☀️Assalomu alaykum,
🌸xayrli tong!
Bugun, 13-iyul payshanba
Орзу қилган ҳамма нарсамизга эга бўлиш қўлимиздан келмайди... Аммо эга бўлган ҳамма нарсамиздан ҳузурланишга қодирмиз....
Шундай экан, эга бўлиб турган нарсаларимизга шукроналикни бисер қилайлик. Кунингиз хайрли ўтсин!
🇺🇿 Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
❗️Qonun bilan bayroqdan foydalanish mumkin bo‘lgan holatlar kengaytirildi.
✔️ Jumladan:
☑️ bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida, transport salonida;
☑️ sport musobaqalari, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarni nishonlashda, jamiyat va davlat arboblari, harbiy xizmatchilar dafn marosimlarida;
☑️ xalqaro sport musobaqalari hamda O‘zbekiston chempionatlari uchun sport kiyimlarini tayyorlash uchun bayroqning tasviri tushirilgan belgilardan foydalanish mumkin.
❌ Bayroqqa nisbatan hurmatsizlik qilish holatlari aniq belgilandi.
Xususan:
☑️ bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan yirtilgan, ifloslangan, teshilgan, rangi oqargan holda va boshqa nomaqbul tarzda foydalanish;
☑️ biror bir narsa uchun ustki yoping‘ich sifatida foydalanish;
☑️ stollarga, o‘rindiqlarga, stullarga to‘shash yoki tasvirlash, undan qoplama sifatida foydalanish, o‘tiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga to‘shash yoki tasvirlash;
☑️ kiyim-kechak, dastro‘mol yoki ko‘rpa-to‘shak sifatida, buyumlarni saqlash va tashish uchun foydalanish;
☑️ bayroq tasviri tushirilgan belgilarni poyabzal, dastro‘mol, ko‘rpa-to‘shak, ichki kiyim-kechakka, sochiqlarga, qutilarga (o‘rovlarga), bir marta foydalanish va tashlab yuborish uchun mo‘ljallangan buyumlarga bosib chiqarish yoki uning tasvirini boshqacha tarzda tushirish;
☑️ bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-axloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda foydalanish mumkin emas.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Abu_Rayhon_Beruniy_1050_yilligi
#Davra_suhbati
Bugun 12-iyul sanasida Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya o'quv xonasida o‘zining noyob asarlari hamda olamshumul kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir va qomusiy olim, Ilk Renessans davrining yorqin namoyandasi Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag'ishlab "Beruniyning hayoti va ilmiy faoliti, jahon ilm-fani" rivojiga qo'shgan ulkan hissasi mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Suhbat davomida kutubxona mutaxassisi Z.Ruzumova Abu Rayhon Beruniy o'z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot, fizika, riyoziyot, ilohiyot, ma'danshunoslik fanlarini egallaganligini, bu fanlar taraqqiyotiga qo'shgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy olganligini ta’kidladilar.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
☀️Assalomu alaykum,
🌸xayrli tong!
Bugun, 12-iyul chorshanba
Ҳеч қачон мақсадингиздан кўзингизни юмманг...
Мақсад - бу ҳар қандай тўсиқлар бўлишидан қатъи назар, сизни унга интилишга мажбур қилади...
Сиз доимо эришилган мақсадни тасаввурингизда бошдан кечиришингиз керак...
Доимо кўзлаган мақсадингизга етиб юринг!
#davra_suhbati
#Kitobsevar_millat
Joriy yilning 11-iyul sanasida Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi hamda Davlat xizmatlari agentligi hamkorligida kutubxonaning iyul oyi ish rejasi asosiga ko'ra "Bir adib haqida suhbat" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Suhbat davomida kutubxona mutaxassisi Sh.Nurullayeva tomonidan O'zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning hayoti va ijodi, yozgan asarlari haqida so'zlab berdi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#bibliografik_sharh
Bugun 2023 yil 11- iyul kuni Kattaqo'rg'on shahar Axborot kutubxona markazining Axborot - bibliografiya xizmati rahbari Maxmudova Madina tomonidan kutubxonaga hafta davomida yangi kelgan davriy nashrlardan "Xalq so'ziga" bibliografik sharh berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
☀️Assalomu alaykum,
🌸xayrli tong!
Bugun, 11-iyul seshanba
Ҳар қандай инсоннинг қалби ҳаёти давомида барча нарсаларни туяр экан, кулгу, ғам , ёлгизли, бахтсизлик барча барчасини...
Аммо, шундай туйғу борки, одамзод доимий унга нисбатан ташналик сезар экан! Бу меҳр туйғуси экан!
Ана шу ташналикни ўз яқинларимизга раво кўрайлик. Яқинларимизга эрта тонгдан меҳр ила хуш кайфият улашайлик!
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 "Al-Karnaku" kemasidagi qotillik
✍️ Agata Kristi
Qadrli kitobxonlar!
Puaro obrazi mashhurlik bobida Sherlok Xolms darajasigacha yetib bordi. Buni kino ixlosmandlari, adabiyotsevarlar ham tasdiqlashi shubhasiz. Detektiv qirolichasi Agata Kristi kashf qilgan, keyinchalik adibaga katta shuhrat keltirgan "Al-Karnaku kemasidagi qotillik" asari o‘zbek o‘quvchisiga kitob holida ilk bora taqdim etilmoqda. Aslida sayohat uchun yo‘lga otlangan Puaro insonlar taqdirining navbatdagi qarama-qarshiliklariga duch keladi. Yosh, sohibjamol va ayni paytda juda katta mol-mulk sohibasi qanchalik aqlli, qanchalik tadbirkor bo‘lmasin, hayot sinovlari, hayot imtihonlari oldida o‘zini butkul yo‘qotib qo‘yadi. Turmushga chiqib baxtni orzu qilgan qiz taqdiri! Ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz Kattaqo'rg'on shahar Axborot- kutubxona markaziga taklif qilamiz.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Koʻchma_kutubxona
Kitob — yolg‘izlik ummonida cho‘kib ketayotgan odam uchun qutqaruv belbog‘i. Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan navbatdagi "Ko'chma kutubxona" loyihasi Pedagogika kollej xududidagi 196-saylov uchaskasida amalga oshirildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#saylov_2023
🗳 Saylov kuni ovoz berish tartibi
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#bibliografik_sharh
Bugun 2023 yil 6 - iyul kuni Kattaqo'rg'on shahar Axborot kutubxona markazining Axborot - bibliografiya xizmati bibliografi Zulfiya Ruzumova tomonidan kutubxonaga, yangi kelgan davriy nashrlarga bibliografik sharh berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#hikmat
🗣ENG KATTA YOLG‘ON...
Har kuni o‘zingizga aytadigan eng katta yolg‘on — «hali vaqt bor»ligi.
#videolavha
#Bu_Yaponiya
Odamlar erta tongdan xuddi somsaga navbatga turganday kitob do‘koni ochilishini poylab turibdi. Bu yegulikka, ichimlikka, chiroyli raqamga emas, tafakkurga, maʼrifatga navbat. Bunday davlatda ilmli kishilar hukumatni adolat bilan boshqaradi, xalq ham madaniyatli, maʼrifatli, huquqini talab qila oladigan darajada savodli boʻladi. Mutolaga oʻch xalqi bor davlatda, albatta, rivojlanish va taraqqiyot boʻladi!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Koʻchma_kutubxona
"Ma'nan yetuk kitoblarni tanlab o'qi. Aks holda, bir dasta qog'oz hayotingizni zaharlashi mumkin".
Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan navbatdagi "Ko'chma kutubxona" loyihasi "Guzalkent" MFYning "Murabbiy" ko'chasida amalga oshirildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
📚 Qachonki yangi kitob sotib olayotganimda...😍
➡️ Barmoqlarimiz bilan kitob muqovalarini silaymiz;
➡️ Shoshmasdan, bizni o‘ziga torta oladigan darajadagi muqova yoki sarlavhaga ega kitobni qidiramiz;
➡️ Kitobni qo‘lga olamiz. Uni his etamiz. Muqovasida nima yozilganini o‘qiymiz;
➡️ Hidlaymiz. Ushbu takrorlanmas isdan rohatlanamiz;
➡️ Bizni qanday sarguzashtlar kutayotganini tasavvur qilamiz;
➡️ Va nihoyat oxirgi qaror: "Olaman"!
#Koʻchma_kutubxona
Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yo'li esa bitta – kitob o'qishdir. Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan navbatdagi "Ko'chma kutubxona" loyihasi "Go'zalkent" MFYsiga qarashli 14-Maktabgacha ta'lim muassasasida amalga oshirildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
🟦🟦🟦🟦
📆 Bugun 12-iyul - Abdulla Avloniy tavallud topgan kun
📚 Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkentda tug‘ilgan.
📶 Avloniy asrimiz boshlarida oʻlkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodli qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod koʻrish, farovon etish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qildi.
📶 1907-yilda oʻz uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr qildi. U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. «Usulijadid» maktablari uchun toʻrt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darslik va oʻqish kitoblarini tuzdi.
📶 Maktab-maorif ishlariga yordam koʻrsatish maqsadida xayriya jamiyatini tashkil qildi. «Nashriyot» shirkatini tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob doʻkonini ochdi.
📶 Maʼrifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda Toshkentda vafot etdi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 "Sulton Jaloliddin Manguberdi"
✍️ Baxtiyor Abdug‘afur
Qadrli kitobxonlar!
Tarixiy qahramonlar hayoti barcha davrlarda o‘quvchilar e’tiborida bo‘lgan. Bugungi kun talabi, qolaversa, ajdodlarimiz faoliyatiga qiziqish Baxtiyor Abdug‘afurni yana bir asar ustida ishlashga undadi.
Jaloliddin Manguberdining tug‘ilishidan tortib, bolaligi, ilmu harbga qiziqishi, iste’dodu iqtidori, faoliyatidagi boshqa sultonlarga, jahongirlarga o‘xshamagan xislatlari bilan aynan mazkur – Sulton Jaloliddin Manguberdi romanida tanishishingiz mumkin. Shihobiddin Nasafiyning shu nomdagi asari ta’sirida yozilgan, ammo ayni kitobdagi to‘ldirilgan, boyitilgan badiiy tasvirlar o‘quvchiga nafaqat chiroyli mutolaa baxsh etadi, balki jonli tarixiy ma’lumotlar bilan tanishtiradi. Ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz Kattaqo'rg'on shahar Axborot- kutubxona markaziga taklif qilamiz.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
📢 🟥🟥🟥 🟥🟥🟥
✔️ “Yilning eng yaxshi Axborot-kutubxona mutaxassisi – 2023” Respublika ko‘rik-tanlovi o'tkazilmoqda.
💸 Axborot-kutubxona mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirish va rivojlantirish, innovatsion faoliyati va ijodiy tashabbuslarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, mutaxassislarning ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish, kutubxonachi kasbining ijobiy imidjini shakllantirish, axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik va sog‘lom raqobatni rivojlantirish maqsadida, “Yilning eng yaxshi Axborot-kutubxona mutaxassisi-2023” Respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.
❗️ Ushbu ko‘rik-tanlovning birinchi saralash bosqichi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari mutaxasisslari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
⏺1 - bosqich hujjatlari (Portfoliolar) 15-iyulga qadar qabul qilinadi.
⏺Tanlovning ikkinchi, uchinchi bosqichlari joriy yilning yakuniga qadar davom etadi.
👑 Ko‘rik tanlovning Hududiy hamda Respublika bosqichi g‘oliblari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan bir yil davomida beriladigan stipendiyalar bilan rag‘batlantiriladi.
❗️Tanlov nizomi hamda boshqa ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.👇
http://conference.natlib.uz:8081/tanlov/indexmenu.html
🔔 BARCHA AXBOROT-KUTUBXONA MUTAXASSISLARINI TANLOVDA FAOL ISHTIROK ETISHGA CHORLAYMIZ!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#yoʻl_yoʻlakay_oʻqiymiz
Kitob-xazina, bilim boylik. Kitob bir necha yillar avval paydo bo’lgan. Bu davrlarda u turli ko’rinishda bo’lgan. Qadimda ota-bobolarimiz kitobni qo’llariga olganda uni avval o’pib, ko’zlariga surtganlar. Keyin ochib o’qiganlar. Bugun 11-iyul sanasida Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Yo'l-yo'lakay o'qiymiz" loyihasi shahrimizdagi "Chinobot" MFYning "Olmazor" ko'chasida amalga oshirildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 "Maymun yetaklagan odam"
✍️ Nazar Eshonqul
Qadrli kitobxonlar!
«Maymun yetaklagan odam» ajoyib hikoya. Shu hikoyaning tug‘ilish jarayoni xususida ikki og‘iz gapirib bersangiz. Menga «Odam o‘z umrining rassomi, har kim qanday yashasa, shunday surat chizadi, kunlarni, umrni, umrning fasllarini chizadi» degan fikr kelib qolgan. Ular birma-bir Qadimgi Bobil qo‘rg‘onlariga o‘xshab ko‘z oldimizda qulay boshladi. Ha, 80-yillarda biz bularning hammasini ko‘rdik. O‘sha qulagan qarashlar, g‘oyalar, intilishlar millionlab umrlarni o‘zi bilan birga olib ketdi. Shunda men o‘z umrini o‘tab bo‘lgan ziyoli odamning obrazi orqali hayotning ana shu silsilasini aks ettirishni istadim. Hikoya o‘sha kayfiyatda yaratilgan. Hikoyada rassom haqida umuman o‘ylamaganman. Ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz Kattaqo'rg'on shahar Axborot- kutubxona markaziga taklif qilamiz.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#mehr_kutubxonasi
Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholiga xizmat ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy g'oyasini ro'yobga chiqarishning 264-265 bandlari bo'yicha Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazining chora-tadbirlari rejasi asosida bugun, 10-iyul kuni "Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida "Damariq'" MFYning "Turkiston" ko'chasida istiqomat qiluvchi Nurullayev Shukurillo bilan uchrashib, talab va istaklari o'rganildi va xizmat ko'satildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
☀️Assalomu alaykum,
🌸xayrli tong!
Bugun, 8-iyul shanba
Ушбу тонг барчангизнинг хонадонингизга файз ва барака олиб келсин.
Янги бошлаган ишингизни ёки кечаги амалга ошмай қолган режаларинизни бугун албатта ривожини беришини сўраб қоламан.
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 "Somon yo'li"
✍️ Chingiz Aytmatov
Qadrli kitobxonlar!
"Oq kema", "Bo'tako'z" hamda "Somon yo'li" kabi mashhur qissalardan iborat ushbu kitob Chingiz Aytmatov ijodining eng sermahsul davridan dalolatdir. Har uchala asar jonli tasvir va hikoyachilik jihatidan o'quvchi diqqatini butkul o'ziga tortadi.Ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz Kattaqo'rg'on shahar Axborot- kutubxona markaziga taklif qilamiz.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
Kitob oʻqish uchun 10 sabab
Kitob oʻqishni kundalik odatga aylantirsangiz, sizni ajoyib oʻzgarishlar kutadi!
1. Miya faol tarzda ishlashni boshlaydi.
2. Dunyoqarash kengayadi.
3. Fantaziya rivojlanadi.
4. Lugʻat boyligi va savodxonlik darajasi oshadi.
5. Kitob stressdan xalos etadi.
6. Intellektni rivojlantiradi.
7. Xotirani mustahkamlaydi.
8. Alsgeymer kasalligining oldini oladi.
9. Ijodiy fikrlash qobiliyatini oshiradi.
10. Uyqu sifatini yaxshilaydi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 "Cho‘qintirgan ota yohud mafiya sardori"
✍️ Mario Pyuzo
Qadrli kitobxonlar!
Mario Pyuzoni mashhur qilgan va adabiyot sahnasida uning nomini ko‘klarga ko‘tarishga sabab bo‘lgan asar, shubhasiz, "Cho‘qintirgan ota yoxud mafiya sardori" asaridir. Bu asar million yillardan beri odamlar o‘rtasida davom etib kelayotgan illatlar, bir-birini ko‘rolmaslik, cheksiz boylikka bo‘lgan hirs, adovat kabilarni ro‘y-rost ifodalab bergani, shuningdek, amerikalik va sitsiliyalik mafiyachilarning kirdikorlarini to‘la-to‘kis ochib bergani bilan dunyo miqyosida ommalashib ketdi. Asar badiiy to‘qimalarga boy bo‘lsa-da, kitobxonni ortidan ergashtiradi. Demak, biz hurmatli kitobxonlarimizni ular intiqlik bilan kutgan asar mutolaasiga qayta chorlaymiz. Ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz Kattaqo'rg'on shahar Axborot- kutubxona markaziga taklif qilamiz.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
☀️Assalomu alaykum,
🌸xayrli tong!
Bugun, 6-iyul payshanba
Аllohim tongingizni nurafshon, koʻnglingizni xotirjam qilsin!
Kuningiz xush diydor va xush xabarlarga boy boʻlsin!
#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat
#davra_suhbati
Bugun Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazining "Axborot-bibliografiya" o'quv xonasida Kattaqo‘rg‘on shahar Milliy gvardiya xodimlari T.Qurbonov va X.Xudoyqulovlar tomonidan kitobxonlar ishtirokida "Odam savdosi-xalqaro muammo" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#videorolik
#Bir_adib_haqida_suhbat
#Chingiz_Aytmatov
Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobsevar millat" umummilliy g'oyasini ro'yobga chiqarishning 225-bandi ijrosi yuzasidan "Bir adib haqida suhbat" loyihasi asosida Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodi to'g'risida tayyorlangan videorolik.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 "Apelsin qiz"
✍️ Yusteyn Gorder
Qadrli kitobxonlar!
Hali farzandi ulg‘aymasdan turib dunyodan o‘tgan ota farzandiga maktub qoldiradi. Bu xatni oradan o‘n bir yil o‘tgandan keyin marhumning onasi topib oladi va uni nabirasiga beradi. Bu maktubda ota nafaqat o‘zining turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan muhabbati haqida balki insoniyatni o‘ylantiradigan juda ko‘p muammmolarga javob izlaydi. Shuningdek, ushbu to‘plamdan Yuxan Falkbergetning “Qismat” hikoyasi ham o‘rin olgan. Ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz Kattaqo'rg'on shahar Axborot- kutubxona markaziga taklif qilamiz.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa