#Xayrli_tong
Assalomu alaykum!
Juma tongi muborak bo‘lsin!
Yana bir yangi kun, yangi imkoniyat...
🪷Bo‘sh kelmang va harakatdan sira to‘xtab qolmang! Arzimas kimsalar va bexuda narsalar bilan zinhor chalg‘ib qolmang. Ikki dunyo marhamatiga ega bo‘lish yo‘lida tinmay, hormay harakat qilavering.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kun_daydjesti
Aziz kitobxonlar! AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilamiz
✅ O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva Andijon viloyati Marhamat tuman axborot - kutubxona markazi yangi binosining ochilish marosimida ishtirok etdi
🔹 Tadbirda tuman hokimligi vakili, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva, Respublika axborot-kutubxona markazi rahbari Asqar Gaziyev, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Abdulhamid Nurmatovlar so‘zga chiqib Marhamat xalqini mazkur ziyo maskani bilan qutladilar, uning uzoq yillar nur taratishini tiladilar hamda quruvchilarga cheksiz minnatdorlik izhor etdilar.
Ochilish marosimida Umida Teshabayeva tuman axborot-kutubxonasini zamonaviy IT texnologiyalar bilan jihozlash uchun kutubxonaga 100 000 000 (yuz million) so‘mlik vaucherni topshirdi.
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 Hazrati Abu Bakr
✍️ Vali Karanfil
Qadrli kitobxonlar!
Insoniyat tarixi buyuk shaxsiyatlar haqidagi dostonlarga to‘la. Insoniyatga yo‘l ko‘rsatib kelgan bu yo‘lchi yulduzlar ham inson bo‘lgan. Insoniylik cho‘qqisi deb ta’riflanishi mumkin bo‘lgan kimsalar odam degan nomga dog‘ tushirayotgan, dunyoni yashab bo‘lmaydigan holga keltirayotgan bir paytda ba’zi davrlarda Alloh yuborgan payg‘ambarlar, ba’zi paytlarda esa ularning izdoshlari bo‘lgan solih insonlar asi vazifalarini bajarishga, olamni obod qilishga, go‘zallashtirishga, insonlarga ravon yo‘llarni, yaxshilik va saodatni ko‘rsatishga, anglatishga, ularni va dunyoni yomonliklardan, chirkinliklardan, turli ko‘ngilsizliklardan tozalashga intilganlar.
Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Byulleten
2024 yil III chorak davomida Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markaziga yangi kelgan adabiyotlarga Axborot-bibliografiya xizmati rahbari Maxmudova Madina tomonidan tayyorlangan byulleteni.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
✅ 2024-yil 18-21-noyabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Dispetcherlik xizmati va adabiyotlarni berish kafedrasi xizmati rahbari D. Xolmuhamedova
Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilayotgan ANKOS-2024 Xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda
🔹 Mazkur konferensiyada ishtirok etish imkoniyatini O‘zbekiston Milliy kutubxonasi joriy yilning 13-mart-30-sentyabr kunlari “E-LINE PRESS” kompaniyasi tomonidan EBSCO ga milliy obuna loyihasi doirasida ishtirok etuvchi muassasalar uchun “Zamonaviy kutubxonada EBSCO elektron resurslarini samarali boshqarish” tanlovida qo‘lga kiritdi.
♻️ BATAFSIL
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Sizlarga_eng_yaxshisini_ilindik
“Otam bilan gaplashish uchun kitob oʻqishni boshlaganman”
Javlon Jovliyev qanday qilib kitoblarga mehr qoʻygani haqida.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Sizlarga_eng_yaxshisini_ilindik
Kitob haqida she'riy tarzda yozilgan ta'sirli hikoya!
Tushimga kiribdi bir kuni kitob,
Haddan ziyod xarob ahvoli.
Yuzida ming faryod, aylardi xitob,
Dimog'im bo'g'ardi uning savoli.
Endi meni keragim yo'qmi?
Nega uloqtirding meni jovonga?
Aqldan shunchalik ko'ngillar to'qmi?
Keragim qolmadimi, endi zamonga?
Xechkim o'qimaydi, yozadigan ko'p.
Planshet a'lodur, alifboyimdan.
Meni yirtib no'xot soladigan ko'p.
Xechkim olib qo'ymas sigir poyidan.
Ho'p dedim, chidadim, o'qimay qo'yding.
Sabrim ham qolmadi zarra toqatga.
Qog'oz yuragimni olovda so'yding.
Ishlatib yubording meni xojatga.
Kitoblari qolgan kutubxonani
Majburan obuna bo'lar o'quvchi.
Asrlab asragan asarlarimni.
Xaridori faqat, pista sotuvchi.
Telefonni yaratish uchun,
Mendan to'plangandi barcha ma'lumot.
Shu yerga kelganda yetmadi kuchim,
Shu so'zga dod soldi butun koinot!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 Kecha va kunduz
✍️ Cho'lpon
Qadrli kitobxonlar!
Abdulhamid Sulaymon Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani yaratilganiga qariyb 80 yil bo‘lsa-da, u hamon qo‘ldan-qo‘lga o‘tib kelmoqda. Mazkur asar ikki qisimdan iborat bo‘lib, dastlabki – “Kecha” deb nomlangani qo‘lingizdagi kitobda aks etadi. “Bugun” deb atalgan ikkinchi qismi haqida esa ma’lumotlar yo‘q. Kitobda o‘zbeklarga xos andisha, himmat, iffat va soddalik kabi fazilatlar bilan birga xotinbozlik va mol-mulk orttirish yo‘lidagi illatlar ham o‘z intiqosini topgan. Cho‘lpon dunyosi, uning olami, ijodidagi nafislik va serjilolik siz azizlarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz. Asar yoshlarning milliy ma’naviyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Koʻrgazma
Kitob sizdan non-osh so‘ramaydi. Uni har qaydan topsa bo‘ladi. Beminnat suhbatdosh, beminnat maslahatgo‘y. Yoqmasa, yopib qo‘yishingiz mumkin, bir chetga tashlab qo‘yishingiz mumkin. Ammo mutolaa zavqini tatib ko‘rgan inson keyin bir umr kitobdan ajralolmaydi, bir umr xumori bo‘lib qoladi. 2024 yil 19-noyabr kuni Kattaqo’rg’on shahar Axborot-kutubxona markazi Faollar zalida “Agar yolg’iz esang, hamdam kitobdur, Bilim subhidagi nur ham kitobdir” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Sizlarga_eng_yaxshisini_ilindik
📚 Oslodagi Daykman jamoat kutubxonasi
🔵 Bunday kutubxonalardan Oslo shahrida 20 dan ortiq bor, lekin rasmdagisi 2020-yilda ishga tushirilgan, go‘zal me’moriy yodgorlik desa ham bo‘ladi. Kutubxona 2021-yil dunyoning eng yaxshi kutubxonasi bo‘lgan.
🔴 Kutubxona doimo gavjum, binoga istalgan odam bemalol kirishi, aylanishi mumkin. Sizni eshikda na militsiya xodimi, na kutubxona xodimlari tekshiradi. Kitoblardan foydalanish uchun esa ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Kutubxonadan ertalab soat 7:00 dan kech 23:00 gacha foydalanish mumkin.
🔵 Kutubxonada yaxshi oshxona bor, printer, fotokopiya, 3D-printerlari bor. Kutubxonadan foydalanish tekin, lekin materiallar uchun, masalan, printer uchun ozgina to‘lash kerak bo‘ladi. Daykman kutubxonalarini jamoat kovorking markazi desa ham bo‘ladi. Faqat joy topib, o‘tirishga ulgursangiz bo‘ldi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 Uch ildiz
✍️ Pirimqul Qodirov
Qadrli kitobxonlar!
Jamiyat misoli o‘rmonga o‘xshaydi. Unda turfa daraxtlarni, ya’ni turfa odamlarni uchratish mumkin. Biron nuqsonsiz qad ko‘targan, ko‘rkam, barglari yashnagan yoki shirindan-shakar meva tukkan daraxtlar kishi bahri dilini ochsa, qiyshiq o‘sgan, biror qismi qurib qovjiragani yetmagandek, atrofdagilarga zarar yetkazadigan daraxtlar ko‘ngilga g‘ashlik soladi. Yana ayrim daraxtlar borki, og‘ir darddan qaddi bukilib qolgan, deyish mumkin. Ildizlar ham odamzotdagi ijobiy va salbiy xislatlarga o‘xshaydi. Mashhur adibimiz Pirimqul Qodirov chinakam insonga qanday mustahkam ildizlar kerak bo‘lishini "Uch ildiz" asarida hayotiy voqealar bilan tasvirlagan.
Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#davra_suhbati
#Yuraklarning_boʻlagisan_yurtim_bayrogʻi
Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi faollar zalida shahrimizdagi 1-umumta'lim maktabi hamkorligida 18-noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan "Muqaddasdir Vatan bayrog'i" nomli davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatida bayroq tushunchasi, millat g‘ururini uyg‘otishdagi ahamiyati to'g'risida, bayrog‘imizda aks etgan ramzlar, ranglar mohiyati haqida so‘z yuritildi. O'quvchilar tomonidan mavzuga doir she'rlar ijro etildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Millat_Bayrogʻi 🇺🇿
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tayyorlangan kreativ rolik
Rassom: Elnur Egamov
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#chellenj
#Bayrogʻi_faxrim
O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi "Bayrog'im faxrim" shiori ostida chellenj tashkil etildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#10fakt
“Buyuk millat tarixi” doirasida allomalarimiz, ma’rifat beshigini tebratgan daholarimiz haqida “10 fakt” loyihasi.
Tariximiz qiziq, g’ururlanadigan raqamlarimiz, faxrlanadigan voqealarimiz bor.
Bularni albatta, 10 ta fakt ichigagina sig’dirib bo’lmaydi. Lekin bu faktlar o’quvchi-yoshlarni tariximiz ichiga olib kira olsa, qo’liga kitob bersa, deb niyat qildik. Shu maqsadda tasvirlar yoshlar uchun qiziq, sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan yaratildi.
Siz Mirzo Ulug’bek bobomiz haqida bu faktlarni bilarmidingiz?
#Sizlarga_eng_yaxshisini_ilindik
Kitob kabi bo'ling. Betakror va noyob bo'ling. Yo'q bo'lganingizda sog'inishsin. Bor bo'lganingizda faxrlanishsin.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Iqtibos
Muvaffaqiyat - bir sayohatdir, maqsad emas.
Baxtlilik ketayotgan yo‘lning ustidadir, yo‘lning oxirida emas.
Yo‘lning oxirida bo‘lsa edi, unga borilganda yo‘l tugagan va vaqt o‘tgan bo‘lar edi.
Baxtli bo‘lishning vaqti bugundir, ertaga emas!
#Xayrli_tong
Assalomu alaykum!
Payshanba tongi muborak bo‘lsin!🌧
Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin!
Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin! ☔️
#Sizlarga_eng_yaxshisini_ilindik
📚 Kitob va gadjetlar janggi dunyo karikaturalarida
🗣 Zamonaviy dunyoda odamlar qo‘lidagi gadjetlar kitob o‘rnini bosa boshlaganining guvohi bo‘lish mumkin.
📲 Aslida kitob va gadjetlarning vazifasi nimadan iborat? Ularning qay biri insoniyatga ko‘proq foyda keltiradi?
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#bibliografik_sharh
Bugun, 2024 yil 20-noyabr kuni Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari M.Maxmudova tomonidan Axborot-kutubxona markaziga Yangi kelgan adabiyotlarga navbatdagi bibliografik sharh berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
С любовью к книгам
В нашей стране особое внимание уделяется пропаганде культуры чтения и повышению интереса молодежи к чтению книг. В этом плане большая работа проводится и в информационно-библиотечном центре города Каттакургана.
Подробнее: 👉https://sv.zarnews.uz/post/oi7w
Подписывайтесь на наш канал:
@samvest
#Iqtibos
Ilmga yetaklovchi uch yo‘l mavjud:
tafakkur yo‘li - eng ezgu yo‘l,
taqlid yo‘li – eng oson yo‘l,
tajriba yo‘li – eng mashaqqatli yo‘ldir.
#Xayrli_tong
⛅️ Assalomu alaykum!
Baxtli bo‘lish uchun, qo‘llaringizni - ish bilan, qalbingizni - muhabbat bilan, ongingizni - maqsad bilan, xotirangizni - foydali bilimlar bilan, kelajakni - umid bilan to‘ldiring!
#Sizlarga_eng_yaxshisini_ilindik
✅ Bilim | qisqa metrajli film
👨👩👦 Bizning kichik yutuqlarimiz ota-onamiz uchun qanchalar ahamiyatli ekanligini his qilganmisiz? Ota-onangiz sizni katta qilguncha qilgan barcha mehnatlari, sizning kichik bir yutugʻingiz (deylik oddiygina maqtov yorligʻi) bilan yuvilib ketadi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Iqtibos
Hayotda ikki narsaga qat’iy intiling:
birinchisi — orzu qilgan narsangizga erishmoqqa va ikkinchisi — erisha olgan narsangizdan quvona olishga!
#Xayrli_tong
⛅️ Assalomu alaykum!
Bir kun keladi. Erta tongda uyg‘onasiz.
Tarixga, ortga qaraysiz-da, bajarolmagan ishlaringizni eslab, chuqur xo‘rsinasiz.
"Endi u damlar ortga qaytmaydi", deb ham qo‘yasiz. Kelajakdan turib ortga qaraganda o‘sha kunning nomi BUGUN deb ataladi.
• Bugun boshlang!
• Bugun urinib ko‘ring!
• Bugun qadam tashlang!
Ertaga kech bo‘lishi mumkin.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#videorolik
#Millat_Bayrogʻi 🇺🇿
#Hilpira_bayrogʻim_hilpira_magʻrur 🇺🇿
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Kattaqo’rg’on shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan tayyorlangan videorolik.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Millat_Bayrogʻi 🇺🇿
🇺🇿 Sarbaland bo‘l, Vatan bayrog‘i!
Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Davlatimiz bayrog‘i va uning ramzi kechagi, bugungi va kelajak O‘zbekistonning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.
🇺🇿 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on shahar Axborot-kutubxona markazi faollar zalida “ Sarbaland bo‘l, Vatan bayrog‘i!” nomli ko‘rgazma tashkil etildi. Foydalanuvchilar ushbu ko‘rgazmada davlatimiz ramzi bo‘lmish bayrog‘imiz qabul qilinganligi haqidagi qonunlar, shuningdek matbuot nashrlaridan maqolalar bilan tanishishlari mumkin.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#yurtim_bayrogi_33
🇺🇿18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun!
💐 Bayram barchamizga muborak bo’lsin!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website