Assalomu alaykum!
Qadrli va muhtaram yurtdoshlar!
Alloh taoloning rahmati yog‘ilib turgan ushbu qutlug‘ damlarda siz, azizlarni Iyd al-Fitr bayrami bilan muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman!
Ramazon oyida tutgan ro‘zalarimiz, qilgan ezgu amallarimiz qabul bo‘lsin!
Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
XURSHID SOBIROV
Xurshid Sobirov-Otangni topa olmaysan.
"Xalqlar do‘stligi" san‘at saroyidagi konsertdan
«Lazgi» ashula va raqs ansambli
TARIXI
1957 yilda VI yoshlar festivalida qatnashish uchun Madaniyat vazirligidan Xorazmga yoshlarni tanlab olish va ansambl tashkil qilish maqsadida Gavhar Raximova jo‘natiladi. O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Raximova Xorazmda Gulsara Yoqubova, Munavvar Davletova, Maryam Ixtiyorova, Otajon Rajabov, O‘rinboy Otajonov, Anabiyi Axmedova, Otamurod Xojiyev va yana boshqalarni tanlab olgan. Shu davrda ansambl "Xorazm" ansambli deyilgan, 20-25 kishidan tashkil topgan.
1959 yil Moskvada O‘zbekiston san’ati va adabiyoti dekadasi bo‘lib o‘tishi munosabati bilan 1958 yilda ushbu dekadaga ansamblni tayyorlash Komiljon Otaniyozovga topshirilgan. O‘sha davrda ansambl «Lazgi» ansambli bo‘lib dekadada qatnashgan. Komiljon Otaniyozov rahbarligi davrida ansamblda taniqli ustozlar faoliyat yuritishgan. Bular qatoriga O‘zbekiston xalq artisti Komuna Ismailova, Ro‘za Sapayeva, Sherozi ota, Nurmamat ota, Fozil Xarratov, Muxammadjon Mirzayev, Otaxon Matyoqubov, Sharif Sultonov, Najot To‘raxo‘jayevlarni keltirish mumkin.
1968 yili «Lazgi» ansamblini qaytadan tuzish uchun taklif bildiriladi. Gavhar Raximova ansamblga badiiy rahbar etib tayinlangan.
1982 yildan «Lazgi» ansambliga O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov rahbarlik qilgan.
1985-1988 yillarda ansamblga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshanoy Sharipova rahbarlik qilgan.
Keyinchalik, 1989 yildan 2007 yilgacha «Lazgi» ansambliga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Raxmatjon Qurbonov rahbarlik qildi. O‘sha paytda ansamblda Otamurod Xojiyev, Zuxra G‘iyosova, Rashid Rahmonov, Gulimmat Sobirov, Nurilla Jumaniyozov, Mavluda Oynaqulova, Urbigul, Olmagul Shuriboyevalar, Nurjaxon Sattorova, Hasan Karimov, Otamurod Bekchonov, Gulsara Yoqubova, Feruza Solihova, Ilgiza Zaripova, Zamira G‘afforova va boshqalar faoliyat yuritganlar. «Lazgi» ansambli Tunis, Marokash, Iordaniya, Misr, Hindiston, Malayziya, Efiopiya, Afg‘oniston, Xitoy, Janubiy Korea, Rossiya, Isroil, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Chexoslavakiya, Polsha, Turkiya va dunyoning boshqa mamlakatlarida konsert dasturlarini namoyish etgan.
Ma‘lum bir sabablarga ko‘ra 2007 yildan "Lazgi" ansambli faoliyatini to‘xtatib turgan.
22-fevral soat 21:00 da Yoshlar kanalida jonli efirda tomosha qiling.
"Shou Patrul" ko‘rsatuvida
Xurshid Sobirov jonli efirda diktr Dinara Jabborovani yig‘latdi.
Читать полностью…
"Lazgi" ansambli xonandalari "Madaniyat va san‘at fidokori" ko‘krak nishoni sohibi Xurshid Sobirov va "Nihol" mukofoti sovrindori Dilfuza Qobilovalar "Xalqlar do'stligi" saroyida bo'lib o'tgan "Ustozlarni ulug'lab" deb nomlangan konsert dasturida
Читать полностью…
❇️ O‘zbekiston davlat filarmoniyasida Badiiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.
🔶 Yig‘ilishni O‘zbekiston davlat Konservatoriyasi huzuridagi B.Zokirov nomli milliy Estrada san’at instituti rektori, Kengash raisi Avaz Mansurov ochib berib, Filarmoniya va uning hududiy bo‘linmalari badiiy jamoalarining o‘tgan va joriy mavsumdagi faoliyatiga to‘xtalib, mazkur yig‘ilishda ularning samaradorligi batafsil ko‘rib chiqilishini maʼlum qildi.
🔷 Shundan so‘ng, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari Q.Yo‘ldoshev so‘zga chiqib, kun tartibidagi masalalarni e’lon qildi.
🔶 Yig‘ilish davomida, Muassasa Bosh badiiy rahbari U.Mamasoliyev kun tartibidagi masalalar va ularning amalga oshirilishi yuzasidan hisobot va maʼlumotlar berdi.
⏩ Muhokamalardan so‘ng, Badiiy kengash tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, aʼzolar tomonidan tasdiqlandi.
🎼 Joriy yilning 9-dekabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani 88-sonli maktabda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Davlat Filarmoniyasi "Lazgi" ansambli tomonidan Prezidentimizning 2022-yil 2-fevraldagi 112-son qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida, yoshlarga milliy cholg‘u —asboblar haqida maʼlumot berish hamda milliy kuy va qo‘shiqlarni o‘quvchilar qalbiga singdirish, ularni milliy ruhda tarbiyalash maqsadida konsert tashkil etildi.
🎼 Ushbu konsert davomida o‘quvchilarga doira, tor, rubob, dutor, qo‘shnay va qayroq, g‘ijjak musiqa asboblari haqida maʼlumot berish bilan bir qatorda "Lazgi" ansambli tarixi "Lazgi" turlari haqida ma‘lumotlar olishdi hamda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar olishdi.
Konsert debochasida maktab yoshlari va ansambl artistlari birgalikda, eng aziz va muqaddas Vatanimiz madhiyasini kuylash orqali, Vatan g‘ururini, Yurt iftihorini birgalikda yurakdan his qilishdi.
«1936 йилда Гурлан, Манғит, Шовот труппалари бирлаштирилиб ягона Гурлан театри вужудга келтирилди. Шовотдан етти кишини комиссия келиб Гурланга олиб кетди. Бу ерда Абдулла Эшжон театрнинг бош режиссёри экан. Биз Гурланда Ўрозгул Ғойибова, Лолахон деган санъаткорлар билан бирга ишладик. Бу даврда (яъни Гурландалигида-У.Б.) Комилнинг довруғи кун сайин ортиб борарди.
Гурланнинг таниқли санъаткорларидан Раззоқ Ҳасанов (1922-2017) айнан санъат соҳасидаги фаолиятини Гурлан театрида Комилжон Отаниёзов билан бошлагани ҳақида шундай сўз юритгандилар:
-1936 йилда Гурлан театри режиссёри Абдулла Эшжонов Шовот, Манғит, Гурлан театрларини бирлаштириб ягона, профессионал театрга асос солди.Шовотдан Комилжон Отаниёзов, Рўзика Жуманиёзова, Алижон Валиев, Манғитдан Норгулой Оллаберганова, Холжоной Мадиёрова, Ўринбой Олимов, Ражаббой Бобожонов ва бошқа санъаткорлар келиб қўшилишди. Улар ижросида “Фарҳод ва Ширин”, “Туҳматчилар жазоси”, “Ким ўғри”, “Аршин мол олон”, “Ҳалима” каби спектакллар Гурлан театри саҳнасида намойиш қилинарди.
Гурлан театри нафақат катхудо элда, балки қўшни туманлар, шунингдек Тошҳовуз вилоятига бориб ҳам пьесалар, концертлар ташкил қиларди.
Ўрозгул Ғойибова ҳам ўша олис йилларни эслаб шундай дегандилар:
-Мени 1939 йилда Гурлан театрига ишга юборишди. Биз Тошсоқа канали қазув маросимига боргандик. Шу ерда Комилжон Отаниёзовни кўрдим. У қорачадан келган, узун бўйли, зўр овозга эга йигит эди.
Шу тарзда Комилжон Отаниёзов Гурлан театрида ишлаб, кадхудо элнинг Кўнақаъла маҳалласида яшаб санъатдаги парвозини Гурландан бошлаганди. Бу ерда у асосан театрнинг мусиқа раҳбари сифатида фаолият кўрсатар, пьесаларда роллар ижро қилар, янгидан-янги қўшиқлар яратарди.
Гурланда 4 йил яшаб ижод қилган Комилжон Отаниёзов 1940 йилда Хивага ишга кетади. Бу ҳақда унинг энг яқин дўстларидан Абдушариф Отажонов хотираларини шундай қоғозга туширганди: «Комилжон 1940 йилда Гурлан театридан Хивага келди. Бу пайтда у санъаткор сифатида элга танила бошлаганди. Асосан дуторда қўшиқ айтарди, халқ Гурландан келган ҳофизга қизиқиш билан қарарди».
Ҳофиз ёнида доирачилик қилиб фаолият кўрсатган Отаназар Абдолниёзов ҳам ўша завқли дамларни шундай хотирлагандилар: «Отам Қуронбой Абдолниёзов Хива театрининг директори эдилар. Мен 12-13 яшар бола эдим. 1940 йил. Бир куни отам уйга уч-тўрт дўстларини бошлаб келди. Мен чой келтириб турдим. Бизга бир йигит келди Гурлан театридан. Жуда қобилиятли чиқиб қолди. Кучли овозиям бор. «Фарҳод ва Ширин»даги Фарҳод образини бермоқчимиз» дедилар отам. Гап Комилжон ака ҳақида кетаётган экан».
Комилжон Отаниёзов Гурланда ишлаган даврида катхудо эл Кўнақаъла деб атайдиган овулдаги Худоёр Қуролов (1900-1975)нинг уйида истиқомат қилган.Бу уй пахта тозалаш заводининг кунботар тарафидаги,ҳозир Эски Қаъла дея аталадиган кўчада бўлган.Худоёр Полли тахаллуси билан танилган бу санъаткорнинг отаси диндор бўлиб, шўро ҳукуматининг дастлабки даврларидаёқ қатағонга учраган, натижада ўғли етимлик азобларини тортиб улғайганди.Бироқ санъатга бўлган ихлоси, қўшиқ авжини Хоразмда донг қозонган Полли дўзчидек айтиши боис, юқоридагича тахаллусга эга бўлганди.Худоёр полли шу билан бирга моҳир чўгирмадўз ҳам бўлган.
Болалигидан Худоёр Қурбониёзов, Йўлдош Бобожонов( кейинчалик республика ички ишлар вазири бўлган) лар билан дўст тутинган Худоёр Полли 1936 йилда Гурлан театрига директорлик қилган.Айнан шу йили Манғит,Шовот колхоз театрлари ҳам Гурлан театрига бирлашган,бош режиссёр Абдулла Эшжонов, мусиқа раҳбари Хивалик Девон бува,Зариб Латиповлар эди.
Умид Бекмухаммад
"Lazgi" ansambli badiiy rahbari O‘zbekiston xalq artisti, Tojikiston xalq hofizi, "Do‘stlik" ordeni sohibi, Yu.Rajabiy nomidagi milliy maqom instituti professori Og‘abek Sobirovning, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning shaxsiy imzosi qo‘yilgan esdalik portreti.
18.04.2024 Dushanbe shahri
#Gastrol_2025
❇️ "Lazgi" ansambli Bekobod tumanida qiziqarli konsert taqdim etdi.(videojarayon)
#FilarmoniyaUz #MusiqaMuhabbat #gastrol
✅ Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati
💠Bizni kuzatishda davom eting 👇
TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | WEB
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila.
ALISHER NAVOIY
Xurshid Sobirov-Piyola lazgisi.
"Xalqlar do‘stligi" san‘at saroyidagi konsertdan
«Lazgi» ansambli faoliyatining yangi bosqichi 2015 yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori bilan «Lazgi» ashula va raqs ansambli qaytadan tashkil qilindi.
Ansamblga O‘zbekistonda xalq artist Og‘abek Sobirov badiiy rahbar etib tayinlandi. Yangi tashkil qilingan «Lazgi» ansamblining ilk konsert dasturlari Navoiy viloyatining Uchquduq, Zarafshon shaharlari, Navoiy shahridagi o‘yingohida namoyish qilindi. «Lazgi» ansamblining ilk konsertida Xurshid Sobirov, Anvar Sobirov, Zafar Qurbonboyev va Og‘abek Sobirovlar ishtirok etdilar.
«Lazgi»ansambli 2015, 2017, 2018, 2025 yillarda «Xalqlar do'stligi» san'at saroyida, 2019, 2021, 2022, 2023 yillarda «Turkiston» san'at saroyida hisobot konsertlarini namoish qildi.
Ansambl, «Mustaqillik», «Konstitutsiya», «Navro‘z», «14-yanvar Vatan himoyachilar kuni», «8-mart Xalqaro Xotin qizlar bayrami» va boshqa kop‘lab Davlatimizning bayram tadbirlarida muntazam ishtirok qilib kelmoqda.
Yangi tashkil qilingan «Lazgi» ansambli bugunga qadar dunyoning Juda ko‘p davlatlarida gostrol safarlarida ishtirok qildi, bular Fransiya, Angliya, Qatar, BAA, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Singapur, Malayziya, Xitoy, Rossiya va boshqa bir qancha davlatlar.
Qayta tashkil qilingan «Lazgi» ansambli 2015 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan 10 yillik faoliyati davrida ansamblda juda ko‘plab el suygan san‘atkorlar va yosh istedod egalari muxlislarga konsert dasturlarida xursandchilik ulashgan. Ansamblda Og‘abek Sobirov, Zafar Qurbonboyev, Anvar Sobirov, Hulkar Abdullayeva, Feruz baxshi Normatov, Karimboy Rahmonov, Rohila Ro‘zimova, Iroda Iskandarova, Xurshid Sobirov, Dilshod Hayitboyev, Dilmurod Otajonov, Bobur Sobirov, Ulug'bek Xo'jayev, Nazokat Jabborova, Shaxlo Salayeva, Yulduz Jumaniyozova, Ruslan Matnazarov, Zaynab Xudoyorova, Sherzod Masharipov, Dilfuza Qobilova, Dilnoza Ataxo‘jayeva, Rasul Jumashev, Shonazar Botirov, Kamron Otajonov, Sherbek Vaisov, Nazirjon Nuraliyev, San'at Shukurullayev, Shuxrat Toirov, G‘ofur Yo‘ldoshev, Ollabergan Ortiqov, Dilfuza Atakulova, Dilnoza Xudoynazarova, Xayrulla Qurbonboyev, Iskandar Ilhomov, Abdulaziz Zokirov va boshqa san’atkorlar faoliyat ko‘rsatib va ular soni yangilanib yasharib yangicha qiyofa kashf qilishda davom etmoqda. 10 yil davomida ansambl a‘zolarining bir qanchasi Davlatimizning hamda boshqa Davlatlarning yuksak unvon, mukofot va medallari bilan taqdirlandi. O‘zbekiston xalq artisti, Tojikiston xalq hofizi, «Do‘stlik» ordeni , «E‘tirof», «Shuxrat» , «Madaniyat va san‘at fidokori» , «Nihol», «Zulfiya» va boshqa bir qancha festivallardagi yutuqlarni misol qilishimiz mumkin.
Bugun O‘zbekiston, Qoraqalpog'iston xalq artisti, Tojikiston xalq hofizi Og‘abek Sobirov rahbarligidagi, qayta tashkil qilingan «Lazgi» ansambli o'z faoliyatini davom qildirmoqda.
Sun‘iy intelekt xorazmcha qo‘shiq nega yarata olmasligining sababini biling
Читать полностью…
Ertaga O‘zbekiston kanalida @oilavaqtii ko‘rsatuvda 12:00 dan jonli efirda
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi "Lazgi" ansambli xonandasi, "Madaniyat va san‘at fidokori" ko‘krak nishoni sohibi XURSHID SOBIROV ni tomosha qiling
"Lazgi" ansambli badiiy rahbari, O'zbekiston xalq artisti, Tojikiston xalq hofizi, "Do'stlik" ordeni sohibi Og'abek Sobirov bugun Qoraqalpog'iston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi! Ustozimizni chin yurakdan muborakbod etamiz!
Читать полностью…
#lektoriy
❇️ "Lazgi" ansamblidan lektoriy konsertlar
🔷 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Lazgi” ansambli tomonidan joriy dekabr oyining birinchi o‘n kunligida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 70-, 272-, 98-, 88-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun lektoriy konsertlar o‘tkazildi.
🔶 Bu dasturlarda mahoratli sozandalar tomonidan milliy musiqa asboblarimizning tarixi, ijro etish usullari haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, dastur davomida o‘quvchilarga milliy kuylarimizdan namunalar ham ijro etib berildi.
🔷 O‘quvchilarning musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirishi, estetik didi, dunyoqarashini kengaytirishi hamda musiqani his qilishiga qaratilgan ushbu lektoriy-konsertlar kelajak avlod vakillariga unutilmas taassurotlar baxsh etdi.
✅ O’zbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati
💠Bizni kuzatishda davom eting 👇
TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | WEB
🎼 Joriy yilning 9-dekabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani 98-sonli maktabda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Davlat Filarmoniyasi "Lazgi" ansambli tomonidan Prezidentimizning 2022-yil 2-fevraldagi 112-son qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida, yoshlarga milliy cholg‘u —asboblar haqida maʼlumot berish hamda milliy kuy va qo‘shiqlarni o‘quvchilar qalbiga singdirish, ularni milliy ruhda tarbiyalash maqsadida konsert tashkil etildi.
🎼 Ushbu konsert davomida o‘quvchilarga doira, tor, rubob, dutor, qo‘shnay, g‘ijjak va qayroq musiqa asboblari haqida maʼlumot berish bilan bir qatorda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar olishdi.
ГУРЛАН БИЛАН
Хоразм бир зар китоб, зар узра зар Гурлан билан,
Хоразм уммон эрур неча гуҳар Гурлан билан.
Хоразм бир офтоб, кўкда кезар Гурлан билан,
Хоразм бахтим қуши, мен унда пар Гурлан билан.
Гурланим дунё эрур, бир дунёким дунёси кўп,
Бахт учун қўл ювгали кўпдир ёпи, арноси кўп,
Минг қуёш пойинда хор юлдузназар барноси кўп,
То само ўз ҳуснига этти назар Гурлан билан.
Демангиз тупроғи қум, тикланмаган тоғлар ётар,
Меҳнатим, қоним сингиб, жилва билан боғлар ётар,
Ёшлигим тонгги аталмиш хўп ажиб чоғлар ётар,
Балки жаннат ҳам неча боғин безар Гурлан билан.
Ўтди Гурландин азал неча насл қўл ушлашиб,
Хонга қиз бермай қувиб, ҳам чўкмайин тиз, муштлашиб,
То букун ҳам аҳли эл чақчақлашиб, дил хушлашиб,
Биргадир бахт келса ҳам, келса хатар Гурлан билан.
Созлатур эл торини ўз торига ҳар бир замон,
Жўр бўлур ҳар ким анга куйлар билан яхши-ёмон,
Жўр бўл-эй, тортгил камонингни Боғолондин, Омон,
Бир гўзал хониш бўлиб этгил сафар Гурлан билан!
ОМОН МАТЖОН ЎЗБЕКИСТОН ХАЛҚ ШОИРИ
#Gastrol_2025
❇️ "Lazgi" ansambli Yangiyo‘l shahrida zavqli konsert taqdim etdi.(videojarayon)
#FilarmoniyaUz #MusiqaMuhabbat #gastrol
✅ Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati
💠Bizni kuzatishda davom eting 👇
TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | WEB
https://youtu.be/0muVH-hG4tI?si=88Z0DURQ9Ycp8Y4u
Читать полностью…
Namangan axboroti | O'zbekiston davlat filarmoniyasi lazgi ashula va raqs ansambilining viloyatimmizdagi gastrol safari
10.09.25
📲 Bizni kuzatib boring sahifalarimiz orqali
✅TELEGRAM | 🌐 INSTAGRAM |📹 namangantrk5287">YOUTUBE | TV_Murojaat">✅REKLAMA | 🔴LIVE