#kino_tavsiya
"Venetsiyadagi jinoyat"
Istefoga chiqqan va Venetsiyada tinchgina hayot kechirayotgan Puaroni u haqida romanlar yozib uni mashxur qilgan Ariadne Oliver isimli yozuvchi bezovta qiladi va taniqli seanschini (ruhlar bilan gaplashishga urinuvchi odam) sohta ekanligini isbotlab berishni iltimos qiladi. Va uni "bolalarning arvohlari egallab olgan" degan gaplar yuruvchi uydagi seansga taklif qiladi. Bunday safsatalarga ishonmaydigan, faktlarni afzal ko'ruvchi Puaro bunga rozi bo'ladi. Lekin uyga tashrif buyurgach undagi allaqanday o'zgachalikni his qiladi. Ko'zlariga g'ayrioddiy, tushuntirib bo'lmaydigan narsalar ko'rinadi, qulog‘iga bolalarning ovozlari eshitila boshlaydi. Va daxshatli qotillik sodir bo'ladi. Mehmonlardan biri o'ldiriladi. Hanuz arvohlar mavjudligini tan olmagan Puaro qotillik inson tomonidan amalga oshirilganini ta'kidlaydi va qotilni topishga jiddiy bel bog'laydi. Biroz qo'rqishni va sirli qotillikni qanday yechilishini bilishni xohlasangiz taviya qilaman.
@hikoyalar_tahlillar
Tasavvur qiling hayotingizda bir kun qayta-qayta takrorlanaveradi. Masalan, ertalab yaxshi kayfiyatda uyg'ondingiz, kunni yaqinlaringiz yo do'stlaringiz bilan mazmunli o'tkazdingiz. Keyin uxladingiz. Ertasiga esa o'sha kechagi kunda uyg'ondingiz. Va bu qayta qayta takrorlanaveradi. O'zingizni o'ldirsangiz ham foydasi yo'q. Nima qilgan bo'lardingiz?
Yakshanba uchun ideal komedik film. Syujet ajoyib, aktyorlar ijrosiga tan bersa arziydi. Palm Springsni maftunkor tabiati ham o'ziga jalb qiladi.
P.S. 18+ sahnalari bor
-Xaqsan, odam shunchaki yashaydi! Buning mohiyatiga chuqur kirishga uringan esa yo'lini yo'qotadi.
©Erix Mariya Remark."Qora haykal"
Biz real qiymatlar asrida yashayapmiz. Pul bu-xomhayol, buni hamma biladi, lekin aksariyat odamlar xaligacha bunga ishongisi yo'q.
©Erix Mariya Remark."Qora haykal"
Erix Mariya Remark."Lissabondagi tun"
-Yoz qisqa,umr ham qisqa,lekin uni nima qisqartiradi? Uning qisqaligini bilishimizmi? Umrning qisqaligini daydi mushuklar biladimi? Qushlar biladimi? Kapalak-chi? Ular umrni abadiy deb hisoblashadi. Hech kim ularga buni aytmagan. Nima uchun bizga aytishdi?
- Bunga javoblar ko‘p.
- Loaqal bittasini ayt-chi.
- Bittasi shuki,agar hayot abadiy bo‘lganda unga toqat qilib bo‘lmasdi.
- Zerikarli bo‘lardi, demoqchimisan? Ma‘budlar hayoti singarimi? Bu noto‘gri.Keyingisini ayt.
- Hayotda baxtdan ko‘ra baxtsizlik ko‘proq.Umrning abadiy emasligi esa rahmdillik,xolos.
@Kitobxonqaydlari
Erix Mariya Remark."Lissabobdagi tun"
✏️"Qochqinlikda,xavf-xatarda,umidsizlikda faqat mo'jizaga ishona boshlaysan,yo'qsa,omon qolish amri mahol..."
✏️"Ko'ngilsiz xotiralarning bir yaxshi tomoni bor:ular ayni damda kishini baxtiyor ekanligiga,garchi lahza oldin o'zi bunga ishonmasa-da,imon keltiradi.Baxt ana shunday nisbiy tushuncha.Kimki buni anglab yetgan bo'lsa,bilingki,u kamdan-kam o'zini baxtsiz his etadi"
✏️"-Gohida nimagadir ishonishing kerak,-e'tiroz bildirdim.-Yo'qsa,allaqachon bu yorug' olamdan yo'q bo'lib ketgan bo'lardik"
✏️"-Hech vaqt dunyo biz u bilan hayrlashayotgan,erkimiz tortib olinayotgan paytdagidek go'zal bo'lib tuyulmasa kerak.Qaniydi, biz uni hamisha shunday idrok etsak! Aftidan,bunga fursat yetmaydi.Innaykeyin,xotirjamlik.Doimiy harakatda bo'lgan har bir lahzani to'xtatmoqchi bo'lganimiz uchun ham o'sha lahzalarni qo'ldan chiqarmaymizmi? O'sha oniy fursat o'tmishga aylanib,o'zgartirib bo'lmaydigan damda to'xtamaydimi,axir? O'shandagina u bizniki bo'lmaydimi?"
✏️"-Lekin amri mahol bo'lgan narsaning oldida turib,ichingda: buning iloji yo'q,deb takrorlash shartmikin? Yaxshisi,o'sha narsani shishirmasdan,umid uchqunini qoldirish ma'qulmasmi?"
✏️"Biz siyosatda balandparvoz gaplarga ko'nib ketaveramiz, ming afsuski,faqat hissiyot bobida emas"
✏️"-Menga hikoya qilishlaricha, Indoneziyada vaqti-vaqti bilan ism o'zgartirish an'anasi mavjudmish.Kishi avvalgi "men"idan to'yib ketsa,o'ziga boshqa ismni olarkan-da,yangi hayot boshlarkan.Zo'r g'oya"
✏️"Nafrat-qalbingni o'yuvchi zahri qotil, o'zing nafratlanasanmi yoxud o'zganing nafratiga duchor bo'lasanmi,farqi yo'q.Men bunga jahongashtaligimda amin bo'ldim"
✏️"Inson qayerdaki baxtli bo'lsa,o'sha yer ajoyibu g'aroyibdir"
@Kitobxonqaydlari
"Men yoshman-endigina yigirmaga kirdim,lekin ko'rganlarim-qon,o'lim,qo'rquv va mudhish azob-uqubatdan iborat nursiz,bemaqsad hayot bo'ldi.Kimdir bir xalqni ikkinchisiga gij-gijlaydi,odamlar birovning irodasiga bo'ysunib,bir-birlarini o'ldiradilar,lekin jinoyat qilayotganliklari va gunohga botayotganliklari haqida o'ylamaydilar.Insoniyatning eng dono vakillari yangi-yangi qurollarni yaratadilar va buni oqlash uchun qop-qop so'zlarni topadilar.Jazosini biz tortamiz,yer yuzidagi jamiki tengdoshlarim tortishadi.Vaqti-soati kelib,qabrdan bosh ko'tarsag-u,ota-bobolarimizdan hisob so'rasak,nima deb javob berisharkin? Urushdan omon chiqsak-chi,bizdan nima kutishlari mumkin? Uzoq yillar biz qotillik qildik.Vazifamiz shu edi,hayotimizdagi eng birinchi yumush odam o'ldirish edi.Hayot haqidagi tushunchamiz bu-o'lim.Xo'sh,keyin nima bo'ladi? Bizning taqdirimiz qanday kechadi?"
Erix Mariya Remark."G'arbiy frontda o'zgarish yo'q"
@Kitobxonqaydlari
#qiziqarli
Suratda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov va Koreya prezidenti Li Myon Bak.
@Kitobxonqaydlari
Biz yutuqlardan emas,mag‘lubiyatlardan o‘rganamiz.Agar hayotga shunday nuqtai nazardan qaralsa,odamlar yomonlikni yaxshilikdan ko‘ra uzoqroq esda tutishlari durust bo‘lib ko‘rinadi.
Yutuqni yodda saqlash yaxshi emas.Sizning yutug‘ingizni boshqalar eslasin.Lekin inson o‘z mag‘lubiyatlarini bir umr esda saqlashi kerak.Zero agar mag‘lubiyatlar unutilib qo‘yilsa,ular bir kun takrorlanishi mumkin.
Li Myon Bak."Mo‘jiza sodir bo‘lmaydi"
@Kitobxonqaydlari
Yaqinda nashr etilgan,Fyodor Dostoyevskiy asarlaridagi hikmatli so'zlar jamlangan "Hayotiy hikmatlar va tanbehlar" kitobidagi eng sara hikmatlar bilan bo'lishmoqchiman.Har bir hikmatni o'qing,tafakkur qiling.Bu esa fikrlash doirangiz kengayishiga xizmat qiladi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
✏️"Hammasi odamning o'z qo'lida"
✏️"Qiziq,odamlar hammadan ko'proq nimadan qo'rqadilar? Bir yangi ishga jazm qilishdan,bir yangi so'z aytishdan hammadan ko'ra ko'proq qo'rqadilar"
✏️"Men gapimni tushunadigan,ma'lumotli odamni qidiraman"
✏️"Ablah odamzod hamma narsaga ko'nikib ketadi"
✏️"Biror odamni bilmoqchi bo'lsang,xato qilib qo'ymaslik,oldindan noto'g'ri xulosaga kelmaslik uchun uning ko'ngliga sekin qo'l solib ko'rish kerak,bo'lmasa xatoni keyinchalik tuzatish va o'rniga qo'yish juda qiyin bo'ladi"
✏️"Odamni o'zingdan nari itarganing bilan uni tuzatib bo'lmaydi"
✏️"Yolg'on gapni har doim ham kechirib yuborish mumkin; yolg'onchilik shirin narsa,chunki u to'g'ri gapni topib beradi"
✏️"Chindan ham hech kim o'z boshiga nima tushishini bilmaydi"
✏️"Odam bir umr o'rganib o'tarkan"
✏️"Aldoqchilik insonni boshqa mavjudotlardan ustun qilib turadigan birdan-bir narsa.Aldasang,haqiqatga yetib borasan"
✏️"Haqiqat qochib ketmaydi,hayotni esa boy berib qo'yish mumkin"
✏️"Jinoyat-ijtimoiy tuzumning adolatli emasligidan norozilik tarzida ro'yobga chiqadi"
✏️"Agar jamiyat yaxshilansa,u taqdirda barcha jinoyatlar ham bir yo'la barham topadi,chunki norozilik bildiradigan narsaning o'zi barham topgan bo'ladi va hamma odamlar birdan odil kishilarga aylanib qoladilar"
✏️"Odamning tabiatini bir chekkaga yig'ishtirib qo'yib mantiqning o'zi bilan ish ko'rib bo'lmaydi"
✏️"Hayotning butun sir asrorlari ikki toboq hajmli kitobcha ichiga bemalol sig'ib ketadi"
✏️"Jinoyat sodir bo'lishida "muhit"ning roli katta"
✏️"Odam qilgan ishni odam qiladi"
✏️"Hammasi odamning qanday muhit,qanday sharoitda yashayotganligida.Hamma narsa muhitga bog'liq,odamning o'zi o'z holicha hech narsa emas"
✏️"Boshqalar nima derkin,deb o'tirish ojizlikning eng birinchi belgisidir"
@Kitobxonqaydlari
Agar kambag‘al kishi bir umr boyning yordamiga umid bog‘lasa,u toabad kambag‘al bo‘lib qoladi.
Li Myon Bak."Mo‘jiza sodir bo‘lmaydi"
@Kitobxonqaydlari
Yagona monopol kompaniyaga asoslangan holda raqobat vaziyati butunlay tugatilsa ,kapitalistik iqtisodiyot muvaffaqqiyatli bo'ladi,degan nazariya hech bir iqtisodiyot darsligida yo'q.Boshida monopol kompaniya yaxshi rivojlangandek ko'rinadi,lekin vaqt o'tgach,bu hol to'xtaydi.Raqobat muhitida esa,kompaniya cheksiz rivojlanishi mumkin.Shu sababli bunday davlatda iqtisodiyot barqarorroq bo'ladi.Agar birlashtirishni talab qilib turib olinadigan bo'lsa,bugungi kun muammosini hal etish mumkin,lekin jahon bozoriga chiqish ilojsiz bo'lib qoladi.
Li Myon Bak."Mo'jiza sodir bo'lmaydi"
@Kitobxonqaydlari
Xususiylashtirish uchta natijani beradi.Eng asosiysi bo‘lmasada,birinchisi-byudjetga daromad olib keladi.Ikkinchisi-mulkning davlat ixtiyoridan xususiy qo‘llarga o‘tishiga sabab bo‘ladi,natijada samaraliroq bo‘lgan xususiy sektor rivojlanadi.Uchinchisi-korrupsiyaga qarshi kurashish imkoniyatini beradi,davlat va pul to‘qnash kelgan joyda esa shubhasiz korrupsiya mavjud.
Gruziya muvaffaqqiyatga qanday erishdi?
@Kitobxonqaydlari
Taqriz
Lev Tolstoyni "Ivan Ilichning o'limi" asarini o'qib chiqdim.Asarda Tolstoy o'lishi muqarrarligini his qilgan insonning qalb kechinmalari,ichki olamini ochib berishga harakat qiladi.
Baxtsiz xodisa tufayli Ivan Ilich biqinini qayergadir urib oladi.Boshida e'tibor bermaydi ammo o'sha joyi qattiq og'riy boshlaydi va Ivan Ilichni to'shakka mixlab qo'yadi.Doktorga ko'rsatadilar,foydasi bo'lmaydi.Shunda Ivan Ilich o'limi muqarrar ekanligini anglay boshlaydi.U to'shakda tafakkur yuritishdan boshqa ish qo'lidan kelmasligi tufayli o'tgan hayoti,bolaligi,universitetni bitirishi,mansab pillapoyalaridan qanday ko'tarilganini xotirlaydi va daxshatli xaqiqatga duch keladi.U umrini ikkiyuzlamachilik,yolg'on,tilyog'lamalik,soxta lazzat ichida behuda sovurganini anglab yetadi va bundan daxshatga tushadi.Ivan Ilich hammadan, hatto oilasidan,xotini va bolalaridan nafratlana boshlaydi.Ammo hayotining oxirgi kunlarida Ivan Ilich yana bir haqiqatni,o'zining qanchalar xudbin ekanligini tushunib yetadi.Injiqliklari oilasiga azob berganini anglaydi va so'nggi iqrorini aytib hayotdan ko'z yumadi.
agar qachondir bu kanalni qiziqib kuzatgan bo'lsangiz (hozir undaymasdir balki), @hikoyalar_tahlillar kanaliga o'tishingiz mumkin. Bir narsalar yozib turaman endi
Читать полностью…Shu serialni bir ko'rilar mazza qilasilar. Ketgan vaqtilarga achinmisizlar. Tili juda sodda, tushunishga qiynalmaysiz. Futbolni yomon ko'radiganlarga ham yoqadi.
Читать полностью…Hatto eng mukammal go'zallik ham kun kelib bo'ysundiriladi, u ham taqdir va o'lim qonuniyatlaridan chetga chiqolmaydi.
©Erix Mariya Remark."Qora haykal"
Inson umrining yetmish besh foizini o'z tasavvuridan, faqatgina yigirma besh foizini haqiqatlardan kelib chiqib yashaydi. Uning zaifligiyam, kuchiyam shunda.
©Erix Mariya Remark."Qora haykal"
-Saxovat, yoshlik va soddalik!-deya hayqirdi Georg e'tirozga o'rin qoldirmay.-Ularni yo'qotsang, tamom, ortga yo'l yo'q.Dunyoda tajriba, keksalik va sovuqqonlikdan ko'ra umidsizroq yana nima bor?
-Kambag'allik, kasallik va yolg'izlik- deya erkin holatga o'taman.
-Bular tajriba, keksalik va aqldan ozishning boshqa nomlari, xolos.
©Erix Mariya Remark."Qora haykal"
Erix Mariya Remark."Lissabondagi tun"
Vaqt-bu o'limning kuchsiz damlamasi.Bu damlamani bizga go'yo zararsiz uyqu doriday asta-sekinlik bilan quyib berishadi.Avvalboshda u bizga g'ayrat bag'ishlaydi va biz umri boqiyligimizga ishona boshlaymiz.Ammo u kun ortidan kun o'tib,toma-toma o'tkirlasha boradi va pirovardida qonimizni bulg'ab,putur yetkazuvchi,yemiruvchi zardobga aylanadi.
Hatto qolgan umrimiz bahosiga yoshlikni sotib olmoqchi bo'lgan taqdirimizda ham bu ishni shuning uchun ro'yobga chiqarolmaymizki,vaqt zardobi bizni aynitgan,kimyoviy birikishlar avvalgiday emas,endi mo'jiza darkordir...
@Kitobxonqaydlari
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q.
Erix Mariya Remark nemis adibi.Birinchi va ikkinchi jahon urushlarini sababchisi bo‘lgan Germaniyada tug‘ilgan.Lekin uning millati yozgan asarlarini o‘qimaslik uchun sabab bo‘lolmaydi.
"G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q" adibning eng birinchi va qisman avtobiagrafik asari hisoblanadi.Yozuvchining o‘zi maktabni bitirgandan so‘ng frontga otlanadi va ko‘ngillilar safida jang qiladi.Shu sabab adib qahramonlar ruhiyati,ichki kechinmlari va iztiroblarini boricha,katta mahorat bilan tasvirlab berolgan.
Asar qahramoni maktabni endigina bitirgan va frontga jo‘natilgan Paul Boyerman va uning sinfdosh do‘stlari.Ularni o‘smirlik davrlari iliq xotiralardan emas balki urush,okop,qotillik va o‘limdan iborat.Bular "yo‘qotilgan avlod".Yoshlik gashtini surolmagan,urush tig‘idan qalblari yaralangan avlod.
"G‘arbiy frontda o‘zgarish" yo‘q asarida urush va uning har qanday turi juda qattiq tanqid qilinadi.Urushning sababi esa bir nechta siyosatchilarning o‘zaro mojarosi va manfaati orqasidan kelib chiqadi va unda hech qanday aybi bo‘lmagan insonlar jabr ko‘radi.
"Urush e‘lon qilishdan oldin umumxalq sayli uyushtirilishi kerak,xuddi buqalar jangi tomoshasida bo‘lganiday,musiqa chalinib,chiptalar sotilishi lozim.Keyin dushman mamlakatlarning vazir va generallari trrusikda maydonga tushib,bir-birlari bilan olishishsin.Kim yengsa,o‘sha mamlakat g‘olib chiqqan deb hisoblanadi.Shunda adolatli ish bo‘ladi.Hozirchi? Mutlaqo notanish odamlar bir-birlarini o‘ldirib yotishibdi" deydi qahramonlardan biri.Ya‘ni urush xalqlar xohishi bilan emas siyosatchilar manfaati ortidan kelib chiqadi.Buni azobini esa begunoh odamlar tortadi.
Asar millatchilik g‘oyalari bilan emas oddiy va samimiy insonlar haqidaligi uchun ham butun dunyoda mashxur bo‘lgan va kitobxonlar qo‘lidan tushmay keladi.Siz ham o‘qib ko‘ring balki shunda 9-may ulug‘ va shonli g‘alaba kuni siz uchun nisbiy tushuncha kasb eta boshlar.
P.s. Rasm @Panda_books kanalidan olindi
@Kitobxonqaydlari
"-Lekin men bir narsani bilmoqchi edim,-gapga qo'shiladi Albert,-agar Kayzer "yo'q" deganda urush boshlanarmidi,boshlanmasmidi?
-Boshlanmas edi,-deyman men ishonch bilan.-Aytishlaricha boshida u urushni xohlamagan ekan.
-Bitta o'zi emas,dunyo bo'yicha yigirma-o'ttiz kishi "yo'q" deganida-chi?
-Unda,balki,urush bo'lmas edi,-Albertning fikrini quvvatlayman,-hamma balo shundaki,ular shuni xohlagan-da.
-Qiziq,-deydi Kropp,-biz nima uchun turibmiz, bu yerda? Vatanni himoya qilish uchun.Fransuzlar ham shu yerda,ular ham vatanlarini himoya qilishyapti.Xo'sh, kim haq?
-Menimcha,biz ham,ular ham,-javob qaytaraman men,lekin ich-ichimdan ishonmayman.
-Bor,ana,shunaqa ham deylik,-Albert meni mot qilmaguncha tinchimaydiganga o'xshaydi,-lekin bizning professorlarimiz,ruhoniylarimiz,gazetalarimizning fikricha,faqat biz haqmiz.Ayni paytda ularning professorlari,ruhoniylari,gazetalalari ham faqat biz haqmiz,deyishyapti.Xo'p,kimga ishonish kerak?"
Erix Mariya Remark."G'arbiy frontda o'zgarish yo'q"
@Kitobxonqaydlari
#qiziqarli
"Mo‘jiza sodir bo‘lmaydi" asarida bizning mamlakatdagi rusiyzabon koreyslar,ularning qanday qilib bizning mamlakatga kelib qolgani haqida ma‘lumot bor ekan.
Rossiyaning Shimoliy Koreyaga chegaradosh Primore o‘lkasida ham koreyslar istiqomat qilgan va 1937-yilda Stalin buyrug‘iga ko‘ra Markaziy Osiyoga ko‘chirilgan.Shu tariqa ular shu yerda qolib ketgan ekan.
Suratda Primore o‘lkasi.
@Kitobxonqaydlari
"Hayotiy hikmatlar va tanbehlar" (2)
✏️"Shu soniyada muqarrar suratda joning uzilishini,boshqa hech qachon odam bo'lmasligingni,hammasi endi muqarrar suratda ro'y berishini bilib turishing qattiq qiynoqqa soladi; hammasidan og'iri-shu muqarrarlik"
✏️"Pulning qabohati va yaramasligi shundaki,u hatto yo'q talantni bor qiladi"
✏️"Agar birovni yaxshi ko'rmasang unga yomonlik tilashni nima keragi bor"
✏️"Darhaqiqat,Xudo jazo beraman desa,avvalo odamning aqlini oladi"
✏️"Qo'ling bo'sh turganidan burningga tiqib o'tirganing ham ma'qul"
✏️"Baxtiyorlikda... aldanib yashagandan ko'ra baxtsizlikda bilib yashagan ming marta yaxshi"
✏️"Kamolotga erishish uchun oldin ko'p narsalarni tushunmagan bo'lish kerak"
✏️"Bilasizmi,daraxt yonidan o'tib keta turib uni ko'rayotganingdan baxtli bo'lmaslik ham mumkinmi,axir?"
✏️"Hech narsaga hayron bo'lmaslik katta aqldan darak beradi"
✏️"Insonga baxtdan tashqari yana shuncha va mutlaqo yana shuncha baxtsizlik ham kerak!"
✏️"Inson hayotining ikkinchi yarmi,odatda,birinchi yarmida to'plangan jamiki odatlardan tashkil topadi"
✏️"Insoniyatni o'z maguligiga bo'lgan ishonchdan mahrum qiling, unda shu ondayoq muhabbat quriydi,muhabbatgina emas,olam hayotini davom ettiruvchi har qanday tirik kuch quriydi"
✏️"Aql tomonidan sharmandali deb topilgan narsa yurak uchun batamom go'zal tuyiladi"
✏️"Inson borlig'ining asrori faqat yashashdagina emas,balki nima uchun yashashdadir"
✏️"Magarkim bug'doy donasi yerga tushib,u o'lmasa,bir o'zi qolajak,magarkim,u o'lsa,unda ko'p hosil berajak"
✏️"Azob-uqubat-bu o'zi, asli, hayot.Azob-uqubat bo'lmasa,rohat qayoqdan kelardi"
✏️"To'g'risini aytaylik,tug'dirgan bo'lsa,u hali ota emas,haqiqiy ota-ham tug'dirgan,ham katta qilganidir"
✏️"O'z ahmoqligiga iqror bo'lgan ahmoq ortiq ahmoq emas"
✏️"Och ham ochni hamma vaqt tushunavermaydi"
✏️"Agar mumkin bo'lsa edi (ammo odamzodning tabiati bunga hech yo'l qo'ymaydi),agar har qaysimiz ichimizdagi butun sirlarimizni bir-bir bayon etsak,birovga aytishga ham qo'rqadigan va o'laqolsak ham odamlarga bildirmaydigan,o'zimizning yaqin do'stlarimizga aytishdan ham qo'rqadiganva hattoki,ba'zan o'z-o'zimizga iqror bo'lishdan ham qo'rqadigan sirimizni bir-bir yozsak,u holda dunyoni shunday badbo'y hid bosib ketardiki,hammamiz bo'g'ilib o'lardik"
✏️"Tajriba achinarli bo'lgani bilan,baribir,juda foydali"
✏️"Agar odamzodni ayovsiz kamsitish,xo'rlash,oyoq-osti qilish uchun unga nisbatan har qanday vahshiy odamkush ham qaltirab eshitsa,vujudini titroq bosadigan dahshatli jazo qo'llash kerak bo'lib qolsa,uning bajarayotgan ishiga mutlaqo behuda va ahmoqona tus berish kerak"
✏️"Ozodlik uchun nimalardan voz kechmaysan,axir? Bo'yniga sirtmoq solib bo'g'ilsa,qaysi bir millioner bir bora to'yib nafas olish uchun tamomi mol-dunyosidan voz kechmas edi"
✏️"Mutafakkirdan tortib ashaddiy qaroqchigacha hamma ham bir manzilga boradi,yoki hech bo'lmasa intiladi,faqat turli yo'llar bilan"
✏️"Bir kun,bir soatning o'zida hamma ishlar joyida bo'lishi mumkin.Muhimi- o'zgalarni ham o'zingizdek seva olish!"
✏️"Hayotni anglash hayotni o'zidan,baxt qonunlarini anglash baxtning o'zidan oliyroq"
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Dostoyevskiy olamiga sayohat ham o'z nihoyasiga yetdi.Uning eng sara hikmatlarini siz bilan ulashdim.O'qing va tafakkur qiling.
@Kitobxonqaydlari
Qamoqqa tushgach,pessimizm va optimizm-nisbiy tushunchalar ekanligini angladim.Quyida turib o‘zini yuqoridagilar bilan tinmay solishtiraveradigan kishi-pessimist.O‘z mavqeini boshqa ko‘pchiliknikiga qaraganda yuqoriroq sanaydigan kishi esa-optimist.Agar qamoqdagi hayotga ozod kishi nuqtai nazaridan qaralsa,hech qanday umid yo‘qdek tuyiladi.Lekin qatl qilishga olib ketilayotgan kishi uchun bunday hayot musaffo va samimiy ko‘rinadi.
Li Myon Bak."Mo‘jiza sodir bo‘lmaydi"
@Kitobxonqaydlari
Ko‘pgina kishilar amaliy munosabatlarda insoniy omillarni,bir joyda o‘qiganliklarini ishga solishga harakat qiladilar.Basharti bunday yondashuv biror jamiyatga tarqalsa,bu jamiyat nosog‘lom sanaladi.
Li Myon Bak."Mo‘jiza sodir bo‘lmaydi"
@Kitobxonqaydlari
Gruziyaning isloh qilish retsepti juda oddiy va tushunarli bo'lib chiqdi: holbuki faoliyat ko'rsatmayotgan,korrupsiyadan yemirilib ketgan biror tashkilot mavjud ekan,vaziyatni to'g'rilashning yagona yo'li uni tugatish va yangisini tashkil etishdir.
Gruziya muvaffaqqiyatga qanday erishdi?
@Kitobxonqaydlari
Gruziya muvaffaqqiyatga qanday erishdi?
Larisa Burakovaning "Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi?" kitobi muallifning bir necha yillik tadqiqotlari asosida dunyo yuzini ko‘rgan.Kitob Mixail Saakashvili jamoasining islohotlari va uning mamlakat taraqqiyotiga ta‘sirini muhokama qiladi.
Xo‘sh Gruziyada nega o‘xshadi? Shu kichkinagina sobiq sovet mamlakati qanday qilib mamlakatda avj olgan korrupsiyaga barham berdi.Aholisini elektr energiyasi,sifatli xizmat ko‘rsatish va yuqori maosh bilan ta‘minlay oldi?
Sababi oddiy.Saakashvili jamoasi yangi islohotlarga qo‘l urdi.Davlatning har bir sohasi,vazirliklar,agentliklar isloh qilindi.Keraksiz vazirliklar faoliyati tugatildi,ishchilar soni qisqartirildi.Buning oqibatida ishchi hodimlar maoshi oshdi va korrupsiya ehtimoli kamaydi.
Gruziya hukumati qog‘ozbozlik (byurokratiya) ga qarshi qattiq kurashdi.Keraksiz xujjat to‘ldirishlarga barham berildi. Islohotchilar har bir agentliklarga o‘z vazifalarini (qanday ish bilan shug‘ullanishlarini) bir varaq qog‘ozga yozib berishni buyurishdi.Eplolmagan agentliklar faoliyatiga chek qo‘yildi va qaytadan yangisini yaratishdi.
Mamlakatdagi.eng mashxur islohot bu DAN hodimlari islohoti bo‘ldi.Bir kunda 15000 dan ortiq DAN xodimlari ishdan bo‘shatib yuborildi va o‘rniga yangilarini ishga olishdi.Bu ham o‘z samarasini berdi.2003 yilda aholining 5 % i politsiyachilarga ishongan bo‘lsa islohotlardan keyin ko‘rsatkichlar 95 % ni tashkil etdi.
2003 yilgacha hatto Gruziyaning katta shaxarlari Tbilisi,Batumi da ham elektr energiyasi yetishmasdi.Hukumat bu muammoni hal qilish uchun "IES" va"GES" larni "xususiylashtirish" ga qaror qiladi.Tbilisida joylashgan elektr stansiyalari xususiylashtiriladi va investorlar elektr energiyasini sotib biznes qilish imkoniga ega bo‘ladilar.Hukumat esa stansiyalarni qanchadir qismiga egalik xuquqini saqlab qoladi va bir necha yil ichida nafaqat butun mamlakat arzon elektr toki bilan ta‘minlanadi balki mamlakat elektr energiyasi eksportida katta natijalarga erishadi.
Bunday islohotlar har jabhada olib borilgani tufayli Gruziya qisqa muddat ichida rivojlandi va rivojlanishda davom etmoqda.Mixail Saakashvilu jamoasi esa to‘g‘ri islohotlar olib borilishi mamlakat taraqqiyoti uchun juda muhim ekanligini isbotlashdi.
Kitobni har biringiz o‘qib chiqishingizni tavsiya qilaman.
@Kitobxonqaydlari
✏️ "Uch kecha-kunduz dahshatli azob va o'lim.Taassufki,bu hozir,istalgan daqiqada men bilan ham ro'y berishi mumkin"
✏️"Uylanish uning o'zi hayotning bor bud-shudi deb qaragan,jamiyat tomonidan ma'qullangan va qabul qilingan yengil,yoqimli,shodon turmush tarzini buzib yubormay,aksincha,uni teranlashtirar ekan"
✏️"Odatda bir-biriga o'xshagan odamlar boy bo'lishni juda hohlaydilar va boylarga taqlid qiladilar:qalin movut gazlama,qora yog'och,gullar,gilamlar va to'q yoki yaltiroq mis laganlarni taxlaydilar va hamma taniydigan mashhur odamlarga o'xshagilari keladi"
✏️"Xizmat yuzasidan mamnunlik xudbinlikni,ijtimoiy hayotdan mamnunlik dimog'dorlikni paydo qiladi"
✏️"Ko'richak.Buyrak,-dedi o'zicha.-Gap ko'richakda ham,buyrakda ham emas,balki hayot va...o'limda.Ha,hayot bor,u o'tayapti,o'tayapti,men uni tutib qola olmayapman.Ha.O'zni aldash nimaga kerak? Nima,o'zimdan boshqa hech kimga ma'lum emasmi,men o'laman,faqat masala haftalarda,kunlarda,balki hozirdadir,bo'lishi mumkin.Qachondir yorug'lik bor edi,endi zulmat.Qachondir men shu yerda edim,endi u yerga... Qayerga?"
✏️"Ularga baribir,ammo ular ham o'ladi"
✏️"Qiynoq qancha zo'raysa,hayot ham shuncha yomon o'tadi"
✏️"Hammasi yolg'on.Sen yashagan va yashayotgan hayot yolg'on,munofiqlik,o'zingdan hayot va o'limni pana qilishdan iborat"
Lev Tolstoy."Ivan Ilichning o'limi"
@Kitobxonqaydlari