Ulug‘nordagi maktabda o‘quvchi o‘qituvchini urdi
«Bezori» qiz 7-sinf o‘quvchisi. U stol ustidan sakrab o‘tib, o‘qituvchini tepgan.
📹👉 https://kun.uz/uz/55957481
➡️ Andijon xabarlari
Pul bo‘lmasa, stela qurish nega kerak edi? Paxtaobod hokimligi quruvchining pulini 3 yildan beri bermayapti
Ikkita stela va uchta ma’muriy bino qurgan quruvchi jami 758 mln so‘m haqini ololmayapti. Hokim o‘rinbosari muxbirni qabul qilishni istamadi, moliya boshlig‘i o‘rinbosari esa tadbirkorning o‘zini aybladi. Qarz qaytarilmayotganiga sabab qilib qarz miqdori kattaligi, tuman budjetida buncha pul yo‘qligi aytilyapti.
👉 https://kun.uz/uz/05657618
➡️ Andijon xabarlari
DXX: «O‘zyo‘linspeksiya» mas’ullariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
«O‘zyo‘linspeksiya» Yo‘l-qurilish materiallari sifatini nazorat qilish va yo‘l sinov laboratoriya boshqarmasi tomonidan 2021 yilning fevral oyida Andijon viloyati Xonobod shahridagi 4H-1071 «Xonobod-Turkobod» avtomobil yo‘li 0-7 km qismida yotqizilgan asfaltbeton qatlamlari qalinligi tekshirilgan hamda loyiha va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa qilingan.
👉 https://kun.uz/uz/49853452
➡️ Andijon xabarlari
📊 Qaysi hudud meva va sabzavotlar eksportida yetakchi?
🏢 Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-oktyabr oylarida xorijga meva va sabzavotlar eksport qilgan hududlar:
🟢 Farg‘ona viloyati – 261,1 ming tonna
🟢 Toshkent viloyati – 184,7 ming tonna
🟢 Samarqand viloyati – 162,2 ming tonna
🟢 Surxondaryo viloyati – 134,7 ming tonna
🟢 Xorazm viloyati – 132,3 ming tonna
🟢 Namangan viloyati – 123 ming tonna
🟢 Andijon viloyati – 98,2 ming tonna
🟢 Toshkent shahri – 81 ming tonna
🟢 Jizzax viloyati – 69,4 ming tonna
🟢 Buxoro viloyati – 63,5 ming tonna
🟢 Qashqadaryo viloyati – 43,1 ming tonna
🟢 Sirdaryo viloyati – 41,1 ming tonna
🟢 Qoraqalpog‘iston R. – 21,3 ming tonna
🟢 Navoiy viloyati – 9,8 ming tonna
➡️ Andijon xabarlari
O‘zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollar atrofida saqlanib qoldi
26 milliardning chorak qismi budjet kamomadini yopish uchun olingan. Global inflatsiya sabab jahonda foiz stavkalari oshib ketgani O‘zbekiston hukumatini avvalgi yillardagi kabi faol qarz olishdan tiyib turibdi. Olingan qarzlarni foizi bilan qaytarish xarajatlari olti oyda 1,1 mlrd dollarni tashkil etgan.
👉 https://kun.uz/uz/38954103
➡️ Andijon xabarlari
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qoldig‘i 29 oylik minimumgacha kamaydi
O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yilning boshidan beri 2,82 mlrd dollarga yoki 8,04 foizga kamayib, joriy yilning 1-noyabr holatiga 32,3 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bunga jahon moliya bozorida oltin kotirovkalar narxining pasayishi jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.
👉 https://kun.uz/uz/50718951
➡️ Andijon xabarlari
XTV va SSV tizimlarida budjetning 77 mlrd so‘mi noqonuniy ishlatildi
2022 yilning o‘tgan 9 oyi davomida bajarilmagan ishlarni “bajarildi” qilib ko‘rsatish, o‘rnatilmagan uskunalarni “o‘rnatildi” deb rasmiylashtirish hisobiga 100 mlrd so‘mdan ortiq davlat pullari noqonuniy sarflangan. Moliyaviy qonunbuzilishlar qiymati xalq ta’limi tizimida 47 mlrd, sog‘liqni saqlashda 30 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.
👉 https://kun.uz/uz/49883556
➡️ Andijon xabarlari
2022-yil 22-noyabr kuni Beeline Uzbekistan brend yangilanishi boshlangani haqida xabar berdi
Tafsilotlar: beeline.uz
Batafsil maʼlumotlar Telegramdagi kanalimizda
Reklama
🐟 Qaysi hududda eng ko‘p baliq ovlangan?
🏢 Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentyabr oylarida respublikamizda 83,3 ming tonna baliq ovlangan.
✅ Hududlar kesimida ovlangan baliq hajmi:
— Xorazm viloyati – 13,9 ming tonna
— Navoiy viloyati – 8,3 ming tonna
— Andijon viloyati – 7,8 ming tonna
— Toshkent viloyati – 7,7 ming tonna
— Jizzax viloyati – 7,7 ming tonna
— Farg‘ona viloyati – 6,1 ming tonna
— Qoraqalpog‘iston R. – 5,7 ming tonna
— Buxoro viloyati – 5,6 ming tonna
— Samarqand viloyati – 5,6 ming tonna
— Qashqadaryo viloyati – 4,5 ming tonna
— Sirdaryo viloyati – 4,0 ming tonna
— Namangan viloyati – 3,4 ming tonna
— Surxondaryo viloyati – 2,9 ming tonna
➡️ Andijon xabarlari
“Elektr tokiga noqonuniy ulanish sabab bo‘lgan” – Andijondagi yong‘in tafsiloti
20 noyabr kuni Andijon shahrining 3-kichik dahasidagi ko‘p qavatli uylarda yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon yetib borgan. Yong‘in oqibatida ko‘p qavatli uylarning 400 metr kvadrat tom qismi zararlangan.
👉 https://kun.uz/uz/06601860
📹 VIDEONI KO'RING
📈 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-sentabr oylarida joriy narxlarda Andijon viloyatining yalpi ichki mahsuloti hajmi 30,4 trillion so'mni tashkil etgan.
➡️ Andijon xabarlari
“Hozirgi oyligimning 3 baravarini taklif qilishdi” – andijonlik dasturchi yigit hikoyasi
Akmal Qilichbekov 1993-yil Andijon viloyatida tug‘ilgan. 2016-yil Toshkentdagi Turin politexnika universitetini tamomlagan. 6 yildan buyon dasturchi sifatida faoliyat yuritadi.
👉 Maqolani o'qish
📹 Videoni ko'rish
➡️ Andijon xabarlari
Andijonda 67 nafar xodimning ish haqlari undirib berildi
Andijon viloyatidagi unitar korxonaning 67 nafar ishchi va sobiq xodimlari korxonadan 244 million so‘mdan ortiq oylik maoshlarini ololmayotganidan norozi bo‘lib sudga murojaat qilishgan.
👉 https://kun.uz/uz/43579082
➡️ Andijon xabarlari
🗓 7-yanvar:
📢 Asosiy xabar va yangiliklar
🇺🇿 Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi
👉 https://kun.uz/uz/03277702
📜 «Bizga hech qanday hujjat kelmagan» – YHXBda avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im talab etilishi davom etmoqda
👉 https://kun.uz/uz/89654620
🌥 8 yanvar kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 10 darajagacha ko‘tariladi
👉 https://kun.uz/uz/86411402
🚐 Viloyatlar markazlarida yo‘lovchi tashish uchun Damas avtomobillaridan voz kechiladi
👉 https://kun.uz/uz/95799226
🏥 O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari keskin ortdi, yana o‘lim holatlari ro‘y bera boshladi
👉 https://kun.uz/uz/28186604
Kun.uz Telegram kanallari:
👉 Асосий | 👉 Asosiy
Minglab Lacetti va Cobalt'lar birgina butlovchi qismni kutmoqda — “O‘zavto”
Lacetti va Cobalt uchun 90 mingga yaqin navbat yuzaga kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors bu ikki modeldan iborat “sayilgoh” tashkil etgani haqida videolar tarqaldi. “O‘zavtosanoat” Kun.uz so‘roviga javoban ma’lum qilishicha, bu holatga birgina zaruriy butlovchi qismning yo‘qligi sabab bo‘lmoqda.
👉 https://kun.uz/uz/66857710
➡️ Andijon xabarlari
1-dekabrdan haydovchilarga qoidabuzarlik uchun jarima ballarini hisoblash joriy etiladi
2022-yil 1-dekabrdan haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi.
👉 https://kun.uz/uz/42229076
➡️ Andijon xabarlari
#Qiziqarli_fakt
Bananning quritilgani tarkibida yangisiga nisbatan besh karra ko‘proq vitamin mavjud.
➡️ Andijon xabarlari
Bosh prokuratura jonlantirish bo‘limida vafot etgan andijonlik bemor ishi nazoratga olinganini ma’lum qildi
Qayd etilishicha, o‘lim sababini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
👉 https://kun.uz/uz/46776126
➡️ Andijon xabarlari
2023-yil 1-yanvardan «yoshiga to‘lmagan» inomarkalar uchun «rastamojka» narxi pasaytiriladi
Keyingi yil 1-yanvardan boshlab, avtomobil dvigateli quvvatiga bog‘langan qo‘shimcha koeffitsiyentlar pasaytiriladi, 15 foizli asosiy boj stavkasi esa o‘zgarishsiz qoladi. Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi hozirgi 15 foizdan 12 foizga tushiriladi.
Ammo utilizatsiya yig‘imi, QQS va yana to‘lovlar bor, shuningdek, avtomobillar "yoshiga to‘lmagan" bo‘lsagina ozgina farq sezilishi mumkin. Shu tariqa, bojlar pasaytirilishi amalda deyarli yengillik bermasligi solishtirma jadvalda oydinlashdi.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
❓#Bilasizmi
Olis va chekka hududlarda uzluksiz 3-yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi
➡️ Olis va chekka hududlar roʻyxati.
⚠️ Shuningdek, mazkur hududlarda ishlayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qoʻshimcha 2 million soʻm miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 500 barobaridan (150 mln soʻmdan) oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
➡️ Andijon xabarlari
Andijonda chiroq o‘chgan paytda reanimatsiyadagi bemor vafot etdi
Qo‘rg‘ontepa tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida yotgan erkak chiroq o‘chib qolgan vaqtda vafot etdi. Marhumning yaqinlari o‘limga elektrdagi uzilish ham sabab bo‘lgan deb hisoblamoqda. Shifokor bu fikrga qo‘shilmasligi, barcha reanimatsion apparatlar akkumulyatorda ishlaganini aytdi.
👉 https://kun.uz/uz/39676097
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
23-noyabr kungi ob-havo ma’lum qilindi
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 23-noyabr, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
👉 https://kun.uz/uz/23367632
➡️ Andijon xabarlari
Aldanib qolmang: Telegram'da aholiga pul tarqatilayotgani haqida yolg‘on xabar aylanib yuribdi
Bolali oilalarga go‘yoki 650 ming so‘mdan yordam puli tarqatilayotganiga oid yolg‘on e’londan ogoh bo‘ling. Unutmang, telefoningizga kelgan SMS'dagi kodni faqat firibgarlar so‘raydi. Internetda tez-tez tarqalayotgan qalloblarning e’lonlarini qanday farqlash mumkinligi haqida ushbu maqolada ma’lumot beramiz.
👉 https://kun.uz/uz/42208662
➡️ Andijon xabarlari
Hukumat o‘ndan ortiq turdagi tovarlar importini kamaytirmoqchi
Tashqi savdo vazirligi “importni optimallashtirish” ustida ish olib boryapti. Ayrim tovarlar importi qisqartirilishi mumkin. Ro‘yxatda suv va ichimliklar, lok-bo‘yoq mahsulotlari, avtoehtiyot qismlar, shinalar, maishiy texnikalar va boshqalar bor.
👉 https://kun.uz/uz/67120025
➡️ Andijon xabarlari
Eng qaynoq xabarlar – endi @kunonline'da. Barchasi – qisqa va lo‘nda
✅ Kun.uz yangi formatda kanal ochdi. “Breaking news” yo‘nalishidagi @kunonline'da O‘zbekiston va xorijdagi eng so‘nggi yangiliklar tezkor ravishda berib borilmoqda.
🔥 Qozog‘istondagi voqealar bo‘yicha eng oxirgi tafsilotlar ham shu yerda.
Viloyatlar markazlarida yo‘lovchi tashish uchun Damas avtomobillaridan voz kechiladi
Viloyat markazlarida yo‘lovchi tashish uchun Damas rusumli yengil avtomobillardan bosqichma-bosqich voz kechiladi. Bu haqda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» loyihasida ma’lum qilingan.
👉 https://kun.uz/uz/95799226
➡️ Andijon xabarlari
#Kun_raqami
2021-yil davomida 40 ta ov quroli fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda IIB xodimlariga topshirilgan.
➡️ Andijon xabarlari
#Murojaat
Andijondagi bankomatlarda uzundan uzun navbatlar yuzaga kelmoqda, ayrimlarida esa pul yo'q
"Andijondagi jahon bozori hududidagi bankomatda uzundan uzun navbat paydo bo'lmoqda. Bankomat esa tashqarida, sovuqda joylashgani uchun yoshi kattalar va ayollarga qiyinchilik tug'dirmoqda".
"Asaka tumani korzinkadagi bankomatlarda navbat kuzatilishi bilan bir qatorda oddiy kartalar uchun bankomatlarda pul yo'q. Tumandagi qator banklarning bankomatlari ishlamayapti. Dehqon bozori oldidagi savdo markazi ichidagi bankomatda ham bir necha kundan buyon pul yo'q".
➡️ Andijon xabarlari
Markaziy Osiyodagi eng g‘aroyib chegara-qishloq – Mamay | Manzil
Ushbu qishloqda ikki qo‘shni bir-birini ko‘rganda salomlashsa-da, bir-birinikiga mehmonga chiqolmaydi. Qo‘shnisinikida biror-bir ma’rakada qatnashish uchun 50-60 km yo‘l bosib kelishiga to‘g‘ri keladi. Jamoamiz bilan ushbu antiqa qishloqni sizga ko‘rsatishga qaror qildik.
📞 Reklama va hamkorlik uchun:
+998 78 113-10-10
📍Lokatsiya