"Financial Intelligence" mazmunan universitetda o'tilgan mavzular haqida yozilgan. Lekin, darslardagindan farqli o'laroq, real hayotga tadbiq etilgan va kundalik qo'llaniladigan qonun-qoidalar ham keltirib o'tilgan. Ya'ni, universitetda moliyani faqatgina ilmiy ramkadan turib o'rgangan bo'lsak, bu kitobda esa huddiki biror tajribali moliyachiga shogird tushib amaliyot o'tagandek bo'lasan. Qisqasi, universitetda o'rgatilmaydigan nozik sir-asrorlar ham juda ko'p ekan.
happy reading!
@kitobqurti
Moliyaviy kitoblar va "Financial intelligence"
Moliyaviy mavzulardagi kitoblar haqidagi fikrlarimni ko'p yozganman. Umuman olganda, "biznes/moliya" sohasidagi kitoblar ikki turga bo'linadi: 1. amaliy bilim-ko'nikmalarni o'rgatuvchi ilmiy-ommabop asarlar va 2. tutantiriqlar. Tutantiriq kitoblarni bir umumiy jihatidan farqlab olish mumkin: ular boy bo'lish sirlari bilan ulashishni va'da qiladi; ichida bir nechta boylarning yolg'on-yashiriq hikolaridan o'zga narsa yo'q va eng asosiysi kitobni tugatganingizdan so'ng haqiqiy biznes operatisyalarini yuritish bo'yicha bilimlaringiz kitob boshlanmasidan oldingiga teng bo'ladi (ya'ni, o'sish his qilmaysiz).
Ammo, manabu men o'qiyotgan asar - "Financial Intelligence" aynan 1-turga mansub va loyiq kitob bo'lib, o'z sohasining yetuk olim-mutaxassislari tomonidan yozilgan. O'qilishi juda oson. Moliya tilini moliyachilardan o'zga hech kim tushunolmasligini hisobga olib, yozuvchilar mavzularni iloji boricha keng ommaga birdek tushunarli, shuning bilan birga ortiqcha-soddalashitiruvlarsiz, ravon, lo'nda qilib tushuntirishga harakat qilishgan. Qisqasi, har qanday tadbirkor va moliyachi uchun eng yaxshi asarlardan biri.
happy reading!
@kitobqurti
/channel/sarvinoz_omonova/458
bu nidolarni kitobqurtining ham tilidan eshitdim deb hisoblay qoling.
sad reading.
dear moqi,
eng so'nggi xaridim: financial intelligence. 1 soat ham bo'lmadi pulini to'laganimga. 15 do'ldirga tushdi. second-hand, hardcover(!). ikkinchi qo'l kitoblar hammaga yoqadi. narxi ancha arzonligi boshqa mavzu, lekin bunday kitoblar eski qadirdondek tuyilishi - eng yoqimli hissiyot. xullas, ashnaqa.
happy reading!
@kitobqurti
Hissiy "buddizm" ni bas qiling!
Depressiyadek yovuz bir maxluq bilan kurashib turgan odamga "o'zingni ko'rsatishga urinma", "shuncha rol o'ynaganing yetar" kabi daxshatli so'zlarni aytmang hech qachon. (never tell this)
Yana yordamga muhtoj, kuchsiz, qo'lidan hech nima kelmaydigan landovurga qaragandek qaramang ularga umuman.
Atrofdagilardan yordam kutgani, kuchsiz ekanligidan bu ahvolda yurgani yo'q aslida ular. Har kuni nimalarni boshidan o'tkazishi va qanday ahvolda "jang" olib borayotganlarini faqat o'zlari yaxshi bilishadi.
Agar sizdan yordam so'rab nimadir iltimos aytdimi demak siz u inson uchun kam sonli yaqinlar qatoridasiz. Chunki aksar depression ni boshidan o'tkazayotganlar atrofidan ko'mak olishni umuman istashmaydi.
Shu payt achingan ohangda gapirmang, achingan holda munosabat qilmang.
Bugun Depressiv holati sababli achinish ko'zlari bilan qarayotgan odamingiz vaqt o'tib, o'z "demonlar" i bilan kurashda yengib chiqqani va nimalarni qila olishini ko'rganingizda u insonga bo'lgan munosabatingiz ob havodek o'zgarib qolishi faqat jirkanch ko'rinadi ishoning.
Men bilgan ko'p odamlar bor. "severe depression" bilan "do'st" bo'lganligi sababli o'z potensialidan yetarlicha foydalana olmaydi.
Aslida ulardagi potensial siz qila oladigandan ko'ra ko'proq ishlarni qilishga qodir.
Qo'lingizdan kelsa yonida bo'ling, dalda bering, quchoqlang, suxbatlashing.
Lekin aslo, aslo achinmang!
Bu ohangda hatto gapirmang!
Qo'lingizdan kelmadimi?
Marhamat shunchaki indamay keting.
Ishoning, ular siz o'ylagandan ko'ra KUCHLIROQ VA SHU KUCHI SABAB HAM HAR KUNLIK KURASHDAN OMON QOLIB, SIZNI YONINGIZDA TURISHIBTI!
If any depressed people here tons of warm hugs by Joseph 🥺🤗
You deserve this and you are strong enough 🤗.
@josephreads
the worst thing about panic/anxiety attacks is that you can't always immediately realize you're having an attack and this makes it even more paralyzing at times. even breathing gets so much harder as if you got crushed under a rock 😕
Читать полностью…some days are hard. but today was harder...
tinch turgani uchun miyyangizga rahmat ayting. chunki, kimlardir miyyasidagi ovozlar bir soniyaga bo'lsada o'chishi uchun borini berishgada tayyor...
anxiety sucks...
"Din... afyundir", kitoblar ham
O'tgan asrning eng ko'p ishlatilgan shiorlaridan biri Karl Marksning "Din... afyundir" degan so'zlari edi. Yoqadimi, yoqmaydimi, din va ruhoniylikning afyunga o'xshash ta'siri mavjud. Ya'ni, afyun kabi og'riq quldiruvchilik xususiyatiga ega. Shu sabab, qalb og'riqlariga insonlar ko'pincha aynan dindan taskin axtarishadi. Dinni bu og'ir dunyoda o'zlariga tasalli, yupanch deb biladi. Dinning bunday xususiyati o'z holida absolyut yaxshi, yoki yomon narsa ham emas, aslida. Muammo shundaki, insonlar dinning najot haqidagi va'dalariga shu qadar ishonib qoladilarki, natijada, jamiyatda o'zlariga nisbatan yuz berayotgan har qandday nohaqliklarga ham chidab yashayveradi. Ular uchun shukronalik haq uchun kurashdan ko'ra afzal "fazilat"ga aylanadi. Bundan aristokratiya o'z manfaatlari yo'lida ming yillar davomida foydalib kelishgan. Bu hol to hozirgi kunda ham ommani tinchlantirishning eng yaxshi usuli sifatida dindorlik yuqori bo'lgan xalqlar ustidan ishga solinadi.
Kitoblarga kelsak ham shunga o'xshash umumiylikni sezish mumkin. Ba'zan, yuragingdagi dardlar bir joningga og'irlik qila boshlaydi. Beixtiyor o'zingni kitoblarga otging keladi. Har bir satr to'g'ridan-to'g'ri yuragingga so'zlayotgandek bo'ladi. Har bir so'z malhamdek. Kitoblar - shunchaki, hayotimizdagi qiyinchiliklardan qochish uchun yaxshi vosita. Dardlarimizni tan olmay, quloq solmay, o'zimizni chalg'itish vositasi. E'tibor bersangiz, siz havas qilib kuzatuvchi ko'plab kitobxonlar aslida ichki olamidagi isyonlardan qochib, shu kitoblardan panoh qidirishayotganini anglshingiz mumkin. Xuddiki, barcha kitob o'qiganlar tushkunlikdadek. Aslida, barcha tushkunlikdagilar kitob o'qiyapti. Kitobdan najot qidiryapti. Ammo...
Ammo, bunday yupatuvchilarning bir kamchiligi bor - ular haqiqiy, tub muammolarni hal qilmaydi. Aksincha, muammolarni tan olib, yechim topishimizga halal beradi. Ularning afyunligi ham shunda. Afyundek o'ziga o'rgatadida, shu bilan ovunib yuraveramiz. Biroq g'am-tashvishlar o'zini-o'zi hal qilmaydi. Balki, barcha narsada bo'lgani singari, yupatuvchilar bilan ham oltin oraliqni topish kerakdir. Buyog'i endi har kimning intim qarori.
@kitobqurti
ps: Serdyuchka erkak kishiligini bilgan paytim hayotimdagi awakening momentlardan biri bo'lgan 🐻❄️
@kitobqurti
its been a long day. you've done your best. and your best is already good enough. come, rest your soul for a moment here 🐻❄️
@kitobqurti
eski postlarimni yaxshi ko'raman. hozir unday to'lib-toshib yozolmayman. lekin, tez-tez tepaga chiqib o'qib o'tirish yoqadi. bir olam yoqimli xotiralar.
Читать полностью…Moliya hamda Investitsiyalar sohasida yozilgan yaxshi kitoblar
Qarasam, o'z professional sohamdan uzoqlashib ketyapman. Hech bir yangilik o'rganyotganimni his qilmayapman. Shuning uchun moliya sohasida biror "praktichniy" kitob o'qigim kelib Googlega "best finance books" deb qidirsam, bari yarim tiynga qimmat Kiyosaki-yu, boshqa oldi-qochdi gurularning hype bo'lgan kitoblari chiqib keldi. Keyin, qaytadan "books for financial professionals" deb bergandim, konkret va amaliy mavzularda yozilgan bir qancha kitoblarni topdim. Ichida anchadan buyon o'qimoqchi bo'lib yurganim "the intelligent investor" ham bor ekan. Qisasi, ro'yxatni bu yerdan ko'rishingiz mumkin.
happy reading!
@kitobqurti
today i learned that dogs can also get depressed and nothing broke my heart more that this so far. 😕 but why?! why dogies?! they dont deserve this pain😭 dear god...
Читать полностью…puppies make the world a better place. i wish i could keep one. but that's a lot of commitment. and im not ready for such long term commitments
Читать полностью…Noqulayliklarga chidamsizlik – noshukrlik sifatida baholanadigan jamiyatimizda oʻta ta’sirchan odamlar koʻpincha oʻziga yoqimsiz sharoitlarga chidab yashaydi va juda qiynaladi. Ular haqida quyidagi maqoladan oʻqing.
@sarvinoz_omonova
Uzoq izlanish va tanlovlardan so'ng baribir "find me"ni o'qiydigan bo'ldim. 🐻❄️ Dont judge me! Ha, yoqmadi degan edim. Lekin, plotini va u haqdagi reviewlarni o'qib chiqdim. Noto'g'ri tasavvurda edim ekan. Endi o'qimoqchiman. Birinchidan, bu "call me by your name"ning davomiy sequeli. Ikkinchidan, bunda ham Oliver va Elio haqida yozilar ekan, qaysiki men aksi deb o'ylagan. Nega hech kim menga bu haqda aytmagandi?! Men kitob Elioning otasi haqida deb yurgan ekanman. Shuning uchun qiziqmagan edim. Okay, agar rostdan shu ikkisi haqida bo'lsa o'qiganim bo'lsin. 🐻❄️
i just placed an order and can't wait to hold my precious asap. meanwhile, please try not to need me.
happy reading!
@kitobqurti
I'm fighting a battle
I'm fighting my shadow
Heard fears like they're cattle
I'm fighting a battle, yeah
I'm fighting my ego
Lost youth where did we go wrong
I'm fighting for me though
I'm lighting the long way home
Oh, the past, it wanted me dead
Oh, the past, it haunted me
Oh, the past, it wanted me dead
Oh, the past, tormented me
But the battle was lost
'Cause I'm still here 🍂
@kitobqurti
- Men endi yetuk shaxsman. Men o'zimga o'zim "ota"man.
shuningdek, o'zi yolg'iz qolganida YouTubega kirib "Mufassaning o'limi" sahnasini qo'yib olib, yig'lab o'tiradi.
___
Ota mehridan mosivo o'sgan bolalar, qanchalik ulg'aymasin, qanchalik kuchli bo'lmasin, butun umr ota siymosiga nisbatan o'zida ulkan ehtiyojni his qilaveradi. U atrofidagi hamma uchun otalik qilishga qurbi yetar, hamma uchun g'amxo'rlik qilar, ammo yuragidagi kemtiklik baribir bitmay azoblayveradi. Kitoblarda, kinolarda ota haqidagi sahnalar chiqib qolsa, yuragi jo'shib, o'zgacha ishtiyoq, bolalarcha zavq bilan o'qiydi, ko'radi. Chunki, uning ichidagi mehrigado bolakay o'lmagan. U hamon tirik va mehrga, ota mehriga tashna. Nechukki, bir paytlar eshitgan bir o'giz "o'g'lim" degan shirin so'zni qumsab yashayveradi.
Farzandingizga mehr bering, otalar. Bir og'iz yaxshi gapingiz ularni dunyodagi eng baxtli bolaga aylantirish qudratiga ega ekanini siz bilmaysizda... Mehringizga zor qilmang.
Yoki, mehr berish qo'lingizdan kelmasa, turmush qurmang. Farzand orttirmang. Baxtsizlar usiz ham yetarli bu qaro dunyoda.
@kitobqurti
"call me by your name"dan keyin shunga o'xshash yana nimadir o'qigim keldi. ancha izladim. ko'p tavsiyalar bo'ldi. Mahin "binding"ni tavsiya qildi. lekin, buni keyinroq o'qimoqchiman. o'zim bo'lsam "song of Achilles"ni o'qimoqchi bo'lib yurgandim. lekin ko'rsam, 2 haftada yetib kelar ekan. nima qilishni bilmayapman. uzoq kutgim kelmayapti. mobodo, siz ham "call me by your name"ga o'xshagan biror kitobni bilsangiz, @kitobqurtiuchunmusiqa_bot ga yozib yuborishingiz mumkin. thanks 🐻❄️
ps: "find me" yoqmadi
@kitobqurti