#koʻrgazma
#Baxtimiz_qomusi
Har yili Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunni yuqori kayfiyat bilan kutib olamiz, o‘zgacha shukuhda bayram qilamiz. Bu bejiz emas. Uning qadr-qimmati, ahamiyatini har birimiz dil-dildan his etamiz. Shu munosabat bilan joriy yilning 6-dekabr kuni Kattaqo'rgon shahar Axborot-kutubxona markazi faollar zalida "Baxtimiz qomusi" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Ko'rgazmada O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobi hamda siyosiy adabiyotlar o'rin olgan.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Dunyodagi_eng_qadimgi_kitob_doʻkoni_qayerda_joylashgan?
2-qsim
Bundan tashqari, u olti marta davlat to‘ntarishi, ikkita jahon urushi va Yevropaning birlashishiga ham "duch keldi". Yillar davomida “Bertrand” kitob do‘konlari tarmog‘i sezilarli darajada kengaydi va bugungi kunda adabiyot va kitoblarni ommalashtirishga katta e’tibor qaratadigan Portugaliyadagi eng yirik kitob sotuvchilaridan biri hisoblanadigan tarmoqning 50 dan ortiq do‘koni bor. Muntazam ravishda portugal adabiyoti bo‘yicha adabiy o‘qishlar, suhbatlar, mahorat darslari va kurslar o‘tkazilib kelinadigan kitob do‘koni 2016 yilda “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Iqtibos
🖇 Yaxshi yozadigan mualliflarning kitobini o‘qib chiqsangiz, yaxshi gapirishga odatlanasiz.
F.Voltaire
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Xayrli_tong
☃️ Assalomu alaykum! Juma tongi muborak boʻlsin!
Boshingizni koʻtarib Parvardigordan berilmagan neʼmatlarni soʻrashdan oldin,
Boshingizni egib siz foydalanayotgan neʼmatlarning shukrini ado eting.
Shukr bor neʼmatlarni saqlovchi va yoʻq neʼmatlarni jalb qiluvchidir.
Kuningizni shukrdan boshlang.....
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Infografika
Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markazi foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish xizmatining noyabr oyi ko‘rsatkichlari.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kutubxona_OAV_nigohida
Bilim olishning oson yo’li... | Gapirmasak Bo'lmaydi
#MILLIY_TV
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Dunyodagi_eng_qadimgi_kitob_doʻkoni_qayerda_joylashgan?
1-qsim
Eng qadimgi “Bertrand” kitob do‘koni fransiyalik Pedro For tomonidan 1732 yilda tadbirkor Pedro Bertran hamkorligida asos solingan. Zilziladan vayron bo‘lgunga qadar, dastlab do‘kon 1755 yilgacha Portugaliyaning Lissabon shahri Shiado tumanida joylashgan. O‘shanda kitob do‘koni “N.S. das Nesessidades” cherkovi hududiga ko‘chirishga qaror qilindi, 18 yildan keyin u hozirgi kungacha ishlab kelayotgan asl joyiga qaytdi.
O‘zining qariyb uch yuz yillik faoliyati davomida do‘kon nafaqat zilzilaga to‘qnashdi, balki fuqarolar urushi, to‘qqizta qirol hukmronligi, qirol o‘ldirilishi va respublikaning 16 nafar prezidentini ham "ko‘rdi".
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kitob_tarixi
Kitoblarni toʻplash, saqlash, oʻquvchilar oʻrtasida tashviqot qilish, ulardan kitobxonlar foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish kutubxona ishiga qaraydi (qarang Kutubxona, Kutubxonashunoslik). Kitob va boshqa bosma asarlar haqida muayyan maqsad bilan oʻquvchilarga maʼlumot berish va ularni tashviqot qilish bibliografiya vazifasidir va hakozalar.
Kitobning paydo boʻlish tarixi yozuvning yaratilishi va shakllanishi jarayoni bilan uzviy bogʻliq. Yozuvning toʻzilish xususiyatlari (belgilar tizimi, ularning joylashish tartibi), yozuv materiali va qurolining oʻziga xos tomoni va boshqa maʼlum darajada kitob tuzilishini ham belgilab berdi. Qadimgi Misr, Rim, Yunoniston va Oʻrta Osiyoda kishilar tosh, palma daraxti barglari, sopol va boshqa materiallarga yozib fikr almashganlar.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 Qayta tug‘ilgan bola
✍️ Abdusaid Ko‘chimov
Qadrli kitobxonlar!
Atoqli adibning ushbu mo‘jaz to‘plamidagi hikoya va qissalar qishloq hayoti va undagi shijoatli yoshlar turmush tarzi, o‘y-xayollari, orzu-umidlari-yu armonlaridan so‘zlaydi. Qahramonlar shu qadar ko‘ngilga yaqin-ki, sababi ular obrazining haqqoniy va ro‘y-rost yaratilganida. Ehtimol, siz ularni qachonlardir uchratgandirsiz, ehtimol hamkasbingizdir, balki do‘stingiz yoki qarindoshingiz chiqib qolar. Kitobdan ikki qissa va birgina hikoya o‘rin olgan. Ammo hikoyaki, zalvari qissadan kam emas. O‘qib ko‘ring, bunga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz. Xullas, sizga zavqli mutolaa tilaymiz.
Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kutubxona_OAV_nigohida
#MY5
Bitta audio kitob yaratish 25-30 millionga tushadi va ular o’quvchiga bepul berilyapti…
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Kun_daydjesti
Aziz kitobxonlar! AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilamiz
#Infografika
Kattaqo’rg’on shahar Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmatining 2024-yil noyabr oyi ko’rsatkichlari
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Iqtibos
Doimo harakatda bo‘lish kerak. Chunki to‘xtaganni o‘tirgisi, o‘tirganni yotgisi, yotganni uxlagisi keladi.
#Xayrli_tong
☃️ Assalomu alaykum! Chorshanba tongi muborak bo‘lsin!
Insonlar baxtiyor boʻlganlarida,
faslning qish yoki yozligining farqiga bormaydilar. Aslida ham shunday, fasllarning ahamiyati yoʻq!
Sovuq boqqan bir juft koʻz yoki ranjitadigan bir juft soʻzning oʻzi, insonning ichini muzlatishga yetarlidir...
Koʻngillarga lozim boʻlgan narsa, birgina shirin soʻzdir. Mana shu soʻz, koʻngil qishining quyoshidir!
#Sizlarga_eng_yaxshisini_ilindik
Xohish va istak bor joyda imkoniyat doim topiladi!
Xohish va istak yoʻq joyda esa doim bahona topiladi!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kutubxona_OAV_nigohida
Minbar | Audiokitoblar davri keldimi?
#MAHALLA_TV
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#shaxs_bibliografiyasi
Serqirra ijodkor Fazilat Abdullayevaning 2019 yilda Muhammad Murod Sulton bilan hamkorlikda yozgan “Zakovatga yoʻgʻrilgan umr” nomli kitobi Toshkent “Musiqa” nashriyotida bosildi. 2021 yilda esa bir guruh Kattaqoʻrgʻonlik ijodkorlarning gʻazallari oʻrin olgan (“Kattaqoʻrgʻon ushshogʻi”) devonini shoir Elmurod Hotam bilan tuzib, Samarqanddagi “TURON NASHR” nashriyotida chop ettirdi. Uning tashabbusi bilan 2023 yilda kelib chiqishlari, yurak ildizlari Kattaqoʻrgʻonga tutash uch shoirning gʻazallari jamlangan toʻplam "Savti segoh" nomi bilan Samarqanddagi "Fan bulog'i" nashriyotida bosmadan chiqarildi. Fazilat Abdullayeva koʻp yillik mehnatlari evaziga 2012 yilda hukumatimizning yuksak mukofoti – “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Qadrli kitobxonlar!
1992 yil 8 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Asosiy Qonunimiz Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa asosiy xalqaro hujjatlar talablariga to‘la mos holda, inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy...
Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#videorolik
#8_dekabr_Oʻzbekiston_Respublikasi_Konstitutsiyasi_qabul_qilingan_kun!🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari Maxmudova Madina tomonidan tayyorlangan videorolik.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#8_dekabr_Oʻzbekiston_Respublikasi_Konstitutsiyasi_qabul_qilingan_kun!🇺🇿
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.
#Kun_daydjesti
Aziz kitobxonlar! AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilamiz
#shaxs_bibliografiyasi
Fazilat Abdullayeva 1950-yilning 20-fevralida Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan. U uzoq yillar matbuotda (Kattaqoʻrgʻon shahar va tuman gazetalari tahririyatlari), Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining
Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimida mas'ul muharrir vazifasida ishlagan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi. She'rlari, hikoya, lavha va ocherklari respublika gazeta- jurnallarida, almanaxlarda chop etilgan. "Quyoshli kunlar", "Vafo rangi" nomli she'riy kitoblar muallifi. Fazilat Abdullayeva 2002 yildan 2023 yilgacha Kattaqoʻrgʻon shahridagi “Noqis” nomli mahalla fuqarolar yigʻinida 20 yil mobaynida mahalla raisi vazifasida faoliyat yuritgan.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Iqtibos
Bilim bu-nima soʻzlashni bilishdir,
Donolik bu-qachon soʻzlashni bilishdir!
#Xayrli_tong
☃️ Assalomu alaykum! Payshanba tongi muborak boʻlsin!
Tong otdimi, demak yangi kun boshlandi! Kechagi gʻam-alam, alamzadalik, tushkunlik kechada qolgan. Bugun hammasi bir daqiqada oʻzgarib ketishiga ishoning! Hayot tasodiflarga toʻla. Men bilan albatta yaxshilik sodir boʻladi deya fikrlang. Har qanday yangilikdan, yangi odamlardan qoʻrqmang. Ular sizni hayotingizga mazmun, rivoj, yaxshilik ilinish uchun keladi albatta.
Yaxshi niyat, xush kayfiyat hamrohingiz boʻlsin!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#shaxs_bibliografiyasi
Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari Maxmudova Madina tomonidan Kattaqo‘rg‘onlik shoira, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Fazilat Abdullayevaning hayoti va ijodi to‘g‘risida tayyorlagan shaxs bibliografiyasi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kitob_tarixi
Kitob —axborotlarni gʻoya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik qarashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targʻiboti va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot. Xalqaro statistikada YUNESKO tavsiyasiga koʻra, hajmi 48 sahifadan kam boʻlmagan, taboqlab tikilgan nodavriy nashrni, shartli ravishda, Kitob. deyish qabul qilingan. Kitob ishi kitobni yaratish, tayyorlash, uni tarqatish, saqlash, tavsiflash va oʻrganish bilan bogʻliq katta jarayonni oʻz ichiga oladi. Fan, adabiyot, sanʼat asarlaridan matbaada koʻpaytirish va tarqatish uchun tanlash, ularga ilmiy va badiiy nuqtai nazardan yondoshish, tahrir qilish, badiiy bezash, matbaa ijrosini belgilash va nashrga tayyorlash noshirlikning vazifasi. Kitobni koʻplab chiqarish — kitob bosish ishi poligrafiya sanoatida olib boriladi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#8_dekabr_Oʻzbekiston_Respublikasi_Konstitutsiyasi_qabul_qilingan_kun!🇺🇿
Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir.
“O‘z ona tilini bilmagan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo‘q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to‘g‘ri aytishadi”. “Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat’iy nazar, o‘z ona tilini hurmat qiladi”.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 Qor qo‘ynida lola
✍️ Abdulhamid Cho‘lpon
Qadrli kitobxonlar!
Cho‘lpon yangi adabiyotda, yangi shakllarga asos soldi. Uning «Kecha va kunduz» romani, «Do‘xtur Muhammaddiyor», «Qor qo‘ynida lola», «Novvoy qiz», «Oydin kechalarda» hikoyalari o‘zbek adabiyotidagi lirik nasrning dastlabki mumtoz namunalaridir. Cho‘lponning «Uyg‘onish», «Buloqlar», «Tong sirlari», «Soz» kabi to‘plamlari yangi ozbek she’riyati taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Shuningdek, uning tarjimasidagi qator asarlar, xususan, Pushkinning «Dubrovskiy», Shekspirning «Hamlet» tragediyasi o‘zbek tarjima san’atining shoh namunasi hisoblanadi. Mazkur kitobdan yozuvchining jozibali texnikasi, sodda tili, g‘aroyib uslubi aks etgan bir qator hikoyalari o‘rin olgan.
Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Infografika
Kattaqo’rg’on shahar Axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmatining 2024-yil noyabr oyi ko’rsatkichlari.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Infografika
Kattaqo’rg’on shahar Axborot-kutubxona markazi Fondlarni to’ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmatining 2024-yil noyabr oyi ko’rsatkichlari
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa