#Mirziyoyev #tashrif #Buxoro #madaniy_meros
🕌 Bugungi kunda Buxoro viloyatidagi ta’mirtalab obyektlarni asrab-avaylash maqsadida ularning holatidan kelib chiqqan holda restavratsiya hamda asrashga doir konservatsiya ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
✅ Prezident topshirig‘iga asosan, keyingi yillar davomida ham madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ta‘mirlashga yanada ko‘proq e‘tibor berilishi ko'zda tutilgan.
Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati
#RASMIY_MUNOSABAT
Buxoro viloyat, Buxoro shahar, Hamid Olimjon mahallasi, “G‘oziyon” ko‘chasida joylashgan, “G‘oziyon” madrasasi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
➡️batafsil
#Официальное_заявление
По поводу новости, распространенной в социальных сетях о медресе «Гозиён», расположенном в махалле Хамида Олимджана, улице Гозиён, Бухарской области сообщается следующее.
➡️подробнее
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mag'oki Attori masjidi
⚜ Qadimgi shahristonning janubida qurilgan.
❇️ Oldingi nomi "Moh masjidi" bo'lgan.
✳️ Masjid o'rnida dastlab otashparastlar ibodatxonasi bo'lgan.
✅ Mag'ok (forscha - chuqurlik)da va Attor bozori yaqinida joylashganligi sababli Mag'oki Attori masjidi deb nomlangan.
🕌 Masjidning janubiy peshtoqi nafaqat Buxoroning, balki butun Markaziy Osiyo madaniy merosining qimmatbaho yodgorligi sifatida qadrlanadi.
✍MadaniyMerosBuxoro
#Изма_из_медиалойиҳаси
"Изма-из" медиалойиҳасининг навбатдаги сони Етти пирнинг бешинчиси Хожа Муҳаммад Бобо Самосий шарафларига бағишланади.
✍️Бухоро шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати
Buxoro viloyatidagi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan tangalarning O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilishining oldi olindi.
Joriy yil 3-fevral kuni Buxoro xalqaro aeroportidan HY 9607-sonli Buxoro-Domodedovo reysi bilan uchib ketayotgan fuqaroning qo‘l yuklari “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan tekshirilganda uning qo‘l yuklari orasida 27 dona turli davrlarda zarb etilgan tangalar borligi aniqlangan. Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi-badiiy ekspertiza bo‘limi mutaxassislari tomonidan tangalar atroflicha o‘rganib chiqilgach, tangalar XIX-asrning oxiri va XX-asrning turli davrlarida Chor Rossiyasi va sobiq SSSRda zarb etilganligi aniqlandi. “O‘zbekiston Respublikasidan madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi 1998-yil 29-avgustdagi 678-I sonli qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi 131-sonli qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga asosan san’atshunoslik-ekspertiza xulosasi tayyorlanib, unga ko‘ra ushbu tangalar tarixiy ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi man etildi hamda tangalarni Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasiga topshirish tavsiya etildi.
✍@MadaniymerosBuxoro
✨Somoniylar davri me’morchiligining nodir namunalaridan biri bo‘lgan bu tarixiy obida Ismoil Somoniy tomonidan bunyod etilgan.
⚡️Ismoil Somoniy 848-yil Buxoro shahrida tug‘ilgan, 874-yilda somoniylarning Buxorodagi noibi, 888-yildan esa butun Movarounnahrga hokim bo‘lgan. 900-yilda Movarounnahr va Xurosonni birlashtirgan.
🕌Maqbara o‘rta asrlarning rivojlangan davrida (IX-X asr), 864-868-yillar oralig‘ida qurilgan. Inshoot qabr vazifasini bajarganligi sababli, uning intereri uch pog‘onali (to‘rtlik – to‘rt devor, sakkizlik – devordan tomga o‘tish qismi va gumbaz – tom ko‘rinishdagi) bir xonali kvadrat shaklni tashkil qilgan.
🏛Bino qurilishida pishgan g‘isht, tosh va yog‘ochdan foydalanilgan. Jimjima g‘ishtin bezaklari chiviqli to‘siq yoki qamish, bo‘yra to‘qimasini eslatadi. Devor qalinligi – 1,8 m., tarhi – tashqarisi 10,80×10,70 m., ichkarisi 7,20×7,20 m. Usti gumbaz bilan qoplangan. To‘rt burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba o‘rnatilgan.
meros.uzdan olindi.
✍@MadaniymerosBuxoro
💹Ark – qadimgi Buxoroning asosiy qal’asi
✅Batafsil
✈️Yaqinlaringiz bilan ulashing!
💹Арк – главная цитадель древней Бухары
✅Подробнее
✈️Поделитесь с друзьями!
💹Ark - the main citadel of ancient Bukhara
✅Read more
✈️Share it with your friends!
✅Telegram 📸Instagram
#madaniy_meros
🕌No'g'ay karvonsaroyi, Buxoroning tarixiy diqqatga sazovor joylaridan biri
No'g'ay karvonsaroyi XVI asrga oid noyob bino bo'lib, u sayohatchilar, o'rta asr savdogarlari boshpana topadigan o'ziga xos "dam olish uyi" bo'lgan.
Ushbu joy boshqa muassasalardan mehmonlarga yaxshi dam olish uchun barcha sharoitlarni taklif qilishi : boshpana, suv, oziq-ovqat bilan ta'minlashi bilan ajralib turgan. Bu yerda hamisha savdo va tadbirkorlik rivoj topgan.
Asrlar o‘tib, No'g‘ay karvonsaroyi o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Hozirda u suvenirlar, kiyim-kechak, zargarlik buyumlari, qo'lda to'qilgan gilamlarni sotib olishingiz mumkin bo'lgan savdo markazidir.
📌@bukhtourism
Yetti mo‘jiza: O‘zbekistondagi xorijliklar tanigan va o‘zimiz bilmagan muzeylar
🏛Fayzulla Xo‘jayevning uy muzeyi – Buxoro
📜Fayzulla Xo‘jayev XIX asr oxiri XX asr boshida Buxoroda yashagan badavlat savdogarlar oilasidan bo‘lgan. U o‘z vaqtida imkon darajada chuqur taʼlim olgan.
🕌Buxoroning qadimiy G‘oziyon mahallasida joylashgan Fayzulla Xo‘jayevning uy muzeyi birinchi navbatda XIX asr oxiriga mansub Buxoro arxitektura namunasi sifatida qiziq. Badavlat savdogarning uyi katta shahar markazida ancha yirik hududni egallagan bo‘lib, u tashqi (erkaklar va mehmonlar uchun) va ichki (ayollar va bolalar uchun) hovlilardan iborat.
✔️Fayzulla Xo‘jayev uy muzeyining tashqi devorlari, ayvonlari takrorlanmas milliy naqshlar, yog‘och o‘ymakorlik namunalari bilan bezatilgan. Uyning ichida o‘sha zamon mebellari, idish-tovoqlari to‘liq tiklangan. Hovlida oshxona, mehmonxona va boshqa xonalar ham asl holida ko‘rsatilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
💎📸 Халқаро заргарлар куни муносабати билан Берлин этнологик музейи коллекциясидан сараланган тўпламни эътиборингизга ҳавола қиламиз.
🤔1867 йилда чор Россияси томонидан Бухоро амирлиги ва Туркистон генерал-губернаторлигининг машҳур маҳсулотлар коллекцияси ташкил этилган. Бунга қироллик этнология музейи асосчиси Адольф Бастиан бош-қош бўлган.
🤓 Маълум бўлишича, Бастиан миллий заргарлик буюмларини сотиб олиш учун opb саёҳатга чиққан, баъзан харид ишларини маҳаллий воситачиларга топширган. Шунингдек у музейга қандай нарсалар олиниши ҳақида аниқ кўрсатмалар берган.
📌Бухоро амирлигидан олинган буюмлар коллекцияси шу тарзда йиғилган, у ердан Бастиан 60 га яқин экспонатдан иборат катта коллекцияни олиб келган.
📸Фото: “Ўзбекистон заргарлик буюмлари жаҳон тўпламларида" китоб-альбоми саҳифалари
@madaniymerosi
#Buxoro_bugun
📸Ko'rkam Buxoro ijtimoiy tarmoqlar kuzatuvchilari nigohida
#Бухара_сегодня
📸Прекрасная Бухара глазами обозревателей социальных сетей
#Bukhara_today
📸Beautiful Bukhara through the eyes of social media observers
📌@bukhtourism
#Madaniy_meros_obyektlari
ZINDON
📝 Ark qalʼasining shimoliy-gʻarbiy qismida Buxoro amirligining qadimiy zindoni joylashgan.
‼️ Zindon soʻzi fors tilidan olingan boʼlib, zinda-tirik, don-joy maʼnosini anglatadi.
✅ Zindon soʻnggi sulola, Mangʻitlar sulolasi hukmronligiga qadar, 1920-yilgacha faoliyat olib borgan.
❇️ Binoning kirish qismi janubiy tomondan boʻlib, kirish joyi "Miyon saroy" yoki "Darvozaxona" deb nomlangan.
✳️ Binodagi "Kanaxona" deb nomlangan, chuqurligi 4.5 metrdan iborat yer osti qamogʻida asosan, siyosiy jinoyatchilar saqlangan.
Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati
📌26 января текущего года состоялся круглый стол между специалистами Секретариата Национальной комиссии Республики Узбекистан по делам ЮНЕСКО и руководителями соответствующих организаций Бухарской области.
📝На встрече обсуждались вопросы подготовки и представления пакета документов о включении золотошвейных и ювелирных направлений национального ремесла в Список нематериального культурного наследия ЮНЕСКО, а также города Бухары в Сеть творческих городов ЮНЕСКО на основании пункта 8 Постановления Президента Республики Узбекистан от 29 апреля 2021 года № ПП-5098 «О проведении Международного фестиваля золотошвейного и ювелирного дела».
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#XALQARO_ALOQALAR
#YUNESKO
🏛 Joriy yilning 2023-yil 26-yanvar kuni YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi kotibiyati mutaxassislari hamda Buxoro viloyatining mutasaddi tashkilotlari rahbarlari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
✅ Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-apreldagi “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-5098-sonli qarorining 8-bandiga asosan milliy hunarmandchilikning zardo‘zlik va zargarlik yo‘nalishlarini YUNESKOning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga hamda Buxoro shahrini YUNESKOning Ijodkor shaharlar tarmog‘iga kiritish bo‘yicha hujjatlar to‘plamini tayyorlash va taqdim etish masalasi muhokama qilindi.
Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati
#Madaniy_meros
#OAV_biz_haqimizda
🎞“Yoshlar” telekanali, “Yangi Davr” informatsion dasturi
🎙Nafisa Xolmo‘minova
📹 Hayot Quliyev
Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati
🔰Amir Olimxon madrasasidagi bitiklar
🔹XX asr boshlarida Buxoro amirligining so‘nggi hukmdori Olimxon (1910–1920) taʼlim sohasida islohotlar o‘tkazib, maorif tizimida qator o‘zgarishlarni joriy qilgan.
🕌Uning buyrug‘iga ko‘ra, 1913-yilda Buxoro shahrida yangi madrasa quriladi. Madrasaning kirish darvozasi peshtoqida quyidagi bitiklar yozilgan bo‘lib, hozirgacha saqlanib qolgan:
“Allohga hamdu sanolar bo‘lsinkim, Jahonni yaratgan parvardigorning lutfi karamidan fiqh, tafsir va hadis kabi fanlar kiritiladigan bu benazir makon (joy)ni barpo etish, jahon sultonining amri bilan nihoyasiga yetdi.
"Xayol ko‘zgusining yaratilishi, yaʼni qurilish sanasini oxirgi jumladan izlang.
📌Bu bilim dargohini bino qiluvchi adolatli shoh (amir) Sayyid Olimxondir”
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#guides_challenge
🕌Пропорции какого исторического сооружения в Бухаре, полностью совпадают с пропорциями мусульманской святыни Каабы? Давайте узнаем!
____
🕌The proportions of which historical building in Bukhara, completely coincides with the proportions of the Muslim shrine of the Kaaba? Let’s find out!
✅Gid: Maftuna Sharapova
📌@bukhtourism
09:00 11.02.2023
QADIMIY TANGALARNI OLIB CHIQIB KETAYOTGANLAR TO'XTATILDI
#Buxoro
muxbir: Madrahim Turdiyev
/channel/zamon_lavhalar
⚜️Somoniylar davri me’morchiligining nodir namunalaridan biri bo‘lgan bu tarixiy obida Ismoil Somoniy tomonidan bunyod etilgan.
📌874-yilda somoniylarning Buxorodagi noibi, 888-yildan esa butun Movarounnahrga hokim bo‘lgan. 900-yilda Movarounnahr va Xurosonni birlashtirgan.
🕌Maqbara o‘rta asrlarning rivojlangan davrida (IX-X asr), 864-868-yillar oralig‘ida qurilgan. Inshoot qabr vazifasini bajarganligi sababli, uning interyeri uch pog‘onali (to‘rtlik – to‘rt devor, sakkizlik – devordan tomga o‘tish qismi va gumbaz – tom ko‘rinishdagi) bir xonali kvadrat shaklida tashkil qilgan.
🏛Bino qurilishida pishgan g‘isht, tosh va yog‘ochdan foydalanilgan. Jimjima g‘ishtin bezaklari chiviqli to‘siq yoki qamish, bo‘yra to‘qimasini eslatadi. To‘rt burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba o‘rnatilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📌Bugun g‘azal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir shoir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi
🔰Mahmud Muzohib tomonidan XVI asrda yaratilgan Alisher Navoiy portreti.
🏛Hozirda Eronning Mashhad shahridagi Oston Quds Razaviy muzeyida saqlanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#культурное_наследие
🕌Караван-сарай Нугай – историческая достопримечательность
Караван-сарай Нугай представляет собой уникальное сооружение 16 века. Это своеобразный «дом отдыха», где находили пристанище путники, странники, средневековые торговцы.
Нугай отличался от подобных заведений тем, что мог предложить постояльцам все условия для полноценного отдыха: кров, воду, еду. Здесь всегда бурно кипела торговля и развивалось предпринимательство.
Прошли столетия, но караван-сарай Нугай не утратил своей значимости. До сих пор он является крупным торговым центром, где можно приобрести сувениры, одежду, ювелирные изделия, самотканые ковры.
📌@bukhtourism
#Welcome_to_Bukhara
#guides_challenge
🕌The Poi Kalon ensemble consists of three buildings built in the 12th-16th centuries: Miri Arab Madrassah, Mosque and Minaret Kalyan. In VIII century, when the city of Bukhara was conquered by the Arabs, in 713 the construction of the first buildings of the ensemble took place at this place.
#Buxoroga_xush_kelibsiz
🕌Poyi Kalon ansambli 12—16-asrlarda qurilgan uchta bino: “Miri Arab” madrasasi, “Kalon” masjidi va Minorai Kalondan iborat. VIII asrda Buxoro shahri arablar tomonidan zabt etilganda, 713 yilda shu yerda ansamblning ilk binolari qurilishi boshlangan.
#Добро_пожаловать
🕌Ансамбль "Пойи Калон" состоит из трех зданий, построенных в 12-16 веках: медресе "Мири Араб", мечети" Калон" и минарета "Калян". В VIII веке, когда город Бухара был завоеван арабами, в 713 году на этом месте произошло строительство первых зданий ансамбля.
✅Gid: Maftuna Sharapova
📌@bukhtourism
Ширбудун саройи. 1887-1889-йиллар. Бухоро регистонидан 4 км узоқликда, шаҳар ташқарисида қурилган саройлардан бири. Сарой тахминан 1870-йилда Бухоро амирлигида ҳукмронлик қилган Aмир Музаффархон (1860—1885) даврида қурилиши бошланган. 1870-йилларида Ширбудунда ганчкор (гилкор) уста Раҳим Ҳаётов, дурезгар (ёғоч устаси) Aбдурасул ва бошқалар иштирокида сарой, масжид, томошагоҳ каби бинолар қурилган. Саройнинг ташқи кўринишидан Eвропа ва Ерон архитектураси белгилари сезилиб туради. Саройда элчиларни кутиб олиш, турли хил сайллар ва ярмаркалар ўтказилган. Ширбудун саройи Европа дизайнига хос мебеллар, қандиллар билан ажралиб турган.
Манба: Бақоев У. Бухоро амирининг Ширбудун саройи. „Имом Бухорий сабоқлари журнали“. Тошкент. 2021 № 1. Aрхив: Aнатоли Отливанчик
📢Саволга тўғри жавоб
⁉️Пойи Калон ансамбли бош Регистон майдонида жойлашган бўлиб, Бухоронинг марказий меъморий мажмуаси ҳисобланади.
🤓Мажмуа номи ўзбек тилига таржима қилинганда “буюкларнинг пойқадами" ёки “минора бўсағаси” деб таржима қилинади.
🗓Пойи Калон мажмуасининг бунёд этилиши ХII-ХIII асрларга тўғри келади.
🔹Бухорода минорали ва гумбазли масжидлар VIII асрда араблар Мавороуннаҳрни босиб олганидан кейин пайдо бўлган. Масжид шаҳар қалъасига кираверишида барпо этилган.
🔹Мазкур меъморий мажмуа Бухоронинг асосий диққатга сазовор марказий ҳудудида жойлашган.
@madaniymerosi
#Изма_из_медиалойиҳаси
#Етти_пир_зиёратгоҳи
“Изма-из” медиалойиҳамизнинг бугунги сони Етти пирнинг тўртинчиси Хожа Али Ромитаний шарафларига бағишланади.
✍️Бухоро шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати
#XALQARO_ALOQALAR
🇰🇷🇺🇿 2021-yilda Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarini rivojlantirish milliy agentligining grant loyihasi asosida Ismoil Somoniy maqbarasining zamonaviy texnologiyalar yordamida uning birga-bir raqamli nusxasi (egizagi) yaratilgan edi.
🟢 2022-yilda Buxoro tarixiy markazidagi barcha madaniy meros obyektlarining birga-bir raqamli nusxasini yaratish hamda ba’zi tarixiy obidalarni masofadan turib boshqarish va monitoring qilish imkoniyatini beruvchi sensorli datchiklar va onlayn kameralar o‘rnatish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqilib, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning grant loyihasiga hujjatlar topshirilgan edi.
❇️ Mazkur loyihaning hududi, qamrovi va texnik-iqtisodiy jihatlari hamda yuqori darajada amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida KOICA mutaxassislaridan iborat ishchi guruhining Buxoro shahriga tashrifi hamda viloyatdagi tegishli tashkilotlar vakillari bilan amaliy uchrashuvlari o‘tkazildi.
Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati
#Madaniy_meros
*Madaniy merosimiz dargʻalari ruknidan
M.Saidjonov tavalludining 130 yilligi munosabati bilan
❇️ Buxoro jadidchiligining yirik namoyandasi, maʼrifatparvar, tarixchi olim, professor Muso Saidjonov 1893-yilda Buxoro shahrida savdogar oilasida tugʻilgan. Mir Arab madrasasi, rus-tuzem maktabida oʻqigan.
✅ M.Saidjonov arab, fors, turkiy tillari, adabiyot, tarix va geografiya bilan jiddiy shugʻullangan. Tarixiy obidalarni asrash ishlarida faol ishtirok etgan, qadimiy qoʻlyozmalar va xalq ogʻzaki ijodi namunalarini toʼplagan.
‼️ Oʻzbekiston tarixiy yodgorliklarini muhofaza qilish qoʻmitasi raisi lavozimida ishlagan.
✳️ Oʻzbek olimlaridan birinchi boʻlib sharqshunoslarning xalqaro kongressida qatnashgan va Koʻchkunchixon maqbarasi haqida maʼruza qilgan.
📝 "Shahrisabz meʼmoriy yodgorliklari tarixi", "Samarqandning meʼmoriy yodgorliklari", "Shayx Sayfiddin Boxarziyning vaqfnomasi" asarlari muallifi.
www.ziyouz.uz saytidan olindi.
Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati
#Bukhara
🕊Madaniyat, tarix, arxitektura, shinam shahar, ko'chalar, yaxshi mehmonxonalar, mazali taomlar. Bularning barchasi-Buxoro.
🕊Культура, история, архитектура, уютный город, улицы, хорошие отели, вкусная кухня. Всё это-Бухара.
🕊Culture, history, architecture, cozy city, streets, good hotels, delicious cuisine. All this is Bukhara.
📌@bukhtourism
#Madaniy_meros
#Xush_kurdik
🎥 "Mening Yurtim" telekanalidagi "Xush ko'rdik" ko'rsatuvining ushbu sonida Buxoro shahrida joylashgan Baland, Volidai Abdulazizxon madjidlari, Sayfiddin Boxarziy, Bayonqulixon maqbaralari, Fayziobod xonaqosi, Xoja Zayniddin majmuasi kabi madaniy meros obyektlari haqida soʻz yuritildi.
https://youtu.be/0InOkyUvhS4