#hududiy_kutubxonalar_bilan_hamkorlik
Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi Fondlarni saqlash, to'ldirish va ularga ishlov berish xizmati rahbari Sh.Maxmudova va Axborot-bibliografiya xizmati rahbari M.Mahmudovalar hududdagi kutubxonalar faoliyatini o'rganish hamda amaliy va uslubiy yordam berish maqsadida shahrimizdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat texnikumi kutubxonasiga tashrif buyurishib, kutubxonada mavjud bo'lgan kitoblarga ishlov berish va kutubxona faoliyati haqida suhbatlashishdi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#davra_suhbati
Garchi shuncha mag‘rur tursa ham
Piolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?
Kamtar bo‘l, hatto bir qadam
Oʻtma g‘urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
Oʻpar doim peshonasidan.
✍️ Erkin Vohidov
Kattaqo‘rg‘on shahar Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning tavalludi munosabati bilan kitobxonlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida shoirning hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Sizlarga_eng_yaxshisini_ilindik
📖 “Kitobsiz hayot juda zerikarli. Kitob hayotdan qiziq...”
O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim kitob haqida yurakdan gapirdi. Uning fikricha, kitob odamga juda ko‘p narsalarni o‘rgatadi.
📺 Marhamat tomosha qiling
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
✅ O’zbekiston Milliy kutubxonasida "Qo'rboshilar qo'shig'i" she'riyat spektakli bo’lib o’tdi
🔹 Mutolaa’da she’riyat kechasining navbatdagi soni Najmiddin Ermatov ijodiga bag’ishlandi.
🔹 “Mutolaa” loyihasi va O’zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida tashkil etilgan sheʼriy kecha chinakkam she’riyat bayramiga aylandi.
🔹 Tadbirda yosh va iqtidorli shoir Najmiddin Ermatov oʻz sheʼrlari bilan tomoshabinning yuragigacha kirib borgan boʻlsa, dastur mehmoni aktyor Erkin Bozorovning chiqishlari tadbirga yanada fayz berdi.
🔹 Tadbir davomida Najmiddin Ermatovning “Ko’k bo’ri” she’ri uchun rassom Erkin Orol tomonidan “Ko’k bo’ri” kartinasi chizildi va auksionga qo’yildi.
🔹 Auksionda Zulfiyaxonim nomidagi davlat mukofoti sohibasi, shoira Mehrinoz Abbosova g’oliblikni qo’lga kiritdi va “Ko’k bo’ri” kartinasini O’zbekiston Milliy kutubxonasiga hadya qildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Xayrli_tong
☃️ Assalomu alaykum! Juma tongi muborak boʻlsin!
Baʼzan kun oddiygina boshlanadi, shakar solinmagan qahvadek taʼmsiz...
Siz unga umidni qoʻshasiz, muhabbat qoʻshasiz, mehrni qoʻshasiz, ulkan maqsadlarni va orzularni qoʻshasiz...
baxt yaratasiz va shakar solingan qahvadan rohat olgandek, bugungi kuningizdan ham shukur qilib rohatlanasiz!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
📚 1930-yil, London koʻchalarida harakatlanuvchi kutubxona.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#bibliografik_sharh
Joriy yilning 12-dekabr sanasida Kattaqo'rg'on shahar Axborot kutubxona markazining Axborot - bibliografiya o'quv xonasida kutubxona foydalanuvchilariga Axborot - bibliografi Bobomuratova Nargiza tomonidan kutubxona markaziga yangi kelgan davriy nashrlar bilan tanishtirib, Xalq so'zi gazetasidagi "Quyoshga intilgan shoir" maqolasiga bibliografik sharh berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kun_kishisi
Chingiz Toʻraqulovich Aytmatov 1928-yil 12-dekabr Qirgʻizistondagi Talas vodiysidagi Shakar ovulida tugʻilgan. Qirgʻiziston Fanlar Akademiyasi akademigi (1974). Qirgʻiziston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan (1953). 1956–1958-yillari Moskvadagi yozuvchilar uyushmasi Oliy adabiyot kursi tinglovchisi. Asarlarini qirgʻiz va rus tilida yozadi. Ilk hikoyalari 1950-yillarda bosilgan. "Bay-damtol sohillarida“ (1955), "Yuzma-yuz“ (1957) asarlari oʻtkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. "Jamila“ (1958), "Sarvqomat dilbarim“ (1961), "Boʻtakoʻz“, "Birinchi muallim“ (1962), "Momo yer“, "Somon yoʻli“ (1963), "Alvido, Gulsari“ (1966) kabi qissalarida muhabbat mavzui katta ehtiros bilan ta-rannum etilgan. Chingiz Aytmatovning "Togʻ va choʻl qissalari“ turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Iqtibos
Kitob — yolg‘izlik ummonida cho‘kib ketayotgan odam uchun qutqaruv belbog‘i.
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 Ummat Onalari
✍️ Davron Abdurahimov
Qadrli kitobxonlar!
Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayotlari davomida uylangan zavjai mutahharalari bilan hikmat va ibratga to‘la hayot kechirdilar. Shu bois bu ayollar "Ummulmo‘minin" degan yuksak sharaf bilan uluglanadi. Mazkur kitobda ularning hayotlari va din yo‘lidagi beqiyos xizmatlari haqida so‘z boradi. Ishonch ila aytamizki, o‘kuvchilar hukmiga havola etilayotgan "Ummat onalari" kitobi ibrat olish bobida hech kimni befarq qoldirmaydi.
Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Yosh_kitobxon
Kattaqo‘rg‘n shahar Axborot-kutubxona markazi faollar zalida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yosh kitobxon” tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. Mazkur bosqich tezkor savol-javob sharti asosida zoom platformasi orqali onlayn tartibda bo'lib o'tdi.
10-14 yosh toifasida
1-o'rin Yermachit MFY Abdujabborova Mohinur Sobirjon qizi
2-o'rin Nurobod MFY Saitova Jasmina Rustam qizi
3-o'rin O.Miriy MFY G'ulomova Dinora G'ayrat qizi
15-19 yosh toifasida
1-o'rin Oq oltin MFY Murodova Rayxona Bahodir qizi
2-o'rin Navbahor MFY Pardayeva Laylo
3-o'rin Zarifobod MFY Sirojiddinova Muyassarbinu Rustamjon qizi
20-30 yosh toifasida
1-o'rin Amir Temur MFY Ochilova Muhlisa Abdurahmon qizi
2-o'rin O'rikzor MFY Normurodova Nargiza Ruzimurod qizi
3-o'rin Kattaqo'rg'on MFY Niyorov Davron Sardor o'g'liga nasib etdi
Tadbir yakunida g'olib yoshlarga diplom va esdalik sovg'alar topshirildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#bibliografik_sharh
2024-yil 11-dekabr kuni Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari Maxmudova Madina Axborot-kutubxona markaziga yangi kelgan davriy nashrlar bilan tanishtirib, kutubxonaga angi kelgan Yoshlik hamda Jahon adabiyoti jurnallariga bibliografik sharh berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
✅ O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva Turkiy tillar davlatlari Milliy kutubxonalar konferensiyasida ishtirok etmoqda
📚 2024-yil 9-12-dekabr kunlari Baku shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Azarbayjon, Turkiya, Vengriya Milliy kutubxonalari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan mazkur anjuman TURKSOY xalqaro turkiy madaniy tashkiloti va Ozarbayjon Milliy kutubxonasi hamkorligida bo‘lib o‘tmoqda.
📚 Tashkilotning asosiy vazifasi turkiy dunyo va turkiyzabon xalqlarning milliy ma'naviy-axloqiy qadriyatlarini asrab-avaylash, ular bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, turkiy madaniyat va merosni butun dunyoga targ‘ib qilishda muhim rol o‘ynaydigan milliy kutubxonalar bilan aloqalarni o‘rnatishdan iborat.
📚 Bugun konferensiya o'z ishini davom ettirmoqda.
♻️ BATAFSIL
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Zakovat
#Baxtimiz_qomusi
Konstitutsiyamizning 32 yilligiga bag’ishlab bayram tadbirlari tashkil etildi. Kattaqo'rg'on shahar 1-umumta'lim maktabi tashabbusi bilan ZAKOVAT intellektual o’yini tashkil etilib, o'quvchilarning yangi tahrirdagi konstitutsiyamiz haqidagi bilim va ko’nikmalari sinovdan o’tkazildi. Tadbir davomida rasmlar ko’rgazmasi ham tashkil etilib, baxtimiz qomusini o’zida aks ettirgan suratlar namoyish qilindi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#bibliografik_sharh
2024-yil 6-dekabr kuni Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari Maxmudova Madina Axborot-kutubxona markaziga yangi kelgan davriy nashrlar bilan tanishtirib, Xalq so'zi gazetasidagi "Kutubxonasi va muzeyi bor xonadon" hamda "To'maris ayollar jamoat birlashmasi tuzildi" maqolalariga bibliografik sharh berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kun_daydjesti
Aziz kitobxonlar! AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilamiz
#shaxs_bibliografiyasi
Men otamdan birinchi marta bu haqda eshitganimda nihoyatda yaxshi koʻrganim – bolalikning sehrli ertaklardagi farishtalar hayolimga kelgan. Mening bola koʻnglimga pokiza mehr va muhabbatning, samimiyatning timsoli boʻlib kirgan, hali oʻzlarini koʻrmasdan turib yaxshi koʻrib qolganim oʻsha - mehribon jurnalist, gazetaning yosh xodimi, ToshDu, hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini bitirib endigina “Zarafshon”da ish boshlangan Fazilat Abdullayeva edilar... U paytlar maktab oʻquvchilari orasida ideal degan orzu urf boʻlgandi. Mening idealim Fazilat opam boʻlganlar. Jurnalistikada birinchi ustozim haqlarida insho ham yozganim esimda... Otam raxmatli bu voqeani umrlarining oxirigacha aytib yurdilar.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Iqtibos
"Birin-ketin boshingizga qayg‘u tushganda , ular sizni chidab bo‘lmas holatga keltirganda, taslim bo‘lmang! Chunki aynan shu nuqtada voqealar rivoji o‘zgaradi”.
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 “Javdarzordagi xaloskor”
✍️ Jerom Selinjer
Qadrli kitobxonlar!
Asarning bosh qahramoni Holden Kolfild o‘smirlarning sarkashligi, isyoni timsoliga aylanishga ulgurgan. Roman, shuningdek, ma’sumlik, asillik, o‘zlik, yo‘qotish, daxldorlik, intim va tushkunlik kabi murakkab masalalarga ham tegib o‘tadi. Jerom Selinjer 1919 yil 1 yanvarda Nyu-Yorkda tug‘ilgan va 2010 yil 27 yanvarda Nyu-Hempshir shtati Kornish shahrida vafot etgan. Ammo 1951 yil bosilib chiqqan “Javdarzordagi xaloskor” romani uni mashhur qildi. Nashrdan chiqqach 2 oy muddatda ommalashib ketgan romanda 16 yoshli o‘smir yigitning o‘y-xayollari, atrofidagilarning munofiqligi va soxtaliklaridan bezorligi, hayotga bo‘lgan ochiq munosabati yoritilgan.
Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kun_daydjesti
Aziz kitobxonlar! AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilamiz
#Qiziqarli_fakt
📹 "Temur tuzuklari" kitobining mazmuni 10 daqiqada.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
#shaxs_bibliografiyasi
Hozir maqola degani uyalaman-u, har holda nimalardir yoza boshladim. U paytlar Kattaqoʻrgʻon tumani va Kattaqoʻrgʻon shahrining gazetasi bitta boʻlib, nomi “Zarafshon” edi. Tahririyat shaharda joylashgani uchun yozgan maqolamni pochta orqali yuborganman. Qisqasi birinchi maqolam “Zarafshon” gazetasida bosilganida men 4-sinfda oʻqirdim. Ota-onam mendan ham koʻp xursand boʻlgani 1 soʻmu 80 tiyin gonorar olganim esimda... “Zarafshon” gazetasining muharriri Fayzulla Nurullaev keyinroq otamga aytib bergan ekanlar. Gazeta tayyor boʻlib, muharrir imzolagach, xodimlardan biri maktab daftari varogʻiga yozilgan “maqola”ni olib kiradi. Uni oʻqib koʻrgan muharrir, tayyor sahifadagi qaysidir maqolani olib, oʻrniga mening yozmalarimni joylaydi...
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kun_kishisi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi (1943) Hamid Olimjon o‘zbek adabiyotining dolzarb masalalari bo‘yicha qator ilmiy-tanqidiy asarlar yaratdi. Hamid Olimjon tomonidan tarjimalar.
Shoir A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. Gorkiy, V. Mayakovskiy, A. Serafimovich, T. Shevchenko, M. Lermontov, N. Ostrovskiy, A. Korneychuk asarlarini tarjima qildi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining ajoyib durdonasi «Alpomish» dostoni birinchi marta Hamid Olimjon tomonidan nashrga tayyorlanib (1938), chop etildi. U Alisher Navoiyning 500 yilligini o‘tkazish yubiley qo‘mitasining a’zosi sifatida ulug‘ shoir hayoti va ijodi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. U 1939 yildan to umrining oxirigacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kun_kishisi
Hamid Olimjon (Hamid Olimjonovich Azimov) 1909-yil 12-dekabr oʻzbek shoiri, adabiyotshunosi va jamoat arbobi. Uning Ayolining ismi Zulfiyaxonimdir. Lirik sheʼrlari bilan 20 asr oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qoʻshgan. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanilgan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1943). Boshlangʻich taʼlimdan soʻng 20-yillarning oxirida Samarqanddagi bilim yurtida (1923–1928), Pedagogika akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida (1928–1931) oʻqigan va ayni paytda „Zarafshon“ gazetasida boʻlim mudiri (1926–1927). „Yoshlar“ gazetasida (1931), „Qurilish“ va „Sovet adabiyoti“ jurnallarida masʼul kotib, Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim (1932–1934), Til va adabiyot instituti (1934–1937) va Oʻquvpedagogika nashriyotida boʻlim mudiri (1938–1939), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1939–1944).
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Xayrli_tong
☃️ Assalomu alaykum! Payshanba tongi muborak boʻlsin!
Har tongni goʻzal niyatlar bilan boshlang.
"Bugun albatta yaxshiliklar boʻladi" deya yaxshi niyatda boʻling!
Chunki tilaklar duoga, duolar esa roʻyobga oshadi!!!
Yangi boshlangan kuningiz xayrli boʻlsin!!!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kun_daydjesti
Aziz kitobxonlar! AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilamiz
#Ayni_damda
#Yosh_kitobxon
Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi faollar zalida "Yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovi shahar bosqichi 10-14 yoshdagi oʻquvchilar o'rtasida bo‘lib o‘tmoqda.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#shaxs_bibliografiyasi
Odamzod yaralibdiki, dunyoni ranglarga ajratadi.Goʻdakligida oʻyinchoq, kiyimkechak,sal ulgʻayib esa odam tanlaydi. Keyin bu zanjir ketaveradi, oʻqish, kasb, ishxona, doʻst, yor.Faqat, hech kimga ota-onani tanlash imkoni berilmagan.Koʻplar qatori men ham tugʻilgan oilam, Yaratgan peshonamga bitgan ota-onam uchun shukr
qilaman.Chunki, Fazilat opamga shogird boʻlishimga ham ular sababchi.Hayol beixtiyor bolalikka ketadi.Men oʻzimni anglashdan oldinroq kitoblarni tanigan boʻlsam kerak.Moʻtabar ota onam– Respublika xalq ta'limi a'lochilari– Hamidulla hoji Xamraev va Sayyora xoji Xayitovlar urush farzandlari edi.Bolaligi Ikkinchi jaxon urushining ogʻir yillariga toʻgʻri kelgan boʻlsada,kitobni sevib ulgʻaytirganlari uchun bizni ham shu ruhda tarbiyalashdi.Bir kunda besh-oʻntalab she'r yodlar,otam tanlab bergan kitoblarni oʻqib,gapirib berardik.Shu tariqa bizda adabiyotga havas uygʻondi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Badiiy_kecha
#Baxtimiz_qomusi
Yaqinlashib kelayotgan Konstitutsiyamizning 32 yillik bayrami arafasida Respublikamiz bo’ylab ko’plab bayram tadbirlari o’tkazilib kelinmoqda. Shu munosabat bilan Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazida ham bir qator tadbirlar va bellashuvlar tashkil etildi. Axborot-kutubxona markazi Faollar zalida Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan "Konstitutsiya baxtimiz qomusi" nomli badiiy kecha tashkil etilib, o'quvchilar o’zlarining taqdimotlari va chiqishlari bilan yig’ilganlarga ma’lumot ulashdilar. Kuy qo'shiqlar, sahna chiqishlari o'quvchilarga yuqori kayfiyat ulashish bilan birga ularning bilim va salohiyatini oshirishga ham xizmat qildi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kun_daydjesti
Aziz kitobxonlar! AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilamiz