kompyuter_bilimlari | Unsorted

Telegram-канал kompyuter_bilimlari - Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

-

O'zbekistondagi birinchi raqamli Windows blog! Mundarija: @kompyuterbilimlariuz Rasmiy hamkorimiz: @ZARINLIGHTok Reklama uchun: t.me/techno_ads/323 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!

Subscribe to a channel

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Protsessordagi yadrolari sonini aniqlashni o'rganamiz

ℹ️ Protsessordagi yadrolar sonini aniqlashning birinchi va ehtimol eng oson yo'li — Диспетчер задач.

Диспетчер устройств
devmgmt.msc buyrug'ini kiriting.Qurilmalar ro'yxati ochiladi. Protsessorlarni toping va ustiga bosing. Biz bir nechta bir xil chiziqlarni ko'ramiz. Ularning soni chip yadrolari soni.

✅ Agar bu siz uchun muammo tug'dirsa boshqa yo'li ham bor.

📥 AIDA64 dasturini o'rnating va Системная плата bo'limiga o'ting.Bu dastur nafaqat yadrolar sonini va kompyuterdagi barcha qurilmalar xolatini ko'rsatadi.

🔢 Ishga jalb qilingan yadrolar sonini CPU bo'limida ko'rish mumkin.

P.s: Agar bergan ma'lumotimiz foydali bo'lgan bo'lsa ijobiy reaksiyalar qoldiring!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #protsessor / #foydali

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Telefondan sichqoncha vazifasida foydalanamiz

📱 Telefonimiz ham sichqoncha vazifasini bajara oladi, faqat bu sichqonchaning vazifalari ko'proq bo'ldi. Buning uchun kompyuterimiz va telefonimizga kerakli dasturlarni o'rnatishimiz lozim.

- Telefonimizga "WIFI Mouse" dasturini o'rnatamiz
- Kompyuterimizga "WIFI Mouse server" dasturini o'rnatamiz

Ikkala dasturni ham o'rnatganimizdan so'ng kompyuter va telefonimizni bitta tarmoqqa ulaymiz, masalan: telefondan "Mobil faol nuqta" tarqatamiz va kompyuterimizdan unga ulanamiz yoki wifi'ga ikkala qurilmadan ham ulanamiz. Muhimi ikkala qurilmamiz bitta tarmoqda bo'lishi lozim

So'ng telefonimizga o'rnatilgan dasturga kiramiz va kompyuterimizni ulash tugmasi chiqadi, endi bemalol telefon orqali kompyuteringizni boshqara olasiz.

🔗 Telefon uchun "WIFI Mouse" dasturi
🔗 Kompyuter uchun "WIFI Mouse server" dasturi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Lifehackni biri!

⚡️ Grafik karta (videokarta) ishlayotganini qanday bilsa bo'ladi?

1. Ctrl + Shift + Esc tugmalarini bosing va sizga Task Manager ochiladi.
2. U yerdan Perfomance bo'limiga o'ting va agar u yerda GPU bo'lsa, unda sizning kompyuteringizda grafik karta bor va ishlamoqda.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #videokarta / #lifehack

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Operativ xotirani tozalaymiz

ℹ️ Operativ xotirani ortiqcha yukdan tozalash uchun dasturlarning fonda ishlashini to'xtatamiz va kompyuter ishlash unumdorligini oshiramiz.

1. Klaviaturangizda Win + i ni kombinatsiyalaridan foydalaning

2. Конфиденциальность bo'limini tanlang

3. Chap tarafdagi Фоновые приложения bandini bosing

– Bu yerda zarur bo‘lmagan barcha dasturlarni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Obuna bo'lishni unutmang!

⚡️ Bilasiz, instagramda sahifa ochganimizga ko'p bo'lmadi lekin sizning yordaminggiz bilam obunachilarimiz safi 15k bo'ldi va shu bilan birga eng ko'p ko'rishlar soniga ega videomiz 5millionta ko'rishlar yig'di))

😎 Hammaga raxmat – instagram.com/kompyuter_bilimlari

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #instagram / #kb

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Qanday qilib siz ulanib turgan WiFi parolini bilish mumkin?

📶 Agar do'stingiz o'z WiFi'yi parolini siz bilishingizni istamasa, lekin sizning kompyuteringizni ulab bergan bo'lsa uning WiFi'yi parolini quyidagi usul bilan bilib olishingiz mumkin, ya'ni siz bilan kompyuter ulanib turgan WiFi parolini ko'rishni o'rganamiz:

🧑‍💻 Win + R bosib Run oynasini oching va ncpa.cpl so'zini kiriting. Sizga Network Connections oynasi ochiladi, siz u yerdan o'zingiz ulanib turgan WiFi ustiga sichqoncha bilan ikki marta bosing. Keyingi ochilgan oynadan Wireless Properties'ga bosing va u yerdan Security'ga o'ting. Network security key ostidagi Show characters'ni belgilang va siz WiFi parolini ko'rasiz.

Bosingizlar...😉

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #wifi

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

😂 Windwos 12 qanaqa bo'larkin

P.s:
Shu brat faqat Windows ga taqlid qiladi 😄

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #kayfiyat

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Tog'ga sayr bugun tugadi!

– Sayr ajoyib va mazmunli bo'ldi, ko'p vaqt tog'da qolganim sababli barcha ijtimoiy tarmoqlar (telegram, instagram, twitter va h.k)ga kirishga vaqt ham imkon ham topilmadi.

Internetsiz hayot aaaancha go'zal 👍

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Grafik karta ishlayotganini qanday bilsa bo'ladi?

1. Ctrl + Shift + Esc tugmalarini bosing va sizga Task Manager ochiladi.
2. U yerdan Perfomance bo'limiga o'ting va agar u yerda GPU bo'lsa, unda sizning kompyuteringizda grafik karta bor va ishlamoqda.
3. O'ng tomon yuqoridagi burchakda grafik kartangiz nomi yozilgan bo'ladi.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #videokarta

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Рабочий стол uchun ya'na bir lifehack

⚙ Ishchi stolidagi dastur yorliqlari, papka va fayllarga tegishli belgilarning hajmini o‘zgartirish uchun CTRL'ni bosib turgan holda sichqoncha g‘ildiragini aylantiring.

✅ Shuningdek belgilar masshtabini sozlamalarga kiritilgan ushbu qaynoq klavishlar yordamida ham o‘zgartirish mumkin:

CTRL + SHIFT + 1 – juda katta;
CTRL + SHIFT + 2 – katta;
CTRL + SHIFT + 3 – oddiy;
CTRL + SHIFT + 4 – kichik.

~ Manba: @itspecuz

📃 Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ish stoliga Мой компьютер belgisini qanday qo'shish mumkin
Windows 11 da «Выключение» tugmasi yoniga yorliqlar qo'shish

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #lifehack

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Buni hech sinab ko'rmagansiz

💻 Kompyuteringizda antivirus bo'lmasa ham, siz uni virusga tekshira olishingiz mumkinligi haqida bilasizmi?

Buning uchun:
1. Win + Q ni bosing;
2. mrt deb qidiring va birinchi chiqqan dasturga kiring. Bunda sizga Malicious Software Removal Tool menyusi chiqadi;
3. Next (Далее) bosing;
4. Kerakli tekshirish turini tanlang (birinchida belgilangan tekshirish turi tavsiya qilinadi).

♻️ Shunda kompyuteringiz zararli viruslarni qidirishga tushadi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #mohirlik

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Kompyuterni asosiy xarakteristikalari va ularni aniqlash
#videodars / #kompyuter

ℹ️ Bu darsda kompyuterni asosiy xarakteristikalari (protsessor, operativ xotira, doimiy xotira, videokarta, firmasi, ekran o'lchamlari, OT va b.) haqida nazariy maʼlumotlarga ega bo'lasiz va hech qanday dastursiz ushbu ko'rsatkichlarni aniqlashni o'rganib olasiz 😎

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

⏳: 05:56 💾: 23,3 mb

Manba ~ KA Rasmiy

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #videodars

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Qaysi sohada masofadan turib ishlashingiz va boshida 2000 dollardan olishingiz mumkin?

Albatta, ITda.

Va buning uchun haftasiga 30 soat 5 yil o'qish shart emas 😏

Biz DevEducation kompaniyasida QA Engineer (sinov muhandisi) ixtisosligi bo'yicha 4 oylik onlayn kursni ishlab chiqdik, uni har qanday narsa bilan birlashtirish oson.

Kuniga 2 soat, qulay vaqtda, dunyoning istalgan nuqtasidan. Virtual laboratoriyada amaliyot va haqiqiy loyihalarda amaliyot bilan.

Shuningdek, biz Yevropa va Amerikaning o'ndan ortiq IT-kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqdamiz, ular sizning o'qish narxingizning 50% miqdorida grant berishga tayyor. Aytgancha, bu cheklangan taklif, shuning uchun arizangizni qoldiring, grant oling va IT olamiga uching!

Siz bu erda so'rov qoldirishingiz mumkin:
https://course.deveducation.com/qa/

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Malware - nima?

ℹ️ Malware (kengaytmasi: malicious software; o'zbekchada: zararli dasturiy ta'minot) bu kompyuterga, serverga yoki kompyuter tarmog'iga zarar yetkazish uchun qasddan ishlab chiqilgan har qanday dasturiy ta'minotdir.

🦠 Malware - kompyuter viruslari, worm-lar, troyan viruslari, ransomware, spyware, adware-larning "otasidir", ya'ni yuqorida sanab o'tilganlarning hammasi umumiy qilib malware deyiladi.

☠️ Malware barcha ma'lumotlarni, o'g'irlashdan tortib to butun tizimlar yoki qurilmalarni buzishgacha bo'lgan har xil xavfli ishlarni amalga oshirishi mumkin.

🛡 Malware-lardan himoyalanish foydalanuvchi hushyorligi va u ishlatadigan himoya vositalariga bog'liqdir.

📩 Zararli dasturlarni tarqatuvchilar o'z o'ljalarini "Siz iPhone X yutub oldingiz. Olish uchun bu yerga o'ting" yoki "Falon brenddan aksiya" deb o'zlariga jalb qiladilar.

P.S.: Shunday ekan har xil yolg'onlarga aldanmang,tekin pishloq faqat qopqonda bo'ladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #virus / #foydali

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Ushbu videodan hech nimani tushunmagan bo'lsanggiz demak siz hali yoshsiz!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #yoshlik

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

💻 Noutbukni tezkor quvvatlash

🔌 Noutbuk akkumulyatori tezroq quvvatlanishi uchun qurilmani har doim ham o‘chirib turish shart emas.

✈️ Shunchaki quvvatlash vaqtida qurilmani vaqtinchalik “Режим полёта”ga o‘tkazib turing.

🔋 Bu qurilmaning tashqi qurilmalar bilan simsiz aloqasini uzib turadi va Wi-Fi, Bluetooth funksiyalari faolsizlantiriladi – batareyaga bo‘lgan yuklama kamayadi.

📱 Ushbu tavsiya smartfon va planshetlaringiz uchun ham o‘rinlidir.

📃 O'qishinggiz tavsiya etiladigan qolgan foydali po'stlarimiz:

Noutbuk akumulyatoridan qanday foydalanish kerak?
Noutbukni zaryadda ushlab tursa nima bo‘ladi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #laptop / #batareya

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Oxirida kirmasa alam qiladida 😢

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Google Elgoog Games

elgoog.im Google o'yinlar ombori,eng qiziqarli va sodda o'yinlar jamlangan sayt,qisqasi zerikib qolmaysiz,ha aytgancha bu saytda Dino o'yini 3d formatdaham topishinggiz mumkin.

P.s: Siz ya'na qanday saytlarni bilasiz?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #google / #sayt / #game

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Dasturchilar tushunadi 😄

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

🗂 Turli xil fayllarni guruhlaymiz

ℹ️ Ma'lumot foydali bo'lsa saqlab qo'ying.

😄 Shu bola (admin) hursand bo'lsin deb layk bosay demaysizeee.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #fayl / #foydali

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Torrent nima? Torrent bilan ishlash
#videodars / #internet

10 Gb dan katta faylni sekin internet bilan yuklash mumkinligiga ishonasizmi? Torrent bilan buni imkoni bor.

❓Torrent bilan ishlash uchun nimalar kerak?
1. Torrent dasturi
2. Internet (sekin bo'lsa ham bo'ladi)
3. Yuqoridagi videoni to'liq ko'rish

⚠️ Torrent bilan ishlash paytida antivirusni o'chirib turish tavsiya etiladi.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

⏳: 04:16 💾: 14,2 mb

©K A Jamosi

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Zararli Blue Light

🟦 Blue Light (moviy yorug'lik) ko'zning to'r pardasiga kirib boradigan yorug'lik spektrining bir qismidir.

🖥 Ushbu yorug'lik kompyuter ekranlari va monitorlaridan ishlab chiqariladi va ko'zni tirnash xususiyati bor.

👓 Shuning uchun, Blue Light-ni to'suvchi linzalar, ko'zoynaklar ishlab chiqilgan.

🤓 Agar ko'zoynak taqishni yoqtirmasangiz yoki boshqa sabablar bo'lsa, hech bo'lmasa kompyuteringizdagi Night Light-ni yoqib qo'ying.

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali #salomatlik

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

😂🤣

😅 Siz qanaqa geymersiz?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #kayfiyat

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Telegram-ning oxirgi versiyasini o'zining rasmiy saytidan yuklab olish va o'rnatish

💻 Kompyuterga Telegram o'rnatish uchun:

1️⃣ Istalgan brauzerni oching va qidiruv tizimiga "telegram" deb qidiruv bering.
2️⃣ Qidruvning birinchi natijasi Telegram-ning rasmiy sayti (telegram.org)ga o'ting.

❕ Agar Telegram-dan online, ya'ni kompyuterga o'rnatmasdan turib foydalanmoqchi bo'lsangiz qidiruv natijalari pastrog'idagi web.telegram.org dan foydalaning (online Telegram-da programmaga qaraganda kamroq funksiya bo'ladi).

3️⃣ Saytga kirgandan so'ng pastroqda "Telegram for PC" tugmasi bosiladi va undan keyin "Get Telegram for Windows" bosiladi.

4️⃣ Telegram yuklab olingandan so'ng uni o'rnatish uchun oching va birinchi chiqqan menyudan o'zingizga keraklisini belgilang. Kerakli tilni tanlaganingizdan so'ng, programmani qayerga o'rnatishingizni belgilang (videoda D diskka o'rnatilgan, lekin C diskda qoldirib davom etishingiz mumkin). Next > Next > Install tugmasini bosishingiz bilan Telegram kompyuteringizga o'rnatiladi.

🖥 Nafaqat Telegram balki, istalgan programmani xuddi shunday struktura bilan kompyuterga oson o'rnatishingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #telegram #foydali

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

HTTP 🆚 HTTPS

🌐 Brauzerda "suzuvchilar" e'tibor bergan bo'lishlari mumkinki, ayrim saytlar https:// bilan ayrimlari esa http:// bilan boshlanadi.

🛡 HTTP bilan HTTPS orasidagi eng katta farq - bu xavsizlikdir. HTTPS saytlari himoyalangan bo'ladi, HTTP bilan boshlanadigan saytlar esa himoyalanmagan bo'ladi.

📄 HTTPS saytlarida SSL sertifikati bo'ladi va bu esa https:// saytlari himoyalanganining dalolatidir.
HTTP saytlarida bunday sertifikat bo'lmaydi.

🔓 Agar siz HTTP saytlariga ma'lumotlaringizni kiritsangiz, masalan, "parol: kompyuter_bilimlari", xakerlar buni bemalol ko'ra oladilar ya'ni sizning ma'lumotlaringiz shifrlanmaydi.

🔒 HTTPS saytlarida esa sizning ma'lumotlaringiz shifrlanadi va kiberhujumchilar sizning ma'lumotlaringiz o'rniga mana bunga o'xshagan narsalarni ko'radilar: T8UV81pQfyhDkhebbz7+oiwldr1j2gHBB3L3RFTRsQCpaSnSBZ78Vme

🤓 Xulosa: Hech qachon http:// bilan boshlanadigan saytlarga o'z ma'lumotlaringizni kiritmang!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Kompyuter hamma joyda kerak 🥸

P.s: Oxirigacha ko'rish tavsiya etiladi 😂

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

🖥 Windows ikonkalari o'zgarishlar tarixi

• Windows 1.x (1985) va Windows 2.x (1987)
• Windows 3.0 (1990)
• Windows 95 (1995)
• Windows 2000 va Windows ME (2000)
• Windows XP (2001)
• Windows Vista (2007)
• Windows 7 (2009)
• Windows 8 (2012) va 8.1 (2013)
• Windows 10 (2015)
• Windows 11 (2021)

😉 Sizga eng yoqqani qaysi bo'ldi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows / #evolutsiya

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

ZARINLIGHT sizga yangi, sifatli va hamyonbop narxda, eng muhimi kafolatli mahsulotlarni taqdim etadi!

💻Noutbuklar uchun:
• Batareyalar
• Klaviaturalar
• Korpuslar
• Shleyf
• Ekranlar
• Asosiy platalar
• Barchat turdagi SSD disklar
Kompyuter
*Dasturlash, Dizaynerlar, o‘yin, ofis uchun kompyuterlar.
• Sifatli va hamyonbop kompyuterlar
• Monobloklar
• Monitorlar
• Videokartalar
• Sichqonchalar
• Asosiy platalar
• Quvvatlovchilar
• Shleyflar
• Kulerlar
• Korpuslar
• Routerlar
• HDD, SSD va boshqa turdagi mahsulotlarni ZARINLIGHT'dan topasiz!


🌐 Saytimiz: www.zarin.uz
📲 Telegram kanalimiz: t.me/zarinlightok


ZARINLIGHT
Kompyuter Bilimlari kanali rasmiy homiysi!

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Steamda o'yinlarni qanday qilib bepul yuklab olish mumkin

📆 Steamda bepul o'yinlar tarqatish sanasini bilishni xohlaysizmi?

⚡️ Bu uchun faqat kerakli saytga kirishinggiz va steam sahiylik qiladigan vaqtlarni bilib olsanggiz yetarli. steamdb.info saytiga o'tamiz, Менюga va Бесплатные акции bo'limlariga ketma ketlikda kirib barcha ma'lumotlarni bilib olishinggiz mumkin))

▶️ Videodarslik orqali qulay o'rganing – link

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #steam / #lifehack

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

🫣 Windows 11 2001-yilda qanday ko'rinishga ega bo'lardi

📆 Agar Microsfot Windows 11 ni 22 yil oldin ishlab chiqqanida taxminan uning dizayni shu ko'rinishda bo'lardi.Bu siz uchun hunuk ko'rinishi mumkin ammo ushbu dizayn 2001-yil uchun supper!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11

Читать полностью…
Subscribe to a channel