Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimligining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! Tuman hayotiga oid aniq, xolis va tezkor xabarlarni birinchi bizda kuzating! Sayt: Kosont.uz
📹📸 Ikkinchi jahon urushi faxriylariga esdalik medallari va pul mukofotlari topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushidagi buyuk G‘alabaning 80 yilligini yodga olish maqsadida maxsus esdalik “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” yubiley medali ta’sis etildi.
Ushbu yuksak mukofot 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 1941–1945 yillardagi urush hamda mehnat fronti faxriylariga topshirilmoqda.
Jumladan, Koson tumanidagi urush faxriylari holidan tuman hokimi o‘rinbosarlari va tumandagi korxona hamda tashkilot rahbarlari xabar olib, ularga 3 mln so‘m moddiy yordam hamda medallarni topshirishdi.
👉 @Kosontumani_uz
⚡️Tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi!
ERTAGA KOSON TUMANINING AYRIM MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI!
Gaz tarmog‘ida o‘rnatilgan zulfin yangisiga almashtiriladi. Shu maqsadda 2025-yilning 7-may kuni (ertaga) soat 08:00 dan 18:00 ga qadar tumanning "Lolazor", "Paxtazor", "Nartibaland", "Do‘stlik", "Mesit", "Arabxona", "Nartichuqur", "Mashʼal" hamda "Chorbog‘" mahallasidagi 5018 xonadon hamda yuqoridagi hududlarda joylashgan 5 ta ulgurji iste'molchida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Ta'mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, ta'minot qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
✍ "Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
Qashqadaryo viloyati fermerlari Kengashi Rayosati aʼzolarining fermerlarga, klasterlar va qishloq xo‘jaligi xodimlariga MUROJAATI
Batafsil: https://gov.uz/oz/koson/news/view/52217
👉 @Kosontumani_uz
📹 Welcome to Koson 💧Business Forum – May 12, 2025!
Here’s what awaits you:
— Unique meetings
— Investment opportunities
— New partnerships
— B2B sessions, export insights & powerful networking
Register now!
Добро пожаловать на Koson Business Forum — 12 мая 2025!
Вас ждут:
— Уникальные встречи
— Инвестиционные возможности
— Новые партнёрства
— B2B-встречи, экспорт и нетворкинг
Регистрируйтесь прямо сейчас!
2025-yil 12-may kuni bo‘lib o‘tadigan Koson Business Forum’iga xush kelibsiz!
Sizni quyidagilar kutmoqda:
— Noyob uchrashuvlar
— Investitsiya imkoniyatlari
— Yangi hamkorliklar
— B2B uchrashuvlar, eksport va networking
Ro‘yxatdan o‘ting👇
+998951773335 📞
https://kosonforum.uz 🌐
info@kosonforum.uz 💌
Косон туманида фаолият юритаётган "Ваҳоб боғи" фермер хўжалиги даласида Ўзбекистон Республикаси фермерлар кенгаши мутахассиси билан биргаликда ўрганиш ишлари олиб борилди.
👉🏻 @kosontumani_uz
Xalq deputatlari Koson tumani kengashining 7-chaqiriq 11-sessiyasi o‘tkazildi
Bugun Koson tumani hokimligida Xalq deputatlari Koson tumani kengashining 7-chaqiriq 11-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Sherzof To‘xtashev va Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev, Xalq deputatlari viloyat kengashi raisi Ismigul Xushvaqtova ishtirok etdi.
Dastlab kun tartibidagi masala yuzasidan Koson tuman prokurori Fahriddin Jovliyevning 2025-yil 1-choragida qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti eshitildi.
Deputatlar tuman prokurori axboroti yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
👉 @Kosontumani_uz
Yoshlar xiyobonida konsert dasturi o’tkaziladi
Ertaga,30-aprel kuni soat 18:00 da Koson tumani markazidagi Yoshlar xiyobonida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir va konsert dasturi bo’lib o’tadi!
Tadbirda xonanda Gulinur qo’shiq kuylab, tuman ahli va mehmonlarga yuqori kayfiyat ulashadi.
Kirish bepul, barcha Kosonliklarni mazkur tadbirga taklif etib qolamiz!
👉🏻 @Kosontumani_uz
Xushxabar!
Kosonlik yosh chempion bo‘ldi
Koson tumani "Mugʻjagul" MFYda istiqomat qiluvchi yosh sportchimiz Axadillayeva Xabiba yurtimiz sha’nini himoya qildi!
U Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan o‘smirlar o‘rtasidagi JIU-JITSU sport turi bo‘yicha musobaqada munosib ishtirok etdi va 2-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempioni unvoniga sazovor boʻldi!
Қашқадарё вилояти прокурори ва Ички ишлар бошқармаси бошлиғининг вилоят аҳолисига МУРОЖААТИ
————————————————
Qashqadaryo viloyati prokurori va Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining viloyat aholisiga MUROJAATI
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
"Pudina" mahallasidagi artizan quduqlariga quyosh panellari o‘rnatildi
Elektr energiyasi va xarajatni tejash maqsadida Koson tumani "Pudina" mahallasidagi artizan quduqqa zamonaviy quyosh panellari o‘rnatildi. Endilikda quduqlardan suv chiqarishda elektrdan foydalanilmaydi.
Koson tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Hamza Nazarov hududda bo‘lib, quyosh panellarining afzaliklarini aholiga tushuntirdi.
👉 @Kosontumani_uz
Muborak dala o’quv maydonida Koson tumani Mudofaa ishlari bo’limi bilan hamkorlikda 506-nafar 11-sinf o’quvchi yoshlari ishtirokida amaliy o’q otish mashg’uloti o’tkazildi.
Tadbirda yoshlar zamonaviy qurol-aslaha va jangovar texnikalar, dala o’quv maydon (paligon) lariga moslashib, ko’nikma hosil qilishni o’rgandilar.
👉 @Kosontumani_uz
🏐 Ichki ishlar vaziri kubogi uchun “Voleybol” musobaqaning mahallalararo 4-mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.
Koson tumanida Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi keng nishonlandi
Koson tumanidagi Abdulla Oripov nomli kutubxonada tuman hokimligi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Koson tuman boʻlinmasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi arafasida ijodiy kecha tashkil qilindi. Tadbirda shoirning rafiqasi Nazira As-Salom ishtirok etib, barchaga minnatdorchilik bildirdi. Shoir she'riyati insonni har tomonlama o'ylashga, his-tuyg'ularni chuqur anglashga, yuksak ma'naviyatga yetishishga chaqiradi. Yoshlar tomonidan berilgan savollar biroz o'ylantirgan bo'lsada, lekin shoirning oilasi bo'lish ham mashaqqatli ham sharafli ekanligini Nazira opa aytib o'tdi. Ijodiy kecha mazmunli va hammada iliq taassurot qoldirdi.
#birdamjamiyat
Koson tumanidagi Abdulla Oripov nomidagi axborot - kutubxona markazida “O‘zbekiston kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkaziladigan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi.
✅ Kanalimizga a'zo bo'ling! ⤵️
/channel/kosonmanaviyat
Туман ҳокими тадбиркорлар билан учрашди
Косон тумани ҳокими Асрол Бойкараевнинг тадбиркорлар билан навбатдаги учрашуви ўтказилди.
Унда туманда фаолият олиб бораётган тадбиркорлик субъектлари раҳбарлари, кичик бизнес эгалари ва янги лойиҳалар ташаббускорлари иштирок этиб, таклиф, мурожаат ҳамда муаммолар юзасидан туман ҳокими билан мулоқот қилишди.
👉 @Kosontumani_uz
#birdamjamiyat
Ombudsman kosonlik yoshlar bilan uchrashdi
Ombudsman faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, adolatlilik, insonparvarlik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, xolislik, ochiqlikdan iborat.
Koson tumanidagi 75-76-maktablarda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha Qashqadaryo viloyati vakili (Ombudsman) Lola Saodatova va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbirda bugungi yoshlar yanada adolatli va teng huquqli muhitda yashashni hamda eng zamonaviy imkoniyatlar va qulayliklardan foydalanishni, qolaversa, o‘zlari mansub jamiyatlardagi qarorlar qabul qilish jarayonlarida erkin ishtirok etishi mumkinligi ta'kidlandi. Uchrashuv davomida psixolog Dildora Amirqulova tomonidan yoshlarning qiziqishlari o'rganildi hamda tegishli tavsiyalar berildi. Uchrashuv qizgʻin savol-javoblarga boy oʻtdi.
Koson tumani pillakorlari ilg‘orlar safida. Joriy yilgi dastlabki pilla hosil terib olinmoqda.
Tuman pillakorlari 4763 quti ipak qurtini parvarishlab 300 tonnaga yaqin kumush tola yetishtirishni reja qilishgan. Pilla boqish mavsumida 26 052 nafar xotin-qizlarning bandligi ta'minlanadi.
Durdek tovlangan pilla hosili - mehnat samarasini namoyon etmoqda.
👉 @Kosontumani_uz
#birdamjamiyat
Koson tumanida mahalla raislari saylovi yuqori saviyada boʻlib oʻtmoqda
Mazkur saylov mahallalarda o‘z-o‘zini boshqarish tizimini yanada mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish va mahallalarning roli va ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Dastlab, 2021-2025 yillarda mahallaga raislik qilgan tajribali pedagog S.Xolmurodov faoliyati davomida koʻpgina bunyodkorlik ishlariga qoʻshgan hissasi uchun hurmat bilan nafaqaga kuzatildi.
Saylov yakunida, “Hamkorlik” mahallasida yoshlar yetakchisi boʻlib faoliyat yuritgan, fidokorona mehnati, odilona yondashuvi va jamoatchilik orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan munosib nomzod Suhrob Xushvaqtov mahalla raisi etib saylandi.
ТАЪЗИЯ
Жиноят ишлари бўйича Косон туман судининг тергов судьяси Мансур Абраев вафот этди.
Косон тумани ҳокимлиги ва кенг жамоатчилик марҳумнинг яқинларига чуқур ҳамдардлик изҳор қилади.
Xalq deputatlari Koson tumani kengashining 7-chaqiriq 11-sessiyasida tuman IIB boshlig‘i hisoboti eshitildi
Xabar qilganimizdek, bugun Koson tumani hokimligida Xalq deputatlari Koson tumani kengashining 7-chaqiriq 11-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Koson tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i B.Mirzayevning 2025-yil 1-choragida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida hisoboti eshitildi.
👉 @Kosontumani_uz
🌟 Эртадан (1 май) маҳалла раислари сайлови бошланади
АОКАда Ўзбекистон маҳаллалари уюшмаси Ахборот хизмати раҳбари Жобир Асқаров иштирокида ўтказилган брифингда май-июль ойларида ўтказиладиган Фуқаролар йиғини раиси сайловларини ташкил этиш ва ўтказиш юзасидан маълумот берилди.
✍️ Батафсил
Маълумот учун, Қашқадарё вилоятининг ўзида 828 та маҳалла фуқаролар йиғинларига раислар сайланади.
❗️ ҲУРМАТЛИ ФУҚАРОЛАР!
САЙЛОВДА ФАОЛ ИШТИРОК ЭТИБ, МУНОСИБЛАРГА ОВОЗ БЕРИНГ!
📹 KOSON TUMANI PROKURORI VA ICHKI ISHLAR BO‘LIMI BOSHLIG‘INING TUMAN AHOLISIGA MUROJAATI
👉🏻 @Kosontumani_uz
DIQQAT EʼLON
Hurmatli Koson tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!
Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Koson tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 30-aprel kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Koson tumani filiali rahbari Uktam Haitov boshchiligida bo‘lib o‘tadi.
📍Manzil: Koson tumani Qozoqli MFY binosi
☎️ Murojaat uchun telefon: +998554024686
@Kosontumani_uz
🇺🇿Koson tumanida "Shijoat va g'ayrat" harbiy-sport musobaqasi o'tkazildi
🛡 Musobaqada yoshlar vatanparvarlik ruhini kuchaytiruvchi shartlar va sport sinovlarida ishtirok etib, qobiliyatlarini sinovdan o’tkazishdi hamda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
#yoshlaragentligi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
Koson tumanida pilla qurti parvarishi avjida
Koson tumani "Koson" mahallasida uch yoshgacha bir joyda boqish usulida pilla qurti parvarish qilinmoqda. Tuman hokimi o‘rinbosari Aziza Ashurova bu ish bilan mashg‘ul bo‘lib, bandligini taʼminlagan ayollar xonadonida bo‘lib, o‘rganish o‘tkazdi
👉 @Kosontumani_uz
⚡️ERTAGA KOSON TUMANIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI!
Yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmasida aniqlangan nosozlikni bartaraf qilish maqsadida 2025-yilning 25-aprel kuni (ertaga) soat 08:00 dan 18:00 ga qadar tumanning "Yangiobod", "Araliq", "Saripul", "Ravot", "Regzor", "Jizzalik", "Lolazor", "O‘rta obron", "Quyi obron", "Nartibaland", "Boyg‘undi", "Mesit", "Quyibog‘", "Mash'al", "Arabxona", "Mug‘jagul", "Nartichuqur", "Istiqbol" hamda "Navbahor"(4 m/t) mahallasidagi 9192 xonadon hamda yuqoridagi hududlarda joylashgan 95 ta ulgurji iste'molchida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Ta'mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, ta'minot qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
✍ "Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Qabul_2025
📣📣📣📣📣
⚡️ Joriy yilning 26-aprel va 2-may kunlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Koson tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.
✅ Ochiq eshiklar kunida:
➖Maktabdagi oʻqitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
➖Oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
➖Koʻrgazmalar (oʻquvchilarning dars jarayoni va noakademik toʻgaraklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
➖ Maktab hududi boʻylab ekskursiya uyushtiriladi.
🗓 26-aprel va 2-may kuni
⏱️ Soat 09:30 dan 14:00 gacha
Aziz oʻquvchilar, keling ixtisoslashtirilgan maktablarimiz bilan tanishing! Nima uchun aynan Siz ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi boʻlishingiz kerakligiga oʻzingiz ishonch hosil qiling!
Косонлик илмсевар қиз натижаси
Гуласал Бўтаева "IELTS" имтиҳонидан 9.0 балл олгани ва вилоятимизда бу натижани қўлга киритган хотин-қизлардан биринчиси бўлгани хақида хабар берилган эди.
Мазкур видео орқали эса Гуласалнинг бу натижага эришган жараёнидаги ҳис-туйғуларини кўриш мумкин.
Шунингдек, бу кўпчилик ёшлар учун ҳам мотивация бермасдан қолмайди албатта.
Каналга аъзо бўлинг
/channel/Koson_yoshlar
Косон тумани прокурори Фаҳриддин Жовлиев томонидан Косон туманида яшовчи, муқаддам жиноят содир этган 24 нафар "оғир тоифа"даги ёшлар билан учрашувлар ўтказилиб, уларнинг муаммолари тингланди.
Ўтказилган учрашувларда ёшларга келгусида жиноят содир этмаслик ҳамда тадбиркорлик қилиш истагида бўлганларга ўз фаолиятиларини бошлаш учун тегишли тушунчалар берилди.
👉 @Kosontumani_uz
⚡️Diqqat eʼlon!
Koson tumanida eng faol kitobxon bo`lgan mahalla vakili aniqlanadi!
Tuman Axborot-kutubxona markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʼlimi hamda tuman Mahallalar uyushmasi bilan hamkorlikda “Eng faol kitobxon MFY xodimi” kitobxonlik ko‘rik-tanlovi boʼlib oʼtadi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar roʼyxati:
1. Shavkat Mirziyoyev “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston";
2. Xayriddin Sultonov “Ishonch telefoni”;
3. Chingiz Aytmatov “Qiyomat”;
4. Fyodor Dostoyevskiy “Kambag‘allar”;
5. Jeyms Klir “Atom odatlar”;
G‘oliblar tantanali tarzda taqdirlanadi. Murojaat uchun telefon raqami: - 99-622-76-88
Manzil: Abdulla Oripov nomidagi kutubxona
Vaqti: 24.04.2025 soat 10:00
✅ Kanalimizga a'zo bo'ling! ⤵️
/channel/kosonmanaviyat