kompyuter_bilimlari | Unsorted

Telegram-канал kompyuter_bilimlari - Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

-

O'zbekistondagi birinchi raqamli Windows blog! Mundarija: @kompyuterbilimlariuz Rasmiy hamkorimiz: @ZARINLIGHTok Reklama uchun: t.me/techno_ads/323 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!

Subscribe to a channel

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Telegramda bijr bijr qilamiz

Windows da Telegram video va fotosuratlarni ko'rsatmaydigan (bijr bijr) qilishni o'rganamiz.

1⃣ Kompyuteringizda Telegram menyusini oching va Settings ni tanlang

2⃣ Advanced bo'limiga kiring

3⃣ ANGLE graphics backend bo'limini oching

4⃣ Avtomatic dan Direct3D versiyalaridan biriga o'zgartiring

5⃣ Agar bu variant yordam bermasa, boshqa variantlarni sinab ko'ring yoki ANGLE grafik mexanizmini o'chiring.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #telegram / #windows

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Telefondan sichqoncha vazifasida foydalanamiz

📱 Telefonimiz ham sichqoncha vazifasini bajara oladi, faqat bu sichqonchaning vazifalari ko'proq bo'ldi. Buning uchun kompyuterimiz va telefonimizga kerakli dasturlarni o'rnatishimiz lozim.

- Telefonimizga "WIFI Mouse" dasturini o'rnatamiz
- Kompyuterimizga "WIFI Mouse server" dasturini o'rnatamiz

Ikkala dasturni ham o'rnatganimizdan so'ng kompyuter va telefonimizni bitta tarmoqqa ulaymiz, masalan: telefondan "Mobil faol nuqta" tarqatamiz va kompyuterimizdan unga ulanamiz yoki wifi'ga ikkala qurilmadan ham ulanamiz. Muhimi ikkala qurilmamiz bitta tarmoqda bo'lishi lozim

So'ng telefonimizga o'rnatilgan dasturga kiramiz va kompyuterimizni ulash tugmasi chiqadi, endi bemalol telefon orqali kompyuteringizni boshqara olasiz.

🔗 Telefon uchun "WIFI Mouse" dasturi
🔗 Kompyuter uchun "WIFI Mouse server" dasturi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

⚙️ Samsung Galaxy S23+ smartfoni taqdim etildi

Display
— 6,6 dyuym, AMOLED 2X, 2340×1080 piksel, 120Hz, Gorilla Glass Victus 2
Protsessor — Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2, Adreno 740
Tizim — Android 13, One UI 5.1
Asosiy kamera — 50+12+10 Mp
Old kamera — 12 Mp
Xotira — 8 Gb (LPDDR5X), 256/512 Gb (UFS 4.0)
Qo'shimcha — IP68, Always-on display, USB-C, Wi-Fi 6E, Bluetooth 5.3, GPS, LTE, 5G, NFC, Dual SIM + eSIM
Akkumlyator — 4700 mA/soat, 45W simli va simsiz 10W quvvatlagich
Narxi — $1000

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | @texnologiyait | #samsung / #news

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Videokarta drayveri qanday перезапуска qilinadi?

🔄 Videokarta drayverini yangilash qorayib yoki qotib qolgan ekranni перезапуска qilib tuzatadi,drayverni yangilash uchun WIN + CTRL + SHIFT + B kombinatsiyalaridan foydalaning.

P.s Sizda ham bunday muommolar bo'lib turadimi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #videokarta / #hotkeys

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Microsoftning yangi loyihasi 3 soniyalik namunadagi har qanday odamning ovozini taqlid qilishi mumkin

Microsoft tadqiqotchilari sun'iy idrok yordamida odamning ovozini atigi soniyali mashg'ulotlar bilan o'xshatish uchun yangi dasturni e'lon qilishdi. Keyin ovozning modeli matndan nutqqa o'tish ilovalari uchun ishlatilishi mumkin.

Batafsil – https://www.terabayt.uz/?p=68310

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #microsoft / #news

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Google Elgoog Games

elgoog.im Google o'yinlar ombori,eng qiziqarli va sodda o'yinlar jamlangan sayt,qisqasi zerikib qolmaysiz,ha aytgancha bu saytda Dino o'yini 3d formatdaham topishinggiz mumkin.

P.s: Siz ya'na qanday saytlarni bilasiz?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #google / #sayt / #game

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Operativ xotirani tozalaymiz

ℹ️ Operativ xotirani ortiqcha yukdan tozalash uchun dasturlarning fonda ishlashini to'xtatamiz va kompyuter ishlash unumdorligini oshiramiz.

1. Klaviaturangizda Win + i ni kombinatsiyalaridan foydalaning

2. Конфиденциальность bo'limini tanlang

3. Chap tarafdagi Фоновые приложения bandini bosing

– Bu yerda zarur bo‘lmagan barcha dasturlarni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Kompyuterlarimizdagi Windows qotib qolganida ham taxminan shunday manzara kuzatiladi... 🙄

P.s: Agar sizda bu holat uchrab tursa sabr tilayman.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows blog | #kayfiyat / #windows

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Dasturlarni avtomatik o'rnatuvchi dasturlar
#videodars / #windows

ℹ️ BELOFF va Minstall kabi dasturlar orqali bir qancha dasturlarni bir urinishda, ortiqcha vaqt sarflamagan holda o'rnatish mumkin. Buning uchun BELOFF yoki Minstall dasturini yuklab olamiz (o'lchami versiyasiga qarab turlicha bo'lishi mumkin, 60-90 Gb), dasturga kiramiz va kerakli dasturlarni belgilab Bajarish tugmasini bosamiz.

☑️ Shu orqali Windows o'rnatgandan keyin tezlik bilan kerakli dasturlarni birdaniga o'rnatib olishimiz mumkin.

🔽 BELOFF va Minstall dasturlarini yuklash (torrent fayllar)

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

⏳: 09:32 💾: 27.3 mb

📌 Mavzuga oid postlar:
- Windows 10'ni mustaqil o'rnatishni o'rganamiz

© K A Jamoasi

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #dastur / #foydali

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Microsoft yanvar oyi oxirida Windows 10 ning to'g'ridan-to'g'ri sotuvini to'xtatadi

📆 2023-yil 31-yanvardan boshlab Microsoft o‘z veb-saytidan Windows 10 litsenziyalarini sotishni to‘xtatadi.

ℹ️ 2023-yil 31-yanvar Windows 10-ni sotuvga chiqariladigan oxirgi kun bo‘ladi. Windows 10 2025-yil 14-oktabrgacha kompyuteringizni viruslar,josuslik dasturlar va boshqa zararli dasturlardan himoya qilish uchun xavfsizlik yangilanishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

✅ Microsoft yana bir necha yil davomida Windows 10-ni qo'llab-quvvatlashni to'xtatmaydi, shuning uchun mavjud Windows 10 foydalanuvchilari DirectStorage kabi asosiy yangi xususiyatlardan mahrum bo'lishdan xavotirlanishlari shart emas.

P.s: Agar Windows 10 yuklab olishni rejalashtiryotgan bo'lsanggiz ulgurib qoling!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #news / #windows10

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Qanday qilib siz ulanib turgan WiFi parolini bilish mumkin?

📶 Agar do'stingiz o'z WiFi'yi parolini siz bilishingizni istamasa, lekin sizning kompyuteringizni ulab bergan bo'lsa uning WiFi'yi parolini quyidagi usul bilan bilib olishingiz mumkin, ya'ni siz bilan kompyuter ulanib turgan WiFi parolini ko'rishni o'rganamiz:

🧑‍💻 Win + R bosib Run oynasini oching va ncpa.cpl so'zini kiriting. Sizga Network Connections oynasi ochiladi, siz u yerdan o'zingiz ulanib turgan WiFi ustiga sichqoncha bilan ikki marta bosing. Keyingi ochilgan oynadan Wireless Properties'ga bosing va u yerdan Security'ga o'ting. Network security key ostidagi Show characters'ni belgilang va siz WiFi parolini ko'rasiz.

Bosingizlar...😉

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #wifi

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Windows 10'ni aktivatsiya qilish!!

Videoda ishlatilgan dastur 👉link

🟢Windows 11' ni aktivatsiya qilish

© @it_ishkal

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #windows #videodars

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

#nocomment

🎃 Bir-biridan qiziq "Zombilar"!

🤔 P.S: bu yerda nechta Zombi borkena-a?

😅 — sizga qaysi bir tushdi, skrinshot qilib tashlang-chi!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #kayfiyat

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Windows 11 uchun Apple Music, Apple TV va Apple Devicesning yangi versiyalari chiqadi

Dasturlar yangi platforma asosida qurilgan va oldingi versiyalarga qaraganda tezroq ishlaydi va Apple Devices iTunes o'rnini egallaydi.

Apple TV har qanday kontentni 4K HDR piksellar sonida ko'rish imkonini beradi.

Barcha dasturlar faqat Windows 11 bilan ishlaydi.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #news #windows

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

USB portlaridagi SS nimani anglatadi?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #savol

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Windows 11 da File Explorerning yanggi xususiyati

🗂 Windows 11 Build 25290+ da Windows Explorer oynalari o'rtasida yorliqlarni ko'chirish xususiyatini yoqishni o'rganamiz.

ℹ️ Insider build Windows 11 Build 25290 File Explorerdagi interfeys imkoniyatlarini kengaytiruvchi yangi yashirin xususiyatni ochib berdi.Ushbu xususiyatni yoqish orqali foydalanuvchilar ochiq File Explorer oynalari orasiga yorliqlarni sudrab borishlari, shuningdek, alohida oynalarga ko‘chirishlari mumkin bo‘ladi.

📃 Maqolani to'liq o'qish

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11 / #news

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

😎 Telegramdagi postlar uchun qoldirilayotgan turli reaksiyalar loyiha rivojiga hissa qo'shadi!

"Bu telegram bo'lsa, unda hech qanday algoritm bo'lmasa, buni nima foydasi bor" deyishingiz mumkin.

Javob: Siz kanalizda yozgan postlarga obunachilar tomonidan berilgan turli reaksiyalar (👍,👎,🔥,😄,🥱 va h.k) quyidagi omillar sababli loyihangiz rivoji uchun ko'mak berishi mumkin:

- birinchi navbatda Siz (loyiha admini) ga motivatsiya beradi, ijobiy reaksiyalar (👍,🔥,👏 va h.k) qilayotgan ishingiz ko'pchilikga yoqayotganini his qilasiz va davom etasiz. Salbiy reaksiyalar (👎,🥱 va h.k) esa nimadir muammo borligini anglashingizga va izlanishingizga sabab bo'ladi. Bu esa kontent soni va sifatini oshishiga imkon beradi.

- ikkinchidan, reklama beruvchilar kanallarni analiz qilishda obunachilarning faolligi sifatida reaksiyalarga ham qarashadi. Reaksiyalar ko'p bo'ladigan kanallarni obunachilarini faol deyish mumkin (men shunday hisoblayman, chunki obunachilar uchun kanaldagi ma'lumotlar qiziq va ular ushbu kanalga befarq emas). Ushbu ijobiy xulosa sababli kanalda reklama ko'payishi mumkin, bu ham admin uchun motivatsiyaning bir yoqimli shakli🤤 ©@VMblogi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Ish stoliga Мой компьютер belgisini qanday qo'shish mumkin

1⃣ Ish stolida sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosing va Персонализацияni tanlang

2⃣ Темы bo'limiga o'ting va o'ng tomonda "Ish stoli belgisi parametrlari" menyusini bosing

3⃣ Параметры значков рабочего столаni belgilang va применить tugmasini bosing

⚠️ Ushbu lifehack faqat Windows 10 foydalanuvchilari uchun.

P.s: Tan oling buni bilmasdinggiz 😁

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #windows10

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

🖥 Kompyuteringiz yoki telefoningiz foni uchun chiroyli rasmlarni topa olmayapsizmi? Unda siz unsplash.com saytiga kirib ko'rmagansiz!

🌐 unsplash.com saytidan millionlab yuqori sifatli rasmlarni tekinga yuklab olishingiz mumkin. Saytda mahoratli suratkashlar tomonidan olingan suratlar doimiy joylab boriladi.

😎 unsplash.com - o'zingizga yoqqani oling!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #wallpapers / #sayt

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Yuklab olishdan oldin kompyuteringgiz o'yinlarni tortishini qanday bilish mumkin?

ℹ️ Biror bir o'yin yuklab olasiz albatta bu vaqt va trafik talab qiladi,o'yinni yuklab oldik deylik sizning kompyuteringgiz o'yin talablariga javob bermasa asabinggiz buzilishi turgan gap.Agar o'yinlarni tortmasdan sizning kompyuteringgizga to'gri kelish yoki kelmasligini bilishni hohlasanggiz biz sizga yordam beramiz.

1. Saytga kiring va qidiruv tizimiga yuklab olmoqchi bo'lgan har qanday o'yinni kiritamiz

2. System requirements ni bosing va pastga tushiring

3. Can I run (o'yin nomi) qatori ostida protsessoringizni, video kartangizni tanlang va NEXT ni bosing

4. Ekran o'lchami,xotirani tanlang va Check Specs ni bosing

5. Natijani ko'rasiz - kompyuteringiz o'yinni ishga tushira oladimi, qanday grafik sozlamalari va taxmin qilingan FPS ni ko'rsa bo'ladi.

🛠 Sizning kompyuteringiz o'yinni qanchalik yaxshi boshqarishini aniqlash uchun texnik xususiyatlaringizni minimal va tavsiya etilgan tizim talablarini aniqlaydi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #game / #sayt

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

ChatGPTni muallif sifatida koʻrsatib boʻlmaydi

ℹ️ ChatGPT paydo boʻlgandan beri koʻplab insonlar undan foydalanishni boshlashdi. Sunʼiy idrok mahsuli boʻlgan ushbu platformadan maqola yozishda ham foydalanish koʻpaydi. Ilmiy maqola yozishda manbaa yoki muallif aniq koʻrsatilishi kerak. ChatGPT esa muallif boʻla olmaydi. Chunki u kiritilgan mavzuga muvofiq matnni generatsiya qiladi. Maqola yozayotganda mualliflar sunʼiy intellektdan matnning qaysi qismlarini yozishda foydalanganini aniq koʻrsatishsa hech qanday tushunmovchilik boʻlmaydi.

🫣 Asosiy muammo muallif yoki manbaa koʻrsatilishi yoki koʻrsatilmasligida emas, sunʼiy idrok aksar hollarda matn ichiga nomunosib gaplarni ham qoʻshib ketishida.©terabayt.uz

P.s: Fikringgizni izohlarda yozib qoldiring.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #chatgpt

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Windows 10 ni zavod sozlamalariga qaytarish

1. Klaviaturada Win + R kombinatsiyalarini bosing

2. Обновление и безопасность va Восстановление

3. Начать tugmasini bosing

✅ Shundan so'ng fayllarni saqlagan holda kompyuterni zavod sozlamalariga qaytarishinggiz yoki butunlay o'chirib tashlashinggiz mumkin.

P.s: Agar post foydali bo'lsa reaksiya qoldiring.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows blog | #windows10 / #foydali

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Qanday qilib unutilgan Wi-Fi parolini topsa boʻladi?

ℹ️ MacOSda siz kiritgan va saqlagan har bir parol MacOS uchun parollarni boshqarish tizimi Keychain Accessda saqlanadi. Va bu Wi-Fi tarmogʻi parollarini ham oʻz ichiga oladi.

🔍 Keychain Access ilovasini ochish uchun qidiruv funksiyasidan foydalaning va quyidagilarni bajaring:

1. Keychain Access ilovasidagi System Keychains boʻlimidagi System tugmasi ustiga bosing

2. Tepadagi panelda joylashgan Passwords boʻlimiga kiring

3. Parolini bilmoqchi boʻlgan Wi-Fi tarmogʻi nomi ustiga ikki marta bosing

4. Ochilgan oynaning past qismidagi Show password chekboksi ustiga bosing.

Chekboks ustiga bosilgandan soʻng parol koʻrinadi, uni nusxalab olish mumkin.

Windowsda sal koʻproq amal bajariladi, biroq parol topishga arziydi:

1. Start menyusidan boshqaruv paneli (Control Panel) ga oʻting>Network and Internet>Network and sharing center (Windows 11da) yoki Sozlamalar>Network&Internet>Status>Network and sharing center (Windows 10da) ga oʻting

2. Connections yozuvining oʻng tomonida moviy rangda turgan Wi-Fi tarmogʻingiz nomi ustiga bosing

3. Ochilgan oynadan Wireless properties boʻlimiga oʻting va yangi ochilgan oyna tepasidagi Security boʻlimiga kiring

4. Show characters chekboksini yoqing va parol koʻrinadi. Windowsda ham parolni nusxalash imkoni bor.

🔐 Aytgancha, Windowsda ulangan tarmoqlarning hammasini parolini bittada koʻrishning boshqacha usuli ham bor. Buning uchun Windows CMDda ozgina kod yozish kerak boʻladi:

1. Boshlash + R tugmalar kombinatsiyasini bosing

2. Ochilgan Run oynasidagi matn kiritish boʻshligʻiga cmd deb yozing va OK tugmasini bosing

3. Ochilgan terminalda netsh wlan show profile deb yozing va Enter tugmasini bosing

4. Oʻzingizga kerak boʻlgan tarmoq nomini bilgach, netsh wlan show profile (Wi-Fi tarmogʻi nomi) key=clear deb yozing va Enter tugmasini bosing va Windows sizga Wi-Fi parolini beradi.

💬 Natija bergan yoki yordam zarur bo'lsa izohlarda fikringgizni yozib qoldiring!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows blog | #wifi / #windows / #macOs

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

🗂 Turli xil fayllarni guruhlaymiz

ℹ️ Ma'lumot foydali bo'lsa saqlab qo'ying.

😄 Shu bola (admin) hursand bo'lsin deb layk bosay demaysizeee.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #fayl / #foydali

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Windows 11 da fayl kengaytmalarini qanday ko'rsatish mumkin?

1. File Explorer-ni oching. Yuqoridagi Просмотреть tugmasini bosing. Agar bunday tugma bo'lmasa, uchta nuqta ustiga bosing va keyin – Просмотреть.
2. Показать bo'limiga o'ting
3. Расширения имен файлов ni belgilang.

P.s:Endi fayl kengaytmalari Explorer va ish stolida ko'rsatila boshlaydi.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #fayl / #windows11

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Telegram-ning oxirgi versiyasini o'zining rasmiy saytidan yuklab olish va o'rnatish

💻 Kompyuterga Telegram o'rnatish uchun:

1️⃣ Istalgan brauzerni oching va qidiruv tizimiga "telegram" deb qidiruv bering.
2️⃣ Qidruvning birinchi natijasi Telegram-ning rasmiy sayti (telegram.org)ga o'ting.

❕ Agar Telegram-dan online, ya'ni kompyuterga o'rnatmasdan turib foydalanmoqchi bo'lsangiz qidiruv natijalari pastrog'idagi web.telegram.org dan foydalaning (online Telegram-da programmaga qaraganda kamroq funksiya bo'ladi).

3️⃣ Saytga kirgandan so'ng pastroqda "Telegram for PC" tugmasi bosiladi va undan keyin "Get Telegram for Windows" bosiladi.

4️⃣ Telegram yuklab olingandan so'ng uni o'rnatish uchun oching va birinchi chiqqan menyudan o'zingizga keraklisini belgilang. Kerakli tilni tanlaganingizdan so'ng, programmani qayerga o'rnatishingizni belgilang (videoda D diskka o'rnatilgan, lekin C diskda qoldirib davom etishingiz mumkin). Next > Next > Install tugmasini bosishingiz bilan Telegram kompyuteringizga o'rnatiladi.

🖥 Nafaqat Telegram balki, istalgan programmani xuddi shunday struktura bilan kompyuterga oson o'rnatishingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #telegram #foydali

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Kompyuter "xarakteristika"sini ko'rish

⚙️ Windows 10 operatsion tizimida kompyuter ma'lumotlarni ko'rish uchun: Settings (Настройки) > System (Система) va eng pastida About (О системе) bo'limiga o'ting.

💾 Agar sizga yanada to'liqroq ma'lumot kerak bo'lsa, Win + R tugmalarini bosing va chiqqan oynaga msinfo32 deb yozing. Shunda sizga kompyuteringiz haqida to'liq ma'lumot ko'rsatiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #windows10 #foydali

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

#operatsion_tizim

🖱 Windows 10'da sichqoncha kursori ko‘rinishini o‘zgartirish

An’anaviy sichqoncha kursori bilan doimiy foydalanib zerikdingizmi? Tizimda qoida bo‘yicha o‘rnatilganidan tashqari yana ko‘plab boshqa kursorlar to‘plamlari mavjud. Agar ushbu to‘plamlar ham sizni qoniqtirmasa, unda Internetdan yuklab olish mumkin bo‘lgan to‘plamlarga yuzlanamiz.

1️⃣. WIN + Rcontrol mouseENTER ketma-ketligi bo‘yicha o‘tib, “Мышь” muloqot oynasini ekranga chaqiring, Ochilgan oynada “Указатели” varaqa (вкладка)sini tanlang.

2️⃣. “Схема” bo‘limida o‘z kursoringiz uchun tizim sxemalaridan birini tanlashingiz mumkin. P.S.: ularning barchasi istalgani kabi chiroyli bo‘lib tuyulmasligi mumkin.

3️⃣. Ushbu yoki boshqa biror manzildan ma’qul kelgan kursorlar to‘plam(lar)ini yuklab olishingiz mumkin. Bunday to‘plamlarning qariyb barchasida “install.inf” fayli bo‘ladi — ushbu fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va “Установить”ni tanlaymiz.

⚠️ Agar yuqorida keltirilgan saytni brauzeringizda yuklab, muayyan bir kursor to‘plami nomi ustiga bosib, keyingi ochiluvchi sahifada u bilan tanishib, yuklab olishga qaror qilsangiz, buni pastda binafsha rangdagi Начать скачивание yoki o‘ng tomondagi yashil Скачать tugmasi orqali emas, balki pastki o‘ng burchakdagi Скачать с сервера tugmasi yordamida yuklab olishni tavsiya etamiz. Qolgan ikki tugma shunchaki reklama maqsadida joylashtirilgan.

4️⃣. Kursor parametrlari oynasiga qaytamiz, ma’qul kelgan mavzuni tanlaymiz va undan ham zeriktirguniga qadar foydalanamiz. Istalgan vaqtda xuddi shu sozlamalar bo‘limiga o‘tib, yana tizim kursorini tanlashingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | @itspecuz | #windows10

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

😁 Siz qaysi tomondasiz?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #kayfiyat

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Windows'ning ichki fon suratlari qayerda joylashgan?

🧑‍💻 Win + R'ni bosamiz va ochilgan Run oynasiga web deb yozib Enter'ni bosamiz.

🖼 Ochilgan papkadan siz Windows'ni o'zining barcha ichki fon rasmlarini topishingiz mumkin.

P.S. Tan oling, buni aniq bilmasdingiz)

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #bilib_oling

Читать полностью…
Subscribe to a channel