#She'riyat_kechasi
#INFOLIB_OʻZBEKISTON_2023_XII_MILLIY_AXBOROT_KUTUBXONA_HAFTALIGI
"INFOLIB O'ZBEKISTON - 2023" XII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI "INFOLIB O'ZBEKISTON - 2023 " XII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi III-Yosh kutubxonachilar forumi doirasida Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya o'quv xonasida Ruxsora Oloyorova hamda o'quvchi yoshlar ishtirokida "Yuragimdan ko'chgan jarang" nomli she'riyat kechasi o'tkazildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
https://telegra.ph/INFOLIB-OZBEKISTON---2023-XII-MILLIY-AXBOROT-KUTUBXONA-HAFTALI-10-23
Читать полностью…#Badiiy_kecha
#Ona_tilim_iftixorim
Til inson madaniyatining ifodasidir. Har bir millatning oʻzligi uning tili va adabiyotida namoyon boʻladi. Til umr boʻyi oʻrganiladigan, sayqal bergan sari ochilib, yashnaydigan sanʻat durdonasidir. Joriy yil oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi Respublikamiz boʻylab keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan bugun, 20-oktabr kuni Kattaqo’rg’on shahar Axborot-kutubxona markazi Faollar zalida 3-umumta’lim maktab o’quvchilari hamkorligida 21-oktabr — O'zbek tili bayrami munosabati bilan "Ona tilim - iftixorim" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirning badiiy qismida o’quvchi yoshlar tomonidan “Ona tilimiz” haqida she’rlar, sahna ko’rinishlari, qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Badiiy kecha yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#videorolik
#21_oktyabr_Oʻzbek_tiliga_davlat_tili_maqomi_berilgan_kun
Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi bibliografiya xizmati tomonidan 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tayyorlangan videorolik.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.
“Ona tilim, kechir meni ona tilim!”
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Oʻktam_Usmonov_85_yilligi
#Davra_suhbati
Bugun oramizda yo‘q, ammo badiiy jihatdan pishiq - puxta asarlari bilan el ko‘nglidan joy olgan adib va jurnalist xotirasi hamisha e’zozda. Shu mumosabat bilan Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazining Yosh kitobxonlar o'quv xonasida iste’dodli adib va jurnalist O‘ktam Usmonovning tavalludining 85-yilligi "Inson baxtli yashashi kerak..." mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Suhbat davomioda kutubxona mutaxassisi Bahora Gaipova tomonidan yozuchining "Girdob" asariga bibliografik sharh berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#INFOLIB_OZBEKISTON_2023
2023 yil 25 oktabr kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Media zalida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va yetakchi kutubxonalar mudirlari, Toshkent davlat san’at va madaniyat instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari va magistrlari ishtirokida “INFOLIB O’ZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASRIDA KUTUBXONA KADRLARINI TAYYORLASHNING DOLZARB VAZIFALARI” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 "Ali va Nino"
✍️ Qurbon Said
Qadrli kitobxonlar!
Qurbon Said shaxsi uning kitoblari kabi jumboqlarga to‘la. Ushbu taxallus ostida yashiringan muallifning asl ismi sharifi hozirgacha bahs-munozaralarni keltirib chiqaradi. "Ali va Nino" romani tarixi ham sirli: 1937 yilda ilk bor chop etilgan mazkur kitob 1970 yilgacha butkul unutilgandi. Birvarakayiga Amerika bilan Angliyada bosib chiqarilgandan keyin uning qahramonlari kitob do‘konlari peshtaxtalariga g‘olibona tarzda qaytib, yigirmanchi asrning eng mashhur sevishganlari sifatida nom qozondilar. Bugungi kunda ushbu roman o‘ttiz uch tilga tarjima qilingan, asar asosida filmlar suratga olingan. Batumida esa uning qahramonlariga atab haykal o‘rnatilgan. Ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz Kattaqo'rg'on shahar Axborot- kutubxona markaziga taklif qilamiz.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat
#davra_suhbati
Inson huquqlari - oliy qadriyat Shu ulug‘ maqsad yo‘lida davlatimiz umumbashariy insonparvarlik qoidalariga asoslanib, fuqarolarimizning erkinliklari, huquq va qonuniy manfaatlarini to‘liq ta’minlab kelmoqda. Istiqlol yillarida Yurtboshimizning tashabbusi va bevosita rahbarligida milliy qonunchiligimizda nafaqat inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, balki insonparvarlik tamoyillari ham kuchaytirildi. 2023- yilning 18-oktabr kuni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markazi hamda Harbiy qism xodimlari bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi PQ-46 sonli Qarori 12-bandida belgilangan "Inson huquqlari" haftaligi doirasida "Inson huquqlari - oliy qadriyat" nomli davra suhbati o'tkazildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#bibliografik_sharh
Bugun 18-oktabr kuni Kattaqo'rg'on shahar Axborot kutubxona markazining Axborot - bibliografiya o'quv xonasida kutubxona foydalanuvchilari va xodimlariga Axborot - bibliografiya xizmati rahbari Maxmudova Madina tomonidan kutubxonaga hafta davomida yangi kelgan davriy nashrlardan "Xalq so'zi" gazetasining yangi sonlaridagi yurtimiz hayotiga oid yangiliklarga bibliografik sharh berdi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
E'LON❗️
✅"INFOLIB O'ZBEKISTON–2023" XII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida "YOSH KUTUBXONACHILAR" III FORUMI tashkil etiladi.
💎Forum nomi: “Yangi O‘zbekiston kutubxonachilari– yangi kuch, yangi imkoniyatlar, yangi marralar”
💎Forum shiori: "Yosh kutubxonachi: Intiluvchan, Izlanuvchan, Iqtidorli”
💎Forum formati - "jonli" munozara, tajriba almashish.
💎Kontingent: axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlarining 35 yoshgacha bo'lgan yosh kutubxona mutaxassislari.
💎Forum davomida bo'lib o'tadigan tadbirlar onlayn va oflayn tarzida o'tkaziladi.
📺Axborot ko‘magi: O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, www.natlib.uz veb-sayti, “INFOLIB” axborot-kutubxona xabarnomasi, Kutubxona.UZ ilmiy-uslubiy jurnali.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
🍁Assalomu alaykum,
☕️xayrli tong!
Bugun 18-oktabr, chorshanba.
Кечани ширин хотира, бугунни эса ғанимат деб билиб, эртадан умид қилиб яшанг. Ҳар бир тонг, ҳар бир кун ўзгача гўзал, ўзгача тароватга эга экан, фақатгина бу гўзалликни ҳис этиш, ундан баҳра олиш, уни бахш этган Яратганга шукроналар айтиш керак...
Бошлаган янги кунингиз хайрли бўлсин!
Xayrli tong, azizlar!
Mansab va... kamtarlik, tavozelik, xokisorlik
Moʻminlar amiri Umar ibn Abdulazizning uyiga bir kuni mehmon keldi. Xufton namozini oʻqigandan keyin, Umar qogʻozga bir narsa yoza boshladi. Mehmon oldida ekan, chiroqning nuri xiralashib qoldi.
Mehmon: “Ey moʻminlar amiri, turib chiroqqa yogʻ toʻldiraymi?”, deb soʻradi.
Umar: “Mehmoniga bir ish qildirish kishining muruvvatidan emas”, dedi.
Mehmon: “Xizmatchini uygʻotaymi?”, dedi.
Umar: “Yoʻq, u hozirgina uyquga ketdi”, dedi. Soʻngra oʻzi turib, idishdan yogʻ olib, chiroqni toʻldirdi.
Mehmon: “Oʻzingiz toʻldirdingiz-ku, ey moʻminlar amiri”, dedi.
Umar ibn Abdulaziz: “Men turganimda ham Umar edim, qaytib kelib oʻtirganimda ham oʻsha Umarman. Odamlarning yaxshisi Alloh nazdidagi kamtarin kishilardir”, deb javob qildi.
“Dunyoni tebratgan 7 buyuk” kitobidan.
#yoʻl_yoʻlakay_oʻqiymiz
Men doimo jannat kutubxonaga o'xshagan joy bo'lsa kerak, deb o'ylayman Bugun, 16-oktabr kuni Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Yo'l-yo'lakay o'qiymiz" loyihasi shahrimizdagi aholi gavjum joylarida amalga oshirildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
🍁Assalomu alaykum,
☕️xayrli tong!
Bugun 16-oktabr, dushanba.
Агар ҳаётингиздан хурсандчилик учун сабаб топа олмасангиз, унутмангки, тонг отиши ва янги кунни қарши олганингизни ўзи қувониш учун сабаб бўла олади... Бугунги кунингиз хайрли ва барокатли бўлсин!
#Viktorina
#INFOLIB_OʻZBEKISTON_2023_XII_MILLIY_AXBOROT_KUTUBXONA_HAFTALIGI
"INFOLIB O'ZBEKISTON - 2023" XII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI "INFOLIB O'ZBEKISTON - 2023 " XII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi III-Yosh kutubxonachilar forumi doirasida Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazida haftalik tadbirlar davom etmoqda. Haftalik doirasida turli mavzularda tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, zakovat o'yinlari o’tkazish rejalashtirilgan. Bugun Kattaq'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazining Faollar zalida "Til millat ko'zgusidir" mavzusida viktorina o'tkazildi. Viktorinda 1-umumta'lim o'quvchilar tezkor savol-javob shartlari bo'yicha bellashdilar.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 "Borsa kelmas"dan qaytganlar
✍️ Chingiz Abdulayev
Qadrli kitobxonlar!
Maxsus xizmatlarning eng murakkab yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan harbiy razvedka! Bu sohada ignaning teshigidan o‘tadigan mohir uddaburron, tog‘ va daryolardan oshib-hatlaydigan jasur, matonatli o‘g‘lonlar xizmat qiladi. Ular o‘ta xatarli vaziyatlarda ham o‘zlarini tuta biladigan, muhim qarorlarni tezkor qabul qilish ko‘nikmasiga ega. jismonan baquvvat, doim jangovar shay, bilim va salohiyatli bo‘lishi kerak. Aks holda, yaʼni bunday sifatlarga ega bo‘lmasa, davlat manfaatlariga xizmat qiladigan o‘ta muhim va maxfiy topshiriqlarning uddasidan chiqolmaydi. Ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz Kattaqo'rg'on shahar Axborot- kutubxona markaziga taklif qilamiz.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#koʻrgazma
#Til_millat_koʻzgusi
Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Bugun Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi faollar zalida "Til-millat ko'zgusi" deb nomlangan ko'rgazma tashkil etildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#bibliografik_sharh
Bugun 2023 yil 20 oktabr kuni Kattakqo'rg'on shahar Axborot kutubxona markazining Axborot - bibliografiya xizmati bibliograf Zulfiya Ruzumova tomonidan Axborot -kutubxona markaziga takdim etilgan yangi adabiyotlarga bibliografik sharh berdi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 "Yolg‘onlar shahri"
✍️ Ramita Navai
Qadrli kitobxonlar!
U shunday shaharki, odamlar o‘zlarining asl istaklarini pinhon tutishga, din va an’ana talablariga muvofiq yashayotganini ko‘rsatishga majbur. Bu shaharda yashash uchun yolg‘on gapirish kerak. Bu yerda yolg‘on so‘zlash hayot va mamot masalasidir. Bu shahar ahli diniy majburiyatlar yuk va samimiy insoniy istaklar o‘rtasida sargardon kezadi. Bu shahar Tehron, Eron Islom Respublikasining poytaxti. «Yolg‘onlar shahri» bugungi Tehronning unutilmas manzarasini chizib beradi. Bu kitob tehronliklar tuzumning shafqatsiz bosimi ostida qanday yashayotgani, tuyg‘ulari, shodligu iztiroblarini qanday ifodalayotgani, umuman, turfa xil insonlar taqdiri haqida hikoya qiladi. Ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz Kattaqo'rg'on shahar Axborot- kutubxona markaziga taklif qilamiz.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Abu_Rayhon_Beruniy_1050_yilligi
#Davra_suhbati
2023 yil 19-oktabr kuni Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya o'quv xonasida o‘zining noyob asarlari hamda olamshumul kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir va qomusiy olim, Ilk Renessans davrining yorqin namoyandasi Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag'ishlab “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Suhbat davomida kutubxona mutaxassisi Nilufar Inatullayeva Abu Rayhon Beruniy o'z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot, fizika, riyoziyot, ilohiyot, ma'danshunoslik fanlarini egallaganligini, bu fanlar taraqqiyotiga qo'shgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy olganligini ta’kidladilar.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Eng_yosh_kitobxon_oila
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi majlisi 14-sonli Bayoni I-ilovasi bilan "Xotin-qizlar o'rtasida radikallashuvni oldini olish, ularning ma'naviyati va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolliklarini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi" 44-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, 2023-yilning 19-oktabr kuni Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan "Eng yosh kitobxon oila" ko'rik-tanlovi o'tkazildi. Tanlovda 1- umumta'lim maktabning 7-8-sinf o'quvchilari hamda ularning oila a'zolari ishtirok etishdi. Tanlov qatnashchilari badiiy va ma'naviy savodxonlik bellashuvi shartlari bo'yicha bellashdilar. Bellashuv yakunida ishtirokchi hamda g‘oliblar Kattaqo‘rg‘on shahar Axborot-kutubxona markazining faxriy yorligʻi bilan taqdirlandilar.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahif
🍁Assalomu alaykum,
☕️xayrli tong!
Bugun 19-oktabr, payshanba.
Яхшилик қилиш учун қўлингиздан келган барча имконингиздан фойдаланинг. Эвазига ҳаёт ҳам ҳамиша сизга кутилмаган совғаларни ҳозирлаб қўяди...
Кунингиз хайрли бўлсин!!
#Bir_adib_haqida_suhbat
#davra_suhbati
2023 yil 18-oktabr kuni Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazining Axborot bibliografiya o'quv xonasida kutubxona foydalanuvchilari bilan "Bir adib haqida suhbat" loyihasi asosida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Suhbat davomida kutubxona mutaxassisi Nafisa Abdullayeva tomonidan oʻzbek adabiyotining yirik vakili Odil Yoqubovning hayoti va ijodi, kutubxona fondida mavjud asarlaridan "Ulug'bek xazinasi" asari haqida so'zlab berdi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#kitobxon_onalar_kuni
Ananaga muvofiq har oyining 17 sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni qaror topishi, xususan, xalqimiz, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalash kitobxonlik madaniyatini oshirish, xotin-qizlar, ayniqsa uy bekalari orasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitobxon onalar sonini ko’paytirish maqsadida Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi 2023 yil 18- oktabr kuni kutubxona mutaxassisi Nafisa Abdullayeva “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida o'z farzandlari bilan kitobni mutolaa qilishdi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 "Xayrlashuv maktubi" (Hikoyalar to'plami)
✍️ Gabriel Garsia Markes
Qadrli kitobxonlar!
Aziz kitobxonlar! Eʼtiboringizga Lotin Amerikasi adabiyotining yirik vakili, "sirli realizm" adabiy oqimining asoschilaridan biri, kolumbiyalik mashhur adib Gabriel Garsia Markesning sara hikoyalarini taqdim etamiz. O‘ylaymizki, to‘plamdagi o‘ziga xos ijod namunalari sizni adabiy didingiz shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz Kattaqo'rg'on shahar Axborot- kutubxona markaziga taklif qilamiz.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 Иккимиз ҳақимизда сўзлаб бер менга
✍️ Аҳмет Батман
Қадрли китобхон!
Ҳаёт – эгалик қилаётган нарсаларимиз ҳамда орзуларимизга бераётган аҳамиятимиз ортида яшириндир.
Эга бўлган нарсаларини қадрлайдиган инсон на муҳтож бўлади, на бахтсиз. Эга бўлган нарсаларининг қадрини билмайдиган инсон эса на қилган орзуларига етиша олади, на бахтли бўла олади.
Шарқ-зиё-заковат нашриёти томонидан навбатдаги оммабоп асар нашрга тайёрланди. Муҳаббат, оилавий ришталар, айрилиқ ва ҳижроннинг замонавий куйчиси ёзувчи Аҳмет Батманнинг Туркияда қисқа муддатда 250 минг нусхада сотилган "Иккимиз ҳақимизда сўзлаб бер менга" асари энди ўзбек тилида.
Kаттақўрғон шаҳар Ахборот-кутубхона марказига таклиф этамиз.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Buyuk_mutafakkir
#Beruniy_1050
Beruniy filologiya sohasida ham qalam tebratib, mumtoz arab she'riyati, hind she'riyati tuzilishiga oid tadqiqotlar, eron folklori namunalarining arab tiliga tarimalarini varatdi. Beruniy mamlakat ravnaqi fan ravnagi bilan uzviy bog'liq deb bildi. "Har bir olim o'z muhokamasida amaliyotga asoslanishi, o'z tadqiqotida aniq bo'lishi, to'xtovsiz mehnat qilishi, xatolarini qidirib tuzatishi, ilmda haqiqat uchun har xil uydurma, yuzakichilikka qarshi kurash olib borishi zarur", degan edi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 "Seni sevaman" dema, his ettir
✍️ Mirach Chag'ri Oqtosh
Qadrli kitobxonlar!
Sevishdan ham muhimroq narsalar bordir. His ettirish, iforidan bahra olib, o‘pish kabi. Baʼzan sevilishdan ko‘ra ko‘proq sevgan insoningizning borligini his etishni istaysiz. Borligini his eta olmagan insoningizni seva olmaysiz. Ayollar sevilganini eshitishdan ko‘proq buni his etishni istaydilar. Sevgan insonining sevgisini his etgan go‘zalroq ayol yo‘qdir dunyoda. Sevgan ayoliga sevgisini his ettiradigan erkakning ishqiga to‘yib bo‘lmaydi. Men bu kitobda o‘zimni senga his ettirish uchun yozdim. Men sevganim sari buni his ettirdim, sen his etganing sari uzoqlashding. Sen qalbimning go‘zal holati eding. Va o‘sha kuni shunday ketdingki, men o‘zimni his etmay qo'ydim. Ushbu kitobni mutolaa qilishni istasangiz Kattaqo'rg'on shahar Axborot- kutubxona markaziga taklif qilamiz.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
🍁Assalomu alaykum,
☕️xayrli tong!
Bugun 14-oktabr, shanba.
Тонг отиб кўзимизни очиб билдикки, кўзимиз нури равшан, ўрнимиздан туриб юра олдикми, демак танимиз бут. Осмонга юзланиб кўрдикки булут сузмоқда. Аллоҳнинг биз учун ато этган бу неъматларига хамд айтмаймизми?
Яратганнинг инояти ила бошланган янги кунингиз барчага ўз хайрларини ёғдирсин!