⛪️Kattaqo`rg`on shahar Axborot-Kutubxona Markazi rasmiy kanali©️ 📜 Tavsiya etiladigan badiiy asarlar 📰Yangiliklar 💽Audio va Video resurslar 🥇Tanlov va 🎁aksiyalar 🎤Tadbirlar 📝Test 🇺🇿http://kattakurgon.shakm.uz https://t.me/kitobreadbook
☀️Assalomu alaykum,
🌸xayrli tong!
Bugun 25-iyun, yakshanba.
Eng qiyin kuningda yoningda boʻlganlarga eng yaxshi kunlaringni tuhfa qil... Chunki vafodorlik - insoniylikning ilk shartidir.
Kuningiz xayrli boʻlsin!
#Ilmdagi_ayollar
⚖️ Huquqshunos olima Xadicha Sulaymonova haqida
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
Hurmatli kitobxonlar!
Badiiy kitob mutolaa qilganingizda sizda ham shundaymi?
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 "Gulgina"
Tuzuvchi-muallif Ibrohimova Zamira
Qadrli kitobxonlar!
Hurmatli ota-onalar! Kelajakda farzandlarimizning qanday inson bo'lib yetishishi ko'p jihatdan sizga bog'liq. Bugun siz o'qib berayotgan asarlaringiz bilan ularning qalbiga ezgulik urug'larini qadar ekansiz, yillar o'tib ana shu urug' tup qo'yib, palak yozadi. Sizning mehnatingiz, e'tiboringiz o'zingizga mehr-muhabbat bo'lib qaytishiga shubha yo'q. Ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz Kattaqo'rg'on shahar Axborot- kutubxona markaziga taklif qilamiz.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Asardanparcha📗
📚 "Mungli ko‘zlar"
✍ Xudoyberdi To'xtaboyev
📖 Roman
Ota-onaga farzandining baxtidan bo‘lak neʼmat kerak emas. Xuddi shuningdek, farzand ham eng baxtiyor damlarida ota-ona yonida bo‘lgisi, baxtini ular bilan baham ko‘rgisi keladi. Ota-ona diydori, ota-ona mehrini ular har narsadan aziz biladilar.
Qimmatli kitobxon! Sevimli yozuvchimiz Xudoyberdi To‘xtaboyevning siz - aziz kitobsevar do‘stlarimiz uchun taqdim etilayotgan mazkur kitobida ana shu mavzu qalamga olingan. Asarning yozilganiga ancha fursat o‘tgan bo‘lishiga qaramay, u badiiy qimmatini hamon yo‘qotmagan, aksincha, har bir kitobxon ushbu asarni har gal qo‘liga o‘zgacha mehr va iztirob bilan oladi.
Mol-dunyoni har narsadan uchun bilgan va oxir-oqibatda guldek farzandlarining achchiq qismatiga sabab bo‘lgan ota-ona haqida hikoya qiluvchi mazkur asar, umid qilamizki, yana bir karra o‘zining yangi o‘quvchilarini kashf etadi.
Eng sara kitoblar bizning Axborot-kutubxona markazida
#Koʻchma_kutubxona
Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo'lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo''tabar va muqaddas deb hisoblagan. Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan navbatdagi "Ko'chma kutubxona" loyihasi "Guzalkent" MFYning "Bibixonim" ko'chasida amalga oshirildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#mehr_kutubxonasi
Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholiga xizmat ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy g'oyasini ro'yobga chiqarishning 264-265 bandlari bo'yicha Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazining chora-tadbirlari rejasi asosida bugun, 21-iyun kuni "Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida "G'arbmachit'" MFY istiqomat qiluvchi Usmonova Rohila bilan uchrashib, talab va istaklari o'rganildi va xizmat ko'satildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat
#davra_suhbati
2023- yilning 21-iyun sanasida Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya o'quv xonasida Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda kutubxona foydalanuvchilari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi PQ-46 sonli Qarori 12-bandida belgilangan "Inson huquqlari" haftaligi doirasida "Inson huquqlari - oliy qadriyat" nomli davra suhbati o'tkazildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
☀️Assalomu alaykum,
🌸xayrli tong!
Bugun 21-iyun, chorshanba.
Тонгни яхши ният ва шукроналик ила қарши олган азизлар!
Ушбу кун ҳам Яратган барчамизни меҳридан, барокатидан бенасиб этмасин!
Кун давомида сизларга бахт, қувонч ва омад ортингизда соядек ҳамрохлик қилишини тилаб қоламиз!
Аллоҳнинг барча яхши неъматлари доимо сиз билан бирга бўлсин..!!
Ўйлаган жамики ниятларингиз амалга ошсин!
#Kitobsevar_millat
Xalqimizda bola boshidan degan gap bor. Bolaga kitobga mehr-muhabbatni murgʻaklikdan boshlash kerak. Bola aqlini taniy boshlaganidan kitobni tanib borishi lozim. Bu borada Kattaqo'rg'on shahar Axborot -kutubxona markazi tomonidan "Kitobsevar millat" loyihasi asosida bir qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. 2023-yilning 20-iyun kuni shahrimizdagi 22-Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti o'rta guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida AKM mutaxassisi tomonidan "Bolalikdan boshlaymiz kitob o'qishni" mavzusida amaliy mashg'ulot o'tkazildi. Mashg'ulot davomida bolalarga kitobga mehr qo'yish, uni asrash haqida fikrlar ertaklar timsolida so'zlab berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 "Abdulla Qodiriy kashfiyoti"
✍️ Sobir Mirvaliev
Qadrli kitobxonlar!
O'zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Sobir Mirvalievning "Abdulla Qodiriy kashfiyoti" nomli ushbu asari qodiriyshunoslikdagi muhim va dadil qadamlardan biri bo'ldi desak yanglishmaymiz. Risolaning o'ziga xosligi shundaki, unda Qodiriy ijodiga tom ma'noda istiqlol g'oyalari ruhidan kelib chiqib yondoshilgan. Eng muhimi, shu kungacha qilingan tadqiqotlardan farqli o'laroq, mazkur asarda buyuk adibning hayoti va ijodi yo'li, adabiy mahorati, adabiyotimizning tarixdagi roli to'la qamrab olishga harakat qilingan. Ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz Kattaqo'rg'on shahar Axborot- kutubxona markaziga taklif qilamiz.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#yoʻl_yoʻlakay_oʻqiymiz
Kitob – umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo'luvchi sodiq do'st. Bugun 19-iyun sanasida Kattaqo'rgʻon shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Yo'l-yo'lakay o'qiymiz" loyihasi shahrimizdagi "Nurafshon" MFYning "Siplon" ko'chasida amalga oshirildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
☀️Assalomu alaykum,
🌸xayrli tong!
Bugun 18-iyun, yakshanba.
Kecha roʻyodir, erta esa hayol... Kechagi kunni baxtli qilgan ham, ertangi kunni umidli qilgan ham bugundir...
Bugungi tongni biz bilan qarshilayotganingiz uchun tashakkur aytamiz! Barchangizga maroqli hordiq tilaymiz!
✍🏽HARBIY QISMDA MA’RIFAT SOATI
⚡️Avval xabar berganimizdek, bugun Kattaqo‘rg‘on garnizoni harbiy qismda “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida tashkil qilingan ma’naviyat festivali tadbiri o‘tkazildi. Harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ma’rifat soatida poytaxtdan tashrif buyurgan ma’rifatchilar va taniqli aktrisa va xonandalar ishtirok etdilar.
⚡️Mehmonlar dastlab, shahar hokimi o‘rinbosari Jamshid Nosirov hamrohligida harbiy qismdagi shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Shundan so‘ng tadbir mehmonlari Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Hulkar Hamroeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hakima Otaxonova hamda Yunus Rajabiy maqom ansambli xonandasi Rustam Mirminovlar bilan harbiy xizmatchilarning suhbatlari samimiy bo‘ldi.
⚡️Poytaxtlik ijodkorlar ijrosidagi qo‘shiqlar va sahna ko‘rinshlari tadbirga ko‘tarinkilk bag‘ishladi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.
✅/channel/kurganpress
#Koʻchma_kutubxona
Agar kelajakni qo'ldan chiqarishni istamasangiz, kitobni mustahkam tutmog'ingiz lozim. Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan navbatdagi "Ko'chma kutubxona" loyihasi "Damariq" MFYning "Shifokor" ko'chasida hamda "Navbahor" MFYning "Olmazor" ko'chalarida amalga oshirildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
☀️Assalomu alaykum,
🌸xayrli tong!
Bugun 24-iyun, shanba.
Goʻzal tong, xayrli diydor, nurafshon koʻz nuri, tinchlik va sogʻlik, mustahkam iymon... Barchasining boriga behisob shukr...
Boshlangan yangi kuningiz baxtli onlarga toʻlib, qalbingizdagi quvonch yuzingizga aks etsin.
#Ilmdagi_ayollar
Aziz kitobxonlar sizlarga #Ilmdagi_ayollar heshtegi ostida Huquqshunos olima Xadicha Sulaymonova haqida ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Koʻchma_kutubxona
Kitob o‘qish uchun ikki asos bor: birinchisi – sen bundan rohatlanasan. Ikkinchisi esa – sen bu bilan maqtanishing mumkin. Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan navbatdagi "Ko'chma kutubxona" loyihasi "Guzalkent" MFYning "Bobur" ko'chasida amalga oshirildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
☀️Assalomu alaykum,
🌸xayrli tong!
Bugun 23-iyun, juma.
Baxtli insonlar orasida biz ham yana bir tongni qarshi oldik!
Bugungi kunimiz xayrli, fayzli, manfaatli va barakali boʻlsin azizlar!
☀️Assalomu alaykum,
🌸xayrli tong!
Bugun 22-iyun, payshanba.
Яхшилик қилиш худди хушбуй нарсага ухшайди.
Уни кўтариб юрган одам хам,
сотган хам, олган хам қўйингки атрофдаги барча наф олади.
Яхшилик доривор ўсимлик
кабидир.
Уни қалблари гузаллик ила
обод дори тайёрловчилар
тарқатади.
Азизларим бир - биримизга
хамиша яхшиликни раво кўрайлик...
#Koʻrgazma
Hurmatli kitobxonlar!
Bugun 21-iyun kuni Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi faollar zalida yangi kelgan adabiyotlardan “Ziyo va tafakkur chashmasi - kitob” deb nomlangan kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Ko'rgazmada Fyodor Dostoevskiyning "Jinoyat va jazo", A.Chexovning "Semiz va oriq", Sharl Loralning "Napoleonzoda", Jim Ronning "Eng sara asarlari", Kaykovusning "Qobusnoma" kabi turkum adabiyotlar o'rin olgan bo'lib, kitobxonlar undan bemalol foydalanishlari mumkin.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj alohida toifalari – bolalar va yoshlar, ayollar, nogironlarning huquqlarini ta'minlash alohida muhim ahamiyatga ega.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida bolalar alohida g'amxo'rlik va yordam huquqiga ega ekanliklari mustahkamlab qo'yilgan. BMTning bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyasida bolaning shaxsi sog'lom va har tomonlama uyg'unlashgan holda kamol topishi, u oila g'amxo'rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o'sishi zarurligi ko'rsatilgan.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 "Bo'ri o'g'li"
✍️ Jek London
Qadrli kitobxonlar!
Amerikalik iste'dodli yozuvchi Jek London nomi o'zbek kitobxonlariga yaxshi tanish. Adibning "Martin Iden", "Uch qalb" romani, qissa va hikoyalari o'zbek tiliga tarjima qilingan. Ushbu kitobdagi to'plamda Jek Londonning eng sara hikoyalari jamlangan. Ushbu kitob sizning ko'ngil mulkingizdan o'rin olishiga ishonamiz. Ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz Kattaqo'rg'on shahar Axborot- kutubxona markaziga taklif qilamiz.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Koʻchma_kutubxona
Aslida ham, kitob va kitobxonlik insonlar ong-tafakkurini teranlashtirib, qalbiga eng goʻzal ezgu niyatlarni joylaydigan, ularni yaxshiliklar olamiga yetaklaydigan maʼnaviyat sarchashmasidir. Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan navbatdagi "Ko'chma kutubxona" loyihasi "O'rikzor" MFYning "Chaman o'tar" ko'chasida amalga oshirildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#kitobxon_onalar_kuni
Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazida Oila va xotin-qizlar bo'limi bilan hamkorlikda o'tkaziladigan ma'naviy-marifiy yo'nalishdagi 2022-2023 yillarga mo'ljallangan tadbirlar Yo'l xaritasi ijrosi yuzasidan "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan kutubxona foydalanuvchisi Aliyeva Munavvarxon oila a'zolari bilan kutubxonaga tashrif buyurdilar. Bugungi kunda ota-onalar va o'qituvchilarni xavotirga soladigan narsalardan biri bu bolalar va o'spirinlarning tobora kamroq o'qishlaridir. Bolalarning bo'sh vaqtlari mazmunli o'tkazish uchun qo'shimcha ravishda o'quvchi yoshlarni kutubxonalarga qiziqtirish qiziqarli, bilimlarni kengaytiradi, yangi hikoyalar bilan yashashga, hayoliy olamini rivojlantirishga va bila olmagan haqiqatlarga yaqinlashtirishga imkon yaratib beradi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
☀️Assalomu alaykum,
🌸xayrli tong!
Bugun 20-iyun, seshanba.
Qaygʻuga botgan, charchagan vaqtlaringizda shunchaki erta tong uygʻonib quyoshning chiqishini kuzating, shunda oʻzingizda hayotga nisbatan ishtiyoq sezasiz, hayotning nechogʻlik goʻzal ekanini koʻrasiz... Barchangizga bugungi kun xayrli kelsin!
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 "Eynshteyn bilan Iblisvachcha"
✍️ Dino Butssati
Qadrli kitobxonlar!
Ushbu kitobchadan Edgar Po, Abe Kabo, Dino Butssati, Latsuko Takasaxi, Sey kubota, Tatsuzdo Isikava singari jahon nosirlarining hikoya va novellalari o'rin olgan. Asarlar mavzu doirasi nihoyatda keng. Ularda ilmparvar odam, yolg'iz odam, zahmatkash odam, kichkina odam, yuzsiz odam singari hikoya obrazlarining murakkab hayotiy vaziyatlar ichra kechirgan kechmishlariga guvoh bo'lasiz. Bunday voqealar barchamizning ko'z o'ngimizda ro'y berib turgan-u bois, ushbu novella va hikoya obrazlarini o'z qadrdonlaringizdek qabul qilasiz. Zotan, badiiy adabiyot bashar hayotining ko'zgusi bo'lsa, hikoya shu ko'zguning serjilva bo'laklaridir. Ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz Kattaqo'rg'on shahar Axborot- kutubxona markaziga taklif qilamiz.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
☀️Assalomu alaykum,
🌸xayrli tong!
Bugun 17-iyun, shanba.
Kulib turgan yuzda farishtalar yashaydi. Shu tufayli insonlar tabassum yuzli insonlarga talpinadi. Kulib yurish bu - energiya! Shuning uchun muqaddas dinimizda tabassum - hadya deyiladi. Tabassum qiling! Zero, hayotga kulib boqqanlarni butun olam ham kulib qarshi oladi!
☀️Assalomu alaykum,
🌸xayrli tong!
Bugun 16-iyun, juma.
Yaxshi inson o‘zidan baxt,
Yomon inson o‘zidan tajriba,
Xatokor inson o‘zidan dars,
Mukammal inson o‘zidan go‘zal iz qoldiradi...
Doimo go‘zal o‘ylang,
go‘zal so‘zlang,
tabassumli va ochiq chexrali bo‘lingki,
yomon niyatli inson sizni ko‘rganda beixtiyor yomon niyatidan qaytsin...
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 "Halqa"
✍️ Akrom Malik
Qadrli kitobxonlar!
Ushbu kitob hali chop etilmasidan avval yuz minglab muxlislar qalbini zabt etdi. Mashhur suxandonlar tomonidan o‘qib eshittirildi. Rasman nashrdan chiqmay turib qo‘lma-qo‘l bo‘ldi. Chunki unda O‘zbek adabiyotida nisbatan yangi bo‘lgan mavzularga murojaat qilingan. Mustaqillik davri adabiy-badiiy tafakkuridagi yangilanishni ushbu asar misolida ko‘rish mumkin. Mazkur to‘rtinchi nashr ham fikrimizni tasdiqlaydi. Ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz Kattaqo'rg'on shahar Axborot- kutubxona markaziga taklif qilamiz.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa