kitobreadbook | Unsorted

Telegram-канал kitobreadbook - Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

203

⛪️Kattaqo`rg`on shahar Axborot-Kutubxona Markazi rasmiy kanali©️ 📜 Tavsiya etiladigan badiiy asarlar 📰Yangiliklar 💽Audio va Video resurslar 🥇Tanlov va 🎁aksiyalar 🎤Tadbirlar 📝Test 🇺🇿http://kattakurgon.shakm.uz https://t.me/kitobreadbook

Subscribe to a channel

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Dunyodagi_eng_qadimgi_kutubxona

Dunyodagi eng qadimiy kutubxona: Marokashdagi Al-Qaraviyyin kutubxonasi dunyodagi eng qadimiy va doimiy faoliyat yuritayotgan kutubxona hisoblanadi. U 859-yilda tashkil etilgan va hozir ham qadimiy qo‘lyozmalarni saqlaydi. Qadimiy kitoblarning narxi: 1994-yilda Leonardo da Vinchining "Codex Leicester" qo‘lyozmasi Bill Geyts tomonidan 30,8 million dollarga sotib olingan. Bu dunyodagi eng qimmat kitoblaridan biridir. Kitoblar qutqaruvchisi: Ikkinchi Jahon urushi paytida nemis kutubxonachisi Marta Shmidt qadimiy qo‘lyozmalarni nafaqat yo‘qotishdan, balki o‘g‘irlikdan saqlab qoldi. U yuzlab kitoblarni yashirin joylarga olib chiqib, ularni saqlab qoldi. Eng kichik kitob: Dunyodagi eng kichik kitob "Old King Cole", uning kattaligi 1x1 millimetr bo‘lib, maxsus lupa orqali o‘qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Iqtibos

Kechagina dono va aqlli edim, dunyoni o‘zgartirmoqchi edim! Bugun esa hakim va donishmandman. Shuning uchun o‘z nafsimni o‘zgartirmoqchiman!

Jaloliddin Rumiy

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Xayrli_tong

Har bir tong — yangiliklarni koʻrish, oʻrganish imkoniyati, gʻaroyib sarguzashtning boshlanishi va davom etishidir. Har bir yangi kunni mashaqqatlarga qaramay unutilmas lahzalarga boy qilish oʻz qoʻlimizda...
Taqdir bizni oʻzimiz oʻylab topolmaydigan soʻqmoqlar orqali, albatta choʻqqiga yetaklaydi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Ayni_damda
#Koʻrik_tanlov

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi faollar zalida 02855 harbiy qism xodimlari hamkorligida Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Bobur izdoshlari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tmoqda

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Kun_kishisi

Ogahiy taxallusi; toʻliq ismi: Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli 1809-yil 17-dekabr, Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻida tug‘ulgan. O‘zbek shoiri, tarixchi, tarjimon. Mirob oilasida tugʻilgan. Xiva madrasalarida tahsil koʻrgan. Arab, fors, turk tillarini puxta egallagan. Xorazmning mashhur shoir va olimlari, adabiyot muxlislarining suhbatlarida ishtirok etgan. Sharq klassik asarlari, ayniqsa, Navoiy ijodini qunt bilan oʻrgangan. 1829-yilda amakisi va ustozi Munis vafot etgach, Xiva xoni Olloqulixon 1825—1842 Ogahiyni Munisning oʻrniga mirob etib tayinlagan. Shu davrdan eʼtiboran Ogahiy xalq hayoti va saroy ishlari bilan shugʻullangan.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

😊 Mustaqillik haqida bitilgan eng sara 10 asar:

80-yillar oxiri, 90-yillar boshi Oʻzbekistonda jamiyatning turli sohalarida mustaqillikka intilish harakatlari kuchayib bordi. 80- yillarning ikkinchi yarmidan mustaqillikni qoʻlga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. Quyida mustaqillik haqida yozilgan eng nodir asarlarni keltiramiz:
📱Ilovamizga yuklangan asarlar:

1. Abdulla Qodiriy- "Oʻtkan kunlar"
2. Abdurauf Fitrat-"Hind sayyohining qissasi"
3. Maqsud Shayxzoda-"Jaloliddin Manguberdi"
4. Mirzakalon Ismoiliy- "Fargʻona tong otguncha"
5. Alixontoʻra Sogʻuniy- "Turkiston qaygʻusi"
6. Mirmuhsin-"Xoʻjand qal'asi (Temur Malik)"
7. Togʻay Murod- "Otamdan qolgan dalalar"
8. Shukrullo- "Kafansiz koʻmilganlar"
9. Nabijon Boqiy- "Qatlnoma"
10. Javlon Jovliyev- "Qo'rqma"

🫵🏻Siz, qaysi asarni mustaqillik haqida yozilgan eng yaxshi deb hisoblaysiz?

⬇️Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling

Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#shaxs_bibliografiyasi

Fazilat opani nafaqat ijodkor, balki, biz u kishini tajribali mahalla raisi sifatida ham yaxshi bilamiz va opaning faol tashabbuskorligini, izlanuvchiligini, mahallada har tomonlama sog’lom muhitni yaratish, oilalar tinchligini ta’minlash va hududni obod maskanga aylantirish borasidagi samarali xizmatlarni yuksak e’tirof etamiz. Viloyat hokimining Kattaqo’rg’on shahridagi mahalla raislari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda so’zga chiqqan Fazilat Abdullayeva mahallani ta’mirtalab ekanligini aytib, bu borada yordam qilishlarini so’ragan edi. Shunda viloyat muntazam yo’llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Murodxon Xojinov tashabbus bilan chiqib, shahrimizdagi Noqis mahallasini ta’mirlashni o’z zimmasiga olgandi. Oradan 6-7 oy o’tib mahalla misli ko’rilmagan darajada o’zgardi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Birgalikda_mutolaa_qilamiz

📚 Million dollarlik xatolar
✍️ Pavel Annekov
Qadrli kitobxonlar!

Qo‘lingizdagi ushbu kitob ayni paytdagi tadbirkor tomonidan yozilgan. Ushbu kitob orqali siz amaldagi tadbirkorning bilim va tajribalariga ega bo‘lasiz. Albatta, faoliyat davomida biznesni barbod qilishga oid omillar yetarlicha topiladi. Ushbu kitob sizlarni ana shu xatolar bilan birma-bir tanishtiradi. Chunki tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan inson ana shu xatolarga duch kelishi aniq. Shunday ekan, ushbu kitob Sizlarga yaqin ko‘makchi bo‘ladi, deb o‘ylaymiz

Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Kun_daydjesti

Aziz kitobxonlar! AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilamiz

Gavhar Alimova Mahalla fidoiysi, ijodkor Fazilat opa Abdullayeva haqidagi fikirlarimni aytish uchun gapni uzoqroqdan boshlamoqchiman. Samarqand viloyati hokimining o’rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo’mitasi raisi vazifasida ishlab yurgan vaqtimda nomzodimni Kattaqo’rg’on shahar hokimligiga tavsiya qilishdi. Bunday yuksak lavozimda ishlash sharafli albatta, ammo mas’uliyatichi? O’shanda hayolan Kattaqo’rg’onda meni qo’llab-quvvatlaydigan insonlarni ko’z o’ngimda birin-ketin o’tkaza boshladim. Respublikamizda hokimlik tizimi joriy etilgach Kattaqo’rg’on shahrida birinchi bor hokim sifatida faoliyat yuritgan Bekzod Zokirov shaharni rivojlantirishga munosib hissa qo’shgan. Keyinchalik u kishi nashriyot-matbaa sohasida samarali faoliyat yuritdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Birgalikda_mutolaa_qilamiz

📚 Kaktuslar ham gullaydi
✍️ Songul Unsal
Qadrli kitobxonlar!

Bu foniy dunyodagi ba’zi odamlar menga choh qazishgan bo‘lsada, o‘sha chohdan o‘zgarib chiqdim- yanada kuchliroq bo‘ldim! Bu yo‘llarda bir qancha vaqt o‘zimni yo‘qotib, hech narsani his qilmay yurdim. Lekin o‘rgandim: inson o‘zi yurgan yo‘llarga gullar ekib olg‘a intilishi kerak ekan. Agar yarim yo‘lda qolsayu, orqaga qaytadigan bo‘lsa, o‘sha yo‘llar gullar bilan bezatilgan bo‘lishi kerak ekan. Hattoki kaktuslar ham gullashi mumkin bo‘lgan bu dunyodagi ba’zi bir odamlarning qalbi allaqachon so‘lib, qurib qolgan. "G‘am-alam, tashvishlar ustma-ust kelib, chiday olmaydigan holga tushib qolsangiz ham, taslim bo‘lmang! Ana shundagina taqdiringiz o‘zgaradi!"

Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Xayrli_tong

Inson qalbida nima koʻtarib yursa,
dunyoni ham shunday koʻradi.

Qalbingiz faqat samimiylikni, adolatni, tozalikni, mehrni ko‘tarib yursin.
Boshlangan yangi kun xayrli boʻlsin.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Kitob_taqdimoti

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari Maxmudova Madina tomonidan tayyorlangan "Britannika eng yangi
Bolalar ensiklopediyasi"
nomli kitob taqdimoti.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#shaxs_bibliografiyasi

Aspiranturaga tavsiya qilgandik, lekin oilaviy sharoiti tufayli Kattaqoʻrgʻonga qaytadi. Bagʻoyat katta iste'dod bilan yozilgan. Shu ishni bir koʻring” degan ekanlar. Bu gʻoyibona muhabbatim yanada olovlandi. Salohiddin akam sababli tanishdik. Fazilat opani koʻrishga shunchalar inttiq boʻlganmanki, “Zarafshon”ning koʻrimsizgina binosi ham koʻzimga muhtasham boʻlib koʻringan... Kattaqoʻrgʻonning birinchi oliy ma'lumotli jurnalisti... Shu-shu men Fazilat opamning oldilariga tez-tez maqola koʻtarib boradigan boʻldim. Gazeta binosi shaharning chekkarogʻida joylashgan edi. Ijodiy xodimlar nihoyatda ahil, olijanob insonlar boʻlib, tahririyatda samimimiy muhit xukmron edi. Buyuk adib Chingiz Aytmatov Osiyo va Afrika yozuvchilari simpoziumi kunlarida
talabalar bilan. Toshkent, 1968.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Birgalikda_mutolaa_qilamiz

📚Hazrati Muhammad (s.a.v) o‘gitlari
✍️ Lev Tolstoy
Qadrli kitobxonlar!

Qaerdaki hayot bo‘lsa, o‘sha joyda insoniyat paydo bo‘lgandan beri unga yashash imkonini beradigan iymon bor.Va iymonning belgilari hamma joyda va hamisha bir xil.Har qanday iymon kimga bo‘lmasin va qanday bo‘lmasin, javob bergan bo‘lsa, iymonning har qanday javobi insonning cheklangan hayotiga cheklanmagan narsaning ma’nosini baxsh etadi va bu ma’noni azob-uqubatlar, muhtojliklar, o‘lim mahv etolmaydi.Lev Tolstoy birmuncha ikkilanishlardan so‘ng tugal xulosaga kelganida ellik yoshlar bo‘sag‘asida edi. Shundan keyin o‘ttiz yildan ortiqroq umr ko‘rdi. Sakson yoshlar atrofida qariyb beri jur’at qilolmayotgan ishga jazm qildi islom dini va uning payg‘ambari Muhammad (s.a.v.) hayotini o‘rgandi.

Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#shaxs_bibliografiyasi

Fazilat Abdullayeva o’z jamoasi bilan M.Xojixonov rahbarligidagi korxona ishchilari tomonidan mukammal ta’mirdan chiqarilgan, zamonaviy qiyofa aks etib turgan barcha qulayliklarga ega bo’lgan mahallada samarali faoliyat olib bormoqdalar. Qolaversa, bugun kattaqo’rg’onliklar shoira sifatida qalam tebratayotgan ijod sohibasining she’rlari, maqolalarida ham bahramand bo’lmoqdalar. Albatta shoiraning ijodi bugun Kattaqo’rg’on adabiy, ma’naviy va ma’rifiy muhitinirivojlantirishga hissa qo’shayotgani, o’quvchilari qalbida ezgulik, insoniylikni shakllantirayotgani juda quvonarli. O’zbekiston Jurnalistlar soyuzi 7-s’yezdi prezidumida. Toshkent. 30 yanvar 1987 yil.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Birgalikda_mutolaa_qilamiz

📚Narniya saltanati
✍️Klayv Steypliz Lyuis
Qadrli kitobxonlar!

Eshik ortidagi dunyo, hech qachon tugamaydigan ayozli kish. Ozod bo‘lishini kutayotgan muhtasham bir o‘lka NARNIYA. Bir kuni to‘rt bola Piter, Syuzan, Edmund va Lyusi ular yashaydigan uydagi javon ichidan NARNIYA o‘lkasiga o‘tish mumkinligini bilib qolishadi. NARNIYA saltanati Oq jodugarning qo‘l ostidadir. Hammaning umidlar tugagan fursatda Narniyaning haqiqiy xaloskori Arslon qaytib keladi. Biroq, bu uchun ham katta qurbonlik talab kilinadi. NARNIYA saltanati sarguzashtlariga oshiqayotgan bolajonlar talaygina oramizda, to‘g‘rimi? Siz bu asar qahramonlarini televizorda ko‘rgansiz. Lekin barchangizni ishontirib aytamanki, kitobdan oladigan zavqingiz o‘rnini boshqasi bosolmaydi.

Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Koʻrik_tanlov

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida harbiy xizmatchilar o‘rtasida buyuk ajdodlarimizning qahramonligini targ‘ib qilish, ularda jasurlik va mardlik tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadida Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi faollar zalida 02855 harbiy qism xodimlari hamkorligida “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Bobur izdoshlari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘oliblari pul va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanishdilar.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Kun_daydjesti

Aziz kitobxonlar! AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilamiz

Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Dunyodagi_eng_qadimgi_kutubxona

Pergamum kutubxonasi.
Kutubxona miloddan avvalgi III asrda qurilgan. U Turkiya hududida joylashgan. Unda 200 mingga yaqin kitoblar xazinasi joylashgan edi. Kutubxona to'rtta xonani o'z ichiga olgan bo'lib, uchta xona kutubxona tarkibi uchun, to'rtinchisi esa ziyofatlar va ilmiy anjumanlar uchun uchrashuv maydoni bo'lib xizmat qilgan.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Kun_kishisi

Xudoyberdi Toʻxtaboyev 1932-yil 17-dekabr Farg‘ona viloyatida tug‘ulgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi 1991 Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi 1982 Qoʻqon pedagogika bilim yurtini 1949 Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan 1955 Oʻrta maktabda oʻqituvchi va direktor 1955–1958, "Toshkent haqiqati“ gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri 1958–1962, "Sovet Oʻzbekistoni“ 1962–1970 gazetasida, "Guliston“ jurnalida 1970–1972, "Yosh gvardiya“ nashriyotida 1972 boʻlim mudiri va bosh muharrir oʻrinbosari 1974–1976, "Gulxan“, "Yosh kuch“ jurnallarida bosh muharrir 1977–1980, "Oltin meros“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi 1980–1998. Dastlab jurnalist sifatida tanilgan, felyetonlar yozgan. Ilk hikoyalar toʻplami "Shoshqaloq“ 1961. "Felyetondan keyin“ 1962, "Sir ochildi“, "Sehrli qalpoqcha“ singari qissalari, "Muhabbat qoʻshigʻi“, "Jonginam, shartingni ayt“ va boshqa asarlar muallifi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Iqtibos

Lotin Amerikasining eng mashhur yozuvchisi Xorxe Luis Borxesning kitob haqida ajoyib bir iqtibosi

“Inson qo‘lidagi turli-tuman qurol-yarog‘, asbob-uskunalar orasida eng g‘aroyibi, shubhasiz, kitob sanaladi.
Mikroskop va teleskop – ko‘zning davomi, telefon – ovozning, omoch va qilich – qo‘lning. Biroq kitob – butunlay boshqa narsa, kitoblar ".

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Xayrli_tong

Orzular uchun qoʻyilgan qadamlar odamlarni deb toʻxtab qolmasin, hayot sizniki, uni jarga tirkab emas, nurga burkab oʻtkazing... Har yangi kuningiz yangi orzular ila boshlansin!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Dunyodagi_eng_qadimgi_kutubxona

Iskandariya kutubxonasi eng muhim qadimiy kutubxona edi. U III asr boshlarida yaratilgan. miloddan avvalgi asr yaqinda Misrda barpo etilgan. Aleksandriya Makedoniya - Yunon shahrida joylashgan. Kutubxonaning tugallanish sanasi aniq emas. Taxminlar miloddan avvalgi 48-yilgacha. VII asrgacha. Koʻpincha III bandda fikr bildirilishiga qaraganda, Century butun Iskandariya saroyi vayron qurboni boʻldi. Hozirgacha kutubxona qoldiqlari topilmadi, ammo qadimgi mualliflarning matnlari baʼzi maʼlumotlarni taqdim etadi. Tarixiy va arxeologik tadqiqotlardan tashqari, kutubxonaning keyingi taʼsiri haqida koʻplab afsonalar mavjud boʻlib, ular bugungi kungacha davom etmoqda. U universal kutubxonaning afsonaviy arxetipi va ideal-tipik bilimlar ombori sifatida qaraladi. Kutubxonaning yoʻq qilinishi haqidagi taxminlar juda keng tarqalgan.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Iqtibos

Doimo harakatda bo‘lish kerak. Chunki to‘xtaganni o‘tirgisi keladi. O‘tirganni yotgisi keladi. Yotganni uxlagisi keladi.

✍️Muhammad al-Xorazmiy

Bizni
barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Xayrli_tong

Ko‘pchilik odamlar birdaniga muvaffaqiyatga erishishni xohlaydi, aslida har qanday buyuk yurish kichik qadamlardan boshlanadi.

Hech qachon tez boy bo‘lib ketishga ham, tez yuqori mansabga ko‘tarilishiga ham shoshilma. Shoshqaloqlik esa shaytondandir. Shoshilinchda qilgan xatolaring kelgusida o‘nglab bo‘lmas xatolarga sabab bo‘lishi mumkin.

Maqsad sari birma-bir sekin harakat qil. Bir ishni tushatib bo‘lib, ikkinchisiga qo‘l ur. Hech qachon shoshma!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Kun_daydjesti

Aziz kitobxonlar! AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilamiz

Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Dunyodagi_eng_qadimgi_kutubxona

Ashshurbanipal 685-627- yillarda yashagan. Ossuriya qiroli otasi Asarhaddon boʻlgan. Yoshlik davrini “Bit Reduni” saroyida oʻtkazgan. Buyuk davlat arbobi, sarkarda, imperator. Qattiq qoʻlligi bilan tarixda iz qoldirgan. U dushmanlarini nafaqat yoʻq qilish balki maksimal darajada yakson qilishi bilan ajralib turgan. Bundan tashqari u shumer va akkad tilini bilgan yagona imperator boʻlgan. Tarixda nafaqat siyosiy arbob sifatida balki jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi bilan ham oʻrin olgan. Bu kutubxona Ashshurbanipal buyrugʻiga asosan qurilgan. Dastlabki faoliyatini davlat hujjatlarini saqlash uchun arxiv sifatida boshlagan va 25 yil mobaynida qurilgan. Fondi 30000 ga yaqin loy (gil) dan yasalgan tablichkalardan tashkil topgan. 1849-yilda ingliz arxeologi Ostin Genri Leyard tomonidan kutubxonaning katta (1-qismi) qismi Efrat va Tigr daryolari sohilidan topilgan.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Iqtibos

“Siz tevarakdagi voqealar ustidan emas, o’z fikrlaringiz ustidan hukmronlik qila olasiz. Shuni anglab yetishingiz bilan o’zingizda kuch topasiz.”

✍️ Markus Aureliyus

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi.

#Xayrli_tong

Xayrli tong, qalblari yorugʻ, soʻzlari dunyoni oʻzgartiradigan, hislari borliqni toʻldiradigan ajoyib insonlar!
Yangi tong, yangi imkoniyatlar muborak boʻlsin!!!

Tong otdiyuu quyoshdan darak yoʻq!
Nima qilamiz? Qalbingizga quyoshni boshlab kelamiz!

Qanday quyoshni?! Mehrga, muhabbatga toʻla quyoshni!
Yomgʻirda ivib charchagan shaharu~ qishloqlarga quyosh juda kerak!

Hayot zarbalaridan charchagan insonlarga quyoshni yoritadigan soʻzlar judayam kerak!

Uddalaysiz - a? Qani qalblarni yoritishga ketdik.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa

Читать полностью…
Subscribe to a channel