O'zbekistondagi birinchi raqamli Windows blog! Mundarija: @kompyuterbilimlariuz Rasmiy hamkorimiz: @ZARINLIGHTok Reklama uchun: t.me/techno_ads/323 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Microsoftning 26 yoshli brauzeri kelasi yilning yozida "tugatiladi"
☠️ Windows Internet Explorer nomli brauzer 2022-yilning 15-iyunidan ortiq qo'llab-quvvatlanmaydi.
🌐 Uning o'rnini Microsoft Edge brauzeri egallaydigan bo'lgan.
✴️ 1995-yildan 2012-yilgacha Windows Internet Explorer eng ko'p foydalaniladigan brauzer bo'lgan, lekin 2012-yildan Google Chrome birinchilikni egallagan.
©️ Eng so'nggi IT yangiliklari: @kompyuter_bilimlari
Masofadan turib kompyuterni yoki telefonni boshqarish
↔️ Anydesk - bu bir qurilmadan turib boshqa qurilmani boshqarish imkonini yaratib beruvchi dastur hisoblanadi.
🖥 Anydesk ishlashi uchun masofadan boshqarmoqchi bo'lgan va o'zingizning qurilmangizda AnyDesk o'rnatilgan va internetga ulangan bo'lishi kerak.
⬇️ Kompyuter uchun anydesk.com saytidan, telefon uchun Play Store yoki App Store-dan AnyDesk-ni yuklab olishingiz mumkin.
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
👆 Yuqoridagi Metro: Last Light Redux o'yinini olish bo'yicha kichik qo'llanma:
1. Quyidagi havola bilan Epic Games do'konidagi Metro: Last Light Redux sahifasiga o'ting:
https://www.epicgames.com/store/en-US/product/metro-last-light-redux/home
2. Get (Получить)
3. Avval Epic Games-da ro'yhatdan o'tgan bo'lsangiz ma'lumotlaringizni kiriting yoki ro'yhatdan o'ting.
4. Keyingi sahifada sizga ikki tugma ko'rsatiladi: agar Epic Games launcher-i kompyuteringizga o'rnatilgan bo'lsa Open (Открыто) yozuvli birinchi tugmani, aks holda Epic Games launcher-ini yuklab olish uchun ikkinchi tugmani bosing.
5. Launcher-ni o'rnatib bo'lganingizdan keyin uni oching va Library (Библиотека) bo'limiga o'tib, o'yinni yuklab oling.
❗️ Epic Games launcher-i yuklab olinishi 500 MB, Metro: Last Light Redux o'yini yuklab olishi esa 9 GB atrofida trafik sarflaydi.
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
Qaysi guruhda borsan?
🤓 Hozirgi kunda Telegram botlari orasida ajoyib bir bot chiqqan. Bu bot orqali siz biron bir do'stingizning qaysi Telegram guruhlarida borligini aniqlay olasiz. Ya'ni siz botga istalgan odamni @username ni jo'natsangiz, sizga shu odam qaysi guruhlarga qo'shilganligini ko'rsatadi.
🧐 Xo'sh bu qanday ishlaydi? Bot bazasiga bir muncha Telegram guruhlari kiritilgan bo'ladi va siz username jo'natganingiz zahoti bot guruhlarda u username ni qidirishni boshlaydi va sizga natijalarni havola qiladi. Agar bot do'stingiz bor bo'lgan biror guruhni ko'rsatmasa, demak, o'sha guruh bot bazasiga kiritilmagan yoki rostdan u guruhlarda yo'q bo'ladi.
😉 Sinab ko'rishingiz mumkin: @tgscanrobot
🤗 Xuddi shunaqa yana bir bot: @telesint_bot
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
Everything
🔍 Kompyuteringizdagi istalgan faylingizni "shes sekundda" topishni xohlaysizmi? Kim ham xohlamaydi deysiz?
🤓 Buning uchun sizga Everything programmasining o'zi yetarli. Dastur atigi 3.02 MB-ni tashkil qiladi va shu kichik dastur bilan kompyuteringizdagi istalgan papka deysizmi, fayl deysizmi qisqasi soniyalar ichida topa olasiz.
👨🦳 Ma'lumot uchun agar File Explorer-da birorta fayl qidiradigan bo'lsangiz, sochingizga oq oralaganini ham bilmay qolishingiz mumkin. #hazil
⬇️ Everything dasturini o'zining saytidan yuklab olish uchun: link
🔽 Yoki kanalimizdan ham yuklab olishingiz mumkin. (x64 link | x86 (x32) link)
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
🌐 Brauzerlar suhbati
😂🤣
©️ @kompyuter_bilimlari
Fayllarni butunlay o'chirib yuborish
🗑 Agar bir faylni o'chirmoqchi bo'lsangiz, siz u faylni belgilaysiz va Delete tugmasini bosasiz. Shunda siz o'chirgan fayl Recycle Bin (Корзинка) ga tushadi.
❌ Ammo, siz belgilangan faylni Shift + Delete kombinatsiyasi orqali butunlay (Корзинка-ga tushirmasdan) o'chirib yuborsangiz bo'ladi va bu sizni qanchadir vaqtingizni tejashi mumkin.
❕ Takrorlaymiz, shift + delete bilan o'chgan fayllar butunlay o'chib ketadi.
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
WPS Office
🧐 Agar sizda Microsoft Office dasturi yo'q bo'lsa, yoki shunga o'xshash boshqa bir dastur qidirayotgan bo'lsangiz WPS Office aynan siz uchun!
🤨 Nima uchun WPS Office?
• Microsoft Office-ga eng o'xshash dasturlardan biri;
• Microsoft Office pullik va aktivatsiya talab qiladi. WPS Office esa bepul dastur (Premium versiyasi ham bor);
• Hajm jihatidan WPS Office 700-800 MB joy oladi. Taqqoslash uchun Microsoft Office 1.5 GB atrofida yoki undan ko'p joy oladi;
• WPS Office PDF<>Word, Rasm<>PDF, OCR kabi sizga juda ko'p kerak bo'ladigan funksiyalarni ham o'z ichiga olgan;
• Fayllarinigiz uchun chiroyli, bepul shablonlar ham taqdim etadi;
• PDF turdagi dokumentlarni ham ocha oladi va tahrirlay oladi.
⬇️ WPS Office programmasini o'zining saytidan yuklab olish uchun: link
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
😄 Buni hech ham sinab ko'rmagansiz!
📁 Barchamiz bir faylni papkadan boshqa bir papkaga olib o'tish uchun sichqonchaning chap tomonini bosgan holda papkaga olib borib qo'yib yuboramiz. Lekin hech shu ishni sichqonchaning o'ng tomoni bilan sinab ko'rganmisiz?
🤓 Agar siz bir faylni bir joydan ikkinchi joyga sichqonchaning o'ng tugmasini bosgan holda olib o'tsangiz sizga kontekst menyu ochiladi va u yerdan siz faylni nusxa bilan olib o'tish yoki ko'chirib o'tkazish kabi tanlovlarga ega bo'lasiz.
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
HP premium logosi
💻 HP o'zining premium turdagi noutbuklari va ularning qadoqlashlari uchun alohida logodan foydalanadi va logo mahsulotlarning yanada sifatli, yuqori materiallardan tayyorlanganligini ifodalaydi.
©️ @kompyuter_bilimlari
🔐 Qanday qilib Folder (Папка)-ni parollash
📃 Videodagi .txt fayl 👇
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
Windows 10 Start (Пуск) meyusini Windows 7 ko'rinishiga keltirish
🖥 Windows 10 o'zgarishlariga ko'nika olmayotgan Windows 7 ishqibozlari o'zlari yoqtirgan Start (Пуск) menyusini Classic Shell yordamida qaytarib olishlari mumkin.
🗂 Dastur nafaqat Start (Пуск) menyusini, balki File Explorer menyusini o'zgartirishi mumkin.
⬇️ Dasturni o'zining saytidan yuklab olish uchun: link
🔽 Kanalimizdan yuklab olish uchun esa: link
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
Windows OS evolutsiyasi
🎞 YouTubeda ko'rish uchun: link
©️ @kompyuter_bilimlar
Character Map
🗺 Windows-da siz bilmagan va umuman ishlatmaydigan, ammo, juda foydali dasturlardan biri bu Character Map programmasidir.
🔣 Dastur ichida bir dunyo belgilar, harflar, matematik belgilar va hatto arab harflari ham mavjud bo'lib, istaganingizdan nusxa olib olishingiz mumkin.
🔥 Shuningdek dastur sizga tezkor klaviatura tugmalarini taqdim etadi. Masalan, Alt bosib turgan holda 0169 raqamlari bosish bilan siz © belgisini chiqarib olishingiz mumkin.
🧐 Win + Q kombinatsiyasi orqali qidiruv oynasini oching va char map
deb qidiring. Natijada siz Character Map dasturini topishingiz mumkin.
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
WinRAR 🆚 7-Zip 🆚 WinZip
🗃 Sarlavha nomida yozilgan dasturlar arxivlangan fayllarni ochishda eng ko'p foydalaniladigan dasturlar hisoblanadi va uchchalovi ham "o'z ishinig ustalaridan" hisoblanadi. Balki taqqoslaganda kichik farqlari bo'lishi mumkin, lekin uchchala dastur ham bir xil vazifani bajaradi.
WinRAR > rasmiy saytidan yuklab olish uchun: link
7-Zip > rasmiy saytidan yuklab olish uchun: link
WinZip > rasmiy saytidan yuklab olish uchun link
⬇️ Yoki kanalimizdan ham yuklab olishingiz ham mumkin.
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
🧪 AV-TEST labarotiyasi 22 ta xavfsizlik paketlarini (antiviruslarni) tekshiribdi. Natijalarni rasmlarda ko'rib turibsiz.
🥇 Birinchi o'rinda Avast antivirusi
🤖 O'zbekistondagi 90% dan ortiq kompyuter foydalanuvchilari "sevib" ishlatadigan va erinmay har hafta yangilab turadigan ESET antivirusi esa oltinchi o'rinda turibdi.
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
Arxiv fayllarni Telegramdan chiqmasdan turib ochamiz!
@UnzipTGBot Telegram boti yordamida siz arxivlangan .rar yoki .zip kabi kengaytmali fayllarni osongina, ortiqcha dasturlarsiz arxivdan chiqarib olishingiz mumkin.
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
🤩 Epic Games o'yin do'koni Metro: Last Light Redux o'yinini 11-fevralgacha bepul taqdim etmoqda. O'yinni olib qo'yishga ulguring!
🔫 Aslida $12.99 bo'lgan Metro: Last Light Redux o'yini "shooter" o'yin bo'lib, voqealar rivoji 2034-yilda bo'ladi. Batafsil, o'yin treylerida ko'rishingiz mumkin.
📃 Ushbu o'yin 2015-yili Windows platformalari uchun chiqarilgan va uni o'ynash uchun kompyuteringiz minimum talablar quyidagicha:
OS: Windows Vista, 7 or 8 (faqat 64-bit)
Protsessor: Dual Core CPU (2.2+ GHz Dual Core CPU yoki undan yaxshirog'i)
RAM: 2 GB
Grafika: DirectX 10, Shader Model 4 (GeForce 8800 GT 512 MB, GeForce GTS 250, boshqalar)
DirectX: Version 10
Bo'sha joy: 10 GB
(!) Faqat 64-bit
ℹ️ Manba: terabayt.uz
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
💠 2021-yil yanvar oyidagi ma'lumotlarga ko'ra, dunyo bo'ylab 1.5 milliard odamlar o'z kompyuterlarida Windows OS-dan foydalanadilar.
©️ @kompyuter_bilimlari
💾 Mana RAM qayoqqa yo'qolib qolayotgan ekan!
😂🤣
©️ @kompyuter_bilimlari
Buni hech sinab ko'rmagansiz (3-qism)
💻 Kompyuteringizda antivirus bo'lmasa ham, siz uni virusga tekshira olishingiz mumkinligi haqida bilasizmi?
Buning uchun:
1. Win + Q ni bosing;
2. mrt
deb qidiring va birinchi chiqqan dasturga kiring. Bunda sizga Malicious Software Removal Tool menyusi chiqadi;
3. Next (Далее) bosing;
4. Kerakli tekshirish turini tanlang (birinchida belgilangan tekshirish turi tavsiya qilinadi).
♻️ Shunda kompyuteringiz zararli viruslarni qidirishga tushadi
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
Telegramdan chiqmasdan turib fayllarda virus bor yoki yo'qligini tekshirish mumkinmi?
😎 Ha, albatta! Sizga @drwebbot, hamda @malscanbot yordam beradi. Botga 20 MB-dan oshmagan biror turdagi fayl yoki URL link jo'nating va bot sizga link xavsiz yoki yo'qligini, fayllarda virus bor yoki yo'qligini aytadi.
🛡 Albatta xavfsizlik kompyuter uchun suv va havodek zarur!
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
😄 Buni hech ham sinab ko'rmagansiz (2-qism)
⌨️ Alt + Tab - bu siz kompyuteringizda ishlayotgan bir dasturingizdan ikkinchisiga o'tishda yordam beradigan foydali kombinatsiyadir.
🤓 Lekin siz Windows + Tab kombinatsiyasini ham sinab ko'rganmisiz? Bu ham Alt + Tab qilgan ishni qiladi, biroq ko'rinishi boshqacha bo'ladi.
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
Counter Strike: Global Offensive
Counter Strike haqida aytishimi shart emasdir a? 😅
🎮 CS: GO bu Counter Strike-ning ning oxirgi versiyasi bo'lib, uni siz Steam o'yin do'konidan bepul yuklab olishingiz mumkin:
https://store.steampowered.com/app/730/CounterStrike_Global_Offensive/
😎 O'yinni "mazza" qiib o'ynash uchun sizga MINIMUM:
Operatsion Sistema: Windows® 7/Vista/XP
Protsessor: Intel® Core™ 2 Duo E6600 yoki AMD Phenom™ X3 8750 processor yoki undan yaxshirog'i
Xotira: 2 GB RAM
Grafik: Videokarta 256 MB yoki ko'proq va DirectX 9-compatible bo'lishi kerak Pixel Shader 3.0 bilan.
DirectX: Version 9.0c
Joy: 15 GB bo'sh joy kerak bo'ladi
🌐 Va albatta, kuchli internet (yo'qsa qotib qolishi mumkin).
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
🌐 Firefox brauzeri logo evolyutsiyasi
©️ @kompyuter_bilimlari
💠 1985-yilda "tug'ilgan" Windows OS-ning ilk logosi
©️ @kompyuter_bilimlari
🖥 Kompyuteringiz yoki telefoningiz foni uchun chiroyli rasmlarni topa olmayapsizmi? Unda siz unsplash.com saytiga kirib ko'rmagansiz!
🌐 unsplash.com saytidan millionlab yuqori sifatli rasmlarni tekinga yuklab olishingiz mumkin. Saytda mahoratli suratkashlar tomonidan olingan suratlar doimiy joylab boriladi.
😎 unsplash.com - o'zingizga yoqqani oling!
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
🌌 Google-ning "osmon" bo'limiga o'tishni istaysizmi?
🔗 https://www.google.com/sky/
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
Pac-Man o'ynaymiz
🧩 Zerikdingizmi? Brauzerda o'yin o'ynashga nima deysiz?
🔍 Google tog'adan Pac-Man
deb so'rang va...
😉 Yaxshisi o'zingiz ko'ring...
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari
Rasmlaringizni multfilm ko'rinishiga o'tkazib beradigan sayt
🌐 toonme.com sayti suratlaringizni sun'iy intellekt orqali multfilmlashtiradi. Unga shunchaki rasmingizni jo'natsangiz bas.
🔗 toonme.com (App Store yoki Google Playdan yuklab olsangiz bo'ladi)
©️ Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari