Yetti o’lchab bir kes
⚡️ Linux OT’ga o’tish istagida bo’lsangiz, tizimni o’rnatmasdan avval sinab ko’rishingiz mumkin.
OnWorks platformasi yordamida Linux’ning eng mashhur distributivlarini brauzerning o’zida testdan o’tkazib, maqul kelganini o’rnating.
Sayt barcha brauzer va tizimlarda hatto smartfonlarda ham ishlaydi.
~ Manba
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #linux / #lifehack
Kutganmidila, tayyormisila...
GTA VI treyleri muddatidan oldin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi, Rock Star keyin YouTubega o'zi joylab qo'ya qoldi)
COMING 2025
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #gta / #news
Windows 12 haqida batafsil ma'lumot
🪦 Microsoft Windows ning muvaffaqiyatsiz Windows 10X ning vorisi bo'ladigan maxsus versiyasi ustida ishlamoqda. Loyiha 2021 yilda bekor qilingan. Windows 10X har qanday qurilmaga osongina moslasha oladigan universal tizim yaratishga urinish edi. Endi kompaniya yana urinib ko'rmoqchi.
🔗 Insayderlarning xabar berishicha, Windows 12 operatsion tizimining joriy versiyalaridan juda farq qiladi. Ular uni modulli qilishni xohlashadi. Ya'ni, OS har qanday planshet, tv, telefon va har qanday gadjetga osongina va tez moslashtirilishi mumkin
📆 Operatsion tizim 2024-yil oktabr oyiga chiqarish rejalashtirilgan.
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows12 / #news
⚡️ Kutganmidila, tayyormisila?
Barchamiz intiqib kutgan GTA VI birinchi treyleri 5-dekabr Amerika vaqti bilan soat 9:00 da chiqarmush...
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #gta / #news
O'zbek kompyuter o'rganuvchilarini kompyuter o'rganishda qiynaydigan top 10 ta muammo
#AI
🤖 ChatSonic:
O‘zbekistonliklar kompyuter bilimlarini o‘rganishda duch kelishi mumkin bo‘lgan 10 ta asosiy muammo:
1. Kompyuterni o'rganishga motivatsiya va qiziqishning yo'qligi
2. Texnik terminologiyani tushunish qiyinligi
3. Amaliyot va o'rganish uchun vaqt yo'qligi
4. Kompyuterlar va internetga kirish cheklangan
5. Infratuzilmaning yetarli emasligi va eskirgan texnologiya
6. To'g'ri yo'l-yo'riq va yordamning yetishmasligi
7. Xato qilishdan qo'rqish
8. Tushunchalarni eslab qolish va qo'llashda qiyinchilik
9. Mavzuga qiziqishning yo'qligi
10. Ta'lim va resurslarning yetishmasligi
🧐 Yuqoridagi javob AI'ning javobi hisoblanadi, bu borada Sizning fikringiz qanday? Siz qaysi raqamdagi sabablarga qo'shilasiz va yechim sifatida nimani ko'rasiz?
©KA Rasmiy
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #ai / #savol
Windows 12 ning ajoyib kontseptsiyasi taqdim etildi
⚡️ Addy Visuals YouTube kanalida interfeysdagi mumkin bo'lgan o'zgarishlarni namoyish qiluvchi ajoyib OS kontseptsiyasi paydo bo'ldi. Video muallifi tizimning ko'plab odatiy elementlarini qayta ko'rib chiqishga harakat qildi.
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows12 / #news
Обновить kompyuter tezligini oshiradimi?
🖥 Istalgan 10 ta Windows foydalanuvchilarining 9 tasi kompyuterini Обновить qilishga odatlangan. Bu shunchaki ko'pchiligimiz uchun odat, ermak bo'lib qolgan.
⚡️ Lekin shuni bilishingiz xohlar edikki, Рабочий стол'ni Обновить qilish kompyuter tezligini oshirmaydi.
🤔 Обновить (o'zbekcha: Yangilash) qachon ishlatiladi?
🗂 Рабочий стол C disk uchun tegishli oddiy papka va unda siz o'zgarishlar qilsangiz, masalan, papka ochsangiz, programma yoki yorliqlarning ikonkalarini o'zgartirsangiz авто-oбновить ishlamay qolishi yoki umuman C diskdagi Рабочий стол papkasida bajarilgan amallar to'g'ridan-to'g'ri Рабочий стол'da paydo bo'lmasligi mumkin va ana shunday holatlarda Обновить ya'ni Yangilash yordam berishi mumkin.
😉 Lekinchi, sichqonchani chiqir-chiqir qilishi yomon mazzada) Yoqadideeeee)
👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali / #bilib_oling
Kompyuteringiz protsessori 64-bit'ni qo'llab-quvvatlaydimi?
🖥 Ko'pchilik eski kompyuterlarda protsessor standart 32-bit'li bo'ladi, lekin protsessoringiz 64-bit'da ham ishlashi mumkin.
⚙️ Buni bilish uchun esa Win + I orqali Settings'ga kiring va System bo'limiga o'tib, eng pastdagi About qismiga o'ting.
U yerda siz rasmdagidek tizim turini ko'rishingiz mumkin. Agar sizda:
— 64-bit operating system, x64-based processor bo'lsa, protsessoringiz 64-bit'ni qo'llab-quvvatlaydi va sizda allaqachon 64-bit'li Windows o'rnatilgan.
— 32-bit operating system, x86-based processor bo'lsa, protsessoringiz 64-bit'ni qo'llab-quvvatlamaydi va sizda 32-bit'li Windows o'rnatilgan.
— 32-bit operating system, x64-based processor bo'lsa, protsessoringiz 64-bit'ni qo'llab-quvvatlaydi, biroq sizda 32-bit'li Windows o'rnatilgan.
⚡️ Gap shundaki, 32-bit protsessor 64-bit'ga qaraganda sekinroq ishlaydi.
👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali / #windows
Sichqoncha to'satdan ishlamay qolsa nima qilish kerak
Agar sichqonchangiz ishlamay qolsa, klaviaturadan sichqonchani boshqarish funksiyasidan foydalaning.
✅ Left Alt + Left Shift + Num Lock - Ko'rsatilgan oynada qo'shishni tasdiqlaganingizdan so'ng. Kursor klaviaturaning o'ng tomonida joylashgan raqamlar yordamida boshqariladi (NumPad)
ℹ️ Asosiy vazifalar:
• "NumLock" - emulyatsiya rejimini to'xtatib turadi yoki faollashtiradi.
• "1", "2", "3", "4", "6", "7", "8", "9" - kursorni siljitish uchun kerak bo'ladi. Faqat kerakli tugmachani bosib ushlab turing va sichqoncha kerakli yo'nalishda harakatlanadi
• "Shift" - kursor harakatini tezlashtirish
• “Ctrl” – sichqoncha kursorining tezligini pasaytiradi
• “5” – sichqonchani bir marta bosish
• "+" - sichqonchani ikki marta bosish
• "/" - sichqonchaning chap tugmasi
• "-" - o'ng tugma
• "*" - sichqonchaning o'ng va chap tugmalarini bir vaqtda bosish
• “0” - sichqoncha tugmalaridan birini ushlab turadi.
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #foydali
Fayllar hajmini kichraytiramiz
ℹ️ Har qanday video,fotosurat va PDF fayllarni hajmini hech qanday dasturlar o'rnatmasdan kichiklashtiramiz.
🗂 Onlayn konvertorning rasmiy saytiga kiring,kerakli faylni saytga yuklang va компрессии tugmasini bosing.Fayl hajmi kamaygani uning sifatiga ta'sir qilmaydi.
🔗 Sayt manzili — https://www.youcompress.com/
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #sayt / #foydali
Yaxshi ish topish uchun kompyuterni qay darajada bilish kerak?
#videodars / #kompyuter
- Yaxshi ish topish uchun kompyuterni qanchalik bilish kerak?
- Kompyuterni bilish darajasini qanday aniqlash mumkin?
- Hozirda ishga kirishda qanday bilimlar talab etilmoqda?
📌 Shu va shunga o'xshash savollarga javobni ushbu videodan olasiz!
❗️Unutmang!
🙄O'ta kamtarlik ham Sizning zararingizga ishlashi mumkin!
▶️ YouTube da ko'rish
⏳: 05:32 💾: 13.6 mb
©@kompyuter_akademiyasi
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #bilib_oling / #videodars
⚡️Apple iOS 18 da ChatGPT ga o’xshash sun’iy intellektni taqdim etadi
Tahlilchi Jeff Pu ma’lumotlariga ko’ra, Apple bu va kelgusi yilda sun’iy intellekti uchun bir necha yuzta serverlar quradi. Texnologiya virtual bulutda ham, qurilmaning o’zida ham ma’lumotlarni qayta ishlaydi.
Apple'ning generativ modeli Siri bilan birlashtiriladimi yoki kompaniya butunlay yangi chatbotni yaratadimi, hozircha noma’lum.
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #ai / #apple
Ergonomik klaviaturalar
🧐 Ko'rgan bo'lsangiz, ayrim noodatiy ikkiga ajratilgan yoki o'rtasidan bo'lingan klaviaturalardan foydalanishadi. Xo'sh, bu qanday klaviatura va nimaga kerak?
⌨️ Siz rasmlarda ko'rib turgan klaviaturalar ergonomik klaviaturalar deyiladi. Bu turdagi klaviaturalar mushaklarning zo'riqishini, charchoq va boshqa muammolarni oldini olish va kompyuterda ishlash samaradorligini oshirish uchun o'ylab topilgan.
👐 Ergonomik klaviaturalar odatda V shaklida qurilgan bo'lib, qo'llar tabiiy burchak ostida bo'ladi va mushaklar ortiqcha zo'riqmaydi.
💻 Umuman ergonomik klaviaturalar qulay, sog'liq uchun foydali va kompyuterda ishlash tezligini oshiradi.
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #klaviatura / #manba
PC Health Check'dan yaxshiroq utilita ishlab chiqildi
🧑💻 Dasturchilar kompyuteringizga nima uchun Windows 11'ni o'rnata olmasligingizni batafsil aytib beradigan WhyNotWin11 utilitasini ishlab chiqishibdi.
🐱 WhyNotWin11'ni o'zining rasmiy GitHub sahifasidan yuklab olishingiz mumkin: link
😤 Noutbukimda CPU avlodi, Secure Boot va TPM Windows 11 bilan kelisha olmas ekan. Sizdachi?
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11 / #sayt
Dasturchilardek yozishni istaysizmi?
⚡️ SpeedCoder – Oddiy yozishni o'rgatadigan saytlarga qaraganda bu sayt sizni zeriktirib qo'ymaydi, chunki bu saytda haqiqiy dasturchilar yozadigan kodlarni yozib o'rganasiz.
🔗 Sayt havolasi – speedcoder.net
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
Masofadan turib kompyuterni yoki telefonni boshqarish
↔️ Anydesk - bu bir qurilmadan turib boshqa qurilmani boshqarish imkonini yaratib beruvchi dastur hisoblanadi.
🖥 Anydesk ishlashi uchun masofadan boshqarmoqchi bo'lgan va o'zingizning qurilmangizda AnyDesk o'rnatilgan va internetga ulangan bo'lishi kerak.
📥 Kompyuter uchun anydesk.com saytidan, telefon uchun Play Store yoki App Store-dan AnyDesk-ni yuklab olishingiz mumkin.
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #dastur / #foydali
Orzular mamlakatida maoshlar qancha?
📊 Reytingga ko‘ra, 2023-yilda Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi eng talabgir 10ta kasblar va ularning yillik maoshlari:
1. Dasturiy ta’minot muhandisi – 120 ming 730 dollar (o‘rtacha yillik ish haqi)
2. Amaliyotchi hamshira – 120 ming 680 dollar;
3. Tibbiy xizmatlarni sotish menejyeri – 101 ming 340 dollar;
4. Shifokor yordamchisi – 121 ming 530 dollar;
5. Axborot xavfsizligi tahlilchisi – 102 ming 600 dollar;
6. Fizioterapevt – 95 ming 620 dollar;
7. Moliyaviy menejyer – 131 ming 710 dollar;
8. IT menejyeri – 159 ming 10 dollar;
9. Veb-dasturchi – 77 ming 30 dollar;
10. Stomatolog – 160 ming 370 dollar.
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #manba / #amerika
⚡️ Gamerlar uchun yomonidan
Ushbu sayt orqali top kompyuter oʻyinlarini kompyuteringiz koʻtara olishi yoki olmasligini tekshirsangiz boʻladi.
📍Sayt manzili 👉 technical.city/ru/can-i-run-it
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #game / #sayt
Telegram tezkor klaviatura kombinatsiyalari
⌨️ Kompyuterda ham Telegramdan foydalanar ekanmiz quyidagi klaviatura kombinatsiyalarini bilib qo'yganimiz yaxshi:
CTRL + F — chatdan qidirish;
CTRL + M — minimallashtirish;
CTRL + W — yopish;
CTRL + Q — butunlay yopish;
CTRL + L — qulflash (agar parol qo'ygan bo'lsangiz);
Siz qaysi biridan ko'p foydalanasiz?
👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #hotkeys #telegram
Turli xarakteristikalarni aniqlash uchun servis saytlar
#manba
ℹ️ Kompyuter yoki internetimizga bog'liq ma'lumotlarni aniqlash uchun doimo ham alohida dastur o'rnatish shart emas. Quyidagi servis saytlar orqali yetarlicha ma'lumotlarni olishingiz mumkin:
• whatsmydns.net - domen nomining joriy IP manzili va DNS yozuvi ma'lumotlarini dunyoning turli burchaklarida joylashgan bir nechta nom serverlariga nisbatan tekshirish imkonini beradi.
• whatsmygps.com - Kenglik va uzunlik koordinatalarini qanday topishni bilasizmi? Bu Yerdagi istalgan joyning kenglik va uzunlik manzilini topishning oson usuli!
• whatsmygpu.com - Sizda qanday GPU borligi va uning statistikasi qanday ekanligini aniqlashga yordam beradi.
• whatismybrowser.com - Siz qaysi brauzer va uning qaysi versiyasidan foydalanayotganingizni bilib olasiz.
• iplocation.net/find-ip-address - Kompyuteringizning umumiy IP manzilini ko'rsatadi.
• fast.com - Hozirgi internet tezligingizni aniqlashga ko'mak beradi.
Manba: KA Jamoasi
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
🖥 Kompyuteringiz yoki telefoningiz foni uchun chiroyli rasmlarni topa olmayapsizmi? Unda siz unsplash.com saytiga kirib ko'rmagansiz!
🌐 unsplash.com saytidan millionlab yuqori sifatli rasmlarni tekinga yuklab olishingiz mumkin. Saytda mahoratli suratkashlar tomonidan olingan suratlar doimiy joylab boriladi.
😎 unsplash.com - o'zingizga yoqqani oling!
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #wallpapers / #sayt
ZARINLIGHT sizga yangi, sifatli va hamyonbop narxda, eng muhimi kafolatli mahsulotlarni taqdim etadi!
💻Noutbuklar uchun:
• Batareyalar
• Klaviaturalar
• Korpuslar
• Shleyf
• Ekranlar
• Asosiy platalar
• Barchat turdagi SSD disklar
Kompyuter
*Dasturlash, Dizaynerlar, o‘yin, ofis uchun kompyuterlar.
• Sifatli va hamyonbop kompyuterlar
• Monobloklar
• Monitorlar
• Videokartalar
• Sichqonchalar
• Asosiy platalar
• Quvvatlovchilar
• Shleyflar
• Kulerlar
• Korpuslar
• Routerlar
• HDD, SSD va boshqa turdagi mahsulotlarni ZARINLIGHT'dan topasiz!
📲 Telegram kanalimiz: t.me/zarinlightok
ZARINLIGHT ⁃ Kompyuter Bilimlari kanali rasmiy homiysi!
💻 Microsoft Windows 11'ning "CMD"siga ChatGPT qo'shibdimish
Bu terminaldan odamlar tushunarli tarzda oddiygina foydalanishlari uchun imkon yaratar ekan.
👀 Yana nima uchun AI qo'shilgan deb o'ylaysiz?
Manba: @hashtaguz
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11 / #ai
Ishinggizni osonlashtiruvchi 7 ta tezkor tugmalar
1. Win + E – Мой компьютерni ochadi;
2. Alt + F4 – Faol oyna/dasturni yopadi;
3. Ctrl + A – Barcha matn,papka yoki fayllarni belgilaydi;
4. Ctrl + C – Barcha belgilangan matn,papka yoki fayllardan nusxa oladi;
5. Ctrl + X – Barcha belgilangan matn,papka yoki fayllarni ko'chirib oladi;
6. Ctrl + V – Barcha nusxalangan matn,papka yoki fayllarni joylaydi;
7. Ctrl + Shift + N – Yangi papka yaratish.
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #foydali
Telefondan sichqoncha vazifasida foydalanamiz
📱 Telefonimiz ham sichqoncha vazifasini bajara oladi, faqat bu sichqonchaning vazifalari ko'proq bo'ldi. Buning uchun kompyuterimiz va telefonimizga kerakli dasturlarni o'rnatishimiz lozim.
- Telefonimizga "WIFI Mouse" dasturini o'rnatamiz
- Kompyuterimizga "WIFI Mouse server" dasturini o'rnatamiz
Ikkala dasturni ham o'rnatganimizdan so'ng kompyuter va telefonimizni bitta tarmoqqa ulaymiz, masalan: telefondan "Mobil faol nuqta" tarqatamiz va kompyuterimizdan unga ulanamiz yoki wifi'ga ikkala qurilmadan ham ulanamiz. Muhimi ikkala qurilmamiz bitta tarmoqda bo'lishi lozim
So'ng telefonimizga o'rnatilgan dasturga kiramiz va kompyuterimizni ulash tugmasi chiqadi, endi bemalol telefon orqali kompyuteringizni boshqara olasiz.
🔗 Telefon uchun "WIFI Mouse" dasturi
🔗 Kompyuter uchun "WIFI Mouse server" dasturi
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #foydali
Googledan yana bir ajoyib web dastur.
LINK: 👉 AutoDraw.com
⚡️ Sahifaga kirib qo'lingizdan kelgancha oddiy rasm chizasiz, sun'iy intellekt esa sizning chizmangizni nima ekanligini aniqlab, bir nechta variantlar taklif qiladi.
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
🎮 Gamer'lar oilasi bo'lganda qanday bo'lar edi?
Mazzami?
Mexmonga chaqirmasmikin-aa?
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #gamer / #mazzami
🔥 Windows 10 va 11'da ishlatiladigan "qaynoq klavishlar" ro'yxati (A-Z):
WIN + A — Quick Setting menyusini ochish uchun
WIN + B — System tray'ga o'tish uchun
WIN + C — Windows 10'da Cortana uchun, Windows 11'da esa Microsoft Teams'ni ochish uchun
WIN + D — Ish stoli(Rabochiy stol)ni ko'rish uchun
WIN + E — File Explorer'ni ochish uchun
WIN + F — Feedback Hub'ni ochish uchun
WIN + G — Xbox Game Bar'ni ochish uchun
WIN + H — ovozni yozish va uni tekstga o'girish funksiyasini ishga tushirish uchun (o'zbek tilida ishlamaydi)
WIN + I — Settings'ni ochish uchun
WIN + K — Connect ya'ni qurilma ekranini boshqa qurilmaga ulashish uchun
WIN + L — Kompyuterni qulflash uchun
WIN + M — Ochiq oynalarni minimallashtirish uchun
WIN + N — Windows 11'da bildirishnomalar va kalendar menyusini ochish uchun
WIN + O — qurilma orientatsiyasini qulflash uchun
WIN + P — prezentatsiya uchun qurilma displeyini sozlash menyusi
WIN + R — Run oynasini ochish uchun
WIN + S — Qidirish menyusini ochish uchun
WIN + T — Taskbar bo'ylab ilovalarni tanlash
WIN + U — Accessibility sozlamalari oynasini ochish uchun
WIN + V — Clipboard'ni ochish uchun
WIN + W — vidjetlar menyusini ochish uchun
WIN + X — Quick Link menyusini ochish uchun
WIN + Y — Mixed Reality va kompyuter kirishni o'zgartirish
WIN + Z — Windows 11'da tezkor tartiblarni ochish uchun
⌨️ Siz qaysi biridan ko'p foydalanasiz?
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #windows
⚡️Sun’iy intellekt mutaxassislari boshqa IT mutaxassislariga qaraganda ko’proq maosh olishadi
Levels.fyi hisoboti shuni ko’rsatadiki, sun’iy intellekt bo’yicha mutaxassislar boshqa IT kasblariga qaraganda 8-12,5% ko’proq maosh oladi.
Yetakchi mutaxassis yiliga 200 ming dollardan 370 ming dollargacha maosh oladi, ayrim kompaniyalarda bu ko’rsatkich 450 ming dollarga yetishi mumkin. Bundan tashqari, bonuslar va aksiyalar ish haqqini 800 ming dollargacha oshirishi mumkin.
Bu sohani hozirdan o’rganishni boshlasangiz kelajakda aniq ishsiz qolmaysiz.
Manba: DigiTech
👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #ai / #manba