Windows 11 Tiny11 nima?
ℹ️ Windows 11 Tiny11 – bu ishqibozlar tomonidan ishlab chiqarilgan Windows 11ning norasmiy qisqartirilgan versiyasi. Undan ko'plab o'rnatilgan vositalar va funktsiyalar olib tashlandi, bu tizimni past darajadagi kompyuterlarda foydalanishga moslashtirdi.
🆚 To'liq Windows 11 uchun minimal tizim talablari 4 GB operativ xotira va 64 GB disk maydoni. Windows 11 Tiny11 esa 2 GB RAM va 8 GB ROMga ega kompyuterlarda ishlashi mumkin.
📥 Yuklab olish uchun:
🔗 СКАЧАТЬ BETA 1 | 2,95 ГБ
🔗 СКАЧАТЬ BETA 2 | 3,64 ГБ
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11 / #lifehack
Arxiv bilan ishlash. WinRAR dasturini o'rnatish va undan foydalanish
#videodars / #arxiv
ℹ️ Arxiv - o'zida bir nechta fayllarni jamlagan fayl. Ushbu dars orqali arxivlar va ular bilan ishlashni o'rganib olasiz.
▶️ YouTube'da ko'rish (HD)
⏳: 02:56 💾: 12 mb
• Manba: @kompyuter_akademiyasi
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #videodars / #foydali
Windows 11 23H2'ga qachon yangilanadi
📆 Rasman: Windows 11 23H2 yangilanishini shu yilning kuz faslida kutib oladi.Microsoft bu uchun kam mehnat qilgani yo'q, katta o'zgarishlar va qulayliklar kiritilishi va'da berildi.
K.B: Windows 11 foydalanuvchilari shu yangilanishda ancha "bug"lardan halos bo'lishi mumkin 😄
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #news | #windows11
Rasman: Xbox E3 2023 da qatnashmaydi
📌 Microsoft Xbox kompaniyasi E3 2023 o‘yin sanoatining yillik ko‘rgazmasida qatnashmasligini tasdiqladi.
ℹ️ Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki ijtimoiy tarmoqlarda Xbox tadbirni o‘tkazib yuborishi haqida uzoq vaqtdan beri mish-mishlar yuribdi. Shuni ta'kidlash kerakki, Sony va Nintendo ham E3 2023 ko'rgazmasiga kelmaydi.
📆 E3da taqdimot qilish o'rniga Microsoft 2023-yil 11-iyunda o'zining Xbox Games Showcase ko'rgazmasini o'tkazadi.
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #xbox / #news
⌨️ Chrome brauzerida foydalanish uchun 20 ta "qaynoq" klaviaturalar •
Brauzerda yangi tab ochish uchun: CTRL + T •
Tab'ni yopish uchun: CTRL + W •
Bir tab'dan boshqasiga o'tish: CTRL + TAB •
Tab'da to'g'ridan-to'g'ri bosh menyuga qaytish: ALT + HOME •
Yopilgan oynani qayta ochish: CTRL + SHIFT + T •
Brauzerni butunlay yopish: CTRL + SHIFT + W •
Tab ochiq turgan vaqtda qidiruv qutisiga o'tish: CTRL + L •
Sahifada ichkariga-tashqariga zoom qilish uchun: CTRL + "+" yoki "-" •
Sahifani yangilash uchun: CTRL + R •
Sahifa ichidan qidirish uchun: CTRL + F •
Sahifani saqlab olish uchun: CTRL + S •
Sahifani print qilish uchun: CTRL + P •
Xatcho'p qilinganlarni sahifada ko'rish uchun: CTRL + SHIFT + B •
Xatcho'plarni boshqarish uchun: CTRL + SHIFT + O •
Sahifani xatcho'p qilish uchun: CTRL + D •
Inkognito, ya'ni "yashirin" rejimda brauzerdan foydalanish uchun: CTRL + SHIFT + N •
Brauzerda yig'ilgan ma'lumotlaringizni o'chirib yuborish uchun: CTRL + SHIFT + DELETE •
Brauzer sozlamalari sahifasini ochish uchun: ALT + E keyin S •
Brauzerdagi boshqa profilga o'tish uchun: CTRL + SHIFT + M •
Yuklab olingan bo'limiga o'tish uchun: CTRL + J
🔥 Bonus: Chrome brauzerida internet bilan ham dinozavr o'yinini o'ynashni istasangiz qidiruv qutisiga quyidagini kiriting: chrome://dino
— va ENTER'ni bosing. Bosingizlar)
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #chrome
Qanday qilib ko'pgina fayllar nomini birdaniga bitta nomga o'zgartirish mumkin?
📝 Buning uchun nomini o'zgartirmoqchi bo'lgan fayllaringizni belgilang va Rename tugmasini bosib, istalgan nomingizni bering va barcha fayllar shu nomga o'zgaradi.
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #fayl / #lifehack
Telegram 9.5 versiyaga yangilandi!
• Quvvat tejash rejimi
• Ijro tezligi sozlamalari
• Kichik guruhlarda xabarni oʻqish vaqti
• Taklif havolalarini avtomatik yuborish
• Stiker toʻplamlari uchun dinamik tartib
• Bot tavsiflari uchun tarjima
• iOS uchun ilovada yaxshilangan jildlar
• Yangi animatsiyali emojilar
• Yangi interaktiv emoji va reaksiyalar
• Koʻplab tuzatish va yaxshilanishlar
ℹ️ Yangilanish haqida batafsil — https://telegram.org/blog/power-saving/uz
~Manba: @texnologiyait
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #telegram
Qanday qilib hujjat hajmini kamaytirish mumkin?
#info / #word
1️⃣-usul
Agar hujjat eski versiya (.doc) bo'lsa hujjatni .docx formatiga o'tkazing. Ushbu format diskda juda kam joy egallaydi.
2️⃣-usul
Agar hujjatda rasmlar bo'lsa va ularni hajmini kichraytirishni xohlasangiz, saqlash paytida "Сервис" → "Сжать рисунки"ni tanlang.
3️⃣-usul
Shaxsiy va yashirin ma'lumotlarni hujjatdan olib tashlang. Buning uchun "Файл" → "Сведения" → "Найти проблемы" → "Проверить документ" bo'limiga o'ting.
Tekshirish tugagandan so'ng, "Удалить всё" tugmasini bosing. Bu usul orqali hujjatlardagi keraksiz bo'lgan ma'lumotlar (hujjatning muallifi, yashirin ma'lumotlar va h.k) ni o'chirib tashlash mumkin.
P.S. Shaxsan men o'zim 2-usuldan ko'p foydalanaman. Unutmang o'lchamini kichraytirish orqali sifatga ham ta'sir o'tkazish mumkin.
~ Manba: @Kompyuter_Akademiyasi
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #pdf / #foydali / #lifehack
IT sohasini o’rgatadigan universal ustoz mavjudmi?
— Albatta mavjud! Qaysi sohasini tanlashingizdan qat'iy nazar, bilim va ko’nikmalarni ulashuvchi telegram platforma start olgan.
BigMasterUz — "ayti" sohasida o’zini sinab ko’ruvchilar uchun maxsus loyiha! O’zbekcha kontent, tartibli yondoshuv!
👉 Batafsil: @BigMasterUz_bot
😂 Developer & bug vs tester
😎 Oramizda dasturchilar bormi?
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
🦾 Malwarebytes - siz uchun yuqori darajadagi himoya va maxfiylik!
ℹ️ Bundan avvalgi postimizda malware-lar haqida aytib o'tdik. Malware-dan himoyalanish sizning hushyorligingizga va siz ishlatayotgan xavfsizlik vositalariga bog'liqdir. Umid qilamizki, siz hushyorsiz, xavfsizlik vositasini esa biz sizga tavsiya qilamiz.
🛡 O'z nomidan ko'rinib turibdiki, Malwarebytes sizni malware-lardan himoya qiladi. Dehqonchasiga tushuntiradigan bo'lsak, Malwarebytes - bu anti-virus, anti-malware.
🔰 Malwarebytes ayrim antiviruslar topa olmay o'tkazib yuboradigan malware-larni topa oladi;
🔰 Virus hujumlarini aniqlash va bloklashda ustovorlikka ega;
🔰 Zararli veb-saytlarga, reklama tarmoqlariga kirishni oldini oladi va boshqa ko'plab xususiyatlarga ega.
📥 Malwarebytes-ni o'zining rasmiy saytidan yulab olib, o'rnatishingiz mumkin: www.malwarebytes.com
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #dastur
#foydali_link
👋 Qaysi tilni o'rganmoqchi edingiz?
Endilikda Telegram'dan chiqmagan holda zamon talabidagi tillarni bepulga o'rganishni iloji bor!
Tilchi Robot — Rus, Ingliz(+IELTS), Xitoy, Arab, Fransuz, Koreys, Turk, Yapon, Nemis, Ispan, Hind va qo‘shimcha Android lug‘atlarni o‘zida jamlagan platforma.
📌 P.S.: Botdagi darslar alohida bo‘limlarga ajratilgan, qulay interfeys, o‘zbekcha menyu, sifatli formatdagi darslardan tashkil topgan.
Manzil: 👉 @tilchi_robot
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #bot
Fayllar nomlaridagi kengaytmalar. Ular nima o'zi?
📄 Barchamiz ko'rganmiz. Hamma fayllar aynan qandaydir kengaytma bilan tugaydi. Masalan:
• rasm fayl kengaytmalari — .png .jpg
• musiqalar — .mp3
• videolar — .mp4
🖥 Fayl kengaytmalari - bu kompyuter fayllari oxiridagi nuqta bilan ajratiladigan, 2-4 harflardan iborat identifikatorlardir. Ular yordamida kompyuter faylni qaysi dastur ochish mumkinligini aniqlaydi.
🖼 Masalan, "ajoyib surat.jpg" faylini kompyuter rasm ekanligi .jpg
orqali bilib oladi va uni JPG bilan ishlaydigan biron dasturda ochadi.
🗂 Odatda Windows'da fayl kengaytmalari tizim tomonidan standart o'chirilgan bo'ladi ya'ni File Explorer'da fayl kengaytmalarini ko'rmaysiz. Ularni chiqarish uchun esa rasmdagidek qiling.
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #fayl / #bilib_oling
Telegram-ning oxirgi versiyasini o'zining rasmiy saytidan yuklab olish va o'rnatish
💻 Kompyuterga Telegram o'rnatish uchun:
1️⃣ Istalgan brauzerni oching va qidiruv tizimiga "telegram" deb qidiruv bering.
2️⃣ Qidruvning birinchi natijasi Telegram-ning rasmiy sayti (telegram.org)ga o'ting.
❕ Agar Telegram-dan online, ya'ni kompyuterga o'rnatmasdan turib foydalanmoqchi bo'lsangiz qidiruv natijalari pastrog'idagi web.telegram.org dan foydalaning (online Telegram-da programmaga qaraganda kamroq funksiya bo'ladi).
3️⃣ Saytga kirgandan so'ng pastroqda "Telegram for PC" tugmasi bosiladi va undan keyin "Get Telegram for Windows" bosiladi.
4️⃣ Telegram yuklab olingandan so'ng uni o'rnatish uchun oching va birinchi chiqqan menyudan o'zingizga keraklisini belgilang. Kerakli tilni tanlaganingizdan so'ng, programmani qayerga o'rnatishingizni belgilang (videoda D diskka o'rnatilgan, lekin C diskda qoldirib davom etishingiz mumkin). Next > Next > Install tugmasini bosishingiz bilan Telegram kompyuteringizga o'rnatiladi.
🖥 Nafaqat Telegram balki, istalgan programmani xuddi shunday struktura bilan kompyuterga oson o'rnatishingiz mumkin.
👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #telegram #foydali
🤩 What a number!
❗️Va nihoyat kanalimiz 20K foydalanuvchilarga ega bo'ldi,buning uchun kanal ma'muriyati barchanggizga katta minnaddorchilik bildiradi!
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #happy20k
Username nima?
📱 Username ijtimoiy tarmoqlar yoki saytlardagi sizning takrorlanmaydigan ismingizdir.
🆚 Nickname boshqa va username boshqa.
🔣 Username faqat 15 ta (ayrim saytlarda ko'proq) harflar, raqamlar, pastki chiziq va ayrim saytlarda nuqatani o'z ichiga olishi mumkin.
🔍 Username bilan do'stlaringiz sizni oson qidirib topishlari mumkin.
✅ O'zingiz xohlagan username-ni eng mashhur ijtimoiy tarmoqlar yoki saytlarda band yoki yo'qligini bilish uchun quyidagi uchta saytdan foydalanishingiz mumkin:
www.checkusernames.com
www.namecheckr.com
www.namechk.com
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #bilib_oling / #sayt
😂 24/7 to'xtamay ishlaymiz
ℹ️ Ushbu mohirlikni bajarish uchun ALT + TAB klaviatura birikmasini bosing,bunisi ancha tez!
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat / #hotkeys
Qaysi operatsion tizimni ishlatsam bo'ladi? degan savolga javob 😂
Rasmdan ko'rinib turibdiki, sizda 3 ta variant bor:
🍏 MacOs - Apple kompaniyasi mahsuloti va juda qimmat.
🐧 Linux - Bepul, lekin o'rganish va ishlash uchun biroz bilim kerak, lekin pullik distributivlari ham bor.
😎 Windows - siz bilgan va qotib-qotib ishlashiga ko'nikib qolgan, o'zi pullik, lekin ko'pchilik bepul ishlatadigan Microsoft mahsuloti.
• Manba: @it_ishkal
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
#operatsion_tizim
📁 Bir nechta papkani bir urinishda yaratish imkoniyati haqida bilasizmi?
Yangi papkani yaratish uchun kimdir sichqonchaning o‘ng tugmasini bosadi va menyudan Создать - Папку bandlarini tanlaydi. Yana kimdir esa CTRL + SHIFT + N
klavishlari birikmasidan foydalanadi. Hammasi yaxshikuya, biroq, masalan, 30 ta muayyan nomdagi papkani yaratish kerak bo‘lib qolsa, nima qilish kerak? 🤔
Buning uchun Командная строка bizga yordamga keladi. Papkalar yaratilishi lozim bo‘lgan manzilga o‘ting va Проводник oynasining manzil satriga cmd buyrug‘ini kiritib ENTER
'ni bosing. Ushbu buyruq kerakli manzildagi konsol oynasini chaqiradi (cd papka_manzili
buyrug‘iga o‘xshash).
So‘ngra md 1-papka 2-papka 3-papka
buyrug‘ini ishga tushiring, bu yerda md ortidan yangi papkalarning barcha nomlari probel bilan ajratgan holda sanab o‘tiladi. Agar papka nomida probel mavjud bo‘lsa, u holda buyruqda uning nomini qo‘shtirnoqlar orasida ko‘rsating. Masalan, md 1-papka 2-papka "Yangi papka"
.
🎞 Postga biriktirilgan video ko‘rsatma orqali batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin 👇🏻
📌 P.S.: md
(make directory)'ning o‘rniga mkdir
'dan foydalanish ham mumkin, agarda yaratilgan papkalarning barchasini yana o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, unda buyruqni konsol oynasiga qayta joylashtirib, buyruqning boshidagi md
(mkdir
)'ni rd
(rmdir
, remove directory)ga o‘zgartirasiz va ENTER
'ni bosasiz.
• Manba: @itspecuz
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #fayl / #lifehack / #bilib_oling
🖥 Kompyuteringiz ekrani o'lchamini bilasizmi?
🌐 Quyidagi sayt orqali kompyuteringiz ekrani o'lchami qanaqa ekanligini bilib olishingiz mumkin:
🔗 http://whatismyscreenresolution.net/
⚙️ Shuningdek, Sozlamalar > Displey bo'limidan ham bilib olishingiz mumkin.
Sizniki qanaqa ekan?
👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #display #foydali
Bethesda Starfild o'yinini qachon chiqarishini e'lon qildi
📆 Bethesda Softworks kosmik RPG Starfield 2023-yil 6-sentyabrda Xbox va kompyuter uchun chiqishini e'lon qildi.
▶️ Videoda Todd Xovard studiya rivojlanish uchun katta kuch sarflaganini va o'yin juda keng ko'lamli bo'lib chiqqanini ta'kidladi.
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #game / #news
Counter-Strike 2 yoki CS:GO yangilanishi
ℹ️ Britaniyalik taniqli jurnalist, Richard Lyuisning o'ziga yaqin bo'lgan manbaga asoslanib xabar berishicha, Counter-Strike: Global Offensive o'yini katta yangilanishni qabul qilish arafasida turibdi – Valve o'yinni Source 2 dvigatelida ko'chirmoqda.
🧑💻 Lyuisning aytilishicha, kompaniya allaqachon o'zining Sietldagi shtab-kvartirasiga yangi o'yinni sinab ko'rish uchun professional CS:GO o'yinchilari guruhini chaqirgan.
🫣 Bundan tashqari, o'tgan hafta Reddit foydalanuvchisi NVIDIA'ning yangi drayverlarida csgo2.exe va cs2.exe deb nomlanadigan fayllarni payqab qolgan.
📊 Ma’lum bo‘lishicha, Dota 2 va Half-Life: Alyx o‘yinlarida allaqachondan beri qo‘llab-quvvatlanib kelinayotgan Source 2 dvigateliga CS:GO o‘yinini ham o‘tkazish uning yanada yaxshiroq grafika va ishlash bilan ta’minlaydi.
~ Manba – terabayt.uz
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #csgo / #news
TypingClub
⌨️ Klaviaturada tez yozishni o'rganish uchun eng yaxshi saytlardan biri bu TypingClub saytidir: typingclub.com
💻 Saytga kirib, ro'yxatdan o'ting va agar to'xtamasdan 2-3 oy saytlardagi mashqlarni bajarsangiz siz ham klaviaturaga qaramay yozadiganlardan bo'lib ketasiz.
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
Thermal pads (термопрокладки) nima?
🥵 Biz yugurganimizda qiziymiz va sovush uchun birozdan so'ng terlashni boshlaymiz, chunki biz issiqlikni ko'tara olmaymiz.
🖥 Kompyuterlar ham xuddi shunday, faqat ular qiziydi xolos, terlamaydi. Kompyuter qiziganda uni sovutish uchun bizda "cooler", ya'ni sovutish ventilyatorlari bor. Ba'zan cooler ham yetarlikcha sovutolmaydi va shu sabab qo'shimcha thermal pad-lardan foydalaniladi.
ℹ️ Thermal pad - bu kompyuter qizib ketishini sekinlashtiradigan qattiq, kimyoviy materiallardir. Kompyuterda qizib ketadigan ikki narsa bu CPU va GPU hisoblanadi va shuning uchun "issiqlik kamaytiruvchi yostiqchalar" ular ustiga qo'yiladi. Bu kabi sovutish usullaridan foydalanish, albatta, kompyuteringiz uzoq yashashiga xizmat qiladi.
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #bilib_oling
Dasturlarni to'liq o'chirib yuborish haqida
💻 Ko'pchiligimizning kompyuterimizda keraksiz dasturlar bor. Ularni ishlatmasangiz o'chirib yuborishingiz kerak. Negaki, ular bekordan bekorga kompyuteringizda joyni band qiladi va ayrim paytlarda kompyuteringiz yaxshi ishlashiga xalaqit berishi mumkin.
❌ Dastur papkasi delete qilishning o'zi yechim bo'la olmaydi. Aksincha bu masalani battar chigallashtirib yuboradi.
🗑 Dasturlarni o'chirish "uninstalling" deb nomlanadi.
✅ Dasturlarni ortiqcha qiyinchiliklarsiz o'chirish uchun Iobit Uninstaller-dan foydalanishingiz mumkin. Iobit Uninstaller dasturiga kirib o'chirmoqchi bo'lgan dasturingizni tanlang va uninstall qiling.
🌐 Dasturni o'zining rasmiy saytidan yuklab olishingiz mumkin: iobit.com
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #dastur / #foydali
🔥 Windows 10 va 11'da ishlatiladigan "qaynoq klavishlar" ro'yxati (A-Z):
WIN + A — Quick Setting menyusini ochish uchun
WIN + B — System tray'ga o'tish uchun
WIN + C — Windows 10'da Cortana uchun, Windows 11'da esa Microsoft Teams'ni ochish uchun
WIN + D — Ish stoli(Rabochiy stol)ni ko'rish uchun
WIN + E — File Explorer'ni ochish uchun
WIN + F — Feedback Hub'ni ochish uchun
WIN + G — Xbox Game Bar'ni ochish uchun
WIN + H — ovozni yozish va uni tekstga o'girish funksiyasini ishga tushirish uchun (o'zbek tilida ishlamaydi)
WIN + I — Settings'ni ochish uchun
WIN + K — Connect ya'ni qurilma ekranini boshqa qurilmaga ulashish uchun
WIN + L — Kompyuterni qulflash uchun
WIN + M — Ochiq oynalarni minimallashtirish uchun
WIN + N — Windows 11'da bildirishnomalar va kalendar menyusini ochish uchun
WIN + O — qurilma orientatsiyasini qulflash uchun
WIN + P — prezentatsiya uchun qurilma displeyini sozlash menyusi
WIN + R — Run oynasini ochish uchun
WIN + S — Qidirish menyusini ochish uchun
WIN + T — Taskbar bo'ylab ilovalarni tanlash
WIN + U — Accessibility sozlamalari oynasini ochish uchun
WIN + V — Clipboard'ni ochish uchun
WIN + W — vidjetlar menyusini ochish uchun
WIN + X — Quick Link menyusini ochish uchun
WIN + Y — Mixed Reality va kompyuter kirishni o'zgartirish
WIN + Z — Windows 11'da tezkor tartiblarni ochish uchun
⌨️ Siz qaysi biridan ko'p foydalanasiz?
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #windows
🥹 It's my antivirus,my antivirus IQ 1000!
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
💾 2026-yilda 3D Nand texnologiyasi yordamida ishlangan 300 TB hajmdagi SSD xotiralar sotuvga chiqarilishi ma'lum qilindi.
🤔 Sizning kompyuteringizdagi SSD xotirasining hajmi qancha?
~ Manba - @hashtaguz
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #news / #xotira
Рабочий стол uchun ya'na bir lifehack
⚙ Ishchi stolidagi dastur yorliqlari, papka va fayllarga tegishli belgilarning hajmini o‘zgartirish uchun CTRL
'ni bosib turgan holda sichqoncha g‘ildiragini aylantiring.
✅ Shuningdek belgilar masshtabini sozlamalarga kiritilgan ushbu qaynoq klavishlar yordamida ham o‘zgartirish mumkin:
• CTRL + SHIFT + 1
– juda katta;
• CTRL + SHIFT + 2
– katta;
• CTRL + SHIFT + 3
– oddiy;
• CTRL + SHIFT + 4
– kichik.
~ Manba: @itspecuz
📃 Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ish stoliga Мой компьютер belgisini qanday qo'shish mumkin
• Windows 11 da «Выключение» tugmasi yoniga yorliqlar qo'shish
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #lifehack