#Xayrli_tong
Tongni tabbasum bilan, ishni yaxshi niyat bilan, suhbatni samimiy insonlar bilan, tanishuvni shirin soʻz bilan, muhabbatni soflik bilan, hayotni esa yangi orzular bilan boshlash kerak.
Shunda tong goʻzal, suhbat mazmunli, ish unumli, muhabbat sokin, hayot esa takrorlanmas kuchga ega boʻladi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Qiziqarli_kutubxonada
Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazida "Sirli kutubxona" loyihasi asosida 3-umumta'lim maktabining 1-sinf o‘quvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi. Tashrif davomida mutaxassis tomonidan o‘quvchilarga "Bolalar o‘quv xonasi“ va undagi rang-barang kitoblar tanishtirib o‘tildi. O‘quvchilarga kutubxona va undan foydalanish qoidalari haqida ma'lumot berildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#shaxs_bibliografiyasi
Fazilat Abdullaevaning ijodiga oddiy kitobxon sifatida nazar solsak, gʻazaliyotning sehrli olamiga duch kelamiz. Har bir she'r, xar bir gʻazal oʻzining falsafiy mazmuni va ohangdorligi bilan koʻngillarni rom etadi. Fazilat opaning salmoqli ijodi ilm ahlining ilmiy faoliyati uchun muhim va arzigulik manba boʻlib xizmat qila oladi. Fazilat Abdullayeva – qalbi gul ayol, qalbi olov ayol, qalbi dengiz ayol. Umrini she'riyatga va el xizmatiga baxshida etib kelayotgan otash nafas ayol. Davlat mukofotiga sazovor boʻlish, koʻksiga Order taqish hammaga xam nasib qilavermaydigan baxt. Fazilat opa mana shunday baxtga musharraf boʻlgan ayol. Bir muxlis sifatida, gʻazaliyotning bir xavasmandi sifatida Fazilat opamning “subut” radifli gʻazaliga muxammas bogʻlab koʻrdim. Oʻylaymanki, u siz she'riyat shinavandalariga manzur boʻladi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Iqtibos
Orzularing tomon eltuvchi eng yaxshi transport bu sening biliming. Shu transportga chiqishing uchun bilet esa kitoblarda yashiringan.
#Xayrli_tong
Hayot bu kitobdir.
Har kuni yangi sahifa. Bir sahifasi mahzun kechsa, keyingi sahifasi quvonchga toʻla boʻladi.
Shuning uchun ham xavotir olmang! Hayot sahifalarini varaqlayvering-da, qiyinchiliklar baribir oʻtib ketishini biling va hech qachon taslim boʻlmang....
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kun_daydjesti
Aziz kitobxonlar! AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilamiz
#shaxs_bibliografiyasi
Men Fazilat opani har doim ishga koʻmilib, tushlikni ham, oʻzining ham unutib ishlayotgan holatni koʻp eslayman. Oʻsha kezlari dugonam Zulfiya Moʻminova (hozir u respublikaga taniqli shoira) bilan ikkalamiz redaksiyaga she'r koʻtarib borar, nashr etilgan gazeta sonlaridan she'rlarimizni izlar edik. Opa bizni har tomonlama ragʻbatlantirar va ijod sirlarini oʻrgatar edilar. Atrofida biz kabi yosh talabalar koʻpchilikni tashkil qilar edi. Birga oʻqigan kursdoshlarimizning esa bizga havasi kelar, opadek ustozimiz borligidan ham faxrlandik. Ha, Fazilat Abdullaeva katta obru-e'tiborga ega boʻlgan jurnalistlardan biri edi. Men u kishining ijod sohasidagi oʻgitlarini hamon yodimda saqlayman.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kun_kishisi
Taniqli oʻzbek yozuvchisi Asqad Muxtor 1920-yil 23-dekabr sanasida Fargʻona viloyatida tavallud topgan
Asqad Muxtor "Opa-singillar“, "Tugʻilish“, "Davr mening taqdirimda“, "Chinor“ va "Amu“ romanlari, bir qator qissa, hikoya va dramalari, kuzatuvlarga asoslangan falsafiy lirikasi, jahon adabiyoti namunalaridan badiiy yuksak tarjimalari bilan XX asr oʻzbek adabiyotiga katta hissa qoʻshgan soʻz sanʼatkoridir. Dastlabki dostoni – "Bizning avlodlar“ Buxoro mehnatkashlarining oʻtmish hayoti haqida hikoya qiladi. Adib ijodida oʻzbek xalqining maʼnaviy kamolotini koʻrsatish masalasi muhim oʻrin egallagan. Bu niyatini u oʻzbek ishchi sinfi hayotini tasvirlash orqali amalga oshirishga intiladi. Keyinchalik "Chinor“, "Opa-singillar“ va "Boʻronlarda bordek halovat“ asarlarida ham bu oʻz aksini koʻrsatadi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Xayrli_tong
Orzu qilish qanday yaxshi. Orzular bilan hayotimiz yanada chiroyli. Orzular bizga kelajakka umid beradi. Orzular yashashga sabablar topib beradi. Orzularimiz bizga chiroyli kelajakni kafolatlab beradi.
Orzu...
Orzu qila olyapsizmi, demak, koʻnglingizda ajib hissiyotlar bor. Sevgi bor, ishonch bor muhimi umid bor. Ular bor ekan qalbingizdan doim mehr energiyasi nurlar kabi porlab turadi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Koʻrgazma
Yaxshi yozadigan mualliflarning kitobini o‘qib chiqsangiz, yaxshi gapirishga odatlanasiz.
#Iqtibos
Hamma dunyoni o‘zgartirishga harakat qiladi. Lekin hech kim o‘zini o‘zgartirish haqida o‘ylamaydi.
#Xayrli_tong
Hamma narsaning o‘z vaqti bor. Hech qachon men ulgurmadim, endi kech, hammasi tamom, nega qolganlarda o‘xshab, menda o‘xshamadi demang! Sizning ham o‘z vaqtingiz, albatta, keladi.
Siz shunchaki izlanishda davom eting!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Milliy_kontent
- Agar, ulugʻ shahanshohim Kutubxonai sultoniyaga kirish uchun menga ijozat bersalar, katta iltifot qilgan boʻlur erdilar.
- Ofarin, ofarin!
🎬 "Abu Ali ibn Sino" filmidan parcha
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Iqtibos
Yaxshi kitoblarni o‘qish – dunyoning eng dono kishilarining suhbatida bo‘lish demak.
#Xayrli_tong
Sovuq kunda issiqlik ulashishni yagona yo‘li - mehr. Ishoning, issiq shapkayu kurtkalardan ham ko‘ra, mehr bizni ko‘proq issiq saqlaydi.
Shunday ekan, sevgi ulashing... Mehringizni ayamang...
Yaqinlaringizga hoziroq, ular qanchalik sizga ahmiyatli ekanini, ularni juda sevishingizni, qalin kiyinib, limon choy ichib yurishlarini tayinlang. Unutmang, mehrli insonlar bir-biriga juda kerak...
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kun_daydjesti
Aziz kitobxonlar! AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilamiz
#Moviy_jamadon
Aholiga axborot -kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarishning 224-, 225-, 227-bandlari bo‘yicha "Moviy jamadon tashrifi" loyihasi asosida Axborot-kutubxona markazi xodimlari Kattaqoʻrgʻon shahar 1-umumta'lim maktabiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mutaxassis tomonidan o'quvchilarga AKM fondidagi kitoblar tanishtirilib, targ'ibot ishlari amalga oshirildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kun_kishisi
Poʻlat Moʻmin bolalar shoiri. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi. Dastlab pedagogika bilim yurtini, soʻng Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatib, oʻqituvchilik bilan shugʻullangan. "Lenin uchquni" gazetasida adabiy xodim Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri Madaniyat vazirligi qoshidagi Sanʼat ishlari boshqarmasida dramaturgiya boʻyicha bosh muharrir. Ilk sheʼrlar toʻplami "Sayrang, qushlar". Shundan keyin uning "Tong kuylari", "Oltin boshoqdor", "Tish choʻtkasi ertagi", "Hunardan unar", "Toʻgʻri oʻsgan gul boʻlur", "Aql qayerda boʻlar", "Oltin nay", "Yaxshilarga oʻxshasam", "Rahmatga rahmat!", "Eson va Omon", "Ertaqdan ertakka", "Ertaklar yaxshilikka yetaklar", "Yurak zavqu dardlarim, aytar baytu fardlarim", "Bugʻdoy bobo", "Bolajon, bolajonim" va boshqa bolalarga bagʻishlangan sheʼr va ertaklardan iborat toʻplamlari tashkil topgan kitoblari nashr etilgan.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 Tirilish nasli
✍️ Sezai Karakoch
Qadrli kitobxonlar!
Ushbu kitobda muallif Islom jamiyati tanazzulining sabablari, xususan, Islom madaniyatining zaiflashuvi oqibatlarini ilmiy jihatdan tahlil qilgan. Islom madaniyatining qayta tirilishi uchun nimalar qilinishi kerakligi, bu yo‘lda xalqlar qanday iqtisodiy, siyosiy, geografik imkoniyatlarga egaligi va umuman, Islom madaniyati insoniyatga qay darajada kerak va muhimligi haqida shaxsiy fikrlarini bayon qiladi. Yozuvchi asarida madaniyatsiz iqtisod va iqtisodsiz madaniyat bo‘lmaydi, degan fikrni ilgari suradi. Shuningdek, kitobda oila farovonligi, o‘zaro birlik, qo‘shnichilik aloqalari, tenglik kabi mavzular ham yoritib borilgan.
Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#yoʻl_yoʻlakay_oʻqiymiz
Yaxshi yozadigan mualliflarning kitobini o‘qib chiqsangiz, yaxshi gapirishga odatlanasiz. Bugun, 2024-yil 23-dekabr kuni Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Yo'l-yo'lakay o'qiymiz" loyihasini shahrimizdagi aholi gavjum joylarda amalga oshirildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Badiiy_kecha
#Прощай_Букварь
Kitoblarning bobosi, Yo’l boshlovchi donosi.
Har yurakka nur ziyo Taratish muddaosi
“Ilm ista” – xitobi Bu – “Alifbe” kitobi.
Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazi faollar zalida 3-umumta'lim maktabining 1-A sinf o‘quvchilari ishtirokida "Прощай Букварь" nomli badiiy musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada o‘quvchilar ta'lim dargohidan o‘rgangan harflari haqida she'rlar, musiqaviy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etishdilar.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Iqtibos
🖇 Oqil va donolar bilan suhbatdosh bo‘ling. Ilmingiz har qancha ko‘p bo‘lsa ham, o‘zingizni ilmsiz hisoblab, yana ilm o‘rganishga kirishing.
Abu Yazid Bastomiy
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 Temur tuzuklari
Qadrli kitobxonlar!
Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilm-u fan, san’at va me’morchilikka oid qarashlari, hayotning ma’no-mazmuni, insonni ulug‘laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, din-u diyonat va adolatni joyiga qo‘yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir asosida amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko‘zlab, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlarini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Aynan mana shunday masalalar Sohibqiron tafakkurining mahsuli bo‘lgan "Temur Tuzuklari" asarida har tomonlama aniq, ishonarli va ta’sirchan tarzda yoritilgan.
Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kun_daydjesti
Aziz kitobxonlar! AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilamiz
#shaxs_bibliografiyasi
2005 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2 ta yuqori va quyi (Senat va Qonunchilik) palatasiga bo’lingach men 2005 va 2010 yillarda ketma ket ikki marta senat a’zoligiga saylanganman. Oliy Majlis senatidagi faoliyatim davridagi taasurotlarim umrimning eng saodatli onlari bo’lgan. Senatning ilm, fan, madaniyat qo’mitasida atoqli shoir Erkin Vohidov bilan yonma yon turib ishlaganmiz. 2015 yildan e’tiboran shahrimizdagi pedagogika kollejida direktor bo’lib ishladim. Kattaqo’rg’onda O’zbekiston Respublikasi Xalq qabulxonasi tashkil qilingach, uning mudiri sifatida ish boshladim. Bir muddat Samarqand viloyat xotin-qizlar qo’mitasining raisi bo’ldim.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 Oskar va Pushti xonim
✍️ Erik-Emmanyuel Shmitt
Qadrli kitobxonlar!
Oskar - saraton kasali bilan og‘rigan o‘n yoshli bolakay. Barcha urinishlar - dori-darmon, operatsiya ham uning umrini uzaytirishiga ozgina bo‘lsada umid yo‘q. Oskar hayot unga shafqat qilmasligini bola qalbi bilan his etadi. Ne tongki, hech qachon umidsizlikka tushmaydi. Najot farishtasi - kasalxonaning pushti kiyimdagi hamshirasi Roza buvi hamda qahramonimiz o‘rtasidagi suhbatlar asarning asosini tashkil etadi. Xudoga murojaat qilarkan, Oskar allaqachon hayotining yuz yilini mazmunli yashab o‘tgan minnatdor inson sifatida o‘quvchining yodiga muhrlanadi. Kitob ilk bor o‘zbek tilida nashr qilinmoqda.
Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz!
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kun_daydjesti
Aziz kitobxonlar! AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni o‘qishni tavsiya qilamiz
#shaxs_bibliografiyasi
Fazilat opamni ilk bor 20-asrning 70 yillaridan boshlab – Kattaqo’rg’on shahar yoshlar tashkilotiga rahbarlikka kelganimda taniganman, bilaman. O’sha paytda Kattaqo’rg’onlik xotin-qizlarning faollari bo’lgan Maryam Mirzamedova, Sharofat Axmedova, Mavluda Xudoyqulova (Kattaqo’rg’onlik taniqli yozuvchi, dramaturg Yazdon Xudoyqulovni qizi), Gulnora Yo’ldoshyeva (O’zbekiston xalq artisti, A.Majidiy nomidagi Kattaqo’rg’on o’zbek davlat drama teatirining direktori Soraxonim Meliyevaning qizi), Zuxra Izzatullayeva, Shaxodat Hamidova bilan meni Fazilat opam tanishtirgan. Ular o’sha davr Kattaqo’rg’on ma’naviy olamning darg’alari edi, desam yanglishmayman. Ustozim ularning ishtirokidagi davralarga meni yetaklab, birga olib borganlar.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz
📚 Mening hayotim
✍️ Mohandas Karamchand Gandi
Qadrli kitobxonlar!
Sotsiologlarning hisob-kitoblariga qaraganda, XX asrning birinchi shahsi Albert Eynshteyn bo‘lsa, ikkinchi shaxsi Mahatma Gandi ekan. Bu bejiz emas albatta. Mahatma Gandi o‘zining kechinmalarga boy hayoti bilan Hindiston xalqi uchungina emas, butun dunyo xalqlari uchun namuna bo‘lib qoldi. Hind xalqining asriy mustamlakachilik zulmidan abadiy xalos bo‘lishi aynan mana shu hoyaviy rahbar, davlat va siyosiy arbobning fidokorona va jangovar hatti-harakatlari bilan bevosita bohliq edi. Ayniqsa, uning "ahimsa" - kuch ishlatmaslik siyosati jahondagi ozodlik harakatlari uchun ibrat hisoblanadi. "Mening hayotim" - tarjimai hol kitobi.