kosontumani_uz | Unsorted

Telegram-канал kosontumani_uz - Koson.uz | Koson tumani hokimligi

-

Қашқадарё вилояти Косон тумани ҳокимлигининг расмий телеграм каналига хуш келибсиз! Туман ҳаётига оид аниқ, холис ва тезкор хабарларни биринчи бизда кузатинг! Мурожаат учун: (75) 592 15 35 veb-site: kosont.uz

Subscribe to a channel

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy qismda tadbir tashkil etildi

Bugun Koson tumanida joylashgan harbiy qisim 4-batalyonida Koson tumani hokimligi va tuman madaniyat bo‘limi bilan hamkrolikda “Kim yurtiga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha” deb nomlangan ma‘naviy-madaniy tadbir o‘tkazildi.

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirni Koson tuman hokimi o‘rinbosari Shohruh Jo‘rayev ochib berib, tuman hokimligi tomonidan bayram dasturxoni hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Bundan tashqari, tuman madaniyat bo‘limi tomonidan konsert dasturi ham namoyish etildi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Prezident topshirig'i ijrosi: Kosonda ekin maydonlarini sug‘orish uchun ishlatiladigan kanallarni betonlash ishlari boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-noyabr kuni qishloq xo'jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yo'qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Koson tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi.

Davlat rahbari mazkur selektorda suvni tejash bo‘yicha muhim topshiriqlar bergandi. Jumladan, birinchi muhim vazifa – kanal va ariqlarni betonlash. Bu borada suv xo'jaligida “kanallarni betonlash bo'yicha zarbdor yil” e'lon qilindi. 

Bugun erta tongdan Koson tumanida ekinlarni sug'orish uchun ishlatiladigan kanal va ariqlarni betonlash uchun katta hashar ishlari boshlab yuborildi. Koson tumani hokimi va sektor rahbarlari boshchiligida amalga oshirilayotgan bu ishlar avvalida jonliq so‘yilib, Qur'on tilovat qilindi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

"Kamalak yulduzlari" tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi

Bugun Yoshlar ishlari agentligi Koson tumani bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'limi bilan hamkorlikda tanlovning tuman bosqichi tashkil etildi. Tanlov  6 ta yo‘nalish hamda 6 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkazildi. So'ngida g'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI QARSHI SHAHRINING "TARAQQIYOT" HAMDA KOSON TUMANINING "KO‘LBUQA" VA XO‘JAQO‘RG‘ON" MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI

Gaz taqsimlash qurilmasida aniqlangan avariyani bartaraf qilish maqsadida bugun soat 23:40 dan (ertaga) 2023-yil 30-noyabr kuni soat 11:00 ga qadar, shaharning "Taraqqiyot" (Saroyferon) hamda tumanning "Ko‘lbuqa" va "Xo‘jaqo‘rg‘on" mahallalaridagi 820 xonadonda tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, ta'minot qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

"Hududgaz Qashqadaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi Koson tuman bosqichi g'oliblari aniqlandi

⚡️O'zaro murosasiz kechgan tanlov yakuniga ko'ra, barcha yo‘nalishlar tuman bosqichi g'oliblari Yoshlar ishlari agentligi Koson tuman boʻlimi tomonidan  tashakkurnoma va diplom bilan taqdirlandi.

Endilikda tuman bosqichida yo'nalishlar kesimida 1-o'rinni egallagan yoshlar yetakchilari viloyat bosqichida ishtirok etadilar.

👉@Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Koson tumanidagi 100 dan ziyod ko'p qavatli uylar kadastrning elektron axborot tizimiga kiritildi

Mamlakatimizda ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va yerdan foydalanuvchilar chegaralarini aniqlash hamda ularga oid maʼlumotlarni tegishliligi bo‘yicha “UzKAD” axborot tizimiga kiritish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib borilmoqda.

Koson tumanida jami 101 ta ko'p qavatli uylar mavjud. Ularning egallagan yer maydoni 5,62 gektarni tashkil etadi.

Bugungi kunda Davlat kadastrlari palatasi Koson tumani fililali tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida tumandagi barcha 101 ta ko'p qavatli uylar hisobga olindi va“UzKAD” axborot tizimiga kiritildi.

Ma'lumot uchun, 2023-yil 1 yanvardan "Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi" (UZKAD) ko‘chmas mulkka oid yagona axborot bazasi sifatida hisoblangan edi.

Bunda tizimdagi ma’lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi.

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

E-auksion.uz platformasi orqali ko'chmas mulklarni sotib oling!

➖Noturar joy obyektlari (ko'rish)
➖Davlat obyektlari (ko'rish)
➖Ko'p qavatli turar-joylar (ko'rish)
➖Turar-joy uchastkasi, hovli (ko'rish)
➖Qurilishi tugallanmagan binolar (ko'rish)
➖Qurilishi tugallanmagan ko'p qavatli turar-joylar (ko'rish)
➖Bo'sh yerlar (ko'rish)
➖Qurilishi tugallanmagan turar uchastkalari (ko'rish)
➖"Avtogazta'minot" MCHJ aktivlari (ko'rish)

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

#DIQQAT

Ko'chmas mulkka oid hujjatlarning davlat ro'yxatidan o'tkazilishiga e'tiborli bo'ling

🏘 Qashqadaryo viloyati bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kelib tushgan arizalar orasida to‘lovini kutayotgan murojaatlar 21-noyabr holatiga ko'ra, 2 091 tani tashkil etmoqda.

Qarzdorliklarning eng ko‘pi Qarshi shahri, Muborak ,Qarshi, Koson, Yakkabog' va Nishon tumanlarida kuzatilmoqda.

Jumladan, Qarshi shahri bo'yicha 746 ta, Qarshi tumani 239 ta, Muborak 167 ta, Koson 143 ta, Yakkabog' tumanida 135 ta va Nishon tumanida 121 ta arizalar bo'yicha ko'rsatilgan kadastr xizmatlari uchun to'lovlar amalga oshirilmagan.

Fuqaro va tadbirkorlarga sms xabarnomalar orqali xizmat uchun to‘lovni amalga oshirish lozimligi haqida xabar berilgan bo‘lsada, ulardan bu to‘lovlarni amalga oshirishda ulardan faollik sezilmayapti.

Yurtdoshlarimizdan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bergan arizalari bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to'lashlarini so‘raymiz.

📑Hujjatlaringizning davlat ro'yxatidan o'tkazilganiga ishonch hosil qilib, ma'muriy javobgarlikdan saqlaning.

Ze'ro, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Boshqarma aloqa raqami 75-227-51-13

#Kadastr_agentligi  #DavKadastrPalata #xizmatlar

🇺🇿 telegram | instagram | facebook

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Moskvadagi ko‘rgazmada Koson tumanida faoliyat olib borayotgan "Bunyodkor Textile" korxonasi ham o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi

Hozirda Moskvada yengil sanoat uchun autsorsing bo’yicha 16-xalqaro "BEE-TOGETHER" ko’rgazma-platformasi bo'lib o’tmoqda. Uning vazifasi fabrikalar bilan potentsial mijozlar - brendlar, riteylerlar, dizayn byurolari va korporativ mijozlar bilan bog’lashdir.

Ko'rgazmada “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligidagi O'zbekistondan Ahsan Apparel, Pariza Home, Zamon Textile, Deniz Teks, Yustex, Bunyodkor Textile, Uztex Group, Samo kabi bir qator tayyor trikotaj, mato va uy to’qimachilik ishlab chiqaruvchilari ham o'z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Ko'rgazma davomida uchrashuvlarda ayollar, erkaklar va bolalar trikotaj kiyimlari, shuningdek, uy to'qimachilik mahsulotlarini 7,5 million dollar miqdorida yetkazib berish bo’yicha kelishuvlarga erishildi.Ko’rgazma tashkilotchilari 2024 yil 5-6-iyun  kunlari Moskvadagi yirik ko’rgazmada ishtirok etishga kelishib oldilar.

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Koson tumanida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi

⚡️O'tkazilayotgan "Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida Koson tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi. Tadbirga tumandagi 5 va 100-sonli umumta'lim maktablarning o'quvchilari taklif etildi. Yoshlarda yong'inga bo'lgan ongli munosabatni shakllantirish maqsadida uyushtirilgan mazkur targ'ibot tadbirida mutaxassislar tomonidan qiziqarli faktlar, real sodir bo‘lgan voqealar, qutqaruv jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.
⚡️Qolaversa, o'quvchi yoshlar tuman FVDT xizmatlarning kuch-vositalari hamda qutqaruv xizmati maxsus texnikalari va undagi zarur asbob-anjomlar haqida mutaxassislardan kerakli ma’lumotlarni olishdi.

🔗Kanalga ulanish uchun.

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Koson tumani hokimligida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun Koson tumani hokimligida alohida nazoratga olingan murojaatlar yuzasidan navbatda sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev va boshqa mas‘ullar fuqarolarning shikoyatlarini birma-bir ko‘rib chiqishdi.

Ayrim fuqarolarning murojaati ijobiy hal etilishi aytilgan bo‘lsa, ba‘zi fuqarolarga qonuniy tushuncha berildi. Shuningdek, tegishli mas‘ullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

📹 Koson tumani hokimi yordam so'rab murojaat qilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning sharoitini o'rgandi (video)

Bugun kech bo'lishiga qaramay Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev "Surxon" mahallasiga bordi.

Kuni kecha Koson tumani "Surxon" MFYda yashovchi G. Shokirova nogiron turmush o‘rtog‘i va ikki nafar yosh bolasi bilan abgor ahvoldagi uyda yashab kelayotganidan shikoyat qilgandi. Tuman hokimi murojaatchining xonadoniga borib, oilaning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu oilaga barcha zaruriy yordamlar ko'rsatiladi. Eski uyi to'liq ta'mirdan chiqariladi. Yangi uy qurish uchun yaqindan yordam beriladi.

Batafsil videoda:👆

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

"Bayrogʻim - iftixorim!" mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy, badiiy-musiqiy tadbir o‘tkazildi

Bugun Koson tumani Madaniyat  markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Bayrogʻim - iftixorim!" mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy, badiiy-musiqiy tadbir tashkil etildi.

Dastlab, tuman hokimi o'rinbosari Sh.Jo'rayev tadbir ishtirokchilarini milliy iftixorimiz timsoli bo'lgan bayrog'imiz ta'sis etilgan kun bilan tabrikladi.

San'atkorlar tomonidan ijro etilgan ona - Vatanni, tinchlikni, do'stlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbir qatnashchilariga yanada ko'tarinki ruh baxsh etdi. Bayram tadbiri doirasida o'quvchi-yoshlar o'rtasida rasmlar va insholar tanlovi, "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etilib, g'olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

#Munosabat
Fuqaro murojaati atroflicha o‘rganib chiqilib, qonuniy tartibda yordam berish chorasi ko‘rilmoqda

Batafsil: /channel/kosontumani_uz/15732
👇👇👇

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-maʼnaviy muhitini baholash va uni sogʻlomlashtirishga oid soʻrovnomada ishtirok eting

➡️ So’rovnomaga o’tish

Telegram | Facebook mirishkortumanhokimligi634">| Youtube
Instagram | X | Web-site

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

“Chiroqchi” mahallasi hududida joylashgan uy-joylar ta‘mirlandi

Hududdagi kam ta‘minlangan, imkoniyati cheklangan fuqarolarning xonadonlari hokimlik va homiylar mablag‘lari hisobidan ta‘mirlab beriladi. Bu haqda Koson tumani hokimi bugun fuqarolar bilan muloqot chog‘ida ma‘lum qildi.

Jumladan, fuqarolardan biri Sh.Shoniyozovning singlisi uchun homiylar hisobidan uy qurib beriladigan bo‘ldi. Tuman hokimi mas‘ullarga uyni qay tartibda qurish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ilhom Qutlimuratov ham nogironligi bor fuqarolar holidan xabar oldi. Ularning sharoitini o‘rgandi. Shundan kelib chiqib, ayrim fuqarolarning uy-joyini ta‘mirlashga yordam berilishini ma‘lum qildi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

❄️Sovuq kunlarda gaz jihozlaridan xavfsiz foydalaning!

‼️Gazdan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etishingiz bilan siz o‘zingiz va yaqinlaringizni yong‘in va boshqa baxtsiz hodisalardan asrab qolgan bo‘lasiz!

🔗Kanalga ulanish uchun.

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

📊Qashqadaryo viloyatining qurilishi qanchaga o‘sdi?

✅2023- yilning yanvar-sentabr oylarining yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 736,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 9,0 % ga o‘sdi.

👉Kanalga ulanish t.me/qashstatuz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Koson tumanida "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" shiori asosidagi targ‘ibot tadbirlariga start berildi

Bugun Koson tumani hokimligida "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" shiori asosidagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Gap shundaki, xotin-qizlarni tazyiq hamda zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida 16 kunlik turkum tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, joylarda aholi bilan muloqot va uchrashuvlar tashkil etiladi. Bunda asosan mahalla xotin-qizlar faollari va "Oqila ayollar" harakati a‘zolaridan faollik talab etiladi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Qashqadaryo viloyati: Jamoat transporti tizimini isloh qilish qanday amalga oshirilmoqda?

Batafsil:👈

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

"Таълим ва ислоҳот" кўрсатувида Косон туманидаги умумтаълим мактабларида "Яшил макон" лойиҳаси ҳамда таълим тарбия жараёнлари ҳақида сўз юритилган.

#24nov #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉
/channel/qashqadaryo_trk

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Bolalar bog‘chalarida "Mehrjon" bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda

Koson tumanida joylashgan maktabgacha ta'lim muassasalarida "Mehrjon" bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Suratlar tumandagi 2 va 10-DMTTlarda bo‘lib o‘tgan tadbirlardan olingan.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

"Yil ayoli" va "Gender tenglik faoli" milliy tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyati hokimligi, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur tanlovning viloyat bosqichida kosonlik faol xotin-qizlar ham ishtirok etdi.

E‘tiborlisi, tanlovda Koson tumani nomini himoya qilgan, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, iste‘dodli ijodkor, shoira Rohila Halimova g‘olib deb topilib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Ijtimoiy soha obyektlari va aholini ko‘mir bilan ta'minlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

Koson tumani hokimligida tegishli mas'ullar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ijtimoiy soha obyektlari hamda aholini ko'mir bilan ta'minlash va tolon-taroj qilish holatlariga yo'l qo'ymaslik muhokama qilindi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

"Репортаж" Косон туман сектор раҳбарлари томонидан ишсиз аҳоли бандлигини  таъминлаш, камбағалликни қисқартириш ва жиноятчиликни камайтириш бўйича аҳолига мурожаат йўлланди.

#18nov #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉
/channel/qashqadaryo_trk

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Косонлик депутат ўзи таҳсил олган мактабга манзарали ва мевали кўчатлар экди

Қашқадарёдаги корхона ва ташкилот раҳбарлари, депутатлар, блогерлар ўзи таҳсил олган мактаб ва боғчалар учун манзарали ва мевали кўчатлар олиб бориб, "яшил макон" умуммиллий лойиҳасини қўллаб қувватламоқда.

Депутатлар ҳам ўзлари таҳсил олган мактабга кўчат экиб, ўрнак бўлмоқда. Масалан, Косон туман Кенгаши депутати Назаров Баҳодир Файзуллаевич тумандаги 102-умумий ўрта таълим мактабига 100 туп мевали ҳамда 100 туп манзарали, жами 200 туп кўчатлари олиб бориб экди.

👍 Nasafnews расмий саҳифаси

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

4 o‘g‘il egizakli bo‘lgan oila holidan xabar olindi

Bugun Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev Koson tumani "Paxtazor" mahallasida yashovchi Toshmurodovlar xonadoniga bordi.

Yodingizda bo‘lsa, shu yilning sentyabr oyida bu oila 4 nafar egizakli bo‘lgandi. Hozirda barcha egizaklarning ahvoli yaxshi.

Tuman hokimi chaqaloqlar holidan xabar olib, oila vakillari bilan suhbat qildi va ularning muammo hamda murojaatlariga quloq tutdi. Shuningdek, oilaga oziq-ovqat mahsulotlari ham yetkazib berildi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Nogiron turmush o‘rtog‘im va ikki bolam bilan nochor ahvoldagi uyda yashab kelyapmiz" nomli xabar e‘lon qilindi. Xabarda Koson tumani "Surxon" MFYda yashovchi G. Shokirova nogiron turmush o‘rtog‘i va ikki nafar yosh bolasi bilan abgor ahvoldagi uyda yashab kelayotganidan shikoyat qilgan. Koson tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Sh.Avazov ushbu murojaat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma‘lum qilinishicha, Koson tumani hokimligi tomonidan murojaatchi yashash xonadoniga bir qator oziq-ovqat va go‘sht mahsulotlari yordam tariqasida olib borilib, shu kunning o‘zidayoq olti nafar ishchi kuchi jalb qilinib, yashash xonadonining ustki tom qismi ta‘mirlanishiga (loy-suvoq shaklda) kirishildi.

Shikoyatchining turmush o‘rtog‘iga eshitish qobiliyati past bo‘lganligi sababli eshitish moslamasi olib berildi va unga Koson tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan olti oy muddatga har oyda 750 ming so‘mdan ishsizlik nafaqasi dekabr oyidan tayinlandi.

Shuningdek, xonadoniga beton latokli toza ichimlik suvi uchun tayyor hovuz o‘rnatib berish ishlari boshlandi. Qo‘shimcha qilinishicha, avval ham bu oilaga yordam berib kelingan.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

"Давр ва ёшлар" - Косон тумани "Янгиобод" маҳалласида ёшлар касб-ҳунарга ўргатилаяпти.

#15nov #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉
/channel/qashqadaryo_trk

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

📹 O‘zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Koson tuman o‘quv sport texnika klubi o‘qishga taklif etadi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…
Subscribe to a channel