baxtsiz oilalarning esa har biri o'zicha baxtsizdir.

"Анна Каренина" 📖

Читать полностью…

book

​​Hamma narsadan charchagan payting ko'zingga hech nima ko'rinmasligi rost ekan. Odamlardan, bu dunyodan, umuman bir xillikdan dam olishni xohlaysan-u ammo yana o'sha takroriy holat o'z domiga tortib ketadi. Qochmoqchi bo'lasan-u yiqilasan, yig'lamoqchi bo'lsang yoshlaring qolmagan, yuraginga quloq solib ko'rasan, undan tosh kabi bir un ham chiqmaydi... Asabiy holatda o'zinga yechim topishni o'ylaysan, lekin uddalay olmaysan. Tinchlan. Chuqur nafas ol va qo'lingga kitob ol. Hammasi yaxshi bo'ladi!

Читать полностью…

book

...mensiz nafas ololmay qolsin!

Читать полностью…

book

​​Balki ezgulik va yovuzlikning qiyofasi bir xildir?!

...hayotda o'z o'rnini topishga qo'rqqan kishi istihola qurboni bo'ladi. Tashqi ko'rinish yoxud birinchi taassurot aldamchidir. Uning qalbida farishta yoki iblisi borligini o'zigina his qiladi, axir har bir qilayotgan gunohlarimizdan o'zimiz voqifmiz, lekin bila turib shu xatolarni takrorlayveramiz.

Istaymizmi yo'qmi har bir insonni qalbida qo'rquv yashiringan, yolg'izlik qo'rquvi, yozilgan va yozilmagan odob qoidalarini buzib qo'yish qo'rquvi, bor-budingdan ayrilish qo'rquvi, qarish, kamchiliklaringning fosh bo'lishi, iqtidoringning be'etibor qolib ketishi oldidagi qo'rquvlar.....bular nihoyasiz.
Bu qo'rquvlar esa oxir-oqibat inson irodasining kuchsizlanishiga va o'z iblisiga taslim bo'lishiga olib keladi.

Sizga oddiy savol beraman, ancha oltin evaziga biror insonning hayotiga nuqta qo'yishga tayyormisiz? Ushbu oltinlar siz yashayotgan muhitdagi insonlar, umuman olganda butun shahringizga yetadi. Xo'sh siz nimani tanlagan bo'lardingiz? Yovuzlik qilib, "baxtli" yashashnimi yoki o'rtahol bo'lsada baxtli yashashnimi?

Nafsalampirini aytganda "Iblis va Prim xonim" asarida ham aynan ushbu mavzularda ezgulik va yovuzlikning o'zaro munosabati, insonlarning qay darajada ezgu va pok amallarga moyil ekanligi batafsil tavsiflanadi.

Asarni barchaga tavsiya qilaman, o'qing afsuslanmaysiz. Paulo Koeloni "Alkimyogar" asari qalbimdan o'zgacha joy olgandi, shubhasiz, ushbu asar ham sevimli asarlarim qatoriga qo'shilishga ulgurdi.

Davomi bor...
P.s. aslida asarda o'zimga yoqgan ikki voqea(jumla)larni asoslab bermoqchi edim, lekin fikrlar o'zgarib ketdi.

Читать полностью…

book

​​Hamma sendan yuz o'girishi mumkin, hatto o'z yaqinlaring ham(
Munosabatlar o'zgarishi ham tabiiy.
Soniyalar...daqiqalar...soatlar...kunlar...
oylar...yillar...o'taveradi...
Va ularning munosabati hech nimani o'zgartirmay qo'yadi.
E'tibor berma ularga! Qachongacha ularni ko'ngliga qarab o'zingni ko'nglingni toliqtirasan?
Bilasanku, inson hamma narsaga ko'nikadi, ba'zan esa taqdir seni qon yig'latadi. Hayotingdagi insonlar almashadi, kimdir keladi yana kimdir ketadi. Kelgan, ketganlarni o'ylab siqilma hech qursa o'zing uchun yasha!

Bu dunyoda borligingning o'zi baxt emasmi?! Axir, sen kimningdir shodligi, dunyolarga ishonmas qadligisan.

Har kimning o'z hikoyasi, rostlari, yolg’onlari, shodliklari, armonlari bor.. sen kimningdir shodligi bo'lginki, seni ko'rgan insonning yuziga tabassum yugursin, qalbi mehrga to'lsin. Mehrli, shirinso'z muhimi rostgo'y bo'l qadrligim)

Ko'zlaringni yum
Biroz xayol sur (nimalarni o'ylayaganing esa menga qorong'u)
Faqat ko'nglingga iliqlik hadya eta oladigan soniyalarni o'yla
Borliqning mo'jizalaridan bahra ol...

Sen sen bo'lib dunyoga kelganing uchun shukrlar ayt!

Bibliofag qizaloq

Читать полностью…

book

​​Allohimga shukrlar bo'lsin, yana bir yilni ishonib topshirgani uchun!

P.s. bugungi kun uchun rahmat hammangizga.
Yaxshiyam baxtimga siz(lar) borsiz, ... yaxshiyamki, borsiz!

Читать полностью…
Subscribe to a channel