kitobshunoslik | Unsorted

Telegram-канал kitobshunoslik - Kitob – Ilm manbayi 📖

598

«Kitobshunoslik» kanalimizga xush kelibsiz! "Ilm o'rganish har bir muslim va muslimaga farzdir" (Hadis) Sizga taqdim etib boradigan kontentlar: IQTIBOSLAR; ELEKTRON KITOBLAR; ILMGA OID VIDEOLAR; Murojaat uchun: @Sirojbek_Maqsud

Subscribe to a channel

Kitob – Ilm manbayi 📖

1. Ahmad Marashli:
«Insonlarni asosan o‘zi yashayotgan muhit tarbiyalaydi. Shunday ekan, yaxshi insonni ulg‘aytirish uchun, avvalo, ijobiy muhit yaratishga e’tibor qaratish lozim». 👍

2. Gassion:
«Inson uchun irodani toblashning eng yaxshi yo‘li o‘zi uchun qiyin bo‘lgan ishni har kuni qilishdir». ❤️

3. Dekart:
«Mazmunli kitoblar o‘qish o‘tgan asrlarning zukko insonlari bilan o‘ziga xos suhbatda ishtirok etishdek ish». 👏

4. Buyuklar bisotidan:
«Farzandlaringiz kelajakda o‘z so‘ziga ega bo‘lishini istasangiz, bugundanoq ularga yaxshi kitoblar hadya qiling». 🔥

Qaysi iqtibos yoqqanini reaksiyalar orqali bildirishingiz mumkin

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Bugunning oʻzida kitobni tugatib qoʻyay dedim. Ertaga ham nimadir qolsin, dedi ichimda kimdir 😁

Yarmiga keldim, lekin hali yigʻlaydigan joyini oʻqimadim. Agar kimdir oʻqigan boʻlsa, izohlarga qaysi betlarida yigʻlash kerakligini yozvoringlar

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Bolaga kitob qanday tanishtiriladi?

Avvalo, yaxshi tanlangan kitoblarni:

📍bilim manbai;
📍ko‘ngilochar mashg‘ulot, sayohat, sarguzasht, hayajon va qiziqarli narsalarga boy;
📍o‘zga olamlarga boshlovchi;
yetaklovchi, eltuvchi;
📍har turli muammolarga o‘zgacha yechim taqdim etuvchi;
📍yangi-yangi yo‘llarni ko‘rsatuvchi;
juda ko‘p qobiliyatlarga yordam beruvchi;
📍undan ilhomlanib, yangi va go‘zal narsalar ijod qilish mumkin;
📍topishmoq, boshqotirma kabi maroqli, bilim va saviyani oshiruvchi, fikr yuritishga undovchi, foyda va go‘zallikda qiyosi yoʻq koʻmakchi;
📍insonning saviyasini muntazam oshiruvchi;
📍o‘ziga xos, buloqdek hayotbaxsh manba deb tanishtiring.
✅ Oson va zavqli jihatlarini ko‘rsating va tanishtiruvni qisqaroq qiling.

📚«Oʻqi. Nima uchun, qanday kitob oʻqish kerak?» (Ahmad Marashli)

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Mana shunaqa maslahat beradigan onalar koʻpaysin

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Buyuklar hayotida kitobning oʻrni

Umar Nasuhi Bilmen:
«Yoshligimda qo‘limga tushgan kitobni bir kechada o‘qib tugatardim. Ko‘zimning ichi qizarib ketar, tobim qochardi. Yarim kechasi onam yonimga kelib, is bosib qolgan moychiroq shishasini artardi. Ba’zan esa «Bo‘ldi, kech bo‘ldi, yot endi!» deya chiroqni puflardi».

Professor, doktor Hilmi Ziyo Ulkan:
Kitob o‘qiyotib uxlab qolmaslik uchun oyogʻini suv to‘la idishga solib o‘tirar va tonggacha mutolaa bilan band bo‘lar ekan.

Gurbuz Azaq:
«Soat kechasi 22:00 va 2:00 orasi. Har kuni 4 soat kitob o‘qimasam, yangi bilim olmasam, hayajonga berilmasam, bezovta bo‘laman».

Professor, doktor Ahmad Aqgunduz:
Kechasi kitob o‘qiyotib uxlab qolmaslik, mabodo uxlab qolsa, yiqilib tushmaslik uchun hushyor turish maqsadida stulning bir oyog‘ini sindirib qo‘yarkan.

Yuqorida keltirilgan misollar bizga nima o‘rgatadi?

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

#Kitob_mutolaa #Sarhisob

⚜ 1⃣4⃣ ⚜

📚: «Himmat – moʻminning quvvati»
✍: Asadullo Xolmurodov
🔖: Kitob 188 sahifadan iborat.
📆: 24.02.2025 –25.02.2025
✅: Kitobga bahoyim: 10/10
▶️: Navbatdagi kitob: Yuy Xua «Yashamoq»

2145/2025


Biz ushbu postni kimdir xulosa qilib, kitobga qiziqishi uchun joyladik!

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Kitobni ochib yopish

Mutolaani sizga o‘qish uchun eng qulay bo‘lgan joyidan boshlang. Masalan, Badiuzzamon hazratlari qishloq ahlidan har kuni kitobning muqovasini ochib-yopish xususida va’da oladi. Qishloq odamlari har kuni bu ishni bajarar ekan, muayyan vaqt o‘tib «Ichida nima bor ekan?» deya kitobni o‘qiy boshlaganiga guvoh bo‘ladi.

Hech bo‘lmasa, shunday qilib boshlashingiz ham mumkin...

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Maktab so‘zi qanday maʼnoni anglatadi?

🏫 Maktab soʻzi yunon tilida «dam  olish, mehnatdan soʻng hordiq chiqarish» degan ma'noni anglatadi. I asrda Qadimgi Yunonistonda jamoat joylarida dam olish uchun aylana shakldagi o‘tirg‘ichlar o‘rnatilgan bo‘lgan. U yerda har doim oratorlar (ma’ruzachi, va’z o‘quvchilar) bo‘lishgan va ularning har doim tinglovchisi bo‘lgan. Chunki ular hayotiy masalar haqida juda foydali maslahatlar berishgan.

Asta-sekinlik bilan o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun maxsus joy talab qilina boshlagan. Shunday qilib dastlabki maktablar vujudga kela boshlagan. Dastlab bu joy nomi sxola deb nomlangan. Keyinchalik «maktab» termini maxsus  o'quv-tarbiya muassasalari sifatida ishlatila boshlagan va hozirgi vaqtda ham shu maʼnoda ishlatiladi.

Maktabimni sogʻindim – ❤️‍🔥

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Bugun 25-fevral 2025-yil, Seshanba (26 Shaʼbon, 1446)

👉 XALQARO BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro xo‘rlashga qarshi kurash kuni.
🌏 Revolver tug‘ilgan kun.
🌏 Spirt kashf qilingan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇬🇪 Gruziya - Sovet okkupatsiyasi kuni.
🇩🇴 Dominikan - Qurolli kuchlar kuni.
🇵🇭 Filippin - EDSA inqilobi kuni.
🇰🇼 Quvayt - Milliy kun.
🇸🇷 Surinam - Inqilob kuni.
🇭🇺 Vengriya - Kommunistik rejim qurbonlarini xotirlash kuni.

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Mutolaaga odatlanish mezonlari

Kitob oʻqish koʻnikmasini hosil qilishda dunyo ahli amal qiluvchi mezonlar quyidagicha:

Juda kitobxon oʻquvchi: Yilda 21 ta va undan ham koʻp kitob oʻqigan kishi;

Oʻrtacha kitobxon oʻquvchi: Yilda 6-20 orasida kitob oʻqigan kishi;

Kam kitob oʻqiydigan oʻquvchi: Yilda 1-5 orasida kitob oʻqigan kishi;

Kitob oʻqimaydigan odam: Hech qanday kitob oʻqimagan kishi.

📚«Oʻqi. Nima uchun, qanday kitob oʻqish kerak?» (Ahmad Marashli)

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

— Juda shiddat bilan ketyapsiz-ku, afandim!
— Ha endi qoʻldan kelgancha, Olaf
— Kanalda nimagadir reaksiya va izohlar kamayib ketyaptimi, afandim?
— Reaksiya va izohlarni koʻpaytirishning ilojini topdim.
— Oʻoʻoʻoʻ zoʻr-ku!!! Qanday qilib koʻpaytiramiz, afandim?
— Reaksiya bosmaydigan va izoh yozmaydiganlarga «Himmat – moʻminning quvvati» kitobini oʻqib chiqishni tavsiya qilamiz. Shunda kanal aktivligiga himmat qilishar-a, nima deding?
— Qoyil. Shunga ham kitob bilan javob berdingiz-a, afandim

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

1998-yil 24-fevral – Toshkent pedagogika institutiga universitet maqomi berildi.

Pedagogika universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti – malakali pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlaydi. 1935-yil 14-sentabrda O‘rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakulteti negizida tashkil etilgan. 1953-98-yillarda Toshkent pedagogika instituti deb nomlangan. 1998-yil universitet maqomi berilgan. 1947-yildan ozarbayjon shoiri va ma’rifatparvari Nizomiy nomi bilan ataladi.

P.S.: Meni tanimaydiganlar uchun: men Toshkent davlat pedagogika universiteti Tarix fakultetini tamomlaganman. 😊

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Menda ham shunaqa holat boʻlgan. «Ijtimoiy odoblar» kitobi sotuvda 65 ming, bizardagi bitta doʻkonda 80 ming. Bunchalik narx kitob oʻquvchini insonni qiynab qoʻyadi deb oʻylayman.

Bizda kitob oʻqiydiganlar asosan yoshlar, ularda esa pul bu darajada koʻp boʻlmaydi. Shuning uchun kitob doʻkoni egasi xalqning hamma qatlamini oʻylab narx belgilashi kerak.

Siz eng qimmatga olgan kitobning narxi qancha boʻlgan?

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Bugun 10-dekabr 2024-yil, Seshanba (9 Jumadis soni, 1446)

👉 XALQARO BAYRAMLAR:

🇺🇳 Inson huquqlari kuni.
⚽️ Butunjahon futbol kuni.
🏵 Nobel mukofotlarini topshirish kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi - Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.
🇺🇸 AQSh - Lagerlar kuni.
🇮🇶 Iroq - G‘alaba kuni.
🇰🇮 Kiribati - Tinchlik va inson huquqlari kuni.
🇲🇻 Maldiv - Baliqchilar kuni.
🇳🇦 Namibiya - Ayollar kuni.
🇷🇺 Rossiya, Mariy El - Mariy yozuvi kuni.
🇸🇪 Shvetsiya - Nobel kuni.
🇹🇭 Tailand - Konstitutsiya kuni.
🇻🇪 Venesuela - Harbiy havo kuchlari kuni.

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Kitobni oʻqing!!!

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Bugun 27-fevral 2025-yil, Payshanba (28 Shaʼbon, 1446)

👉 XALQARO BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro nodavlat tashkilotlari kuni.
🐻‍❄️ Xalqaro qutb ayiqlari kuni.
🌏 Xalqaro optimistlar kuni

🔹MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇺 Avstraliya - Go‘zal tug‘ilish festivali.
🇬🇪 Gruziya - Xachapuri kuni.
🇩🇴 Dominikan - Mustaqillik kuni.
🇮🇷 Eron - Islomiy tarbiya kuni.
🇷🇺 Rossiya - Maxsus operatsiya qo‘shinlari kuni.
🇻🇳 Vyetnam - Doktorlar kuni.

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Kimlardir videoda oʻzini koʻrgan boʻlsa, ajab emas 😁😉

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Bankdaman, navbatda turibman. Bilsangiz hozir banklarda navbat raqamini chiqarib berishadi. Endi zamonaviylashyapmiz deb turgan joyimda «Oxiri kim ekan», deb kelishyapti-da 🤦‍♂🤦‍♂🤦‍♂ Kap-katta, oq-qorani tanigan insonlar. Qoʻlida cheki bor, bundan tashqari ovozli qilib ham aytyapti qaysi kassaga borishini, shunda ham sizning ortingizga kelib turib oladi 🤦‍♂🤦‍♂🤦‍♂

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Kitob «Qalblardan soʻrang»dan «Yashamoq»qa oʻzgardi. «Qalblardan soʻrang» kitobidan ajoyib iqtiboslar jamlangan ekan. Uni Ramazonda sizlar bilan birga oʻqishga va kanalimda ulashib borishga qaror qildim.

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Bugun 26-fevral 2025-yil, Chorshanba (27 Shaʼbon, 1446)

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇰🇼 Quvayt - Ozodlik kuni.
🇹🇼 Tayvan - Turizm kuni.
🇨🇳 Xitoy - Yuansyao - fonuslar bayrami.
🇺🇸 AQSh - Xandon pista kuni.

🎊 TAVALLUDLAR:

- 1802 - Viktor Gyugo (1885) - fransuz yozuvchisi, fransuz romantitsizmining yetakchisi va nazariyachisi. 
- 1956 - Mirza Kenjabek - shoir.

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

#Iqtibos

Abu Faraj Abdurahmon ibn Ali ibn Muhammad Javziy ikki mingta kitob oʻqigan boʻlsa, har biri oʻrtacha uch yuz bet boʻlib, jami oʻqigan kitoblari olti million bet boʻladi. Oʻz qoʻli bilan yozgan kitoblari ikki mingta, yaʼni oʻrtacha olti yuz ming bet boʻladi.

📚«Himmat – moʻminning quvvati» (Asadullo Xolmurodov)

Ayting-chi, siz bugun necha bet kitob oʻqidingiz? Himmatingiz baland boʻlsin, qadrli kitobxon! Bu insonlarda ham 24 soat bor edi, bizda ham. Mutolaada bardavom boʻling!!!

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Oʻz-oʻzi bilan band boʻlish shu qadar maroqliki, biror kishining yaqinligi sizni toʻldirib, uzoqlashishi ogʻritib qoʻymaydi.

P.S.: Men yolgʻiz qolishni kitoblar bilan oʻtkazaman.

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

O‘QIMISHLI QARG‘A

Qarg‘a og‘zida bir bo‘lak pishloq bilan daraxt shoxiga qo‘nibdi. Buni ko‘rgan tulki darhol daraxt tagiga kelibdi-da boshini yuqoriga ko‘tarib:

– Og‘am olaqarg‘a, xush ovozingizni juda sog‘indim. Bir qo‘shiq kuylab bering, iltimos, – debdi.

Qarg‘a esa og‘zidagi pishloqni yeb bo‘lib javob beribdi:

– Men u ertakni o‘qiganman, do‘stim. Sen kitob o‘qishni yoqtirmaydigan, maqtanishni xush ko‘radigan, o‘zingga o‘xshagan birorta laqmani top.

Agar qarg‘a o‘sha ertakni o‘qimagan bo‘lsa va maqtanchoqligi tutsa, holi nima kechardi?!

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Roma va Monza oʻyinida Eldor Shomurodov gol kiritdi. Olgʻa Oʻzbekistonliklar!

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Toshkent metrosidagi kitobxonlar

Menimcha, shunaqa qilib, kitobxonlikni targʻib qilishimiz va uni koʻpaytirishga hissa qoʻshishimiz kerak.

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

#Kitob_mutolaa #Sarhisob

⚜ 1⃣3⃣ ⚜

📚: «Dadalar hamma narsani bilishadi»
✍: Muallifi yozilmagan
🔖: Kitob 141 sahifadan iborat.
📆: 23.02.2025 –23.02.2025
✅: Kitobga bahoyim: 10/10
▶️: Navbatdagi kitob: Asadullo Xolmurodov «Himmat – moʻminning quvvati»

1957/2025


Biz ushbu postni kimdir xulosa qilib, kitobga qiziqishi uchun joyladik!

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Buyuklar hayotida kitobning oʻrni

Yavuz sulton Salim

Yavuz sulton Salimxon har kuni kamida 5 soat kitob o‘qir, ba’zi kunlari mutolaasi 8 soatgacha davom etar; tonggacha kitob o‘qir, hatto ko‘zi qizarib ketar ekan. Misrga safar qilganida uch xachirga kitob yuklatib, o‘zi bilan birga olib ketgan. Askarlari dam olgan paytlari u kitob mutolaasi bilan mashg‘ul bo‘lar ekan.

Kotib Chalabiy

Kotib Chalabiy esa ba’zan kitob ustida o‘zini unutib qo‘yar; quyosh chiqib, botgungacha xonasida sham yonib turar, o‘zi esa sira zerikmasdan kitob o‘qir ekan. Bu haqda kotib shunday deydi: «Shamlar yonib ado bo‘lib, quyosh chiqsa ham men kitob o‘qidim, ko‘zimga uyqu kelmasdi».

Ali Amiriy afandi

Buyuk kitobsevar... «Moychiroq yorug‘ida mutolaa qilar ekanman, necha bor tong otib ketganini bilaman. Uxlasam, yonimda hech kim yotolmasdi. Chunki uyqusirab o‘qigan kitoblarimni baland ovozda takrorlab chiqarkanman», deydi u.

Siz ham oʻzingizni shu darajada kitobxonman deya olasizmi?

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun

O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi 1992-yil 10-dekabr kuni qabul qilingan. Madhiya Mutal Burhonov musiqasi, Abdulla Oripov she’ri asosida yaratilgan.

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

😅 Britaniyada fuqaro imlo xatosi tufayli qamoqqa tushdi, shunaqasiyam bo‘larkan-da...

☝️Albatta, bunda qiziq holat yuz bergan. Gap shundaki, Sud Yang ismli erkakka uning sobiq sevgilisi bo‘lgan Gari ismli ayol bilan munosabatga kirishishni taqiqlagan, ammo erkak ayolga boshqa birovning akkauntidan yozishni davom ettirgan.

🔹Ayol Yangni yozish uslubidan, yaʼni o‘ziga xos imlo xatolaridan tanigan. Erkak har doim “Somerset” so‘zini noto‘g‘ri yozar edi. Oqibatda, aynan “Summerset” ko‘rinishidagi xato yozuv uni sotib qo‘ygan.

✅ Shundan so‘ng ayol sobiq sevgilisining ustidan shikoyat qilgan. Avvaliga Yang buni rad etgan, ammo politsiya undan “Somerset” so‘zini yozishni so‘ragan. Natijada, erkakning bilimsizligi boshiga balo bo‘lgan, yaʼni Yang sud taqiqini buzgani uchun bir yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…

Kitob – Ilm manbayi 📖

Zoʻoʻoʻoʻr vaqtlar ediya... 🥺 U vaqtlardan bir dunyo xotiralar qoldi xolos

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

Читать полностью…
Subscribe to a channel