https://youtu.be/0muVH-hG4tI?si=88Z0DURQ9Ycp8Y4u
Читать полностью…
Namangan axboroti | O'zbekiston davlat filarmoniyasi lazgi ashula va raqs ansambilining viloyatimmizdagi gastrol safari
10.09.25
📲 Bizni kuzatib boring sahifalarimiz orqali
✅TELEGRAM | 🌐 INSTAGRAM |📹 namangantrk5287">YOUTUBE | TV_Murojaat">✅REKLAMA | 🔴LIVE
"O‘ZBEKISTON"
XURSHID SOBIROV
So‘zi va musiqasi Xurshid Sobirov
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi muborak bo‘lsin!
"LAZGI" ansamblida faoliyatini olib borgan ustozoda san‘atkor Feruzbek Normatov "O‘zbekiston xalq baxshisi" unvoniga sazavor bo‘ldi. Muborakbod etamiz!
Читать полностью…
#Gastrol_2025
✨ Zafarobodliklarga quvonch ulashgan “Lazgi” ansambli.
❇️ O‘zbekiston davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalarining viloyatlar bo‘ylab gastrol konsert dasturlari jo‘shqin tarzda davom etmoqda. Mana shunday qiziqarli dasturlardan biri Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida “Lazgi” ansambli tomonidan taqdim etildi.
👍Haqiqiy milliy san’at va jozibador raqslar uyg‘unligida o‘tgan mazkur konsert tuman aholisiga nihoyatda yorqin taassurotlar ulashdi. Karimboy Rahmonov, Rohila Ro‘zimova, Azamat Ahmedov, Hilola Xo‘jayeva, Xurshid Sobirov, Nazokat Jabborova, Dilshod Armon, Ollobergan Ortiqov kabi xonandalarning chiqishlari va ko‘ngillardan joy olgan qo‘shiqlari muxlislarning olqishlariga va munosib e‘tirofiga sazovor bo‘ldi.
✅ Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati
💠Bizni kuzatishda davom eting 👇
TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | WEB
❇️ Zarbdorda tantanali musiqiy oqshom bo‘lib o‘tdi!
✨ O‘zbekiston davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalarining taassurotli gastrol konsertlari davom etmoqda. Navbatdagi konsert Jizzax viloyati, Zarbdor tumanida "Lazgi" ansambli tomonidan taqdim etildi.
⏩ Tuman markaziy o‘yingohida o‘tkazilgan ushbu konsertda keng jamoatchilik vakillari, faollar, yoshlar va nuroniylar ishtirok etib, milliy sanʼatimiz namunalaridan bahramand bo‘lishdi.
🎶 Dastur davomida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi “Lazgi” ansambli xonandalari tomonidan kuylangan sho‘x qo‘shiqlar, muxlislarning jo‘shqin raqslariga ulanib, tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi.
✨ Bunday ijodiy uchrashuvlar aholiga xushkayfiyat ulashishi barobarida, yoshlarda milliy sanʼatimizga bo‘lgan qiziqishning oshishiga ham o‘z hissasini qo‘shadi.
✅ O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati
💠Bizni kuzatishda davom eting 👇
TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | WEB
8-iyul Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida "Lazgi" ansamblining konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Konsertda xonandalar:
Dilshod Hayitboyev
Ollabergan Ortiqov
Nazokat Jabborova
Hilola Xo‘jayeva
Xurshid Sobirov
Rohila Ro‘zimova
Dilfuza Qobilova
Dilmurod Otajonov
Iroda Iskandarova
Dilnoza Ataxo‘jayeva va boshqa sanatkorlar ishtirok etadi.
Konsertga marxamat aziz Qashqadaryolik san‘at shaydolari.
Otangni pulingga topa olmaysan-XURSHID SOBIROV
https://youtube.com/watch?v=ke_v95O7E-o&feature=shared
✨ “Lazgi” ansamblining yubiley konserti bo‘lib o‘tdi!
✅ Poytaxtimizdagi “Xalqlar do‘stligi” san‘at saroyida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan “Lazgi” ansambli qayta tashkil etilganligining 10 yilligi munosabati bilan katta konsert dasturi tashkil etildi.
⏩ Ma‘lumki, bugungi kunda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tasarrufida 40dan ortiq badiiy va ijodiy jamoalar faoliyat yuritib kelmoqda. Ular safida “Lazgi” ansambli ko‘p yillik tarix va o‘z maktabiga ega ijodiy jamoa ekanligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur mashhur ansambl 1968-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga yillar davomida O‘zbekiston xalq artistlari Komiljon Otaniyozov, Ortiq Otajonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rahmatjon Qurbonov kabi bir qator zabardast san’at darg‘alari rahbarlik qilishgan.
⏩ 2015 yilda faoliyati yana qayta tashkil etilgan “Lazgi” ansambliga bugungi kungacha O‘zbekiston xalq artisti Og‘abek Sobirov badiiy rahbarlik qilib kelmoqda.
Yubiley konserti avvalida tomoshabinlarga ansambl tarixi bilan birga, uning 10 yil davomida erishgan yutuqlari, ijodiy jarayonlar xususida tayyorlangan rolik namoyish etildi. Shundan so‘ng “Lazgi” ansambli ilk tashkil etilganda uning a’zosi bo‘lib, ko‘p yillar mazkur jamoada faoliyat yuritgan O‘zbekiston xalq artisti Gulsara Yoqubovaning bugungi avlod vakillari bilan bir sahnaga chiqishi muxlislarning gulduros olqishlariga sazovor bo‘ldi.
⏩ Dastur davomida Og‘abek Sobirov, Iroda Iskandarova, Anvar Sobirov, Karimboy Rahmonov, Rohila Ro‘zimova, Dilmurod Otajonov, Nazokat Jabborova, Xurshid Sobirov va Dilshod Armon kabi san’atkorlar tomonidan yangragan qo‘shiqlar esa muxlislarga Xorazm san’ati va “Lazgi” ansamblining o‘ziga xos jihatlarini yana bir bor namoyon etib, xush kayfiyat ulashdi.
⏩ Teatrlashgan sahna ko‘rinishlari asosida taqdim etilgan konsertda O‘zbekiston xalq artisti Mehri Bekjonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov, boshlovchi Dilshodbek Kattabekov va so‘z ustasi Nurbek Mamatovlarning chiqishlari hamda raqs ansamblining jozibador, obrazli raqslari tomoshabinlarga xursandchilik ulashishi barobarida dasturning nihoyatda taassurotli o‘tishini ham ta’minladi.
⏩ YUNESKO nomoddiy madaniy ro‘yxatiga kiritilgan “Lazgi” qo‘shig‘i va raqsining ijro etilishi esa zaldagi butun muxlislarni o‘yinga chorladi. Mana shunday zavq va bayramona shukuh bilan yakunlangan konsert uzoq vaqt tomoshabinlar xotirasida saqlansa ajab emas.
#FilarmoniyaUz #MusiqaMuhabbat #konsert
✅ Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati
💠Bizni kuzatishda davom eting 👇
TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | WEB
❇️ “Lazgi” ansambli konserti bo‘yicha ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
✨ Ma’lumki, joriy yilning 19-iyun kuni O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “Lazgi” ansamblining yubiliey konsert dasturi taqdim etiladi.
⏩ Shu munosabat bilan O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Bosh direktorining o‘rinbosari Otabek Nasridinov “Lazgi” ansambli badiiy rahbari Og‘abek Sobirov va ansambl a’zolari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazdi.
⏩ Uchrashuvda ansambl konsertining jozibali o‘tishi, qo‘shiqlarning eng sara, muxlislar ko‘nglidan joy olganlariga ko‘proq e’tibor qaratish, raqslarda ham ansambl uslubini yorqinroq namoyon etish, kompozitsiyalarni teatrlashgan sanha ko‘rinishlari sifatida talqin qilish kabi masalalar fikrlashildi.
⏩ Bundan tashqari konsertda ansambl tarixi va uning mashhur a’zolari ijodidan foydalanish, Xorazmning qadimiy san’at yo‘nalishlari, folklor namunalariga ham e’tibor qaratish bo‘yicha takliflar bildirildi.
✅ O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati
"Bizning Futbol"
Xurshid Sobirov so'zi
Dong'i ketdi futbol ovozasida,
Milion-milion muxlislar qarshisida,
Turgan edik jahon darvozasida,
Kuchli raqib endi o‘zbek qarshingda.
Posbonimiz zo‘r to‘plarni ushladi,
Bizning futbol yangi tarix boshladi!
Tariximiz yozildi stadionda,
Xushtagini bosh hakam chalgan onda,
Orzumiz ushaldi Arabistonda,
Bizlar chiqdik lekin raqib armonda.
Yurt otasin shaxsan o‘zi qutladi,
Bizning futbol yangi tarix boshladi!
Qildikda biz metindayin himoya,
Birlashdikda samimiy o‘zbekona,
Kuylang chiqsin dovrug‘i osmon oya.
Ayt baralla endi butun jahona.
O‘ynang do‘stlar orzuyimiz ushaldi,
Bizning futbol yangi tarix boshladi!
06.06.2025
“Lazgi” ansamblining jozibador konsertlari davom etmoqda!
🔵O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–406-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi “Lazgi” ansambli tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlarida zavqli gastrol-konsert dasturlari namoyish etildi.
🔺Ushbu konsertlar san’atkorlar va tomoshabinlar o‘rtasidagi ochiq muloqot, samimiy muhitni hosil qilishi barobarida, sog‘inchli kuy-qo‘shiqlar orqali yuraklarga xursandchilik, ruhiy ko‘tarinkilik baxsh etdi.
🔺Konsert davomidagi barcha chiqishlat milliy qadriyatlar, musiqiy meros, zamonaviy sahna madaniyati va san’atkorlar bilan bevosita muloqot uyg‘unlashgan holda taqdim etildi. Bu esa ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
🎵“Lazgi” ansamblining bunday chiqishlari nafaqat konsert, balki madaniy-ma’naviy hodisa, xalq bilan san’at o‘rtasidagi jonli ko‘prik vazifasini bajarmoqda.
#FilarmoniyaUz #MusiqaMuhabbat #konsert
✅Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati
💠Bizni kuzatishda davom eting 👇
TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | WEB
iTicket.UZ — Onlayn chiptalar sotuvi
https://iticket.uz/ru/events/concerts/lazgi-ansambli/34958
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila.
ALISHER NAVOIY
Namangan tv da "Piyola lazgisi"
Xurshid Sobirov
#Premyera
🇺🇿 Uyg‘on, o‘g‘lim!
Bu yurt, bu millat egalari qanchadan-qancha daholarni, dunyo tamadduniga hissa qo‘shgan olim-u-fuzalolarni, kuragi yerga tegmagan pahlavonlarni tarbiya qildi.
Bugungi kunda dunyodagi cheksiz koinot sarhadlaridan tortib matematik hisob kitoblargacha, hadis ilmidan tortib tibbiyot bilimlarigacha bo‘lgan barcha kashfiyotlar bizning bobolarimiz tomonidan amalga oshirilgan.
Dunyoni bilim ila hayratda qoldirish navbati endi senikidir... Uyg‘on, o‘g‘lim!
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Gastrol_2025
✨ “Lazgi” ansamblining Zarbdor tumanidagi zavqli konsertidan videojarayon.
👍 Ansambl a’zolari tomonidan ijro etilgan sho‘xchan kuy-qo‘shiqlar tuman aholisiga xushkayfiyat ulashib, ularning mazza qilib raqsga tushishlariga ham sabab bo‘ldi.
✅ Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati
💠Bizni kuzatishda davom eting 👇
TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | WEB
10-iyul soat 10:00 dan 11:00 gacha O‘zbekiston tv kanalida "Oydin hayot" ko‘rsatuvini jonli efirda tomosha qiling. Dastur mehmoni Xurshid Sobirov.
Читать полностью…
7-iyul Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida "Lazgi" ansamblining konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Konsertda xonandalar:
Dilshod Hayitboyev
Ollabergan Ortiqov
Nazokat Jabborova
Hilola Xo‘jayeva
Xurshid Sobirov
Rohila Ro‘zimova
Dilfuza Qobilova
Dilmurod Otajonov
Iroda Iskandarova
Dilnoza Ataxo‘jayeva va boshqa sanatkorlar ishtirok etadi.
Konsertga marxamat aziz Qashqadaryolik san‘at shaydolari.
https://www.instagram.com/reel/DLlGzzdo7zg/?igsh=MXRzeHVqa3RwemE0MA==
Читать полностью…
xurshid_sobirov?si=NR4ADCKCLu3oqacF" rel="nofollow">https://youtube.com/@xurshid_sobirov?si=NR4ADCKCLu3oqacF
Читать полностью…
PREMYERA
"OTANGNI PULINGGA TOPA OLMAYSAN"
Murodjon Jo'rayev so'zi
Xurshid Sobirov musiqasi
LAZGI Ansambli в Дворец «Дружбы народов» купить билеты он-лайн. | iTicket.UZ — Онлайн продажа билетов
https://iticket.uz/ru/events/concerts/lazgi-ansambli
⭐️“Lazgi” ansambli – xalq qalbiga quvonch ulashmoqda!
💎O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–406-sonli “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyati Gurlan tumanida “Lazgi” ansambli tomonidan qiziqarli gastrol konsertlari namoyish etildi.
🇺🇿Ushbu dasturlar xalqimizga madaniy-ma’naviy xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, olis hududlardagi aholiga poytaxtdagi kabi sifatli va yuqori saviyali konsertlarni havola etish, sanʼatkorlarning xalq bilan samimiy muloqotlari, uchrashuvlarini ko‘paytirish kabi maqsadlarda tashkil etilmoqda.
🎭Mazkur konsertlarda “Lazgi” ansambli ijrosidagi xalq kuy-qo‘shiqlari va an’anaviy raqslar yurtdoshlarimizga ko‘tarinki kayfiyat, milliy qadriyatlar zavqi va unutilmas taassurotlar ulashdi.
#FilarmoniyaUz #MusiqaMuhabbat #konsert
✅Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati
💠Bizni kuzatishda davom eting 👇
TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | WEB
iTicket.UZ — Onlayn chiptalar sotuvi
https://iticket.uz/events/concerts/lazgi-ansambli/34958
2025-yil 19-iyun kuni soat 19:00 da "Xalqlar do‘stligi" saroyida, O‘zbekiston xalq artisti, Tojikiston xalq hofizi Og‘abek Sobirov rahbarligidagi "Lazgi" ansamblining qayta tashkil qilinganligi 10 yilligiga bag‘ishlanangan konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Chiptalarni iticket.uz sayti orqali online xarid qilishingiz mumkin.
Читать полностью…