kosontumani_uz | Unsorted

Telegram-канал kosontumani_uz - Koson.uz | Koson tumani hokimligi

9871

Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimligining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! Tuman hayotiga oid aniq, xolis va tezkor xabarlarni birinchi bizda kuzating! Sayt: Kosont.uz

Subscribe to a channel

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

“Xavfsiz hudud-xavfsiz mahalla” loyihasi doirasida hududlarda kuzatuv kameralari o'rnatilmoqda

Koson tumani hududlarida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va mahallalarda xavfsiz hududni yaratish maqsadida kuzatuv kameralari o'rnatish ishlari davom etmoqda.

Jumladan, tuman markazida joylashgan "Paxtazor" mahallasidagi gavjum ko'chalarga 14 ta kameralar joylashtirilib, nazorat kuchaytirilmoqda.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2025-yil 27-may kungi 106 (1432)-soni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida mutolaa uchun havola qilinadi.

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirdi: Oʻzbekistonda keng qamrovli axborot kampaniyasi boshlanmoqda

2025-yil 15-maydan boshlab Oʻzbekistonda “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirdi. Bu — mamlakat tarixida ilk bor bolalarga nisbatan zoʻravonlik turlarini tizimli tarzda belgilab bergan va aniq javob choralari hamda javobgarlik mexanizmlarini joriy etgan hujjatdir.


Axborot kampaniyasini boshlash tashabbuskori — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shaxnoza Mirziyoyeva boʻldi.

Qonunni amalga oshirish doirasida 26-may kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Majburiyatdan harakatga: Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha strategiya va milliy istiqbollar” nomli milliy konferensiya oʻtkaziladi. Unda bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha 10 yillik strategiya va Harakatlar rejasi taqdim etiladi. Tadbirda BMT, UNICEF, xalqaro tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etadi.

Kampaniyaning asosiy voqealaridan biri — 27-may kuni soat 12:00 da City Mall’da (Cinematics, 3-qavat) boʻlib oʻtadigan “Haqqim bor” nomli qisqa metrajli film premyerasi boʻladi. Filmda ruhiy bosim, jismoniy va jinsiy zoʻravonlik turlarini boshdan kechirgan bolalarning real hayotiy hikoyalari aks etgan. Filmning asosiy maqsadi — uzoq vaqt davomida eshitilmagan bolalarga ovoz berishdir.

Premyeradan soʻng mehmonlar zoʻravonlikni boshdan kechirgan bolalar tomonidan chizilgan rasmlar koʻrgazmasini tomosha qilishlari mumkin boʻladi. “Haqqim bor” nomli ekspozitsiya City Mall’ning birinchi qavatida joylashadi va bu mavzudagi ochiq muloqotning bir qismiga aylanadi.

Biz jamiyatning har bir a’zosi anglab yetishini istaymiz: bolalarga nisbatan zoʻravonlik — bu taqiqlangan mavzu emas, balki unga qarshi kurashishimiz kerak boʻlgan haqiqatdir. Va endilikda qonun asosida har bir bolaning sha’niga tajovuz qilgan shaxs jazoga tortiladi.


Jimlik — endi norma emas.
Beparvolik — endi tanlov emas.
Bu qonun — bolalar oʻzini xavfsiz his qiladigan jamiyat sari muhim qadam.

📝
telegram    💻 instagram  
📝
facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Koson tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga yangi direktor tayinlandi

Jabborov Oybek Qaxramonovich Koson tumanidagi “Inson”
ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimiga olti oylik sinov muddati bilan tayinlandi.

Oybek Jabborov 1989-yil Koson tumanida tug‘ilgan.
2011-yilda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Bu lavozimga qadar Koson tumani G‘aznachilik xizmati bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev markazning yangi direktorini jamoaga tanishtirib, uning oldida turgan vazifalarga ham to‘xtalib o‘tdi.

👉🏻 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan hamkorlikda press-tur tashkil etildi

G‘alla o‘rimi mavsumi oldidan kombaynlar va texnikalarni ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha tashkil qilingan seminar davomida Koson tumani hokimligi va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan hamkorlikda press-tur o'tkazildi.Press-turda OAV vakillari, bloger va jurnalistlar ishtirok etib, muhim ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

👉🏻 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

G‘alla o‘rimi mavsumi oldidan kombaynlar va texnikalarni ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Seminar Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i Abduvohid Ismoilov, Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzoqov va Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev boshchiligida tashkil qilindi va unda qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari, mutaxassislari, kombayn haydovchilari ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun, Koson tumanida 2025-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlaridan yetishtirilgan hosilini tez va qisqa muddatlarda o‘rib-yig‘ib olish bo‘yicha 20 ta otryad tuzilgan va ularga 46 ta kombayn biriktirilgan. Bu kombaynlarda 92 nafar operator haydovchilar faoliyat olib boradi. Tashkil etilgan tadbirda esa kombayn operatorlariga forma va oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Bu yil tumanda 18 ming 500 gektar maydonga, 1297 nafar fermer tomonidan g‘alla ekilgan va 61 ming tonna g‘alla hosilini o‘rib olish rejalashtirilmoqda.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Koson tumani hokimligi binosi oldida turli manzarali daraxtlar va gul ko’chatlari ekildi

👉🏻 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Qarshida tuman va shahar hokimliklari matbuot kotiblari uchun seminar o’tkazilmoqda

2025-yil 15–16-may kunlari Qarshi shahrida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamda Islom taraqqiyot banki hamkorligida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarida tuman va shahar hokimliklari matbuot kotiblari ishtirok etmoqda.

Seminarda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professori Nargis Qosimova, taniqli fotograf Husniddin Atoyev hamda BMTTD loyihasining PR mutaxassisi Bexzod Umarov tomonidan ishtirokchilarga loyiha mazmun-mohiyati, axborot bilan ishlash va samarali kommunikatsiya bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.

👉🏻 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida hosil olinmoqda

Koson tumani Guvalak hududida "Har bir yoshga bir gektar" loyihasi asosida yer maydonlari ajratilgandi.
Bu maydonlardan unumli foydalangan yoshlar esa bog‘ tashkil etishdi.

Bugungi kunga kelib bog‘da ekilgan daraxtlardan hosil olinmoqda. Jumladan, o‘rik hosilini terib olish va bozorlarda sotish ishlari boshlandi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi

12- may Xalqaro hamshiralar kuni!
Sana munosabati bilan Koson tumani Tibbiyot birlashmasida hamshiralar uchun tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 60 nafar faol hamshiralar birlashma tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Mazkur forum OAV vakillari uchun press-tur shaklida tashkil etilib, jarayonlar jurnalist va blogerlar tomonidan yoritib borilmoqda

👉🏻 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

📹 Jarayonlardan videoreportaj

👉🏻 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

📹 Welcome to Koson 💧Business Forum – May 12, 2025!
Here’s what awaits you:
— Unique meetings
— Investment opportunities
— New partnerships
— B2B sessions, export insights & powerful networking

Register now!

Добро пожаловать на Koson Business Forum — 12 мая 2025!
Вас ждут:
— Уникальные встречи
— Инвестиционные возможности
— Новые партнёрства
— B2B-встречи, экспорт и нетворкинг

Регистрируйтесь
прямо сейчас!

2025-yil 12-may kuni bo‘lib o‘tadigan Koson Business Forum’iga xush kelibsiz!
Sizni quyidagilar kutmoqda:
— Noyob uchrashuvlar
— Investitsiya imkoniyatlari
— Yangi hamkorliklar
— B2B uchrashuvlar, eksport va networking

Ro‘yxatdan o‘ting👇

+998951773335 📞
https://kosonforum.uz 🌐
info@kosonforum.uz 💌

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Бугунги тинч, озод ва эркин ҳаёт учун ўзининг азиз жонини ҳам аямасдан курашган фидойи инсонларнинг олдида доимо қарздормиз.

Мы находимся в постоянном долгу перед отважными людьми, которые, не жалея своей жизни, боролись за сегодняшние мир и свободу.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Xalq deputatlari Koson tumani kengashi deputati Murod Mo'minov tashabbusi bilan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Unutmoq osonmas sizlarni" nomli tadbir o'tkazildi.

Tadbirda 40 nafarga yaqin turli sohalarda samarali faoliyat ko'rsatgan marhum faxriylar yod etilib, ularning ezgu amallari eslandi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

“Янги Ўзбекистон” газетасининг 2025 йил 27 май кунги 106 (1432)-сони кирилл ёзувига асосланган ўзбек алифбосида мутолаа учун ҳавола қилинади.

Telegram | Facebook | YUZ">YouTube | Instagram

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Koson tumani maktablarida ham "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo’lib o’tdi

Bugun Koson tumanidagi jami 102 ta umumiy o’rta ta’lim maktablarida so’nggi qo’ng’iroq chalindi.

Tadbirlarda tumandagi tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o’rinbosarlari ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan bitiruvchilarga yo‘llangan tabrik xatini o‘qib eshittirishdi.

Shundan so‘ng, maktab sahnalarida bitiruvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, raqslar va she’rlar namoyish etildi.

Ma’lumot uchun, bu yil tuman maktablarini 3831 nafar bitiruvchilar tamomlab, yangi hayot ostonasiga qadam qo’ydi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

“Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi g‘olibligi Koson tumani jamoasiga nasib etdi

Qashqadaryo viloyat Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi, Qarshi harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi tashkil etildi.

Musobaqaning maqsadi “Shunqorlar” musobaqasi yoshlar orasida vatanparvarlik, mardlik, jasorat tuyg‘ularini shakllantirish, ularni harbiy xizmatga tayyorlash, jismonan va ruhan chiniqtirish hamda sportga jalb etishdan iborat.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinnni Koson tumani “Turon arslonlari” jamoasi qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Maktabdagi haykal ta’mirlangan va nazoratsiz emas

Ijtimoiy tarmoqlarda Koson tumani 90-maktab yonida atoqli shoir Abdulla Oripovning haykali xor bo’lib yotgani haqida foto va xabarlar e’lon qilindi.Xabarda haykal ta’mirtalab holga kelib qolgani va nazoratsiz qoldirilgani yoziladi.
Holat yuzasidan o’rganish o’tkazilganida esa bu xabarda e’lon qilingan surat eski ekani, haykal ta’mirlangani va doim atrofi obodonlashtirilishi ma’lum bo’ldi.

Ta’kidlash joiz, bu haykal 2015-yilda qurilgan va Qarshi shahrida o’rnatilgandi. Keyinchalik o’rniga Abdulla Oripovning asosiy haykali qurilishi munosabati bilan 90-maktab hududiga ko’chirilgan.

Hozirda haykalda har yili ta’mirlash va tiklash ishlari amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan surat esa haykal hududga ko’chirilgan vaqtda, hali ta’mirlash ishlari boshlanmagan davrda olingan bo’lishi mumkin. Tarmoq faollaridan bu kabi asossiz va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so’rab qolamiz.

👉🏻 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

📹 G‘alla o‘rimi mavsumi oldidan kombaynlar va texnikalarni ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi (Video)

👉🏻 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

📹 "QASHQADARYO AXBOROTI" Koson tumanida kuydirgi kasalligini tabiiy o‘choqlardan kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Yo‘llarda asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda

Koson tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi balansidagi  mahalliy ahamiyatdagi "Koson-Obron- Pudina" avtomobil yo‘lining jami uzunligi 20 km tashkil etadi.

2025-yil may oylarida avtomobil yo‘lining 0-3 km qismlarida 425 metr ta’mirlash, asfaltlash hamda  nuqsonlarni bartaraf etish ishlari bajarilmoqda.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

“Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

“Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan namunali oilalar taqdirlanadi.


Koson tumanidagi Madaniyat markazida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan oilalarga ko‘krak nishoni va tegishli sovg‘alarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

✅ Kanalimizga a'zo bo'ling! ⤵️
/channel/kosonmanaviyat

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

#intervyu

Koson tumani bo‘yicha oldinda turgan yoz mavsumda elektr taʼminoti barqarorligini taʼminlash, uzilishlarining oldini olishga alohida eʼtibor qaratilyapti. Xususan, Sharq yulduzi ustachilik bo‘limi tasarrufudagi 780 km. past kuchlanishli elektr havo tarmoqlari profilaktikasi (elektr simiga tegib qolgan daraxt shoxlarini butash), qurilmalarni taʼmirlash, rekonstruksiya qilish kabi ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

/channel/qashqadaryo_hududiy_elektr

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

📹 Koson Business Forumida Koson tumani hokimi ham ishtirok etdi

Koson tumani Shohsaroy to’yxonasida davom etayotgan Koson Business Forumida Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev ham ishtirok etib, nutq so’zladi.

Tuman hokimi tadbirkorlik qilish yoki isvestitsiya kiritish niyatida bo’lganlarga barcha sharoit yaratilganini alohida ta’kidladi.

👉🏻 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Koson Business Forumida turli davlatlardan investor tadbirkorlar ishtirok etmoqda

Jumladan, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Turkiya va Pokiston davlatlari tadbirkorlari forumda kosonlik tadbirkorlar bilan muloqot qilib, fikr almashishmoqda.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

#live
Koson Business Forumi boshlandi

Koson tumani Shohsaroy to‘yxonasida ayni paytda Koson Business Forumi boshlandi.

Forumda tadbirkorlar va ishbilarmonlar o‘zlarining ishlab chiqargan mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

👉🏻 @Kosontumani_uz

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Kosonda 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo'yildi

Marosimda tumandagi tashkilot va muassasalar xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.

✅ Kanalimizga a'zo bo'ling! ⤵️
/channel/kosonmanaviyat

Читать полностью…

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

Mikrokreditbank xodimlari milliy liboslarimizni targ'ib qilishmoqda

Mikrokreditbankning Koson tumani bo'limi xodimlari ishxonaga milliy liboslarimizda kelib, milliy qadriyatlarimiz va an'analarimizni targ'ib qilishdi hamda mijozlarga milliy liboslarda xizmat ko'rsatishdi.

👉 @Kosontumani_uz

Читать полностью…
Subscribe to a channel