Пахта-тўқимачилик кластерлари фаолиятини янада такомиллаштириш, қишлоқ хўжалиги тармоқларини қўллаб-қувватлаш бўйича ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.
Батафсил — юқоридаги #инфографикада.
Facebook|Instagram|Twitter
"Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi davomida maktablarda ham daraxt ko‘chatlari ekilmoqda
Jumladan, tumanda joylashgan 6-umumiy o‘rta ta'lim maktabining bo‘sh turgan hududlarida 300 taga yaqin mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
👉 @Kosontumani_uz
Koson tumanidagi 100 gektardan ziyod suv fondi yerlariga kadastr pasportlari tayyorlandi
Viloyatning boshqa hududlarida bo'lgani kabi Koson tumanida ham suv obyektlari shuningdek, undagi yerlarning kadastr hujjatini tayyorlash va egalik huquqini qonuniy jihatdan rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda Koson tumanidagi 101,26 gektardan ziyod suv fondi yerlariga kadastr pasportlari tayyorlab berilgan.
Tumanda hozircha jami 45,93 gektar suv fondi egallagan yer maydonlariga doimiy fodalanish huquqi berilgan.
Davlat kadastrlari palatasi Koson tumani filiali tomonidan bugungi kunda jami yer maydoni 26,55 gektardan iborat 1 ta zovurga kadastr pasporti shakllantirilib, davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.
Bundan tashqari jami yer maydoni 28,78 gektar 8 ta zovurlar va kollektorlarga ham kadastr pasporti shakllantirilgan va ayni paytda davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayonida.
👉 @Kosontumani_uz
Kosonda o'tkazilgan yer nazorati tadbirlarida yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlari o'tgan yerdan noqonuniy qurilish qilingani holati aniqlandi
Kadastr agentligining Koson tumani bo'limi tomonidan "Sherbek" MFY hududida nazorat tadbiri o'tkazildi.
O'rganishlar davomida, yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlari muhofaza hududining 0,05 gektar yer maydoni fuqaro tomonidan o'zboshimchalik bilan egallanib, 70 kv metr yer maydoniga noqonuniy ravishda uy-joy qurib olganligi aniqlandi.
Qonunbuzarlik holati yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 60-modda 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Fuqaroga 15 kun muddat oralig'ida o'zboshimchalik bilan qurilgan beton poydevorni ixtiyoriy bartaraf etish yuzasidan yozma ko'rsatma berilgan.
Berilgan muddat oralig'ida o'zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani fuqaro o'z hisobidan buzib olib, yerni foydalanish uchun yaroqli holatga keltirdi
🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Koson tumani tibbiyot birlashmasi hududida hashar tashkil qilinib, 300 dan ortiq mevali daraxt ko‘chatlari ekildi
Kuni kecha "Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumidan unumli foydalangan holda Koson tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari tashabbusi bilan hashar tashkil etildi.
Birlashma rahbariyati va shifokorlar, tibbiyot xodimlari bu hasharda birlashma hududiga mevali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.
👉 @Kosontumani_uz
Koson tumani prokurori tashabbusi bilan bog‘ tashkil etilmoqda
"Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi davomida Koson tumani prokurori, 2-sektor rahbari Fahriddin Jovliyev tashabbusi bilan "Toshko‘prik" mahallasidagi 31-maktab hududida bo‘sh turgan 1 gektar yer maydonida bog‘ tashkil etilmoqda.
Bog‘ uchun 2000 dan ziyod manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari olib kelinib, hashar yo‘li bilan ekish ishlari boshlandi.
👉 @Kosontumani_uz
Самарқанддаги олий даражадаги музокаралардан сўнг, Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Эммануэль Макрон биргаликда дарахт экдилар.
—
После переговоров на высшем уровне в Самарканде Президенты Шавкат Мирзиёев и Эммануэль Макрон вместе посадили дерево.
#Mirziyoyev #tashrif #daraxt #marosim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O'tgan 10 oy ichida Koson tumanidagi 7 ming gektardan ziyod fermer xo'jaligi yerlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi
Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Koson tumani filiali tomonidan 2023-yilning yanvar-oktabr oylari oraligida tumandagi 7141.0 gektarga teng 332 ta fermer xo'jaligi yer maydonlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
Bundan tashqari, yanvar-oktabr oylari
oraligida UZKAD dasturiga tumanimizdagi 215 ta fermer xo`jaligining 3450,0 gektarga teng yer maydonlari hisobga olindi.
Kadastr xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijasida yer maydonlari haqidagi maʼlumotlar UZKAD tizimi orqali yuritiladi hamda maʼlumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi.
👉 @Kosontumani_uz
#tayinlov
Koson tumani hokimligining Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari o'zgardi
Suyunov Jahongir Shuhrat o‘g‘li Koson tumani hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari etib tayinlandi.
J. Suyunov 1992-yil Koson tumanida tug'ilgan. 2017-yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. U shu kunga qadar tashkiliy-kadrlar guruhi yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
👉 @Kosontumani_uz
Koson tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan profilaktika katta inspektori “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi
Prezidentimizning "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni bilan bir guruh soha xodimlari taqdirlandi. Ular ichida Qashqadaryo viloyati Koson tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan Mo‘minov Bo‘riqul Yodgorovich ham bor. U “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.
👉 @Kosontumani_uz
Oilaviy bolalar uyida "Saxiy kitoblar" aksiyasi bo'lib o'tdi
Ko'pchilik yoshlar bugungi kunda o'zi mustaqil kitob olib mutolaa qilishga yoki kitobxonlikka qiziqadi, biroq sotib olishga imkoniyati yetmaydi. Shunday yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Koson tumani 3-Oilaviy bolalar uyida "Saxiy kitoblar" aksiyasi tashkil etildi.
Koson tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish sho'basi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Koson tuman bo'linmasi hamkorlikda badiiy kitoblar sovg'a qildi.
Йиғилишда вилоят ёшлари билан ишлаш масаласи ҳам муҳокама қилинди.
Сўнгги йилларда вилоятда янги пайдо бўлган электротехника, озиқ-овқат ва қурилиш материаллари каби соҳалар учун кадрлар тайёрлаш яхши йўлга қўйилмагани кўрсатиб ўтилди.
Масалан, Қарши шаҳридан ташқари бошқа бирорта туманда IT марказлар фаолияти йўлга қўйилмаган. Ваҳоланки, 60 та коллежда бўш турган 28 минг квадрат метр майдонда ҳам ишлаб чиқариш, ҳам амалий таълимни йўлга қўйса бўлади.
Ана шундай бўш турган бино негизида китоблик тадбиркор IT кластер ва университет очиш ташаббуси билан чиққан. Президент бу таклифни маъқуллади.
Вилоят ва туман ҳокимларига ҳар бир тумандаги иш берувчиларнинг ўрта бўғин мутахассисларига эҳтиёжини аниқлаш, коллеж ва техникумлар йил давомида қайси касб бўйича нечта мутахассис тайёрлаши лозимлигини белгилаб бериш ҳамда таълим муассасаларида иш берувчиларнинг амалий устахонаси ва цехларини очиш топширилди.
Бу ишларга 30 миллиард сўм ажратилади.
Facebook|Instagram|Twitter
Келгуси йилда Қашқадарёда экин майдонларининг агрокимёвий тупроқ таҳлилини ўтказадиган 10 та мобиль лаборатория ташкил қилинадиган бўлди.
Яна бир масала – вилоятда 1,4 миллион гектар яйлов бор. Бу – 7 миллион бош қорамол ва қуй-эчки учун табиий озуқа базаси.
Лекин, Миришкор, Муборак ва Нишонда 20 фоиз яйлов деградацияга учраган, яна 25 фоизида яшил қоплама йўқ.
Шу боис, келгуси йилда 100 минг гектар яйловни яшил экинлар билан қоплаш дастурини амалга ошириш вазифаси қўйилди.
Бунда қурғоқчилик, иссиқ ва чўлланишга қарши уруғчилик хўжаликлари ташкил қилинади, мева-сабзавот ва доривор ўсимликлар экилади, кўп йиллик дарахтзорлар барпо қилинади, сув тежовчи технологиялар жорий этилади ҳамда қуёш энергиясида ишлайдиган насослар ўрнатилиб, ёмғирлатиб суғориш пилот лойиҳаси ишга туширилади.
Бундан ташқари, Чорва моллари генетик тадқиқоти лабораторияси ташкил қилиниб, Испаниянинг “Ассаф” қўйларидан янги миллий зотлар кўпайтирилади.
Мутасаддиларга 1,4 миллион гектар яйловнинг электрон харитасини яратиш ва 100 минг аҳолини банд қилиш бўйича топшириқлар берилди.
Facebook|Instagram|Twitter
Hisobot yig'ilishida ayrim xotin-qizlar faollariga intizomiy chora qo‘llanildi
Kuni kecha Коson tuman oila va xotin-qizlar boʻlimining tanqidiy va tahliliy hisobot yig'ilishi boʻlib oʻtdi.
Yig'ilishda bu soha boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan joriy yilning 9 oy yakunlariga bag'ishlangan hisobot tinglandi.
9 oy davomida yoʻl qoʻyilgan kamchilik va ularni keltirib chiqargan omillar oʻrganilib, ayrim mahalla xotin-qizlar faollariga intizomiy chora qoʻllanildi va kelgusi 2024-yil uchun istiqbol rejalar belgilab olindi.
👉 @Kosontumani_uz
Иқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг Тошкент саммити иштирокчиларини кутиб олиш маросими
—
Церемония приветствия участников Ташкентского саммита Организации экономического сотрудничества
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
📹 Koson tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumida daraxt ko'chatlarini ekish ishlari davom etmoqda (Video)
Kuni kecha Tuman tibbiyot birlashmasi hududida hashar tashkil etilib, mevali daraxt ko'chatlari ekildi.
👉 @Kosontumani_uz
📊Qashqadaryo viloyatida aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot qanchani tashkil etdi?
✅2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 11 861,6 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 % ga o‘sdi.
👉Kanalga ulanish t.me/qashstatuz
TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI BUGUN KOSON TUMANINING "MASH'AL" MAHALLASIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI
O‘rta bosimli gaz quvurida aniqlangan avariyani bartaraf qilish maqsadida bugun soat 14:30 dan 18:00 ga qadar tumanning "Mash'al" mahallasidagi 1015 xonadonda tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Ta'mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, ta'minot qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun shahar gaz ta'minoti bo‘limi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
"Hududgaz Qashqadaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Rasmiy munosabat
Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi ELTUZ kanalida (/channel/eltuz2022/24742) eʼlon qilingan post yuzasidan Qashqadaryo viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan oʻrganish oʻtkazildi.
Maʼlumot uchun, joriy yilning 29-oktyabr kuni yoshlar bandligini taʼminlash yuzasidan Koson tumanida ishsiz, xorijdan qaytgan yoshlarga bepul ravishda poliz ekinlari va urugʻlar bilan birga yer berish ishlari tashkil etilgan. Xususan, tumandagi har bir yoshlar yetakchisi oʻz mahallalaridagi ishsiz yoshlarni bandligini taʼminlash maqsadida ushbu seminar-treningga qiziqqan yoshlarni taklif qilgan. Tadbir davomida qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida faoliyat olib borishga istak bildirgan 42 nafar yoshga 12 gektar yer maydoni ajratib berilgan.
Oʻrganishlar davomida tuman hokimining oʻrinbosari va yoshlar yetakchisi oʻrtasida tushunmovchilik oqibatida aytishuv sodir boʻlganligi maʼlum boʻldi. Lekin, yetakchi tomonidan hokimlik masʼuliga nisbatan kuch ishlatish holati aniqlanmadi. Hech bir masʼul tomonidan unga nisbatan tazyiq oʻtkazilmagan.
Bundan tashqari, maqolada nomi qayd etilgan “Saripul” MFY yoshlar yetakchisi mazkur seminarda ishtirok etmaganligi va tuman hokimining oʻrinbosari bilan hech qanday ziddiyatga bormaganligi aniqlandi.
Biz faoliyatimizga befarq boʻlmagan barcha OAV, jamoatchilik vakillari va mustaqil blogerlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Qashqadaryo viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi axborot xizmati
"Yosh kitobxon" tanlovining Koson tuman bosqichi bo'lib o'tdi
Koson tumanidagi Abdulla Oripov nomli kutubxonada kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, kitobxon yoshlarni ko'paytirish, ularni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish maqsadida "Yosh kitobxon" ko'rik-tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
Tanlovda 3 ta yosh toifasida, ya'ni 10-14, 15-19, 20-30 yoshli zukko va intiluvchan kitobsevarlar bellashdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra:
14-15 yosh bo'yicha S.Salimjonov,
15-19 yosh bo'yicha M.Nurmatov,
20-30 yosh bo'yicha M.Bozorova g'olib deb topildi. G'oliblar viloyat bosqichiga yo'llanma va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
/channel/kosonmanaviyat
Koson tumanidagi yana bir abgor holatga kelib qolgan markaziy yo‘l asfaltlashtirilmoqda
4H324 "Shayhali- Darcha- Ushoqtepa" avtomobil yo‘lining katta qismi Koson tumani hududiga kiradi. Bu markaziy yo‘l uzoq yillar davomida ta'mirtalab ahvolga kelib qolib, haydovchilarga qator qiyinchiliklarni tug‘dirardi.
Hukumat tomonidan bu muammoga e'tibor qaratilib, Respublika byudjetidan ajratilgan 4 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ evaziga ayni kunlarda yo‘lda asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda.
Asfalt ishlari Qashqadaryo viloyati Muntazam yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi ishchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.
👉 @Kosontumani_uz
Президент Эммануэль Макрон Президент Шавкат Мирзиёев томонидан амалга оширилаётган ислоҳотлар сиёсатини тўлиқ қўллаб-қувватлади
—
Президент Эммануэль Макрон выразил полную поддержку проводимому Президентом Шавкатом Мирзиёевым курсу реформ
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⚡️ Shu kunga qadar Koson tumani hokimligining Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida ishlab kelgan Nurmonov Ikrom Nurilloyevich Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Koson tumani bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.
👉 @Kosontumani_uz
📹 Koson tumanida "Yashil makon" loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda “Qashqadaryo” telekanalida efirga uzatilgan lavhada hikoya qilinadi.
👉 @Kosontumani_uz
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Қашқадарёга ташрифи: одамларнинг фаровон ҳаётини таъминлаш ва салоҳиятини рўёбга чиқариш учун вилоятнинг чексиз имкониятларини тўлиқ ишга солиш йўлида
—
Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Кашкадарью: полностью задействовать безграничные возможности области во имя благополучной жизни и реализации потенциала народа
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Қарши шаҳрида Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Қашқадарё вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича йиғилиш ўтказилди.
—
В городе Карши под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось совещание по вопросам социально-экономического развития Кашкадарьинской области.
#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #yigilish
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент экинларни сув билан таъминлаш масаласи йилдан йилга тобора қийинлашиб бораётганига эътибор қаратди. Бу муаммо Қашқадарё учун айниқса долзарб.
Лекин сув тежовчи технологиялар 515 минг гектардан атиги 16 фоизида жорий қилинган.
Сув тежовчи технологияларни жорий қилиш суръати Китоб, Чироқчи, Касби ва Нишонда орқада. Косон, Миришкор, Касби ва Нишонда ерни лазерли текислашга эътибор берилмаяпти.
Шу боис, вилоятга 15 та лазерли текислаш техникаси олиб келиниб, сув таъминоти оғир Косон, Миришкор, Касби ва Нишонда деҳқонларга арзон ва сифатли хизмат кўрсатиш йўлга қўйилади.
Суғориш тармоғини босқичма-босқич ёпиқ тизимга ўтказиб, 30 фоиз сувни тежаш мумкинлиги кўрсатиб ўтилди.
Шу муносабат билан мутасаддиларга 50 километр каналларни бетонлаш лойиҳасини бошлаш, қўшимча насос ва техника олиш, “Пахтаобод” каналини модернизация қилиш бўйича топшириқлар берилди.
Facebook|Instagram|Twitter
Қашқадарё республикада энг кўп дон ва пахта етказиб беради.
Лекин вилоятда иш ўрнини кўп яратадиган мато тўқиш 30 фоиздан ошмайди, матони бўяш йўлга қўйилмаган. Ваҳоланки, буни ҳисобидан қўшимча 60 минг ёшлар ва аёлларни банд қилиб, 500 миллиард сўм тушумни таъминлаш мумкин.
Шу боис келгуси йил давомида вилоятда 370 миллион долларлик 33 та йирик лойиҳа ишга туширилади. Бу орқали тайёр трикотаж маҳсулот ишлаб чиқариш 1,6 баробар, мато ишлаб чиқариш 3,1 баробар ошиб, 8 мингта иш ўрни яратилади.
Вилоятда Тўқимачилик технопаркини ташкил қилиш ва у ерга Европанинг таниқли брендларини олиб келиш топширилди.
Президент бу йилги мавсумдан тўғри сабоқлар чиқариб, қишлоқ хўжалигидаги ёндашувларни ҳам ўзгартириш вақти келганини кўрсатиб ўтди ҳамжа ҳозирда келгуси йилдан бошлаб фермерларга кластерларни ихтиёрий танлаш ҳамда ҳосилнинг шартномадан ортиқча қисмини эркин сотиш имкониятини бериш масаласи муҳокама қилинаётганини айтди.
Facebook|Instagram|Twitter