Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimligining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! Tuman hayotiga oid aniq, xolis va tezkor xabarlarni birinchi bizda kuzating! Sayt: Kosont.uz
“Milliy libos – millat ko‘zgusi” chellenji Koson tumanida!
Milliy libos – tariximiz, an’ana va madaniyatimiz asosi.
⚡️Koson tumani Yoshlar yetakchilari va xodimlari “Milliy libos – millat ko‘zgusi” chellenjida faol ishtirok etmoqda.
👉/channel/Koson_yoshlar
O‘zbekiston fermerlari kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga
MUROJAATI
Qadrli vatandoshlar!
Hurmatli dehqon va fermerlar, agrar soha fidoyi xodimlari!
Bugungi murakkab global iqtisodiy sharoitda, oziq-ovqat xavfsizligi dunyo miqyosida dolzarb masalaga aylanib borayotgan bir paytda, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida mavjud resurslar va imkoniyatlardan unumli foydalanish, oziq-ovqat ekinlarini ikki barobarga ko‘paytirish, yuqori hosil olish, agrar sohada yangi ish o‘rinlarini yaratish muhim vazifalardan biri ekanligini barchamiz his etib turibmiz.
Shunday murakkab pallada biz dehqonu-fermerlar hamda klaster korxonalari tomonidan har qachongidan ko‘proq mas’uliyat bilan ter to‘kib ishlashni davr taqozo etmoqda.
Ayni paytda yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar orqali siz — fermer va qishloq xo‘jaligi subyektlari uchun katta imkoniyat va imtiyozlar yaratildi. Xususan: 2025 yilning o‘tgan 3 oyi davomida qator imtiyozlar va vakolatlar berildi.
Batafsil
Қишлоқ хўжалиги ходимлари ўртасида янги Қарор тарғиботи📃Жорий йилнинг 28-март куни “Қишлоқ хўжалигида ердан фойдаланиш самарадорлигини ошириш ва маҳсулот етиштириш ҳажмини кўпайтириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори қабул қилинди.
Қарорнинг мазмун-моҳияти ва унда белгиланган чора-тадбирлар юзасидан Косон тумани ҳокими ва Мажбурий ижро бюросининг вилоят бошқармаси ҳамда туман бўлимлари билан ҳамкорликда фермерлар ва бошқа қишлоқ хўжалиги ходимлари ўртасида тушунтириш ва тарғибот ишлари олиб борилиб, қарздорлик юзасидан огоҳлантириш хатлари тарқатилмоқда.
🗒Жумладан, Косон туманининг 5 та ҳудудида туман ҳокими А.Бойкараев ва Бюронинг туман бўлими бошлиғи Х.Гулманов томонидан шу каби тарғибот тадбирлари ўтказилиб, қарор мазмуни тушунтирилди.
Суд ҳужжатлари ва бошқа органларнинг ҳужжатларини ижро этиш жараёнида ундирувни қарздорнинг қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ер участкасини узоқ муддатга ижарага олиш ҳуқуқига қаратилади ва бу жараёнда соддалаштирилган тартиб жорий этилади.
«Oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi»
Sh.Mirziyoyev
Chegara va olis hududlarda joylashgan, "qizil" va "sariq" toifadagi hamda kambag'allik darajasi nisbatan yuqori bo'lgan Koson tumanidagi Pudina mahallasida joylashgan 76-maktabda "Ma'rifatli ayol - jamiyat tarbiyachisi!" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
“Milliy libos – millat ko‘zgusi” chellenji Koson tumanida!
Milliy libos – tariximiz, an’ana va madaniyatimiz asosi.
Koson tumani elektr taʼminoti ning energetik xodimlari “Milliy libos – millat ko‘zgusi” chellenjida faol ishtirok etmoqda.
📸 M. Komilov
/channel/qashqadaryo_hududiy_elektr
Бош прокурор Ниғматилла Йўлдошев томонидан Ўзбекистон Республикаси Президентининг 03.01.2025 йилдаги “2025 йилда Республика маҳаллаларида хавфсиз муҳитни яратиш ва ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш тизими самарадорлигини янада ошириш бўйича чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-1-сонли Қарори ижроси ҳамда жойларда криминоген вазиятни таҳлил қилиш фаолиятининг ташкил этилиши бўйича ҳудудларда амалга оширилган ишлар аҳволи ўрганилди.
Хусусан, Косон туманидаги “Мудин” маҳалларида ва "Янги Ўзбекистон массиви"да қарор ижроси бўйича амалга оширилган ишлар ўрганилиб, “Маҳалла еттилиги” ва бошқа масъул мутасаддиларга “ижтимоий профилактика”, “намунавий хавфсиз кўча” ва “намунавий хавфсиз йўлаклар”ни ташкил этиш, маҳалларни тўлиқ видеокузатув билан қамраб олиш, пробацияда турган шахсларни ижтимоий муаммоларини ўрганиш, ишсизлар муаммоларини ҳал этиш, мактабларда давомад бўйича йўл қўйилган хато ва камчиликлар ҳамда уларни қисқа муддатларда бартараф этиш юзасидан кўрсатма ва тавсиялар берилди.
👉 @Kosontumani_uz
#Amir_Temur_689
"Temuriy malikalar" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir boʻlib oʻtdi
Chegara va olis hududlarda joylashgan, "qizil" va "sariq" toifadagi hamda kambag'allik darajasi nisbatan yuqori bo'lgan Koson tumanidagi Yuqori Obron mahallasida joylashgan 38-maktabda Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan "Temuriy malikalar" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil qilindi. Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari A.Ashurova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Madinabonu Muhammadrizoyeva hamda tuman targʻibot guruhi aʼzolari ishtirok etdi.
Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan "Zakovat" intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi
Koson tumanidagi Abdulla Oripov nomli kutubxonada Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan "Zakovat" intellektual o'yinda IIB xodimlaridan tarkib topgan 6 ta jamoa ishtirok etdi. Natijalarga ko'ra: 1-o'rin "Vatan posbonlari" jamoasi, 2-o'rin "Barchinoylar" va "Adolat" jamoalari hamda 3-o'rinni "Temurbeklar" jamoasi qo'lga kiritdi.
G'olib jamoalar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
✅ Kanalimizga a'zo bo'ling! ⤵️
/channel/kosonmanaviyat
Президентимиз замонавий туризм маршрутларини ташкил этиш бўйича вазифаларни белгилаб берди.
Туризм қўмитаси ҳокимликлар билан биргаликда 36 та туман ва шаҳарни этно, гастрономик, тиббий, экстремал, маданий-тарихий, зиёрат, қишки ва агротуризм асосида ривожлантириш бўйича катта дастур тасдиқлайди.
Масалан, Сариосиё тумани ҳудудининг асосий қисми тоғлардан иборат бўлиб, қишки туризм учун катта салоҳият мавжуд. Бу ерда дор йўли, меҳмонхона ва савдо-сервис хизматлари соҳасида 200 миллион долларлик лойиҳалар қилса бўлади.
Яна бир мисол, Чортоқ ўзининг шифобахш сувлари билан машҳур бўлса-да, туман ҳокими янги лойиҳа қилиш уёқда турсин, бор санаторияларга ҳам хорижий сайёҳ олиб кела олмаяпти.
Ёки, Мўйноқда ҳар йили ўтадиган “Стихия” мусиқа фестивалига келган сайёҳларни кўпроқ олиб қолиш учун янги ташаббуслар керак.
Иқтисодиёт ва молия вазирлигига 36 та туман ва шаҳар бўйича мастер режалар ишлаб чиқишни тезлатиб, лойиҳаларни ўз вақтида молиялаштириш топширилди.
Facebook|Instagram|X
🏆 DXX kubogi g'oliblariga – zamonaviy sport maydonchalari topshirildi!
Koson tumani Arabxona mahallasida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida tashkil etilgan Davlat xavfsizlik xizmati kubogining futbol bo'yicha faxrli 1-o‘rinni egallagan mahalla yoshlariga yangi, zamonaviy sport maydonchalari qurib foydalanishga topshirildi!
Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek Noraliyev, keng jamoatchilik hamda yoshlar ishtirok etishdi.
🟢 Ma’lumot o‘rnida, 2024-yil vohamizning 3 ta jamoasi DXX kubogi g’olibligini qo‘lga kiritgan edi.
Koson tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi madaniyat saroyi "Ashula va raqs" ansamblining konsert dasturi boʻlib oʻtadi
Konsert dasturida Avaz Oxun, Shahnoza Otaboyeva, Mashxura Ergasheva, Sherali Bekmurodov, Oybek Kamoliddinov, Suhrobbek Hamdamov ishtirok etdilar. Dasturni Uchqun Tillayev va Oʻtkir Muhamedhujayevlar olib boradi.
Afv etilgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-mart kunidagi PF-62 sonli Farmoni asosida afv etilib, ozodlikka chiqqan Koson tumani hududida yashovchi shaxslar bilan Koson tumani hokimi, tuman IIB boshlig‘i uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida afv etilganlarning ijtimoiy va maishiy muammolari o‘rganilib, ularning jamiyatga to‘laqonli moslashuvi uchun zarur tavsiyalar berildi.
Insonparvarlik va adolat tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan afv siyosati yuzlab yurtdoshlarimizga yangi hayot boshlash imkonini yaratmoqda.
👉🏻 @Kosontumani_uz
Koson tumanida "Shaxmat" intellektual o'yinining sektor bosqichi bo’lib o’tdi.
📌Koson tumanidagi 4 ta sektor mahallalarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat musobaqalarining sektor bosqichi bo’lib o’tdi.
7 yoshdan +70 yoshlilar o'rtasida sektor bosqichida g'olib bo'lgan yoshlar tuman bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
🔥/channel/Koson_yoshlar
https://telegra.ph/Rasmiy-munosabat-04-02-4
Читать полностью…Президент Шавкат Мирзиёев Хўжандда тантанали кутиб олинди. Давлатимиз раҳбари Президент Эмомали Раҳмон билан учрашув ўтказди.
—
Президента Шавката Мирзиёева торжественно встретили в Худжанде. Состоялась встреча с Президентом Эмомали Рахмоном.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⚡️Koson tumanida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmi 4,1 trln so‘mni tashkil etdi
💼 Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-dekabr oylari holatiga Koson tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmi 4,2 trln so‘m miqdorida qayd etilgan.
👇Yillar kesimida tahlil qilinganda:
🟡2019- yil – 2,0 trln so‘m
🟡2020- yil – 2,3 trln so‘m
🟡2021- yil – 2,7 trln so‘m
🟡2022- yil – 3,2 trln so‘m
🟡2023- yil – 3,8 trln so‘mga to‘g‘ri keldi.
👇Rasmiy sahifalar
|🌐Web sayt |🌐Telegram|🌐Facebook|
#Xalqchil_davlat
15-aprel - "O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni" Koson tumanida keng nishonlandi. Jarayondan lavhalar.
✅ Kanalimizga a'zo bo'ling! ⤵️
/channel/kosonmanaviyat
🇺🇿“Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasiga start berildi
✅Koson tumanida joylashgan markaziy o`yingohida mahalla yoshlari o‘rtasida “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining mahalla bosqichlari ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tmoqda.
#yoshlaragentligi
👉/channel/Koson_yoshlar
#Koson_tumanida_shashka
#tuman_bosqichi
📌 Bugun Koson tumanida shashka musobaqasining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.
G’olib bo’lgan yoshlar viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi…
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:🤗
/channel/Koson_yoshlar
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari diqqatiga!
🏷“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi ijtimoiy imkoniyati cheklangan oila farzandlarini xorijiy til, elektron tijorat, marketing va SMM bo‘yicha o‘qitib ishga yo‘naltirishga qaratilgan 3 bosqichli loyiha amalga oshirilmoqda.
⚠️ "Ҳаж" тадбири Ўзбекистон Дин ишлари бўйича қўмита ва Саудия Арабистони Подшолиги Ҳаж ва умра вазирлиги ўртасида ҳар йили имзоланадиган шартнома асосида Ўзбекистон мусулмонлар идораси томонидан амалга оширилади ҳамда бундай фаолият билан бошқа ташкилотларнинг шуғулланишига йўл қўйилмайди.
O‘quv seminari o‘tkazildi
Dala chetlari hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha Koson hududidagi "Vahob bog‘i" fermer xo‘jaligi dala maydonida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminarda tuman fermerlar kengashi raisi va xodimlari hamda hududdagi fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etdi.
👉 @Kosontumani_uz
Сўнгги йилларда ички туризмга эътибор туфайли маҳаллий сайёҳлар сони 23 миллионга етди (2017 йилда 5 миллионта эди).
Лекин ҳалигача Самарқанд, Бухоро, Хива ва Шаҳрисабзга бормаган оилалар кўп. Шу боис, ҳар ойнинг битта шанба ва якшанбаси – “оила ва меҳнат жамоаси билан саёҳатга чиқиш” куни, деб эълон қилинади.
Ёшлар ўртасидаги мусобақа ғолибларига “Ўзбекистон бўйлаб саёҳат” йўлланмасини совға қилиш йўлга қўйилади.
Ҳар йили ички туризм тарғиботини кенгайтиришга 20 миллиард сўм ажратилади.
Мутасаддиларга экстремал туризмни ривожлантириш бўйича чора-тадбирлар ишлаб чиқиш топширилди.
Facebook|Instagram|X
Президент раислигида видеоселектор йиғилиши бошланди.
Давлатимиз раҳбари дунё иқтисодиётида ҳозир фавқулодда вазият кузатилаётганини, уч-тўрт кун ичида халқаро молия бозорларида 10 триллион доллар маблағ йўқотилганини кўрсатиб ўтди.
“Бу тебранишлар бизга таъсир қилмайди, деб ўйлаганлар адашади. Ахир, бу маблағларни бир қисми бизга инвестиция, кредит, евробонд орқали кириб келиши мумкин эди-ку!”,
Bundan tashqari, bugun o‘tkazilgan tadbirlar davomida Qashqadaryo viloyati hokimi Koson tumani 98-maktabda iqtidorli yoshlar bilan muloqot qildi.
Shuningdek, DXX kubogi g‘oliblari uchun qurilgan mini futbol maydoni yonida yoshlarni sportga jalb qilish maqsadida velebol, basketbol maydoni hamda workout maydonchasi ham foydalanishga topshirildi.
👉 @Kosontumani_uz
Jurnalistika sohasini tanlamoqchi bo‘lgan yoshlar va tumanda faoliyat yuritayotgan blogerlar uchun seminar o‘tkazildi
Koson tumani hokimligi axborot xizmati tashabbusi bilan "Jurnalistika - mening taqdirimda" mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Koson tumanida faoliyat olib borayotgan blogerlar va jurnalistika sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kunda media sohasining jamiyatda tutgan o‘rni, tizimdagi yutuqlar, erishilgan natijalar yuzasidan fikr almashilib, sohani egallash istagida bo‘lgan yoshlarga tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Koson tumani hokimligi axborot xizmati va tuman yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida kelgusida yoshlar uchun soha bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etish rejalashtirib olindi.
👉🏻 @Kosontumani_uz
#mol_mulk_va_yer_soligi
❗️15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ining teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni
✅Soliqlar mamlakatimiz taraqqiyoti va kuch-qudratini, xalqimiz farovonligi va tinchligini taʼminlashga xizmat qiluvchi muhim manbadir. Uni o‘z vaqtida to‘lash fuqarolik burchimizdir.
🔹Mol-mulk va yer solig‘ini hududiy soliq inspeksiyalari yoki bank bo‘limlariga borib, shuningdek Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin.
✍️ Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi
Telegram | Facebook
https://telegra.ph/Rasmiy-munosabat-04-02-5
Читать полностью…#ijtimoiyfaol
Esaboylik mehnatkash xotin-qizlar faolligi oshmoqda
Koson tumanidagi Esaboy mahallasida yashovchi ayollardan Sherqulova Rohila 16 sotix hamda Barnoyeva Nargiza 10 sotix issiqxonaga bodring yetishtirmoqda. Abduhalilova Visola oʻz hovlisida 30 ta tovuq boqib oilasi daromadiga hissa qoʻshmoqda. Mahalla ahli oʻz mehnatidan quvonib, tinchligimizga shukrona keltirib yashamoqda. Jarayondan lavhalar.
📹 Kosonlik o‘quvchi OTMga kirish uchun muddatidan oldin maksimal ball yig‘di
U mutaxassislik fanlari bo‘yicha tarix va ingliz tili fanlaridan maksimal ball beradigan darajali sertifikatni qo‘lga kiritdi.Majburiy fanlardan ham milliy sertifikat olib, eng yuqori natijani qayd etdi.
Batafsil ko‘rish:
https://www.instagram.com/share/reel/BBtSChAiQ0