#кирилл_алифбосида
Косон тумани ҳокими Маҳалла тизими ходимларини табриклади
"Ҳурматли маҳалла фидойилари, сизларни 22- март — Ўзбекистонда маҳалла тизими ходимлари куни билан самимий табриклайман.
Бугунги кунда Косон туманида маҳаллалар сони 78 тага етди. Бу маҳаллаларда 522 нафар ходимлар фаолият кўрсатмоқда. Президентимиз ташаббуслари билан маҳалла бешлиги маҳалла еттилигига айлантирилди. Эндиликда раис, ҳоким ёрдамчиси, хотин-қизлар фаоли, ёшлар етакчиси, профилактика инспектори, солиқ инспектори ва ижтимоий ходимлар бу тизимда меҳнат қилиб, қуйи бўғинда фуқаролар муаммоларига ечим топишмоқда.
Президентимиз таъкидлаганларидек, Маҳалла — бу меҳр ва аҳиллик қўрғонидир. Тизимда фаолият юритаётган ходимларни фурсатдан фойдаланиб, байрам билан яна бир бор муборакбод этаман.
Маҳалла равнақи ва фаровонлигини йўлида олиб бораётган шарафли хизматларингизда омад, куч-ғайрат ва улкан зафарлар тилайман. Касб байрамингиз муборак бўлсин",— дейилади Косон тумани ҳокими Асрол Бойкараев табригида.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Наврўз умумхалқ байрамига бағишланган тантанали маросимдаги табрик нутқи
—
Приветственное слово Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжествах, посвященных всенародному празднику Навруз
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Koson tumani hokimi Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev Navro‘z bayrami munosabati bilan yurtdoshlarimizga tabrik yo‘lladi.
"Bahorning asosiy bayramlaridan biri bo‘lgan Navro‘z yurtimizga kirib keldi. Bayram Koson tumani hududlarida o‘zgacha ishtiyoq bilan kutib olindi. Saxovatli insonlarimiz tomonidan yoshi ulug‘ insonlar yo‘qlab borildi. Koson tumani hokimligi tomonidan ham bayram arafasida qator oilalarga yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Obodonlashtirish boshqarmasining 253 nafar ishchilariga oziq-ovqat mahsulotlari berildi. 73 nafar chin yetim fuqarolarga ham mahsulotlar tarqatilib, yordamlar ko‘rsatildi. Tuman markazida tashkil qilingan bayram tadbirida kosonliklar ayyomni munosib kutib olishdi.
Fursatdan foydalanib, men Sharqona Yangi yil— Navro‘z bilan barcha hamyurtlarimizni chin qalbdan tabriklayman. Bayram har bir xonadonga o‘zgacha quvonch, baxt-saodat olib kelsin. Har kunimiz bahordek, Navro'zdek go‘zalliklarga boy bo‘lsin", - deyiladi tabrikda.
👉 @Kosontumani_uz
Tuman hokimi fermerlar bilan muhim masalalarni muhokama qildi
Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev Koson, Gulbog‘, Bobur, Surxon, Chiroqchi, Pistali hududlariga borib, fermerlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda asosiy masala g‘alla hosili uchun agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan bo‘ldi.
Shuningdek, kanal va ariqlarni betonlashtirish, dala chetlariga tut, tok mevali daraxt ko‘chatlarini ekish, dala madaniyatiga rioya qilish bo‘yicha topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olinishi aytildi.
👉 @Kosontumani_uz
“Chiroqchi” mahallasi hududida maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarining qurilishi boshlandi
Oziq-ovqat do‘koni, ayollar va erkaklar saloni, poyabzal tikish ustaxonasi, kutubxona, tikuvchilik sexidan iborat xizmat ko‘rsatish obyektlarini ham Koson tumani “Chiroqchi” mahallasidagi tashabbuskor tadbirkorlardan biri barpo etishga kirishdi. Hozirda ushbu obyektlarini qurish ishlari davom ettirilmoqda.
👉 @Kosontumani_uz
Oilaviy shifokorlik punktida rekonstruksiya ishlari boshlandi
2024-yilda Koson tumani “Chiroqchi” mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punkti qayta rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan. “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish yuzasidan ushbu maskanda ham qurilish-ta‘mirlash ishlari boshlab yuborildi.
Hozirda shifoxonaning tom qismiga shifer o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
👉 @Kosontumani_uz
“Chiroqchi” mahallasidagi eski xaroba bino o‘rnida zamonaviy bolalar bog‘chasi tashkil etilmoqda
“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha Koson tumani “Chiroqchi” mahallasida qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Jumladan, mahallada qarovsiz va xarob ahvolda yotgan bino hozirda zamonaviy nodavlat bolalar bog‘chasiga aylantirilmoqda.
Mazkur binoni tadbirkor o‘z mablag‘i evaziga bolalar bog‘chasi sifatida ta‘mirlash tashabbusi bilan chiqdi. Hozirda binoning ichki va tashqi fasad qismlarida qurilish-ta‘mirlash ishlari amalga oshirilyapti.
👉 @Kosontumani_uz
📊Қашқадарё вилоятининг ижтимоий-иқтисодий ҳолати рақамларда
🏢Статистика агентлигининг дастлабки маълумотларига кўра, 2023 йилда Қашқадарё вилоятининг ижтимоий-иқтисодий ҳолати рақамларда:
🔸ялпи ҳудудий маҳсулот ҳажми – 58,4 трлн сўм
🔸ишлаб чиқарилган саноат маҳсулотлари ҳажми – 28,3 трлн сўм
🔸бажарилган қурилиш ишлари ҳажми – 9,2 трлн сўм
🔸асосий капиталга ўзлаштирилган инвестициялар ҳажми – 21,7 трлн сўм
🔸 кўрсатилган бозор хизматлари ҳажми – 19,5 трлн сўм
🔸 чакана савдо товар айланмаси ҳажми – 21,5 трлн сўм
🔸 ташқи савдо айланмаси ҳажми – 735,6 млн АҚШ доллари
🔸қишлоқ, ўрмон ва балиқчилик хўжалиги маҳсулотларининг ҳажми – 40,2 трлн сўм
🔸 янги ташкил этилган корхона ва ташкилотлар сони – 6 145 та
🔸доимий аҳолиси сони (2024 йил 1 январь ҳолатига) – 3,6 млн киши
Президент яна 70 та туманда минерал ўғит сақлаш омборларини ташкил қилиш бўйича топшириқ берди.
Омборлардаги ўғитлар қолдиғини кунлик мониторинг қилиб, етишмаган қисмини зудлик билан етказиш муҳимлиги қайд этилди.
Бунинг учун февраль-апрель ойларида биржага чиқадиган минерал ўғит кунлик ҳажмини 6 минг тоннадан 9 минг тоннага оширишга кўрсатма берилди.
Facebook|Instagram|X
"Mahallamizni Yashil makonga aylantiramiz!"
Bugun Koson tumanida O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Koson tumani bo‘limi tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Mahallamizni yashil makonga aylantiramiz" shiori asosida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda tumandagi 78 ta mahalla raislari va jamoatchilik ishtirok etdi va 50 ming dona daraxt ko‘chatlarini xarid qilinib, ekish ishlari boshlab yuborildi.
Ma'lum bo‘lishicha, mazkur tadbirda bodom, o‘rik, olma va boshqa mevali daraxt ko‘chatlari xarid qilingan. Bu daraxtlar aholi xonadonlari va ko‘chalarga ekiladi.
👉 @Kosontumani_uz
Qashqadaryo viloyati hokimi Koson tumanining chekka hududida joylashgan mahallaga bordi
Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha Koson tumani "Chiroqchi" mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
O‘z navbatida bu mahalla tumanning chekka hududida joylashgan va uzoq yillar davomida e'tiborga muhtoj edi. Buni inobatga olib, Prezidentimiz topshirig‘iga asosan ana shunday chekka mahallalarni obod maskanga aylantirish ustuvor vazifa etib belgilandi.
Viloyat hokimi hududni o‘rganish davomida loyihalarni ko‘zdan kechirdi va mas'ullardan bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar rejasi haqida so‘radi.
Shuningdek, hududdagi shifokorlik punktini ta'mirlash yuzasidan taklif va topshiriqlarini berdi.
👉 @Kosontumani_uz
“Фармацевтика маҳсулотлари хавфсизлиги маркази” давлат муассасасининг айрим дорихоналарда қалбаки дориларнинг сотилаётгани билан боғлиқ ҳолат юзасидан мурожаати:
Хабарингиз бор, Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ўтказилган тезкор тадбирда Чортоқ туман тез ёрдам бўлими фельдшери томонидан яширин цех шароитида тайёрланган «Зодак», «Анаферон», “Хилак Форте” ва “Витамин B6” номли қалбаки дори воситалари Андижон, Фарғона ва Тошкент шаҳарларидаги дорихоналарда сотувга чиқарилганлиги аниқланди.
Ушбу хабар юзасидан, Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳузуридаги Фармацевтика маҳсулотлари хавфсизлиги маркази Ўзбекистон Республикаси ҳудудида дори воситалари ва тиббиёт буюмларнинг чакана савдоси билан шуғулланувчи (идоравий мансублиги, мулкчилик ва хўжалик юритиш шаклларидан қатъий назар) барча ташкилотларни огоҳликка чақириб, қуйидагиларни маълум қилади.
Дори воситалари ва фармацевтика фаолияти тўғрисидаги қонун ва қонуности ҳужжатларига, шунингдек дори воситалари ва тиббий буюмлар муомаласини техник жиҳатдан тартибга солиш соҳасидаги норматив ҳужжатлар талабларига мажбурий риоя этиш фармацевтика соҳасида лицензия талаблари ва шартлари этиб белгиланган.
“Дори воситалари ва фармацевтика фаолияти” тўғрисидаги қонуннинг 20-моддасига мувофиқ, сифатсиз, қалбакилаштирилган, Ўзбекистон Республикасида рўйхатдан ўтказилмаган дори воситаларини ва тиббий буюмларни, шунингдек Ўзбекистон Республикасида рўйхатдан ўтказилган дори воситаларининг ғайриқонуний нусхаларини харид қилиш, чакана реализация қилиш ҳамда улардан фойдаланиш тақиқланади.
Шу ўринда, Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 21 февралдаги 80-сон қарори билан тасдиқланган “Махсус электрон тизим орқали айрим фаолият турларини лицензиялаш тартиби тўғрисида ягона низом”га мувофиқ, Ўзбекистон Республикасида рўйхатдан ўтказилмаган, сифатсиз, қалбакилаштирилган дори воситаларини ва тиббий буюмларни, шунингдек Ўзбекистон Республикасида рўйхатдан ўтказилган дори воситаларининг ғайриқонуний нусхаларини сақлаш ва (ёки) реализация қилиш лицензия талаблари ва шартларини қўпол равишда бузилиши ҳисобланиб, лицензиянинг амал қилишини белгиланган тартибда тўхтатилишига олиб келишини эслатиб ўтамиз.
Юқоридагиларга асосан, мазкур лицензия талаблари ва шартларини бузган дори воситалари ва тиббий буюмларнинг улгуржи ва чакана савдоси билан шуғулланувчи (идоравий мансублиги, мулкчилик ва хўжалик юритиш шаклларидан қатъий назар) барча ташкилотларни фаолият учун берилган лицензияси бекор қилиниб, қатъий чоралар кўрилиши тўғрисида огоҳлантирамиз!
/channel/hudud_inform
Urug'lik chigit tayyorlash bo'yicha ko'rgazmali seminar o'tkazildi
Bugun Koson tumanida joylashgan "Bunyodkor" klasterida urug'lik chigit tayyorlash bo'yicha ko'rgazmali seminar tashkil qilindi.
Kun tartibidagi asosiy masala bu 2024-yil paxta hosili uchun sifatli urug'lik chigit jamg'arish chora tadbirlari haqida bo'ldi. Seminarda sohaga aloqador tashkilotlar va qishloq xo'jaligi xodimlari ishtirok etdi.
👉 @Kosontumani_uz
TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI BUGUN KOSON TUMANNING AYRIM MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI
Gaz tarmog‘ida aniqlangan avariyani bartaraf qilish maqsadida bugun soat 10:30 dan 18:00 ga qadar tumanning "Quyibog‘", "Arabxona", "Paxtazor", "Chorbog‘", "Do‘stlik", "Mash'al", "Nartichuqur", "Lolazor", mahallasidagi 5349 xonadon hamda mazkur hududlarda joylashgan 9 ta ulgurji iste'molchida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Ta'mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, ta'minot qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun tuman gaz ta'minoti bo‘limi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
"Hududgaz Qashqadaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
“Chiroqchi” mahallasidagi eski simyog‘ochlar almashtirilmoqda
“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha Koson tumani “Chiroqchi” mahallasida elektr ta‘minoti ham yaxshilanadi. Hozirda mahalladagi eski, yaroqsiz holga kelgan simyog‘ochlar yangi beton ustunlarga almashtirilmoqda.
Buning uchun 40 dona yangi beton ustunlari o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
👉 @Kosontumani_uz
Koson tumani hokimi Mahalla tizimi xodimlarini tabrikladi
"Hurmatli mahalla fidoyilari, sizlarni 22- mart — O‘zbekistonda mahalla tizimi xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman.
Bugungi kunda Koson tumanida mahallalar soni 78 taga yetdi. Bu mahallаlarda 522 nafar xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Prezidentimiz tashabbuslari bilan mahalla beshligi mahalla yettiligiga aylantirildi. Endilikda rais, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimlar bu tizimda mehnat qilib, quyi bo‘g‘inda fuqarolar muammolariga yechim topishmoqda.
Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, Mahalla — bu mehr va ahillik qo‘rg‘onidir. Tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarni fursatdan foydalanib, bayram bilan yana bir bor muborakbod etaman.
Mahalla ravnaqi va farovonligini yo‘lida olib borayotgan sharafli xizmatlaringizda omad, kuch-g‘ayrat va ulkan zafarlar tilayman. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin",— deyiladi Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev tabrigida.
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида "Humo Arena" мажмуасида Наврўз шодиёнаси бўлиб ўтмоқда. Унда давлатимиз раҳбари нутқ сўзлаб, халқимизни байрам билан табриклади.
—
В комплексе "Humo Arena" с участием Президента Шавката Мирзиёева проходят торжества, посвященные Наврузу. На них глава нашего государства выступил с поздравительной речью.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
"Yuqori mudin" mahallasi faoliyati Koson tumani hokimi tanqidiga uchradi
Koson tumani "Yuqori mudin" mahallasi xodimlari faoliyati uchun hukumat tomonidan hamma sharoit yaratib berilgan. Yangi, zamonaviy bino qurib berilgan. Ammo Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev mazkur mahalla faoliyatini o‘rgangani borganida vaziyat ayanchli ekani ma'lum bo‘ldi.
Jumladan, mahalla hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmagan. Tozalikka rioya qilinmagan. Bino atrofi va ichida tozalik ishlari juda sust. Daraxtlar betartib ekilib, ishlar qo‘l uchida qilingan.
Tuman hokimi mahalla xodimlarini e'tiborsiz va mas'uliyatsizlikda aybladi va o‘z ustida ishlamasa, kamchiliklar davom etaversa vazifasidan ozod etilishini aytib, jiddiy ogohlantirdi.
👉 @Kosontumani_uz
Fuqaroning uyini ta‘mirlash ishlari davom etmoqda
Koson tumani “Chiroqchi” mahallasida qiyin ahvolga qolgan Tanya momo Salimova uyini homiylar hisobidan ta‘mirlash ma‘lum qilingandi. Hozirda uning xonadonida ta‘mirlash ishlari davom ettirilmoqda.
👉 @Kosontumani_uz
📹 Kosonning chekka mahallasi qiyofasi o‘zgarmoqda (Video)
“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha Koson tumani “Chiroqchi” mahallasida qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.
Jumladan, mahallaga kiraverishda 1 km masofada piyodalar yo'lakchasi qurildi. Bundan tashqari, mahalla xiyoboni bunyod bo'lmoqda. Koson tumani hokimi mazkur amalga oshirilgan ishlar bilan yana bir bor yaqindan tanishdi.
Videoni ko‘rish:👉 https://youtu.be/6tL_ZgyQzrw?si=Un3rpCMBAGpAsKJO
Yana bir eski bino o‘rnida mahalla ahli uchun choyxona bunyod etilmoqda
“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha Koson tumani “Chiroqchi” mahallasidagi yana bir eski bino o‘rnida mahalla ahli uchun choyxona tashkil etilmoqda.
Mazkur choyxonani qurish taklifi ham mahalla fuqarolari biridan chiqdi va kelgusida bu joy zamonaviy va milliy uslubga ega bo‘ladi. Mas‘ullarning ma‘lum qilishicha, shu yil Navro‘z umumxalq bayrami arafasida choyxona ish faoliyatini boshlaydi.
👉 @Kosontumani_uz
"Yuz g‘azal - yuz javohir" tanlovining Koson tuman bosqichi bo‘lib o'tdi – Telegraph
https://telegra.ph/Yuz-gazal---yuz-javohir-tanlovining-Koson-tuman-bosqichi-bolib-otdi-02-12
TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI BUGUN KOSON TUMANNING AYRIM MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI
Gaz tarmog‘ida aniqlangan avariyani bartaraf qilish maqsadida bugun soat 15:00 dan 18:00 ga qadar "Do‘stlik", "Mash'al", "Nartichuqur", "Lolazor" va "Paxtazor" (5 m/t) mahallasidagi 4163 xonadon hamda mazkur hududlarda joylashgan 9 ta ulgurji iste'molchida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Ta'mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, ta'minot qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun tuman gaz ta'minoti bo‘limi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
"Hududgaz Qashqadaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Президент раислигида аграр соҳадаги устувор вазифалар ва режаларга бағишланган йиғилиш бошланди.
Соҳада сўнгги йилларда амалга оширилган ислоҳотлар натижасида деҳқон-фермерларнинг манфаати, даромади ошиб, маҳсулот кўпайди, кластер тизими ривожланиб, юқори унумли техника ва чуқур қайта ишлаш кириб келди, янги навлар ва агротехнология кўпаймоқда.
Жумладан, ўтган йили соҳада ишлаб чиқариш 4,1 фоизга ўсиб, 426 триллион сўмни ташкил қилди. Экспорт эса қарийб 2 миллиард долларга етди. 152 минг гектар боғ ва токзорлар барпо қилинди.
2023 йил илк бор 3 миллион 700 минг тонна пахта, 8 миллион тонна ғалла ҳосили олинди. Бундай рақамлар яқин тарихимизда ҳеч қачон бўлмаган.
Facebook|Instagram|X
Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Александр Лукашенко биргаликда чанғи учдилар
—
Президенты Шавкат Мирзиёев и Александр Лукашенко вместе покатались на лыжах
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Koson tumani suv xo‘jaligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kanalda betonlash ishlari davom etmoqda
Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Koson tumani hududidagi R26 kanalida amalga oshirilayotgan betonlash ishlari bilan tanishdi.
Koson tumanining o'nlab hududlari suv xo‘jaligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan R26 kanalining umumiy uzunligi 25 km tashkil etadi. Maydayobu, Surxon, Chiroqchi, Mulali va ularga tutash hududlar qishloq xo‘jaligi ekinlari aynan shu kanaldan sug‘oriladi. Shuni hisobga olib hozirda kanalda keng ko‘lamli qurilish ishlari bajarilmoqda.
Viloyat hokimi bu yerdagi jarayonlarni ko‘zdan kechirib, quruvchilar bilan muloqot qildi.
Avval xabar qilinganidek, R26 kanalining umumiy 16 km qismi to‘liq betonlashtiriladi va katta miqdorda suv isrofgarchiligining oldi olinadi.
👉 @Kosontumani_uz
"Navoiyni anglash – ma‘naviyatni anglashdir!" mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi
Ulug‘ bobokalonimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi Koson tumanida ham nishonlanmoqda. Bugun sana munosabati bilan "Navoiyni anglash – ma‘naviyatni anglashdir!" mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tumandagi mavjud umumta‘lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilari, ma‘naviyatchilar va ota-onalar qatnashdilar.
Tadbir buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning g‘azal va ruboiylari bilan boshlandi. Navoiy ijodining betakror jihatlari, yuksak insoniy fazilatlari xususida qiziqarli bahs-munozaralar ham bo‘lib o‘tdi.
👉 @Kosontumani_uz
Yangilanayotgan "Chiroqchi" mahallasi
“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha Koson tumani "Chiroqchi" mahallasida katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganidan xabaringiz bor. Bugun Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev hududga borib yana bir bor bajarilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas'ullarga zarur topshiriqlar berdi.
👉 @Kosontumani_uz
Камдан-кам учраб турадиган ҳодиса - икки мамлакат етакчиси биргаликда учинчи мамлакат раҳбарига телефон қилмоқда. Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Александр Лукашенко озарбайжонлик ҳамкасби Илҳом Алиевни Президентлик сайлови муваффақиятли ўтказилгани билан табрикладилар.
—
Редкий момент, когда главы двух государств вместе звонят лидеру другой страны. Президенты Шавкат Мирзиёев и Александр Лукашенко поздравили азербайджанского коллегу Ильхама Алиева с успешным проведением президентских выборов.
Facebook|Instagram|X
Tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari faoliyati yuzasidan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi
Koson tumani hokimi, tuman prokurori va tuman IIB boshlig‘i rahbarligida Koson tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari faoliyati yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda sohada uchrayotgan korrupsiya holatlari tahlil qilinib, tanqidiy ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xodimlarning xizmat vakolatlari eslatilib, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘yganlar qonun oldida javob berishi ta'kidlandi.
👉 @Kosontumani_uz