lazgi_ansambli | Unsorted

Telegram-канал lazgi_ansambli - LAZGI kanali

133

+998935353505

Subscribe to a channel

LAZGI kanali

10-iyul soat 10:00 dan 11:00 gacha O‘zbekiston tv kanalida "Oydin hayot" ko‘rsatuvini jonli efirda tomosha qiling. Dastur mehmoni Xurshid Sobirov.

Читать полностью…

LAZGI kanali

7-iyul Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida "Lazgi" ansamblining konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Konsertda xonandalar:
Dilshod Hayitboyev
Ollabergan Ortiqov
Nazokat Jabborova
Hilola Xo‘jayeva
Xurshid Sobirov
Rohila Ro‘zimova
Dilfuza Qobilova
Dilmurod Otajonov
Iroda Iskandarova
Dilnoza Ataxo‘jayeva va boshqa sanatkorlar ishtirok etadi.

Konsertga marxamat aziz Qashqadaryolik san‘at shaydolari.

Читать полностью…

LAZGI kanali

https://www.instagram.com/reel/DLlGzzdo7zg/?igsh=MXRzeHVqa3RwemE0MA==

Читать полностью…

LAZGI kanali

xurshid_sobirov?si=NR4ADCKCLu3oqacF" rel="nofollow">https://youtube.com/@xurshid_sobirov?si=NR4ADCKCLu3oqacF

Читать полностью…

LAZGI kanali

PREMYERA
"OTANGNI PULINGGA TOPA OLMAYSAN"
Murodjon Jo'rayev so'zi
Xurshid Sobirov musiqasi

Читать полностью…

LAZGI kanali

LAZGI Ansambli в Дворец «Дружбы народов» купить билеты он-лайн. | iTicket.UZ — Онлайн продажа билетов
https://iticket.uz/ru/events/concerts/lazgi-ansambli

Читать полностью…

LAZGI kanali

⭐️“Lazgi” ansambli – xalq qalbiga quvonch ulashmoqda!

💎O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–406-sonli “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyati Gurlan tumanida “Lazgi” ansambli tomonidan qiziqarli gastrol konsertlari namoyish etildi.

🇺🇿Ushbu dasturlar xalqimizga madaniy-ma’naviy xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, olis hududlardagi aholiga poytaxtdagi kabi sifatli va yuqori saviyali konsertlarni havola etish, sanʼatkorlarning xalq bilan samimiy muloqotlari, uchrashuvlarini ko‘paytirish kabi maqsadlarda tashkil etilmoqda.

🎭Mazkur konsertlarda “Lazgi” ansambli ijrosidagi xalq kuy-qo‘shiqlari va an’anaviy raqslar yurtdoshlarimizga ko‘tarinki kayfiyat, milliy qadriyatlar zavqi va unutilmas taassurotlar ulashdi.

#FilarmoniyaUz #MusiqaMuhabbat #konsert

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati

💠Bizni kuzatishda davom eting 👇
TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | WEB

Читать полностью…

LAZGI kanali

iTicket.UZ — Onlayn chiptalar sotuvi
https://iticket.uz/events/concerts/lazgi-ansambli/34958

Читать полностью…

LAZGI kanali

2025-yil 19-iyun kuni soat 19:00 da "Xalqlar do‘stligi" saroyida, O‘zbekiston xalq artisti, Tojikiston xalq hofizi Og‘abek Sobirov rahbarligidagi "Lazgi" ansamblining qayta tashkil qilinganligi 10 yilligiga bag‘ishlanangan konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Chiptalarni iticket.uz sayti orqali online xarid qilishingiz mumkin.

Читать полностью…

LAZGI kanali

Xayrulla Qurbonboyevdan baxshinoma hazil

Читать полностью…

LAZGI kanali

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi, o‘zbek estradasi yulduzi Umid Shaxobovning tabrigi

Читать полностью…

LAZGI kanali

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi "Nihol" mukofoti sohibasi Shoxsanam Xolmirzayevaning tabrigi

Читать полностью…

LAZGI kanali

Tug‘ilgan kunimning tarixiy va unutilmas kadrlari.
Namangan shahar Reikartz Grup Otelda. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandalari
Abdullajon Rahimjonov
Umid Shaxobov
Aziz Bekmurodov
Surayyo Qosimova
Shoxsanam Xolmirzayeva
Dilnoza Ataxo‘jayeva
Saidakbar Xolmatov
Begzod Eshonov
Mirqosim Jalolov
Oybek Mirzayev
Xayrulla Qurbonboyev
Alibek Shomuratov

Читать полностью…

LAZGI kanali

Barcha muxlislarimizga radioda jonli efir orqali tabriklari uchun katta rahmatlarimni yo‘llayman.
Sog‘-salomat bo‘linglar, barchangizni yaxshi kunlaringizda borib tabriklash nasib qilsin aziz va qadrli muxlislar!

Читать полностью…

LAZGI kanali

Hozirgi hayotni boricha shukrini qilib qadriga yetnglar va g‘aflatdan uyg‘oninglar vaqt borida-odamlar !
@xurshid_sobirov

19.02.2025 yil

Читать полностью…

LAZGI kanali

8-iyul Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida "Lazgi" ansamblining konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Konsertda xonandalar:
Dilshod Hayitboyev
Ollabergan Ortiqov
Nazokat Jabborova
Hilola Xo‘jayeva
Xurshid Sobirov
Rohila Ro‘zimova
Dilfuza Qobilova
Dilmurod Otajonov
Iroda Iskandarova
Dilnoza Ataxo‘jayeva va boshqa sanatkorlar ishtirok etadi.

Konsertga marxamat aziz Qashqadaryolik san‘at shaydolari.

Читать полностью…

LAZGI kanali

https://youtu.be/fjhg4Ly_AsQ?si=QKePoNFh6O2rBD5T

Читать полностью…

LAZGI kanali

Otangni pulingga topa olmaysan-XURSHID SOBIROV
https://youtube.com/watch?v=ke_v95O7E-o&feature=shared

Читать полностью…

LAZGI kanali

“Lazgi” ansamblining yubiley konserti bo‘lib o‘tdi!

✅ Poytaxtimizdagi “Xalqlar do‘stligi” san‘at saroyida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan “Lazgi” ansambli qayta tashkil etilganligining 10 yilligi munosabati bilan katta konsert dasturi tashkil etildi.

⏩ Ma‘lumki, bugungi kunda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tasarrufida 40dan ortiq badiiy va ijodiy jamoalar faoliyat yuritib kelmoqda. Ular safida “Lazgi” ansambli ko‘p yillik tarix va o‘z maktabiga ega ijodiy jamoa ekanligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur mashhur ansambl 1968-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga yillar davomida O‘zbekiston xalq artistlari Komiljon Otaniyozov, Ortiq Otajonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rahmatjon Qurbonov kabi bir qator zabardast san’at darg‘alari rahbarlik qilishgan.

⏩ 2015 yilda faoliyati yana qayta tashkil etilgan “Lazgi” ansambliga bugungi kungacha O‘zbekiston xalq artisti Og‘abek Sobirov badiiy rahbarlik qilib kelmoqda.
Yubiley konserti avvalida tomoshabinlarga ansambl tarixi bilan birga, uning 10 yil davomida erishgan yutuqlari, ijodiy jarayonlar xususida tayyorlangan rolik namoyish etildi. Shundan so‘ng “Lazgi” ansambli ilk tashkil etilganda uning a’zosi bo‘lib, ko‘p yillar mazkur jamoada faoliyat yuritgan O‘zbekiston xalq artisti Gulsara Yoqubovaning bugungi avlod vakillari bilan bir sahnaga chiqishi muxlislarning gulduros olqishlariga sazovor bo‘ldi.

⏩ Dastur davomida Og‘abek Sobirov, Iroda Iskandarova, Anvar Sobirov, Karimboy Rahmonov, Rohila Ro‘zimova, Dilmurod Otajonov, Nazokat Jabborova, Xurshid Sobirov va Dilshod Armon kabi san’atkorlar tomonidan yangragan qo‘shiqlar esa muxlislarga Xorazm san’ati va “Lazgi” ansamblining o‘ziga xos jihatlarini yana bir bor namoyon etib, xush kayfiyat ulashdi.

⏩ Teatrlashgan sahna ko‘rinishlari asosida taqdim etilgan konsertda O‘zbekiston xalq artisti Mehri Bekjonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov, boshlovchi Dilshodbek Kattabekov va so‘z ustasi Nurbek Mamatovlarning chiqishlari hamda raqs ansamblining jozibador, obrazli raqslari tomoshabinlarga xursandchilik ulashishi barobarida dasturning nihoyatda taassurotli o‘tishini ham ta’minladi.

⏩ YUNESKO nomoddiy madaniy ro‘yxatiga kiritilgan “Lazgi” qo‘shig‘i va raqsining ijro etilishi esa zaldagi butun muxlislarni o‘yinga chorladi. Mana shunday zavq va bayramona shukuh bilan yakunlangan konsert uzoq vaqt tomoshabinlar xotirasida saqlansa ajab emas.

#FilarmoniyaUz  #MusiqaMuhabbat #konsert

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati

💠Bizni kuzatishda davom eting 👇
TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | WEB

Читать полностью…

LAZGI kanali

❇️ “Lazgi” ansambli konserti bo‘yicha ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

✨ Ma’lumki, joriy yilning 19-iyun kuni O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “Lazgi” ansamblining yubiliey konsert dasturi taqdim etiladi.

⏩ Shu munosabat bilan O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Bosh direktorining o‘rinbosari Otabek Nasridinov “Lazgi” ansambli badiiy rahbari Og‘abek Sobirov va ansambl a’zolari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazdi.

⏩ Uchrashuvda ansambl konsertining jozibali o‘tishi, qo‘shiqlarning eng sara, muxlislar ko‘nglidan joy olganlariga ko‘proq e’tibor qaratish, raqslarda ham ansambl uslubini yorqinroq namoyon etish, kompozitsiyalarni teatrlashgan sanha ko‘rinishlari sifatida talqin qilish kabi masalalar fikrlashildi.

⏩ Bundan tashqari konsertda ansambl tarixi va uning mashhur a’zolari ijodidan foydalanish, Xorazmning qadimiy san’at yo‘nalishlari, folklor namunalariga ham e’tibor qaratish bo‘yicha takliflar bildirildi.

✅ O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati

Читать полностью…

LAZGI kanali

"Bizning Futbol"
Xurshid Sobirov so'zi
Dong'i ketdi futbol ovozasida,
Milion-milion muxlislar qarshisida,
Turgan edik jahon darvozasida,
Kuchli raqib endi o‘zbek qarshingda.
Posbonimiz zo‘r to‘plarni ushladi,
Bizning futbol yangi tarix boshladi!

Tariximiz yozildi stadionda,
Xushtagini bosh hakam chalgan onda,
Orzumiz ushaldi Arabistonda,
Bizlar chiqdik lekin raqib armonda.
Yurt otasin shaxsan o‘zi qutladi,
Bizning futbol yangi tarix boshladi!

Qildikda biz metindayin himoya,
Birlashdikda samimiy o‘zbekona,
Kuylang chiqsin dovrug‘i osmon oya.
Ayt baralla endi butun jahona.
O‘ynang do‘stlar orzuyimiz ushaldi,
Bizning futbol yangi tarix boshladi!

06.06.2025

Читать полностью…

LAZGI kanali

“Lazgi” ansamblining jozibador konsertlari davom etmoqda!

🔵O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–406-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi “Lazgi” ansambli tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlarida zavqli gastrol-konsert dasturlari namoyish etildi.

🔺Ushbu konsertlar san’atkorlar va tomoshabinlar o‘rtasidagi ochiq muloqot, samimiy muhitni hosil qilishi barobarida, sog‘inchli kuy-qo‘shiqlar orqali yuraklarga xursandchilik, ruhiy ko‘tarinkilik baxsh etdi.

🔺Konsert davomidagi barcha chiqishlat milliy qadriyatlar, musiqiy meros, zamonaviy sahna madaniyati va san’atkorlar bilan bevosita muloqot uyg‘unlashgan holda taqdim etildi. Bu esa ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

🎵“Lazgi” ansamblining bunday chiqishlari nafaqat konsert, balki madaniy-ma’naviy hodisa, xalq bilan san’at o‘rtasidagi jonli ko‘prik vazifasini bajarmoqda.


#FilarmoniyaUz #MusiqaMuhabbat #konsert

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati

💠Bizni kuzatishda davom eting 👇
TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK | WEB

Читать полностью…

LAZGI kanali

Toshkent kanalini kuzatib boring aziz muxlislar

Читать полностью…

LAZGI kanali

iTicket.UZ — Onlayn chiptalar sotuvi
https://iticket.uz/ru/events/concerts/lazgi-ansambli/34958

Читать полностью…

LAZGI kanali

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi Dilnoza Ataxo‘jayevaning tabrigi

Читать полностью…

LAZGI kanali

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi Abdullajon Rahimjonovning tabrigi!

Читать полностью…

LAZGI kanali

Xurshid Sobirovning Namangandagi gostrol konsertdagi tasodifiy tug‘ilgan kunidan qisqacha videolar.
O‘zbekiston davlat Filarmoniyasi xonandalari,
Abdullajon Rahimjonov
"Lazgi" ansambli hamda
G‘ofur Yo‘ldoshev,
"Nihol" mukofoti sohibasi o‘zbek san‘atining yuduzi Surayyo Qosimova
Va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi "Navbahor" ansambli a‘zolarining tabriklari.

Читать полностью…

LAZGI kanali

Tug‘ilgan kunimning tarixiy va unutilmas kadrlari.
Namangan shahar Reikartz Grup Otelda. Musavvir 2 Hotel
Abdullajon Rahimjonov
Umid Shahobov
Azizbek Bekmurodovlar bilan esdalik!

Читать полностью…

LAZGI kanali

Kirib kelgan Ramazon oyi muborak bo'lsin!

Читать полностью…

LAZGI kanali

(Kafan, tobut, qabr orzuga aylanmasidan fikr qilinglar)
☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️
"Najot arig‘i va omad quviri"
Xurshid Sobirovning ogohlik hikoyasi.

Oila, ota-ona, bola chaqa, uy joy, qimmat mashina, qarindosh urug‘, molu davlat va ish, tinchlik do‘stu yorlar hammasi bor edi.

Kutilmaganda urush boshlandi, hamma narsa, dunyo alg‘ov dalg‘ov bo‘lib ketti. Dushmanlar ayovsiz, yoshu qarri, erkagu ayolni bir chekkadan qirishni boshladi. Qimmat mashina, hashamatli uy, binolar vayron bo‘ldi. Odamlar o‘q yomg‘iri tegida faqat bitta narsa, qanday tirik qolishni o‘ylar edi lekin, buning iloji yo‘q. Odamlarga mashina o‘rniga tobut, uy o‘rniga qabr ham nasib qilmay qolayotgan, hatto shu tobutda qabrga borishni orzu qila boshladi lekin, imkonsiz.

Na boylik, na mansab, na chiroy hech narsa, hech nimaga yaramas va bu narsalarga hech kim e‘tibor ham bermaydigan xolatga kelib qolgandi.

O‘qlar yomg‘iri yog‘ib hamma joyda soniyada o‘lib ketish mumkin bo‘lgan xolatda, yo‘l chekkasida qazilgan ariq ichida yotgan odamlar tirik edi ammo, ulardan ham sal boshini, yoki tanasining qaysidir joyi ariqdan ko‘tarilsa, shu onda o‘limga ro‘baro kelayotgan edi.
Oxiri ariq ichida sudralib, ilonday uch ta odam tirik qolgan. Lekin, sudralib o‘limdan omon chiqish uchun borayotgan tarafda, ariq ko‘milib qolgan joyga kelishdi. Bittasi ariqdan sudralib chiqib, ko‘milgan joydan o‘tmoqchi ediyu ammo, shu joy uning oxirgi nafasi edi va u ham o‘likka aylandi.
Ariq ko‘milgan joyda ikkita odam qoldi, ular chorasiz edi.

Shu onda hayolidan qilgan noshukurligiyu, tinch bexavotir yashagan paytida qadriga yetmagan narsalar birin ketin o‘ta boshladi. Oilam, ota-onam, bola chaqam kulib o‘ynab uyimda yurar, ishim bor shukrini qilmadim, uyim oilamni qadriga yetmasdan, arzimagan bir narsani bahona qilib ko‘ngil qolishlar janjallar bo‘lar edi, shu ko‘ngil qolishlar ham ariq ichida go‘yoki baxt bo‘lib ko‘rindi tassavurida.
Boylik, nafs, manmanlik, loqaydlik, odamlar bir-biriga hasad qilishlar, anavi unday mashinada, uyi hashamatli degan, birov-birovni mulkiga, birovni ayoliga ko‘z tikish bilan ovvora bo‘lib, faxsh ishlar ko‘payib, g‘iybat, yaqin qarindoshlar bir-birini sudga berib talashib, ko‘zlari ko‘r, noshukur bo‘lib qolgan dunyo, ikkalasining ko‘z oldida ariq ichida shundoq o‘tdi va shu narsalar tinchlik, baxt ekanini tushunib yetdi lekin, endi bu narsalarning birontasi ham yo‘q edi. Ariq ichida faqat bitta narsasi tanasidagi joni bor edi, u ham Allohning omonati, bir soniyada undan ham ajralishi mumkin edi.

Ariq ichida chora izlab yotarkan, ariqning ichi ham torlik qilishni boshladi ariqqa suv oqib kelib to‘lmoqda. Ikkita jon, ariq ko‘milgan joydan chiqsa o‘ladi lekin, chiqmasa ham suvga cho‘kib o‘lishi muqarrar.
Shunda bittasining kallasiga ariq ichidan, suvdan orqaga qarab harakat qilsa, ko‘prik o‘tgan joyga ko‘milgan ariqqa ko‘milgan katta quvirning ichi najot bo‘lib ko‘rindi va shu quvir tomon ariq ichidan harakat qila boshladi, ikkinchi odam qoldi va ariq ko‘milgan joyga suv to‘lib u ham o‘limga duchor bo‘ldi . Ariq ichidan orqaga emaklab quvir ichiga qaytgan odamda yana qandaydir imkon bor edi. Quvir ichiga keldi va bitta o‘zi tirik. Endi shu quvirda qancha vaqt jon saqlashi faqat Yaratganga ayon edi. Yaratgandan quvir ichida najot so‘rab, yolvorib, shuncha tinchlik, ota-ona, oila qadriga yetmaganidagi baxtsizman, omadsizman deb yurgani, shukrini bilmagan narsalari baxt ekanini tushunib yetdi, ko‘zi ochildi. Allohdan shu ko'zlari ko‘rmagan baxtni, qaniydi hozirgi nochor o‘tirgan quvirdan qutilsam, shu qadrlamagan hayotga qaysam, shu baxt ekanini hammaga tushintirar edim dedi, tovba qildi va bexosdan uyg‘onib ketdi.

Sakrab turib qarasa tirik, shu noshukurchilik, g‘iybat, mol dunyo talashgan insonlar, faxsh ishlar ko‘paygan, hamma telefondagi yolg‘onlar domiga tushib qolgan dunyoda qaytadan paydo bo‘lib qoldi.

Hamma narsadan ayrilgan, yolg‘iz o‘zi quvirda nochor qolganida, Allohdan yolvorib najot so'ragani, ariqdagi quvir omadi, baxti hozirgi shukrini bilmasdan yashayotgan hayoti edi.
@xurshid_sobirov

Читать полностью…
Subscribe to a channel