kompyuter_bilimlari | Unsorted

Telegram-канал kompyuter_bilimlari - Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

-

O'zbekistondagi birinchi raqamli Windows blog! Mundarija: @kompyuterbilimlariuz Rasmiy hamkorimiz: @ZARINLIGHTok Reklama uchun: t.me/techno_ads/323 Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!

Subscribe to a channel

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Windows 11/10 da ovoz bilan matn kiritish

🗣 Windows 11/10 da ovozingiz bilan matn kiritish imkonini beruvchi ichki funksiys mavjud.

Ovozli matnni ochish uchun siz WIN + H tugmalar birikmasini bosishingiz kerark.Har qanday matn maydonida ushbu kombinatsiyani bosing va matnni yozing. Diktantni to'xtatish uchun tezkor tugmani qaytadan bosing.

Matn yuqori sifatli bo'lishi uchun tinish belgilari bilan xotirjam ovozda aytilishi kerak.

➡️ Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #windows

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Nimaga "Chrome dino" o'yini uchun dinozavr tanlangan?

🌐 Xo'sh, nima uchun dinozavr mavzusi? Chrome dizayneri Sebastyan Gabrielning so'zlariga ko'ra, bu Internet mavjud bo'lmagan vaqtga, ya'ni "Dinozavrlar davriga" qaytish o'yinidir. Shuning uchun ham o'yin personaji sifatida dinozavr tanlangan.

📱 O'yin 2014-yil sentyabr oyida chiqarildi, lekin dastlab ba'zi platformalarda, ayniqsa eski Android qurilmalarida ishlashga qiynaldi. Bu qayta yozishni talab qildi va u o'sha yilning dekabriga qadar yakunlandi. Chrome UX muhandisi Edvard Yunga ma'lumotlariga ko'ra, o'yin har oy 270 million martadan ko'p o'ynaladi.

➡️ Birinchi raqamli Windows Blog | #qiziq / #fakt

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Klaviaturada bo'lmagan maxsus belgilarni kiritish uchun panelni qanday chaqirish mumkin?

💻 Windows 10 da Belgilar panelini ochish uchun quyidagi amallarni bajaring:

1. Win + ; klaviatura yorlig'ini bosing yoki Win + . (nuqta);
2. Ekranda belgilar satri ochiladi;
3. Ro‘yxatdan kerakli belgini tanlang yoki kerakli belgini topish uchun qidiruv funksiyasidan foydalaning;
4. Belgini hujjat yoki matn maydoniga kiritish uchun ustiga bosing.

➡️ Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #lifehack

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

📲 Ijtimoiy tarmoqlardan uzoq vaqt foydalanishni davom ettirish uchun sport bilan shug’ullanishga undaydigan dastur ishlab chiqildi.

ClearSpace'da kameraga qanchalik ko’p sport bilan shug’ullansangiz , ijtimoiy tarmoqlardan shuncha ko’p foydalana olasiz. Dasturni aldashning iloji yo’q, sun’iy intellekt harakatlarni kuzatadi va keyin boshqa ilovalarga kirishga ruxsat beradi.

👉 Ilovani yuklab olish uchun havola.

Hozircha ilova faqat iPhone uchun mavjud, lekin baribir undan foydalanmasangiz kerak :)

🅿️ DigiTech

➡️ Birinchi raqamli Windows Blog | #news / #dastur

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Neyron tarmoqlar jamlanmasi
#manba / #AI / #neyrotarmoq

ℹ️ Ushbu jadvalchalar yordamida siz turli xil vazifalar uchun eng mashhur neyron tarmoqlarni topishingiz mumkin.

©️Kompyuter Akademiyasi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #tarmoq

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Turli xarakteristikalarni aniqlash uchun servis saytlar
#manba

ℹ️ Kompyuter yoki internetimizga bog'liq ma'lumotlarni aniqlash uchun doimo ham alohida dastur o'rnatish shart emas. Quyidagi servis saytlar orqali yetarlicha ma'lumotlarni olishingiz mumkin:

• whatsmydns.net - domen nomining joriy IP manzili va DNS yozuvi ma'lumotlarini dunyoning turli burchaklarida joylashgan bir nechta nom serverlariga nisbatan tekshirish imkonini beradi.

• whatsmygps.com - Kenglik va uzunlik koordinatalarini qanday topishni bilasizmi? Bu Yerdagi istalgan joyning kenglik va uzunlik manzilini topishning oson usuli!

• whatsmygpu.com - Sizda qanday GPU borligi va uning statistikasi qanday ekanligini aniqlashga yordam beradi.

• whatismybrowser.com - Siz qaysi brauzer va uning qaysi versiyasidan foydalanayotganingizni bilib olasiz.

• iplocation.net/find-ip-address - Kompyuteringizning umumiy IP manzilini ko'rsatadi.

• fast.com - Hozirgi internet tezligingizni aniqlashga ko'mak beradi.
©KA Jamoasi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Klaviaturada yozish tezliginggizni test qilish uchun eng top sayt

🔗 Sayt manzili – monkeytype.com

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #typing / #sayt

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

⚡️Dunyodagi eng qimmat saytlarning narxi qancha?

Saytlar bugungi kunda TV dan ko'ra ko'proq insonlar diqqat markazidadir. Biz quyida dunyodagi eng qimmat deya ataluvchi saytlar va ularning narxini ko'rib chiqamiz:

— Twitter $500 mln;
— Wikipediya $710 mln;
— Facebook.com $1 mlrd;
— Youtube.com $1,8 mlrd;
— google.com $2 mlrd;

Saytlar inson tashrifi va mashxurligiga qarab narxlangan va bu narx ichiga kompaniya kirmaydi. Birgina dunyodagi eng qimmat sayt google'ni oladigan bo'lsak har oyda ushbu tizimdan 2 mlrddan ko'proq inson foydalanadi.

© @NarxiQancha

👩‍💻 Birinchi raqamli Windows Blog | #qiziq / #sayt

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Windowsda yana bir fishka, buni anqi bilmagansiz

ℹ️ Windowsda keraksiz vaqtinchalik fayllarni tozalash orqali qattiq diskdagi bo'sh joyni qanday tez oshirishni bilasizmi?

1. File Explorer-ni oching va tozalamoqchi bo'lgan drayverni tanlang;
2. Tanlangan diskni o'ng tugmasini bosing va Свойстваni tanlang;
3. Свойства диска oynasida Очистка диска tugmasini bosing;
4. Skanerlash tugashini kuting;
5. O'chirmoqchi bo'lgan fayllarni tanlang va OK tugmasini bosing.

📥 CCleaner yoki Disk Cleanup Utility kabi vaqtinchalik fayllarni tozalash uchun uchinchi tomon dasturlaridan ham foydalanishingiz mumkin))

👩‍💻 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows / #lifehack

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Windows vs Linux

Siz qaysi OTdan foydalanasiz?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #linux / #windows

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Windows operatsion sistemasining shu kungacha boʻlgan logo evolyutsiyasi

P/s: Sizga qaysi biri yoqdi?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #evolutsiya

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

GPT-3 🆚 GPT-4 farqi

GPT-3 🔥
GPT-4⚡️

▶️ Birinchi raqamli Windows Blog | #gpt / #vs

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

💻 Dasturlashning turli yo'nalishlari uchun "very" foydali top saytlar

PYTHON – Python.org
JAVA – Educative.io
C++ – LearnCpp.com
JAVASCRIPT – Codementor.io
C# – Tutorialspoint.com
SWIFT – Swift.org
KOTLIN – kotlinlang.org
RUBY – RubyMonk.com
SCALA – Udemy.com
PHP – CodeCourse.com

P/s: Ro'yxatni izohlarda davom ettirishingiz mumkin))

▶️ Birinchi raqamli Windows Blog | #coder / #link

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

📈 Dunyodagi 25 ta eng yirik saytlar trafigini

👀 Taqiqlangan saytlarni bo'yab qo'ydik!

👉🏼 Birinchi raqamli Dasturlash Blog | #manba / #sayt

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

😂 24/7 to'xtamay ishlaymiz

ℹ️ Ushbu mohirlikni bajarish uchun ALT + TAB klaviatura birikmasini bosing,bunisi ancha tez!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat / #hotkeys

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

🔔Veb-dasturlashga qiziqadiganlar diqqatiga‼️

- Veb-Dasturlash bo'yicha bilimlaringizni tekshirish yoki qiziqarli ma'lumotlar olishni hohlaysizmi⁉️...

Unday bo'lsa Conordev kanali aynan siz uchun🫵
Kanalda:


👩‍💻Html
👩‍💻Css
👩‍💻Javascript
👩‍💻Phyton

Haqida qiziqarli ma'lumotlar, IT memlar, online darslar va Veb-dasturlashga oid Quizlarni topishingiz mumkin🔥

📍Manzil: @Conordevs_Blogs

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

💻 3ds Max dasturi uchun qanday kompyuter kerak?

✈️ Barchaga ma'lumki grafikaga bog'liq dasturlar uchun kuchli kompyuter talab etiladi. 3ds Max uchun ham shunday kuchli kompyuter talab etiladi.

Boshlang'ich:
• Protsessor — Intel Core i5 (9-avlod tepasi) yoki AMD Ryzen 5 (3-avlod tepasi)
• Videokarta — nVidia yoki AMD yoki Intel, 4GB, GDDR6
• Tezkor xotira — 8GB, DDR4
• Asosiy xotira — SSD 128GB + yoki HDD 512GB +

Normal ishlash uchun:
• Protsessor — Intel Core i7 (10-avlod tepasi) yoki AMD Ryzen 7 (4-avlod tepasi)
• Videokarta — NVidia GeForce GTX yoki RTX, 4 yoki 6GB, GDDR6
• Tezkor xotira — 16GB +, DDR4
• Asosiy xotira — SSD 256 yoki 512GB + & HDD 1TB +

Bemalol ishlash uchun:
• Protsessor — Intel Core i9 (10-avlod tepasi) yoki AMD Ryzen 9 (4-avlod tepasi)
• Videokarta — NVidia GeForce RTX, 8GB +, GDDR6
• Tezkor xotira — 32GB +, DDR4 yoki DDR5
• Asosiy xotira — SSD 1TB +

➡️ Birinchi raqamli Windows Blog | #qiziq / #foydali

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

⚡️ Crack dasturlarni qayerdan yuklaysiz

Kompyuteringiz uchun barcha pro dasturlarning bepul cracked versiyalarini yuklab olishingiz mumkin bo'lgan sayt.

LINK: igetintopc.com

➡️ Birinchi raqamli Windows Blog | #dastur / #sayt

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Caps Lock, Num Lock yoki Scroll lock tugmalari bosilganida tovush chiqadigan qilish

⌨️ Ba'zida Caps Lock yoki Num Lock tugmalarini tasodifan bosib yuborganimizni bilmay qolamiz va bu qandaydir odamga yoqmaydigan holatdir. Keling ular har safar bosilganida ovoz chiqaradigan qilib sozlaymiz.

🧑‍💻 Buning uchun Settings dasturiga kirib, u yerdan Ease of Access bo'limiga o'tamiz va u yerdan eng pastga tushib Keyboard'ga o'tamiz. U yerdan esa Use Toggle Keys deganini yoqib qo'yamiz.

🔉 Ana endi har safar Caps Lock, Num Lock yoki Scroll lock tugmalaridan biri bosilib ketganidan "tit" kabi o'chirish uchun bosilganida esa "tut" kabi tovush chiqa boshlaydi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

O‘zbekistonda kiberxavfsizlik ta’minlangan davlat tashkilotlarining Top-10 taligi

🔐 Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning ta’minlanganligi holati bo‘yicha yakuniy natijalari reytingi.

Axborot va kiberxavfsizlik ta’minlangan Top-10 tashkilotlar ro‘yxati:

🥇 Adliya vazirligi — 97.3 ball
🥈 Markaziy bank — 97 ball
🥉 Davlat statistika qo‘mitasi — 95.2 ball
4⃣ Davlat bojxona qo‘mitasi — 95.1 ball
5⃣ O‘zsanoatqurilishbank" aksiyadorlik tijorat banki — 95.1 ball
6⃣ Farg‘ona viloyati xokimligi — 94.6 ball
7⃣ Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 92.6 ball
8⃣ Navoiy kon-metallurgiya kombinati — 92.3 ball
9⃣ Toshkent shahar xokimligi — 91.9 ball
🔟 Namangan viloyati xokimligi — 91.7 ball

🤔 Qiziq, qanaqa antivirus ishlatisharkin? Katta ehtimol bilan ESET bo'lsa kerak a?

👩‍💻 Birinchi raqamli Windows Blog | #kiberxavfsizlik

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Wi‐Fi kuchini qanday aniqlash mumkin?

📶 Aytaylik, Wi-Fi'ingiz signali kuchini bilmoqchisiz. Buning siz Taskbar'dagi Wi-Fi ikonkasi ustiga bosasiz va ulanib turgan vayfayingiz qatorlari "nechta chiqayotganiga" qaraysiz. Bitta chiqayotgan bo'lsa, past. Ikki yoki uchta chiqayotgan bo'lsa o'rtacha, to'liq chiqayotgan bo'lsa signal kuchli chiqayotgan bo'ladi va demak, vayfay sizga juda yaqin joyda turgan bo'ladi.

📃 Lekin sizga yanada aniq javob kerak bo'lsa, unda quyidagi amalni bajaring:

🧑‍💻 Command Prompt (cmd yoki terminal) dasturini ishga tushiring. Unga quyidagini kiritib, Enter'ni bosing:

netsh wlan show interfaces

🌐 Buyruq ishga tushadi va sizga rasmdagidek, vayfayingiz signali qanchalik kuchli ekanligini foizda ko'rsatib beradi.

Xo'sh, sizda necha foiz ekan?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #wifi / #lifehack

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Noutbuk brendi qanchalik muhim?

🤔 Yangi noutbuk sotib olishda ko'pchilikni shu savol o'ylantiradi: "Qaysi brenddagi noutbuk yaxshi?"

💻 Hammasi zo'r. Lenovo, HP, Dell, Asus, Acer barchasi sifatli noutbuk ishlab chiqaradi. Balki ularning qaysi biriningdir dizayni sizga yoqmasligi mumkin, lekin noutbuk yaxshi.

⚙️ Notebook olayotganda brendga e'tibor bermang. Noutbuk xususiyatlari muhimroq. Noutbuk qancha kuchli bo'lsa uning narxi ham shuncha "kuchli" bo'ladi.

📊 Ma'lumotlarga ko'ra, quyida notebook ishlab chiqaruvchilarining qaysi biri yetakchilik qilayotganligini ko'rishingiz mumkin:

Lenovo — yiliga 62.97 mln noutbuk ishlab chiqaradi.
HP — 57.92mln
Dell — 43.96 mln
Apple — 18.35 mln
Acer — 14.76 mln
Asus — 14.48 mln

💠 Shuningdek, Microsoft ham o'zining Surface nomli noutbuklarini ishlab chiqaradi. Apple'niki o'zingiz bilasiz.

Menda ASUS. Sizdachi?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Apple Vision Pro narxiga nimalar sotib olish mumkin?

📱 Siz qaysi tarafdasiz?

👩‍💻 Birinchi raqamli Windows Blog | #apple / #qiziq

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

▶️ 2005-yil YouTube dizayni

ℹ️ 2005-yil 14-fevral YouTubega asos solingandan so'ng YouTubega bir qancha o'zgarishlar kiritildi,dizayn soddalashdi va ko'plab insonlarga xizmat ko'rsatdi.

P.s: YouTubega kelgusi ishlarida omad tilab qolamiz!

👩‍💻 Birinchi raqamli Windows Blog | #youtube / #bilib_oling

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

🔥 Windows 10 va 11'da ishlatiladigan "qaynoq klavishlar" ro'yxati (A-Z):

WIN + A
— Quick Setting menyusini ochish uchun
WIN + B — System tray'ga o'tish uchun
WIN + C — Windows 10'da Cortana uchun, Windows 11'da esa Microsoft Teams'ni ochish uchun
WIN + D — Ish stoli(Rabochiy stol)ni ko'rish uchun
WIN + E — File Explorer'ni ochish uchun
WIN + F — Feedback Hub'ni ochish uchun
WIN + G — Xbox Game Bar'ni ochish uchun
WIN + H — ovozni yozish va uni tekstga o'girish funksiyasini ishga tushirish uchun (o'zbek tilida ishlamaydi)
WIN + I — Settings'ni ochish uchun
WIN + K — Connect ya'ni qurilma ekranini boshqa qurilmaga ulashish uchun
WIN + L — Kompyuterni qulflash uchun
WIN + M — Ochiq oynalarni minimallashtirish uchun
WIN + N — Windows 11'da bildirishnomalar va kalendar menyusini ochish uchun
WIN + O — qurilma orientatsiyasini qulflash uchun
WIN + P — prezentatsiya uchun qurilma displeyini sozlash menyusi
WIN + R — Run oynasini ochish uchun
WIN + S — Qidirish menyusini ochish uchun
WIN + T — Taskbar bo'ylab ilovalarni tanlash
WIN + U — Accessibility sozlamalari oynasini ochish uchun
WIN + V — Clipboard'ni ochish uchun
WIN + W — vidjetlar menyusini ochish uchun
WIN + X — Quick Link menyusini ochish uchun
WIN + Y — Mixed Reality va kompyuter kirishni o'zgartirish
WIN + Z — Windows 11'da tezkor tartiblarni ochish uchun

⌨️ Siz qaysi biridan ko'p foydalanasiz?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #windows

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

O'zimiz uchun tezkor tugmalar yaratamiz

⌨️ Kompyuterda ishlash samaradorligini oshirish va vaqtda ozgina bo'lsa ham yutish uchun programmalarimizni klaviatura kombinatsiyalari bilan ochishni ko'rib chiqamiz.

💻 Istalgan programmangiz yorlig'i ustiga sichqoncha chap tugmasi bilan bosing eng pastdagi Properties-ga kiring.

*️⃣ Shortcut key-ga Ctrl + Alt + "istalgan harf"-ni kiriting va Apply, OK-ni bosing.

😉 Endi Ctrl + Alt + "kiritilgan harf"-ni bosganingizda sizga programmangiz ochiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #lifehack

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

😂 Siz haqinggizda fakt

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #kayfiyat

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Oxirida kirmasa alam qiladida 😢

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Torrent nima? Torrent bilan ishlash
#videodars / #internet

10 Gb dan katta faylni sekin internet bilan yuklash mumkinligiga ishonasizmi? Torrent bilan buni imkoni bor.

❓Torrent bilan ishlash uchun nimalar kerak?
1. Torrent dasturi
2. Internet (sekin bo'lsa ham bo'ladi)
3. Yuqoridagi videoni to'liq ko'rish

⚠️ Torrent bilan ishlash paytida antivirusni o'chirib turish tavsiya etiladi.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

⏳: 04:16 💾: 14,2 mb

©K A Jamosi

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali

Читать полностью…

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

⚡️ Windows 10 va Windows 11 birlashtirilsa qanday bo'lardi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #qiziq / #windows

Читать полностью…
Subscribe to a channel