#Kun_daydjesti
Aziz kitobxonlar! AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilamiz
#Iqtibos
Eng yaxshi va eng qimmatli kitob, o‘qiganimdan keyin meni o‘z holimga tashlab qo‘ymaydigan kitob; menda yangi olijanob tuyg‘u yoki yangi g‘ayratli intilish yoki yangi yuksak fikrni uyg‘otadigan kitob; meni joyidan siljitadigan yoki meni, atrofdagilarni harakatlantiradigan kitob; meni qattiq uyqudan uyg‘otadigan yoki befarqlik balosidan sakrab chiqishga imkon beradigan yoki hayotning tugunlarini yechib beradigan yo‘lga olib boradigan kitob.
#Xayrli_tong
Assalomu alaykum
Boshlangan yangi kun fayzli oʻtsin!!!
O‘tgan kuningizdan nolimoq nechun,
Umid-la ko‘ngilni to‘qlamoq kerak.
Kunni shod-u xurram o‘tkazmoq uchun,
Tongda tabassum-la uyg‘onmoq kerak!
Oʻlmasbek Samarqandiy
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Iqtibos
Sen badiiy asarni yaxshi ko‘rgan kishing bilan birga o‘qisang, yanada lazzat topasan.
Abdulla Qahhor
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Xayrli_tong
Assalomu alaykum
Boshlangan yangi kun fayzli oʻtsin!!!
Mudom hayotingizdan xursandlik uchun biror sabab topa olmasangiz, unutmangki, yangi kunni qarshi olganingizni oʻzi quvonish uchun ulkan sababdir.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Milliy_kontent
Ilm zar bilan oʻlchanmaydi...
🎬 "Abu Ali Ibn Sino" filmidan parcha
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Iqtibos
Hayotdagi uch narsa kunlarimiz mazmunini o‘g‘irlaydi. Bular – o‘tmishga achinish, kelajakka tashvishlanish va buguniga shukr qilmaslik...
#Kun_kishisi
Tohir Malik (asl ismi Hobilov Tohir Abdumalikovich) taniqli oʻzbek yozuvchisi. Oʻzbek adabiy fantastikasining asoschilaridan biri, maʼrifat arbobi. "Doʻstlik" ordeni va "Oʻzbekiston xalq yozuvchisi" faxriy unvoni sohibi. 1946-yilning 27-dekabrida Toshkent shahrida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqib, kunduzi qurilish ishlarida qatnashgan. 1966-yildan beri Oʻzbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida, nashriyotlarda faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda "Sharq" NMAK Bosh tahririyatida muharrir.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Xayrli_tong
Kichkina narsalardan boshlang, ammo buyuk ishlar haqida orzu qiling. Bir vaqtning oʻzida koʻp ish qilishingizni hojati yoʻq. Shunchaki oddiy harakatlardan boshlab, murakkabroqlariga tomon intilavering va har doim kelajak haqida oʻylang.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kun_daydjesti
Aziz kitobxonlar! AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilamiz
#shaxs_bibliografiyasi
Asarimiz qahramoni Fazilat Abdullayevani ham shunday baxtiyor saodatli insonlardan biri desak, yanglishmaymiz. Ushbu bobda ularning dil soʻzlarini sizlarga etkazishni lozim deb topdik. Soʻzimizning avvalida farzand tarbiyasini umrining ustivor vazifasi, hayotining mazmuni deb bilgan ijodkor opamizning “Oylarim, dunyolarim” she'ridan quyidagi satrlarni e'tiboringizga havola etmoqchimiz.
Har biringiz oy, dunyo – oylarim, dunyolarim,
Ziynatim ham ham davlatim – siz guli ra'nolarim,
Hamma ishga bosh-u qosh, bokira, donolarim,
Oʻn sakkiz ming olamda oʻzingiz a'lolarim...
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 Onalik maqomi
✍️ Noila Xolmuhammad
Qadrli kitobxonlar!
Ayolning yelkasidagi yuklar qancha og‘ir, jarohatlari qancha ko‘p bo‘lsa, uning onalik hayotidagi to‘siqlar ham shunchalar ko‘p bo‘ladi. Tashvishlari ko‘p onalar onalik qilishga imkon topolmaydilar. Bu yo‘lda albatta unga suyanch tirgak va yordamchilar kerak. Uni tushunadigan, qo‘llab quvvatlaydigan dastak kerak.
Salgina shabbodadan xasta bo‘ladigan, onaning butun ruhiy holatini o‘ziga sut bilan birga so‘rib oladigan bir parchagina bu mavjudlikni INSON holiga keltirmoq sizningcha oson ishmi?
Millatning sifati onalarning o‘z rolini ijro etishiga, o‘z vazifasida qolishiga bog‘liq. Onaning o‘z o‘rnida bo‘lishi - insonlikning baxti demakdir.
Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kun_daydjesti
Aziz kitobxonlar! AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilamiz
#Sizlarga_eng_yaxshisini_ilindik
Ulug‘ faylasuf, shoir, matematik va tabobat ilmi bilimdoni - Umar Xayyom.
#Iqtibos
Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak: diqqat, intizom va harakat.
Jaloliddin Rumiy
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
Bir kunda bolaga kitob oʻqib berish uchun:
0-2 yosh oraligʻidagi bolalar uchun kuniga 10-15 daqiqa vaqt ajratish;
2-5 yosh oraligʻidagi bolalar uchun kuniga 20-30 daqiqa vaqt ajratish;
5-7 yosh oraligʻidagi bolalar uchun kuniga 30-60 daqiqa vaqt ajratish kerak boʻladi.
Bunda uning qiziqishi, farzandlarga alohida-alohida yondashuv va mos kitoblarni tanlashimiz muhim!
Aynan oʻzingiz bolalar bilan birga bir kunda qancha kitob oʻqiysizlar?
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 Olim yetishtirgan onalar
✍️ Murat Tosun
Qadrli kitobxonlar!
Onalar farzand tarbiyasida hamisha oilada muhim o‘rin tutganlar. Bola tug‘ilishidan oldin, hatto juft tanlanayotgan vaqtdayoq bo‘lajak onaga eʼtibor qaratiladi. Farzand tug‘ilgandan keyin ham otasi ish yo boshqa sabablar bilan ko‘p vaqt uyda bo‘lmaydi, tarbiyaga doir zarur o‘gitlar, ko‘rsatmalar bergan holda, asosiy ishi moddiy taʼminot bo‘lib qolaveradi. Illo, ona soliha, ilmli bo‘lsa, farzandi kelajakda buyuk inson bo‘lib yetishishi uchun astoydil harakat qiladi. Agar «Nega farzand tarbiyasi yolg‘iz mening zimmamda bo‘lar ekan?!» deya u ham tarbiya bilan shug‘ullanmasa, nafaqat bir bolaning, balki butun boshli millatning kelajagini barbod qiladi.
Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kun_daydjesti
Aziz kitobxonlar! AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilamiz
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 Tushun va bajar
✍️ Muhammad Bo'zdag'
Qadrli kitobxonlar!
Barchaga bir xil vaqt berilgan, muvaffaqiyatga erishganlar vaqtidan, imkoniyatlaridan oqilona foydalana olganlardir. Tushunmay bajarilgan har qanday ish qusrli bo‘lur.... Ushbu kitobda har amalini tushunib, his etib bajarganlar va buni evaziga biz erisholmagan natijalarga erishganlarni ko‘nikmalari haqida bayon etilgan.
Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Badiiy_kecha
Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi faollar zalida 1-umumta'lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida "Yildan-yilga Yaxshi yilim" nomli badiiy musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada o‘quvchilar tomonidan she'rlar, musiqaviy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir soʻngida oʻquv yilining I-yarim yilligida namunali xulqi, aʼlo baholari bilan oʻrnak boʻlgan oʻquvchilar taqdirlandilar.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#shaxs_bibliografiyasi
Nozik kalom-ey, ham guli xandon
Arzimni aytay man sanga pinhon.
Rangim samonu – bexonumonman,
Guldek yuzingdir dardimga darmon.
Izlar koʻzim to yonimga kelmas
Zoru – nizorim joningga qurbon.
Azmi sayohat aylar izimsan,
Men senga qurbon taxtim Sulaymon.
Gurganj, Buxoro, Kesh, Kattaqoʻrgʻon
Aylaydi ta'zim izmingda har on.
#Kun_kishisi
Yozuvchi yaratgan asarlari asosida koʻplab tele va badiiy filmlar yaratilgan. Asarlarida turli qiyofadagi zamondoshlarimizning obrazlari yorqin lavhalarda katta mahorat bilan aks etgan, muhim maʼnaviyaxloqiy muammolar koʻtarilgan. Rus yozuvchisi F.M. Dostoyevskiyning Maʼsuma qissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 1961–1964-yillarda quruvchi, 1965–1966-yillarda maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Lenin uchquni gazetasi, 1975–1978-yillarda Guliston nashriyotida, 1981–1982-yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda muharrir, 1982–1985-yillarda Sharq yulduzi jurnalida, 1985–1987-yillarda Choʻlpon nashriyotida bosh muharrir, 1989–91-yillarda "Yoshlik" jurnalida adabiy xodim, masʼul kotib, bosh muharrir, Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasida 1988–90-yillar davomida kotib boʻlib faoliyat olib borgan.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 Siz nimani o'ylasangiz men o'shani ko'raman
✍️ Jo Navarro
Qadrli kitobxonlar!
Jo Navarro, sobiq FQB kontrrazvedkasi va noverbal xatti-harakatlar bo'yicha taniqli mutaxassis, odamlarni qanday qilib "tez o'qish" kerakligini tushuntiradi: his-tuyg'ular va xatti-harakatlarni dekodlash, yashirin tuzoqlardan qochish va aldamchi xatti-harakatlarni qidirish. Shuningdek, siz tana tilingiz turmush o'rtog'ingiz, oilangiz, do'stlaringiz va begonalar siz haqingizda qanday fikrda ekaniga qanday ta'sir qilishini bilib olasiz.
Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Badiiy_kecha
#Men_Savodxonman
Sen eng birinchi kitob "Alifbe"ni o‘qib tugatib hamma hariflarni o‘rganib olding. Endi sen "Vatan", "Ona" kabi eng ulug‘ so‘zlarni o‘qiy olasan va yoza olasan. Yodingda tut, ushbu "Savodxonlik" ning sohibi doimo a'lo o‘qishi, namunali xulq egasi bo‘lishi lozim!
Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi faollar zalida 3-umumta'lim maktabining 1-V sinf o‘quvchilari ishtirokida "Men Savodxonman" nomli badiiy musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada o‘quvchilar ta'lim dargohidan o‘rgangan harflari haqida she'rlar, musiqaviy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etishdilar.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Badiiy_kecha
#Прощай_Букварь
Alifbodan harflarni Oldimizda saf tortishdi
Biz or’gandik oz – ozdan, Askarlarday harflar
Minnatdormiz o’rgatuvchi Barchasiga qo’shiqlarda
Muallimdan – ustozdan Berib o’tdik ta’riflar.
Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi faollar zalida 3-umumta'lim maktabining 1-B sinf o‘quvchilari ishtirokida "Прощай Букварь" nomli badiiy musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada o‘quvchilar ta'lim dargohidan o‘rgangan harflari haqida she'rlar, musiqaviy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etishdilar.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Iqtibos
🖇 Bitta bola, bitta oʻqituvchi, bitta kitob va bitta ruchka dunyoni oʻzgartirishga qodir.
Malala Yusufzoy
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Xayrli_tong
Sizga baxt tilayman. Chunki baxt hech ~qachon ortiqchalik qilmaydi..!
Sizga sogʻlik tilayman. Chunki u doimo insonlarga yetishmaydi..!
Sizga omad tilayman. Chunki u har qadamingizda kerak..!
Sizga chin muxabbat tilayman.
Chunki mehr va muxabbat doimo oʻzi bilan xursandchilik olib keladi..!
Kuningiz fayzli oʻtsin.!!!!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat
#koʻrgazma
2024-yil 25-dekabr kuni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markazi Faollar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi PQ-46 sonli Qarori 12-bandida belgilangan "Inson huquqlari - oliy qadriyat" nomli rasmli-kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#shaxs_bibliografiyasi
Oʻzbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimi mas'ul kotibi Fazilat Abdullayeva bir gapni takrorlashni yaxshi koʻrardi “Jurnalist shoir boʻlishi mumkin, lekin shoir jurnalist boʻlishi qiyin”. Muxbirlik nonini eyish oson emas. Gazetadagi 5 qatorlik kichik xabarni yozish uchun jurnalist hayot qozonida qaynayotgan chorvadorlar, dehqonlar, ishchilar yoki ziyolilar boʻlsin ular “olayotgan havodan nafas olishi”, ular his qilayotgan mehnat taftini his qilishi lozim. Mamlakatning turli burchagida har jabhada fidokorona mehnat qilganlar.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 Samoga uchgan maktub
✍️ Ahmet Batman
Qadrli kitobxonlar!
Turk adibi Ahmet Batman qalamiga mansub navbatdagi kitob sevgi-muhabbat deya atalmish sirli tuyg‘u iztiroblarini boshidan kechirgan, hanuz o‘z yorini izlayotgan, o‘zining baxt qo‘rg‘oni yaratish uchun kurashayotgan oshiq va ma’shuqalarga ruhiy malham bo‘lib xizmat qiladi, degan umiddamiz. Asarda tasodifiy uchrashuvlar, ishqiy kechinmalar, bolalik xotiralari, qalb iztiroblari, ijod namunalaridan parchalar mahorat bilan bayon qilinadi.