"Oilaviy bogʻcha"lar 50 nafargacha bola olishlari mumkin boʻladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari koʻrib chiqayotgan «Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartishlar kiritish boʻyicha loyihada Oilaviy nodavlat bog‘chalarda koʻpi bilan 50 nafar maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolaning ta’lim va tarbiya olishiga yoʻl qoʻyilishi belgilanmoqda.
Hozirda oilaviy MTTda koʻpi bilan yigirma besh nafargacha bolaning ta’lim va tarbiya olishiga yoʻl qoʻyilishi mumkin.
➡️ Andijon xabarlari
Qirg‘iziston Andijon suv ombori bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi
Sadir Japarov tegishli qonunni imzoladi. Bu qonun bilan suv ombori joylashgan hudud O‘zbekistonga tegishli ekani haqidagi nizolarga barham beriladi, ombor ikki davlat tomonidan hamkorlikda boshqariladi
👉 https://kun.uz/uz/18694820
➡️ Andijon xabarlari
⚡️ Andijon viloyatining ayrim hududlarida elektr ta'minoti vaqtincha o‘chiriladi
Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Marhamat, Shahrixon, Bo‘ston, Baliqchi, Asaka, Ulug‘nor, Andijon tumanlaridagi yuridik va aholi iste’molchilarida 30-noyabr kuni soat 10:00 dan 14:00 ga qadar vaqtincha elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
➡️ Andijon xabarlari
Andijondagi YTHda jabrlanganlardan yana biri vafot etdi
Vazirlik YTH oqibatida jarohatlangan o‘nlab bemorlar holati haqida ma’lumot berdi.
👉 https://kun.uz/uz/04479080
➡️ Andijon xabarlari
Yaponlar nega hamma joyni tozalab yurishadi?
Sport musobaqalaridan keyin yaponiyaliklar tribunalarni tozalab, chiqindilarni olib ketishgani, futbolchilar, sportchilar esa kiyim almashtirish xonasini yig‘ishtirib, mezbonlarga minnatdorchilik xatini qoldirishgani holatlari tez-tez uchrab turadi. Nega shunday?
👉 https://kun.uz/uz/99082155
➡️ Andijon xabarlari
OOKLA xalqaro test natijalariga ko‘ra, mobil videostriming sifati bo‘yicha O‘zbekistonda Beeline birinchi.
Beeline sahifasiga obuna bo‘ling.
Reklama
1-dekabrdan subsidiya olish uchun ariza hokimlik tomonidan ko‘rib chiqilishi bekor qilinadi
Subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi bo‘limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bekor qilinadi. Bunda, mazkur tashkilotlar ma’lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
👉 https://kun.uz/uz/50918810
➡️ Andijon xabarlari
⚡️ Andijonda yer qimirladi
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, 28-noyabr kuni soat 00:58 da Xitoyda zilzila sodir bo'ldi.
Zilzila koordinatalari: 39,94 gradus shimoliy kenglik; 74,52 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=5,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 471 km janubiy-sharqda.
O'zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
🔰 Andijon viloyatida 3 ball, 206 km.
🔰 Farg'ona viloyatida 3 ball, 238 km.
🔰 Namangan viloyatida 2-3 ball, 268 km.
🔰 Toshkent viloyatida 2 ball, 454 km.
➡️ Andijon xabarlari
⚡️ Ikki kun davomida Shahrixon tumanida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi
Transformator almashtirilayotgani sababli, 28-29 noyabr kunlari Shahrixon tumanining “Bayroq”, “Yakkatut”, “O’zbekiston”, “Taraqqiyot”, “Teraktagi”, “Qumtepa”, “Nazarmahram”, “Qo’rg’oncha”, “Bobochek” MFY hududlaridagi yuridik va aholi iste’molchilarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
➡️ Andijon xabarlari
Andijondagi YTH yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Yo‘ldagi ta’mirlash ishlari sababli transport vositalari harakati qarama-qarshi tomondan tashkil etilgan, bunda YHXX bilan kelishilmagan.
👉 https://kun.uz/uz/02344214
➡️ Andijon xabarlari
26-noyabr kuni xalqaro A373-magistral yo‘lining Bo‘ston tumanidan o‘tgan 391-kilometrida sodir bo‘lgan avtobus va yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda vafot etgan va jarohat olgan fuqarolar ro‘yхati
➡️ Andijon xabarlari
Ahvoli og‘irlashadigan qoidabuzarlar, olish osonlashadigan ID-karta. 1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Kun.uz sayti o‘z an’anasiga muvofiq 2022-yil 1-dekabrdan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tadi.
👉 https://kun.uz/uz/14040258
➡️ Andijon xabarlari
Ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish bo‘yicha 14 ta «Hudud metodikasi» ishlab chiqiladi
Jamoat xavfsizligini ta’minlash, guruhiy qonunbuzarliklar va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish bo‘yicha 14 ta (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) “Hudud metodikasi”ni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish rejalashtirilmoqda.
👉 https://kun.uz/uz/26220935
➡️ Andijon xabarlari
Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo e’lon qilindi
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga markazi Qozog‘iston ustida bo‘lgan sovuq antitsiklon ta’sir etadi. Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha pasayadi.
👉 https://kun.uz/uz/41206119
➡️ Andijon xabarlari
Issiqxonada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ham ochiq tanlovlar tatbiq etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
👉 https://kun.uz/uz/23677676
➡️ Andijon xabarlari
O‘zbekistonda bir kunda 140 dan oshiq kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda qatorasiga beshinchi kun kunlik holatlar 100 dan yuqori bo‘lmoqda.
👉 https://kun.uz/uz/22930327
➡️ Andijon xabarlari
1-dekabrdan haydovchilarga jarima ballarini hisoblash tizimi test rejimida ishga tushiriladi
Test rejimi vaqtida aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha ballar hisobga olinmaydi.
👉 https://kun.uz/uz/53502126
➡️ Andijon xabarlari
Kuz faslining oxirgi kunlari salqin va yomg‘irli ob-havo bilan kuzatiladi
O‘zbekistonda kuz faslining oxirgi kunlari salqin va yomg‘irli ob-havo bilan kuzatiladi.
👉 https://kun.uz/uz/00170001
➡️ Andijon xabarlari
Yagona portal orqali nikohga kirish haqida ariza berish tartibi joriy etiladi
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyruq loyihasi e’lon qilindi.
👉 https://kun.uz/uz/17532806
➡️ Andijon xabarlari
Qamchiq dovonidagi postlarda «yashil» va «qizil yo‘lak» 1-dekabrdan ishga tushadi
Hech qanday qoidabuzarlik sodir etmagan haydovchilar «Yashil yo‘lak» orqali o‘z mashinasida cheklovlarsiz harakat qilsa, «Qizil yo‘lak»ka qidiruvda bo‘lgan yoki so‘ndirilmagan jarimasi bo‘lgan haydovchilar holatni aniqlashtirish maqsadida kiritiladi.
👉 https://kun.uz/uz/63570051
➡️ Andijon xabarlari
1-2 dekabr kunlari sovuq bo‘lib, qor yog‘ishi kutilmoqda
“Oʻzgidromet”ning xabar berishicha, dekabr oyining dastlabki ikki kunida Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent va Fargʻona vodiy viloyatlarida aholi "qor yogʻish hodisalariga" guvoh boʻlishlari mumkin.
1-2-dekabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlarida havo harorati -10 daraja sovuq boʻlishi, 29-30-noyabr kunlari respublikaning togʻli hududlarida kuchli qor boʻronlar kuzatilishi ma’lum qilinmoqda.
➡️ Andijon xabarlari
Zamonaviy «Moskvich-3», rulsiz va pedallarsiz avtomobil va AQShning o‘ta maxfiy B-21 samolyoti - hafta texnodayjesti
Kun.uz yakunlanayotgan haftadagi texnologiya va ilm-fanga oid eng qiziqarli xabarlarni jamladi.
👉 https://kun.uz/uz/56048526
➡️ Andijon xabarlari
Quvg‘indi shifoxonalar, 755 ming dollarlik sayt, imtiyozlilarga yangi imtiyozlar - hafta dayjesti
Toshkentda vaziyat shu darajaga borib yetdiki, yopiq qarorlar bilan onkologik shifoxonalar ham sotib yuborilyapti. Ayrim kazo-kazolarning ko‘ngli budjet pulidan qimmatbaho unitazlarni tusamoqda. Joyi kelganda esa loyko‘chani asfaltlash uchun 1 tiyin ham ajratolmasliklarini aytishyapti. Yakunlanayotgan haftaning asosiy mavzulari – Kun.uz dayjestida.
📹👉 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
3 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar kasalxonada
Andijondagi YTHning yangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
👉 https://kun.uz/uz/64819350
➡️ Andijon xabarlari
Eski namunadagi «prava»ni yangisiga almashtirish muddati eslatildi
Ma'lum qilingan raqamlarga ko‘ra, hozirgi kunda respublikada 2 milliondan ortiq haydovchilik guvohnomalari, 557 mingdan ortiq avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalari hali ham yangi namunadagisiga almashtirmagan.
👉 https://kun.uz/uz/52165344
➡️ Andijon xabarlari
Andijonda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi vafot etdi
26-noyabr kuni soat 9:30larda xalqaro A373-magistral yo‘lining Bo‘ston tumanidan o‘tgan 391-kilometrida o‘lim bilan bog‘liq YTH sodir bo‘lgan.
👉 https://kun.uz/uz/40944979
➡️ Andijon xabarlari
Hududlarda Prezident administratsiyasi rahbarining yordamchilari ish boshlaydi
Prezident administratsiyasi rahbarining hududlardagi yordamchilari lavozimlari tashkil etildi. Sardor Umrzoqovning yordamchilari bevosita o‘zlari biriktirilgan hududlarda ishlaydi va administratsiyaning hududlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasini ta’minlaydi.
👉 https://kun.uz/uz/62538123
➡️ Andijon xabarlari
Mahalliylashtirish va imtiyozlar. O‘zbekiston elektromobillarga o‘tish tendensiyasini qanday tezlashtirmoqchi?
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektromobillarni utilizatsiya yig‘imidan, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, jihozlari, xomashyo materiallarini bojxona bojidan ozod etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayoni to‘liq yo‘lga qo‘yilguncha investorlarga muayyan miqdordagi elektromobillarni imtiyozli shartlar asosida olib kirishga ruxsat berilishi mumkin.
👉 https://kun.uz/uz/40721841
➡️ Andijon xabarlari