Piyodalar uchun sariq jiletlardan foydalanish tartibi joriy etiladi
Yangi tartib bilan kunning qorong‘i qismida maktab o‘quvchilari, veloyo‘lakda harakatlanuvchi shaxslar va piyodalar uchun nur qaytargichli jiletlardan foydalanish joriy etiladi.
👉 https://kun.uz/uz/01660584
➡️ Andijon xabarlari
Tashabbusli budjet uchun 8 trillion so‘m ajratiladi - davlat dasturi
Shundan «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari uchun 4 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
👉 https://kun.uz/uz/81708081
➡️ Andijon xabarlari
Tezlik barcha aholi punktlarida emas, faqat asosiy shaharlarda pasaytiriladigan bo‘ldi
Tasdiqlangan davlat dasturiga asosan, 2023-yil 1-apreldan e’tiboran Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida maksimal tezlik 70 km/soatdan 60 km/soatga tushiriladi. Dastur loyihasida tezlikni barcha aholi punktlarida 60 ga tushirish taklif etilgandi.
👉 https://kun.uz/uz/48645577
➡️ Andijon xabarlari
#Kun_raqami
Andijonda 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrov darajasi 75,1 foizdan 83,7 foizga ortgan, bolalar soni 199 294 nafardan 224 997 nafarga yetkazilgan.
➡️ Andijon xabarlari
Andijon viloyatida har 1000 kishiga oʻrtacha nechta avtomobil toʻgʻri kelmoqda?
🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda har 1000 nafar aholiga oʻrtacha 95 ta yengil avtomobil toʻgʻri kelmoqda.
✅ Hududlar kesimida har 1000 nafar doimiy aholiga oʻrtacha toʻgʻri keladigan yengil avtomobillar soni:
🔹 Qoraqalpogʻiston R. – 71 ta
🔹 Andijon viloyati – 70 ta
🔹 Buxoro viloyati – 109 ta
🔹 Jizzax viloyati – 66 ta
🔹 Qashqadaryo viloyati – 79 ta
🔹 Navoiy viloyati – 96 ta
🔹 Namangan viloyati – 77 ta
🔹 Samarqand viloyati – 95 ta
🔹 Surxondaryo viloyati – 74 ta
🔹 Sirdaryo viloyati – 75 ta
🔹 Toshkent viloyati – 117 ta
🔹 Fargʻona viloyati – 84 ta
🔹 Xorazm viloyati – 110 ta
🔹 Toshkent shahri – 193 ta
➡️ Andijon xabarlari
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi
"Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.
👉 https://kun.uz/uz/07969925
➡️ Andijon xabarlari
Qimmatlashi kutilayotgan benzin va soliq bo‘yicha yangiliklar. 1 martdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Kun.uz sayti o‘z an’anasiga muvofiq 2023 yil 1 martdan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tadi.
👉 https://kun.uz/uz/82601250
➡️ Andijon xabarlari
Ertalabdan kechgacha gullar ichida: Izboskandagi gulchilar mahallasi
Andijonning Izboskan tumani “Botirobod” MFYda aksariyat xonadonlar gulchilik bilan shug‘ullanadi. Ular issiqxonalarda keng tarqalgan gul navlarini yetishtirishadi.
👉 https://kun.uz/uz/77219337
➡️ Andijon xabarlari
25-fevral kuni aksariyat hududlarda qor yog‘adi
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 25-fevral, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
👉 https://kun.uz/uz/61069744
➡️ Andijon xabarlari
Ibodat va daromad bir joyda: SUBYEKTIV'da – Saudiyadagi o‘zbeklar
Saudiya Arabistonida ko‘p yillardan beri turli sohalarda ishlab kelayotgan yurtdoshlarimiz talaygina. Ular asosan qaysi sohalarda ishlashyapti, oylik daromadlari qancha va eng asosiysi – musulmonlarning orzusidagi o‘lkada yashash va ishlash haqidagi taassurotlari qanaqa? SUBYEKTIV'ning Arabistondan tayyorlagan ko‘rsatuvida tomosha qiling.
📹👉 TO‘LIQ VIDЕONI KO‘RING
Avtoelon.uz - onlayn mashina bozori №1
- 70 000 dan ortiq e'lonlar - O’zbekistondagi eng katta e'lonlar bazasidan biri
- 1 milliondan ortiq xaridorlar
- E'loningizni 1 daqiqa ichida bepul berishingiz mumkin
Avtoelon.uz'da mashinani tez soting va foydali sotib oling!
📲 bepul programmani yuklab oling:
https://goo-gl.me/avtoelon
👉🏼 Saytga havola:
https://goo-gl.me/avtoelon_
Reklama
Andijonda 2022-yilda qancha uzum yetishtirildi?
🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda O‘zbekistonda qariyb 1,8 mln tonna uzum yetishtirilgan.
✅ Hududlar kesimida yetishtirilgan uzum hajmi:
🔹 Qoraqalpogʻiston R. – 11,5 ming tonna
🔹 Andijon viloyati – 81,7 ming tonna
🔹 Buxoro viloyati – 218,7 ming tonna
🔹 Jizzax viloyati – 30,3 ming tonna
🔹 Qashqadaryo viloyati – 105,1 ming tonna
🔹 Navoiy viloyati – 90,3 ming tonna
🔹 Namangan viloyati – 142,2 ming tonna
🔹 Samarqand viloyati – 625,4 ming tonna
🔹 Surxondaryo viloyati – 105 ming tonna
🔹 Sirdaryo viloyati – 14,4 ming tonna
🔹 Toshkent viloyati – 103,4 ming tonna
🔹 Fargʻona viloyati – 184 ming tonna
🔹 Xorazm viloyati – 48,6 ming tonna
➡️ Andijon xabarlari
OIV/OITS: Stereotiplar va haqiqatlar
Ko‘pchilik OIV va OITSga faqat fohisha va narkomanlar yo‘liqadi deb o‘ylaydi. Lekin shunday insonlar borki, yo shu kasallik bilan tug‘ilgan, yo muolaja paytida yuqtirib olgan, shunga qaramay hayotlarida oddiy odamlar tasavvur ham qilolmaydigan diskriminatsiyaga uchraydi.
Bugun, 1 dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni. Bu – SUBYEKTIV'ning shu mavzudagi sonini ko‘rish va o‘zingiz uchun foydali xulosalar qilish uchun yaxshi sabab bo‘la oladi.
📹👉 TOMOSHA QILING
Ahvoli og‘irlashadigan qoidabuzarlar, olish osonlashadigan ID-karta. 1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Kun.uz sayti o‘z an’anasiga muvofiq 2022 yil 1 dekabrdan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tadi.
👉 https://kun.uz/uz/14040258
➡️ Andijon xabarlari
⚡️❄️ O‘zbekistonda havo harorati -7 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda
Joriy yilning 1-5 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq havo massasi kirib keladi.
O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kechalari -4-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 darajagacha pasayadi.
➡️ Andijon xabarlari
O‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati uzaytiriladi
2024-yil 1-yanvardan pensionerga hisoblangan, lekin o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytiriladi.
👉 https://kun.uz/uz/37621129
➡️ Andijon xabarlari
O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi
Har yili fevral oyida o‘zbekistonliklar kalendar bo‘yicha – shanba va yakshanba kunlari dam olishadi. Bugun - 1-mart. Bu oyda mamlakat aholisini uzoq dam olish kunlari kutmoqda.
👉 https://kun.uz/uz/08020245
➡️ Andijon xabarlari
Ai-80 benzin narxi o‘zgarmaydi. Prezident soliq imtiyozini yil oxirigacha uzaytirdi
Bungacha Ai-80 benzinini import va realizasiya qilishdagi aksiz solig‘i bo‘yicha vaqtinchalik nol stavka muddati 1-mart kuni tugashi va narx oshishi xabar qilingandi.
➡️ Andijon xabarlari
Talabalar soni 1 mlndan oshdi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/23-o‘quv yili boshiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 191 ta OTMda tahsil olayotgan talabalar soni 1 mln nafardan oshgan.
Shundan:
🧑🎓Talaba yigitlar – 544,8 ming nafar;
👩🏻🎓Talaba qizlar – 495,6 ming nafar.
🗓 2021-yilning 1-yanvar holatiga xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.
➡️ Andijon xabarlari
Ai-80 benzini narxi soliq imtiyozidan avvalgi darajaga qaytadi
Ai-80 benzinini import va realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i bo‘yicha vaqtinchalik nol stavka muddati 1 mart kuni tugaydi va shu kundan e’tiboran chakana narx 6800-7000 so‘mga aylanadi.
👉 https://kun.uz/uz/98587049
➡️ Andijon xabarlari
Hafta davomida havo harorati asta-sekin ko‘tariladi
Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga borib, havo 12-15 daraja iliqqacha isiydi.
👉 https://kun.uz/uz/63445580
➡️ Andijon xabarlari
Urushning 1 yilligi, yopiqlikni istovchilar va trillion so‘mlik imtiyoz - hafta dayjesti
Ikkinchi urinish: O‘zbekistonda dron ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Imtiyozlar kimni boyitgan: qazilma boyliklardan budjetga tushumlar 2 trln so‘mga kamaydi. Prezident internetni kuzatishini aytdi: undan so‘z erkinligini tugatishni so‘rovchilar ko‘p. O‘tgan haftaning asosiy xabarlari – Kun.uz dayjestida.
📹 VIDЕOSHARHNI TOMOSHA QILING
2022 yilda eng ko‘p daromad va zarar ko‘rgan oliy ta’lim muassasalari ma’lum qilindi
2022 yilni eng katta daromad bilan yakunlagan oliygoh – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. Daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi eng katta salbiy farq Samarqand davlat universitetida kuzatilgan.
👉 https://kun.uz/uz/97737539
➡️ Andijon xabarlari
Andijon viloyati aholisida qancha yengil avtomobil bor?
🏢 Statistika agentligi maʼlumotiga koʻra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 3 396 520 taga yetgan.
✅ Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni:
🚙 Qoraqalpogʻiston R. – 138 867 ta
🚙 Andijon viloyati – 229 609 ta
🚙 Buxoro viloyati – 218 054 ta
🚙 Jizzax viloyati – 96 338 ta
🚙 Qashqadaryo viloyati – 273 020 ta
🚙 Navoiy viloyati – 100 238 ta
🚙 Namangan viloyati – 228 745 ta
🚙 Samarqand viloyati – 387 611 ta
🚙 Surxondaryo viloyati – 205 455 ta
🚙 Sirdaryo viloyati – 66 979 ta
🚙 Toshkent viloyati – 346 956 ta
🚙 Fargʻona viloyati – 329 409 ta
🚙 Xorazm viloyati – 213 139 ta
🚙 Toshkent shahri – 562 100 ta
➡️ Andijon xabarlari
“Bilim va mahorati ustida doimiy ishlagan, albatta, qadr topadi” - oyiga ming dollar topayotgan maktab o‘qituvchisi
O‘zbekiston maktablarida berilayotgan ta’lim sifati tanqid qilinarkan, bunga sabablardan biri sifatida o‘qituvchilar oyligining pastligi ham aytib kelinadi. So‘nggi yillarda sohaga va o‘z ustida ishlovchi o‘qituvchilarga bo‘layotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar sabab, oyligi sezilarli yuqori o‘qituvchilar ko‘paymoqda.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib keladi
25-fevral kuni respublikaning ko‘plab viloyatlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi prognoz qilinmoqda.
👉 https://kun.uz/uz/65205036
➡️ Andijon xabarlari
Andijondagi binolar Yaponiya zilzilabardosh uylari asosida quriladi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida joriy yil 23-27-noyabr kunlari Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchiligida delegatsiyaning Yaponiyaga amaliy safari amalga oshirildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
👉 https://kun.uz/uz/04621049
➡️ Andijon xabarlari
Naqd valuta mablag‘larini olib kirish va olib chiqishning yangi qoidalari belgilanadi
Kiritilayotgan o‘zgartirishda deklaratsiyalash hajmi 100 million so‘m ekvivalentidan ortiq miqdorda etib belgilanmoqda.
👉 https://kun.uz/uz/82134510
➡️ Andijon xabarlari
Qozog‘istonda o‘zbekistonliklarning ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddati uzaytirilishi mumkin
Yangi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonda 5 kun emas, balki 30 kun davomida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lishiga ruxsat berilishi kutilmoqda.
👉 https://kun.uz/uz/04224338
➡️ Andijon xabarlari
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bilan chegara bo‘yicha kelishuvlarni imzoladi
Rasmiy relizga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida chegara masalasida hech qanday kelishmovchilikka o‘rin qolmaydi.
👉 https://kun.uz/uz/15326885
➡️ Andijon xabarlari